qibraytumaniaxborotxizmati | Неотсортированное

Telegram-канал qibraytumaniaxborotxizmati - Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

3694

Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.

Подписаться на канал

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#befarqemasman

Зайнаб Дайибекова, қиличбоз:

— Қиличбозликни яхши кўрадиган одам мусобақа вақтида тез муносабат билдириш, қарор қабул қилиш ва дарҳол ҳаракат қилиш зарурлигини билади. Камдан кам жойларда вазият шу қадар тезлик билан ўзгаради. Шу сабабли биз тўғри танлов қадрини яхши биламиз. Чунки фақат у шоҳсупа томон етаклайди. 30 апрель. Биз бефарқ эмасмиз!

@menbefarqemasman

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#huquqiy_maslahat

Referendum nima, uni saylovdan farqi nimada hamda
unda kimlar ishtirok etadi...

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi halqimiz tomonidan eng ko‘p muhokama qilingan, takliflar bildirilgan, xalqaro ekspertlar fikrlari inobatga olingan hujjat bo‘ldi. Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida Konstitutsiyaning moddalari ko‘payishi, normalari hajmi oshishi kutilmoqda.

Aslida referendum nima va uni saylovdan farqi nimada...
— «Referendum» (lot. referendum — bildirilishi kerak bo‘lgan) — umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shaklidir, bevosita demokratiyaning muhim vositasi hisoblanadi.
Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum o‘tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo‘yiladi.

Referendumda kimlar ishtirok etadi?
— Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab, fuqarolarning referendumda qatnashish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.

Referendumda ovoz berish tartibi qanday?
Referendumda ovoz berish byulleteni fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga ko‘rsatilgan belgilardan birini qo‘yadi.
To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a'zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra, yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablar bilan ovoz berish binosiga kela olmasa, ularning iltimosiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qibray tuman sudining raisi S.Dusmanov

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Yangilanayotgan Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytiriladi

➖inson uning sha'ni, qadr qimmatini kamsitishga yo'l qo'yilmasligi aniq belgilanilmoqda

➖Inson qadri uchun g'oyasi Yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘z aksini topgan.

Siz ham befarq bo‘lmang.

#befarq_emasman #befarqemasman

@otabeksobitov

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#bayram

🌸Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tayotgan Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari bolajonlarga milliy urf-odatlarni anglash bilan bir qatorda ularga olam-olam quvonch ulashmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#befarqemasman

Бобоёр Тўраев, психолог:

— Юртимиздаги сиёсий, ижтимоий, иқтисодий аҳвол, оддий халқнинг яшаш шароити, маоши, саломатлиги, бандлиги, равон йўллар кимга боғлиқ? Коррупция, бюрократия, монополия, таниш-билишчилик, непотизм кимга боғлиқ? Бу — фақат президент, ҳукумат, депутатларга боғлиқми? Менимча, буларнинг ҳаммаси ўзимизга боғлиқ.

Азиз юртдошим, ўз ҳақ-ҳуқуқларимиз, эркинликларимиз кафолатланиши, қонунчиликдаги ўзгаришлар, ислоҳотлар бизнинг ҳаракатимизга, фаоллигимизга, иштирокимизга боғлиқ. Ўзбекистондаги конституциявий ўзгаришларга мен #befarqemasman! Сиз ҳам бефарқ бўлманг!

@menbefarqemasman

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Президент раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш бўйича асосий вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Охирги икки йилда жаҳонда озиқ-овқат инфляцияси йилига 15-20 фоиздан пасаймаётгани, ўсимлик ёғи, сут ва гўштнинг жаҳон нархи сўнгги 30 йилдаги, дон маҳсулотлари ва шакар эса сўнгги 10 йилдаги энг юқори даражага кўтарилгани қайд этилди.

Экспорт-импортда логистика, ўғит ва ёқилғи харажатлари ошиб кетгани ҳам озиқ-овқат нархларига ўз таъсирини кўрсатаяпти. Таҳлилларга кўра, бу ҳолат 2023 йилда ҳам, келгуси йилларда ҳам сақланиб қолади.

Мамлакатимизда озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришга 200 минг гектар ер ажратилгани, 500 минг гектар қўшимча ерлар оборотга киритилгани ички бозордаги нарх-навони барқарор ушлаб туриш ва экспортни кўпайтиришга хизмат қилмоқда.

- Лекин, аҳолимиз сони ўсиб бораётгани, жаҳондаги нобарқарор вазият, логистикадаги узилишлар озиқ-овқатни кўпайтириш бўйича олдимизга янада катта вазифаларни қўймоқда, - деди давлатимиз раҳбари.

Шу муносабат билан вилоят, туман ҳокимлари озиқ-овқатни кўпайтириш, одамларни банд қилиш бўйича қўшимча имкониятларни излаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#jarayon

Qaror doirasida harakat xavfsizligi ta'minlanish va haydovchilarga qulaylik yaratish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda

🚦Xususan, PQ-408-sonli qaroriga asosan "Ahillik" mahallasidagi markaziy Universitet va K.Behzod ko‘chasi tutashmasida (5-maktabga kiruvchi ko‘cha) yo‘l belgisi va harakat xavsizligini ta'minlash uchun svetofor o‘rnatildi.

Ma'lumot o‘rnida, hozirda Universitet ko‘chasidagi ko‘prikda ta'mirlash ishlari olib birilayotganligi sababli makzur ko‘chada vaqtincha avtomobillar qatnovi kamaygan.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#befarqemasman

O'zbekiston yoshlar mamlakati.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga tegishli juda ham ko’p normalar belgilangan.  Har bir norma yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shu sababli, Yoshlar parlamenti a‘zolari, xususan, Men o'z taqdirimga, kelajagimga va Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasman. Sizni ham befarq bo'lmaslikka, Referendumda o’z ovozingizni berishga chorlab qolaman.

@Nodirbek_Murodov

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#jarayon

Prezidentimizning 408-sonli qaroriga asosan ajratilgan mablag‘lar evaziga mahallalardagi ichki ko‘chalarni ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichga keldi

🚧Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash maqsadida yo'lsozlar tomonidan ichki yo‘llarga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

🛣Jumladan, Ramazon oyi arafasida 1-sektorga qarashli "Yangi hayot" va "Ziyokor" mahallalarining 2,5 kmga yaqin ichki ko‘chalari to‘liq asfaltlashtirilgan bo‘lsa, "Obod" (3-sektor)mahallasida 1,9 km yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi.

✅Shuningdek, 4-sektor hududidagi "Yoshlik" mahallasida 1,5 km umumfoydalanuv (4K693a) yo‘li asfaltlashtirilib aholiga qulaylik yaratildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Ehtirom #Mahalla_kuni

Olmaliq shahridagi “Marhamat” tantanalar majmuasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu galgi muloqot mahalla tizimi xodimlari kunida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Muloqotga oʻz xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining ota-onalari, yaqinlari taklif etildi.

Viloyat hokimining farmoyishi bilan bugundan eʼtiboran 55 xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga beriladigan nafaqa berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Viloyatda harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot organlari bilan birgalikdagi keng qamrovli yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

- Kirib kelayotgan Ramazoni sharif arafasida bunday xayrli muloqotni tashkil etilganida chuqur maʼno bor, albatta. Zotan, aziz farzandi Vatan tinchligi yoʻlida jon bergan ota-onalar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, jasorat va bukilmas iroda timsolidir, dedi Zoyir Mirzayev.

Jonli efirda koʻrish:

📱Facebook

🌐YouTube

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#hisobot

Hokim yordamchilari aholi vakillariga hisobot berdilar

🔹Yurtimizda joriy qilingan, mahallalardagi hokim yordamchilari aholi turmush tarzini yaxshilash, kasb-hunarga o’qitish, ularni doimiy ish bilan band qilish hamda imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish orqali o’z-o’zini band qilishda o’z samarasini bermoqda.

📌Jumladan, ularning 2022-yilda bu borada amalga oshirgan ishlari hamda 2023-yildagi vazifalari to'g'risidagi taqdimoti Qibray tuman hokimining mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiaysida belgilab o'tilgan.

🔖Bugun, 4
-sektor hududidagi "Baytqo'rg'on", "Navbahor", "Istiqbol", "Nurobod", "Ko'prikboshi" va Alisher Navoiy mahallalarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari to'g'risida aholi vakillariga hisobot berdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#o'rganish

Tuman hokimi maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

✅Xususan, Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov tumandagi Haydarobod mahallasida joylashgan 42-maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, ta'lim-tarbiya maskanidagi sharoitlar bilan birga, xona harorati, issiqlik tizimi va qozonxonaning sozlik holatini ko'zdan kechirdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram//Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Brifing

Ziyodbek Yoʻldoshev,
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi:


➖ 2023-yilda hokim yordamchilari koʻmagi bilan 250 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlanadi.

➖ Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 35 mingga yaqin loyihalar uchun jami 850 milliard soʻmlik pul kreditlari ajratilish rejalashtirilgan.

➖ 13 ta mikromarkaz tashkil etiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#ochiq_muloqot

Hokim yordamchilari va mahalla raislari mahallalardagi qurilish-ta'mirlash ishlarini jamoatchilik vakillari bilan birgalikda nazorat qiladi

🔹Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari, quruvchi tashkilot rahbarlari va jamoatchilik nazorati vakillari bilan uchrashib, 1-sektor hududidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini muhokama qildilar.

✅Uchrashuv davomida, ajratilgan mablag‘lar hisobidan shu kunga qadar mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta'mirlash ishlari tahlil qilinib, jarayonlarni belgilangan rejaga ko‘ra aniq muddatlarda yakunlash bo‘yicha quruvchilarga topshiriq berildi va ishlar sifati
jamoatchilik vakillari hamda mahalla xodimlari bilan birgalikda nazoratga olinishi zarurligi aytib o‘tildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Бишкекдаги “Ала-Арча” давлат қароргоҳида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров тор доирада учрашув ўтказдилар.

В государственной резиденции «Ала-Арча» в Бишкеке Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Кыргызстана Садыр Жапаров провели встречу в узком составе.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#tadbir

🔹Ma'lum qilganimizdek, Qibray tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi xotin-qizlar uchun "Bo‘ston" sihatgohida "Ayolni e'zozlagan yurt" shiori ostida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir, yigi'lganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashish qatorida, bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va berilayotgan e'tibor haqida ko'plab ma'lumotlarga ham ega bo'ldilar.

♻️Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Z.Mirgaziyeva, Qibray tuman sektor rahbarlari, ko'p yillardan buyon rahbarlik lavozimlarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan faol xotin-qizlar va boshqa soha vakillari ishtirok etdilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#befarqemasman

Behro‘z Berdalov:

Men oliy ta’lim vakili sifatida barcha talabalarni referendumda faol ishtirok etishlariga chaqirib qolaman”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

☑️Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

📌Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

🛑Hurmatli fuqarolar❗️

✅ Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#befarqemasman

Дилшода Норбоева, Мактабгача ва таълими вазирлиги бошқарма бошлиғи:

— Ўқувчилик пайтларимни эсласам, икки чорак давомида мактабда таълим олиш ўрнига пахта даласида пахта териш билан машғул бўлардик. Талабалик давримда ҳам худди шу ҳолат такрорланган. Ўқитувчи бўлиб ишлай бошлаганимида мажбурий меҳнатга жалб этилардик. Ойлигимизни мажбурий обуналарга сарфлашимизга тўғри келарди.

Ҳозирда давлат раҳбарининг сиёсий иродаси билан ўқитувчилар бу каби ҳолатлардан қутулди. Бугун ўқитувчилар фақат ўзининг иш фаолияти билан шуғулланмоқда. Конституцияга киритилаётган ўзгаришларда ўқитувчиларнинг шаъни, қадр-қиммати, унинг ижтимоий ва иқтисодий фаровонлиги давлат томонидан кафолатлаб қўйилмоқда. Бу ўзгаришларга #befarqemasman!

@menbefarqemasman

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам наращивания производства продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.

#Mirziyoyev #videoselektor #qishloqxujaligi #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

⚡️Энди жарималарни вақтлироқ тўласа, чегирма берилади

Президентнинг тегишли қарорига (ПҚ-99, 23.03.2023й) кўра, 2023 йил 1 майдан бошлаб маъмурий ҳуқуқбузарликлар бўйича қўлланилган жаримани ихтиёрий тўлаш тизими янада соддалаштирилади. Унга кўра:

✅ ҳуқуқбузар унга жарима солиш тўғрисидаги қарор топширилган кундан бошлаб 15 кун ичида жарима миқдорининг 50 фоизини, 30 кун ичида 70 фоизини ихтиёрий равишда тўлаган тақдирда, у жариманинг қолган қисмини тўлашдан озод қилинади;

✅ мазкур тартиб суд қарорларига асосан қўлланиладиган жарималарга нисбатан ҳам татбиқ этилади.


Каналга уланиш:
➖ @uzauz

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришни кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам увеличения заготовки продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#befarqemasman

“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi kubogi ishtirokchilari ta’limga, iqtisodiyotga, ekologiyaga, siyosatga befarq emasliklarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 43 ta jamoa hamda 300 nafardan oshiq bilimdonlar ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Jarayon #Foto

Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Vatanimizning yuksak unvon va medallari, shuningdek, maxsus koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh yurtdoshlarimizga mukofotlar topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

⭕️ LIVE

Ayni damda Qibray tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

📌Uchrashuvda Qibray tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish bo'limi hamda faoliyat yuritib kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilari va MFYlarda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdmoqdalar. Tuman hokimining o'rinbosari A.Abdukadirov uchrashuv davomida  2022 yil davomida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib o'tdi.

🖇  Shuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan yoshlar tomonidan yoshlar masalasida uchrayotgan muammolar yoshlar tashkiloti rahbarlariga bildirilib, muammolarini yechimi masalalari muhokama qilinmoqda.


Manba:Yoshlar ishlari agentligi Qibray tuman bo‘limi

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Президент Шавкат Мирзиёев ташрифининг самарали натижалари Ўзбекистон-Қирғизистон муносабатларидаги юксак даражанинг намунаси бўлди

Плодотворные результаты визита Президента Шавката Мирзиёева стали свидетельством высочайшего уровня узбекско-кыргызских отношений

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#hamkorlik

🔰Tumandagi 1-sektor hududidagi "Yonariq" mahallasida joylashgan 39-maktabda "Sog'lom turmush tarzini taznlaymiz" mavzusida suhbat tashkil etildi.

🔹Tadbirda Qibray tumanidagi tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi rahbari T.Mirnosirova, infekеsionist, narkolog, sil kasalliklari shifokorlari, oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari,mahalla yoshlar yetakchisi hamda yoshlar ishtirok etishdi.

🔸Suhbat davomida sil va yuqumli kasalliklarni (OITS) oldini olish, erta aniqlash va davolash, sog'lom turmush tarzi qoidalariga rioya etish, giyohvandlikga qarshi kurashish va bo'sh vaqtni samarali o'tkazish haqida yoshlarga atroflisha tushunchalar berilib,
"Sog'lom turmush tarzi" targ'ib qiluvchi bukletlari tarqatildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров музокаралардан сўнг оммавий ахборот воситалари вакиллари учун брифинг ўтказдилар.

Президенты Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Кыргызстана Садыр Жапаров после переговоров провели брифинг для представителей средств массовой информации.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #brifing

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистонга давлат ташрифи доирасида ўтказилган музокаралар якунида ҳужжатларни имзолаш ва алмашиш маросими бўлиб ўтди.

По итогам переговоров в рамках государственного визита Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева в Кыргызстан состоялась церемония подписания и обмена документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Бу_муҳим

⚡️Давлат фуқаролик хизматчилари фаолияти самарадорлигини баҳолаш тизими
ҳақида нималарни биламиз?

Ушбу видеороликда KPI тизими асосида ишлаётган ва ушбу баҳолаш механизмисиз фаолият юритаётган ходимнинг натижалари таҳлил қилинган.

Яқин давр ичида KPI тизими — давлат хизматчиларини ҳимоя қилиш, рағбатлаштириш ва самарадорликни ошириш механизми сифатида давлат хизматида тўлиқ жорий этилади.

▫️Барча давлат фуқаролик хизматчиларига видеороликни кўриш, таҳлил қилиш ва ҳамкасбларга улашиш тавсия қилинади.

🟢
Full формат.

/channel/AOKBToshvil

Читать полностью…
Подписаться на канал