Talabalar zerikdi
Shu kunlarda ko'plab oliy ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalaridagi fakultetlar, talabalar turar joylari karantinga yopilib, talabalar onlayn shaklda o'qishga o'tkazilmoqda. Telegram orqali bizga yuborilayotgan eng ko'p savollarning mazmuni esa bir xil: «Qachon biz ham onlayn ta'limga o'tamiz, onlayn ta'limga o'taylik...» Ba'zi tahlillarimizni esa siz bilan o'rtoqlashishni istadik. Uzun post uchun ming bor uzr.
Tan olib aytish kerak, hozir kamida 60-70% talabalar (e'tibor bering — kamida, bundan ko'proq bo'lishi ham mumkin) onlayn ta'limga o'tishni istashmoqda. Onlayn ta'limga o'tishni istayotgan talabalar esa o'z sog'liqlari uchun yoki koronavirusdan qo'rqib buni istashmayapti. Bu — aniq! Sababi sog'lig'idan, virusdan qo'rqqan odam niqobini doim taqib, karantin talabalariga rioya qilib yuradi. Biz esa bir necha hafta davomida kuzatdikki, hatto ko'pchilik talabalar tibbiy niqobsiz ko'rinish berishmoqda.
Xo'sh, nega talabalar onlayn ta'limni istashmoqda? Axir sal kam bir yil davomida onlayn o'qish jonlariga tegib, qachon an'anaviy ta'limga qaytamiz, deb dod solgan ham shu talabalar edi-ku. Asl gap boshqa tarafda — bu shunchaki oliy ta'lim tizimizning darajasi rasvoligidan dalolat. Onlayn ta'lim davrida ko'plab talabalarning an'anaviy ta'limga qachon qaytamiz, degan xabarlari haligacha saqlanib turibdi...
Bu yerda talabalarning aybi yo'q. Ularni ayblash mutlaqo to'g'ri bo'lmaydi. Sababi ta'limning rasvo sifati, motivatsiyaning yo'qligi, talaba uchun erkinlikning yo'qligi talabalarni bezdirdi. Yo'q, unday emas, deydigan talabalar ham chiqadi. Bu — tabiiy holat. Ular tahsil oladigan oliy ta'lim muassasasida yo hammasi zo'r (masalan, INHA), talabalar mamnun, yoki ular mustaqil fikrsiz qatlamdir.
Motivatsiyaning yo'qligi. Ko'pchilik talabalar bugun darsda nima yangilik olar ekanman, deb emas, “nb” tushmasin, deb darsga borishadi. Shu joyida ta'lim sifati o'rtaga chiqadi. Eskilik sarqitidan qolgan, eskicha fikrlaydigan, zamon bilan yashashni bilmaydigan, ko'pi bilimsiz, saviyasiz o'qituvchining darsini tinglashdan hamma ham zerikadi. Aslida o'qituvchini ayblash ham xato. Yillar davomida byurokratiya ezdi, kam oylikka sabr bilan ishladi. Albatta, bu yerda hamma o'qituvchi bilimsiz, saviyasiz, degan narsa yo'q. Oliy ta'limda ajoyib ustozlar ham bor. Halol, pok ustozlar ham talaygina. Ular yuqoridagi gaplardan ranjimasliklarini istardik.
Erkinlikning yo'qligi. Ozgina soqoling o'sgan bo'lsa, kamida dekan o'rinbosaridan gap eshitasan, boshingda ro'mol bo'lsa, qora ro'yxatga tushasan. Bu — konstitutsiyaga zid, albatta. Uzun paypoq kiydingmi yoki kalta paypoq, galstuging nega yo'q, formang qani, “kosnpekting” qani kabi mayda masalalar har qanaqa insonning joniga tegadi. Ammo bugun bizdagi oliy ta'lim shu kabi mayda narsalarga o'ralashib qolgan!
Stipendiyaning tayini yo'q. Non olsang, ovqatga, ovqat olsang, non bilan suvga yetmaydi. Ijara to'lasang, qorningga, qoringa desang, ijaraga yetmaydi. Ishlamoqchi bo'lsang, talabaga ish yo'q, amallab ish topsang, oliy ta'limda bunga sharoit yo'q.
Talabalar zerikdi. Hozirgi holatda, na bilim olmayotgan, nimadir o'rganmayotgan oliy ta'limda ko'pchilik talabalar shunchaki qimmatga tushyapti. Xarajat, xarajat va xarajat. Aslida ko'pchilik oliy ta'lim muassasalarimizda o'qishni onlayn qilsa ham, an'anaviy qilsa ham, farqi yo'q — baribir har ikkisida ham sifat yo'q. Bu yerda esa talabalarda ayb yo'q. Talaba o'zi talab qilgani bilan “qozon bo'm-bo'sh” bo'lsa, bu qorinni hech qachon to'ydirmaydi! Ovqat-ovqat, degan bilan og'iz chuchimaydi.
❗️Ta'kidlaymiz! Bu post bilan umumiy ma'noda barcha oliy ta'lim muassasalari, barcha o'qituvchilar tanqid qilinmadi. Ushbu post mana shu kabi holatlar mavjud ko'plab oliy ta'lim muassasalarini ko'rib, kuzatishlar asosida yozildi. Agar siz rahbarlik qilayotgan, siz ishlayotgan, siz o'qiyotgan oliy ta'lim muassasasi bu yozilgan gaplarga mos kelmasa, postni e'tiborsiz qoldirishingiz mumkin.
Sabr bilan o'qiganingiz uchun rahmat! Albatta, bu fikrlar barchasi IMHO.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda «O'zbekiston Milliy universitetida maxsus bayram», «Ochiq osmon ostidagi diskoteka» sarlavhali xabarlar tarqaldi. Odatda bu kabi tadbirlar shu kungacha universitet tarafidan emas, balki mahalliy hokimliklar tomonidan uyishtiriladi. Bu safar ham shunday bo'lgan.
O'zbekiston Milliy universiteti matbuot xizmati ham bu holatga rasmiy munosabat bildiribdi:
«2021-yil 22-aprel kuni ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida “O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlari tutashgan yerda Ochiq osmon ostidagi diskoteka bo‘lib o‘tdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabarlar yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
1. O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlari tutashgan ochiq maydonda 2021-yil 21-aprel kuni soat 19:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazilgan “Yoshlar party” shou dasturi Toshkent shahar Olmazor tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi, “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi tashabbusi hamda tashkilotchiligi doirasida o‘tkazilgan.
2. “Yoshlar party” shou dasturini tashkillashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlariga O‘zbekiston Milliy universitetining mutlaqo aloqasi yo‘qligini ma’lum qilamiz.
3. “Yoshlar party” shou dasturi haqidagi rasmiy axborot va tadbir tafsilotlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligiga murojaat qilinishi mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi O'zMU matbuot xizmati xabarida.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Buxoro viloyatida xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab oʻquvchilarining esa 26 nafarida koronavirus aniqlandi. Shu sababli viloyatdagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga oʻtkazildi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️O'zbekiston Milliy universitetining biologiya fakulteti ertaga, 22-apreldan noma'lum muddatga onlayn ta'limga o'tdi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb saytida yozilishicha, abiturient yozilar ekan...
Bugun oliy taʼlim tizimining tepasida bitta soʻzni eplab toʻgʻri yozolmagan, yoki uning xato ekanini bilsa-da toʻgʻrilab qoʻyishga yaramaydigan masʼuliyatsizlar oʻtiribdi.
Maʼlumot uchun, abituriyent yoziladi.
Bu juda kichik narsadir. Ammo har doim kattaroq muammolar kichiklarning yigʻilishidan boshlanadi!
#hayfsenlarga #essiztalim #oʻlganoliytalim #singanoliytalim #masuliyatsizlar
❗️Toshkent axborot texnologiyalari universitetining to'rtinchi va Toshkent davlat iqtisod universitetining ikkinchi talabalar turar joylarida virusga chalingan bemorlar aniqlangani sabab karantinga olindi. Talabalari esa onlayn ta'limga o'tkazildi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining arxitektura fakulteti ertaga, 21-apreldan onlayn ta’limga oʻtmoqda.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Samarqand veterinariya meditsina instituti 21-apreldan onlayn taʼlimga oʻtdi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi 21-apreldan boshlab noma'lum muddatga onlayn ta'limga o'tdi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Epidemiologik vaziyat og'irlashgani munosabati bilan bugun, 20-apreldan Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’lim shakli bosqichma-bosqich noma'lum muddatga masofaviy ta'limga o'tkaziladi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Izohga ortiqcha izoh shartmas. Xorijda bo'lsangiz, Toshkentga kelayotgan bo'lsangiz, qorinni to'ydirib kelavering...
Читать полностью…⚡️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalariga ertaga, 20-apreldan onlayn taʼlimga oʻtkazilishlari eʼlon qilindi. Talabalarga guruh rahbarlari ijarada turgan uylaridan hamma narsalarini olib ketishlarini, anʼanaviy oʻqishga qachondan qaytish nomaʼlumligini maʼlum qilishgan.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Toshkent shahriga kirish-chiqish postlariga yana dizinfeksion tunnellar o'rnatilmoqda. Ovoz kuchaytirgichlar (kalonkalar) o'rnatilib, koronavirus haqida ma'ruzalar yangrashni boshladi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining barcha kurs talabalari 14 kunga onlayn taʼlimga oʻtdi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Toshkent tibbiyot akademiyasining bir qancha talabalar turar joylari karantinga yopilib, ushbu talabalar turar joylarida turgan talabalarning uylariga javob berib yuborilgan.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Respublika boʻyicha 163 ta maktab karantinga olindi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️ O‘zbekiston Milliy universiteti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 22-apreldan O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika, biologiya hamda ekologiya fakultetlari Toshkent shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Olmazor tuman bo‘limining xulosasi va tavsiyasiga ko‘ra to‘liq masofaviy (onlayn) ta’lim shakliga o‘tkazildi.
Bunda yuqoridagi 3 ta fakultetda tahsil oluvchi kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim yo‘nalishi va magistratura bosqichi talabalari uchun to‘liq masofaviy darslar tashkil qilinadi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Nihoyat, Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP 500 universiteti ro'yxatiga kirdi. Bu haqida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov o'zining Facebook sahifasida ma'lum qildi
Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi. Unga ko'ra, ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o‘rinni egallagan.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Biroz avval Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy saytidagi xato so'z haqida yozgandik. Bu xatolikni zudlik bilan to'g'rilab, vazirlikdan botimizga xabar yuborishibdi:
«Hayrli kech, to‘g‘irlandi. E’tibor qaratganingiz uchun tashakkur. Kontent yangilanayogan vaqtida bu nazarimizdan chetda qolibdi.
Shu kabi negativ holat yoki xatolar kuzatilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Axborot xizmatiga ma’lum qilsangiz», deb telefon raqam qoldirishgan.
Baraka topgurlar, mana bo'larkan-ku o'z vaqtida e'tibor qaratsa. Albatta, buning uchun rahmat aytamiz va bundan keyingi murojaatlarimizga ham mana shunday e'tibor hamda mana shunday tezkorlik kutamiz!
Bu ish uchun va tezkorlik uchun alohida tashakkur!
#masofatalimeffekti
⚡️Rasman: Ijarada turuvchi talabalarning ijara puli miqdorining 50 foizini to'lash tartibi e'lon qilindi
2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
▫️ ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
▫️ ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Bitta "zamdekan" muddati 15-aprelgacha bo'lgan e'lonni bugun, 20-aprel kuni e'lon qilgan.
"Zamdekan"lar bor, "zamdekan"larning naqshidur, "zamdekan"lar bor ... ondin yaxshidur! Uch nuqtaning o'rniga istagan so'zingizni qo'yib oling :)
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Toshkent viloyatida 14 ta maktab karantinga olindi — hokimlik
Mazkur maktablarning 30 nafar oʻquvchilari va 25 nafar oʻqituvchilarida koronavirus aniqlangan.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektorining xabari
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
«Biznes marafon» loyihasi navbatdagi viloyatlarda davom etadi!
Yaqinda mamlakatimiz bo'ylab «Biznes marafon» loyihasini yo'lga qo'yib, loyiha orqali minglab yoshlarga biznes yuritish bo'yicha muhim bilimlarni ulashdik.
13-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz ushbu loyihadagi asosiy hamkorlarimiz — Hasan aka va Husan aka Mamasaidovlarni e'tirof etib, mana shunday tadbirkorlarni yoshlarga bepul dars berayotganini, aslida eng qimmat resurs bilim ekanini tadbirkorlar orqali yana bir martta ta'kidladilar.
Loyihamiz navbatdagi viloyatlarda — 22-aprel kuni Sirdaryo viloyatida, 28- va 29-aprel kunlari Toshkent viloyatida davom etadi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo'lganlar @biznesmarafon_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim. Ishtirok etish mutlaqo bepul.
@alisher_sadullaev
⚡️Prezident qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi
Hujjat bilan shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq:
▫️Universitetga o‘qishga qabul qilish tanlov asosida, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ehtiyojini hisobga olgan holda har yili belgilanadigan kvotalar doirasida amalga oshirilib, ta'lim oluvchilarga o‘rnatilgan tartibda stipendiya (pul ta'minoti) to‘lanadi va moddiy ta'minot belgilanadi;
▫️Universitet kursantlarini kelgusida harbiy xizmat (xizmat) o‘tash uchun idoralararo taqsimlash ta'lim yo‘nalishlariga muvofiq bitiruv bosqichida amalga oshiriladi;
▫️Universitet bitiruv bosqichidagi kursantlarning faoliyat sohasi bo‘yicha stajirovkasi o‘qishni tamomlagandan so‘ng harbiy xizmat (xizmat) o‘tash uchun yuborilishi nazarda tutilgan bo‘linmalarda tashkil etiladi;
▫️Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchilari (xodimlari) mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida mutaxassislik fanlari bo‘yicha Universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish huquqiga ega;
▫️Universitet tomonidan Milliy gvardiya akademik litseylarining o‘quv-metodik jarayoni muvofiqlashtiriladi hamda ularga tizimli amaliy va axborot-resurs yordami ko‘rsatiladi;
▫️Universitetga o‘qishga kiruvchi abituriyentlarning antropometrik parametrlari Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga harbiy xizmat (xizmat)ga qabul qilish talablariga muvofiq tartibda tanlangan mutaxassislikka qarab belgilanadi;
▫️Universitetning ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida besh yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar harbiy xizmatchilar lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;
▫️Universitetning xizmatchilar uchun belgilangan professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tayinlanadigan pedagog xodimlar bilan shartnomalar bir yil muddatga tuziladi.
Qarorga asosan, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari ma'qullandi:
▫️Universitetga kunduzgi ta'lim shaklining bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha umumiy asoslarda yurisprudensiya, psixologiya va iqtisodiyot sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish;
▫️umumiy asoslarda kadrlar tayyorlashni to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish va bitiruvchilarga «zaxiradagi ofitser» harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplom berish.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filologiyasi, roman-german fakulteti, magistratura bo‘limi, kechgi ta’lim va tarjimon fakultetlari masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazildi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 20-apreldan onlayn ta’limga oʻtkazildi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Oliy ta'lim muassasalarida talabalarda koronavirus aniqlanayotgani va bu holat kundan kun ko'payib borayotgani hech kimga sir emas. Bu holatlar esa juda ko'pchilik oliy ta'lim muassasalarida yashirilmoqda va tegishli choralar ko'rilmayapti. O'z navbatida, amaldagi qonunchilikka ko'ra, bu javobgarlikka tortishga ham asos bo'ladi.
Shu paytda tizimning tepasida o'tirgan, byudjetdan (xalq pulidan) oylik olib, shuning evaziga qimmat mashinalarda yurgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi doimgidek ko'r, kar va soqovni yoqib olgan. Telegramdagi kanaliga qarasang, gumbura-qars bayram, hammayoq farovon.
Nazarimizda, bu holatga jiddiy qarash kerak. Vaziyat hozir u qadar og'ir emas. Ammo kasallanish ko'payaversa, oliy ta'lim muassasalari onlayn ta'limga o'tishga majbur bo'ladi. Talabalar uyiga ketsa, bu holat yana kasallanish ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin. Xudo ko'rsatmasin, poytaxtda qaysidir talaba kasallikni yuqtirsa va unda yashirin holatda o'tayotgan bo'lsa, uyiga borgach oila a'zolarining ham hayotini havf ostiga qo'yishi mumkin. Hozir ayni vaqti. Keyin onlayn ta'limga o'tish vaziyatni battar qiladi.
Toshqulov qani?
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 19-apreldan noma’lum muddatga onlayn ta’limga o‘tdi. Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarida koronavirus aniqlangan.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Qaroqchilik
2021-yil 1-fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingandi. Qoidaga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarining to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi.
Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berildi. Ikkinchisi, 1-fevraldan ish haqlari oshirilgan taqdirda ham, joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligi belgilab qo‘yildi.
Biroq bundan bir necha kun avval talabalar murojaat qilishdi. Talabalarga ko'ra, to'lov-kontraktni stipendiyali qilib, to'liq to'lashgan bo'lsa-da mart oyidan beri stipendiya to'lanmayotgani haqida ma'lum qilishdi. Holatni o'rgansak, bir qancha oliy ta'lim muassasalari 1-fevraldan stipendiya oshganini va stipendiya to'lanishi uchun yana qo'shimcha to'lov qilinishi kerakligini aytishgan.
Tegishli nizomlarga qaraydigan bo'lsak, oliy ta'lim muassasalari bunday talab qo'yishga va stipendiya to'lamaslikka haqqi yo'q. Sababi stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun: to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi; umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1-fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan.
❗️Hukumatning qaroridan bexabar, uni mensimaydigan, talabaning stipendiyasini vaqtida to'lamay, yana qo'shimcha to'lov talab qilayotgan oliy ta'lim muassasalari qaroqchidir!
Munosabat kutamiz! Vaqt o'tyapti, "aravani tortish" kerak!
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim