#Juda_kerakli
❇️ Fe'llarning nisbat shakllari❇️
(2-qism)
🛑Orttirma nisbat🛑
✓Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa bir shaxs yoki narsa tomonidan amalga oshirilgan harakat-holatni ifodalovchi fe’l nisbati orttirma nisbat deyiladi .
✅Orttirma nisbat oddiy nisbat shaklidagi fe’llarga -t, -it , -ir , -ar , -iz , -dir , -tir , -giz , -kiz , -qiz , -g’iz , -sat , -kaz , -qaz , -gaz , -g’az kabi shakl yasovchilarni qo’shish bilan hosil qilinadi .
🔷 -t shakli unli bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shilib , orttirma nisbat yasaydi : ishla+t , o’qi+t , tingla+t , uxla+t , to’la+t , o’yla+t
🔻Diqqat!!! ko’pay , kengay , qisqar , eskir kabi fe’llarga ham -t qo’shimchasini qo’shib , orttirma nisbat hosil qilish mumkin .
Ⓜ️Masalan , ko’pay+t , kengay+t , qisqar+t , eskir+t
🔷 -dir shakli unli tovush bilan hamda jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qilinadi .
Ⓜ️ Masalan , ye+dir , de+dir ; yoy+dir , buz+dir , sin+dir , kul+dir , qol+dir , to’l+dir , ol+dir
🔷-tir shakli jarangsiz undosh bilan tugagan hamda r , n , y , l jarangli undoshlari bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , top+tir , yop+tir , ayt+tir , uq+tir , ilin+tir , oqar+tir , kiyin+tir , ko’pay+tir , kuchay+tir , kel+tir
🔷-ir , -ar , -iz shakllari undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , bot+ir , qoch+ir , shosh+ir , ich+ir , qot+ir , osh+ir , tush+ir , pish+ir , ko’ch+ir , o’ch+ir ; oq+iz , em+iz , tom+iz ; chiq+ar , qayt+ar
🔷 -giz , g’iz , -gaz , -g’az shakllari jarangli undosh bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , yur+giz , kir+giz , tur+g’iz , ko’r+gaz , yur+g’az , tur+g’az
🔷 -kiz , -qiz , -kaz , -qaz shakllari jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , ket+kiz , o’t+qiz , o’t+qaz , o’t+kaz , yut+qiz , yut+qaz
🔶yur+it , kir+it , ko’r+sat
🟥Diqqat!!! Bir fe’lga bir necha orttirma nisbat qo’shimchasi ketma-ket qo’shilishi mumkin . Bunda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytiriladi , ta’kidlanadi .
Ⓜ️Masalan , yoz+dir+tir , o’qi+t+tir , to’l+dir+g’iz
/channel/qiziqarli_ona_tili
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💞💞💞🩷🩷🩷
1⃣ 😁😊😁😊
3️⃣0️⃣ 🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
📆Boshlanish vaqti: 5- AVGUST
⏰Dars vaqti : 5:00-7:00 (21:00-23:00)
💸Kurs narxi: 100 ming.
Dars har kuni Milliy Sertifikat uchun kerakli qismlar TEZLASHTIRILGAN TARTIBDA oʻtiladi.
Hafta davomida:
📍Dushanba, Seshanba: Esse tahlili
📍Chorshanba, Payshanba: Matn tahlili
📍Juma, Shanba: Gʻazal tahlili
📍Yakshanba: Grammatika
🔝Oʻquvchilar faolligiga koʻra hafta soʻngida Diagnostik test va tahlili ham boʻladi.
🗣️Bir Hafta davomida 2 marta Esse boʻyicha dars, kamida 5 ta Matn bilan ishlash boʻyicha test va tahlili, 4 ta gʻazal tahlili, Har Yakshanba Grammatika boʻyicha dars va test.🗣️
🩷🩷🩷
Kurs toʻlovi ichida Nafisa ustozning BADIIY ASARLAR TAHLILI boʻyicha kursiga ham BEPUL qoʻshilasiz. Dars vaqti 21:00 da.
Murojaat uchun:
✉️@QABUL_UCHUN1
📞+998886384188
🎙"Eshmurodov taʼlim" Onlayn jamoasi ustozlari tomonidan oʻtilgan BEPUL dars naʼmunalari. ⬇️⬇️
1️⃣ESSE - Eshmurodov ustoz
2️⃣ESSE - Furqat ustoz
3️⃣GʻAZAL TAHLILI - Rohatoy ustoz
4️⃣ SHEʼRIY SANʼATLAR - Rohatoy ustoz
5️⃣MATN TAHLILI - Eshmurodov ustoz
Milliy Sertifikat uchun maxsus kanal
✅@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
✅@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
#adabiyot
📚 Asar qahramonlari haqida
⏹Boburning havasini keltirgan,soqollari oppoq ,qoshlariga ham oq tushgan obraz.
✅Javhariy(Yulduzli tunlar)
⏹Burni ham yumshoq,òrdaknikiday yalpoq,bamisoli kemirchagi yòqday,bòylari baland emas,ajinlari qat-qat etib turadi.
✅Mòmin chol. (Oq kema)
⏹Yuzidan muloyimlik,tòģrilik ma'nosi tomib turadigan.
✅Oftob oyim(Òtkan kunlar)
⏹Xushròy kòzli polvon.
✅Nasim polvon(Yulduzlar mangu yonadi)
⏹Bir oģiz gapni silliq va yoqimli qilib gapirolmaydigan sodda va tòng odam.
✅Akbarali mingboshi.(Kecha va kunduz)
⏹Jahli chiqsa òzi bilan òzi gaplashadigan obraz.
✅Ò.Hoshimov onasi. (Dunyoning ishlari)
⏹Birovga aralashmaydigan,kamgap, "indamas" obraz.
✅Nizomjon.(Ufq)
⏹Har bir sòzidan zahar tomib turadigan,ingichka xirilloq ovoz egasi.
✅Sulton Jondor. (Uluģbek xazinasi)
⏹Jizzaki,sezgir,arzimagan narsaga kishidan kòngli qoluvchi obraz.
✅A.Mashxadiy(Navoiy romani)
⏹Chamandagul dòppili qirq yoshlardagi,pòrim kishi.
✅Rahmat hoji(Shum bola)
⏹Yetmish yoshlarga kirgan,oppoq soqollari kòksiga tushib turgan obraz.
✅Polvontog'a (Sariq devni minib)
⏹Qarib ketgan,sochlari tòkilib,boshining yarmi yalonģachlanib qolgan,zahil bir befayzlik zohir bòlgan obraz.
✅Bòrixon(Qorakòz Majnun)
⏹Baland bòyli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan,qora,kòzi ichiga chòkkan,chòtir odam.
✅Bektemir(Chinor)
⏹Ģayratli va zehnli,xipcha bel,yaģrini keng,qirģiz qovoq obraz.
✅Husayn Boyqaro(Zulmat ichra nur)
⏹Soģlom yuzli,kòzlari bolalarcha òynoq,jingalak sochli,qishloqcha sodda qiz.
✅Gulnor (Qutluģ qon)
⏹Xudo urgan badbaxt,ziqna odam.
✅Sariboy bòlis(Shum bola)
⏹"Aybsiz aybdor"obraz.
✅Zebi (Kecha va kunduz)
⏹"Najot farishtasi".
✅Kumushbibi (Òtkan kunlar)
⏹Diydasi qattiqroq,òktam,tòmtoq mòylovli.
✅Egamberdi Yaqubov (Muzqaymoq)
⏹Mavridsiz laylaklar ichida bemahal ģurrak.
✅Anvar (Mehrobdan chayon)
⏹Tabiatida musulmonchilik ham millatparvarlik ham jamlangan obraz.
✅Ziyoli (Padarkush)
/channel/qiziqarli_ona_tili
Буни эркинлик деб ўйлади. Ваҳоланки ўзида бор энг муҳим хусусиятини йўқотди.
/channel/qiziqarli_ona_tili
‼️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
Bundan avval joriy yildan boshlab minimal ball oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov “O’zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilgan edi.
Vazirning so’zlariga ko’ra, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishi kerak edi.
Ammo negadir minimal ballni oshirmasdan, eskicha saqlab qolishga qaror qilingan.
ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
/channel/xushnudbek/20721
👉 @xushnudbek 👈
💥💥💥
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A. Ruju
B. Talmeh
C. Tazod
D. Tanosub
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
📓Avtobiografik ruhda yozilgan asarlar📕
🔆Ĝafur Ĝulom🔸
"Mening òĝrigina bolam"
🔆Said Ahmad🔸
"Yòqotganlarim va topganlarim"
🔆Abdulla Oripov🔸
"Kòrgan-bilganlarim"
🔆Òtkir Hoshimov🔸
"Mashaqqatli safar"
🔆Alfons Dode🔸
"Kichkintoy"
⚡️Zahiriddin Muhammad Bobur☘
"Boburnoma"
⚡️Erkin Vohidov☘
"Nido"(qisman)
☘Muhammadsharif Gulxaniy⚡️
"Bideh"
⚡️Turdi Faroĝiy☘
"Turdiman"
⚡️ Odil Yoqubov☘
"Muzqaymoq"
⚡️Abdulla Qahhor☘
"Òtmishdan ertaklar"
⚡️Uvaysiy☘
"Uvaysiyman", "Doĝ òldi, doĝ òldi", "Soĝindim"
/channel/QIZIQARLI_ONA_TILI
🔊🔊🔊
📌📌📌SIZ KUTGAN SUPER YANGILIK♻️
Siz attestatsiyaga tayyorlanmoqchisiz, lekin hech qunt qilmayapsizmi❓❗️
Bunday holatda siz uchun super yangilik bor.🔈
Siz tajribali, oliy toifali, ko‘plab yutuqlarga erishgan filolog, bir urinishdayoq Milliy sertifikatga erishgan filolog @Madaminovna_Madina ning Attestatsiya guruhiga taklif qilaman🖇🖇 Ustoz, shogirdlari erishgan natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanalida ko'rishingiz mumkin✅
♻️ Kurs haftada 4 kun(kunlar kelishiladi). Darslar qat'iy belgilangan maxsus dastur asosida olib boriladi va tartibga olinadi.
♻️ Kursda ham ona tili, ham adabiyot darslarini teng olib boriladi.
♻️ Kursda pedagogik mahorat ham o‘rgatiladi✅
♻️ Kursda attestatsiya testlarini ham ishlaysiz❇️
❗️Darslar 1-avgustdan boshlanadi.
Kurs to‘lovi: 100 ming🤩🤩
‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.
✅Hozirdanoq joyingizni band qilib qo‘ying.
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
Ochiq sifat ga moslarini topish kk edi
Bittasi-ochiq (fe'l
Bittasi-antonimi tund
Bittasi-sinonimi aniq
@qiziqarli_ona_tili
#bugun tushgan
"O'g'ri" hikoyasining qahramonlari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
#takrorlangan
"Sohibqiron" dramasidan Temurning Boyazidga aytgan gapi keltirilgan
"Chumolilar xor qilsa, arslon rutbasin..."
Parcha haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud bo‘lgan gap berilgan.
Chunki (ikki tomonida vergul berilgan, shu xatolik)
#bugun tushgan
Bugun tushgan 2-matn "Metro"
Kecha ham tushgandi.
@qiziqarli_ona_tili
⚡️KVOTA TASDIQLANDI. GRANT SARI HARAKAT QILING.
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
@qiziqarli_ona_tili
Hayot go‘zal. Chunki unda hamisha yangi tong bor!
🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞
Har bir yangi kunni bir bayramday qarshi oling!
Doimo ijobiy fikrlang. Bu tong uyg‘onganingizni o‘ziyoq sizni omadli ekaningizdan dalolat.
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
Har boshlangan yangi tong oppoq qog'ozga óxshaydi uni qanaqa tasvirlar bilan tóldirish va unga qanday rang berish bizning qo'limizda shunday ekan uni yorqin ranglar bilan tóldiraylik
Assalomu alaykum!
@qiziqarli_ona_tili
✨✨✨✨✨✨✨✨
Baxtingizdan baxt topar yurak...
Siz bor dildan yiroqlar g'amlar.
Кulib turing har doim, har vaqt ...
Меn yoqtirgan yaxshi odamlar.
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
✨✨✨✨✨✨✨✨
Аzizlarim, tuningiz osuda va sokinlikda o'tsin!
Yaxshi dam olinglar!!!
Аllohga omonatsiz
XAYRLI TUN QADRI BALAND QADRDONLAR !!!
@qiziqarli_ona_tili
Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan ko'rinyapdi: kitob o'qiydiganlar kamayib boryapti.
📖"Daftar hoshiyasidagi bitiklar", O'tkir Xoshimov.
/channel/qiziqarli_ona_tili
☝️O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe'lingga, fe'ling esa taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha! 🍁🍁🍁🍁🍁🍁
✍Jaloliddin Rumiy
🌜Fayzli oqshomlar tilaymiz!🌜
🔶Biz bilan go'zal o'ylar hamrohligida bo'ling!😊
💥💥💥
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan,
Ko'zim yoshiga toya-toya navruz
Ushbu she'riy baytda qo'llangan badiiy san'atni toping.
A. Tazod
B. Mubolag'a
C. Talmeh
D. Tashbeh
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
Ayrim she'riy san'atlarning tahlili:
Tavze'- arabcha " tarqatmoq" , " taqsimlamoq", " joylashtirmoq" degan ma'nolarni anglatadi.
Mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, baytda bir xil tovushlarni takrorlash.
Masalan: Navoiyning:
Oshiq bo'ldum, bilmadim yor, o'zgalarda yor emish,
Olloh- olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish
Bayt g'oyat xushohang, chunki uning tarkibida " o" unlisining 11 marta takrorlangani, yana bir jihati birinchi va ikkinchi misralardagi "O" tovushi egallagan pozisiyalarning bir- biriga mosligi musiqiylikni kuchaytirib bermoqda. ..
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Bugun 1-smenada tushgan savollar
M_Ruz1mboyeva🤍:
Nur borki soya bor asari haqida tòĝri malumot
Tursunboy, Bòrixon, Shoikrom haqidagi malumotlarni jipslashtirish kerak edi
Òtkan kunlardan savol takror tushid
Yusufbek hojining kunimiz kofirlarga qoladigan bòldi degan gapi nimaga nisbatan ishlatilgan deb
@qiziqarli_ona_tili
Davlat granti ajoyib taqsimalanarkan. Endi OTMlar o'rtasida emas, respublika bo'yicha taqsimalanarkan, juda boshqacha, tavba.
Masalan, respublika bo'yicha o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishiga 575 ta grant berilgan. Qaysi universitet bo'lishidan qat'iy nazar eng yuqori bal to'plagan 575 kishi grantda o'qiydi. Demak, shu yo'nalishga topshirayotganlar eng yuqori ball olgan 575 kishining ichida bo'lmasa, qaysi OTM bo'lishidan qat'i nazar kontraktda o'qishga majbur.
Masalan, Nampi da bu yo'nalish bor. Agar shu yerga topshirgan o'quvchining birortasi 575 ta eng yuqori ball olgan talabgorlardan biri bo'lmasa, hammasi, butun OTMning shu yo'nalishiga topshirgan talabgorlar kontraktda o'qiydi. Qiziq tomoni keyingi yildan yaxshi o'qib, grantga o'tvolaman degan faraz ham yo'qqa chiqadi, chunki grantga o'tish uchun uning sheriklaridan biri grantda o'qishi kerak. Lekin bu yo'nalishda hamma kontraktda o'qiyotganini hisobga olsak, bu amalda ilojsiz bo'lib qoladi.
Shuning uchun 575 taning ichiga kirishga harakat qilish kerak.
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, hammaga!
Bugun mana shu kanal egasi, mening ustozim, opamdek yaqin inson @Madaminovna_Madina ustozni tug'ilgan kuni🥳🥳🥳. Ustoz umringiz uzoq bo‘lsin. Ilmingiz bundan-da ziyoda, martabangiz bundan-da ulug‘ bo'lsin☺️☺️. Shogirdlar yetishtirishda aslo charchamang😊. Shu kungacha qanchadan qancha insonlarga bilim ulashdingiz, bundan keyin ham aslo charchamang.
Butun @qiziqarli_ona_tili kanali a'zolari nomidan sizni muborakbod etaman☺️.
Shu fursatdan foydalanib sizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman🤗🤗🤗
@qiziqarli_ona_tili
1.Besh asirkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she'r
Berilgan baytda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud.She'riy misralarda asir,she'r so'zlari noto'g'ri qo'llangan.Bu so'zlar o'rinida ularning paronim jufti asr,sher so'zlari qo'llanishi kerak.
2.Urish,noming o'chsin jahonda!
Berilgan gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud. Gapda urish so'zi noto'g'ri qo'llangan.Bu so'z o'rnida uning paronim jufti uurush so'zi qo'llanishi kerak.
3.Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
Berilgan gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud. Gapda sanat so'zi noto'g'ri qo'llangan.Bu so'z o'rnida uning paronim jufti san'at so'zi qo'llanishi kerak.
4.Og'zi kuygan qattiqni ham puflab ichadi.
Berilgan gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud. Gapda qattiq so'zi noto'g'ri qo'llangan. Bu so'z o'rnida uning paronim jufti qattiq so'zi qo'llanishi kerak.
To'g'ri javob: D) 1, 2, 3, 4
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili