⚡️ Qashqadaryolik o'quvchilar diqqatiga.
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Registon ta'lim loyihasi hamkorligida o'quvchilar uchun “🏆 Boshqarma boshlig'i IELTS Granti” tanlovi tashkil etilmoqda!
— Ushbu tanlov orqali Qashqadaryo viloyati bo‘ylab 100 nafar yoshlarni xalqaro IELTS imtihoniga mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan. Grantning umumiy miqdor 170 million so‘mni tashkil etadi.
❗️ Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi:
1-bosqich online (24-mart sanasida)
2-bosqich offline (31-mart sanasida)
👉 Batafsil ma'lumot
✅ Tanlovda 5-11 sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.
📄 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
👨🏻💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Qashqadaryo_IELTS_bot
👉 @Qashqadaryo_IELTS_bot
@Qashqadaryo_vxtb
❗️HAM IJRO, HAM HUSHYORLIK!
Shahrisabz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablari direktorlarining o‘zbek tili yozma matni me’yor va qoidalaridan xabardorliklarini yana bir karra esga solish, ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida uslubiy, imloviy, punktuatsion va boshqa qator xatolardan yiroq bo‘lishini ta’minlash yuzasidan ularning yozma savodxonlik darajasini oshirish maqsadida diktant tashkil qilindi.
“Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati tomonidan Qarshi shahridagi 19-umumtaʼlim maktabida “Suv- muqobili yoʻq, bebaho neʼmat” mavzusida “Ochiq dars” tashkil etildi
Dars jarayonida oʻquvchi yoshlarga viloyatimizda ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayoni, kanalizatsiya xizmatidan foydalanish, toʻlov madaniyati xususida atroflicha tushuncha berildi.
Shuningdek, oʻquvchilar mavzuga oid videoroliklar tomosha qilishdi va test savollarini yechib oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Maʼlumot oʻrnida: “Oʻzsuvtaʼminot” AJ rahbari tashabbusi bilan bu kabi ochiq darslar reja-grafik asosida Respublikamizdagi boshqa taʼlim muassasalarida ham tashkil etilmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
🟢|RASMIY MUNOSABAT
MAKTAB DOSKASINI SINDIRISHGA URINGAN O'QUVCHILARNI OTA-ONALARIGA TA'SIR CHORASI QO'LLANILDI
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan
"Maktab doskasi sindirildimi?" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Holat joriy yilning 12-mart kuni soat 12:40 lar atrofida Shahrisabz shahridagi 1-sonli maktabning 7-"E" sinf o'quvchilari tomonidan sinfxonadagi doskalarni sindirishga uringan.
✔️Murojaatda keltirilgan vajlar hamda ta'lim faoliyatini o'rganish yuzasidan tezkorlik bilan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'ining tegishli buyrug'i asosida Shahrisabz shahridagi 1-sonli maktab tizimi atroflicha o'rganildi.
✔️O'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab direktoriga O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli bandiga asosan intizomiy jazo chorasi qo'llanildi. Bundan tashqari(nomenklatura doirasida) o'z lavozimlariga sovuqqonlik bilan qaragan maktab ma'muriyatini o'rinbosarlari va mas'ul xodimlariga ta'sir choralari qo'llanilishi belgilangan.
❗️Hurmatli ota-onalar!
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar tarbiyalashga majburdir. Ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Shuningdek, ta'lim muassasalaridagi moddiy qiymatliklarga ega bo'lgan jihozlarni saqlanishida o'z farzandlaringizni odob-axloqlariga e'tibor qaratashingiz yuzasidan ogohlikka chaqiramiz.
❗️O'rganish davomida voyaga yetmagan o'quvchilarni ota-onasi tomonidan qo'shimcha shikoyatlar borligini inobatga olib, xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan ayrim vajlar esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishliligi yuzasidan yo'naltirilishini hamda yakuniy jarayon yuzasidan huquqiy baho berilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi tuman 45-umumiy o‘rta ta'lim maktab 8-"B''sinfda adabiyot fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Darsda noan'anaviy interfaol usullardan "Beshbarmoq'', ,, Zanjir'',"Tinglangan tahlil'', "Kubog'' metodlaridan hamda zamonaviy AKT vositalaridan unumli foydalanildi.
Qashqadaryodagi maktab ko‘chatlar orqali 2 ming dollar daromad topdi
Topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murarabbiylarni rag‘batlantirish an’anaga aylangani aytildi.
@daryo_live
“BALLI QIZLAR” G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Oil ava xotin-qizlar bo’limi hamkorlikda Kitob tumanidagi 62-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko’rik-tanlovini o‘tkazdi.
Tanlovda maktabning boshlang’ich sinflaridan sakkiz nafar qizlar to’rtta shart asosida bellashdilar. Tanishuv, “Kim chaqqon” va “Ilm-saodat kaliti” sahna ko’rinishi va “Iste’dodimni namoyish etaman” mavzularida bellashgan qizlar bir-biridan iste’dodli, o‘ziga ishonchi kuchli, ilm va ma’rifatda faollikdan, tashabbuskorlikdan qolishmadi.
Zero, ilmli ayol – millat tayanchidir. Ular kelajakda millat davomchilarini yaratadi. Ilmli jamiyatni yaratadi.
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими ҳовлисида "Зиёлилар боғи" яратилмоқда.
Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими бошлиғи Фарҳод Жуманов бошчилигида бўлим ходимлари бўлим ҳовлисида яратилаётган "Зиёлилар боғида" яхши ниятлар билан дарахт кўчатларини ерга қадашмоқда.
Бугун Чироқчини яшилликка буркаш ва кўкаламзорлаштириш ишлари жадал суратларда олиб борилмоқда. Экологияни асраш ва мусаффо қилишнинг бирдан бир имкони албатта, кўчат экиш ва уни парвариш қилишдир.
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
BOSHQARMA BOSHLIG'I VA O'RINBOSARI O'ZI O'QIGAN MAKTABGA KO'CHAT EKDI
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, ijtimoiy soha maskanlarida daraxtzorlar ekish borasida bir qator tashabbusli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, boshqarma o'rinbosari Orif Umirovlar o'zi tahsil olgan maktabga har biri 200 tupdan umumiy hisobda jami 400 tupdan ortiq mevali va manzarali ko'chatlar ekildi.
Bundan tashqari mahalla hududidagi qabristonlarga nihol(mevali, manzarali) ko'chatlari ekilmoqda.Ta'lim maskanlari bog'ini boyitish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etish davom etmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makondan_daromad
2000 MING AQSH DOLLARDAN ORTIQ DAROMAD TOPAYOTGAN MAKTAB — QASHQADARYO
Ma'lumki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirishda o'rni beqiyosdir. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iboratdir.
Hozirda barcha ta'lim maskanlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga sazovor. Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, —“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas! .
Qashqadaryodagi barcha hududlar singari Koson tumanida ham "Yashil makon" doirasida bir qator ko'kalamzorlashtirish ishlari qilinmoqda. Ta'lim muassasalarini ko'kalamzorlashtirishdan tashqari maktab fondini moddiy boyitish choralari ham ko'rilmoqda. Xususan, Koson tumanidagi 15-,28-, 77-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida mevali va manzarali daraxtlarni yetishtirish hamda mahalliy aholiga sotib, daromad topish manbayiga ham ega bo'lgan.
Qayd etish lozimki, Koson tuman tumanidagi 77-maktab bog'i 18 ming daraxtzorga ega. Shundan, 8 ming tup ko'chatlar sotuvga tayyor. 2023-yilda esa ko'chatlar orqali maktab 2000 ming AQSH dollardan ortiq daromad topgan.
Bundan tashqari tumandagi 28-sonli umumta'lim maktabi 13 mingdan ortiq mevali, manzarali hamda 77-sonli maktabda esa 11 mingdan ortiq daraxtzor va ko'chatlariga ega. Ushbu maktab ham ancha yillardan buyon nihol, ko'chatchilik bilan shug'ullanadi va yillik qo'shimcha daromadi o'rtacha 2500 ming AQSH dollarini tashkil etadi.Topilgan daromad orqali iqtidorli o'quvchilar va ustoz, murarabbiylarni rag'batlantirish an'anaga aylangan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlardagi ta'lim maskanlarini ko'kalamzorlashtirish borasida tizimli ishlar bajarilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
ENG KO'P DARAXT EKKAN MAKTAB RAG'BATLANTIRILADI— QASHQADARYO
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz!" loyihasiga start berildi.
Ushbu loyiha tanlov asosida shakllantirilib, 2 nominatsiya asosida baholanishi nazarda tutilgan.
🔠1-nominatsiya: "Eng ko'p nihol ekkan maktab";
🔠2-nominatsiya: "Eng ko'p daraxtzor maktab".
Nominatsiyalar doirasida munosib maktablar soni ortganda qo'shimcha rag'batlantirish choralari ko'riladi.
MAKTAB MA'MURIYATIDAN TALAB ETILADI:
✔️Ekilgan daraxtlar soni;
✔️Sifatli rasm 4 dona rasmlarni telegram orqali @QashqadaryoMMTBbot ga yuborish so'raladi.
👉Muddat: 2024-yil 21-martga qadar.
❗️Hurmatli maktab ma'muriyati!
Sizni "Yashil makon" doirasidagi tashabbusingiz biz uchun muhim...
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-"A" sinf o'quvchisi Dilnura Fayzullayeva "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining tuman bosqichida faxrli I-o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma hamda eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
🔹Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова ЎзА мухбирининг раҳбарлик масъулияти, жамиятда хотин-қизлар фаоллигини ошириш самаралари хусусидаги саволларига жавоб бериб ўтди.
➖Хотин-қизлар ишлаш учун кўпроқ таълим тизимини танлаши бежиз эмас. Чунки аёллар келажагимиз эгаларига нафақат билим беради, балки оналик меҳрини ҳам улашади.
➖Аёл раҳбар ходимга бирор вазифа топшираётганда, унинг имкониятларини эътиборга олади.
➖Раҳбар аёл кишими ёки эркакми, муҳими жамоани жипслаштириб, бирдамликда ишонч билан белгиланган мақсадларга сафарбар қила олиши лозим. Бу борада бошқарувчи шахсий ибрат бўлиши, фидойилик кўрсата олиши керак.
➖Мен ҳарбий оилада вояга етганман. Ота уйимдаги муҳит мени қатъий тартиб-интизомга ўргатган.
➖Ўз ишини севиб, шу даргоҳга ошиқадиган раҳбарни ишхонасида хайрли янгиликлар, хайрихоҳ жамоаси кутади. Оиласида эса меҳрибонлари қарши олади.
➖Ҳар дақиқада Президентимиз ишончини ва бу ишончга муносиб бўлишни юракдан ўтказиб яшайман. Юртимизга, юртбошимизга, таълим тизимига садоқат билан хизмат қилиш чинакам масъулият ва шараф!
👉 Мулоқотнинг тўлиқ матнини quyida ўқишингиз мумкин.
Ko'kdala tumani 94-maktabining 11-a sinf oʻquvchisi Jahonov Quvonchbekdan ijobiy natija...
@Qashqadaryo_vxtb
#NATIJA
Chiroqchi tumanidagi 124-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilaridan natija.
#Yashil_makon
ENG KO'P DARAXT EKKAN MAKTAB RAG'BATLANTIRILADI— QASHQADARYO
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz!" loyihasiga start berildi.
Ushbu loyiha tanlov asosida shakllantirilib, 2 nominatsiya asosida baholanishi nazarda tutilgan.
🔠1-nominatsiya: "Eng ko'p nihol ekkan maktab";
🔠2-nominatsiya: "Eng ko'p daraxtzor maktab".
Nominatsiyalar doirasida munosib maktablar soni ortganda qo'shimcha rag'batlantirish choralari ko'riladi.
MAKTAB MA'MURIYATIDAN TALAB ETILADI:
✔️Ekilgan daraxtlar soni;
✔️Sifatli rasm 4 dona rasmlarni telegram orqali @QashqadaryoMMTBbot ga yuborish so'raladi.
👉Muddat: 2024-yil 21-martga qadar.
❗️Hurmatli maktab ma'muriyati!
Sizni "Yashil makon" doirasidagi tashabbusingiz biz uchun muhim...
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"YASHIL MAKON" TA'LIM MASKANLARIDA DAVOM ETMOQDA
Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi katta inspektor psixologi J.Siddiqov hamda Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya tomonidan tayinlangan Qarshi shahar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan "Yashil makon" doirasida 25 tup mevali hamda 25 tup manzarali ko‘chatlar ekildi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
BOSHQARMA BOSHLIG'I O'RINBOSARI O'ZI O'QIGAN MAKTAB BOG'IGA KO'CHAT EKDI
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyev tomonidan o'zi ta’lim olgan Kasbi tumanidagi 26-sonli umumta’lim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 200 tup mevali va manzarali daraxtlar ekdi.
Eslatib o'tamiz, maktab hududida 1300 tupdan ortiq daraxtlar mavjud, kuzgi mavsumda 300 donadan ortiq ekilgan edi. Shuningdek, M.Panjiyev tomonidan mahalla hududida 100 dona mevali ko‘chatlari ham ekilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Вилоят Мактабгача ва мактаб таълими масъуллари “Яшил макон” лойиҳасига ўз ҳиссасини қўшмоқда
Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан йўлга қўйилган "Яшил макон" тадбирида Қарши шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ҳам фаол иштирок этиб, шаҳарнинг "Отчопар" маҳалласи ҳудудидан ўтувчи "Қарши-Шаҳрисабз" йўли четига 100 туп манзарали ва 500 туп мевали дарахт кўчатларини ўтқазмоқда экан.
Аввалроқ, вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғи Убайдулла Орипов ҳам ўзи таҳсил олган мактабга 200 туп мевали ва манзарали дарахт кўчатларини экгани маълум бўлган эди.
Аъзолик👉/channel/+duNfCy5Aibk3ZGY6
❗️Fake news: soxta xabarlardan qanday saqlanish mumkin?
Qashqadaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida soxta (fake) xabarlardan saqlanish bo'yicha onlayn seminar o‘tkazildi.
Unda agentlikning bosh mutaxassisi Doniyor Soliyev, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari Axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda soxta va yolg‘on maʼlumotlarni tarqatishning maqsadi, paydo bo'lishi, jamiyat va shaxslar hayotiga qanday taʼsir ko'rsatishi hamda ularni aniqlash (matn, foto va video ko'rinishdagi) va bu borada yordam beruvchi vositalar haqida Doniyor Soliyev tomonidan batafsil axborotlar berildi.
Shuningdek, videokonferensiya tarzida o'tkazilgan mazkur seminarda sohaga va mavzuga oid bir qancha masalalarning axborot xizmatlari faoliyatida naqadar dolzarbligi muhokama etilib, yo'llangan savollar bo'yicha ma'lumotlar berildi.
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Maktab qorovullarning yangi ish tizimi joriy qilindi
Ilgari qorovullar faqatgina tungi vaqtda maktab binosini va jihozlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanardi.
Batafsil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahar 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Bahor" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabning 1-B sinf o‘quvchilari tomonidan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Раҳбарлар ҳам «Яшил макон» умуммиллий ҳаракатида фаол қатнашишмоқда
Қашқадарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғи Убайдулла Орипов, бошқарма ўринбосари Ориф Умировлар ўзлари таҳсил олган мактабга ҳар бири 200 тупдан умумий ҳисобда жами 400 тупдан ортиқ мевали ва манзарали кўчатлар экишди.
/channel/qarshiliklar
#Yangi_loyiha
QASHQADARYODA ILK BORA START BERILGAN "MAKTABLAR LIGASI" SPORT MUSOBAQASINI VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILMOQDA
Avvalroq, Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi 8-4-0Q/24-sonli qaroriga asosan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berilgan edi. Shunga asosan joriy yilning fevral oyidan boshlab hududlarda "maktablar ligasi" birinchi bosqichi o'tkazilgan edi.
Bugun "Maktablar ligasi" viloyat bosqichi Qarshi shahridagi san'at maktabida katta hayajon bilan o'tkazilmoqda.
(Natijalar bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
☄️QASHQADARYOLIK O'QUVCHILAR DUBAYGA KETADI
Toshkentda o’tgan mental arifmetika bo’yicha musobaqada mirishkorlik o'quvchi yoshlar Shahodat Bahriddinova, Jahongir Ziyodullayev, Avazbek Amrullayev, Avzalbek Amrullayev, Humoyun Xoliqberdiyevlar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib, Dubay shahrida bo’lib o’tadigan musobaqaga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Yangi_loyiha
🏆🏅LIVE...
Qashqadaryoda ilk bora tashkil etilgan "Maktablar ligasi" sport musobaqasini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda — QASHQADARYO.
📌O'tkazilayotgan manzil: Qarshi shahar san'at maktabi.
(Qo'shimcha axborot beriladi)
@Qashqadaryo_vxtb
❗️PISA topshiriqlari ham attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun roʻyxatga kiritilgan
Joriy yilda pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxati eʼlon qilingan edi.
Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan ushbu roʻyxatda matematika, geografiya, fizika ,ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari boʻyicha attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxatiga 2022-yilda oʻtkazilgan PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) saytida ochiq eʼlon qilingan topshiriqlar ham kiritilgan.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan ushbu topshiriqlar boʻyicha videodarslar tayyorlab eʼlon qilib kelmoqda:
🔺Uchburchakli andoza
🌳O'rmon hududi
🚚 Yuk mashinasi
🏀🔟 Ochkolar
Yuqoridagi fanlar boʻyicha attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrayotgan pedagoglar ushbu topshiriqlarni bajarib koʻrishlari hamda videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishlari mumkin.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo hokimi Murodjon Azimov ham dabdabali to‘ylarga sarflanayotgan mablag‘larni farzandlar o‘qishi, hunar o‘rganishi uchun sarflash lozimligini aytmoqda.
“Qozon-qozon osh berish vaqtinchalik narsa, o‘sha pulni nabirangizga sarflang, uning til o‘rganishi, ta’lim olishi yoki hunar o‘rganishi uchun sarflang. Ilm-fanga tikilgan mablag‘ bugun yoki erta foyda bermasligi mumkin. Lekin besh yil, o‘n yil o‘tib 20 baravar bo‘lib qaytadi”, — deydi hokim.
#Natija
Qarshi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi 69-umumiy oʻrta taʼlim maktabining izlanuvchan, ijodkor ingliz tili fani oʻqituvchisi Babanazarova Nilufar ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha C1 sertifikatini qoʻlga kiritdi.
@Qashqadaryo_vxtb