migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - XORIJDA ISH

263905

Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali ☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282 📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy Website: www.migration.uz

Subscribe to a channel

XORIJDA ISH

🇰🇷 MALAKA IMTIHONLARIGA TAYYORMISIZ?

💪 Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini boshlash yo‘lidagi eng muhim bosqichlardan biri — Skill Test (malakani baholash imtihoni).

📆 Imtihonlar 28–31-iyul kunlari Koreya ish beruvchilari tomonidan o‘tkaziladi.
📍 Manzil haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


📚 Migratsiya agentligi tomonidan hududiy filiallarda bepul tayyorlov mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

📍 Hududiy filiallar 👉manzillari👈

🎥 Shuningdek, o‘zbek tilidagi video darslar orqali mustaqil tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

🎯 Bu sinov faqat bilim emas, balki intilish, tayyorgarlik va ishonchni ham baholaydi. Bor kuchingizni namoyon qiling va rejalaringiz sari dadil qadam tashlang!

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷EPS-TOPIK: MALAKALI NOMZODLARGA QO‘SHIMCHA BALL IMKONIYATI YARATILMOQDA

🤝 Joriy yil aprel oyida o‘tkazilgan EPS-TOPIK 1-bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 1878 nafar nomzod (ishlab chiqarish — 1653 nafar, xizmat ko‘rsatish-1 — 225 nafar) uchun EPS-TOPIK 2-bosqich Malaka imtihoni 2026-yil 28–31-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

💬 Mazkur bosqichda nomzodlarning koreys tilini bilish darajasidan tashqari, ularning kasbiy mahorati, ish tajribasi va tayyorgarlik darajasi ham baholanadi.

🎁 HRDKning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilgi Skill Testda kasbiy mahorat va ta’limga ega nomzodlarga qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ballar berilishi rejalashtirilgan.


Talab qilinadigan hujjatlar:

1. Kasbiy malakani baholash uchun ariza.
(Ariza shaklini yuklab oling)
2. Xorijga chiqish pasport nusxasi.

3. https://mygov.uz orqali olingan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma uchun — 2 ball;

4. EPS-TOPIKda tanlangan soha bo‘yicha (ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish-1) 120 soatdan kam bo‘lmagan kasbiy o‘quv kursini tamomlaganlik sertifikati yoki diplom uchun — 1 ball;

5. o‘rta maxsus (kasb-hunar kolleji/akademik litsey) yoki oliy ta’lim diplomi uchun — 1 ball;

6. Milliy malaka tizimi (kasbiy sertifikat) bo‘yicha olingan hujjatlar uchun — 1 ball.

📌 Qo‘shimcha ball olish uchun nomzodlar 10–12-iyul kunlari 👉 eps@migration.uz 👈 elektron pochta manzili orqali taqdim etishi zarur.

Eslatma: Ish tajribasi va malaka bo'yicha hujjatlaringiz tanlagan soha bilan mos bo'lsagina yuqoridagi tartib amal qiladi!


⚠️ Muhim! Barcha hujjatlar asl nusxadan skaner qilingan holda PDF formatda, aniq va o‘qish mumkin bo‘lgan ko‘rinishda yuborilishi shart. Imtihon kuni barcha hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish talab qilinadi. Aks holda, nomzodning natijalari avtomatik ravishda bekor qilinadi.

📌Diqqat! Kasbiy malakani baholash uchun ariza toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilganda mazkur hujjatlar uchun belgilangan ballar hisobga olinmaydi.

❗️Belgilangan muddatda (10–12-iyul) elektron pochta orqali yuborilmagan hujjatlar imtihon kuni qabul qilinmaydi.

🚫 Hujjatlarni qalbakilashtirish qat’iyan taqiqlanadi. Soxta hujjatlar aniqlangan taqdirda, nomzodning natijalari bekor qilinadi va u 4 yil muddatga barcha EPS-TOPIK imtihonlaridan chetlashtiriladi.

📌SKILL TESTLAR BO'LIB O'TADIGAN MANZILLAR QO'SHIMCHA E'LON QILINADI

📲 Ushbu xushxabarni hamkasblaringiz va yaqinlaringiz bilan ulashing!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🎓 TEXNIKUMLARDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN CHET TILI O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!

💰 50 MILLION SO‘MGACHA SUBSIDIYA OLISH IMKONIYATI!

Siz texnikumda ingliz, nemis, koreys yoki yapon tili fanidan dars berasizmi?

📚 Shogirdlaringiz xalqaro tan olingan B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritganmi?

🫶 Unda bu tanlov aynan siz uchun!

📌 Migratsiya agentligi tomonidan eng samarali faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarini rag‘batlantirish maqsadida subsidiya ajratilmoqda.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, 50 nafar ustoz:
💵 50 MILLION SO‘MGACHA subsidiya bilan taqdirlanadi.

Shartlar quyidagicha👇

▪️ O‘quvchilaringiz haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portaliga kiriting;
▪️ Ularning xalqaro sertifikatlarini yuklang;
▪️ Reytingda ishtirok eting va subsidiya sohibiga aylaning.


🔗 Ariza topshirish uchun havola ustiga bosing 👉 https://my.gov.uz/uz/service/1194

⚠️ Muhim: Mazkur imkoniyat faqat texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

ℹ️ Eslatma: Subsidiya — davlat tomonidan beriladigan va qaytarib olinmaydigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘i hisoblanadi.

📲 Ushbu xushxabarni hamkasblaringiz va yaqinlaringiz bilan ulashing!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🎙 ХОРИЖДАГИ ЮРТДОШЛАР УЧУН КАТТА ИМКОНИЯТ!

🇺🇿 Хорижда меҳнат қилаётган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ва ватандошлар ўртасида “Ватан садоси” республика кўрик-танловига старт берилди.

