|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
Hamkorlik doirasidagi jarayondan lavhalar...
Viloyat maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi hamda 'International Bridge" o'quv markazi hamkorligida test o’tkazildi.
Qamashi tumani 7-o'rta ta'lim maktabida Qamashi tumani nemis tili o'qituvchilari uchun bepul sinov test jarayonlari tashkil etildi. Test jarayonlariga qatnashgan o'qituvchilar erishgan natijalarini ko'rib o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortdi.
24-Май куни эфирга кетган "Миллат руҳи" эшиттиришини журналист Х. Шаропова тайёрлаган. Телесерилларнинг бадиий тилдан узоқлашиб борилаётгани танқид қилинган. Қарши шаҳридаги 9-умумий ўрта таълим мактаби, маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари Мафтуна Аҳмедова ва она тили ва адабиёт фани ўқитувчиси Шахло Мўминовалар ўзбек тилига ўқувчиларнинг меҳрини уйғотиш, адабий тилда сўзлашишларининг муҳимлиги ва бу борада қилинаётган ишлар ҳақида тўхталганлар.
/channel/oltinvoha
11-май куни эфирга узатилган "Дилдан суҳбат" эшиттиришида Касби туманидаги "Баркамол авлод болалар мактаби" тўгарак раҳбари Муҳаббат Умирова билан суҳбат ўтказилди. Илми ҳунари билан ёш авлодга ҳаётий тажрибаларини ўргатиб келаётгани ва уларнинг келажаги учун ҳунарнинг аҳамиятли жиҳатлари хусусида сўз борди. /channel/oltinvoha
Читать полностью…#Bitiruvchilar_hayotidan
Kitob tumanidagi 60-maktab filialini bu yil bir nafar o‘quvchi tugatdi
✅ Muslima Toshtemirova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining olis togʻ bagʻridagi moʻjazgina Aspiduxtar qishlogʻida yashaydi. U joriy yilda qishloq hududida joylashgan 60-maktab filialining 11-sinfini tamomladi.
➖ Hayratlanarlisi, maktabda 15 nafar oʻquvchi boʻlib, Muslima shu taʼlim dargohining yagona bitiruvchisi. Uning orzulari koʻp: tibbiyot oliygohiga oʻqishga kirish, malakali shifokor boʻlib qishloq odamlarining dardiga darmon boʻlishni istaydi.
👉 Muslima oʻqigan maktab, uning kelajak maqsadlari, ustozlarining oʻz kasbiga boʻlgan mehri va fidoyiligi xususida batafsil bu yerda: https://uza.uz/oz/posts/bitta-oquvchi-on-tort-ustoz-va-tog-bagridagi-maktab-video_723440
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Bolalar_sayyorasi
🥳Yozgi taʼtil kunlarini maroqli o‘tkazing!
➡️O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari mazmunli o‘tishi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Bolalar sayyorasi” deb nomlangan multfilmlar jamlanmasi taqdim etiladi.
◀️120 ta maʼrifiy-tarbiyaviy, xususan, tarbiya, ilm-fan, ingliz tili, koinot, matematika, rus tili, tabiiy fanlar, texnologiya kabi sakkizta yo‘nalishdagi multfilmlarni o‘g‘il-qizlar bo‘sh vaqtlarida tomosha qilishi mumkin.
😎Mazkur multfilmlar vazirlikning rasmiy UzEdu1/playlists">YouTube sahifasiga joylangan.
🛍Aziz o‘quvchilar! Multfilmlarni tomosha qilib, yozgi ta’til kunlarida vaqtingizni unumli o‘tkazing!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Live
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅ Ayni damda 2024-2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
❗️Birozdan so‘ng 9-sinf o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyoti hamda Davlat tili fanlaridan qurʼa tashlash jarayonlari boshlanadi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/sdLlMH_I1sA?feature=share
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Yarmarka
#Hamkorlik
Yosh mutaxassislar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Jarayonda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripov, birinchi oʼrinbosar M. Panjiyev hamda sohaviy masʼullar ishtirok etdi.
Mazkur yarmarka yosh mutaxassislarni ta’lim tizimiga jalb etish, ular uchun ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, zamonaviy talab va ehtiyojlarga javob beradigan pedagog kadrlarni saralash maqsadida o‘tkazildi.
Yarmarka davomida bitiruvchi talabalar o‘zlari tanlagan ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi va shu joyning o‘zida ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, yarmarka ishtirokchilariga pedagogik faoliyatga oid amaldagi qonunchilik, ishga qabul qilish tartibi, o‘quv yili uchun ehtiyoj mavjud maktablar va bog‘chalar, to‘lov-shartnoma asosida ishga kirish imkoniyatlari hamda ustama va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan anketalar to‘ldirilib, ularning rezyumelari viloyatdagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga yo‘naltirildi.
Mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlashda, ularni mehnat bozoriga moslashtirishda va ta’lim tizimini malakali kadrlarga boyitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yarmarka davom etmoqda.....
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
🎓 ILM – ENG BUYUK SHARAF!
⚡️ 2025-yil 24-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida 2024–2025 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va maktab tashkil etilganining 8 yilligi tantanalaridan videorolik.
G‘uzor tumanida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi
Bugun G‘uzor tuman 47-umumta’lim maktabida ham "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davomida Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining 13–17 yoshdagi maxsus talablarini namunali bajargan o‘quvchilar I,II, III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari, sertifikat va sport formalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i V.Ro‘ziyev, O‘zbekiston MOQ Matbuot va media departamenti direktori Z.Imomxo‘jayev, G‘uzor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i B. Shodiyev, G‘uzor tuman sport maktabi rahbari T. Qahhorovlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbir davomida maktab o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilish jarayonlarini namunali tashkil etganligi uchun Gʼuzor tuman 47-umumta'lim maktabi direktori M.Ochilov Sport vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
Maxsus reportaj | Qashqadaryo viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar haqida
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qarshilik yoshlar xalqaro IT loyihasi doirasida imtihon topshirdi
Qarshi shahrida “IT Smart Kids in Kashkadarya” xalqaro loyihasi doirasida 180 nafar yoshlar imtihon topshirdi. Sinov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plaganlar keyingi bosqich o‘quv jarayonlariga jalb etiladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘quvchilar yoz davomida dolzarb 90 kunlik dastur asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha qiymati $180,000 bo‘lib, u AQSHning RoboticsWare kompaniyasi bilan hamkorlikda 2025-yil davomida 2000 nafar o‘quvchini Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico yo‘nalishlarida o‘qitishni ko‘zda tutadi.
Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy IT va robototexnika sohalaridagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Boshqarma boshligʼi va prokuror oʼrinbosari A. Oripov nomidagi ijod maktabda tashkil etilgan "Soʼnggi qoʼngʼiroq" bayram tadbirida ishtirok etdi
(+video)
@Qashqadaryo_MMTB
Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori e'lon qilindi
✅ Davlatimiz rahbarining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son qarori imzolandi. Unga ko'ra urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi.
💥 Universitetga qabul tez orada e'lon qilinadi. Qo'shimcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#PQ160 #qaror
👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик
—
Поздравление выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Soʼnggi qoʼngʼiroq bayram tadbirlarini oʼrnatilgan tartib asosida oʼtkazish yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripovning topshirigʼiga asosan boshqarma xodimlari ishtirokida "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlarini betalofat oʼtkazish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Unda boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari M. Panjiyev "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlarini betalofat oʼtkazish yuzasidan boshqarma tomonidan maxsus shtab tuzilganligi, hududlardagi bitiruvchi oqshomi bilan bogʼliq holatlar va salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan masʼullarga boshqarma boshligʼi topshirigʼi yetkazildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Soʼrovnoma asosida faol ishtirok etgan "Eng yaxshi maktab direktorlari" gʼolib deb topildi
1-o'rin: Shohida Safarova, Qarshi tumani 27-maktab direktori.
2-oʼrin: Imom Kavkayev, Gʼuzor tumani 22-maktab direktori.
3-oʼrin: Elmira Xasanova, Qarshi shahar 10-maktab direktori.
Eslatib oʼtamiz, mazkur soʼrovnoma viloyat miqyosidagi umumtaʼlim maktab direktorlari oʼrtasida tashkil etilgan.
Tez orada boshqarma boshligʼi ishtirokida gʼoliblar eʼtirof etiladi.
16-май куни эфирга узатилган " Болажон" эшиттиришида МТТларда тарбияланувчилар қамровини ошиб бораетгани ва жорий йилнинг 15-май куни етказилган ведиоселекторда бу каби ислоҳотларни янги босқичга олиб чиқиш кераклиги,пелагог кадрлар тайёрлаш ва малака ошириш тизимини такомиллаштиришга қаратилгани устувор вазифалар ҳақида вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг бошлиғининг ўринбосари Даврон Тожиев мулоҳазалари берилди. /channel/oltinvoha
Читать полностью…1 nafar bitiruvchisi bor maktab haqida
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan Aspiduxtar qishlog‘idagi 60-maktabning filialida jami 15 nafar o‘quvchi turli sinflarda tahsil oladi. Joriy yilda bir nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirdi. Uning ismi — Muslima Toshtemirova.
Muslimani o‘qitish uchun har kuni 3-4 nafar o‘qituvchi, haftalik jadvalga muvofiq esa jami 14 nafar pedagog 7 kilometr tog‘li yo‘ldan qatnab dars o‘tgan. Agar qalin qor yog‘ib qolsa, unda o‘qituvchilar 1 kun avval kelib, maktabda tunab qolishga majbur bo‘lishgan. Chunki yo‘llar yopilib qoladi.
– Qishlog‘imizda shifokor yo‘q. Men yaxshi o‘qib, shifokor bo‘lmoqchiman. Shu yerga qaytib, odamlarga yordam berishni orzu qilaman, – deydi Muslima.
Битта ўқувчи, ўн тўрт устоз ва тоғ бағридаги мактаб — ҚАШҚАДАРЁ
Китоб туманида жойлашган Аспидухтар қишлоғи – тоғ бағридаги кам сонли хонадонга эга, мўъжазгина қишлоқ. У ердаги мактаб филиалида эса атиги 15 нафар ўқувчи таҳсил олади. Шу 15 нафарнинг ичида бир нафар 11-синф битирувчиси – Муслима Тоштемирова ҳам бор. Уни ўқитиш учун ҳар куни 3-4 нафар ўқитувчи, ҳафталик жадвалга мувофиқ жами 14 нафар педагог 7 километр масофадан қатнаб дарс ўтади.
Бу мактаб Китоб туманидаги 60-мактабнинг филиали. Ҳудуд Деновбола қишлоғидан 7 километр олисда жойлашган. Лекин бу 7 километр – оддий йўл эмас, тоғли, қаттиқ ёғинлардан кейин деярли имконсиз бўлиб қоладиган оғир шароитли масофадир.Атрофини чўққиси булутлар билан уйғунлашиб кетган баланд тоғлар ўраб олган, қор қоплаган елкасида шамол урилса ҳам ўрнидан жилмайдиган арчазорлар бағридаги бир мактаб ҳаётнинг самимий манзарасини тасвирлаб тургандек.
Ўлмас Баротов, Жамшид Норқобилов (сурат), ЎзА мухбирлари
#xalqaro_olimpiada
⚡️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi oʻtkaziladi
✅ Olimpiada 28-may — 4-iyun kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
📊 Unda Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mоngoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 115 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Bizni kuzating
📷Jarayondan fotolavhalar
Читать полностью…#Ayni_damda
"ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik- tanlovi viloyat bosqichi o'tkazilmoqda...
Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan "Kitobxonlik festivali" doirasida "ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.
Tanlovning tuman, shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan maktab jamoalari bugun tanlovning viloyat bosqichida bellashmoqdalar.
Tanlov nizomiga ko'ra ishtirokchilar
3 ta SHART asosida bellashishadi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Olimpiadachilar_oromgohi
#savollarga_javoblar
✅ Fan olimpiadalari markazi va Iqtidorlar maktabi hamkorligida Olimpiadachilar oromgohi — “Summer Science Camp" tashkil etilmoqda.
➖ Mazkur oromgoh yuzasidan eng ko’p kelib tushayotgan savollarga javoblar videolavhada.
Bizni kuzating
Tanqid, tahlil, eʼtirof....
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil 19 maydagi 285-x-sonli buyrug‘iga asosan 2025 yil 20-23 may kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari "Soʼnggi qoʼngʼiroq" bayram tadbirida ishtirok etdi
Qarshi tumani Kojor MFYda joylashgan 47-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtgan bugungi tadbirda 1,4,9,11-sinf bitiruvchilari, ota-onalar, mahalla faollari, maktabning sobiq bitiruvchilari, jamoatchilik vakillari hamda Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Maqsud Panjiyev hamda faxriy mehmon, Turon Akdemiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor Ziyodulla Davronov ham ishtirok etdi.
Eʼtiborlisi shuki, tadbir davomida har yili anʼanaga aylangan professor Ziyodulla Davronovning shaxsiy jamgʻarmasidan tashkil etilgan stipendiyalarga bu gal ham mazkur maktabning eng aʼlochi 3 nafar oʻquvchilari sazovor boʻlishdi.
Qashqadaryo viloyatida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi
🎬VIDEOROLIK
Mazkur tadbirlar davomida Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining 13–17 yoshdagi maxsus talablarini namunali bajargan o‘quvchilar I,II, III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari, sertifikat va sport formalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimlarida Sport vazirligi mas'ul xodimi F.Abdurahmonova hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Tog‘ayevlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirlar davomida maktab o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilish jarayonlarini namunali tashkil etganligi uchun faollik korsatgan bir guruh masʼullar Sport vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
21:00 24.05.2025
SO'NGI QO'NG'IROQ QALBLARDA MUHRLANDI
#Qashqadaryo
muxbir: Shavkat Aminov
/channel/zamon_lavhalar
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi — KOʼKDALA TUMANI " mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
❗️❗️❗️❗️❗️MATN TAHRIRLANMOQDA.......
Муротжон Азимов ўқувчиларнинг ёзги таътилини мароқли ва мазмунли ўтказишига алоҳида эътибор қаратмоқда
Қашқадарё вилояти ҳокими таътил даврида болалар ва ёшлар учун китобхонлик кечалари, интеллектуал танловлар, маданий тадбирлар ва спорт мусобақаларини юқори савияда ташкил этиш юзасидан масъулларга аниқ топшириқлар берди.
Таътил - фақат дам олиш эмас, балки, билим ва тарбия олиш, ижодий салоҳиятни ривожлантириш, мустақил фикрлаш ва жамоа билан ишлаш қобилиятини шакллантириш имкониятидир.
Bitta maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin universitetlarga qabul qilindi — QASHQADARYO
✅ Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi 24-sonli maktabning 36 nafar bitiruvchisi mahalliy va xorijiy OTMlarga qabul qilindi.
➖ Eslatib oʼtamiz, bitiruvchi o‘quvchilar umumta'lim fanlari va xorijiy tillardan milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo'lib ulgurishgan.
Bizni kuzating