#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
✔️ Joriy yilning 7-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/
✅portal.piima.uz saytining "Qabul 2024" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_olimpiada
🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasinig GongKong shahriga jo'nab ketdi.
📝Terma jamoa a'zolaro bilan tanishing:
✅ Davlatbek Olimov - Toshkent shaharidagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Jasurbek Rizoqulov - Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Hilola Boymuratova - Termiz shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Azizbek G'anijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Muslimbek Zaynobiddinov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz
RENESSANS OROMGOHI – IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.
Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
📣📣📣 XUSHXABAR
O’zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
✅ Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur olimpiadada yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchilari munosib ishtirok etishdi.
Medal sohiblari bilan tanishing:
🥉 Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉 Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥈 Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal,
🥈 To’lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo’lga kiritdi.
Barcha o’quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#ishchi_guruh
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, Navoiy shahar 1-son, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universiteti xodimlari Buyuk Britaniyaning QAA (Quality Assurance Agency) agentligi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro sifat nazorati dasturida ishtirok etishdi.
Dastur Londondagi Regents universitetida oʻtkazilib, unda dunyoning 17 ta davlatidan 20 ga yaqin oliygoh vakillari qatnashdi.
Ushbu dasturda ta'lim sifatini oshirish borasida nazariy hamda amaliy tajriba ulashildi.
❗️Eng faxrlanarlisi, Xalqaro sifat nazorati dasturida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti vakillari 17 davlat orasidan eng yaxshi loyiha egasi deb topildi.
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat.
Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir.
Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi.
Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.
#imtihon_2024
❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:
➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Malika Xojamuratova “ICT4Girls” qizlar olimpiadasida gʻolib boʻlgan edi.
Shu munosabat bilan oʻquvchimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva tomonidan hurmat yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, endilikda Malika Xojamuratova Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro IT qizlar olimpiadasida ishtirok etadi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!
Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.
Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.
Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.
Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.
Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!
Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.
Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.
Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;
➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari.
✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.
EKSPERTLAR:
➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI
Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.
Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan.
Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.
Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.
Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!
Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlari
#uzbekiston24
📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#Ijod_maktablari
⚡️IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BARCHA HUDUDLARDA BOʻLIB OʻTDI
Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida:
➖ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.
📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida:
➖ ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.
⌛️ Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt berildi.
📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 512 tasi ijod maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi.
🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
#uzbekiston24
📍 Qashqadaryo
viloyatidagi imtihon jarayonlari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eslatma
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI
📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;
📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;
📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;
📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_olimpiada
#IChO
📣 O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.
📝Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:
✅Rahimov Daler Rahmonovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi;
✅Muhammadov Mirjaxon Muhammadjon o‘g‘li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi;
✅Bahodirov Axror Mardonbekovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi;
✅Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o'quvchisi.
🗣Eslatib o'tamiz o'tgan yili 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO)o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xorijiy_hamkorlik
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun bilim va malakalarini oshirish boʻyicha onlayn trening oʻtkazilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda Fransiyaning AGIRabcd xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tizimdagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish treninglari tashkil etilmoqda.
Treninglar davomida AGIRabcd professor-oʻqituvchilari pedagoglarimizga xorijiy tilni oʻqitishga oid metodik tavsiyalar bermoqda, yangi pedagogik koʻnikmalar bilan boʻlishmoqda.
Treningdan koʻzlangan maqsad, tizimdagi fransuz tili oʻqituvchilarini kasbiy rivojlanishlariga koʻmaklashish va maktablarda mazkur xorijiy tilni ikkinchi til sifatida oʻqitishda samaradorlikni oshirishdir.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:
➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Matematika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Angliyaga jo’nab ketdi.
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
✅Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
✅G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
✅Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.
Terma jamoamiz a'zolariga omad yor bo'lsin!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi
Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.
❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda
⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:
⏺ Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi
⏺ Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati
⏺ Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Oʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
⏺ O‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlari
⏺ O‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школы
⏺ O‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi
⏺ UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi
⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati
⏺ UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati
⏺ UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi
⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda
⏺ UzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi
⏺ Qaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp ótti
⏺ Samarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda
⏺ Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari
⏺ Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi
⏺ Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы
⏺ Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi
⏺ Toshkent | Первый этап экзаменов пройден
⏺ Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari
⏺ Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati
⏺ Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
✅ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi!
Unda:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;
➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi.
✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#imtihon_2024
⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI
📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari hududlarga masʼul etib belgilangan Agentlik xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi
#10july #uzbekiston24
00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xorijiy_hamkorlik
Ayni damda Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi hamkorlik bo‘yicha 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov va Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar, xususan STEAM markazlarini tashkil etishda aloqalar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehmonlar Buxoro shahridagi Prezident maktabi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar yutuqlari bilan tanishishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.
Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Boku Yevropa litseyida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Boku shahridagi A.Huseynzade nomidagi 20-sonli maktab-litseyda ham boʻlib, muassasa faoliyati, oʻquvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishildi.
Delegatsiyaning Ozarbayjonga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
❓Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?
✅ JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.
Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.
Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.
Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.
❓Nega qalam talabi qo‘yilgan?
Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.
Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.
👉 @xushnudbek 👈
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️MUHIM ESLATMA
📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.
📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:
📍MANZILLAR ROʻYXATI
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal