qdpitalabayoshlari | Неотсортированное

Telegram-канал qdpitalabayoshlari - Qo'qon DPI talaba yoshlari!

3836

🇺🇿Qo'qon davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari kanali✅ 📡Institut rasmiy web sahifasi: ✅ www.kspi.uz ✅ https://t.me/kspi_rector

Подписаться на канал

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

⚠️ Огоҳ бўлинг Фейк!
————
⚠️ Ўзингиз ва яқинларингизни фирибгарлар тузоғига тушиб қолишидан ҳимоя қилинг
——————
“Фейсбук” ва “Инстаграм” ижтимоий тармоғи ҳамда "Телеграм" мессенжерида тарқатилаётган "Алишер Усманов анонсировал новую платформу для заработка" - "Лойиҳа ҳар бир Ўзбекистон фуқароси турмуш даражасини яхшилаш ва мамлакат иқтисодиётини тубдан ўзгартиришга қаратилган." мазмунидаги хабарлар келса, АСЛО уларга ИШОНМАНГ!

😎 Ушбу хабарни барча яқинларингизга жўнатинг ва улар ҳам огоҳ бўлишсин.

❗️Фейк хабарлар

Бизнинг
каналларимиз
: 👇👇👇
💻 𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 | 📝 𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 🎞 cyber_102">𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#To‘lov_kontrakt

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Турли Телеграм каналлар Ўзбекистон халқ артисти Шерали Жўраевнинг 77 ёшида вафот топгани ҳақида нохуш хабар тарқатишмоқда.

Хабар расман тасдиқланди.

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Гендер тенглик қонунлар билан мустахкамланган

БМТ Бош Ассамблеяси томонидан 1979 йил 18 декабрда “Хотин-қизлар ҳуқуқлари камситилишининг барча шаклларига барҳам бериш тўғрисида”ги конвенция қабул қилиниб, мазкур конвенция хотин қизлар ва эркакларнинг амалдаги тенглигига эришиш, яъни гендер тенгликни таъминлаш, хотин-қизлар томонидан ўз ҳуқуқларидан амалда фойдаланиш масалаларига боғлиқ бўлган муаммоларни аниқ-равшан белгилаган асосий ҳужжат бўлиб қолмоқда.

Мамлакатимизда ҳам гендер тенгликни таъминлашга оид халқаро-ҳуқуқий ҳужжатларни миллий қонунчиликка уйғунлаштириш орқали мустаҳкам ҳуқуқий асослар яратилмоқда.

Хусусан, 2019 йил 2 сентябрда 32 моддадан иборат Ўзбекистон Республикасининг “Хотин-қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятлар кафолатлари тўғрисида” ги ЎРҚ-562-сон Қонуни қабул қилинди.

Ушбу қонуннинг мақсади хотин-қизларни турмушда, иш жойларида, таълим муассасаларида ҳамда бошқа жойларда тазйиқлар ва зўравонликнинг барча шаклларидан ҳимоя қилишга қаратилган.

Қонунда оила, оналик, оталик ва болалик давлат муҳофазасида экани, хотин-қизлар ва эркаклар оилавий муносабатлар соҳасида тенг ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларга эгалиги ҳақидаги конституциявий қоида янада мустаҳкамланди.

Оилавий муносабатлар соҳасида хотин-қизлар ва эркаклар учун ҳуқуқ ҳамда имкониятларнинг тенглиги хотин-қизлар ва эркаклар никоҳ тузишининг ихтиёрийлиги, мажбурий ва эрта никоҳларга йўл қўйилмаслиги, эр ва хотиннинг шахсий ва мулкий ҳуқуқ ҳамда мажбуриятлари тенглиги, оиланинг ички можароларини ўзаро келишув бўйича ҳал қилиш, уй меҳнатига нисбатан хотин-қизлар ва эркаклар ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларининг тенглигига асосланиши белгиланди.

Уй меҳнати жинс бўйича бевосита ёки билвосита камситиш учун асос бўлиши мумкин эмаслиги, у аёллар ва эркаклар томонидан тенг даражада амалга оширилиши алоҳида қоида сифатида қайд этилди.

Агар шахс ўзини жинс бўйича бевосита ёки билвосита камситишга дучор этилган деб ҳисобласа, ваколатли органларга ёки судга мурожаат қилиш ҳуқуқига эга экани, бунда жинс бўйича бевосита ёки билвосита камситишга дучор этилган шахсдан давлат божи ундирилмаслиги, хотин-қизлар ва эркакларнинг тенг ҳуқуқлилиги бузилганлиги тўғрисидаги ишларни судларда кўриш чоғида адвокатлар томонидан кўрсатиладиган юридик хизматларга ҳақ тўлаш уларнинг хоҳишига кўра давлат ҳисобидан қоплаб берилиши ҳамда тазйиқ ва зўравонлик қурбони бўлган жабрдийда хотин-қизларга ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ҳимоя ордери берилиши билан боғлиқ имкониятлар яратилди.

2023 йилнинг 7 ойида Фарғона вилоятида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан 1.040 нафар хотин-қизларга нисбатан химоя ордери берилган.

Хулоса ўрнида, мамлакатимизда гендер тенгликка эришишда хотин-қизларнинг жамиятдаги мавқеини янада кучайтириш, оиладаги зўравонликларни олдини олиш, шу орқали жамиятнинг асосий бўғини ҳисобланган оилани мустаҳкамлаш, ёшларни маънавий-ахлоқий ва жисмонан соғлом этиб вояга етказиш, жамият барқарорлигини таъминлашнинг гарови ҳисобланади.

Сайт | Telegram

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

💯 Bu yil talaba boʻldingizmi?

🏛 Unda hoziroq yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshiring!

💻 Buning uchun Siz my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishingiz kerak. Shunda shaxsiy kabinetingiz orqali “Ommabop xizmatlar” boʻlimiga osongina oʻtib, “Talabalar turar joyiga joylashish” xizmati orqali ariza yuborasiz.

▶️Quyida xizmatdan foydalanish boʻyicha videoyoʻriqnomadan foydalaning.

📱My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

🎬 https://youtu.be/sp1u5wRoF-M

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#talaba_minbari

Xurshidbek Sodiqov – Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi, Tarix fakulteti talabasi.

🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍Web📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

YANGI O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutida 1200 talabani o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan zamonaviy o‘quv bino foydalanishga topshirildi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi va yangi o‘quv binoning tantanali ochilish marosimida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor I. Oxunov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

10 qavatdan iborat ushbu binoda 36 dan ortiq o‘quv xonalari mavjud. Xonalar zamonaviy multimediya va IT texnologiyalar, interaktiv doska va monitorlar bilan jihozlandi. Zamonaviy jihozlangan binoda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun zarur sharoit yaratilgan.

🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍Web📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Спортдаги коррупция натижаси

100 метрга югуриш бўйича чемпионатда Сомали давлати номидан қатнашган атлет маррага 21 сонияда етиб келди.

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi

Ro‘yxatga quyidagi 5 ta nomli stipendiyalar kiritildi:

➖ kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov nomli (07.04.2021 yildagi PF-6202);

➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur nomli (25.01.2023 yildagi PQ-20);

➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud nomli (03.11.2022 yildagi PQ-414);

➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod nomli (21.04.2020 yildagi PQ-4688);

➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli (09.09.2021 yildagi PF-6309).

Bunga qadar amalda bo‘lgan ro‘yxatda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli stipendiyalar nazarda tutilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

4️⃣4️⃣4️⃣

TTJ. HOZIRGA QADAR MINGDAN ORTIQ ARIZA KELIB TUSHDI

Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2023/2024 o‘quv yili uchun talabalar turar joyiga https://ttj.kspi.uz/ havolasi orqali onlayn arizalar qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.

Hozirga qadar institutda mavjud 1 938 ta bo‘sh o‘rin uchun 1000 dan ortiq ariza kelib tushgan. 380 ta ariza ijobiy xal etilgan.

Muhim eslatma!

Turar joy uchun ariza topshirganlar orasida xorijiy davlatlar fuqarolari, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olinganlar, uzoq viloyatlar va tumanlardan kelgan talabalar, “Temir daftar”ga kiritilgan yoki onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari, “Yoshlar daftari”da turuvchi talabalarga birinchi navbatda ustunlik beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:

📞+998 94 4482303
📞+998 91 2040234

🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

⭕️⭕️⭕️

🔴Farg‘ona viloyati 2-liga "🔠" guruh 11-tur

Qoʻqon DPI 4️⃣4️⃣ FarDU

📍 Qo‘qon sh. 27-maktab stadioni.

Oʻyin yakunlandi.

🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🔴Farg‘ona viloyati 2-liga "🔠" guruh 11-tur

Qoʻqon DPI 4️⃣3️⃣ FarDU

📍 Qo‘qon sh. 27-maktab stadioni.

Ikkinchi boʻlim davom etmoqda.

🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#Super_kontrakt

2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#To‘lov_kontrakt

Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#E'LON

🔺Sizda kimyo texnologiyalari, to‘qimachilik, muqobil energetika, biopreparatlar yoki suv tejash texnologiyasiga asoslangan startap uchun ajoyib g‘oya bormi?

Unda sizni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar milliy ofisi “Milliy Hub” startap-akseleratsiya o‘quv dasturining tanlovida qatnashishga taklif etadi.

Ushbu o‘quv dasturi oliy talim muassasasi magistr yoki ilmiy darajalilar va tadqiqotchilar, ilmiy tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes vakilillari uchun mo‘ljallangan.

⚡️Tanlovda qatnashib siz startapingizni shakllantirishdan tijoratlashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yuqori malakali xalqaro va mahalliy mentorlar yordamida bosib o‘tasiz.

Dasturning eng faol ishtirokchilari dunyoning yetakchi, startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi “Plug and Play” kompaniyasi dasturlarida o‘z loyihalarini olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

G‘olibilar joriy yilning 16–20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi “Demo day” loyihalar taqdimotida taqdirlanadi.

💠Ro‘yxatdan o‘tish joriy yil 8-sentyabrgacha davom etadi.

💠Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

“SHUНRAT” MEDALI SOHIBASIDAN MAHORAT DARSLARI

Mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirish va uni keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishdek sharafli va mas’uliyatli xunarmandlarimiz borligidan fahlanamiz albatta.

Hunarmandchilikka qo‘shgan katta hissasi, tadbirkorlik sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan ulkan natijalarni hisobga olgan holda, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida Sadoqat Mirzayeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

Ayni vaqtda “ART HAUS SADOSH” MCHJ rahbari xisoblangan Sadoqat Mirzayeva ishtirokida “Tadbirkor-elga madadkor” mavzusida maxorat darslari tashkil etib kelinmoqda.

Maxorat darslarida tumandagi hokim yordamchilar, sohaga yangi qadam qo‘yayotgan yosh tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda.

🇺🇿 Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati.

Fargonatuman.uz |Telegram|YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#fotolavha #фоторепортаж #photoreport

📸 “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida boshlangan o‘quv yilining ilk kuni – suratlarda.

🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍Web📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#e’lon

my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#imkoniyat
#magistraturaga_qabul

⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

4️⃣4️⃣4️⃣

TALABALAR TURAR JOYIGA ARIZA BERISH BOSHLANDI

Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari bugundan boshlab 2023/2024 o‘quv yili uchun talabalar turar joyiga zarur hujjatlarni onlayn tartibda, uydan chiqmagan holda https://ttj.kspi.uz/ havolasi orqali topshirishlari mumkin.

Ayni paytda Qo‘qon davlat pedagogika institutiga qarashli 4 ta talabalar turar joyi mavjud. Ulardagi o‘rinlar soni 1938 tani tashkil etadi.

Muhim eslatma!

Turar joy uchun ariza topshirganlar orasida xorijiy davlatlar fuqarolari, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olinganlar, uzoq viloyatlar va tumanlardan kelgan talabalar, “Temir daftar”ga kiritilgan yoki onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari, “Yoshlar daftari”da turuvchi talabalarga birinchi navbatda ustunlik beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
📞+998 94 4482303
📞+998 91 2040234

🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Бир киши кам ўйнаяпмиз. Қизил карточка😊

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🔴Farg‘ona viloyati 2-liga "🔠" guruh 11-tur

Qoʻqon DPI 3️⃣1️⃣ FarDU

📍 Qo‘qon sh. 27-maktab stadioni.

Ikkinchi boʻlim davom etmoqda.

🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал