Demaaak 1-yangilik🔥
Milliy sertifikat uchun yangi guruh kutayotganlarga!
Dars sifatiga ta'sir sezilmasligi uchun yangi guruh hali ochmayman. Darsda muttasil qatnashmaganlarni chiqarish hisobiga mavjud guruhimizdagi o'rinlarini 2-oyidan egallashingiz mumkin🥰.
Darslar doimgi tartibda guruh bilan birgalikda haftada 4kun, va yangilarga +1kun qo'shimcha o'tgan oy darslar o'tib beriladi. (O'zingiz o'zlashtirib oling, deyish odatda samara bermaydi🙂↔️)
Faqat shu oy uchun to'lov 180ming. (qolgan oylarga 160mingdan)
Darslar kechki payt olib boriladi, har bir bo'lim bilan alohida shug'ullaniladi.
@Madaminovna_Madina ga murojaat qiling, o'rinlar cheklangan, shoshiling!
1ta o'q bilan 2ta🐰🐰 uramiz!
Atigi 20ming bilan 1oylik bilimni olasiz. Guruhdagilar mendan xafa bo'lib qolishmasa bo'ldi 🙈🙈
👥Kutubxona guruhimiz! 📚♻️
╔═অঠই✯📚📚📚✯ইঠঅ═╗
🇺🇿@Ilm_ziyo_ulashamiz🇺🇿
╚═অঠই✯📚📚📚✯ইঠঅ═╝
Rasmiy kanalimiz! 🏆🎖📚♻️
❀ ┄┅অঠই ✿📚✿ ইঠঅ┅┄ ❀
✯ 🏆 @Uz_Baza 🏆 ✯
❀ ┄┅অঠই ✿📚✿ ইঠঅ┅┄ ❀
✯ 🎖 @Kitobxonuz 🎖 ✯
❀ ┄┅অঠই ✿📚✿ ইঠঅ┅┄ ❀
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!!
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:
a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
👉 @xushnudbek 👈
@qiziqarli_ona_tili
Qalban yaqinlarim😍😍!!! Sizlarga 3ta yangiligim bor😉😉!
Birozdan batafsil har biri bo'yicha alohida ma'lumot beraman🔥
@qiziqarli_ona_tili
✍ To‘garak hujjatlari
📚 Ona tili fanidan reja va dars ishlanmalari. (kompetensiya)
🔔 9-sinf
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
@qiziqarli_ona_tili
#onlayn_kurslar
⚡️DIQQAT, DIQQAT!
🔊⚡️Bugun, 4-iyundan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi (onlinedu.uz) orqali ONA TILI VA ADABIYOTI FANI o'qituvchilari uchun ONLAYN MALAKA OSHIRISH kurslari faollashtirildi.
✅ Sizlarga yaratilgan imkoniyatdan to'g'ri va unumli foydalanasizlar degan umiddamiz.
✨ Bizni kuzatib boring!
#xushxabar
⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi
Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515)
Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:
“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
Mahalladagi kitobxonlar uchun yana bir ajoyib loyiha!
📚 Kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Mahalladagi kitobxon” tanloviga start berdi.
Tanlovning eng muhim jihati, unda yoshidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. 1 oyda atigi 2 ta kitob o‘qib, tanlovda qatnashib g‘olib bo‘lish imkoniyati mavjud!
📝Tanlovda ishtirok etish uchun @MahallaTanlovBot orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!
Murojaat uchun: @mahalla_murojaat
#Mahalladagi_kitobxon
/channel/yoshkitobxonuz
9-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi
🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi.
☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 10- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi.
Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi.
Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.
📌 9- va 11-sinflar yakuniy atteststsiyasi uchun e'lon qilingan baza topshiriqlaridan variantlar qayta shakllantiriladi.
Bir topshiriqqa aynan berilgan savol emas, boshqa topshiriq savoli ham tushishi mumkin.