pmtests | Unsorted

Telegram-канал pmtests - Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

60046

📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar - Yutuqli testlar Videodars kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin ga yozing. Testlar bazasi: pmtests.uz

Subscribe to a channel

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Eng katta boylik bu aql-zakovat va ilm. Eng katta qashshoqlik bu ilmsizlikdir.

Bozordagi o'rtacha narxi 18 mln so'm bo'lgan iPhone 16 ProMax telefonini yasash uchun 110 gramm plastmassa va shisha, 117 gramm turli metallar kerak bo'ladi. Ishlov berilmagan holatda 227 gram tarkibning bozor bahosi atigi 45000 so'mni tashkil qiladi. Ilm-fan 45000 so'mlik narsaning qiymatini 400 barobar oshirib yuboradi. (Ma'lumot ChatGPTdan)

Dunyoda tabiiy boyliklarga ega ko'plab davlatlar qashshoq va aksincha tabiiy resurslarga ega bo'lmagan boy mamlakatlarning mavjudligi eng katta boylik ilm ekanligini tasdiqlaydi. Buni ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilgan Apple kompaniyasi va O’zbekistonning tabiiy boyliklari va butun xalqimiz daromadini solishtirish orqali izohlash mumkin.

✅ Apple kompaniyasi Amerikada joylashgan bo’lsada, uning aksariyat mahsulotlari dunyoning turli qismlarida ishlab chiqariladi. Kompaniya asosan bilim (dasturlar, loyihalar va dizaynlar) bilan boshqa davlatdagi ishlab chiqaruvchilarni ta'minlaydi (sotadi). Uning mahsulotlari boshqa davlatlarda ishlab chiqarilishiga qaramay daromad Amerikaga boradi. Demak, AQSH bilimdan daromad qilmoqda.💯

✅ Bugungi kunda Apple kompaniyasi 3 trillion dollardan ziyod qiymatga ega. Tabiiy boyliklarga juda boy hisoblangan yurtimizda tabiiy boyliklarning (gaz, neft, uran, oltin va hak.) umumiy qiymati 5 trillion dollardan ortasa, biz foydalana oladigan va jilovlangan zahixaralar qiymati 2 trillion dollarga yetmaydi. Buni qarang, biz maqtanadigan butun boyliklarimiz ilm-fan va texnologiyaga asoslangan bitta kompaniya qiymatiga yetmas ekan. 💯

✅ Apple kompaniyasi 2024-yilda 391 milliard dollar daromad oldi, 51 foizi iPhone sotishidan. Apple 2024-yilda 232 million iPhone, 52 million iPad va 22 million Mac va MacBook donalarini sotdi. 2024-yilda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 115 milliard dollarni tashkil etgan. 38 mln O’zbekiston aholisining yillik daromadidan 120 mingga yetmaydigan ishchilarga ega kompaniya daromadi 3,5 barobar ko’p bo’lmoqda.💯

✅ O’zbekison 2024-yilda 120 000 kg oltin qazib oldi. Bu dunyodagi eng yirik ishlab chiqarish hisoblanadi. Ammo, uning bozor narxi hozir eng yuqori narxda ham 12 milliard dollar atrofida xolos. Bu bir yillik iPhone sotuvidan 16 marta kamni tashkil qiladi. Bir iqtisodchi aytganiday "O'zbekiston oltin ishlab chiqarishda eng yuqori 10 talik davlatga kirishidan ko'ra, paypoq ishlab chiqarishda 10 talikka kirishidan ko'proq xursand bo'laman".

☝️Endi tabiiy boyliklar bilan faxrlanish vaqti o’tdi. Haqiqiy boylik bilim. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Yer osti boyliklariga ega bo’lmagan Yaponiyada kambag’al odamlar deyarli yo’q. Chunki, farovon hayot ta’limga bog’liq.

👨‍🏫Biz ishonamizki, yaqin yillar ichida O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatorida bo’ladi. Chunki, bugun ota-onalar farzandlari ta’limiga e’tibor bermoqda. Kelajakda O’zbekistonlik yoshlar o’zining Apple kabi “Transmiliy kompaniyalar”iga egalik qilishini so’rab qolamiz!!

Kanalimizga a'zo bo'ling

👉👉
t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot (o'lim), yo najot - yo halokat, yo saodat (baxt) - yo falokat (baxtsizlik) masalasidur. (A.Avloniy)

Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, balo bo‘lg‘ay sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur rahnamo sizga. (A.Avloniy)

Agar bir kishi yoshligida tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’ssa, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur. (A.Avloniy)

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

📢 Qashqadaryoda katta yangilik!

Farzandingiz bilimini sinash va rivojlantirish imkoniyati endi yanada kengaydi! 🎯
Beruniy o‘quv markazi va PMTESTS kanali asoschisi Asror Jumanazarov hamkorligida Qashqadaryoda katta Olimpiada tashkil etilmoqda!

📅 Sana: 24-avgust
🎯 Kimlar uchun: 3–4-sinf o‘quvchilari
💰 Ishtirok: Mutlaqo bepul

Olimpiada orqali farzandingiz:
✅ O‘z bilimini tekshiradi
✅ Qiziqarli savollar orqali yangi narsalarni o‘rganadi
✅ Sovrin va sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi 🏅

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.amocrm.ru/rwlccmv

📖Olimpiada nizomi
https://telegra.ph/Beruniy-va-PIMA-hamkorligidagi-Olimpiada-08-06

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
✈️ Telegram 🌐 Instagram 📹 Beruniy_school1">Youtube

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

🇺🇿 O’zbekistonning jonli bayrog’i🔥


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

3️⃣3️⃣3️⃣2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

4K ENGLISH SCHOOL & 4K ENGLISH ACADEMY
– Prezident maktablariga 1–4-sinflar uchun tayyorlov guruhlariga qabul boshlandi
📌

Farzandingiz Prezident maktabida o‘qishini xohlaysizmi? Bizning 5 yillik tajribamiz, chet elda o‘qigan ustozlar va muntazam nazorat testlari bilan farzandingiz kelajagi ishonchli qo‘lda!


📈Yutuqlarimiz:
4 yil davomida 4 nafar o‘quvchimiz Prezident maktabiga qabul qilindi (2025 natijalarini ham kutyapmiz )💯
50+ o‘quvchi Al-Xorazmiy va boshqa ixtisoslashgan maktablarga kirgan.🥇
Past Darg‘om tumanida bu natijalarga erishgan yagona ta’lim tarmog‘i!🏆


📊Nega aynan biz ?
• 5 yillik tajribaga ega malakali ustozlar (chet el tajribasi bilan)
• Chet el uslublariga asoslangan innovatsion ta’lim
• Haftasiga 6 kun intensiv darslar
• Har hafta va oyda nazorat testlari
• Har bir o‘quvchiga individual rivojlanish rejasi
• Prezident va ixtisoslashgan maktablarga mos test va materiallar


🔤🔤🔤🔤🔤🔤 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

2025-yilda saralashdan 22 o‘quvchi o‘tdi, Al-Xorazmiyga 5 nafar, ixtisoslashgan maktablarga 18 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

📞 Ro‘yxatdan o‘tish:
+998995986721
+998997075704
+998990626237

Telegram: @EnglishAcademY_4K

O‘rinlar cheklangan! Farzandingiz kelajagini bugun boshlang!

*reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#Ibrat

"Ta’lim fidoyilari — turing, dunyo turguncha!"


Bu shunchaki shior emas, balki kelajak avlodni tarbiyalashdek buyuk va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan ustozlarimizga bo‘lgan e’tirofdir.

Mazkur videorolikda ta’lim tizimida duch kelinayotgan muammolar haqida so‘z boradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan tayyorlangan video sizni ham fikrlashga chorlaydi, degan umiddamiz.

Bizni kuzating

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Президент ташаббуси билан тарихий воқеа юз берди — биринчи марта Ўзбекистонга муқаддас Каъба эшигининг ёпинчиғи келтирилди!

📌Батафсил видеода 👆

Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати (Telegram)

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

🗓 17-AVGUST | 10:00
📌 ALGORITM O‘QUV MARKAZIDA
YUTUQ FONDI

3️⃣ 5️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ soʻm boʻlgan katta OLIMPIADA!

Olimpiadada
2️⃣-3️⃣-4️⃣ sinflar ishtirok etishlari mumkin!

💯QATNASHISH MUTLAQO BEPUL💯

📌 Manzil: Marka supermarketi ro‘parasidagi Zulfina Med klinikasi yonida

ROʻYXATDAN OʻTISH UCHUN
⬇️
📞 +998888950505
📞 +998991410505
📞 +998908950505

Telegram manzilimiz ;
✈️ @PM_AdhamSohibov
✈️ @PM_AdhamSohibov
✈️ @PM_AdhamSohibov

*reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

🔍 Kinder school Xususiy maktabidan yangilik! ( Bo'sh o'rinlar uchun qabul imtihoni bo'lib o'tadi)

🏆 2025-yil natijalari
Prezident maktabi (kutilmoqda)
Saralash bosqichdan 8️⃣6️⃣ ta
Ibn Sino maktabi 4️⃣ ta
Mirzo Ulug'bek maktabi 2️⃣ ta
Al Xorazmiy maktabi 4️⃣2️⃣ ta
Ixtisoslashgan maktab tabiiy va aniq fanlar 8️⃣6️⃣ ta
Jasorat maktabi 2️⃣ ta

Qabul imtihoni:
🎯 Sinfi 1-9-sinflar uchun

📅 16-avgust shanba
🔜 9:00-11:00-13:00-15:00
💸 Qatnashish bepul


🌐 Hoziroq ro'yhatdan o'ting!

📞 +998932580022 Farg'ona
📞 +998950460088 Qo'qon

👍 @NATIJALARkinderschool

*Reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#ibratli_hikoya

Farzandiga yaxshi ta'lim va tarbiya bermaydigan ota-onalar jazolanishi kerak ekan.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

5 yillik tajriba

200 ga yaqin orzular ro'yobi

Minnatdor ota-onalar

Yutuqli olimpiadalar

Record natijalar

PMTEST kanali bilan hamkorlikda REPETITSION tayyorlov testlari

Grantlar evaziga mutlaqo bepul ta'lim

Hammasi bitta joyda!
Qayerda?
"Zafar ziyo"da
-Qanday maskan?
-Buxoroning ilmli farzandlariga beshik bo'lgan ko'hna Jondor tumanida yagona natijali o'quv markaz!


Siz ham farzandingiz Prezident maktabi o'quvchisi bo'lishini istasangiz bizning 17-avgustdagi kirish sinovimizga olib keling.

Bor yo'g'i 10 ta joy va 2 kun vaqt qoldi! Keyin qabul yopiladi!


+998903398845 +998946179292
+998939689598
@shalola_ustoz
@Zafarziyoadmin

/channel/zafarziyoiqro

*reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Marhamat, tanishing - yangi qahramon.
________
Bu sarfiyot eng yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir (Imom Buxoriy)

Ilm olayotganlarni qo'llab-quvvatlash bobolarimizdan meros qolgan sharafli ishdir.

Imom Buxoriy faqirona hayot kechirar edi. Ba'zan kiygani kiyimi qolmaganidan bir necha kun uyda qolib ketardi. Taomi uch-to'rt dona mayiz bo'lar edi.

Aslida u boy edi, otasidan juda katta mol-dunyo meros qolgan, yaxshigina foyda keltirib turgan edi. Ba'zan bir savdoda 5000 dirham (130mln so'm) foyda olardi. Har oyda kamida 500 dirham (13mln so'm) kelib turardi.

Ammo, u barcha dunyolarini ilm yo'lida sarflab yuborardi. Goh bir faqir talabaga boshdan oyoq kiyim olib berar, goh biror kitobga yetisha olmay yurgan o'quvchilariga o'sha kitobni sovg'a qilar edi. Imomning yaqinlari u talabalarga yordam ko'rsatishda isrof qilish darajasiga borgani aytib malomat qilishardi. Imom Buxoriy ularning e'tirozlariga javoban "Bu sarfiyot Alloh yo'lida bo'lgani uchun yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir", der edi.

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Matematikani o‘rganish hayotda muvaffaqiyatga erishishni ta'minlaydi

Olimlarning besh yil davomida uch ming o'quvchi bilan o‘tkazgan sinovlari Matematiklarning hayotdagi muvaffaqiyat sirlari haqida ajoyib ma’lumotlarni taqdim etdi.

Matematikani o‘rganayotgan bola o‘z xatolarini tan olishni biladi. Bu fan aniqlikni talab etadi, demak unda natija ham kunday ravshan va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Xato xulosaga kelgan o‘quvchi, bu javobning noto‘g‘ri ekanini tan olishga majbur. Bu esa hayotda ham o'z xatolarini tan olish, to'g'rilash va rivojlanishga katta yordam beradi.

Matematika ishni oxirigacha bajarishga o‘rgatadi, aks holda masala yechimi topilmaydi. Voyaga yetayotgan bola qiyinchiliklarga uchrab, ko‘p narsadan voz kechishi mumkin, faqat matematika o‘rganayotganlar emas. Ularda maqsadga erishguncha ishlash qobiliyati shakllangan bo‘ladi.

O‘quvchi matematikada tanqidiy fikrlash va muqobil yechimlarga ega bo‘lishni ham o‘rganadi. Barchamizga ma’lumki, masalaning yechimiga turli yo‘llar bilan kelsa bo‘ladi. O‘rganuvchilar ham hayotdagi voqealarni shu qarashga asoslanib, turli jabhadan kuzatadi. Undagi muammolarni yechishda eng tez va samarali uslubini tanlash imkoniyatini qidiradi.

Matematika hayotda tejamkor va tadbirkor bo‘lishga undaydi. Bu fanni o‘zlashtirgan odam hayolida har qanday suhbat raqamlarda namoyon bo‘ladi. Puxta hisob-kitob qilishi, insonga ancha iqtisodiy foyda keltiradi.

Bugungi "raqamli dunyo" va texnologiya asrida matematikaning ahamiyati yanada ortdi. Matematika yaxshi ish, yuqori maosh, hattoki yaxshi tarbiya vositasiga aylandi.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#oltin_qoida

‼️Bolani mehr-muhabbat, e'tiborga g'arq qiling! Ammo, moddiyatdan siqib qo'ying‼️

Farzandi telefonga berilib ketgan ota-onalarga mantiqiy savol: Qachon siz o'zingizni qo'lga olasiz, qachondan beri bola sizga otalik yoki onalik qila boshladi
⁉️

✅ Tirikchilik bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga e'tibor bermaslik bolani yo'qotishni anglatadi. Faqirlikdan qo'rqib bolangizni o'ldirmang!

✅ Oilada qonunlar joriy qilish lozim. Qonunlarni qabul qilishda farzandlar fikri inobatga olinadi, ular bilan kelishiladi. Ammo, qonunlarni ijro qilishda ota-ona qat'iy bo'lishi lozim.

✅ Xalqaro standartlar bo'yicha 2 yoshgacha bolalarga telefon berilmaydi. 2-6 yoshgacha zarurat tug'ilganda bir kunda maksimal bir soatgacha berish mumkin. 7-12-yoshgacha maksimal 2 soatgacha berish mumkin. Ammo, imkon daraja kamroq berilgani maqsadga muvofiq.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#ona_duosi

Farzandini prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlayotgan ota-onalar e'tibor qaratishi lozim bo'lgan yana bir jihat ustoz Doniyor Nasriddinov misolida...

👉👉 t.me/PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Tabriklaymiz!

Qirg'izistonda o'tkazilgan “Zakovat Asian Cup II” musobaqasida O'zbekiston jamoasi g'olib bo'lishdi.

O’tgan yili Qozog’istonda ham yutib kelishgandi, kelasi yili Tojikistonga, Xudo xohlasa. (@xushnudbekuz)

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

⁉️ Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon e'lon qilinadi⁉️

‼️Bir hafta vaqt qoldi‼️

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.

Nizom bo'yicha natijalar 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 26-avgustgacha e'lon qilinishi kerak.

Oldingi yillarda qanday holat kuzatilgan?

2019-yilda 24-iyulda yakunlangan Asosiy imtihon natijasi 20-avgustda e'lon qilingan (27 kun).

2021-yilda 21-22-avgust kunlari bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 18-sentabrda e’lon qilindi. (27 kun)

2022-yilda 2-avgustda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 30-avgustda e’lon qilindi. (28 kun)

2023-yilda 31-iyulda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 29-avgustda e’lon qilindi. (29 kun)

✅ 2024-yilda 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 27-avgustda e'lon qilingan. (to'liq bir oy)

2025-yilda imtihon 27-iyulda bo'lib o'tdi. Natijalarni 26-27-avgustgacha chiqishini kutamiz.

Ozgina vaqt qoldi

👉👉 T.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

❗️Rekord o’rnatildi!

O’zbekiston yoshlari bir paytda 1946 ta robot yig’ib “Ginnes rekordlar kitobi”ga qayd etiladigan bo’ldi.

Bungacha bo’lgan rekord 1456 ta robot bilan Hindistonga tegishli edi.

Shu ishga bosh qo’shgan barcha tashkilotchilarga va albatta, eng asosiysi, yosh, ilmli va faol talabalarga rahmat aytaman. Barakalla!


🔘 @xushnudbekuz

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

O'zbekistondagi yagona holat

Agentlik tizimidagi barcha nufuzli maktablarda o'qib ko'rgan o'quvchi Qosimov Muhammadali hozircha O'zbekistonda bitta bo'lsa kerak. Katta ehtimol bilan boshqa bunday o'quvchi bo'lmaydi.

U Al-Xorazmiy maktabida, Prezident maktabida, Mirzo Ulug'bek maktabida o'qigan va endi o'qishni Al-Beruniy (Garvardchilar) matkabida davom ettiradi.

Qosimov Muhammadalining keyingi o'qishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

‼️"Farzandim kelajagini katta mablag’ bilan ta’minlashim kerak” deydiganlar uchun‼️

Mashhur olim, bir necha xalifalar davrini o’z ko’zi bilan ko’rgan Muqotil ibn Sulaymon xalifa Abu Ja’far Mansur huzuriga kiradi. Shunda xalifa olimdan nasihat qilishini so’raydi.

Muqotil: "Sizga ko’rganim haqida gapiraymi yoki eshitganimnimi?" - dedilar. Xalifa ko’rganingiz haqida gapiring dedi. Shunda Muqotil quyidagilarni aytib beradi: "Ey hukmdor, xalifa Umar ibn Abdulaziz o’n bir farzand ko’rdilar. Vafotlaridan keyin o’n sakkiz dinor qoldirdi. Undan besh dinoriga kafanlandi, to’rt dinoriga qabrga qo’yildi. Qolgan mablag’ farzandlari o’rtasida taqsimlandi.

Yana bir xalifa Hishom ibn Abdumalik ham o’n bir farzand ko’rdilar. U har bir farzandiga million dinordan meros qoldirdi.

Ey hukmdor, Umar ibn Abdulazizning bir farzandi Alloh yo’lida yuzta ot sadaqa qilganini va Hishom ibn Abdumalikning bir farzandi bozorlarda tilanib yurganini bir kunning o’zida ko’rdim.” (Manfaat_uz)
________________

Umar ibn Abdulaziz farzandlariga mol-mulk meros qoldirmadi (1 dinorga ham yetmaydi). Ammo, yaxshi tarbiya va ilmni qoldirdi. Natijada farzandlari ham ilmli ham boy bo’lib kamol topishdi. Jamiyat manfaati uchun bir martada 100 ta ot (tahminan 2 mlrd so’m) ehson qilmoqda.

Hishom ibn Abdumalik farzandlariga katta mol-mulk meros qoldirdi (hozirgi kunda 10 mlrd so’mdan ortadi.) Ammo, ilm va axloqni meros qoldirmadi. Vaqt o’tib, farzandlari ham ilmdan ham mol-mulkdan ayrildilar.

Hurmatli ota-onalar, farzandingiz uchun qoldirishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa ilm va yaxshi tarbiyadir. Boshqa narsalar ularning baxt-saodatini ta’minlamaydi.

👉👉
@PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

5 yillik tajriba
200 ga yaqin orzular ro'yobi
Minnatdor ota-onalar
Yutuqli olimpiadalar
Record natijalar
PMTEST kanali bilan hamkorlikda REPETITSION tayyorlov testlari
Grantlar evaziga mutlaqo bepul ta'lim

Hammasi bitta joyda!
Qayerda?
"Zafar ziyo"da
-Qanday maskan?
-Buxoroning ilmli farzandlariga beshik bo'lgan ko'hna Jondor tumanida yagona natijali o'quv markaz!
Siz ham farzandingiz Prezident maktabi o'quvchisi bo'lishini istasangiz bizga olib keling.

+998903398845 +998946179292
+998939689598
@shalola_ustoz
@Zafarziyoadmin

/channel/zafarziyoiqro

*reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Farzandim buyuk inson bo'lsin deganlarga!

Fotih Sulton Mehmetxon bolaligida juda yaramas, to'polonchi bir o'quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to'polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinning jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: “Men podshohning o'gliman, hech narsa qilolmaysan”, deyishdan ham toymasdi.

Oqshamsiddin podshohga shikoyat etishlikni adabsizlik hisoblab, holatni podshohga aytishdan tortinar edi. Ammo, vaqt o'tgani sayin kichik Mehmetning qiliqlari haddan oshib, chidab bo'lmas holga keladi.
Shundan keyin noiloj podshohning huzuriga chiqadi.

“Podshohim, Sizga aytishim zarur bo'lgan bir xususiy masala bor. Ammo, aytishdan hayo qilmoqdaman”.

Podshoh:
“Marhamat! Hech tortinmasdan aytavering”, deydi.
Bu so'z Oqshamsiddinni hotirjam qildi. Va hodisani anglata boshladi.
“Podshohim! Oʻgʻlingiz - jigarporangiz juda toʻpolonchi. Uning dastidan darsimni o'tolmayapman. Qachon tanbeh bersam, darhol Sizning nomingiz bilan menga tahdid qiladi”.

Podsho bir oz sukut saqlaydi.
Keyin Oqshamsiddinga yaqin kelib, bir narsalarni pichirlab tushuntiradi. Podshohning so'zlaridan Oqshamsiddin sarosimaga tushadi.
“Bu qanday reja? Buni amalga oshirish mumkin emas!"
Oqshamsiddin bu reja xususidagi xavotirlarini oshkor qilishiga qaramay, podshoh, “Bu ish bo'ladi,” deydi.

Ertasi kuni Mehmet darsda yana to'polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to'satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi. Bu holatda g'azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas!
Izn so'rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi.

Podshoh bo'ynini egib, uzr so'raydi va tashqariga chiqadi.
Bu hodisa qarshisida Fotih Sulton tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani - podshoh otasi ko'z o'ngida tarsaki yegan edi. Uning ichki dunyosi agdar-to'ntar bo'lgandi.

Bir ozdan so'ng eshik takillaydi, va podshoh hijolatli holatda ichkariga uzr so'rab kiradi.

Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi.
O'sha kundan so'ng, Fotih Sulton aslo yaramaslik qilmadi. U ustoz buyuk inson ekanligini fahmladi va yaxshi bilim olishga kirishdi. U turk, arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Konstantinopol shahrini zabt etib, uning nomini 'ISLAMBO'L shahri' deb nomlagan. U sababli turklar imperiyasi jahondagi eng qudratli saltanatga aylangan.

____
Ustozlar uchun o'quvchilar o'z farzandidek bo'lib qoladi, ularga ta'lim va tarbiya berish orqali ularni har tomonlama yuksaltirishga harakat qilishadi. Ba'zan o'quvchiga tanbeh berishga ham to'g'ri keladi.

Ustozlarning tartibsiz o'quvchiga dakki berayotganda videoga olib tarqatadigan va ustozlar sha'niga noo'rin so'zlar aytadigan insonlarga juda rahmim keladi. Ular shu orqali o'zining qiymatsiz inson ekanligini isbotlashadi. Ustozning qadri tushmaydi. Ammo, ustozining qadrini bilmaganlarning qadri bo'lmaydi.
Ular kelajakda shu ishlari sabab sharmanda bo'lishadi.

Ota-onalar ustozlar qadrini farzandlariga anglatishi, ularni hurmat qilish orqali buyuk kelajak barpo qilishga harakat qilishi lozim.

👉👉 @PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.

Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi.

Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Ajoyib she'r, barcha ota-onalar uchun!!
Farzandlar sho'xlik qilsa, ularni qanday so'kish kerak.

👉👉 @pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

‼️2025-yilda natija ko'rsatgan Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlovchi o'quv markazlari bilan tanishing‼️

"Kelajak" O'quv markazi (Navoiy vil., Xatirchi tumani)
☎️  94 977-33-83, 99 417-04-02
✍️ @Shohrux0407

"Jaloliddin Fayzullayev" O'quv markazi (Samarqand shahri)
☎️  90 459-18-39
✍️ @f_jaloliddin

"MATEMATIKA MARKAZI" O'quv markazi (Samarqand shahri)
☎️  97 611-44-43, 99 445-58-67
✍️ @shakhzod_math @becmirza

"ALGORITM" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Angor tumani)
☎️  93 814-27-99
✍️ @Sh_sharof

"TOJIYEV SCHOOL" O'quv markazi (Termiz shahri)
☎️  93 793-77-27, 93 622-08-97
✍️ @mirjalol2507

"VODIY TA‘LIM" o’quv markazi (Namangan shahri)
☎️ 97 427-33-77, 93 705-78-79, 94 845-20-20
✍️ @Online_VTS

“INTELLECT_UZ” o’quv markazi (Farg’ona shahri)
☎️ 99 323-65-09
✍️ @davron0904

“Best Education” o’quv markazi (Samarqand vil., Nurbod tumani)
☎️ 99 148-21-84
✍️ @Muxtarov_Miraziz

"IQTIDOR" o'quv markazi (Qarshi shahri)
☎️ 90 342-42-45, 88 678-58-88
✍️@Nurbek_Mahmatqobilov, @Javlon_Norqulovich

“POWERFUL SCHOOL” o’quv markazi (Andijon shahri)
☎️ 97 999-20-88
✍️ @Student_Mr_A

''Global English School'' o'quv markazi (Farg'ona vil. Qo'qon shahri)
☎️ 90 306-11-00, 95 060-11-00, 93 270-77-55
👉@rustamahad

"Hilol" ilm maskani (Samarqand vil., Bulung’ur tumani)
☎️ 93 345-56-65, 55 704-00-03
✍️ @Hilol_E

"NAVOIY" O'quv markazi (Termiz shahri)
☎️  88 240-99-98., 91 908-88-44
✍️ @Sherzodmatematik

"IELTS UP" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Jarqo'rg'on tumani)
☎️ 88 240-99-98., 93 229-91-97
✍️ @Farhod778, @Sherzodmatematik

"STUDY HOUSE SCHOOL" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Shahrisabz shahri)
☎️ 97 235-22-42., 91 643-71-33
✍️ @IkromCom

"EVEREST" O'quv markazi (Andijon vil., Buloqboshi tumani)
☎️ 93 121-07-27., 97 303-96-96
✍️ @Omatillo_Pm

"BUYUK KELAJAK" YOSH IQTIDORLILAR MARKAZI (Surxondaryo vil., Uzun tumani)
☎️ 91 512-55-53, 91 079-26-03
✍️ @Buyuk_kelajaknow

"Buxoro Inter Study" O'quv markazi (Buxoro vil., Vobkent tumani)
☎️ 91 443-18-46
✍️ @welove_math

"DREAM SCHOOL" O'quv markazi (Farg'ona vil., Quva tumani)
☎️ 91 126-59-55, 91 108-41-66
✍️ @UMAROVAHILOLA

"ALGORITM ACADEMY" O'quv markazi (Qarshi shahri)
☎️ 88 895-05-05, 99 141-05-05, 90 895-05-05
✍️

"O‘ZBЕGIM" AKADЕMIYASI (Andijon shahri)
☎️ 33 219-47-47, 33 419-47-47, 33 619-47-47
✍️ @Farhod_Domla

"EDU TIME" O'quv markazi (Farg'ona vil., Beshariq tumani)
☎️ 88 820-40-00, Qo'qon filiali: 88 821-40-00
✍️ @Azizxon2101

"Smart Academy" O'quv markazi (Andijon vil., Asaka tumani)
☎️ 88 926-77-88
✍️ @smartacademy_adnin

"Real education" O'quv markazi (Farg'ona vil., Beshariq tumani)
☎️ 94 850-19-95, 94 416-61-06
✍️ @MI18207

"Vodiy Ziyo" o’quv markazi (Namangan shahri)
☎️ 93 320-44-37, 99 087-64-87, 99 976-31-16
✍️ @Alimardon96

"CAMBRIDGE EDUCATION CENTER" O'quv markazi (Andijon vil., Qo'rg'ontepa tumani)
☎️ 50 715-18-18, 88 773-44-22
✍️@Omadxon0288

"INFINITY" O'quv markazi (Farg'ona vil., Bog'dod tumani)
☎️ 91 743-10-55
✍️ @infinity_uquv

"AL-XORAZMIY" O'quv markazi (Namangan vil., Pop tumani)
☎️ 93 701-97-74, 91 363-23-99
✍️ @Nodira_Arslanova

"Khiva Education" O'quv markazi (Xorazm vil., Xiva shahri)
☎️ 91 093-96-99
✍️ @d_djabbarov

"Beruniy" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Qarshi shahri)
☎️ 88 246-00-33, 97 808-97-87
✍️ @beruniy_school9787

“Friends school” o’quv markazi (Farg’ona shahri)
☎️ 97 555-26-26
✍️ @Friends_school_admin

"ZAMIN LIDERLAR AKADEMIYASI" o’quv markazi (Namangan shahri)
☎️ 88 258-08-00
✍️ @zamin_center

"Ziyo-Ideal" O'quv markazi (Andijon vil., Xo'jaobod tumani)
☎️ 99 328-84-37
✍️ @rustambek_aka

"Zafar ziyo" O'quv markazi (Buxoro vil., Jondor tumani)
☎️ 90 339-88-45, 94 617-92-92, 93 968-95-98
✍️ @Zafarziyoadmin

"Bilol School" xususiy maktabi (Buxoro vil., Peshku tumani)
☎️ 99 669-98-77
✍️ @bilol_School_admin

"STEAM" O'quv markazi (Farg'ona vil., O'zbekiston tumani)
☎️ 90 332-44-42, 88 206-44-42, 90 780-46-11
✍️ @Abrorjon4442

👉👉 @pmtests
👉👉 @tayyorlov_Markazlari

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

O'zbekiston qancha vaqtdan keyin rivojlangan mamlakatga aylanadi?!

Jahon banki hisobotida O'zbekiston yuqori daromadli mamlakatga aylanishi uchun 100 yil kerak bo'lishi yozilibdi. Bu degani biz tugul, biz hozir o'qitayotgan o'quvchilar va farzandlarimiz ham rivojlangan O'zbekistonni ko'rmasligi mumkin.

Ammo, biz ilm bilan tez fursatlarda taraqqiyotga erishishimiz mumkin va hozir uyg'onish davri keldi. Rivojlangan O'zbekistonni ko'rish hammamizga nasib etsin!!

Shu o'rinda bir she'rni yodga solamiz:

Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoqu g‘ayrat aylab lek irfon istamas,

O‘zga millat uchsalar hikmat topib suyi samo,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,

O‘zgalar etmoqda har kun bing sanoyi ixtiro,
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,

Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
(Hamza)

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari

🤩 Bugun, 12-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 133 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilingan. Shundan:

📍Guliston shahridagi Prezident maktabiga 29 nafar;
📍Termiz shahridagi Prezident maktabiga 22 nafar;
📍Navoiy shahridagi Prezident maktabiga 5 nafar;
📍Nukus shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar;
📍Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 35 nafar;
📍Buxoro shahridagi Prezident maktabiga 13 nafar;
📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga 23 nafar.

❗️Mavjud bo‘sh o‘rinlari haqda quyida bilib olishingiz mumkin.

📹 Kirish imtihonlarini jonli efir orqali kuzating.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Foydali ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.

30.08.2024 jum'a ma'ruzasidan parchalar

✅ Musulmonlar chet tillarini o‘rganishga targ‘ib qilinadilar. Zukko sahobiylardan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga Payg‘ambarimiz alayhissalom ibroniy tilni o‘rganishni buyurdilar. U kishi 15 kunda bu tilni o‘rganib, yahudiylar bilan bo‘ladigan yozishmalarda kotiblik va tarjimonlik qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

✅ Bugungi kunda yoshlarimiz ingliz, xitoy, rus, arab, nemis, turk tillarini bilishi ularga har jihatdan keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

✅ Ilm olishda ixlos va yaxshi niyat ham juda muhim. Ilm olishdan asosiy maqsad o‘rganganiga amal qilish, o‘zgalarga o‘rgatish, dini, yurti va odamlarga foyda keltirish, halol kasb qilish bo‘lsin.

✅ Musulmon olimlari turli tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida ham kashfiyotlar qilganki, shulardan bir qismini sizga taqdim qilmoqchimiz.

1. Abu Rayhon Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini deyarli aniq belgilagan.

2. Abu Muso al-Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo‘ldi. U kishi kashf qilgan hisoblash algoritmi hozirgi zamonaviy kompyuterlarni kashf qilishga asos bo‘lib xizmat qilgan.

3. Ahmad Farg‘oniy 861 yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan va bu qurilma hozirgacha ishlab turibdi.

4. Mirzo Ulug‘bek hukmdor bo‘lishiga qaramay, Samarqandda katta rasadxona qurdirib, o‘z davrining buyuk astronomi bo‘lgan.

5. Nyu’tonga tegishli deb hisoblab kelingan binom formulasini algebraga Umar Xayom kiritgan.

✅ Xulosa shuki, dinimiz bizga ilmning turli sohalarini o‘zlashtirishga buyuradi. Har bir kishi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lsin va shu yo‘nalishda musulmonlarga foydasi tegsin, o‘zgalarning og‘irini yengil qilsin. Shuningdek, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan har ota-ona va mutasaddilar qo‘l ostidagi o‘quvchi va talabalarni yuqorida sanalgan zotlardek tarbiya qilishga harakat qilishlari lozim. O‘z navbatida har bir o‘quvchi va talaba o‘tgan ulug‘ ajdodlarimizdan ibrat olib, kelajakda ularning xayrli ishlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi.

Ilm o‘rganish har bir musulmon va muslimaga farzdir. Demak, dunyo va oxiratiga foydasi tegadigan ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#Bizga_tanish_savol

🔷 Ilm olish yo’lida qiyinchilikka duch kelib kiyimlarigacha sotishni boshlagan talabaga do’konchi quyidagicha masxaratomuz savol beradi

⁉️ Sen o’nlab ustozlar oldida vaqtingni behuda o’tkazib o’qiyotgan barcha kitoblaringni men bir bog’ ko’katimga almashmayman. Jamlagan barcha kitoblaringni olib kel! Bir bo’chka suvga solib ilitamiz, qani ichidan nima chiqar ekan
⁉️

‼️ Yillar o’tib talaba uning savoliga javob beradi. “Men butun kitoblarimni qalbimga soldim. Qalbimdan shu sen ko’rib turgan narsalar qaynab chiqdi”..‼️

Ajoyib hikoya ekan, eshitishni tavsiya qilamiz. 👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=uaUfBVDI4tQ

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

📌 Fargʻonalik ota-onalar diqqatiga!

Farzandingiz Prezident maktabi, Al Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarda o'qishi mumkin! 🤩

Farg'ona shahrida joylashgan Friends school o'quv markazining natijalari bilan tanishing!🔥

Friends school da ayni vaqtda 2-3-4-sinf o'quvchilari uchun qabul ochiq, hoziroq bizga aloqaga chiqib, batafsil ma'lumotlarni qoʻlga kiriting:

🧑‍💻@Friends_school_admin
📞+998975552626

📍Manzilimiz: Farg'ona shahar Qomus(Beeline) ko'chasi Qishloq Sanoat qurilish banki ro'parasida.

👉@friends_school_uz

*Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel