“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul
BAA va Iordaniya G‘azoga havodan gumanitar yordam tashladi
Ikki davlat sektorga Isroil tomonidan yordam kirishiga ruxsat etilganidan keyin gumanitar harakatlarni boshladi. Shuningdek, Iordaniya va Misr quruqlik orqali ham yordam karvonlari jo‘natilayotganini ma’lum qildi. Xususan, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la 60 ta yuk mashinasi yo‘lga chiqqan.
@daryo_live
O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi
2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha bu ko‘rsatkich 81,5 foizga yetdi. Hududlar kesimida quyidagicha:
🔹Andijon viloyati — 92 foiz;
🔹Buxoro viloyati — 74,3 foiz;
🔹Farg‘ona viloyati — 82,5 foiz;
🔹Jizzax viloyati — 75,3 foiz;
🔹Navoiy viloyati — 85,8 foiz;
🔹Namangan viloyati — 87 foiz;
🔹Qashqadaryo viloyati — 61,2 foiz;
🔹Samarqand viloyati — 78,6 foiz;
🔹Surxondaryo viloyati — 66,5 foiz;
🔹Sirdaryo viloyati — 87,7 foiz;
🔹Toshkent viloyati— 79,9 foiz;
🔹Xorazm viloyati — 91,6 foiz;
🔹Toshkent shahri — 98,4 foiz;
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 74,2 foiz.
@daryo_live
O‘zbekistonda hafta boshida harorat nisbatan salqinroq bo‘ladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tog‘li hududlarda 28-iyul kuni qisqa muddatli yomg‘ir yogishi mumkin.
@daryo_live
Isroil G‘azoda 10 soatlik “tinchlik” o‘rnatadi
Yahudiy davlatining ta‘kidlashicha, 27-iyul kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha (O‘zbekiston vaqti bilan 12:00 dan 22:00 gacha) Al-Mavosiy, Dayr-al-Balo va G‘azo shaharlarida gumanitar yordam kirishi uchun tinchlik o‘rnatilib, o‘t ochish to‘xtatiladi.
@daryo_live
Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi
Poytaxt hokimligi uy-joy xarid qilishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
🔹Sotib olayotgan ko‘chmas mulkingizga oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengash qarorlari, texnik ko‘rik dalolatnomasi) talab qiling va ularni sinchkovlik bilan tekshiring.
🔹Sotuvchilarga pulni naqd yoki norasmiy yo‘llar bilan bermang, shartnomaning barcha bandlarini diqqat bilan o‘rganib chiqing.
🔹Quruvchi yoki obyektning qonuniyligi xususida ozgina shubha tug‘ilsa, shuningdek, kompaniya hujjatlarni taqdim etishni paysalga solsa, Toshkent shahar hokimligining rasmiy botiga murojaat eting. Sizga obyektning qonuniy maqomi haqida ma’lumot beriladi.
Turkiyada rekord darajadagi issiq tufayli o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Yong‘inlar Antaliya viloyatining sharqida boshlandi. 26-iyun kuni hududda havo harorati qariyb +50℃ ga yetgan.
Rasmiylarning aytishicha, kuchli shamol tufayli yong‘inlarning tarqalish geografiyasini oldindan aytib bo‘lmayapti. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, olov allaqachon turar-joy mavzelariga yaqinlashgan: minglab odamlar evakuatsiya qilingan, 10 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
@daryo_live
“Cobalt datchiki ko‘rsatgan haroratga ishonavermaslik kerak” — iqlimshunos
Erkin Abdulahatovning bildirishicha, uning datchiki O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilmagan. Avtomobil yo‘riqnomasida datchik 40 darajadan keyin “o‘ynab ketishi” haqida yozilgan.
“Oddiy misol, Urganchda 2020-yilda ishlab chiqarilgan oq va qora Cobalt avtomobillarida eksperiment o‘tkazilgan. Mashinalar bir joyga yonma-yon qo‘yilgan. Shaharda havo harorati 41 daraja issiq bo‘lgan. O‘sha paytda oq Cobalt haroratni 48 daraja, qorasi esa 56 daraja issiq ko‘rsatgan. Bir joydagi mashinalar harorat haqida turlicha ma’lumot bergan”, dedi iqlimshunos.
🌤 O‘zbekistonda bugun havo sezilarli salqinlashadi: harorat 33-38 daraja, tog‘li hududlarda 25-30 daraja bo‘ladi
@daryo_live
NATO Polshani Rossiya Yevropa bilan urushga 2027-yilgacha tayyor bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Donald Tusk ma'lum qildi.
@daryo_live
Tailand qirollik armiyasi Ukrainada ishlab chiqarilgan BTR-3E zirhli transport vositalarini chegaraga joylashtirdi
Mamlakat 2010-yillarda Ukrainadan mazkur modeldagi jami 233 ta zirhli transport vositasini sotib olgan.
@daryo_live
Kambodja qirollik kuchlarining da'vo qilishicha, Tailandga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti urib tushirilgan
Hozircha Bangkok iddao yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.
@daryo_live
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi advokat jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
@daryo_live
Sudyalar oliy kengashining qarori bilan Sudyalar oliy maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan yana 27 nafar nomzod sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlandi.
Qayd etilishicha, kengashning navbatdagi yig‘ilishi doirasida bitiruvchilar bo‘sh sudyalik lavozimlari uchun e’lon qilingan ochiq tanlovda ishtirok etgan.
@daryo_live
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJning 28 nafar mansabdori intizomiy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahrining turli tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq avariyalar hamda tarmoqlarda kuchlanishning pasayib ketishi kuzatilgani bois mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganish olib borilgan.
O‘rganishlar davomida bir qator xato va kamchiliklar aniqlangan.
@daryo_live
⚡️ Davlat oliygohlariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish balli o‘zgarishsiz qoldi
Bunda talabgordan davlat granti asosida oʻqishga kirish uchun kamida 68 ball, to‘lov-kontrakt boʻyicha 56,7 ball yigʻish talab etiladi.
@daryo_live
BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi
Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk shunday bayonot berdi:
“Biz inson huquqlari va qonun ustuvorligi asosida barpo etiladigan Falastin davlatini qurishda falastinliklarga yordam berishga tayyormiz. Vaqti kelganda jabrlangan va omon qolganlarga yordam berish dasturlari adolat qaror topishi va tovon to‘lanishida muhim vosita bo‘ladi”.
AQSHda Boeing 737 MAX samolyoti parvozga ko‘tarilishidan oldin yong‘in chiqdi
American Airlines’ga tegishli samolyot Denverdan Mayamiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Bortidagi 173 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi evakuatsiya qilingan.
@daryo_live
Kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ta’miri uchun 20,6 mln so‘mgacha pul ajratiladi
Turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning bir qismi ham qoplab beriladi.
@daryo_live
Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz — Energetika vazirligi
Vazirlikka ko‘ra, gaz bosimi kutilgan darajadan yuqori bo‘lganligi sababli, barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ustyurt hududidagi barcha konlardan olinadigan tabiiy gaz tarkibida oltingugurt uchramaydi.
“Hech kim tan jarohati olmagan. Shu sababli odamlardan vahimaga tushmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi bayonotda.
Mo‘ynoqda gaz burg‘ulash vaqtida texnologik jarayon buzilishi natijasida yerdan katta bosimda gaz sizib chiqqani aytilgan videolar tarqaldi
Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
@daryo_live
Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi
Bu Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida joriy etiladi, ularga olayotgan pensiyasi miqdorida haq to‘lanadi.
@daryo_live
Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi
@daryo_live
Donald Tramp Tailand va Kambodja bosh vazirlari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Oq uy rahbari tomonlar sulhga yaqin ekanini aytgan
"Har ikkala tomon ham zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikka erishishni istamoqda...
Ularning uzoq va boy tarix hamda madaniyati bor. Umid qilamanki, ular bundan keyin ham ko‘p yillar davomida yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Hammasi yakunlangach va tinchlik qo‘lga kiritilgach, men ikkala mamlakat bilan savdo bitimlari yakunlanishini intiqlik bilan kutaman!", degan u.
Indoneziya Mudofaa vazirligi Turkiyaning Turkish Aerospace kompaniyasi bilan KAAN 5-avlod qiruvchi samolyotlaridan 48 ta sotib olish uchun shartnoma imzoladi.
@daryo_live
Yapon olimlari Daun sindromini 47-xromosomani olib tashlash orqali davolashga muvaffaq bo‘lishdi
Bunga qadar 47-xromosomani olib tashlash imkonsiz hisoblangan edi, biroq tadqiqotchilar CRISPR texnologiyasi yordamida buni amalga oshirishdi. Mazkur texnologiya DNKni o‘zgartirish va ortiqcha qismlarni olib tashlash imkonini beradi.
@daryo_live
Yakkasaroyda ko‘p yillik archalar yonib kul bo‘ldi
25-iyul kuni tumandagi Yunus Rajabiy ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni 5 daqiqa ichida bartaraf qilishgan, ammo aholi daraxtlarni kimdir yoqib yubordi degan gumonda. “Daryo” voqea joyidan reportaj tayyorladi.
@daryo_live
O‘rmonlarda yong‘inlarni yuzaga kelishini oldini olish uchun nima qilish kerak?
FVV e’lon qilgan ushbu videorolikda o‘rmonzorlarda yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar ko‘rsatilgan.
@daryo_live
Kecha 25-iyul kuni tungi soat 01:05 larda Shayxontohur tumani Nurafshon ko’chasida 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo'qotib, beton ustunga to'qnashishi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
YTH oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan, avtomashina ichida bo’lgan yana 1 nafar yo’lovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko’rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
@daryo_live
🌤 Bugun harorat 38-40 daraja, tog‘li hududlarda 28-33 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”
@daryo_live
Misr Qo‘shma Shtatlardan 4,7 mlrd dollarlik havo mudofaa tizimlari sotib oladi
Qohira bitim doirasida NASAMS havo mudofaa tizimlari, jumladan, to‘rtta AN/MPQ-64 Sentinel radar kompleksi, yuzlab raketalar va uchirish qurilmalarini qo‘lga kiritadi.
@daryo_live