#eʼlon
✅ Ohangaron shahar elektr taʼminoti korxonasi ogohlantiradi!
📣 Joriy yilning 19-may kuni, soat 14:00 dan 17:00 ga qadar “Birlik” MFY hududida elektr taʼminoti mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Tel: 70 645 32 00
@ohangaronshahar
#ogoh_boʻling
✅ Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi barcha maktab oʻquvchilaridan 25-mayni maʼnaviyat kuni sifatida kutib olishni, pirotexnik vositalaridan foydalanmaslikni soʻraydi. Xususan, yozgi taʼtil davrida belgilanmagan hududlarda choʻmilmaslikni talab qiladi.
✍ Surat bugun shahar mutasaddilari maktab bitiruvchilarining ota-onalari bilan suhbatlashayotgan chogʻida olindi.
@ohangaronshahar
#jarayon
✅ Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy Arxeologiya markazi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida tayyorlangan “Suyurlitepa yodgorligi” koʻrgazmasining ochilish marosimida ohangaronlik bir gurux faollar ishtirok etdi.
✅ Mazkur muzeyda Ohangaron hududiga oid nodir topilmalarni koʻrishingiz mumkinligini masʼullar oʻz nutqida bayon qildi.
@ohangaronshahar
#jarayon
✅ Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov hududimizdagi sektor rahbarlari bilan birgalikda shahrimizdagi 1-umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlarning ota-onalari bilan uchrashdi.
📣 Uchrashuvda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirini joriy yilning 25-may kuni ertalab soat 8-00 dan 9-00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida tartibli oʻtkazish belgilandi.
Oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda, ushbu tadbirga faqatgina 1-4, 9-11-sinf oʻquvchilari jalb etilishi masʼullar tomonidan bitiruvchilarning ota-onalariga tushuntirildi.
✍ Shahar hokimi A.Eshonqulov mamlakatimizda yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirishga siyosat darajasida qaralayotganini taʼkidlab, oʻgʻil-qizlarni turli toʻgaraklarga jalb etish lozimligini aytib oʻtdi.
📘 Yigʻilish soʻngida ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.
@ohangaronshahar
#Besh_tashabbus
Ohangaron shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yoshlar raqs festivali" ko‘rik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi.
@ohangaronshahar
#Jarayon
Ayni damda Ohangaron shahar yoshlar markazida yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo'yicha o'quv-seminar bo’lib o’tmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi vakillari, IIB, Milliy gvardiya mas'ullari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi va yoshlar yetakchilari ishtirokidagi muloqotda yoshlar bilan individual ishlash, mahalladagi yoshlar muammolarini o‘rganish, toifalar tarkibi, "Yoshlar balansi"ni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.
@ohangaronshahar
#ҳамма_билиши_шарт
РЕФЕРЕНДУМ ҲАҚИДА НИМАЛАРНИ БИЛАМИЗ?
Ўзбекистон Республикаси Конституциясига оид референдум жорий йилнинг 30 апрелида бўлиб ўтиши кутилмоқда.
Хўш, референдум нима?
Референдум (лот. referendum — билдирилиши керак бўлган) — умуммиллий, ҳудудий ёки маҳаллий аҳамиятга эга бўлган энг муҳим масалалар бўйича овоз беришда фуқароларнинг хоҳиш-иродасини бевосита ифода этиш шакли ҳисобланади. Референдум фуқароларнинг ўз хоҳиш-иродасини умумий, тенг ва тўғридан-тўғри билдириши асосида яширин овоз бериш йўли билан ўтказилади.
Референдумнинг сайловлардан фарқи
Референдум ўтказилаётганда бирон бир лавозимга номзод ёки номзодлар рўйхати учун овоз берилмайди, балки унда муайян масала — қонун, қонун лойиҳаси, конституция, конституцияга тузатишлар, халқаро мақомга тааллуқли ёки ички сиёсатга оид бирон бир савол қўйилади.
Ўзбекистон тарихидаги референдумлар
Мамлакатимиз тарихида шу кунга қадар жами 3 та турли масалалар бўйича референдумлар бўлиб ўтган.
Биринчиси, Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови ва Республика давлат мустақиллиги тўғрисидаги референдум 1991 йил 29 декабрда бўлиб ўтиб, унда халқ давлат мустақиллигини қўллаб овоз берди ва Президентни сайлади.
Иккинчиси, Ўзбекистон Республикаси Президентининг ваколатлари муддатини узайтириш масаласи бўйича 1995 йил 26 март куни Ўзбекистон Республикаси референдуми ўтказилган.
Учинчиси, Ўзбекистон Республикаси Парламентини икки палатали қилиб сайлаш ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг конституциявий ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартириш бўйча 2002 йил 27 январь куни Ўзбекистон Республикаси референдуми бўлиб ўтган.
Дунё халқлари тарихига назар
Муайян вақт ўтгандан сўнг давлатнинг Бош қонунига ҳам тегишли ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳаётий заруриятга айланиб боради. Дунё конституциявий амалиётига эътибор қаратадиган бўлсак, сўнгги 30 йилликда 90 га яқин демократик давлатда демократик конституциявий ислоҳотлар амалга оширилиб, уларнинг 53 тасида янги конституциялар қабул қилинган.
Ўзбекистон Республикасининг янгиланаётган Конституциясида ...
Моддалар сони амалдаги 128 тадан 155 тага, нормалар сони эса 275 тадан 434 тага кўпаймоқда. Конституция матни 65 фоизга янгиланган.
💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
📣📣📣 Диққат!
Тошкент вилояти Ёшлар ишлари агентлиги бошқармаси бошлиғи Миразиз Мирсултонов билан аудио суҳбат бошланди. Ўзингизни қизиқтирган саволларни йўллашингиз мумкин.
Суҳбатга уланиш учун: /channel/Yoshlar_Kundaligi_Rasmiy?livestream
✉Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
🏢Toshkent viloyati Ohangaron shahar 7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda "KASBIM- IFTIXORIM!" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha tashkil etilgan yo‘nalishlar namoyish etildi.
Cheksiz imkoniyatlarga ega o‘quvchilarimizning qunt bilan hunar o‘rganayotgani ularning kelajagi uchun qo‘yilgan poydevordir!
/channel/ohangaronshahar
2023 yilning 30-yanvar kuni Moskva shahrida bo'lib o'tgan "SUPER STAR" deb nomlangan Xalqaro tanlovda Toshkent viloyati Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining fortepiano yo'nalishi o'quvchilari Xotamqulova Shoxida va O'ktamova Moxinurlar faol ishtirok etib, 1- va 2-darajali diplomlarni qo'lga kiritdi!
O'quvchilarimizga va ularning o'qituvchisi Tojiboyeva Moxidilning kelgusi ijodiy ishlariga omad tilaymiz!!!
⚡️⚡️⚡️Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir
Yangilanayotgan Konstitusiyada inson huquq va erkinliklari hamda ularning kafolatlari kengaytirilmoqda. Unda ilk marotaba fuqarolar kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi, davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi, ekologiya masalalariga oid huquqlarning mustahkamlanishi kabi yangi konstitusiyaviy huquqlar kiritilayotganligi ham Yangi O‘zbekistonda inson qadri tamoyilining yorqin ifodasi hisoblanadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar borasidagi normalar qariyb 3,5 baravarga ko‘paymoqda. Inson huquqlari
va erkinliklari, oila masalalariga bag‘ishlangan kafolatlar kuchaytirilmoqda.
Qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi,
bu borada, Konstitusiyamizda shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi belgilanmoqda hamda odamlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga, faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi mustahkamlanmoqda.
Bu orqali, odil sudlovni amalga oshirishda
“Xabeas korpus” instituti yanada kengaytirilishi ta’minlanadi.
Ilk bor ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi berilmoqda.
Konstitusiyamizda o‘lim jazosi taqiqlanayotganligi va bu masalada hech qachon ortga qaytilmasligi ta’kidlandi.
@markaz_uzbekistan
⚡️Senat va Qonunchilik palatalarining vakolatlari bir birdan farqli qilib belgilanadi
Konstitusiyada Oliymajlisning ikki palatasining vakolatlari mustaxkamlanadi. Misol uchun:
🔹Qonunchilik palatasi vakolatiga - hukumatni shakllantirish va uning faoliyatini nazorat qilish, Davlat byudjeti ijrosiga oid masalalar;
🔹Senat vakolatiga - hududlar manfaati va ularni rivojlantirish, yangi vazirliklar tashkil qilish to‘g‘risidagi farmonlarni tasdiqlash taalluqli ekanligi kiritiladi.
Bosh vazir nomzodi Prezident tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilib, uni xalq vakillari ma’qullaganidan so‘ng lavozimga tayinlash tartibi joriy qilinmoqda.
Endi Prezident Bosh vazir nomzodini faqatgina saylovda eng ko‘p ovoz olgan partiya bilan emas, balki Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashishi kiritilishi mumkin.
Bu jarayon demokratik tamoyillarga to‘la mos keladi!
Shuningdek, faoliyati qoniqarsiz deb topilgan vazirni lavozimidan ozod etish bo‘yicha Qonunchilik palatasining Prezidentga taklif kiritish huquqi belgilanadi.
Bu o‘z navbatida hukumat a’zolarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
/channel/AOKBToshvil
«Айбсизлик презумпцияси янада кучайтирилмоқда.
Жумладан, Конституциямизнинг амалдаги 26-моддасида шахснинг иши судда кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмаслиги белгиланган бўлса, эндиликда суднинг қонуний кучга кирган ҳукми билан аниқланмагунча у айбсиз ҳисобланиши мустаҳкамланмоқда» — Олий Мажлиснинг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси раиси Жаҳонгир Ширинов
/channel/AOKBToshvil
«Ўзбекистон ижтимоий давлат деб эълон қилинмоқда. Давлатнинг ижтимоий мажбуриятларига оид нормалар қарийб уч бараварга ортмоқда. Жумладан, фуқароларнинг ижтимоий жиҳатдан эҳтиёжманд тоифалари уй-жой билан таъминланиши, меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори инсонга муносиб яшашини таъминлашни ҳисобга олган ҳолда белгиланиши, фуқароларнинг тиббий ёрдамнинг кафолатланган ҳажмини давлат ҳисобидан олишга ҳақлилиги ва бошқалар белгиланмоқда» — Олий Мажлиснинг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси раиси Жаҳонгир Ширинов
/channel/AOKBToshvil
❓Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?
✅ JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.
❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:
➖ 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
➖ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.
✅ Bunda quyidagicha bo‘ladi:
➖ 18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
➖ 19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
➖ 20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
➖ 22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.
❗️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.
#jarayon
✅ Ohangaron shahar IIB shaxsiy tarkibi bilan maʼnaviyat oyligi munosabati bilan Ohangaron shahar madaniyat uyi xavaskor yoshlar ishtirokida yosh ijodkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
@ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Beshtashabbusolimpiadasi
#Kibersport
Bugun 18-may kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Ohangaron shahrida besh tashabbus olimpiadasi doirasida kibersport musobaqasi bo'lib o'tdi.
⚡️Musobaqa murosasiz va qizg'in tarzda o'tdi.
🎮Yuqori o'rin egallagan 2-sektor jamoasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg'alar va viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
@ohangaronshahar
#qulaylik
#texnologiya
Yoshlar texnoparki jamoasi ixtirolarini tuhfa etmoqda!
Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki hamda NAQD mobil ilovasi orqali pulingizni foizsiz naqdlashtiring yoki raqamlashtiring!
NAQD ilovasi yordamida kartangizdagi pulni 100% naqtlashtiring !
💰Pul ayriboshlash 0%
⏳Qulay va tez
📲 Ilovani Play market dasturi orqali yuklab oling ! https://play.google.com/store/apps/details?id=com.conamobile.iom
🌐Ilovaga o'tish uchun havola👆
NAQD doimo siz bilan 😊
@ohangaronshahar
Maishiy gaz ballonlardan foydalanuvchilar
D I Q Q A T I G A !
❌ nostandart gaz ballonlarni gaz plita va gaz uskunalariga o'rnatmang;
❌ gaz ballonlarni, uskunlarga o'zboshimchalik bilan maxsus bosim ostida ishlashga mo'ljallanmagan rеzina shlanglar orqali ulamang;
‼️ ballonlarni bog'langan joylari, jumraklaridan gaz sizib chiqishini sovunli ko'pik yordamida doimiy ravishda tеkshirib turing;
‼️olov hosil qilish mumkin bo'lgan mahsulotlar gaz ballonlaridan kamida 10 mеtr uzoqlikda turishini ta'minlang;
‼️gaz plitalaridan foydalanish vaqtida oshxonada yosh bolalar va xasta kishilarni, qarovsiz qoldirmang;
‼️ ballonlarni quyosh tig'ida qoldirmang;
‼️gaz plitalarini o'z vaqtida ko'rikdan o'tkazing;
✅ Gaz ballonlarini mato parchalari bilan o'ramang, plita bilan oraliq masofasi 2 mеtrdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
👆Yuqoridagi qoidalarga amal qilish orqali o'zingiz va yaqinlarningiz bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarni oldini olgan bo'lasiz!
⚡️ OHANGARON SHAHAR FVB
#jarayon
✅ Oʻzbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy Arxeologiya markazi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan tayyorlangan “Suyurlitepa yodgorligi” koʻrgazmasi ning ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda shahrimiz vakillari sifatida Ohangaron shahar hokimining jamoat ishlari boʻyicha maslaxatchisi Botirxon Munavarov, Nuroniy jamgʻarmasi shaxar boʻlim raisi Shavkat Kamilov va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor Ozod Xushnazarov va Otabek Gʻafarovlar ishtirok etdi.
📣 Tadbirda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori ilmiy tadqiqot ishining ilmiy rahbari Axmadali Asqarov, “Madaniy meros” Xalqaro xayriya jamgʻarmasini Toshkent viloyati boʻlimi boshligʻi Ilxom Temirovlar. ishtirok etib, oʻz chiqishlarini bayon etdi.
@ohangaronshahar
#ijtimoiy_eʼlon
✅ Ohangaron shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida 19-may kuni, soat 14:00 da "Sho‘rdanak" xajviy qiziqchilarning shou konserti bo'lib o'tadi.
📣 Dasturga kirish mutlaqo bepul! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
@ohangaronshahar
⚡️ 11-mart kuni o'tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 18-mart sanasiga ko'chirildi.
👉 @xushnudbek 👈
#Bildirish
11-mart (shanba) — barcha xodimlar uchun ish kuni
Prezident farmoni bilan 11-mart shanba dam olish kuni 20-mart dushanba kuniga koʻchirildi. Shu munosabat bilan 11-mart, shanba kuni ish haftasi turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
💡💡💡OGOHLANTIRISH💡💡💡
Ohangaron shahar elektr ta’minoti shuni ma’lum qiladiki, 10.03.2023-yil soat 14:00 dan 18:00 gacha reja asosida Ohangaron 110/35/6 kV podstansiyasidan chiquvchi yuqori kuchlanishli L-Gʻarbiy 35 kV havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan elektr ta’minoti quyidagi hududlarda vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Nog‘ayqo‘rg‘on
Guliston
Bo‘ston
Baxt
Adolat
Xonobod
Mustaqillik
Yoshlik
Yangiobod MFYlari, markaziy shifoxona hududlarlardagi MTM va maktablar.
Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
Bundan tashqari, tuman hududidagi Oybuloq, O‘zar, Ubayt MFY hududlarida soat 14:00 dan 18:00 gacha elektr ta’minoti to‘xtatiladi.
Tel: 70 645 32 00
Tel: 70 645 35 00
/channel/ohangaronshahar
⚡️Davlat yoshlar jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyatini oladi
Hozir Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo'lib o'tmoqda.
Unda aytilishicha, Konstitusiya loyihasida O‘zbekiston aholisining 18 milliondan ortig‘ini tashkil etuvchi yoshlar masalalariga ham e’tibor berilgan. Sababi yoshlarga rivojlanish uchun sharoit yaratib berish ertaga mamlakatdagi har qanday sohani takomillashiga olib keladi.
Shunday ekan, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitusiyaviy majburiyati ekanligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari Konstitusiyada bu uchun alohida bob qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli
va har tomonlama kamol topishi uchun g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha majburiyati ham belgilanadi.
Yoshlar o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishi va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari kerak. Davlat ularni himoya qilish, huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishni o‘z zimmasiga olishi bunga imkoniyat yaratadi.
@markaz_uzbekistan
⚡️Hokimiyatning bo‘linishi bu diktatura va hukmronlikdan himoya vositasi
Yangilanayotgan Konstitusiya demokratik va xalqparvar davlat qurishni maqsad qilgan. Ya’ni:
🏛️Kuchli parlament
👨🏻💼👩🏻💼Ixcham va mas’uliyatli hukumat
👨🏻⚖️👩🏻⚖️Mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etish
Davlat hokimiyati tizimi yagona va yaxlit, shu sababdan hokimiyatning bir bo‘g‘inini modernizasiya qilish boshqa tarmoqlarda ham islohotlarni tabab etadi.
Shunday ekan, tarmoqlar o‘rtasida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash maqsadida parlamentning vakolatlari qayta ko‘rib chiqilishi taklif etildi.
Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda. Bundan tashqari ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanmoqda.
Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 12 tadan 18 taga ko‘paymoqda.
Senatni ixcham, xalqchil va hududlar manfaatini ifoda etadigan idoraga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ya’ni Senat qo‘mitalari vakolatini qayta ko‘rib chiqib, senatorlar sonini hozirgi 100 nafardan 65 nafarga tushirish,
bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanishi, Prezident
tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytirilayotganligi aytilmoqda.
Parlamentning quyi palatasi tomonidan kiritilgan qonunlar Senatda 60 kun ichida ko‘rib chiqilishi, muddat o‘tib ketsa, ushbu qonun ma’qullangan deb hisoblanishi ta’kidlandi. Bunday vaziyatda qonun birdan imzolash uchun Prezidentga yuboriladi.
@markaz_uzbekistan
«Конституция тўғридан-тўғри ишлайдиган ҳужжат бўлмоқда. Яъни, энди барча фуқаролар ҳаттоки ўзининг кундалик ҳаётида ҳам Конституцияга мурожаат қиладилар. Ундаги барча нормалар, уларни қандай амалиётда қўллашни очиб берувчи қонунчилик ҳужжати мавжуд ёки мавжуд эмаслигидан қатъи назар, тўғридан-тўғри ишлайди», — Олий мажлиснинг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси раиси Жаҳонгир Ширинов.
/channel/AOKBToshvil
«Ёшларнинг олийгоҳларда давлат ҳисобидан грант асосида ўқиш ҳуқуқи Конститусияда белгиланмоқда. Бу билан иқтидорли ёшларнинг давлат ҳисобидан олий таълим олиш имконияти кафолатланмоқда. Бу олий таълимда ҳамиша давлат гранти учун квоталар ажратилади ва ушбу тартиб ҳеч қачон бекор бўлмайди дегани» — Олий Мажлиснинг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси раиси Жаҳонгир Ширинов
/channel/AOKBToshvil
⚡️⚡️Давлат оммавий ахборот воситалари фаолиятининг эркинлигини кафолатлаши, шунингдек, ОАВ фаолиятига тўсқинлик қилиш ёки аралашиш қонунга мувофиқ жавобгарликка сабаб бўлиши мустаҳкамлаб қўйилади - Жаҳонгир Ширинов.
/channel/AOKBToshvil
#байрам_табриги
Оҳангарон шаҳар ҳокими Эшонқулов Акром Жўраевичнинг Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан байрам табриги