🤝 Миграция агентлиги ҳамда Маданият вазирлиги ҳамкорлигида ўтказилаётган мазкур танлов миллий қўшиқчилик ва чолғу ижрочилиги санъатини тарғиб қилиш, истеъдодли юртдошларимизни қўллаб-қувватлаш ҳамда уларнинг ижодий салоҳиятини намоён этишга хизмат қилади.

🎶 Агар сиз қўшиқ ижро этсангиз ёки миллий чолғу асбобларида маҳорат билан куй чалсангиз, ушбу танловда иштирок этиш имкониятини қўлдан бой берманг.

🏆Муносиблар қуйидаги пул мукофотлари билан тақдирланади:
🥇 1-ўрин — 100 миллион сўм
🥈 2-ўрин — 80 миллион сўм
🥉 3-ўрин — 50 миллион сўм


📆 Аризалар июль ойи охирига қадар қабул қилинади.

Ғолиблар Маданият вазирлигининг маҳсус комиссияси томонидан аниқланади ва Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги байрами арафасида тантанали равишда эълон қилинади!

📌 Танловда иштирок этиш тартиби:

1⃣ Аввало xorijdaish.uz платформасида рўйхатдан ўтинг;

2⃣ Шахсий кабинетиингиз орқали “Ватан садоси” республика кўрик-танлови учун ариза тўлдиринг ва иштирок йўналишини (қўшиқчилик ёки чолғу ижрочилиги) танланг;

3⃣ Ижро этадиган асарингиз номини киритинг;

4⃣ Жонли ижро қилинган видеони YouTube, Instagram, Telegram, TikTok, Facebook, VK, Odnoklassniki, Rutube ёки Google Drive платформаларидан бирига юкланг;

5⃣ Видео ҳаволасини (линкини) аризадаги «Видео ҳаволаси» майдонига киритиб, аризангизни юборинг.


👉АРИЗА ЮБОРИШ👈


🌍 Қаерда бўлишингиздан қатъи назар, истеъдодингизни намоён этинг, миллий санъатимизни янада кенг тарғиб қилинг ва “Ватан садоси” республика кўрик-танловининг ғолиби бўлинг!

📢 Хабарни хорижда ишлаётган дўстингизга юборинг!
👉 @uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧Angliyada mavsumiy ish dasturida ishlayotganlar uchun huquqiy yordam xizmati

O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi hamda Unseen va Seasonal Worker Scheme Taskforce hamkorligida, Seasonal Worker Support Line — mavsumiy ishchilar uchun bepul va interfaol yordam xizmati ishga tushirildi.

📌 Xizmat maqsadi:

Mavsumiy ishchilarning ish haqi, ish soatlari, turar joy, xavfsizlik va ish sharoitlari bo‘yicha muammolarini qabul qilish hamda tegishli tashkilotlarga tezkor yo‘naltirish.

⚠️ Agar siz xavfli vaziyatda bo‘lsangiz, darhol 999 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

📞Qo‘ng‘iroq qiling va rasmdagi QR-kodni skaner qilish orqali bog‘laning:

Telefon: 0800 315 049
Telegram: /channel/SeasonalWorkersScheme_Bot
WhatsApp: https://wa.me/447783524846
Email: swsline@unseenuk.org
Veb: unseenuk.org/seasonal-worker-support-line
Ish vaqti: 08:00 – 21:00

🌐 Xizmat 260 dan ortiq tilda maslahat va amaliy yordam ko‘rsatadi.

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

So‘nggi yangiliklarni XORIJDA ISH kanali orqali kuzatib boring.

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇱🇻 HAYDOVCHILARGA 1700–2800 YEVROGACHA OYLIK MAOSH!

🚛 Migratsiya agentligi
va Latviyaning SIA KREISS korxonasi CE toifali yuk avtomobili haydovchilarini yuqori daromadli ish o‘rinlariga taklif etadi.

📌 Bo‘sh ish o‘rinlari: 500 ta

💶 Oylik maosh: 1700–2800 yevro (qo'lga tegishi)

⚠️ Vakansiya kimlar uchun?

🔹55 yoshgacha bo'lgan, CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega, rus tilini muloqot darajasida biladigan, sudlanmagan hamda O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiqi yo'q erkaklar


Ish beruvchi tomonidan beriladigan imtiyozlar:

▪️Ish joyiga qatnov xarajatlari
▪️Turar joy xarajatlari
▪️Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish

🧮 Ishchi viza va aviabilet xarajatlari nomzod hisobidan ( ishga joylashgan taqdiringizda Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi).

RO’YXATDAN O’TISH

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (556, 911)

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

So‘nggi yangiliklarni XORIJDA ISH kanali orqali kuzatib boring.

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇶🇦 QATAR AIRWAYS KOMPANIYASIDA ISH IMKONIYATI!

📌 Qatar Airways kompaniyasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o'zbekistonlik xodimlarni ishga taklif etadi:

✈️ F&B Food Service Assistant
☕️ Junior Barista
☕️ Barista
🍹 Bartender
🤝 Hostess
👨‍💼 F&B Team Leader
👨‍💼 F&B Supervisor
💳 Till Assistant
🛍 Sales Assistant
🛍 Senior Sales Assistant
🏬 Shop Supervisor
📋 Duty Manager
👨‍🍳 Demi Chef De Partie
👨‍🍳 Chef De Partie
👨‍🍳 Junior Sous Chef
👨‍🍳 Sous Chef
📞 Customer Service Agent (German)
📞 Customer Service Agent (Spanish)
📞 Customer Service Agent (Italian)


💰 Oylik maosh: ish beruvchi va nomzod o‘rtasida suhbat jarayonida kelishiladi.

🧮 Quyidagi xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi:

✈️ O‘zbekiston – Qatar aviachiptasi, ishchi viza, xizmat transporti, umumiy turar joy, har yili vatanga borib-kelish aviachiptasi, Qatar Airways reyslari uchun chegirmali aviachiptalar, tibbiy sug'urta.

Kimlar ishlashi mumkin?

Kamida o‘rta maktab ma’lumotiga ega, ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan 18 yoshdan katta erkak va ayollar.

⚠️ Diqqat! Yuqorida keltirilgan talablar barcha uchun umumiy hisoblanadi. Har bir ish o‘rni bo‘yicha qo‘shimcha talablar bilan kasb nomiga biriktirilgan havola orqali batafsil tanishing va ariza topshiring.

📌 Arizalar Qatar Airways kompaniyasining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 NEMIS TILINI MULOQOT DARAJASIDA BILUVCHILAR UCHUN GERMANIYADA ISH IMKONIYATI!

Migratsiya agentligi va Germaniyaning "Askania Future GmbH" rekrut kompaniyasi yuk mashinasi va avtobus haydovchisi hamda qurilish sohasi bo‘yicha vakansiyalarni taklif etadi!

📍 Ish joyi manzili: Zur Agora 1, 06774 Muldestausee OT Pouch, Germany

💼 Ish o‘rinlari soni: 140 ta

📄 Tanlov shakli: ish beruvchi tashkilot tomonidan onlayn suhbat asosida

💰 Ish haqi: soliqdan keyin taxminan 1 800 yevrodan 2 500 yevrogacha (ish tajribasi va nomzod profiliga qarab)

👷Qurilish sohasi uchun talablar:
21–45 yosh oralig‘idagi, tegishli yo‘nalish bo‘yicha bakalavr diplomiga va nemis tilidan kamida A2 darajadagi xalqaro sertifikatga ega nomzodlar.

Asosiy vazifalar:
🚧 Qurilish loyihalarini rejalashtirish, loyihalash va amalga oshirilishini nazorat qilish;
🏗 Infratuzilma, avtomobil yo‘llari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va bino-inshootlar qurilishida ishtirok etish.

🚍🚛 Haydovchilik uchun talablar:
D, C yoki E toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kamida 1 yillik ish tajribasi bor erkaklar;

Asosiy vazifalar:
🚛 Germaniya va Yevropa Ittifoqi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda transport vositasini boshqarish va texnik holatini nazorat qilish;
📦 Yuklarni xavfsiz va o‘z vaqtida manzilga yetkazib berish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

✍️ Ish beruvchi tanlovidan o‘tgan nomzodlar nemis tilini o‘rganishga yo‘naltiriladi.
📃 Ish tajribasiga ega, rus tilini biladigan hamda Kod-95 sertifikatiga bor nomzodlardan nemis tilini bilish talab etilmaydi.

🕒 Ish vaqti: haftasiga 5 kun, kuniga 8–9 soat.
🩺 Ish beruvchi tomonidan tibbiy sug‘urta rasmiylashtiriladi.
🛬 Aeroportdan kutib olish xizmati mavjud.

🧮 Nomzod xarajatlari:
📄 Ishchi viza — taxminan 106 yevro;
🛫 Aviabilet — taxminan 300 yevro;
🍲 Ovqatlanish — o‘rtacha 350 yevro;
🏠 Turar joy ijarasi — o‘rtacha 250 yevro.

🎁 Ishga joylashgan taqdiringizda Migratsiya agentligi tomonidan ishchi viza va aviabilet xarajatlari kompensatsiya qilinadi.


📌 Ariza qoldirish:

🔗 Qurilish sohasi

🔗 Yuk mashinasi haydovchisi

🔗 Avtobus haydovchisi

☎️ Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (502 ichki raqam)

Askania Future GmbH:
📞 +998 97 099-49-99
📞 +998 97 099-39-99

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇮🇹 4 000 - 5 000 YEVROGACHA MAOSH: ITALIYA O'ZBEKISTONDAN NAFAQAT HAMSHIRA, SHIFOKORLARNI HAM ISHGA TAKLIF QILAYAPTI!

📌 Migratsiya agentligi shifokorlarimizga (vrach) Italiyaning Sardiniya hududida yuqori daromadli ish imkoniyatini taqdim etadi!
📌 Yillik ehtiyoj: 150 nafar shifokor

SOHALAR

👨‍⚕️👩‍⚕️ Pediatr, nevrolog, diabetolog, pulmonolog, gastroenterolog, shoshilinch tibbiy yordam shifokori va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlar ham ko'rib chiqiladi.

📚Italiyaning Perugia Universiteti hamkorligida tashkil qilingan italyan tili kursida o’zingizga qulay joy va qulay vaqtda 7 oy davomida onlayn o'qiysiz.

🧮 Oqish xarajatlarini Migratsiya agentligi to'lab beradi (oyiga 600 yevro)

🏥 Kursni muvaffaqqiyatli yakunlagach, Italiyaning Sardiniya hududida 3 500 yevrogacha bo'lgan maosh bilan ish boshlaysiz.

🌙 Qo‘shimcha ish soatlari va tungi navbatchilik uchun bonuslar mavjud — daromad 4 000 - 5 000 yevrogacha oshishi mumkin.
⏱️ Ish vaqti: haftasiga 38 soat.


YOSH CHEGARASI:
🔹 50 yoshgacha;
🔹 40 yoshgacha bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

🏠 Turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
🍽 Tushlik ta’minlanadi.
🛡 Tibbiy sug‘urta rasmiylashtiriladi.

TALABLAR:

✅ Oliy tibbiy ma’lumot (diplom);
✅ Ish tajribasi majburiy emas, ammo tajriba ustunlik beriladi.

📝 NOMZODLAR XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRGANLAR ORASIDAN TANLAB OLINADI!

🔗CV TO'LDIRISH

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (535, 545)

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇶🇦 2000 AQSH dollarigacha maosh: farmatsevtika xodimlari uchun ish imkoniyati!

📌 XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRING VA QATAR DAVLATIGA ISH TAKLIFINI OLING!

💊 Yo‘nalish:Farmatsevtika

⏱️ Ish vaqti: kuniga 7 soat

Afzalliklari:

💰 Oylik daromad: 2000 dollargacha (qo'lga tegishi).

Quyidagi xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi:

👮 Ishchi viza xarajatlari
✈️ O‘zbekiston–Qatar aviachiptasi
🛡 Tibbiy sug‘urta
🚕 Aeroport transferi
🏘 Turar joy
🚍 Ichki transport

Nomzod hisobidan:

🥗 Oziq-ovqat xarajatlari (oyiga taxminan 150–200 AQSH dollari)


Talablar:

▪️ 22–55 yosh
▪️ Farmasevtika yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
▪️ Kamida 1 yillik ish tajribasi
▪️ Ingliz tilini muloqot darajasida bilish
▪️ Qatar davlatida ishlashga tayyorlik.

📌 Yillik ehtiyoj: 100 nafar farmasevtika xodimi.

📝 NOMZODLAR XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRGANLAR ORASIDAN TANLAB OLINADI!

🔗CV TO'LDIRISH

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (501)

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪O'RTA TIBBIYOT XODIMLARI — “GLOBOGATE” DASTURI DOIRASIDA GERMANIYA KLINIKALARIGA ISHGA TAKLIF ETILADI!

🧮📚 100% BEPUL LOYIHA - 10 OYLIK KURSLARDA O'QISANGIZ BO'LDI!

Ish joyi: Germaniya bo'ylab
Ish vaqti: haftasiga o'rtacha 39 soat
Kuniga: 8 soatdan
Sinov muddati: 3 oy

Bo'sh ish o'rinlari: 800 ta

💶 Maosh: dastlab 1900 yevro (2010$) va kasbi tan olingandan keyin (3 oy) 2500 yevro (2650$ qo'lga tegishi)


👩‍⚕️👨‍⚕️Kimlar ishtirok etishi mumkin?

📌3 yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega, sudlanmagan, sogʻlom, 10 oylik bepul nemis tili kurslarida o'qishga tayyor va dasturdan asossiz voz kechmaydigan 20-36 yosh oralig’idagi nomzodlar
(2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlargina dasturga qabul qilinadi).

Qanday imtiyozlar bor?

💳 10 oylik stipendiya;
🏢 zamonaviy o'quv binosida ta'lim olish;
🏡 turar joy;
📚 B2 til sertifikati xarajatlari;
📑 hujjatlarni tarjima qilish va Germaniyada tasdiqlatish;
✈️ viza va aviachipta, aeroportdan ish joyigacha transfer;
🏢 Germaniyada ishga joylashish BARCHASI BEPUL.


📌 Ro‘yxatdan o‘tish:

👉 https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1366

🗓 Muddat: 15.05.2026

📞
Murojaat uchun: 1282

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📣TELC B1 Imtihonlari uchun Ro‘yxatdan O‘tish Boshlandi!

Profi Deutsch — nemis tilini o‘qitish va rasmiy TELC tashqi imtihon markazi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TELC B1 imtihonlari uchun nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi.

Birinchi 100 nafar ro‘yxatdan o‘tgan nomzod uchun imtihon narxi atigi:

💰1 800 000 so‘m

Agar siz Germaniyada o‘qish, ishlash yoki viza jarayonlari uchun xalqaro tan olingan sertifikat olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.


✉️Ro’yxatdan o’tish uchun:

Telegram: @telcuzbekistanadmin
Telefon: +998 77 178 06 66

⚠️Shoshiling! Joylar soni cheklangan.

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷 E-9 VIZASI UCHUN AMALIY IMTIHONLARDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TISHNI ISTAYSIZMI?

💪 Koreyada ishlashni rejalashtirgan nomzodlar uchun joriy yil 6–23-aprel kunlari test imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlardan: Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha — 1653 nafar nomzod,
Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi bo‘yicha — 225 nafar nomzod muvaffaqiyatli o‘tdi.


👉 Ishlab chiqarish sohasi imtihon natijalari

👉 Xizmat ko'rsatish1 sohasi imtihon natijalari

⛓️ Endi hal qiluvchi bosqich — iyul oyida bo'lib o'tishi kutilayotgan amaliy imtihonlar! Bu — Koreyada ishlash orzuingizga eng yaqin qadam.

📌 Migratsiya agentligi tomonidan barcha hududiy filiallarda sizlar uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil qilindi. Malakali ustozlar, aniq va samarali dastur sizni kutmoqda.

📍 Hududiy filiallar ma’lumotlari 👈

📱 Qo‘shimcha ravishda YouTube sahifamizdagi amaliy imtihonlar bo‘yicha o‘zbek tilidagi video darslar orqali mustaqil tayyorgarlikni kuchaytiring, harakat qiling va natijaga erishing!

📱 https://www.youtube.com/watch?v=C5PciSvivTs&list=PLzY114w12jvzsS6B2AwYEDFENbhYiGtLX

Yaqinlaringizga tarqating!


So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📢 “VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI" МЧЖнинг фаолияти тугатилди!

“VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI" га Ўзбекистон Республикасидан ташқарида иш излаётган шахсларни ишга жойлаштириш учун 2025 йил 29 июлда берилган 926213 сонли лицензия ушбу хусусий бандлик агентлигининг 2026 йил 29 майдаги 2766728-сонли аризасига асосан тугатилди.

❗️“Хусусий бандлик агентликлари тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ, МЧЖга фуқароларни хорижга ишга жойлаштириш бўйича хизматлар кўрсатиш таъқиқланади.


📌 Ҳурматли фуқаролар!

Агар “VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI" билан боғлиқ мурожаат ёки шикоятларингиз бўлса, уларни жорий йил 3 июльга қадар Миграция агентлигига тақдим этишингизни сўраймиз.

☎️ Мурожаат учун: 71 202 33 55 (қисқа рақам
171, 711)

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🚢 KRUIS KEMALARIDA AYNAN O‘ZBEKISTONLIKLAR UCHUN ALOHIDA VAKANSIYALAR!

🌍 Dunyo bo‘yicha eng yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri — "V.Ships Global Recruitment" O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Kruiz kemalarida alohida bo'sh ish o'rinlarini taklif qilmoqda.

💰 Oylik maosh: 900–1650 AQSH dollari

Sohalar bo'yicha bo'sh ish o'rinlari soni va oylik maoshlari:

▪️ Service assistant 10 ta - 1100 $
▪️ Bar waiter 5 ta - 1350 $
▪️ 2nd cook 10 ta - 1650 $
▪️ Assistant cook 10 ta - 1150 $
▪️Galley utility 10 ta - 900 $

Ish faoliyati samaradorligiga (KPI) ko‘ra, oylik maosh va lavozimning o‘sib borishi kafolatlanadi!

📌 Umumiy shartlar:

🔹 Yosh chegarasi — 18–45

🔹 Ingliz tili — B1+

🔹 Yevropa davlatlari tillarini biladiganlarga ustunlik berilishi mumkin.

Afzalliklar:


🔶 Turli mamlakatlarga bepul sayohat
🔶 AQSh ishchi vizasi
🔶 Huquqiy himoya — Migratsiya agentligi bilan 3 tomonlama kafolatlangan shartnoma.

💻 Ishga joylashish uchun 5 ta qadam:

1️⃣ V.SHIPS LEISURE
👉
SAYTIGA O’TING👈

2️⃣ Barcha shartlar va ko‘rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ma’qul keladigan vakansiyaga o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘liq va aniq kiritib ariza qoldiring.

3️⃣ Nomzodingiz ma'qul kelsa, 1 oy ichida kompaniyaning HR mutaxassislari aloqaga chiqadilar.

4️⃣ Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan intervyuga taklif etiladilar.

5️⃣ Ish beruvchi tanlagan nomzodlar bilan Migratsiya agentligi uch tomonlama shartnoma tuzadi va AQSH ishchi vizasi rasmiylashtiriladi.

Yaqinlaringizga tarqating!


So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📢 “ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJning faoliyati tugatildi!

“ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2026-yil 8-yanvarda berilgan 1302693-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 8-iyuldagi 2951395-sonli arizasi asosida tugatildi.

❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.


📌 Hurmatli fuqarolar!

Agar “ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 10-avgustga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.

☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 (qisqa raqam: 171, 711)

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚠️ «JOBEX XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJ LITSENZIYASINING AMAL QILISHI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Migratsiya agentligining 2026-yil 6-iyuldagi 5-son qaroriga asosan «Jobex xususiy bandlik agentligi» MCHJga berilgan litsenziyaning amal qilishi 10 (o‘n) kun muddatga to‘xtatildi.

Ushbu qaror Agentlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanib, qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmaganligi munosabati bilan qabul qilindi.

❗️Fuqarolardan mazkur xususiy bandlik agentligi litsenziyasining amal qilishi tiklanguniga qadar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq shartnomalar tuzmaslik hamda ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirmaslik so‘raladi.

📌 Eslatib o‘tamiz, xususiy bandlik agentliklarining litsenziya holati haqidagi ma’lumotlarni Migratsiya agentligining rasmiy manbalari orqali tekshirishingiz mumkin👇

https://gov.uz/uz/migration/activity_page/xususiy-bandlik-agentliklari_

🤝 Xavfsiz mehnat migratsiyasini tanlang! Xorijda ishga joylashishda faqat rasmiy va ishonchli manbalarga murojaat qiling.

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇮🇹 4 000 - 5 000 YEVROGACHA MAOSH: ITALIYA O'ZBEKISTONLIK SHIFOKORLARNI ISHGA TAKLIF QILAYAPTI!

📌 Migratsiya agentligi shifokorlarimizga (vrach) Italiyaning Sardiniya hududida yuqori daromadli ish imkoniyatini taqdim etadi!
📌 Yillik ehtiyoj: 100 nafar shifokor

SOHALAR

👨‍⚕️👩‍⚕️ Shoshilinch tibbiy yordam shifokori (Magistratura, Ordenatura diplomalari yoki shu yo'nalishdagi sertifikat).

👨‍⚕️👩‍⚕️ Oliy hamshiralik ishi (bakalavr diplomi)


🥼Ish tajribasi majburiy emas, tajriba bo'lsa ustunlik beriladi!

📚Italiyaning Perugia Universiteti hamkorligida tashkil qilingan italyan tili kursida o’zingizga qulay joy va qulay vaqtda 7 oy davomida onlayn o'qiysiz.

🧮 Oqish xarajatlarini Migratsiya agentligi to'lab beradi (oyiga 600 yevro)

🏥 Kursni muvaffaqqiyatli yakunlagach, Italiyaning Sardiniya hududida 3 500 yevrogacha bo'lgan maosh bilan ish boshlaysiz.

🎁 Qo‘shimcha ish soatlari va tungi navbatchilik uchun bonuslar mavjud — daromad 4 000 - 5 000 yevrogacha oshishi mumkin.
⏱️ Ish vaqti: haftasiga 38 soat.


YOSH CHEGARASI:
🔹 50 yoshgacha;
🔹 40 yoshgacha bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

🏠 Turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
🍽 Tushlik ta’minlanadi.
🛡 Tibbiy sug‘urta rasmiylashtiriladi.

TALABLAR:

✅ Oliy tibbiy ma’lumot (diplom);
✅ Ish tajribasi majburiy emas, ammo tajriba ustunlik beriladi.

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (221)

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇸🇰 SLOVAKIYADA KARA HAYDOVCHILARI UCHUN BO’SH ISH O’RINLARI

🤝 Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchisi bo‘lib ishlashni istagan fuqarolar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

🔹 Ish o‘rinlari soni: 70 ta
🔹Oylik maosh: 1 000 yevro (qo’liga tegishi)
🔹Haftada 5 kun ish (8 soatdan)

📋 Qanday nomzodlar kerak?

20–45 yosh oralig'idagi, "B" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kara haydash bo'yicha 6 oylik tajribasi bor, rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar.


Ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar:

▪️Turar joy xarajatlari
▪️Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish

🧮 Ishchi viza va aviabilet xarajatlari nomzod hisobidan (ishga joylashgan taqdiringizda Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi).

RO’YXATDAN O’TISH

⚠️ Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar soni 300 nafarga yetganda arizalar qabuli to‘xtatiladi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (556, 906)

📲 Yaqinlaringizga ulashing!
So‘nggi yangiliklarni XORIJDA ISH kanali orqali kuzatib boring.

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇺 Rossiyaga borayotgan fuqarolar diqqatiga! RuID ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma

🤝 Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta’lim olish maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga RuID ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish hamda safar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

📋 Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida:

🔹 Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish;
🔹 Safar maqsadini ko‘rsatish;
🔹 Biometrik tasdiqlash bosqichlarini yakunlash talab etiladi.

📲 Ariza muvaffaqiyatli tasdiqlanganidan so‘ng foydalanuvchiga QR-kod taqdim etiladi. Uni saqlab qo‘yish va Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishda taqdim etish lozim.

⚠️ Eslatma: arizani Rossiyaga kirishdan kamida 72 soat oldin topshirishni unutmang.

Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi bilan bogʻlanish uchun:

☎️Ishonch telefoni:
+7 (925)
045-47-44
☎️Koll-markaz:
+7 (499)
230-00-32
😎Telegram
😎WhatsApp
📲MAX

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

So‘nggi yangiliklarni XORIJDA ISH kanali orqali kuzatib boring.

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇮🇹 QURUVCHILAR UCHUN ITALIYADA YILIGA 24 MING YEVROGACHA ISHLASH IMKONIYATI!

Italiya Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligining "Sviluppo Lavoro Italia" tashkiloti va Migratsiya agentligi QURULISH sohasi vakillarini ishga taklif qiladi!

Ish joyi: Italiya bo'ylab

Yo'nalish va oylik maoshlar:

👷 Malakali qurilish ishchisi – 10 ta ish o‘rni ( yiliga 20,540 yevro)

🎨 Metall qumlovchi va bo‘yoqchi – 2 ta ish o‘rni (yiliga 23,400 yevro)

🔧 Santexnika, isitish tizimlari va texnik xizmat ko‘rsatish ustasi – 3 ta ish o‘rni (yiliga 20,000 yevro)

📐 Texnik chizmachi – 1 ta ish o‘rni ( yiliga 24,000 yevro)

📊 Ma’muriy yordamchi – 1 ta ish o‘rni (yiliga 22,400 yevro)

⚡️ Elektr montajchisi – 4 ta ish o‘rni ( yiliga 19,500y yevro)

🏗 Qurilish ishchisi – 3 ta ish o‘rni (yiliga 20,800 yevro)

⚙️ Payvandchi – 1 ta ish o‘rni (yiliga 20,800 yevro)

🧹 Tozalash xodimi – 1 ta ish o‘rni (yiliga 18,850 yevro)

💻 Dasturiy ta’minot dasturchisi – 1 ta ish o‘rni (yiliga 18,850 yevro)


📄 Mehnat shartnomasi: 12 oylik muddatli yoki doimiy (open-ended) shaklda.

Ayrim ish beruvchilar tomonidan quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

🚍 Ish bilan bog‘liq transport xarajatlari;
🍽 Tushlik xarajatlari;
🏠 Turar joy;
💶 Oziq-ovqat xarajatlari uchun qo‘shimcha to‘lov.

📌 Ariza topshirish va ish beruvchi bilan suhbat bosqichlarida italyan tilini bilish talab etilmaydi. Suhbatlar davomida tarjimonlik ko‘magi taqdim etiladi.

📚 Ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan nomzodlar Italiyaning “Legal Pathways and In-country Pre-departure Training Measures” dasturi doirasida tahminan 2 oy davomida bepul italyan tili va kasbiy tayyorgarlik kurslarida ishtirok etadilar.

👉Ariza yuborish👈

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (501)

Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🌸 YAPONIYADA ISHLASH ISTAGIDAGI AYOLLAR UCHUN BEPUL GRANT DASTURI 🌸

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi ayol va qizlarimizni Yaponiyaga "Parvarishlash" sohasida ishga taklif qiladi.

Talablar qanday?

📕Toshkent shahrida tashkil qilinadigan o’quv kurslarida 6 oy davomida mutlaqo bepul grant asosida ta’lim olishingiz kerak!

🤩Yosh chegarasi: 18 - 35 (hamshiralik sohasi vakillariga ustunlik beriladi)

Nega aynan ushbu dasturni tanlash kerak?

👍 Yapon tilini noldan o‘rganish;
👍 O‘qish davrida barcha sharoitlarga ega turar joy;
👍 viza xizmatlari va Yaponiyada ishga joylashish BARCHASI BEPUL!

📋 IJTIMOIY YORDAM: Yaponiyaga borgach, xizmat uyi bilan ta’minlanasiz,ijara haqi 108$ qolganini kompaniya qoplab beradi.


💰Oylik ish maosh: 1600$ - 1700$ (boshlang'ich)

💳 Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan kun yoki soatlarga (overtime) qo'shimcha pul to'lanadi.

✍️ Joyingizni kafolatlash uchun hoziroq anketa to‘ldiring! 👇👇

➡️ ANKETA TO'LDIRISH ⬅️

📅 O‘qish boshlanishi: 2026-yil, iyul oyida

📍 Manzil: Toshkent shahri Yashnabod tumani, Parkent ko’chasi, 331/1-uy

✈️ Murojaat uchun:
@Our_Kashifa

🚀Telegram
😀Instagram

Yaqinlaringizga ulashing!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib boring!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#feedback

🇫🇷 Fransiya: mavsumiy ish bo‘yicha dastlabki bosqich yakunlandi


🤝 Migratsiya agentligi va Fransiyaning vakolatli tashkilotlari o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida Fransiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ish o‘rinlari uchun 12–20-iyun kunlari xorijdaish.uz platformasi orqali nomzodlar ro‘yxatdan o‘tdi.

📥 Pilot loyiha doirasida jami 220 nafar fuqorodan ariza va rezyume kelib tushdi.

📋 Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
🔹 yoshi;
🔹 qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat tajribasi;
🔹 fransuz tilini bilish darajasi.

🗣 Fransuz tili bo‘yicha ma’lumotlar nomzodlarning o‘zlari ko‘rsatgan darajalariga asoslandi.


Dastlabki saralash natijalariga ko‘ra, talablarga eng mos kelgan 40 nafar nomzodning rezyumesi Fransiyadagi ish beruvchilarga yuborildi.

⚠️ Mazkur nomzodlar ishga qabul qilingan hisoblanmaydi. Keyingi bosqichda ish beruvchilar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari talablaridan kelib chiqqan holda nomzodlar orasidan mustaqil tanlov o‘tkazadilar.

📢 Yakuniy natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

📄 Ish beruvchilarga taqdim etilgan nomzodlar
👉 ro‘yxati 👈

#Fransiya #MavsumiyIsh #MehnatMigratsiyasi #PilotLoyiha

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇫🇷 Yangi yo'nalish: Fransiyada mavsumiy qishloq xo’jaligida ish

👉🏻 Ish turi: meva va sabzavot dalalarida hosil terish

📍 Ish joyi: Fransiyaning Maine-et-Loire va Rhône hududlari

🗓 Ish boshlanish vaqti:
— meva dalalarida joriy yil 17-avgust
— sabzavot dalalarida 1-oktyabr


Nomzodlar uchun talablar:

💢 25–45 yoshdagi, sudlanmagan erkak va ayollar;
💢 fransuz tilini muloqot darajasida bilish;
💢 qishloq xo‘jaligi sohasida kamida 3 yillik tajriba.


💷 Oylik maosh: oyiga 1650 € (qo‘lga tegadi)


Nomzod hisobidan xarajatlar:

📍 Viza uchun to‘lov (Fransiya elchixonasi to‘lovi): 99 € (milliy viza turi uchun) + TLS Contact markazi xizmati;
📍 aviachipta;
📍 yotoqxona va transport – oyiga 275 €;
📍 oziq-ovqat xarajatlari.


🧮 Viza va aviachipta uchun sarflangan mablag‘larning bir qismi Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi (nomzod ishga joylashganidan so‘ng).



➡️ Tanlov ish beruvchi vakillari tomonidan onlayn tartibda o‘tkaziladi.

📝 NOMZODLAR XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRGANLAR ORASIDAN TANLAB OLINADI!

🔗CV TO'LDIRISH

❗️Shoshiling, joylar cheklangan! Anketangizni joriy yil 20-iyungacha "XORIJDA ISH" platformasida shakllantirishingiz kerak.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (545) yoki 1282 (qisqa raqami)


📢 Yaqinlaringizga tarqating!
📲 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

BC TOIFADAGI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMANGIZ BORMI?

XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRING VA YAPONIYAGA ISH TAKLIFINI OLING!


📌 Asosiy ma’lumot:

Ish o‘rni: 250 ta (yuk tashuvchi haydovchi)
Ish joyi: Yaponiya bo‘ylab
Tanlov: onlayn suhbat

📚 Shartlar:

BC (C toifada 3 yil staj) haydovchilik guvohnomasi
21–35 yosh

8 oylik bepul tayyorlov kursi (Toshkent viloyati, Angren shahrida 2026-yil iyun oyining 15 sanasidan so'ng boshlanadi)
📍Lokatsiya

🏘 Yotoqxona bepul

Yapon tilini bilish ustunlik beradi
▶️ "Rozilik xati" bilan tanishing

Ish sharoiti:

💰Maosh: 1200–2000$ (oshishi mumkin), yiliga 2 marta bonus, smenali ish jadvali

🏠 Ta’minot:
Turar joy beriladi (oyiga ~200$ ushlab qolinadi)
Aviabilet, ishchi viza, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta ta’minlanadi
Ovqatlanish xodim hisobidan


📌NOMZODLAR
XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRGANLAR ORASIDAN TANLAB OLINADI!

🔗CV TO'LDIRISH

☎️ Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (545)

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📘 SKILL TESTLARGA TAYYORGARLIKNI YANADA KUCHAYTIRING!

🇰🇷 Koreyada ishlash sari qadam qo‘yayotgan nomzodlar uchun eng muhim bosqich — bu nafaqat amaliyot, balki tushunish va to‘g‘ri bajarishdir.

⛓️ Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan amaliy imtihonlarda sizdan:
— topshiriqni to‘g‘ri anglash
— uskuna va jarayonlar nomlarini bilish
— ko‘rsatmalarni tez tushunish talab etiladi


👉 Aynan shu sabab sizlar uchun maxsus LUĞAT KITOBINI taqdim etmoqdamiz!

💡 Bu luğat — sizning imtihondagi ishonchingizni oshiradigan va natijangizni kuchaytiradigan muhim qo‘llanma!

So‘z boyligingizni oshiring va amaliyotda erkin harakat qiling.

🚀 Unutmang:
Bilimli nomzod — ishonchli nomzod.


📥 Kitobini yuklab oling va bugunoq tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqing!

Imtihon jarayonlari aks etgan video qo’llanma 👉bu yerda👈

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

💰 4 минга яқин юртдошимизга 6 миллиард сўмлик компенсация берилди!

Хорижга ташкилий тартибда ишга кетган фуқароларнинг виза, авиачипта ва тил сертификати харажатлари Миграция жамғармаси томонидан қоплаб берилмоқда.

Лекин кўплаб аризалар 3 та оддий хато сабабли рад этилмоқда:

❌ Тўлиқ юкланмаган ҳужжатлар;
❌ Иш берувчи билан меҳнат шартномаси ўрнига бошқа ҳужжатларни юбориш;
❌ Нотўғри банк реквизитларини киритиш.


❗️Компенсациядан фойдаланиш учун ҳужжатларни XORIJDA ISH платформасига диққат билан юкланг.

📹 Видео йўриқнома 👉бу ерда 👈

➡️ Хизмат ойнасига ўтиш

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🚌 YAPON TILINI (N5,N4,N3 darajada) BILADIGANLAR UCHUN YAPONIYADA HAYDOVCHILIK SOHASIGA GRANT DASTURI🇯🇵

📚 Talablar qanday?

Yosh: 21-35

Guvohnoma: D, CE, BC toifalaridan kamida bittasi (nomzod haydovchilik guvohnomasini olganiga kamida 2,5 yil bo‘lgan va guvohnoma olganidan so‘ng O‘zbekistonda kamida 3 oy yashagan bo‘lishi shart.)

O'qish: 8 oylik bepul intensiv yapon tili (N3) va kasbiy tayyorgarlik kursi (Toshkent shahri Uchtepa tumanida, 2026-yil iyun oyida boshlanadi)
📍Lokatsiya

🏘 Yotoqxona bepul

Ish sharoiti:

💰Maosh: 1 350–1 450 AQSH dollari (Yaponiyada 8 oylik ish o'rganish vaqtida) rulga o'tirgandan so'ng umumiy daromad barcha ustama va bonuslar bilan 3 000 AQSH dollarigacha yetadi!

🏠 Yaponiyada ta’minot:
Ishchi viza, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta va turar joy ish beruvchi hisobidan ta’minlanadi!


Tanlov ONLAYN SUHBAT asosida bo'lib o'tadi!
✍️ Joyingizni band qilish uchun hoziroq anketa to‘ldiring! 👇👇

➡️ ANKETA TO'LDIRISH ⬅️

Batafsil ma'lumot uchun ushbu Telegram profiliga murojaat qiling👇

@Onodera_User_Run_Admin

🤝 "Willer Express" jamoasi sizni ham xavfsiz harakatlanish va xizmat ko'rsatish sirlarini birgalikda o'rganishga taklif qiladi.

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🌍 ГЛОБАЛ МИГРАЦИЯ: ЧЕГАРАЛАР ЭМАС, ИМКОНИЯТЛАР МУҲИМ

Халқаро миграция оддий ижтимоий жараён эмас, геосиёсий ва иқтисодий инструментга айланмоқда.

📊 Дунёда миграция иштирокчилари 300 миллиондан ошди (жаҳон аҳолисининг ~3,7%)

📉 Ривожланган давлатлар — чекловларни кучайтирмоқда

Европа Иттифоқида ноқонуний чегара кесиб ўтишлар 35% га камайди

👉 Тренд: “Очиш эмас, саралаш” сиёсати (selective migration)

📊 Миграция иқтисодий ўсиш ва меҳнат бозорини тўлдирувчи асосий омилга айланди.

⚠️ Бироқ, қонуний каналлар қисқариши сабабли ноқонуний миграция ва хавфли йўллар сақланиб қолмоқда.

ХУЛОСА

Дунёда миграция сиёсати 3 асосий йўналишда ўзгармоқда:

🔹 Чеклов + назорат
🔹 Малакали кадрлар учун рақобат
🔹 Қонуний миграция каналларини шакллантириш.

🇺🇿 Ўзбекистон учун аҳамияти:

Глобал ўзгаришлар шароитида энг муҳим вазифа —
✔️ Хорижда ишламоқчи бўлган фуқароларни тайёрлаш
✔️ қонуний каналларни кенгайтириш
✔️ рақобатбардош кадрлар етиштириш.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚠️ ЧЕТ ЭЛГА ИШГА КЕТАМАН ДЕБ АЛДАНИБ ҚОЛМАНГ

Хорижга ишга бориш жараёнида лицензияга эга Хусусий бандлик агентлиги билан шартнома тузиб, тўловни эса бошқа фирма ёки воситачилар ҳисоб рақамига амалга оширманг!

❗️Лицензия бир ташкилот номи учун берилади ва бошқа фирма ёки “консалтинг” хизматларига татбиқ этилмайди.

🚨 Қуйидагилар ХАВФЛИ:
— нақд пул бериш
— жисмоний шахс картасига ўтказиш
— “консалтинг хизмати” номи билан бошқа фирмага тўлов қилиш

✅ Тўлов ФАҚАТ хусусий бандлик агентлигининг махсус депозит ҳисоб рақамига амалга оширилиши ва албатта тўловни тасдиқловчи чек бўлиши керак.


‼️ Эътиборли бўлинг:

🔎 лицензияни текширинг
📄 шартнома ва тўловдаги фирма номини солиштиринг
💾 тўлов чеклари, хужжатлар, реклама ва ёзишмаларни барчасини сақланг.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration

Читать полностью…
Subscribe to a channel