📚"PUZA Yayinlari" geometriya kitobidan bo'layotgan darslarni kutayotganlar nechtamiz?👋
Darslarni yana davom ettiramizmi? ❤️🔥
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
✅ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan.
65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.
Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
Samarqand — 87 570
Qashqadaryo — 84 874
Fargʻona — 73 146
Andijon — 59 951
Surxondaryo — 57 199
Toshkent viloyati — 56 188
Qoraqalpogʻiston — 51 502
Namangan — 46 480
Jizzax — 43 232
Xorazm — 41 854
Toshkent shahri — 39 518
Buxoro — 38 084
Navoiy — 32 725
Sirdaryo — 25 028
👉 @xushnudbek 👈
O’n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
25-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ O'n birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 24-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 24-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
⚡️Texnikumlarga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
➡️Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 67 725 ta etib belgilandi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 30 441 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 37 284 nafar.
📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Mandatdan oldin statistika:
➡️1-blok MATEMATIKA
➡️2-blok FIZIKA
🫥 Jami abiturentlar soni: 120450
☯️ Shundan: 22491 kishi minimal balldan oshirgan.
❌ Bu 18,6 % degani.(81,4 % abiturient kurashdan chiqdi).
👋Kanalimiz kuzatuvchilari orasida bugun BMBA(DTM) imtihonidan natijasi chiqqanlar bormi?
Necha ball toʻplabsiz?
#matematika
Aziz doʻkondan 4 ta daftar olsa 1000 soʻm puli ortib qoladi agar beshta olsa 1000 soʻm yetmaydi. Savol? Azizda qancha pul bor
Javob: 9000
#majburiy
21.07.2024
12345 sonlaridan chapdan o'nga ham , o'ngdan chapga ham o'qisa bir xil chiqadigan sonlar nechta . Raqamlar takrorlanishi mumkin.
#matematika
21 iyul 2-smena
Asosiy
1 3 5 7 9 sonlaridan nechta palindrom sonlar boʻladi. Sonlar takrorlanadi.
✅ 25ta
#tushganlari #DTM2024
22.07.2024(1-semena)✅
ORGINAL TUSHGAN SAVOLLAR 👇
🔵@matemfizsuper
21.07.2024 1-smenada oʻzimga tushgan asosiy blok 30 ta savoldan 28 tasini eslay oldim holos. Savollar oson tushmoqda. Hammasi bitta variantdagi savollar. Oson savollari majburiy emas. Unaqa qiyin oʻylab oʻtiradigan savollar topilmadi.
Variant boʻyicha tahlil.
Algebra 23 ta
Geometriya 7 ta
Juda Oson savollar -8ta
Oʻrta tipdagi savollar 12-ta
Hosila va Integral -3ta
7 ta geometriyadan 2tasi murakkabroq.
3 ta juda oson savol.
2 ta oʻrtacha qiyinlikdagi.
2 ta stereometriya tushdi.
Telegram kanalimiz:
✅@matemfizsuper
✈️Telegram |📹matematikadantesttahlillar739">YouTube
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga to‘g‘ri keladi
#abituriyent
mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.
Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.
56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni ⬆️ 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.
O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.
O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.
2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.
🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
⬆️ Toshkent shahri — 4,9%
⬆️ Toshkent viloyati — 4,9%
⬆️ Jizzax — 3.7%
⬆️ Buxoro — 3,5%
⬆️ Sirdaryo — 3,1%
O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.
***
56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.
👉 @xushnudbek 👈
‼️ Shunday qilib, barcha abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Endi hech kim bu ro’yxatga qo’shilib qolmaydi, chunki qo’shimcha test kunlari o’tkazilmaydi (agar Davlat qabul komissiyasi yopiq bayonnoma bilan kimlargadir ruxsat bermasa).
Ana, endi abituriyentlar uchun yo’nalish tanlash imkoniyatining ochilishini kutish kerak.
Ammo buning uchun eng avvalo kvotalar e’lon qilinishi kerak. Kvotalarni bilmasdan turib, yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Batafsil kvotalar esa haligacha tasdiqlanmadi.
20-iyuldagi Prezident farmoyishida Davlat qabul komissiyasi batafsil kvotalarni 1 hafta muddatda tasdiqlashi belgilangan edi. Ushbu muddat ertaga tugaydi.
Demak, agar ertaga — 27-iyul kuni Davlat qabul komissiyasi kvotalarni tasdiqlab, e’lon qilmasa, Prezident hujjatidagi topshiriqni ijro qilmagan bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Texnikumlarga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
➡️Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 450 ta etib belgilandi.
✔️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Mandatdan oldin statistika:
➡️1-blok FIZIKA
➡️2-blok MATEMATIKA
🫥 Jami abituriyentlar soni: 44160
☯️ Shundan: 3895 kishi minimal balldan oshirgan.
❌ Bu 8 % degani.(92 % abituriyent kurashdan chiqdi).
💠2024-yil 14-iyuldan 24-iyulgacha BMBA (DTM) imtihonlarida matematikadan tushgan savollar jamlanmasi
Kanalimiz: @matemfizsuper ✅
⚡️Rasman: 9-kun natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin!
Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24239
Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/19940
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).
Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
#matematika
22 iyul 1-smenada tushgan savol
A (-1:1) B (1:5) C( 5:1) nuqtalar berilgan .xosil bo'lgan uchburchaning CM medianasini toping
#majburiy
Yasmina do'konda 4 ta kitob olsa 1000 ortib qoladi agarda 5ta olsa 1000 yetmaydi. Yasminani necha puli bor
A-850
B-900
C-800
D-8000
#majburiy
21.07.2024
Aziz kitobni 36 betini oʻqidi. Shunda u kitobni 18%ni oʻqigan bo'lsa. Kitob betlari qancha?
#tushgalari #DTM2024
21.07.2024(1-semena)✅
Telegram kanalimiz:
✅@matemfizsuper
✈️Telegram |📹matematikadantesttahlillar739">YouTube
#tushgalari #DTM2024
21.07.2024(1-semena)🥈
ORGINAL TUSHGAN SAVOLLAR 👇
🔵@matemfizsuper✅