#fotofakt
Bu rasmlarning avvali bor keyinini kutib qolamiz!
Bu fuqarolarning loqaydligimi, mutasaddilarning e’tiborsizligimi bilmadik, biroq, mahalla ayni damda shu ahvolda.
Rasm Oxunboboyev mahallasidan olingan.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
✨Ohangaron shahrida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" kompaniyasi doirasida o'tkaziladigan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" aksiyasiga start berildi.
✨Ohangaron shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari "Biz zoʼravonlikka qarshimiz" aksiyasi doirasida "Shahrimizda zoʼravonlikka yoʼl yoʼq" shiori ostida chellenjni boshlab berdi. Barchangizni ushbu chellejda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Tabriklaymiz
✨Bugun Toshkent viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Ohangaron shahar sho'basi bosh mutaxassisi Erkaboyev Fariddin Adim o'g'lining tavallud ayyomi!
✨Fariddin Erkaboyev, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog‘lik doimiy hamrohingiz bo‘lsin!
✨Shahrimiz sanoatining rivoji, yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
Sessiya o‘z ishini boshladi.
Sessiya kun tartibidagi asosiy masalalar quyidagicha:
-Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining doimiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash to'g'risida;
-Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashida ish yuritish bo'yicha yo'riqnomani tasdiqlash to'g'risida;
- Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati to'g'risida
nizomni tasdiqlash haqida.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Bunyodkorlik
Ohangaron shahar hokimligi hamda "Xonobod" MFY mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-sonli qarori asosida “Xonobod” MFYda olib borilayotgan oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davomida aholi o‘rtasida tushuntirish va yaratib berilayotgan qulayliklar tushuntirilib, qurilish tashkiloti mas'ullariga amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar xususida ko‘rsatmalar berildi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Faol nuroniylar har oy rag'batlantiriladi
#Yashil_makon
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini go‘zallik deb qo‘y.
Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.
Suratda: Ohangaron shahar No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY yoshlari!
Siz-chi? Siz ham bog‘ingizga nihol ekdingizmi? Farzandlaringiz, nabiralaringizga maqtangulik nimalar qoldirayapsiz?!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Mulohaza
Kitob o‘qiydigan va o‘qimaydiganlar:
1. Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.
2. Qancha ko‘p kitob o‘qisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.
3. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob o‘qiydiganlar va kitob o‘qiydiganlarning og‘ziga qarab yuradiganlarga bo‘linadi.
4. Kishi aqlli bo‘lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. O‘sha o‘ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o‘qib chiqishi kerak bo‘ladi.
5. O‘rta hol insonlarning uyida katta televizori bor. Boylarning uyida esa, katta kutubxona.
Tohir Malik
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
So‘rovnomada faol bo‘lgan barchaga rahmat! Hududi jihatdan kichik bo‘lgan shahrimiz uchun yaxshi natija!..
Читать полностью…#Sektor_rahbarlari_faoliyatidan
Maktabingiz mavsumga shaymi: poliklinikada nima gaplar?
⚡️ Ohangaron shahar IIB boshlig'i podpolkovnik J.Tilyaboyev 3-sektor hududida joylashgan 3-maktab binosiga borib, binodagi muammolarni o'rganish bilan birgalikda qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha issiqlik tizimlarini ko'zdan kechirdi.
➖O'rganishlar davomida
J.Tilyaboyev 3-sektor hududida joylashgan ko'p tarmoqli poliklinikaga tashrif buyurib, binodagi muammolarni o'rgandi hamda tibbiyot xodimlarini aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilishi bo'yicha topshiriqlar berdi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#bildirish
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2-sessiyasi chaqirildi.
2024-yil 28-noyabr kuni soat 10:00 da sessiya o‘z ishini boshlaydi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Yoshlar_tashabbusi
OBOD SHAHRIM-MENING FAXRIM!
Ohangaron shahar "O'ZBEKISTON BOLALAR TASHKILOTI" sardorlari tashabbusi...
Ohangaron shahar 3-maktab sardorlari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda "Obod shahrim- mening faxrim" shiori ostida maktab atrofida hashar uyushtirishdi.
Barcha yoshlarimizni shahrimizni toza hududga aylantirishda va ularning mehnatini qadrlashda faol bo'lishga chorlaymiz!
Biz Vatan ravnaqiga, shahrimiz obodligiga o'z hissamizni qo'shamiz.
Siz-chi?
Sizlar ham mehnatkash insonlar mehnatini qadrlaysizmi?!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 290 dan ortiq Davlat mulkini ijaraga oling!
🔹Angren shaharida 141 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 5 ta (Ko'rish)
Barchasini ko'rish
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Aziz hamshaharlar! So‘rovnomada faol bo‘ling! Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyevga ovoz berib, hududimizdagi eng yaxshi hokimni aniqlashda yordam bering! Ozgina vaqtingizni va quntingizni ayamang! Belgilangan kanallarga a’zo bo‘lib, ovozingiz ro‘yxatdan o‘tganiga ishonch hosil qiling! Qani, boshladik...
Читать полностью…#Diqqat_bildirish
⚡️26-noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Ohangaron shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishli 6 kv elektr uzatish tarmoqlarida va qurilmalarida joriy ta’mirlash, havo tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan shahardagi No‘g‘oyqo‘rg‘on, Xonobod, Guliston, Yangiobod MFYlarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Ohangaron shahar elektr ta’minoti korxonasi.
Murojaat uchun tel: 70-645-32-00
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Obodlik
Kuz faslining so‘nggi yaproqlari ariqlarni tark etmoqda!
Kafolat boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#o‘rganish
✨Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari 5-umumta’lim maktabidagi qo‘shimcha o‘quv binosini qurilish ishlari jarayonini o‘rgandi.
🖇Deputatlar qurilish firmasi, maktab rahbari bilan qurilish jarayonini samarali va sifatli tashkil etish yuzasidan suhbatlashdi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#sessiya
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidagi Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining doimiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash to'g'risidagi, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashida ish yuritish bo'yicha yo'riqnomani tasdiqlash to'g'risidagi, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati to'g'risidagi
nizom deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#sessiya
Yaqin fursatlarda Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
⚡️ Joriy yilning 26-noyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” saroyida, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Ushbu ko‘rik-tanlovda Toshkent viloyati nuroniylari nomidan ishtirok etgan Yangiyo‘l tumani “Registon” MFY nuroniy onaxon Saida Mamajanova faxrli I-o‘rinni egalladi.
⚡️ Tadbirda 20 nafar shahrimiz nuroniylari faol qatnashib, viloyatimiz vakillarini qo‘llab-quvvatladilar.
Nuroniylarimiz shahrimiz hokimi M.Rajabboyevga va homiylik yordamini ayamagan “Ipoteka bank” va “Biznesni rivojlantirish bank” filiallari rahbar xodimlariga minnatdorchilik bildirib qoladi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
⚡️Ватанпарвар, ўз ишининг моҳир эгаси сифатида – хорижда ишлаш ниятида бўлган ва ишлаётган юртдошларимиз тақдирига бефарқ бўлмасангиз, танловда Сизнинг имкониятингиз юқори!
Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг мавжуд вакант лавозимларига Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги (АРГОС) порталида очиқ танлов эълон қилинди.
Имкониятларингизни синаб кўринг!
◾️ Инсон ресурсларини ривожлантириш ва бошқариш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8047
◾️Хорижда ишлаш истагида бўлган фуқароларни ҳисобини юритиш бошқармаси бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8063
◾️Кетишдан олдин тайёрлаш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8062
◾️Халқаро алоқалар бошқармаси бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8050
◾️Халқаро ҳамкорлик ва протокол бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8051
◾️ Хорижда ишловчиларни мониторинг қилиш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8052
◾️Фуқароларни чет тилларига ўқитиш ва хорижий давлатларда ишлашга мақсадли тайёрлаш маркази бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8053
◾️ Хорижий иш берувчилар билан ишлаш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8054
❗️Номзодга қўйиладиган талаблар билан Аргос платформаси орқали танишишингиз мумкин.
@uzmigration
#Bildirish
#bunyodkorlik
A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahri hududidan o‘tgan qismida, ya’ni, 133,7 km.da yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagini qurish belgilangan va mazkur obyekt
qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
A-373 avtomagistral yo‘lining 133,66 km.dan 133,74 km.gacha bo‘lgan
qismidagi metall-bordyurning ikki tomon harakatlanish yo‘li asosiy yo‘laklari harakati piyodalar o‘tish yo‘lagining asosiy tayanch ustuni qurilishi ishlari yakunlanguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatilishi belgilangan.
Avtotransport vositalarining tizimli va xavfsiz harakatlanishini
ta’minlash maqsadida A-373 avtomagistral yo‘liga parallel qurilgan yordamchi yo‘ldan foydalanilishi maqsadga muvofiqdir.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#jarayon
Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda...
🔥Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazilmoqda.
Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar, yong'inlar, is gazidan zaharlanish holatlari, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida aholi yashash xonadonlari, ko'p qavatli uylarida tushuntirish, targ'ibot-tashviqot ishlari va tekshiruvlar amalga oshirilib kelinmoqda.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Сўровнома_2024
СЎРОВНОМА НАТИЖАСИ БИЛАН ТАНИШИНГ!
🤔Энг фаол ҳокимлар ўртасида ўтказилган сўровнома ўз якунига етди. Топ – 3 натижа эса қуйидагича:
🥇 ўрин: Алишер Райимов – 1 523 та овоз (Ангрен шаҳри);
🥈ўрин: Қобил Хамдамов – 1 257 та овоз (Олмалиқ шаҳри);
🥉ўрин: Музаффар Ражаббоев - 1 108 та овоз (Оҳангарон шаҳри).
✈️ @qurama_market
#obodlik
Ohangaron shahrida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va chiqindilarni olib chiqish masalalari bo'yicha aholi o'rtasida murojaat va e'tirozlar ko'payib borayotganligi, bunga tegishli mas'ul tashkilotlar tomonidan befarqlik va loqaydlikga yo'l qo'yilayotganligini inobatga olib, 3-sektor IIB boshlig'i o'rinbosarlari va shahar hokimi o'rinbosari, tegishli tashkilotlar ishtirokida tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda mahalla va hududlarni obodonlashtirish ishlarini olib borish, chiqindilarni olib chiqib ketish uchun xizmatlarni bajaradigan mas’ul tashkilotlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
2024-yil 4-yanvardagi 5-sonli farmonining 8-ilovasida belgilangan vazifalarni bajarishda hamda mahalla yettiligi jamoatchilikni ham jalb qilishda faol bo'lishi bo'yicha aniq maqsadli ishlar belgilab olindi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Yashil_makon
#Mavsum
✨Tezkor xizmati-11, Kelajak kompaniyasi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan shahrimizdagi mahallalarga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#onatilimfaxrim
✨“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘aldir. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”
Pereval emas - DOVON!
Kuxnya emas - OSHXONA!
Spalnya emas - YOTOQXONA!
Dvor emas - HOVLI!
Lesnitsa emas - ZINA!
Dom emas - UY!
Koridor emas - YO‘LAK!
Trotuar emas - YO‘LKA!
Perekryostka emas - TO‘RTKO‘CHA, CHORRAHA!
Povorot emas - BURILISH!
Razvorot emas - QAYRILISH!...
⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#kun_mulohazasi
Odamning baxti yoki hayotdan qoniqishi uning boyligiga qanchalik bog‘liq?
Baxt uchun ma’lum darajada boylik bo‘lishi kerak, albatta. Lekin pul - bu yagona omil emas! Yana bir omil borki, ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi - bu kutilma.
Har bir insonning hayotdan o‘z kutilmalari bo‘ladi. Masalan, ikki kambag‘al odam - daromadi bir xil, turmush sharoiti bir xil. Ammo kutilmalari turlicha. Biri ko‘proq xohlaydi, boshqasi kamroq. Kutilmasi ko‘p odamning o‘z turmushidan noroziligi ham ko‘proq bo‘ladi.
Kutilmaning ko‘p yo kamligi inson o‘zini kimlarga solishtirishi bilan belgilanadi. Odatda kutilmasi ko‘proq kambag‘al o‘z turmushini nisbatan boyroq odamnikiga qiyoslaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar kambag‘allarning boylar hayotidan xabardorlik darajasini oshirdi. Ilgari ular mahallasidagi biror boyga o‘zini qiyoslardi, hozir “Instagram”da hayotini ko‘z-ko‘z qiluvchi istalgan boyga qiyoslashi mumkin. Oqibatda kutilmalar avvalgiga nisbatan ortgan.
Odamning o‘rtacha turmush darajasi o‘sishi kutilmaning o‘sishidan ortda qolsa, u o‘zini baxtsiz his qilaveradi, garchi hayoti yaxshilanib borayotgan bo‘lsa ham. Qachonlardir internet tezligi 20 Mb bo‘lganda ham, "Jiguli" mashinasi boʻlganda ham odamlar xursand bo‘lar edi, hozir bu kam.
Boyroq davlatlarda odamlar o‘zini baxtsizroq his qilishi sababini kutilma bilan ham o‘lchash mumkin.
Kutilmalarning yuqorilashi jamiyatning umuman rivojlanishi uchun yaxshi, odamlar ko‘proq talab qiladi, kattarog‘iga intiladi va o‘sish bo‘ladi. Ammo bu alohida shaxslarning ruhan zo‘riqishi hisobiga ro‘y beradi.
O‘zingizni baxtsiz his qilsangiz, o‘ylab ko‘ring: hayotingiz rostdan ham yomonlashdimi yoki kutilmalaringiz o‘sdimi?
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Cўровнoма
"ҚУРАМА МАРКЕТ" СЎРОВНОМАСИ
🇺🇿Ҳудудингиздаги энг яхши ҳокимни аниқланг!
💬 @qurama_market
#Jarayon
Ohangaron shahar hokimligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
✨Yig‘ilishda “Yashil makon” dasturiga muvofiq shaharda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Mavsum tugagunga qadar, shahar hududiga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini
o‘tqazish lozimligi belgilab berildi.
🖇Shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat zahirasini yaratish, korxona-tashkilotlar xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini zahira qilib qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.
⚡️Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi doirasida kambag‘allikni qisqartirish masalalarida mutasaddilarning axboroti tinglandi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt