Qarshi shahrida qad rostlagan, ulkan imkoniyatlarga ega Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni munosabati bilan Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 34-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari uchun sayohat tashkil etildi.
🟢MAKTAB MA'MURIYATI.
@Qashqadaryo_vxtb
❗️ПЕДАГОГЛАРНИ ВИДЕОГА ОЛИБ ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРГА ТАРҚАТГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БОР
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс 46-2-моддасида шахсга доир маълумотларни қонунга хилоф равишда йиғиш, тизимлаштириш, сақлаш, ўзгартириш, тўлдириш, улардан фойдаланиш, уларни бериш, тарқатиш, узатиш, эгасизлантириш ва йўқ қилиш,
➖ фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 3 бараваридан 5 бараваригача;
➖ мансабдор шахсларга эса — 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлиши белгиланган.
Агар ушбу ҳаракатлар маъмурий жавобгарлик қўлланилгандан сўнг 1 йил ичида такрорланса, унда жиноий жавобгарлик чораси қўлланилади (Жиноят кодекси 141-2-моддаси).
⚠️ Бироқ бу ҳаммаси эмас. Агар ўқитувчи фуқаролик судига ўзига етказилган маънавий зарарни ундиришни сўраб даъво қилса борми? Юқоридаги суммалар эса...
❗️Фуқаролик кодекси 1021-моддаси иккинчи қисмида зарар ор-номус, қадр-қиммат ва ишчанлик обрў-эътиборини ҳақоратловчи маълумотларни тарқатиш туфайли етказилган бўлса маънавий зарар уни етказувчининг айбидан қатъи назар, қопланиши белгиланган.
☝️Ушбу қоида, айнан ўқитувчинининг видеосини ижтимоий тармоққа жойлаб, унинг қард қимматини, ишчанлик обрўсини тўкаётган шахсларга зарарни қоплаш мажбуриятини юклайди.
❗️ Бунда маънавий зарарни қоплаш миқдори жабрланувчига етказилган жисмоний ва маънавий азобларнинг хусусиятига, шунингдек айб товон тўлашга асос бўлган ҳолларда зарар етказувчининг айби даражасига қараб суд томонидан аниқланади.
П.С. агар ўқитувчи ҳақиқатда ноҳақ бўлиб, уни видеога олинган бўлса, бу видео ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга тақдим этилиши керак. Шунда видео далил сифатида тан олиниши ва ўқитувчига муайян жавобгарлик чораси қўлланилиши мумкин.
❗️Бироқ ижтимоий тармоқ орқали тарқатиш юқоридаги жавобгарлик чораларини қўллашга сабаб бўлади.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109-yilligi munosabati bilan 8-sinflar òrtasida bellashuv kòrinishadagi tadbir bòlib òtdi.
Tadbirni maktab direktori Mirova Nargiza Sayfullayevna ochib berdi.Badiiy kecha Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga baģishlangan sahna kòrinishlar, devoriy gazetalar hamda gòzal kuy-qòshiqlar bilan boy òtdi.
Tadbir sòngida ģoliblar hakamlar hayati yordamida aniqlanib e'tirof etildi va rag'batlantirildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Maktabgacha ta'lim tizimi: sifat va qamrov oshmoqda
#2mart #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Anons
#Premyera
"ILMDAN O'ZGA NAJOT YO'QDIR!"
2024-yil 1-mart kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida rejissyor Sh.To'xtamishev tomonidan sahnalashtirilgan "Ilmdan o'zga najot yo'q!" nomli sahna asari premyerasi bo'lib o'tdi!
@Qashqadaryo_vxtb
🟢Bahor keldi seni so'roqlab...
Qamashi tumani 7-DMTT "Bahor keldi seni so'roqlab" ma'rifiy tadbiri bo'lib o'tdi.Tadbirda tashkilotning o'rta, katta, tayyorlov guruhlarining tarbiyalanuvchi qizlari va onajonlari ishtirok etishdi.
O'zbek ayolining timsoli Zulfiyaxonim sh'erlari tinglandi. Zamonamiz ayollarining jamiyatdagi va oiladagi rolini turli sahnaviy ko'rinishlar orqali namoyish etdilar.
Bahor faslining ilk kunida tadbir kutarinki o'tib, ayollarimiz, onajonlarimizni madh etuvchi kuy-qushiq hamda raqslar tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlari tomonidan ijro etildi.
Tadbirda tuman kengashi deputatlari, mahalla faollari, DMTT tashkiloti rahbarlari, O'zbekiston Ma'naviyat va ma'rifat tuman markazi rahbari S.Xudoyqulovalar ishtirokdilar.
#Tanqidiy
Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i B. Mo'minov:
—O'Z VAZIFASINI BAJARMAGAN XODIMDAN QANDAY NATIJA KUTISH MUMKIN?
Ma'lumki, Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tizimidagi 52 ta maktab kutubxonalariga jami 85 nafar kutubxonachilar faoliyat yuritib kelmoqda. Qarshi shahridagi umumta’lim maktab(maxsus maktab) kutubxonalarida ijobiy ishlar bilan birga xato va kamchiliklar borligi ham aniqlandi.
Aniqlanishicha, faoliyati o'rganilgan maktab kutubxonalarining ish rejalarida faqat muhim
sanalar aks etgan. Kitob targ'iboti, shoir va yozuvchilarning tavallud kunlari munosabati bilan she’riyat kechalari, kitob taqdimotlari, kitobxonlar konferensiyalari aniq ko'rsatilmagan.
Qayd etish lozimki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 19-sentyabrdagi 329-sonli va viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 9-oktyabrdagi “Umumta’lim maktablarini Bibtexnika
vositalari bilan ta’minlash to'g'risida”gi 138-sonli buyruqlariga asosan barcha maktab kutubxonalari Bibtexnika vositalari bilan ta’minlandi.
Biroq faoliyati o'rganilgan maktablarda me’yoriy ish hujjatlari
namunali tartibda yuritib borilmagan.Ayrim kutubxonachining yillik ish rejasi tasdiqlanmagan. Kitobxon formulyari to'liq qayd etilmagan. Ayrim maktablarda esa kutubxona kundaligi yuritilmagan.
#SIFAT
🟢«Intilish»... imkoniyat chegaralarini kengaytiradi — SHAHRISABZ TUMANI
✔️Xabaringiz bor, joriy yil 20-fevral kuni davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida nogironligi bor, imkoniyati cheklangan yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rganishiga ko‘maklashish borasida ko‘rsatmalar bergan edi.
Shahrisabz tuman 26-maktab direktori Farrux Sattorov:
—Darhaqiqat, imkoniyati cheklangan yoshlar orasida iqtidorlilari ko‘p. Shahrisabz tumanidagi 26-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Farangiza Norboyeva ham amaliy san'at yo‘nalishida qo‘l mehnati bilan xotin-qizlar uchun zebu-ziynatlar yasashni qoyillatib kelmoqda. U bugun sog‘lom tengqurlariga ham o‘rnak bo‘layapti. Ularga hunar sirlarini baholiqudrat o‘rgatib kelmoqda.U yaqinda Zulfiyaxonim izdoshlari tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib qaytdi. Ayni paytda unga hunari orqali o‘z iste'dodini ro‘yobga chiqarishi uchun maktabdagi musiqa xonasida barcha imkoniyatlar yaratilgan.
#SIFAT
Qashqadaryolik o'quvchi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda
Qarshi tumanidagi 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabning 11-sinf o'quvchisi Yulduzxon Roziqova xalqaro "Arxitektura loyihasi, dunyo dasturlari" yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Алишер Навоий:
"Китоб – беминнат устоз, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи"
Ta'lim maskanida qizlar olimpiadasi o'tkazilmoqda —QASHQADARYO
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident,ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internalarining o'quvchi qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
✔️Ushbu olimpiadada viloyat bosqichida 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflardan 1-2-3-o'rinlarni olib, g'olib bo'gan jami 9 nafar o'quvchi qizlar ishtirok etmoqda.
❗️Yakuniy natijalarga ko'ra 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida yuqori natijalar ko'rsatgan 10 nafardan jami 30 nafar Agentlikning qizlar terma jamoasi shakllantiriladi.
@Qashqadaryo_vxtb
"TURKISTON JADIDLARI "
Qarshi tumani 4-umumiy o'rta ta'lim maktabida Jadidchilik harakatining yirik namoyondalari xotirasiga bag'ishlab "TURKISTON JADIDLARI" mavzusida adabiy -badiiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan jadidlarning hayot yo'llari, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sahna ko'rinishlari nаmoyish etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Mental
#DMTT
Qarshi tumaniga qarashli 10-DMTT tarbiyalanuvchilari Salohiddinov Islombek, Jabborov Shoxruz, Eshonqulova Imonaxonalar mental arifmetikadan o‘tkazilagan musobaqada ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egalladi.
"Jarayon" Ta’lim tizimidagi izchil islohotlar haqida
#28feb #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sinfxona sovuq, qorong‘i. Маktab ta’mirlansa yaxshi bo‘lardi—Dehqonobod” mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Dehqonobod tumanidagi 77-umumiy o‘rta taʼlim maktab binosi 1973 yilda qurilgan. Quvvati 420 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabda 815 nafar o‘quvchilar taʼlim-tarbiya olmoqda, maktab binosining navbatlilik koeffitsienti 1,9 ni tashkil etadi. Murojaat muallifining qizi 4—"a" sinf o‘quvchisi X. A. aynan videoda ko‘rsatilgan sinfda tahsil oladi.
Murojaatchi G.R. maktabning eski va ta’mirtalab ekanligidan norozi bo‘lgan. Holat yuzasidan 2024-yil 28-fevral maktabga tuman hokimligi vakillari va bo‘lim mas’ul xodimlari maktabning qo‘shimcha binosidagi ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘rganildi.
✔️Maktabning qo‘shimcha binosida 2 ta qozonxona mavjudligi va ushbu binoda 2 navbatda 11 ta sinf tahsil olayotganligi ma’lum bo‘ldi. Maktab kuzgi qishki mavsumni betalofat o‘tkazishi uchun 50 tonna ko‘mir zaxirasi olingan bo‘lib, mas’ul ishchi xodimlar tomonidan muntazam ravishda isitish qozonlarining barqaror ishlashlari ta’minlanib kelinmoqda.
✔️Maktabga qo‘shimcha bino qurish va mavjud binoni mukammal taʼmirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 241-sonli qarorining 1-ilovasida “2022-2026 yillarda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari” belgilangan.
🟢HAMKORLIK,
🟢TADBIR,
🟢TARG'IBOT(Qarshi shahar 5-maktab).
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi va Qarshi shahridagi 5-umumiy o'rta ta’lim maktabi o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
3 yil avval yo'lga qo'yilgan ushbu hamkorlik o'z ijobiy natijasini ko'rsatib, har ikkala tashkilot faoliyati davomida o'zining ijobiy natijasini ko'rsatib kelmqda.
Kuni kecha, 2024 yil 2 mart kuni soha mas'ullari tashabbusi bilan Qarshi shahridagi 5-umumiy o'rta ta’lim maktabining xotin-kizlari 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida eng yaxshi spektakl deb tan olingan xamda A.Chexov asari asosida Portugaliyalik rejisser tomonidan sahnalashtirilgan "To'y va taklif" spektakli namoyishiga taklif etildilar.
Spektakl namoyishi oldidan maktabning oliy toifali biologiya fani o'qituvchisi S.Eshmurodovaga "Ta’lim taraqqiyoti" ilmiy jurnalining ko'krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.Ushbu mukofotni maktabning faxriy o'qituvchisi, O'zbekiston Qahramoni Muxabbat Sharopova topshirdi.
Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligiga doir ma'riy tadbirlar o'tkazilmoqda
Qarshi shahar 2-sonli Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida O'zbekiston xalq shoiri ,O'zbekiston xalq qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Qarshi shahar 2-sonli Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va 6-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari shoir ijodi bo'yicha she'riyxonlik bellashuvi o'tkazildi.
Shuningdek, pedagoglar o'z faoliyatlari doirasida ijodkorlik, aktyorlik, mohirlik salohiyatini ko'rsatuvchi turli chiqishlarni yig'ilganlarga taqdim etdilar.
Tadbirda Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i B.Mo'minov va Qarshi shahar maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok etishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Видео Чироқчининг мактабига 550.000 $ инвестиция киритилиши, 20.000$ дан гранд ютган ўқувчилар ва директорнинг ойлиги ҳақида.
Instagram саҳифамизга ўтиб, изоҳ ёзишни унутманг👇 😁
https://www.instagram.com/reel/C4BFQgyMHO0/?igsh=a3B3M2xxamR0bjhq
#Qashqadaryo
Mavsumiy olov yoquvchi shtatining joriy qilingani maktablardagi sinfxonalarni isitishda muhim o'rin tutmoqda
#Premyera
🟢"ILMDAN O'ZGA NAJOT YO'QDIR!"
2024-yil 1-mart kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faollar zalida yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida rejissyor Sh.To'xtamishev tomonidan sahnalashtirilgan "Ilmdan o'zga najot yo'q!" nomli sahna asari premyerasi bo'lib o'tdi.
Badiiy, musiqiy teatrlashtirilgan kompozitsiya premyerasiga ijod maktabining o'qituvchilari, o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 9- va 10-umumta'lim maktablarining o'quvchilari ustozlari bilan birga ishtirok etishdi.
Ijod maktabining "Aktyorlik mahorati" to'garagi a'zolari - 8-9-10-sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna asarida 10 ta personaj ijro etildi. Ya'ni talabalar rollarini - Cho'liyev E'zozbek, Sa'dullayev Sarvar, Yashinxo'ja Shahrizoda, Hayitova Farangiz, Ostonaqulova Oksana, muallif rolini Bozorov Dilbek, sovet kuchishlatar tizimi xodimlari rollarini - Hamidov Abduhakim, Abdurasulov Javohirlar ijro etishdi. Shuningdek, ijod maktabining "Musiqa" to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev ham faol ishtirok etdi.
📚 “Qo‘rqma” asari - yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o‘ziga xos yangi ohang bilan yozilgan yangi romanidir. Roman oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlar taqdiridan hikoya qiladi. Ushbu spektaklda o'quvchilar romanning g'oyasi va asosiy mavzusi aks etgan jarayonlarni mahorat bilan ijro etishdi.
❗️Ushbu sahna asari Qarshi shahridagi boshqa umumta'lim maktablarida ham namoyish etilishi rejalashtirildi.
@Qashqadaryo_vxtb
“Шарқ аёли” халқаро аёллар жамоат фонди раиси Чироқчи туманига борди
✔️Чироқчи тумани Мактабгача ва мактаб таълим бўлими ва “Шарқ аёли” халқаро аёллар жамоат фонди ўртасида мустаҳкам ҳамкорлик алоқалари йўлга қўйилган.
#ТЕКШИРУВ
Қашқадарё вилояти Қарши шаҳридаги бир қанча мактаб кутубхоналари масъулларига навбатдаги интизомий жазо чоралари кўрилади.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1 mart 1915 yilda tug'ilgan. Joriy yilda shoiraning 109 yilligini keng nishonlanmoqda...
(Foto: Muborakdagi 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
@Qashqadaryo_vxtb
"O'zbekning Zulfiyasiman" nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi — KOSON
Koson tumanidagi 59-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "O'zbekning Zulfiyasiman" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchilar sheʼriyat, pazandalik, Zulfiyaxonim hayotiga va ijodi boʻyicha tezkor savol javob shartlari boʻyicha bellashdilar.
@Qashqadaryo_vxtb
Vafo va sadoqat kuychisini tavallud ayyomi nishonlandi
Bahorning ilk kuni 1-mart o’zbek she’riyatining vakilasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan Yakkabog‘ tuman 75-umumiy o‘rta ta'lim maktabining Oliy tofali ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Milliy sertifikat sohibasi Matluba Eshmatova yuqori sinf ijodkor o'quvchilari bilan "Vafo va sadoqat kuychisi....." deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbirini tashkil etishdi.
Bayram tadbirida Xalq deputatlari Yakkabog' tuman kengashi deputati F.Sattorova, RMMM Yakkabog' tuman bo'linmasi rahbari L.Beknazarova, bo'linma mutaxassisi Z.Shukurova, tuman Axborot kutubxona mas'ullari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Ҳарбийлар ва ёшлар учрашуви ўтказилди
Бугун Қамаши туманидаги 6-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактабида ҳарбий соҳа ходимлари ва тумандаги мактабларнинг юқори синф ўқувчилари иштирокида “Халқ ва армия - бир тану бир жондир” шиори остида учрашув ўтказилди.
Унда ёшларга ҳарбий касб тўғрисида, юртимизда ҳарбий йўналиш бўйича таълим олиш тартиби, у ердаги шароитлар ҳамда номзодларни саралаш босқичлари тўғрисида маълумот берилди.
@Qashqadaryo_vxtb
#Shoshiling
📣 Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bugun yakunlanadi!
➖ Eslatib o'tamiz, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
❗️Sinov materiallari bilan vazirlik saytida batafsil tanishing: https://uzedu.uz/uz/announces/1470
@Qashqadaryo_vxtb
Бугун Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Ислом цивилизацияси маркази, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази ва Имом Термизий халқаро илмий-тадқиқот маркази ходимларидан иборат тарғибот гуруҳи Қамаши туманида маърифий учрашув ўтказди.
Унда Қамаши ва Ғузор туманларининг ижтимоий соҳа вакиллари, давлат ташкилотларининг жойлардаги бўлимлари мутасаддилари, нуронийлар, маҳалла фаоллари, мактабгача таълим муассасалари мудирлари, умумтаълим мактаб директорларининг маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари иштирок этди.
Учрашувда Қамаши тумани ҳокими Хуршид Усмонов иштирок этиб, бу каби тадбирлар халқимиз маънавий дунёқарашини янада оширишда алоҳида ўрин тутишини таъкидлади.
Тарғиботчилар “Буюк алломаларимиз илмий меросида юксак инсонпарварлик ғоялари тараннуми”, “Ёшларимизни ёт оқимларнинг бузғунчи ғояларидан ҳимоя қилиш” мавзуларида маърузалар қилди.
Шунингдек, марказлар томонидан нашр этилган янги китоб ва рисолалар тақдимоти ташкил этилди.
@Qashqadaryo_vxtb
#Olimpiada_saralash
Qashqadaryoda Al-Хorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarining viloyat saralash bosqichi yakunlandi
Mazkur olimpiada jarayoni 2 kun davomida o'tkazilishi belgilangan bo'lib, Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari(Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan) dan jami 250 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.
Olimpiada jarayonlarini shaffof o‘tkazish maqsadida onlayn translatsiya tashkil etilgan, Qarshi shahridagi 34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida olimpiadani ochilishiga boshqarma boshlig'i o'rinbosari M. Panjiyev ishtirok etib, o'quvchilarga omad tiladi.
@Qashqadaryo_vxtb
Mironshoh kitob o'qib, otasiga Cobalt avtomashinasini sovg'a qildi