#Qovun_sayli
#Xorazm_viloyati
Avval xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahrida "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tdi. Ushbu festivalda shahrimizdagi "Qurama" folklor etnografik xalq ansanbli ham qatnashib, o'z musiqiy dasturlarini namoyish etishdi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#Биласизми
📚 Биринчи синф, “Меҳрибонлик” уйи, махсус мактаб, мактаб-интернатлари ва ижтимоий ёрдамга муҳтож оилалар ўқувчилари мактабнинг кутубхона жамғармаси томонидан дарсликлар тўплами билан бепул таъминланади.
📝 Бунда ижтимоий ёрдамга муҳтож оилалар ўқувчилари рўйхати 1 сентябргача фуқаролар йиғини илтимосномаси ва ота-оналар қўмитаси хулосаси асосида мактабнинг педагогик кенгаши томонидан тасдиқланади.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#bayram_shukuhi
Markaziy o‘yingoh odamlar bilan gavjum. "Quruvchilar kuni" ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#taqdirlash
Bayram munosabati bilan shahar hokimligi tomonidan bir guruh quruvchilar, "Ohangaronsement" AJ ning ilg‘or hodimlari munosib taqdirlandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#jarayon
Yoshlar murojaati e’tiborda
Munojat Tavbayeva bolalikdan nogiron. U Ohangaron shahrida istiqomat qiladi.
Munojat Yoshlar ishlari agentligiga nogironlik aravachasi zarur ekanligini bildirib murojaat yo‘llagan edi.
Bugun unga nogironlik aravachasini yetkazib berish uchun xonadoniga bordik.
Bu singlimizdagi sabr va matonatni, hayotga bo‘lgan intilishini ko‘rib, tasanno aytgimiz keldi.
Yoshlarimizning har biri davlatimiz e’tiborida. Ulardan umidimiz katta.
@ohangaronshahar
#Minnatdorchilik
"Ишбилармон аёл- 2023" кўрик-танловининг Оҳангарон шаҳар босқичи ўтказилишидаги ҳамкорлиги ва беминнат ёрдами учун шаҳар ҳокими А.Эшонкуловга, шаҳар прокурори Т.Каримовга, шаҳар ҳокими биринчи ўринбосари Т. Султоновга ва Оҳангарон шаҳар хотин-қизлар фаоллари бўлимига, "O'ZLIDEP" Тошкент вилояти Кенгаши ўз миннатдорчилигини билдиради.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#ijtimoiy_eʼlon
✅ «IBRAT Academy» yoshlarning sevimli ilovasiga aylanmoqda
🇺🇿 Ohangaron shahar 3-sektor hududidagi mahallalarda yoshlarning ta'lim olish jarayonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida «IBRAT Academy» ilovasini ko‘chabay yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarga keng targ'ibot qilish ishlari allaqachon avj pallasiga chiqqan va yoshlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
📣Aynan mahalla yoshlariga mobil ilovani o'rnatish posterini tarqatilishi orqali chet tillarini o'qitishda, ma'naviy kamol toptirishda ko'prik vazifasini bajarishiga amin bo'ldik.
✍ Ibrat farzandlari loyihasi siz aziz yoshlar uchun mutlaqo BEPUL 13 xil turdagi barcha CHET tillarini oʻrgatadi.
✅ Hoziroq ushbu ilovani yuklab oling va chet tillarini oʻrganing.
Ilovani yuklab olish: 👉 Android | IOS
@ohangaronshahar
1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” tarkibidagi o‘quv qurollari ro‘yxati:
✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich
Ma’lumot uchun, joriy yilda 1-sinfga boradigan 732 ming 960 nafar o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasi maktablarga 25-avgustga qadar yetkazib beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Иш стажига эга бўлмаганларга бериладиган нафақа миқдори оширилади
“Ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли қатламларини моддий қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–120-сон, 28.07.2023 й.) қабул қилинди
🔰Фармонга кўра, 2023 йил
1 августдан:
✔️ зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм;
✔️ иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – ойига
568 000 сўм;
✔️ ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган боланинг қонуний вакилига бериладиган нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм;
✔️ боқувчисини йўқотганлик нафақаси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун – 198 000 сўм этиб белгиланади;
✔️ боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 568 000 сўм этиб белгиланиб, кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун амалдаги тартибга мувофиқ пенсия тўланади.
📞 11-40 🌐 pfru.uz
✅ Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 pensiyauzb">Youtube
#OAV_biz_haqimizda
Shahrimizda yoshlarni giyohvand moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi vositalarni iste'mol qilishini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan "Giyohvandlik asr vabosi" mavzusida davra suhbati "Nurafshon tv" nigohida.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tube | Instagram
#hisobot
Ohangaron shahar “Umid” MFY raisi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi deputati F.Akilov ishtirokida, mahalla beshligi hokim yordamchisi, mahalla profilaktika inspektori, Yoshlar yetakchisining joriy yilgi yarim yillik hisobotlari tinglandi.
📌 Yigʻilish davomida fuqarolarning fikr mulohazalari oʻrganilib, mavjud masalalarning bajarilishi belgilab olindi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#ma’naviyat
✅ Joriy yolning 28-iyul kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi a'zolari, shahar "Nuroniylar" jamg'armasi rahbari Sh.Komilov hamda shahar hokimligining Bolalarni himoya qilish sho'ba mudiri N.Yuldashevalar ishtirokida shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidir" mavzusida "Ma'rifat" soati o'tkazildi.
✅ "Ma'rifat" soatida bo'lim xodimlariga yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi haqida ma'ruza qilindi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#mehnat_yarmarkasi
Ayni paytda Ohangaron shahar hokimi, shahar prokurori hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka komaklashish bo‘limi tashabbusi bilan "Qo‘rg‘on" MFYda joylashgan, Hunarmandchilik Mikromarkazida "Mehnat yarmarkasi" boshlandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#qaror_va_ijro
Joriy yilning 27- iyul kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahardagi noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy kamchiliklar bilan yozilgan peshlavha va axborot matnlari o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tube | Instagram
#jarayon
Kuni kecha Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov Sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimi o'rinbosari R.Holmatov, Angren erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi va Investisiyalar sanoat va savdo boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Shahar hokimi tadbirkorlar bilan shahrimizda sanoat sohasini rivojlantirish, korxonalarda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish masalalarida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar mavjud muammolari haqida shahar hokimiga murojaat qilishdi. Bildirilgan murojaat o'rganilib, shu yerning o'zida hal etildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#shukuh
"Ohangaronsement” AJ rahbari, Yuriy Usolsevning bayram tabrigi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#bayram_shukuhi
Quruvchilar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayramning musiqiy qismini "Via Marokand" guruhi o‘zlarining dilbar qo‘shiqlari bilan boshlab berdi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#quruvchilar_kuni
Bugun 12-avgust "Quruvchilar kuni". Shu sana munosabati bilan shahrimizdagi markaziy o'yingohda "Ohangaronsement" AJ korxonasi homiyligida katta bayram dasturi boshlandi.
Bayram kechasini Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov bayram tabrigi bilan ochib bermoqda.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
✅Bugun Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Sobirovich Ohangaron shahriga tashrif buyurdi va Ohangaron shahar hokim o'rinbosari Z.Karimov va Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi boshlig'i A.Uralov bilan birgalikda shahrimizda joylashgan "Yoshlar markazi"dagi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishdi.
@ohangaronshahar
#Qovun_sayli
#festival'
Ayni paytda Xorazm viloyati Xiva shahrida "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi shunda-ki, ushbu festivalda Bayram Atamuradov rahbarligidagi “Qurama” Folklor-etnografik xalq ansambli ham ishtirok etmoqda. Saylda "Qurama" jamoasi o‘zining xalqona ohangdagi o‘lanlari bilan ko‘plarning olqishiga sazovor bo‘lmoqda.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#shanba_hashar
#obodonlashtirish
🌳 Bugun tong sahardan "Baxt" MFY xodimlari tomonidan yangi qurilgan mahalla binosi atrofidagi bog‘da hashar tashkil qilindi. Hasharda MFY faollari bilan bir qatorda yoshlar va mahalla fuqarolari ham ishtirok etishdi.
Mahalladagi hasharga 11-uyda yashovchi fuqarolar ham o‘z hissasini qo‘shishdi. Ular ko‘p qavatli uy yo‘lagida betonlash ishlarini olib borishdi. Mahalla xotin-qizlari esa ko‘chalar va uyga kirish yo‘laklarini tozalab, hasharda jonbozlik ko‘rsatishdi. Ha shuni aytsalar kerak-da, "Hashar elga yarashar" deb. Hullas, ahillikda gap ko‘p...
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#zakovat
#yetakchi_tashabbisi
✅ 2-sektor Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan shahar Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi hamkorligida sektor hududida joylashgan "Bo'ston", "Vatan"," "Mustaqillik", "Na'muna", "Guliston" mahallalari yoshlari ishtirokida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "ZAKOVAT" intellektual o'yini tashkillashtirildi.
✨"ZAKOVAT" intellektual o'yini keskin baxs va munozalalarga boy tarzda o'tdi. O'yin natijalariga ko'ra 👇👇👇
1️⃣ -o'rinni VATAN mahallasi yoshlari
2️⃣-o'rinni BO'STON mahallasi yoshlari
3️⃣-orinni GULISTON mahallasi yoshlari qo'lga kiritishdi.
🏆 Ishtirokchilar Yoshlar ishlari agentligi bo'limi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#Zakovat
✅ Rеspublika Maʼnaviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi bilan hamkorlikda shahar 1-sektorga qarashli mahallalar kesimida Adolat, Baxt, Yoshlik, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Bunyodkor mahallalarining yoshlari ishtirokida yoshlarning bo'sh vaqtlarini nazmunli tashkil etish maqsadida "Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.
❇️ Zakovat intellektual o'yinida mahalla yoshlari juda faol ishtirok etishdi. O'yin qiziqarli bahs munozaralarga boy bo'ldi.
🏆 Zakovat Intellektual o'yin natijalariga ko'ra:
1⃣-o'rinni Yoshlik MFY yoshlari
2⃣-o'rinni No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY yoshlari
3⃣-o'rinni Baxt MFY yoshlari qo'lga kiritishdi.
@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati
✅ Bugun Ohangaron shahridagi "Qo‘rg‘on" MFYda joylashgan "Mikromarkaz"da Toshkent viloyati prokurori, shahardagi sektor rahbarlari boshchiligida "Yoshlar daftari" ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga tikuvchilik mashinasi kabi bir qancha uskunalar topshirildi.
📣 Shuningdek, 15 nafardan ziyod ehtiyojmand yoshlarga subsidiyalar berilib, uch nafar yoshga safarbarlik xarajatlari to‘lab berildi.
✍ Endilikda "Yoshlar daftari" ro‘yxatida turuvchi yoshlar mas’ullar topshirgan uskunalar orqali daromad topib, o‘zlarini band qilishadi. Shuningdek, subsidiya olgan yoshlar esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishadi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#ma’naviyat
✅ Joriy yilning 29-iyul kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi tashabbusi bilan shahar Madaniyat bo'limi, shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi a'zolari hamda Oxunboboyev MFY bilan hamkorlikda 30-iyul- Xalqlar do'stligi kuni munosabati bilan "Bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyati rivojlangan, millatlararo hamjihatlik va totuvlik munosabatlari qadr topgan yurt" mavzusida ma'naviy-ma'tifiy tadbir tashkil qilindi.
✅ Tadbirda O'zbekistonda yashayotgan qardosh xalqlar jumladan; Qoraqolpog'iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Tatariston xalqlarining milliy raqslari, urf-otadlari aks ettirilgan badiiy chiqishlar bilan mehmonlarni ko'ngillari shod etildi.
✨ Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ishtirokchilar RMMM Ohangaron shahar bo'linmasi tomonidan esdalik sovg'a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
@ohangaronshahar
#giyohvandlik_yomon_illat
✅ Yaqinda, Ohangaron shahar MMTBda shahar prokurori yordamchisi Sh. Zulfiyev boshchiligida hamda shahar hokimligining Bolalarni himoya qilish sho'ba mudiri N.Yuldasheva ishtirokida "Giyohvandlik- yomon illat" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
📌 Yoshlar o'rtasida giyohvand moddalar iste'molini oldini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda asosan, giyohvandlikka qarshi kurash chorlarini yoshlar o‘rtasida keng targ’ib qilish va ularni sog’lom muhitda tarbiyalashga e'tibor qaratildi.
Tadbir davomida, "Og‘u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar yetkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, nochorlikda yashashga majbur etadi. Oqibati esa, albatta, ayanchli yakunlanadi. Natijada jinoyatga qo‘l urishga majbur bo‘ladi", – dedi soha mutaxassislari.
@ohangaronshahar
#mehnat_yarmarkasi
#✅ Bugun, "Qo‘rg‘on" MFY "Hunarmandchilik mikromarkazi"da bo‘lib o‘tgan "Mehnat yarmarkasi" band bo‘lmagan aholi vakillari, ishsiz yoshlar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytganlar, ishsiz ayollar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning bandligini ta'minlash, va ularni muqim ish joylariga joylash maqsadida tashkillashtirildi.
📌 Bo‘sh ish o‘rinlari "mehnat yarmarkasi" da shahrimizdagi 10 ta korxona va tashkilotlar 400 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlarining 300 tasi mutaxassislik talab etilmaydigan ish o‘rinlari bo‘ldi.
📌 Mehnat yarmarkasi davomida, 10 nafar fuqaroga korxona va tashkilotlarga ishga joylashishi uchun yo‘llanma berildi. 12 nafar xotin-qizlar tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha kasbga o‘qish uchun yuborildi.
📌 Yarmarkada ishtirok etgan 16 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik, kasbga o‘qitish masalalarida maslahatlar berildi.
@ohangaronshahar
#ma’naviyat
❇️ Joriy yilning 27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli Qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarni intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash, shuningdek kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar IIB va shahar Yoshlar ishlari agentligi bo'limi bilan hamkorlikda shahar 3-sektor hududida joylashgan Yangilik, Shodlik, Orzu va Iloq MFY yoshlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.
✅ O'yin natijalariga ko'ra,
1-o'rinni "Yangilik" MFY
2-o'rinni "Shodlik" MFY
3-o'rinni "Iloq" MFY
4-o‘rinni "Orzu" MFY yoshlari qo'lga kiritishdi.
✨ G'olib jamoalar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Ohangaron shahar bo'linmasi hamda shahar IIB tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#profilaktika_kuni
✅ Bugun "Birlik" MFY xodimlari "Payshanba-profilaktika kuni" munosabati bilan mahalladagi muammosi bor, notinch oilalar va yolg'izlardan xabar olishdi. Ularning mavjud muammolarini o‘rganishdi.
📌 Fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishi, nogironlik, bandlik, tibbiy yordam, kommunal soha va boshqa masalalari tinglanib, shu yerning o‘zida profilaktika inspektori va faollar ishtirokida o'rganildi. Bildirilgan masalalar tegishli mutasaddilarga yo‘naltirilib, bajarilishi nazoratga olindi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram |Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tube | Instagram