onlineonatili | Неотсортированное

Telegram-канал onlineonatili - ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

7644

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ! Onlayn dars : @onlayndarsnatijalarim Badiiy asar: @badiiyasartest Hamkor: @grammarnotes

Подписаться на канал

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Tirening ishlatilishi
(davomi)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida sabab - oqibat, asos-xulosa munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️Sen borsan - men uchun bu hayot go'zal, Sen borsan - men uchun dilbar koinot. (A.Oripov)
◽️Endi nima bo'lib shundoq bo'lganini aytib o'tirishga fursatim yo‘q - idorada odamlar kutib o‘tiribdi. (A.Qahhor)
◽️Uyda qadam bosgani joy yo‘q - hamma yoq o'yinchoq. (Sh.Boshbekov)
◽️Keyingi kunlarda daryo qirg'og'ini chumchuq bosib ketdi - kanal miroblari suvi chekinib, ochilib qolgan orolchalarga sholi ekishgan. (S.Ahmad)
◽️Qarasam, oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapti - oyim o'g'irda tolqon qilyapti. (0 ‘.Hoshimov)
◽️Narigi tomonda taraq-turuq boshlandi - quruvchilar ishga tushdilar. (NJaloliddin)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

barcha sinflar quiz testlari :

👉5-sinf

👉6-sinf 1-qism
👉6-sinf 2-qism
👉7-sinf
👉8-sinf
👉9-sinf
👉10-sinf 1
👉10-sinf 2
👉11-sinf

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Tutuq belgili paronimlar testi
👉/channel/onlineonatili/6856

Ma‘no ko‘chish turini top
👉/channel/onlineonatili/6666

Ma‘no ko‘chish turini top 2
👉/channel/onlineonatili/7088

Rasmli testlar
👉/channel/QuizWithOtabek/23

Lug‘atlar testi
👉/channel/QuizWithOtabek/18

👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

👨🏻‍💻 Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Majburiy fan:

1️⃣ Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Tirening ishlatilishi
(davomi)


📌Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida zidlash, qarshilantirish munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan :

◽️ Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo'yab ko'rdi - yulduzlar o'z rangida xira miltillab turaverdi. (A.Muxtor)
◽️ It huradi - karvon o'tadi. (Maqol)
◽️Jismimiz yo'qolur- o'chmas nomimiz.


📌Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida shart munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan :

◽️Birovga ayta ko'rmang - ikkovimiz ham baloga qolamiz. (S.Ahmad)
◽️To'g'ri bo'ling - bexavotir bo'lasiz. (Maqol)
◽️Qo'shning tinch - sen tinch. (Maqol)
◽️Odamlarni biriktir - har birining yuragida bo'ron qo'zg'aladi. (Oybek)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Tirening ishlatilishi
(davomi)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida o'xshatish munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️Hamal keldi - amal keldi. (Maqol)
◽️Qor yog'di - don yog'di. (Maqol)
◽️Yulduz o'chadi - Yo'qlik dunyosiga ko'chadi. (A.Muxtor)


📌 Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida savol javob munosabati ifodalanganda, shuningdek, faqat birinchi qismi savoldan iborat bo'lganda, ular orasiga tire qo'yiladi
.

🔻Masalan:

◽️Atrofda nima ko'p - kimyo zavodlari ko'p. (H.Shayxov)
◽️Yetimlik nima - mendan so'rayver. (Sh.Boshbekov)
◽️Xayolidan ne o'ylar o'tdi - yolg'iz xudoga ayon. (Sh.Boshbekov)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​#Paronim vaqti
#N #O harflari:

🔷Nav –turi, xili
🔶Nov – tarnov

🔷Nar – qush erkagi
🔶Nor – tuya turi

🔷Nasha – narkotik
🔶Nash’a –lazzat,

🔷Naq – xuddi, ayni
🔶Naqd – puli darhol
to‘lanadigan

🔷Nufuz – obro’, e’tibor
🔶Nufus – aholi

#O

🔷Olu – olxo‘ri
🔶Oluv – olish

🔷Ora – o‘rta
🔶Oro – pardoz

🔷Oxir – chegara,
🔶Oxur – hayvonlarga
yem solinadigan joy

🔷Oqlik – oq ranglik
🔶Oqliq – sut mahsulotlari

🔷Orasida – o‘rtasida,
🔶Orasta – bezatilgan, yasatilgan

🔷Oqim – jarayon
🔶Oqin –baxshi

🔷Os – kiyim osmoq
🔶Oz – kam


❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​​#paronim vaqti
#k #l #m harflari:

#K
🔷Kovush – kalish
🔶Kavsh – chaynamoq

🔷Kazak – xalq
🔶Qozoq - xalq

🔷Kampaniya – ma’lum ishlar tizimi
🔶Kompaniya – korxona, birlashma

🔷Kaft – qo‘lning qismi
🔶Kift – yelka

🔷Kat – yog‘och karavot
🔶Kart – kart dumba

🔷Karta – atlas
🔶Qarta – qazi

🔷Kvadrat – teng yoqli to‘rtburchak
🔶Kvadrant – doiraning choragi

🔷Kontakt – aloqa,
🔶Kontrakt – shartnoma

🔷Kuyindi – kuyishdan qolgan iz
🔶Kuyundi – kuyunmoq

#L
🔷Lahm – suyaksiz
go‘sht
🔶Lahim – yer osti yo‘li

🔷Lop – birdan
🔶Lof – mubolag‘a

#M
🔷Matal – hikmatlar
🔶Ma’tal – kutib qolgan, muntazir

🔷Mahal – payt
🔶Mahol – qiyin

🔷Milk – tishning
yuqori qismi
🔶Mulk - boylik 

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik
ustama olish uchun nomzodlarni 1-bosqich test sinovlari orqali saralash
boʻyicha REGLAMENT

👉
2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 etib belgilandi!

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

❗️Abituriyentlar uchun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Aslida aytarli katta o‘zgarish bo‘lmadi, asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan shu metodikaga asoslangan va mana bu postda bu haqida qisqa ma'lumot bergan edim.

Ko‘pchilik kanallar "Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi" deb yozishdi. Umuman olganda bu to‘g‘ri xabar, ammo biroz masala mohiyati ochib berilmagan.

Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap shu. Vahima qiladigan yoki ortiqcha xursand bo‘ladigan joyi yo‘q, shunchaki baholash metodikasi o‘zgaryapti xolos.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​#Paronim vaqti
‘‘D‘ harfi

🔷Davo – dori-darmon
🔻Da’vo – arz, talab

🔷Davr – vaqt oralig‘i
🔻Dovur – ot
yopinchig‘i

🔷Dakki –tanbeh
🔻Daqqi – holdan toygan

🔷Dadil – dovyurak
🔻Dalil – isbot

🔷Dala – ekinga joy,
🔻Dara – tog’dagi jarlik

🔷Darz – yoriq,
🔻Dars – mashg‘ulot,

🔷Daha – shaharning ma’muriy bo‘lishi
🔻Daho – kuchli zehn

🔷Devon – shoirning she’rlari to‘plami
🔻Divan – mebel turi

🔷Diplomat – davlat xizmatchisi
🔻Diplomant – diplom yozuvchi kishi

🔷Dub – daraxt
🔻Dup – tovushga taqlid bildirgan so‘z

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bugun attestatsiya uchun guruhimizda 3- dars bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shiling 👉 @Otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

ATTESTATSIYAGA HUJJAT TOPSHIRISH BOSHLANDI.

DARSLARIMIZGA QO‘SHILING

BATAFSIL👉/channel/onlineonatili/16683

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Milliy sertifikat test kalitlari:

1.d   2.b   3.a   4.b   5.d   6.c   7.c   8.b   9.a   10.b   11.b   12.b   13.b   14.b   15.b   16.a   17.d   18.c   19.d   20.c   21.d   22.b   23.c   24.a   25.b   26.b   27.b   28.b   29.c   30.a   31.b   32.d   33.d   34.a   35.e  

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Aziz ustozlar, ertadan attestatsiya uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Shu sababli tayyorgarlikni boshlang. Bizning guruhga qo‘shiling. 2 dars o‘tildi! Bemalol yetib olishingiz mumkin hali.

Batafsil 👉/channel/onlineonatili/16683

Murojaat : @Otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Hammasi kichik orzulardan boshlanadi.

Ushbu bolakayni ko‘rgach, 2 ta o‘quvchiga velosipedda borganim esimga tushib ketdi.)

Orzu qilishdan to‘xtamang.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

✅ ONA TILI grammatikasidan va badiiy asarlardan bepul kanal qidiryapsizmi?
Bizning kanal aynan siz uchun.
❇️ Attestatsiyaga tayyorlanuvchilar uchun
❇️ Bepul grammatika
❇️ Esse bo'yicha tavsiyalar
❇️ Matn bilan ishlash
❇️ Badiiy asarlardan mutlaqo bepul savol-javob
❇️ G'azal tahlili
❇️ Haftada bir diagnostik test tahlili
✅ Badiiy asarlardan 11-asar tugamoqda

✅Shoshiling, tezda qo'shilib oling.

🗽Mutlaqo TEKIN

🔰Darslarni minglab shogirdlarga ustozlik qilgan oliy toifali pedagog, "Yosh kitobxon oila" tanlovi g'olibi Abdullajon Niyozmatov olib boradi

Bizning  kanalimiz   havolasi

@milliysertifikatimizonatili
👆👆👆👆👆👆👆

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​#paronim vaqti

#z va #sh

🔷Zirak – quloq bezagi
🔶Ziyrak – aqlli

🔷Zafar – g‘alaba
🔶Za’far – sap-sariq rang

#Sh
🔷Sha’n – obro’
🔶Shon- shuhrat

🔷Sharaf – obro’
🔶Sharob- may

🔷Shahid- to’g’ri ish uchun o’lgan
🔶Shohid – guvoh

🔷Sher – hayvon, arslon
🔶She’r – vazn, qofiyali kichik badiiy asar

🔷Shox – daraxt yoki hayvon shoxi
🔶Shoh – podsho

👉@onineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Attestatsiya darslarimiz davom etmoqda. Darslar qizg‘in tusga kirgan. Bizning safimizga qo‘shiling. Darslarni avval ko‘rmoqchimisiz? Albatta, murojaat qiling. Namuna darslar beriladi!

@Otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#OMONIM vaqti


#f harfi

🔷Farq(ot) ajratilgan sochning ortasi
🔶Farq (ot) oxshashsizlik, tafovut

🔷Fokus (r<lot) (ot) fiz singan nurning
kesishuv nuqtasi
🔶Fokus (r<lot) (ot) koz ilgamas
chaqqonlik bilan harakat qilish asosidagi oyin

🔷Fon (r<fr) (ot) surat olinadigan
narsaning orqa plani
🔶Fon (r<grek) (ot) tovush balandligi
darajasi

🔷Fe’l (ot) soz turkumi nomi
🔶Fe’l (ot) xulq-atvor, xarakter

🔷Feodal (r<lot) (ot) katta yer egasi
🔶Feodal (r<lot) (sif.) zulmkor

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️10-yanvardan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustozlar bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-yanvardan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#eslatma

✅ Chet tillaridan yanvar oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 2 kun qoldi
(21-yanvar) (my.gov.uz)

Kimyo va Geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 10 kun qoldi
(28-yanvar) (my.uzbmb.uz)

💻 Chet tillaridan fevral oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 16 kun qoldi
(3-fevral) (my.gov.uz)

💻 Biologiya va qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 17 kun qoldi
(5-fevral) (my.uzbmb.uz)

❇️ Chet tillaridan fevral oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 29 kun qoldi
(17-fevarl) (my.gov.uz)

❇️ Biologiya va qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 36 kun qoldi
(25-fevral) (my.uzbmb.uz)

💻 Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 37 kun qoldi
(26-fevral) (my.uzbmb.uz)

💻 Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 51 kun qoldi
(11-mart) (my.uzbmb.uz)

❇️ Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 57 kun qoldi
(17-mart) (my.uzbmb.uz)

❇️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 78 kun qoldi
(7-aprel) (my.uzbmb.uz)

💻 Matematika va rus tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 79 kun qoldi
(8-aprel) (my.uzbmb.uz)

❇️ Matematika va rus tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 98 kun qoldi
(28-aprel) (my.uzbmb.uz)

💻 Kimyo va geografiya fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 100 kun qoldi
(29-aprel) (my.uzbmb.uz)

❇️ Kimyo va geografiya fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 120 kun qoldi
(19-may) (my.uzbmb.uz)

👉 bbasirdaryo

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

9-sinflar uchun savollar:

1.Yovuzlik ham o‘rgimchakning to‘ri kabidir. O‘rgimchakning to‘riga pashsha ham, uni quvlab kеlgan ari ham ilinib qolavеradi. Ushbu o‘xshatish qaysi asarga mos?

2.Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan,
davron suraylik“ qo‘shig‘i bilan yakunlangan asar  qaysi?

3.JANGDA O‘LGAN EMAS BIROR BAHODIR, ularni nima o‘ldirgan?

4. Uning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston  davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. U kim?

5.Amir Tеmur tajribali hukmdor 
va o‘ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlar deb nima(lar)ni aytadi?

6.Mеn shahri Kеshdan. Otam sizga sarboz bo‘lgan.Dеhli jangida shahid kеtgan,Bugun mеning o‘zim sarbozman. Ushbu qahramon kim?

7. U xalqini dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirgan. 
U Dantеning “Ilohiy komеdiya” asari, L. Ukrainka, T. Shеvchеnko,  N. Nеkrasov, Q. Quliyеv, R. Hamzatov singari atoqli shoirlar asarlarini o‘zbеkchaga o‘girgan. Kimligini toping

8. U zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi vakillaridan biri. She’riyatning turli janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod 
qilayotgan shoir tuyg‘ularining samimiyligi, tilining shiradorligi, ifodasining ta’sirchanligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. U kim?

9.‘‘Avvalgilarg‘a o‘xshamas” g‘azali muallifi kim?


10.O‘quvchilik yillaridayoq she’rlar yoza boshlagan va o‘ziga xos iste’dodi, ifoda tarzining bo‘lakcha tarovati bilan  Sharof Rashidovday ulkan arbob va ijodkorning e’tiboriga tushdi. U kim?

11.O‘n uch yoshida ta’til chog‘i g‘isht zavodiga ishga kiradi. Tajribali ishchilardan g‘isht quyishni o‘rganib olgach,  kеlasi yili hovlidagi pastqam eski dеvorlarni buzib, o‘rniga oldida 
havoli ayvoni bo‘lgan ikki xonali uy quradi. U kim?

12.Bizning oilamizda hech kim san’at yoki adabiyot bilan shug‘ullanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo‘lishgan. Men o‘qigan qishloq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o‘qituvchisi yo‘q bo‘lsa, 
o‘rniga ashula darsi o‘tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko‘pincha shu tarzda „o‘qitilardi.  Kim haqida?

13.Qo‘chqor tilidan  eng ko‘p ishlatilgan so‘zni yozib bering.

14.“Hamlet” fojiasi juda mashhur. Bu asar  ilk bor XX asrning 30- yillarida kim tomonidan o‘zbekchalashtirilgan?

15.Qishloqdagi eng savodli 
erkak sifatida endigina o‘n to‘rt yoshiga to‘lganiga qaramay qishloq 
kеngashi kotibi, so‘ng soliq yig‘uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi. U kim?

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​​#Paronim vaqti
E,F,G,I,J harflari

🔷Egarlamoq – egar solmoq
🔻Egallamoq –bo’ysundirmoq

🔷Ellik – son
🔻Enlik – ikki enlik

🔷Esiz (attang, afsus)
🔻Essiz – esi yo‘q,

🔷Etmak – nisholda o’simligi
🔻Etmoq – demoq

#F
🔷Faqir – kambag‘al
🔻Paqir – chelak

#G
🔷Ganj – boylik, xazina
🔻Ganch –alebastr

🔷Go’sh – quloq
🔻Go’sht – et

#I
🔷Ijodiy- ijodga oid
🔻Ijobiy – yaxshi

🔷Ilk – avvalgi
🔻Ilik – suyakdagi yog’

🔷Indamoq – jim turmoq
🔻Undamoq – biron ishga chaqirmoq

#J
🔷Jazlik –bir ovqatga loyiq jaz
🔻Jazliq – ot asbobi

🔷Jiyron- qizg’ish tusli ot
🔻Jayron – kiyik turi

🔷Jodi – o‘t qirqadigan asbob
🔻Jodu – sehr

🔷Juda – eng, g‘oyat
🔻Judo – ayriliq

Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Milliy uchun imlo testi rukni davom etadi. Harflar soni ko‘paymoqda. Ishlang. Keyin afsuslanib qolmang.

Ch harfi 1
sh harfi 1
sh harfi 2
O‘ harfi
Z harfi
Y harfi
X harfi
V harfi
U harfi
T harfi
A harfi 1-variant
A harfi 2-variant.
E harfi
B harfi 1-variant
B harfi 2-variant
D harfi
D harfi 2
F harfi
L harfi
M harfi
Q harfi

ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 1
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 2
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 3
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 4
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 5
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 6

Tavsiya asarlardan test:
👉Hayotga muhabbat 1-variant
👉Hayotga muhabbat 2-variant
👉Hellados
👉Dunyoning ishlari 1-variant
👉Dunyoning ishlari 2-variant
👉Ruhlar isyoni 1
👉Ruhlar isyoni 2
👉Ruhlar isyoni 3

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Tirening ishlatilishi
(1-holat)

📌Ot kesim ot, son, olmosh, harakat nomi, taqlidiy so'zlar yoki ular hokim bo'lgan so'z birikmalari bilan ifodalanib, bog'lamasiz qo'llanganda, ega va kesim orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️Ulug' ustozlarim so'zi  — qoida. (LMirzo)
◽️Uyqu — umrning tanobi! (Cho'lpon)
◽️ Samarqand   — olamning sayqali, ko'rki. (I.Mirzo)
◽️Bu  — hayvonlarga xos xislat. (H.Shayxov)
◽️Dunyo go'zali  — sen, qadoqqo'l singlim. (LMirzo)
◽️ Ikki o'n besh  — bir o'ttiz. (Maqol)

❗️Ammo ot kesim inkor shaklida (ya'ni undan keyin inkor ifodalovchi emas so'zi kelgan) bo'lsa, ega va kesim orasiga tire qo‘yilmaydi.

Masalan :

◽️Harqalay, er xotinning yugurdagi emas. (A.Mamarasulov)
◽️Salim Karimovich yomon odam emas. (O.Yoqubov)


👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🎲 Тест «Attestatsiya sinov testi. Natijangizni hoziroq aniqlang. @onlineonatili»
Ushbu testni ishlashdan oldin /channel/onatiliustozi kanaliga a‘zo bo‘lish kerak
🖊 40 вопросов · ⏱ 45 сек

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️ #Paronim vaqti
‘ B ‘ harfi
🔷Bad – yomon,
🔻Ba’d – keyin, son’g

🔷Badnafs – ochko’z
🔻Badnafas – nafasisovuq

🔷Bayon – yozma ish
🔻Bayan – musiqaasbobi

🔷Bazur –bemalol
🔻Bazo‘r – zo‘rg‘a

🔷Bakor – koriga yaramoq
🔻Bekor – ishsiz

🔷Bal – raqs kechasi
🔻Ball – baho birligi

🔷Bandi – asir
🔻Banda - mafiya

🔷Band –mashg‘ul
🔻Bant – sochga taqiladigan lenta

🔷Bank – pul muassasasi
🔻Banka - idish

🔷Barda – aroq pishirganda chiqadigan quyqa
🔻Bardi - o’simlik

🔷Barmoq – a’zo
🔻Bormoq – borish

🔷Beton - qorishma
🔻Bidon- idish

🔷Biyron – so‘zamol,
🔻Biron – biror

🔷Bikr – iffatli qiz,
🔻Bikir – pishiq,

🔷Birov – kimdir
🔻Burov – burash, buramoq

🔷Bob – kitob qismlari
🔻Bop – munosib

🔷Bod – kasallik
🔻Bot – tez, botmoq

🔷Borlik – mavjudlik
🔻Borliq – mavjudot

🔷Boshda – avval
🔻Boshida – yonida,

🔷Bog‘li – bog‘i bor
🔻Bog‘liq – bog‘langan

🔷Boq – qaramoq
🔻Bog’ – mevazor

🔷Bud – bor-yo‘q narsa
🔻But – bekamu ko‘st

🔷Burj – 12 ta yulduz turkumi
🔻Burch – majburiyat

🔷Burish – burmoq
🔻Burush - yuzdagi ajin

🔷Buril – burilmoq
🔻Burul – xoldor (ot)

🔷Burg‘i – parma
🔻Burg‘u – qadimgi cholg‘u asbobi

🔷Buqa – erkak mol
🔻Buq’a – hujra

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

30 talik test

To‘g‘ri javoblar:
1.d   2.d   3.c   4.b   5.c   6.c   7.b   8.a   9.c   10.a   11.c   12.d   13.d   14.d   15.b   16.b   17.a   18.b   19.c   20.a   21.a   22.c   23.b   24.c   25.b   26.c   27.b   28.d   29.c   30.d  

Testda qatnashganlarga rahmat...
😊😊😊

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

MILLIY SERTIFIKAT NAMUNA

Test muallifi:
Abdullajon Niyozmatov


Fan: ONA TILI VA ADABIYOT.
Savollar soni: 35 ta
Test kodi: 92776

⏰Test boshlanish vaqti  20:00
⏰Test tugash vaqti         22:00

Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

92776*abcdabcd...
yoki
92776*1a2b3c4d5a...

☝️ Do‘stlaringizni ham taklif eting

👉 @yigitaliyev_akademiyasi

@onlineonatili

Читать полностью…
Подписаться на канал