#juda_kerakli
🔰🔰"O'tkan kunlar" romani bo'yicha eng kerakli ma'lumotlar🔰🔰
1.Og'ir tabiatlik,ulug' gavdalik,ko'rkam va oq yuzlik,kelishgan,qora ko'zlik,mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit-
🔻Yusufbek hojining o'g'li Otabek
2.Gavdaga kichik,yuzga to'la,ozroqqina soqol-murtlik,25yoshlar chamaliq bir yigit-
🔻Marg'ilon boylaridan Ziyo shohichining Rahmat degan o'g'li.
3.Uzun bo'ylik,qora cho'tir yuzlik,chag'ir ko'zlik,chuvoq soqol,35yoshlar chamasidagi ko'rimsiz bir yigit-
🔻Homid
4.Cho'ziq yuzlik,do'nggiroq peshonalik,sariqqa moyil,to'garak qora ko'zlik,oppoq uzun soqollik-
🔻Hasanali
5.Marg'ilonda chaqqon bo'lgan bozorlar-
🔻gazmol va qalapoy afzalining bozori
/channel/qiziqarli_ona_tili
📚 Test: "O‘tkan kunlar"
👤 Muallif: Mahammadjonov Mirjalol
🌈⭐️🌈⭐️🌈⭐️
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
Yana tong nafasi,tong tarovati
Har dilda quyoshning ilk harorati
Subhidam tarqatar kun barokati
Shukur yana berdi bir imkon,bir kun
Sizga tilagimiz ezgulik bu kun
@qiziqarli_ona_tili
🔰Leksikologiya🔰
📌 Leksikologiya - yunoncha "leksikos"- so'z, "logos"- ta'limot, fan ma'nolarini bildiradi. Bu bo'limda so'z va uning lug'aviy ma'nolari (leksik ma'no, atash ma'no) o'rganiladi. 📌
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🟢Leksikologiya o'z ichiga quyidagi sohalarni oladi:
🖇Semasiologiya - "sema"- ma'no. So'z ma'nosi va undagi o'zgarishlar o'rganiladi.
🖇Frazeologiya - "fraza"- ibora.
Ibora va uning xususiyatlari o'rganiladi.
🖇Terminologiya - terminlar, atamalar o'rganiladi.
🖇Dialektologiya - shevaga oid so'zlar o'rganiladi.
🖇Leksikografiya - "leksika" - so'z, "grafo" - yozmoq, tasvirlamoq. Lug'at va uning turlari o'rganiladi.
🖇Etimologiya - so'zlarning kelib chiqish tarixini o'rganuvchi bo'lim.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🤝 Ulashishning eng to'g'ri yo'li
✏️Tuzuvchi:Abduhakimova Shahlo
🔖Kanalimiz manzili :t.me/qiziqarli_ona_tili
#Tahlilli_test
Tojikning oti Tursun bo‘lsa, о‘zbeknmg oti G‘ulom bo‘lsa, uning tojikligi-yu mening o‘zbekligim qayoqqa borar edi?
Berilgan parchadagi fonetik hodisa asosida yozilgan so'zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni belgilang.
A)Fonetik hodisalar faqat yasama so‘zlar tarkibida
kuzatilgan.
B)Fonetik hodisalar shakl yasovchi va so‘z yasovchi
qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.
C) Tovush almashishi lug‘aviy shakl yasovchi
qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.
D) Tovush tushishi olmosh tarkibida kuzatilgan
#tahlil
Savolda fonetik o‘zgarishlar haqidagi to‘g‘ri hukmni topishimiz kerakligi so‘ralgan.
A)Bu javobda fonetik hodisalar faqat yasama so‘zlar tarkibida deyilgan.
👆Bu fikr noto‘g‘ri❌ , chunki tojikligi,oʻzbekligi s/yasovchi, mening sh/yasovchi, demak har ikkisi ham mavjud , bu javobni chiqarib tashlaymiz
B) Bu javobda fonetik hodisalar shakl yasovchi va so‘z yasovchi q/chalar ta’sirida ro‘y bergan. Bu javob ham noto‘g‘ri❌. Chunki fonetik hodisalar (tojiklik+i,oʻzbeklik+i , men+ning=qo‘shimchada tushgan ) so‘z yasovchilarda emas sintaktik sh/y/q.chalarda yuz bergan
C)Bu javobda tovush almashishi lug‘aviy shakl yasovvhi q.chalarda yuz bergan. Bu fikr ham noto‘g‘ri❌. Sababi lug‘aviyda emas sintaktik sh/y.chilarda ro‘y bergan
D)Tovush tushishi olmosh tarkibida kuzatilgan. Bu javob to‘g‘ri ✅, men+ning “n” tovush tushishi bor
Demak, D javob ✅to‘g‘ri
Hayot go‘zal. Chunki unda hamisha yangi tong bor!
🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞
Har bir yangi kunni bir bayramday qarshi oling!
Doimo ijobiy fikrlang. Bu tong uyg‘onganingizni o‘ziyoq sizni omadli ekaningizdan dalolat.
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
Har boshlangan yangi tong oppoq qog'ozga óxshaydi uni qanaqa tasvirlar bilan tóldirish va unga qanday rang berish bizning qo'limizda shunday ekan uni yorqin ranglar bilan tóldiraylik
Assalomu alaykum!
@qiziqarli_ona_tili
✨✨✨✨✨✨✨✨
Baxtingizdan baxt topar yurak...
Siz bor dildan yiroqlar g'amlar.
Кulib turing har doim, har vaqt ...
Меn yoqtirgan yaxshi odamlar.
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
✨✨✨✨✨✨✨✨
Аzizlarim, tuningiz osuda va sokinlikda o'tsin!
Yaxshi dam olinglar!!!
Аllohga omonatsiz
XAYRLI TUN QADRI BALAND QADRDONLAR !!!
@qiziqarli_ona_tili
Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan ko'rinyapdi: kitob o'qiydiganlar kamayib boryapti.
📖"Daftar hoshiyasidagi bitiklar", O'tkir Xoshimov.
/channel/qiziqarli_ona_tili
☝️O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe'lingga, fe'ling esa taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha! 🍁🍁🍁🍁🍁🍁
✍Jaloliddin Rumiy
🌜Fayzli oqshomlar tilaymiz!🌜
🔶Biz bilan go'zal o'ylar hamrohligida bo'ling!😊
💥💥💥
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan,
Ko'zim yoshiga toya-toya navruz
Ushbu she'riy baytda qo'llangan badiiy san'atni toping.
A. Tazod
B. Mubolag'a
C. Talmeh
D. Tashbeh
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
Ayrim she'riy san'atlarning tahlili:
Tavze'- arabcha " tarqatmoq" , " taqsimlamoq", " joylashtirmoq" degan ma'nolarni anglatadi.
Mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, baytda bir xil tovushlarni takrorlash.
Masalan: Navoiyning:
Oshiq bo'ldum, bilmadim yor, o'zgalarda yor emish,
Olloh- olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish
Bayt g'oyat xushohang, chunki uning tarkibida " o" unlisining 11 marta takrorlangani, yana bir jihati birinchi va ikkinchi misralardagi "O" tovushi egallagan pozisiyalarning bir- biriga mosligi musiqiylikni kuchaytirib bermoqda. ..
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
⚠️"O'tkan kunlar" romani bo'yicha eng kerakli ma'lumotlar
1.Og'ir tabiatlik,ulug' gavdalik,ko'rkam va oq yuzlik,kelishgan,qora ko'zlik,mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit-
🔶Yusufbek hojining o'g'li Otabek
2.Gavdaga kichik,yuzga to'la,ozroqqina soqol-murtlik,25yoshlar chamaliq bir yigit-
🔶Marg'ilon boylaridan Ziyo shohichining Rahmat degan o'g'li.
3.Uzun bo'ylik,qora cho'tir yuzlik,chag'ir ko'zlik,chuvoq soqol,35yoshlar chamasidagi ko'rimsiz bir yigit-
🔶Homid
4.Cho'ziq yuzlik,do'nggiroq peshonalik,sariqqa moyil,to'garak qora ko'zlik,oppoq uzun soqollik-
🔶Hasanali
5.Marg'ilonda chaqqon bo'lgan bozorlar-
🔶gazmol va qalapoy afzalining bozori
6.Miqroz so'zining ma'nosi-
🔶qaychi
7.Otabek uylanmayotganining ikki sababi-
🔶1.Taqdir bitmaganlik; 2.Bekning uylanishga bo'lgan qarshiligidan
8."Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo'qdir" jumlasi kim tominidan aytilgan-
🔶Rahmat
9.Qirq besh-ellik yoshkar chamasida qora qosh,qora ko'z,ko'rkam yuz,yaxshigina kiyingan bir kishi-
🔶Mirzakarim qutidor
10.Qora chopon-
🔶o'sha davrda qipchoqlar o'zbeklarni shunday deb atashgan.
11.Otabek o'qigan madrasa nomi-
🔶Beklarbegi madrasasi
12.Otabekning ma'naviy otasi-
🔶Hasanali
13"Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo'ladigan yurak javharidir" jumlasi-
🔶Hasanali tomonidan aytilgan.
14.Atlas ko'ylak,ustidan odmi xon atkas guppi kiygan,boshig"a oq dakanaki xom tashlag'an,35 yoshlar chamaliq go'zal,xushbichim bir xotin-
🔶Oftob oyim
15.Yuzidan muloyimlik,eriga itoat,to'g'riliq ma'nolari tomib turgan ayol-
🔶Oftob oyim
16.Kiprik ostidagi tim qora ko'zlari bir nuqataga tikilganda,nimadir bir narsani ko'rgan kabi..Qop-qora kamon,o'tib ketgan nafis,qiyig' qoshlari chimirilganda,nimadir bir narsadan cho'chigan kabi...To'lgan oydek g'uborsiz oq yuzi biroz qizillikka aylanganda,kimdandir uyalgan kabi...-
🔶Kumushning ta'rifi
17.Kumush o'xshatilgan gul nomi-
🔶nomonshomgul
18."Kiravi kuyoving shundoq bo'lsa" jumlasi kim tomomidan aytilgan
🔶Mirzakarim qutidor
19.70lardan o'tgan,Oftob oyimning onasi
🔶Oysha bibi
20.45 yoshlar chamasi,oila cho'risi-
🔶To'ybeka
21.Boshig'a ko'k salla chulg'ag'an,egniga O'ratepaning bosmasidan chakman,beliga kumush kamar bog'lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosgan,qora tanlik bo'lsa ham ko'knorimi,taryakmi iste'molidan yzui sarg'aygan 40-50 yoshlar chamaliq bir kishi
🔶-Xoliqbek qo'rboshi
22.15 yoshlar chamaliq,qizil duxobadan kiyingan ko'rkam bir o'g'lon-
🔶Ahmadxon
23.To'la yuzlik,o'siq qoshliq,og'ir qarag'uchi ko'zlik,siyrak soqol,o'rta bo'yliq,ustidan kimxob to'n kiyib,beliga qilich osgan 45 yoshlar chamasidagi bir kishi-
🔶O'ttaboy qushbegi
24.Tilla jabduqli qizil ayg'irg'a mingan,quyosh yog'dusi bilan turlik tuska kirib tovlanadirg'an,yoqa va etaklariga oltin uqa tutilgan kimxob to'n kiyib,belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osgan,boshig'a oq shohidan salla o'rab,oyoqlarini kumush uzangiga tiragan,siyrak qoshlik,cho'qqi soqol,bug'doy ranglik,45-50 yoshlar chamaliq bir kishi-
🔶Azizbek
25.Qora otg'a otlanib,zangori movutdan uqalik to'n kiygan,kumush kamarning o'ng tomoniga qilich,so'liga to'fangcha qistirgan,boshiga barra popoq kiyib,jin yalagan deganlaridek qoshsiz,qoramtil yuzlik,ikki chakagining utida biroz,iyagida biroz siyrak,ko'rimsiz qora soqollik,ko'zlari ichiga botig'roq,ammo qon quyilgansimon bir kishi-
🔶Rayimbek dodxoh
/channel/qiziqarli_ona_tili
📝TAHLIL VAQTI
9- sinf ona tili
11-dars. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
1-topshiriq.
Berilgan gaplarni qismlarga ajrating.
@qiziqarli_ona_tili
1. Shu onda chiroq o‘chdi( 1- qism) va birdaniga o‘q uzildi.( 2- qism) (Abdulla Qahhor) 2. Mana, sen
ketding-(1- qism)u, bo‘ldim xayolkash.( 2- qism) (Zulfiya)
3. Yo‘lovchining o‘zi ichkariga
kirdi-(1- qism)yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi.( 2- qism) (Omon Muxtor)
@qiziqarli_ona_tili
41-mashq. Berilgan fe’llar ishtirokida bog‘langan qo‘shma gaplar hosil qiling.
1. Umr tashvishlaridan sochlar oqardi va erta to‘kildi. 2. Yangi kelinchak ta'zim qilib bukildi va mehmonlarga salom berdi. 3. O'sha vaqtda u nogiron bo‘ldi- yu niyat qilgan orzusi nasib qilmadi. 4.Bizning aytgan gapimizdan ustozimiz g'oyat hayron bo‘ldi-yu, birdan nafasi tiqildi. 5. To'satdan yiqildi va oyog'i shikastlandi. 6. Hayot zarbalaridan azoblandi va ko'p qiynaldi. 7. Kezdi, uyg‘ondi. 8.Havo aynidi va yomg'ir yog‘a boshladi. 9. U onasini qo‘msadi va to'xtamay yig‘ladi. 10. U tez- tez yuraverdi va ko'zdan g‘oyib bo‘ldi.
🖊Tuzuvchi: Sultanovna
@qiziqarli_ona_tili
📖" Fahod va Shirin" dostoni bo'yicha lug'at davomi👇👇
@qiziqarli_ona_tili
No‘shi lаb – lаb shirinligi;
Мisrа’ning mаzmuni: U shirinlikdаn elgа fаqаt zаhаrginа tеgаdi;
Lа’l – qip-qizil tоsh. Bu yеrdа so‘z istiоrа tаrzidа yorning lаbini аnglаtib kеlgаn;
Bеbоk – bеpаrvо;
Bud – bоrlik, mаvjudlik;
Kinаkаsh – kеk sаqlоvchi, dushmаnlik qiluvchi, o‘ch оluvchi;
Shirkаtаndеsh – shеriklik qiluvchi, shеriklikni fikr qiluvchi;
Kishvаr – mаmlаkаt, vilоyat, yurt; 9
Мultаmаs – iltimоs
Pеshа – kаsb, hunаr;
Мisrа’ning mа’nоsi: Bu ish bilаn kаsb-kоr qilib, tirikchilik o‘tkаzib
bo‘lmаydi-ku!;
Jоh аhli – mаnsаb аhli, pоdshоlаr; Bu misrа’dа Fаrhоd ishqning
undа tug‘ilmаsidаn burun, ya’ni ruh jоngа bоg‘lаnmаgаn pаytdаyoq pаydо bo‘lgаnini аytyapti;
Inkоr qilmоq – qаytmоq;
Furqаt – firоq, аyriliq, judоlik, yordаn yirоqlik;
Bаlоsho‘r – bаlо kеltiruvchi;
Мisrа’ning mаzmuni: tildаn rаshk qilib,(yorimning) оtini
aytmаymаn;
@qiziqarli_ona_tili
Nаng – оr, uyat, nоmus;
Hаmsаng – оg‘irlikdа bаrоvаr;
Nigunluq – egilishlik, egiklik;
Sung‘ur – lоchin, shunqоr (qush);
G‘аzаnfаr – shеr, аrslоn;
Uy – sigir.
Sipаhlаr – askаr, qo‘shin;
Маjnuni gumrаh – yo‘lini yo‘qоtgаn jinni.
@qiziqarli_ona_tili
Мustаmi’ bo‘lmоq – qulоq sоlmоq, eshitmоq;
Didаi giryon – yig‘lоqi ko‘z, yoshlаngаn ko‘z
Nа’lаyn – bir juft kоvush;
Nаzhаt – ko‘ngil оchish, huzur qilish.
Маhro‘ – оy yuzli.
Тааbliq – qiyinchilik, mаshаqqаt;
Qаrn – 30 yilni bildirаdigаn yil hisоbi. Bа’zаn “аsr” mа’nоsini hаm bildirаdi.
Yig‘оch – tаxminаn 10 km.
Тul – uzun, cho‘zilgаn;
Hоli – hozir;
Hаyvоn – tiriklik, hаyot;
“Аyn ul-hаyot” – hаyot
bulоg‘i, hаyot suvi;
Chаrхfаrsо – ko‘kkа ulаngаn, judа yuksаk
Sipеhri ismаt – poklik оsmоni; 2
Zаhrа – hаd, jur’аt; Мisrаning mаzmuni: bir nеchа
sаrvdеk tik qоmаtli, gul yuzli qizlаrdаn bоshqа.
Таfаhhus аylаmаk – tеkshirmоq, surishtirmоq, tеrаn o‘rgаnmоq;
Zаmir – ko‘ngil;
Хunbоr – qоn yig‘lоvchi; 4
Маdxаl – kirish;
Bud – bоrliq, mаvjudlik. Bu yеrdа:
nimаligini mа’nоsidа kеlgаn;
Тоr-u pud – o‘rish–аrqоq. Bu yеrdа: sirr-u sinоаtini dеgаn mа’nоdа kеlgаn.
So‘zlig‘ so‘z” birikmаsini hаm “yoniq so‘z”, hаm “so‘zli yonish” mа’nоsidа tushunish mumkin, chunki o‘zbеkchа “so‘z” “kаlimа” mа’nоsini bеrsа, tоjikchа “so‘z” “kuyish”
mа’nоsidа kеlаdi;
Оtаshоlud – yoniq, dаrdli, оtаshin;
Мukаrrаr – tаkrоr
Pаdidоr – pаydо bo‘lgаn, ko‘ringаn
@qiziqarli_ona_tili
🖊Tuzuvchi: Dilafruz Sultanovna
DAVOMI BOR....
@QIZIQARLI_ONA_TILI
@QIZIQARLI_ONA_TILI
#Juda_kerakli
❇️ Fe'llarning nisbat shakllari❇️
(2-qism)
🛑Orttirma nisbat🛑
✓Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa bir shaxs yoki narsa tomonidan amalga oshirilgan harakat-holatni ifodalovchi fe’l nisbati orttirma nisbat deyiladi .
✅Orttirma nisbat oddiy nisbat shaklidagi fe’llarga -t, -it , -ir , -ar , -iz , -dir , -tir , -giz , -kiz , -qiz , -g’iz , -sat , -kaz , -qaz , -gaz , -g’az kabi shakl yasovchilarni qo’shish bilan hosil qilinadi .
🔷 -t shakli unli bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shilib , orttirma nisbat yasaydi : ishla+t , o’qi+t , tingla+t , uxla+t , to’la+t , o’yla+t
🔻Diqqat!!! ko’pay , kengay , qisqar , eskir kabi fe’llarga ham -t qo’shimchasini qo’shib , orttirma nisbat hosil qilish mumkin .
Ⓜ️Masalan , ko’pay+t , kengay+t , qisqar+t , eskir+t
🔷 -dir shakli unli tovush bilan hamda jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qilinadi .
Ⓜ️ Masalan , ye+dir , de+dir ; yoy+dir , buz+dir , sin+dir , kul+dir , qol+dir , to’l+dir , ol+dir
🔷-tir shakli jarangsiz undosh bilan tugagan hamda r , n , y , l jarangli undoshlari bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , top+tir , yop+tir , ayt+tir , uq+tir , ilin+tir , oqar+tir , kiyin+tir , ko’pay+tir , kuchay+tir , kel+tir
🔷-ir , -ar , -iz shakllari undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , bot+ir , qoch+ir , shosh+ir , ich+ir , qot+ir , osh+ir , tush+ir , pish+ir , ko’ch+ir , o’ch+ir ; oq+iz , em+iz , tom+iz ; chiq+ar , qayt+ar
🔷 -giz , g’iz , -gaz , -g’az shakllari jarangli undosh bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , yur+giz , kir+giz , tur+g’iz , ko’r+gaz , yur+g’az , tur+g’az
🔷 -kiz , -qiz , -kaz , -qaz shakllari jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi .
Ⓜ️Masalan , ket+kiz , o’t+qiz , o’t+qaz , o’t+kaz , yut+qiz , yut+qaz
🔶yur+it , kir+it , ko’r+sat
🟥Diqqat!!! Bir fe’lga bir necha orttirma nisbat qo’shimchasi ketma-ket qo’shilishi mumkin . Bunda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytiriladi , ta’kidlanadi .
Ⓜ️Masalan , yoz+dir+tir , o’qi+t+tir , to’l+dir+g’iz
/channel/qiziqarli_ona_tili
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💞💞💞🩷🩷🩷
1⃣ 😁😊😁😊
3️⃣0️⃣ 🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
📆Boshlanish vaqti: 5- AVGUST
⏰Dars vaqti : 5:00-7:00 (21:00-23:00)
💸Kurs narxi: 100 ming.
Dars har kuni Milliy Sertifikat uchun kerakli qismlar TEZLASHTIRILGAN TARTIBDA oʻtiladi.
Hafta davomida:
📍Dushanba, Seshanba: Esse tahlili
📍Chorshanba, Payshanba: Matn tahlili
📍Juma, Shanba: Gʻazal tahlili
📍Yakshanba: Grammatika
🔝Oʻquvchilar faolligiga koʻra hafta soʻngida Diagnostik test va tahlili ham boʻladi.
🗣️Bir Hafta davomida 2 marta Esse boʻyicha dars, kamida 5 ta Matn bilan ishlash boʻyicha test va tahlili, 4 ta gʻazal tahlili, Har Yakshanba Grammatika boʻyicha dars va test.🗣️
🩷🩷🩷
Kurs toʻlovi ichida Nafisa ustozning BADIIY ASARLAR TAHLILI boʻyicha kursiga ham BEPUL qoʻshilasiz. Dars vaqti 21:00 da.
Murojaat uchun:
✉️@QABUL_UCHUN1
📞+998886384188
🎙"Eshmurodov taʼlim" Onlayn jamoasi ustozlari tomonidan oʻtilgan BEPUL dars naʼmunalari. ⬇️⬇️
1️⃣ESSE - Eshmurodov ustoz
2️⃣ESSE - Furqat ustoz
3️⃣GʻAZAL TAHLILI - Rohatoy ustoz
4️⃣ SHEʼRIY SANʼATLAR - Rohatoy ustoz
5️⃣MATN TAHLILI - Eshmurodov ustoz
Milliy Sertifikat uchun maxsus kanal
✅@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
✅@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
#adabiyot
📚 Asar qahramonlari haqida
⏹Boburning havasini keltirgan,soqollari oppoq ,qoshlariga ham oq tushgan obraz.
✅Javhariy(Yulduzli tunlar)
⏹Burni ham yumshoq,òrdaknikiday yalpoq,bamisoli kemirchagi yòqday,bòylari baland emas,ajinlari qat-qat etib turadi.
✅Mòmin chol. (Oq kema)
⏹Yuzidan muloyimlik,tòģrilik ma'nosi tomib turadigan.
✅Oftob oyim(Òtkan kunlar)
⏹Xushròy kòzli polvon.
✅Nasim polvon(Yulduzlar mangu yonadi)
⏹Bir oģiz gapni silliq va yoqimli qilib gapirolmaydigan sodda va tòng odam.
✅Akbarali mingboshi.(Kecha va kunduz)
⏹Jahli chiqsa òzi bilan òzi gaplashadigan obraz.
✅Ò.Hoshimov onasi. (Dunyoning ishlari)
⏹Birovga aralashmaydigan,kamgap, "indamas" obraz.
✅Nizomjon.(Ufq)
⏹Har bir sòzidan zahar tomib turadigan,ingichka xirilloq ovoz egasi.
✅Sulton Jondor. (Uluģbek xazinasi)
⏹Jizzaki,sezgir,arzimagan narsaga kishidan kòngli qoluvchi obraz.
✅A.Mashxadiy(Navoiy romani)
⏹Chamandagul dòppili qirq yoshlardagi,pòrim kishi.
✅Rahmat hoji(Shum bola)
⏹Yetmish yoshlarga kirgan,oppoq soqollari kòksiga tushib turgan obraz.
✅Polvontog'a (Sariq devni minib)
⏹Qarib ketgan,sochlari tòkilib,boshining yarmi yalonģachlanib qolgan,zahil bir befayzlik zohir bòlgan obraz.
✅Bòrixon(Qorakòz Majnun)
⏹Baland bòyli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan,qora,kòzi ichiga chòkkan,chòtir odam.
✅Bektemir(Chinor)
⏹Ģayratli va zehnli,xipcha bel,yaģrini keng,qirģiz qovoq obraz.
✅Husayn Boyqaro(Zulmat ichra nur)
⏹Soģlom yuzli,kòzlari bolalarcha òynoq,jingalak sochli,qishloqcha sodda qiz.
✅Gulnor (Qutluģ qon)
⏹Xudo urgan badbaxt,ziqna odam.
✅Sariboy bòlis(Shum bola)
⏹"Aybsiz aybdor"obraz.
✅Zebi (Kecha va kunduz)
⏹"Najot farishtasi".
✅Kumushbibi (Òtkan kunlar)
⏹Diydasi qattiqroq,òktam,tòmtoq mòylovli.
✅Egamberdi Yaqubov (Muzqaymoq)
⏹Mavridsiz laylaklar ichida bemahal ģurrak.
✅Anvar (Mehrobdan chayon)
⏹Tabiatida musulmonchilik ham millatparvarlik ham jamlangan obraz.
✅Ziyoli (Padarkush)
/channel/qiziqarli_ona_tili
Буни эркинлик деб ўйлади. Ваҳоланки ўзида бор энг муҳим хусусиятини йўқотди.
/channel/qiziqarli_ona_tili
‼️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
Bundan avval joriy yildan boshlab minimal ball oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov “O’zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilgan edi.
Vazirning so’zlariga ko’ra, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishi kerak edi.
Ammo negadir minimal ballni oshirmasdan, eskicha saqlab qolishga qaror qilingan.
ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
/channel/xushnudbek/20721
👉 @xushnudbek 👈
💥💥💥
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A. Ruju
B. Talmeh
C. Tazod
D. Tanosub
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
📓Avtobiografik ruhda yozilgan asarlar📕
🔆Ĝafur Ĝulom🔸
"Mening òĝrigina bolam"
🔆Said Ahmad🔸
"Yòqotganlarim va topganlarim"
🔆Abdulla Oripov🔸
"Kòrgan-bilganlarim"
🔆Òtkir Hoshimov🔸
"Mashaqqatli safar"
🔆Alfons Dode🔸
"Kichkintoy"
⚡️Zahiriddin Muhammad Bobur☘
"Boburnoma"
⚡️Erkin Vohidov☘
"Nido"(qisman)
☘Muhammadsharif Gulxaniy⚡️
"Bideh"
⚡️Turdi Faroĝiy☘
"Turdiman"
⚡️ Odil Yoqubov☘
"Muzqaymoq"
⚡️Abdulla Qahhor☘
"Òtmishdan ertaklar"
⚡️Uvaysiy☘
"Uvaysiyman", "Doĝ òldi, doĝ òldi", "Soĝindim"
/channel/QIZIQARLI_ONA_TILI
🔊🔊🔊
📌📌📌SIZ KUTGAN SUPER YANGILIK♻️
Siz attestatsiyaga tayyorlanmoqchisiz, lekin hech qunt qilmayapsizmi❓❗️
Bunday holatda siz uchun super yangilik bor.🔈
Siz tajribali, oliy toifali, ko‘plab yutuqlarga erishgan filolog, bir urinishdayoq Milliy sertifikatga erishgan filolog @Madaminovna_Madina ning Attestatsiya guruhiga taklif qilaman🖇🖇 Ustoz, shogirdlari erishgan natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanalida ko'rishingiz mumkin✅
♻️ Kurs haftada 4 kun(kunlar kelishiladi). Darslar qat'iy belgilangan maxsus dastur asosida olib boriladi va tartibga olinadi.
♻️ Kursda ham ona tili, ham adabiyot darslarini teng olib boriladi.
♻️ Kursda pedagogik mahorat ham o‘rgatiladi✅
♻️ Kursda attestatsiya testlarini ham ishlaysiz❇️
❗️Darslar 1-avgustdan boshlanadi.
Kurs to‘lovi: 100 ming🤩🤩
‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.
✅Hozirdanoq joyingizni band qilib qo‘ying.
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
Ochiq sifat ga moslarini topish kk edi
Bittasi-ochiq (fe'l
Bittasi-antonimi tund
Bittasi-sinonimi aniq
@qiziqarli_ona_tili