#tadbir
🔔 Shayxontohur tumanidagi 20-maktabda ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga katta tayyorgarlik ko‘rildi
🔈 Tadbir boshlanishida MMTV vazir maslahatchisi Nasiba Mamaraimova O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning o‘quvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, 11-sinf o‘quvchilarining jadidlarimiz siymosida chiqishi bayramga yig‘ilgan jamiki kishilarda katta taasurot qoldirdi.
Bayram yakunida o‘quv yili davomida a’lo ko‘rsatkichlarni qayd etgan, xulqi namunali o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar tantanali topshirildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Yaqinda "Ma’rifat" gazetasi 25-may munosabati bilan maktabni bitirayotgan o‘quvchilarga tilaklar yozib berishimni so‘ragandi. O‘sha tilaklarni bu yerda ham e’lon qilmoqchiman:
Hurmatli bitiruvchi uka-singillarim!
Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallash yo‘lidagi vazifalar aytishni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uchun joningizni fido qiling, butun dunyoga mashhur daho bo‘ling, deya mushkul topshiriq berish niyatim ham yo‘q. Bunday gaplar, aksincha, sizga ortiqcha bosim yuklaydi. O‘zingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilishingizni xohlamayman.
Siz bilan hech qanday g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘layotgani yo‘q. Shunchaki yashashda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqichini tugatib, keyingisiga o‘tyapsiz, xolos. Bu xuddi bog‘chani tugatib, maktabga chiqishdek oddiy gap.
Sizga yagona tilagim, o‘zingiz uchun hayotdan zavqlanib yashang. Qachon zavqlanasiz? Qachonki har kuni o‘zingiz uchun yangi ma’lumotlar kashf qilganingizda. Qachonki o‘zingizni kundan kunga bilimli bo‘lib ketayotganingizni his qilganingizda. Qachonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llab, odamlarga foyda keltirishni boshlaganingizda. Qachonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga ko‘pdan ko‘p rahmat aytishganida. Qachonki bilimlaringiz ortidan o‘zingiz sevgan ishga joylashib, yaxshi daromad olganingizda.
Ko‘ryapsizmi, bir qarashda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til o‘rgansangiz bo‘ldi, qolgani o‘z navbati bilan kelaveradi.
Sizlarga omad va baxt tilab, Xushnudbek.
👉 @xushnudbek 👈
Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi
Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilansin. Bunda:
🔄 abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
📶 davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
✅ birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi;
📣 oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi;
✅ ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔔Mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga
⭐️Qadrli farzandlarim!
Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#nuqtayi_nazar
⏺Bola biznes g‘oyalari bilan o‘sadi
📍Yaponiya ta’lim tizimini tahlil qilsak, u yerda boshlang‘ich sinfdan boshlaboq bolalar mustaqil fikrlash, olamni idrok qilish, odamlar bilan muloqot qilish va mehnat tarbiyasiga o‘rgatilar ekan.
✅Eng qizig‘i, yapon bolalariga boshlang‘ich sinflarda hech qanday baho qo‘yilmas, shunchaki ilm yo‘lidagi dastlabki ko‘nikmalar o‘rgatilar ekan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#tadbir
✅Yunusobod tumanidagi 9-IDUMning 4-“A” sinfida “Yangi Oʻzbekiston farzandlarimiz” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda maktab rahbariyati, fan oʻqituvchilari, o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Oʻquvchilar maktabga kelgan ilk kunlaridan to bugunga qadar fan, san’at, sport sohalarida erishgan yutuqlari bilan oʻrtoqlashdi.
Oʻquvchilar tomonidan namoyish etilgan sahna koʻrinishi barchaning kayfiyatini koʻtardi.Tadbir yakunida a’lo baholarga oʻqiyotgan, xulqi namunali oʻquvchilar noan’anaviy “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning ota-onalariga maktab rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” taqdim etildi.
Durdona QODIROVA,
sinf rahbari
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
JIGARLARDAN OZOR YETGANDA
Yoshligimizda ma’rifatli O‘ktamxon enam bir rivoyatni so‘zlab bergan edi. Qadimda bir podsho bo‘lib, yurtni adolatli boshqarar, el-yurtini obod etar edi. Kunlardan bir kun uning shotirlari ikki aybdor fuqaroni olib kelibdilar. Bu aybdorlarning biri shu yurtda o‘rtahol yashovchi ayolning ukasi, jigarbandi, biri esa yakka-yu yagona o‘g‘li ekan. U yurt podshosiga arz-dod etib, aybdorlarning gunohidan o‘tishini o‘tinib so‘raydi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
📍ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI O‘QUV BINOSI BARPO ETILMOQDA
✔️ Ma’lumki, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida talabalar qamrovi oshib borayotganligi bois kvotalarni ko‘paytirish, shuningdek, yangi va zamonaviy o‘quv binolarini barpo etishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Yurtimizning turli hududlarida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda va bu haqida batafsil suhbatni Andijon davlat universiteti matbuot xizmati mutaxassisi Dilafzoda Poziljanova bilan davom ettiramiz.
– Andijon davlat universitetida bu kabi islohotlar qay ko‘lamda olib borilmoqda?
– Andijon davlat universitetida ham talabalar soni yildan yilga ortib borayotganligi sababli talabalar turar joylari, o‘quv binolari ham ko‘paytirilmoqda. Jumladan, 2023-yilda 1000 o‘ringa mo‘ljallangan (shundan 400 tasi DXSH asosida) talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi.
– Yangi o‘quv yilida talabalarga qanday qulayliklar yaratish rejalashtirilmoqda?
– Hozirda universitetning manzilli dasturi asosida budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1800 o‘rinli o‘quv binoning qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Yangi o‘quv yilida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Talabalarning sifatli ta’lim olishi, kelgusida mamlakatimizning iqtisodiy tarmoqlari rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, albatta, zamonaviy o‘quv xonalari va yetarli texnik bazalar samarali xizmat qiladi.
Mohizoda XOLIQOVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
⌛ O‘zbekistonda maktablar soni qancha?
📈O‘zbekistonda maktablar soni so‘nggi 5 yilda 660 taga ko‘paygan.
2023-2024-o‘quv yilida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha 10 750 maktab bo‘lib, ularning 383 tasi nodavlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalaridir.
✔️2019—2021-yillarda tashkil etilgan Prezident maktablari soni esa bugungi kunga kelib 14 taga yetgan.
🔈2024-yil 5821861 nafar oʻquvchilar maktabni bitiradi.
Xolida RAHMATBOYEVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#kino_olami
⭐️O‘zbekistonlik talabalar suratga olgan film xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
💎“48 soatlik kinopoygaʼʼ xalqaro tanlovining “Eng yaxshi film” nominatsiyasida Yolqin To‘ychiyev ustaxonasi talabalari tomonidan suratga olingan “Manzilsiz uy” filmi g‘olib bo‘ldi.
⌛Kuni kecha Markaziy Osiyo kino ijodkorlari uchun o‘tkazilgan “48 soatlik kinopoyga” tanlovi yakunlandi. Ikki sutka ichida ishtirokchilar to‘rt daqiqagacha bo‘lgan qisqa metrajli film tayyorlagan. Film ijodiy topshiriqqa ko‘ra tayyorlanadi. Personaj va bir necha jumla beriladi. Ssenariyni tayyorlash, suratga olish va boshqa ijodiy-texnik ishlarga hammasi bo‘lib, atigi 48 soat vaqt ajratildi.
✔️Tanlov g‘oliblari “New York Film Academy”da film-meyking kursida o‘qiydi. “New York Film Academy”dan kinorejissura, sahna mahorati, prodyuserlik, montaj va operatorlik mahorati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha stipendiya oladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#sport
G‘OLIB O‘QITUVCHI
✅ Sport doimo ruhni, badanni tetiklashtirib, inson ruhan, jismonan sog‘lom bo‘ladi. Shu bilan birga aqlni muntazam charxlaydi. O‘qituvchi murabbiylar orasida ham tuman, shahar bosqichlarida shashka sporti bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Shayxontohur tumanida o‘qituvchilar o‘rtasida 1-o‘rinni olgan 19-maktab ingliz TILI o‘qituvchisi Axmedova Feruza Atxamovna, shahar bosqichida yuksak natijalarga erishib, shaharda nufuzli 2-o‘rinni egallab MMT vazirligining sovrinlarini qo‘lga kiritdi.
🟦 Hozirgi kunda, zamonaviy o‘qituvchi ana shunday ibratli, jismonan tetik bo‘lishi kerak. Prezidentimiz har bir soha vakillariga, ayniqsa o‘qituvchi-pedagoglarga katta e’tibor qaratmoqda. Ularning nafaqat dars berishi, balki sport sohasida ham o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun ham barcha sharoitlarni yaratib berildi.
Shunday ekan biz Shayxontohur tumani, 19-maktab jamoasi kelgusida ustozimizga yanada yuksak natijalarga erishishlarini, yoshlarni ham ma’nan, ham jismonan kamol toptirishlariga tilakdoshmiz.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#kitob_nur
✅Farzandingiz uchun oxirgi marta qachon kitob xarid qildingiz?
🗣 Bo‘stonliq tumanidagi 20-maktabning 1-“B”sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Kitobxonlik festivali” hamda sinf ota-onalari tomonidan “Farzandim uchun bitta kitob” tanlovini o‘tkazishdi.
Jarayonda o‘quvchilar kitoblarning paydo bo‘lishidan bugungi kundagi elektron kitoblargacha bo‘lgan davrlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. O‘qigan kitoblari yuzasidan “Davom ettir!”, “Muallifini top!”, “Eng ravon o‘quvchi” kabi shartlar bo‘yicha bellashdi. O‘qituvchilarning ota-onalari tomonidan maktab kutubxonasiga 22 nomdagi kitob taqdim etildi.
🎖Donolarimiz bejizga “Kutubxona – nurxona” deyishmagan. Jajji bolajonlar ham kutubxonada quyosh kabi porlab, kelajak uchun buyuk maqsadlar qo‘yishdi.
✅ Batafsil
Shoista BOBOJONOVA,
Sinf rahbari
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔈“Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qoʻshiling!
22-may, chorshanba kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi! Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga poytaxt bo‘ylab harakatlanish uchun jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitga zarar keltirmaydigan boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Biz barchani “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka va ekologik toza transport vositasidan foydalanishga chaqiramiz!
Dilnoza SAPAYEVA
O‘ZDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Axborot_texnologiyalari
🗣Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari O‘zbekiston delegatsiyasi safida Jahon ta’lim forumida qatnashmoqda
London safaridan asosiy ko‘zlangan maqsadlar:
✅ O‘zbekistonning AT salohiyatini Britaniyaning nufuzli OTMlari va AT kompaniyalariga namoyish etish;
✅ O‘zbekistonda AT sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, AT ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirish;
✅ Britaniyada mavjud yirik AT kompaniyalarni O‘zbekiston AT bozoriga olib kelish hamda hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish.
#yangiliklar
#talaba_amaliyoti
⌛Vazir Hilola Umarova Londonda...
🌐Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon taʼlim forumida “Maktabgacha va maktab taʼlimi” vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiyada ishtirok etmoqda.
📍Buyuk Britaniya bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Taʼlim vazirlari qatnashmoqda.
🗣Tadbirni Buyuk Britaniya taʼlim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan ochib berdi. Ayni vaqtda nufuzli spikerlar tomonidan maʼruzalar tashkil etilmoqda.
💬Forumning birinchi kunida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda taʼlimga yangi metodikalar joriy etish, sunʼiy intellektdan foydalanish va taʼlim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.
Xolida RAHMATBOYEVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🗣Turkiston iqtisodiyoti qanday rivojlangan?
🔅Joriy yilning 25-may kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda “Turkistonning iqtisodiy tarixi: Eng qadimdan kunimizgacha” nomli
ellararo ilmiy yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy yig‘in davomida mamlakatimizda va chet elda o‘z faoliyatini yuritayotgan tarixchi olimlar , professorlar va fan doktorlari Turkistonning qadimiy iqtisodiyotiga oid tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida o‘z bilgan eng sara ma'lumotlarini tinglovchilar bilan bo‘lishdilar.
📶 Yig‘inda Oliy ta'lim o‘qituvchilari, talabalar va tarixga qiziquvchi yoshlar ishtirok etib, Turkistonning iqtisodiy tarixiga oid yangi va eng sara ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Anvar ALMIRZAYEV,
Jahongir SOATMO‘MINOV,
O‘zDJTU talabalari
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#ochiq_dars
✏️Adabiyot gulshani
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Sattorova Nasiba Normurod qizining Adabiyot fanidan “Hellados” hikoyasi asosida oʻtkazilgan ochiq va namunali darsidan fotolavhalar...
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔔Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!
🔈 Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan-maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi.
✅ Batafsil
Hilola UMAROVA
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#IIB_tezkor
✅IIV: “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlik choralari ta’minlanadi
🔈Ertaga – 25 may kuni mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanadi. Shu munosabat bilan ta’lim dargohlarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkaziladi.
🟢Bu borada hukumatimizning tegishli qarori qabul qilingan. Shunga asosan joriy yil 25-may kuni respublikamiz bo‘ylab 10 ming 182 ta’lim muassasasida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar davomida xavfsizlikni ta’minlashga 13 ming 540 nafar ichki ishlar, 4 ming 740 nafar milliy gvardiya va 7 ming 817 nafar favqulodda vaziyatlar xodimlari xizmatga jalb etiladi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
📣SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ
Tuni bilan kelmadi uyqu,
Borlig‘imda hayajon, tuyg‘u,
Bilmam bu ne, qayg‘umi, orzu,
Xira tortar qalbimda titroq,
Chal sozingni yanada yangroq,
DILTORIMSAN, SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ.
Vujudimni kezar hayolot,
Olislardan taralar bayot,
Chorlamoqda mustaqil hayot,
Yo‘limizda sen bo‘lib chiroq,
Nuring sochgin, sochgin yorug‘roq,
DILNURIMSAN SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ.
Bir-birovga boqadi sirli,
Chin yurakdan yo‘l tilab nurli,
Ko‘zlar yoniq, nigoh sehrli,
Otash misol yonadi yonoq,
Manzil olis, yo‘l hali yiroq,
DILDORIMSAN, SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ.
Birga o‘qib bo‘ldik sinfdosh,
Xat yozishib, ham bo‘ldik sirdosh,
Xayolimda o‘shal qalamqosh,
Savol bersam javobi jumboq,
Sog‘inchlarda qo‘ymagin uzoq,
XUMORIMSAN, SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ.
Bilimlarga qonib yorug‘ yuz,
Ishq dardidan ba’zan totmay tuz,
Ilk sevgiga ko‘ngil cho‘kib tiz,
Dil bo‘lmasin sarg‘aygan yaproq,
O‘rtamizga solmagin firoq,
TUMORIMSAN, SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ.
Abdurashid ERGASHEV
Asaka tumanidagi 26-maktab o‘qituvchisi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✔️Professional ta’limni rivojlantirish institutida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
💬Joriy yilning 18-may kuni "Professional ta’limni rivojlantirish institutida Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” nomli innovatsion loyiha doirasida “Professional ta’limda kadrlar tayyorlashda dual ta’limni joriy qilish uchun yangi g‘oyalar va innovatsiyalar: xalqaro tajriba, muammolar va istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Mutolaa
#talaba_amaliyoti
QIYSHIQ RO‘MOL
Bolaligim… O‘zining hayotiga befarq onam kuni bo‘yi mening yupun ustimni but qilish harakatida edi. Tengdoshlaridan ajralib qolmasin, deya doim men haqimda kuyinar edi:
– O‘zing yoqtirganlaringni tanla, bolam! Shunga yarasha o‘qiyapsan, mingdan-ming roziman.
– Ona aqalli bir marta o‘zingiz uchun ham nimadir oling… Axir, necha yildan buyon yangi kiyim kiymadingiz. Ayniqsa, boshingizdagi qiyshiq bogʻlangan ro‘molingiz ancha eskirgan, ohori toʻkilgan. Shu payt sodda onam “Oʻgʻlim, axir, senga aytganmanku, bu roʻmol rahmatli buvingni eslatib turuvchi bitta-yu bitta yodgorlik!” deya jilmaydi… Men doimgidek oyimning yolgʻonlariga ishonardim.
Ulg‘aydim, onam ancha qaridi. Onam orzu qilgan farzand bo‘la oldimmi, yoki aksincha bilmadim. Lekin onam mening kamolim uchun oʻzining shodligini qurbon qilgan ekan. Oyimning boshidagi qiyshiq ro‘mol aslida buvimni eslatib turishi uchun emas, balki men xohlagan kiyimimni kiya olishim uchun oʻylab topilgan ekan. Yoshligimda sho‘xligimdan olovga bir tomonini bosib olganim uchun ro‘molining bog‘i qiyshiq bog‘lanarkan…
Sunnatillo QO‘YCHIYEV,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅Ilm-fanning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar
📍Toshkent gumanitar fanlar universitetida “Ilm-fanning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔈O‘zbekistonlik
29-grossmeyster
🔥Kecha yakunlangan "Sharjah Master 2024" shaxmat turnirida Muhiddin Madaminov rasman grossmeysterlik talabini bajardi va O‘zbekistonning 29-grossmeysteriga aylandi.
⌛Muhiddin 9 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘ardi va 2603 reyting perfomans qayd etdi.
⚡️Mazkur turnirda grossmeysterimiz Shamsiddin Vohidov ham juda zo‘r qatnashdi va 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Garchi u dastlabki uchta o‘rindagi shaxmatchi bilan bir xil natija, ya’ni 6,5 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, lekin qo‘shimcha natijalarga ko‘ra, uchtalikka kirolmay qoldi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#maktab_hayoti
🔥KICHIK AKADEMIYANING KATTA YUTUQLARI
⭐️Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Sergeli tumanida joylashgan 300-maktabda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabda ta’lim o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi. Hozirda 7147 nafar o‘quvchiga 275 nafar oliy ma’lumotli pedagog xodimlar dars berib kelmoqdalar. Pedagoglar tarkibining 58% oliy hamda I toifali o‘qituvchilardan iborat.
📶2023-o‘quv yilida maktabni 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarining 85% oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#befarq_emasman
#talaba_amaliyoti
✅ EKOLOGIYAGA BEFARQ EMASMAN!
📍 Novza masjidi atrofi, ya’ni Ekologiya vazirligiga yaqin hududni plastik chiqindi va qog‘ozlardan tozaladik. Achinarlisi, odamlar urna qolib ariqlarga axlat tashlashayotganida ham emas, balki vazirlikning bunday holatga loqaydligida...
⏱So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ekologik roliklar soni ko‘paygani insonni quvontiradi. Yoshlarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda faolligini hisobga olsak, bunday roliklarning ta’sir doirasi kengayishi mumkin. Ha, bir yoqadan bosh chiqarsak, natijaga erishishga umid bor.
Nigina IKROM,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
MAKTAB VA O‘QITUVCHILIK KASBI TANAZZULGA YUZ TUTADIMI?
Bundan 15 yillar avval “Uy elektron maktabi” loyihasini ishlab chiqqan edim. Loyihaning asosiy mazmun va maqsadi – kelajakdagi maktablarni ilmiy farazlar hamda fan-texnikaning rivojlanish
sur’atlari bo‘yicha hisob-kitoblar yordamida loyihalashtirishdan iborat edi. Loyihada kelajak maktablarida deyarli o‘qituvchilar bo‘lmasligi, o‘quvchilar mustaqil ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kuchli o‘qituvchilarning dasturiy ta’minot holidagi darslaridan onlayn bilim olishlari haqida fikr bildirilgan. Ne ajabki, bu loyihadagi fi krlar bugungi kunda o‘z isbotini topyapti. Texnologiyalarning yil, oy, kun emas, balki soat sayin takomillashib borishi, fanning yangi sohalari paydo bo‘lishi insonlardan kuchli bilim, malaka, mahorat va aql talab qilmoqda. Qaysi soha vakili bo‘lishidan qat’i nazar, endi to‘xtab turish mumkin emasligi, o‘z sohasining yetakchisi bo‘lishi kerakligiga ishonch ortib bormoqda.
Endi maktabga, ta’lim sohasiga qaraydigan bo‘lsak. Biz eski qarashlardan voz kechishimiz zarur! Bitta haqiqatni esdan chiqarmasligimiz lozim: “Maktab – o‘qitadigan joy emas, balki – o‘qishga o‘rgatadigan joy!”
✅Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 22-may kungi sonida:
👉 Open budjet – 3: tizimdagi yangilik
👉 “Oksford orzu edi”
👉 Vazirlar Mahkamasi qarori bajarilmayapti
👉 Maktab va o‘qituvchilik kasbi tanazzulga yuz tutadimi?
👉 Matematika faqatgina qat’iy qoidalar to‘plami emas
👉 Sayohat – bilimlarni mustahkamlaydi
👉 Chiqindilar “dunyo”sini kim yaratadi?
👉 Jigarlardan ozor yetganda
👉 Qadim Chag‘oniyon va navqiron Denov
👉 Oq yo‘l, aziz bitiruvchi!
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
🗣USTOZ VA YOSHLAR UCHRASHUVI
💬O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasida talabalarning bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish, maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir Xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchi xodimlari tomonidan olib borildi.
Suhbatga jalb etilgan talabalar oxirgi oֹ‘qigan kitoblaridan parchalar keltirishdi. Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi. Unda xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.
Sevinch AHMADJONOVA,
O‘zJDTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#tong_yulduzi
#gazeta
⭐️“Tong yulduzi” yoritgan olam
➡️2024-yil 21-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida, “Tong yulduzi yoritgan olam" nomli kitob taqdimoti hamda Ravil Alibekovning ijodiga bagʻishlangan suratlar koʻrgazmasi oʻtkazildi.
Tadbirda taʼkidlanganidek joriy yilning avgustida “Tong yulduzi” gazetasining 95 yilligi nishonlanadi.
Qayd etish joizki, “Tong yulduzi'” gazetasi salkam bir asr davomida chop etilgan.
⌛Shuningdek, “Tong yulduzi” gazetasida “Bir kuni darsda ...”, “Bolalik kunlarimda”, “Ota-onangiz bilan oʻqing”, “Kitob javoningizga”, “Xotira uygʻonsa goʻzaldir”, “Mulohaza uchun mavzu”, kabi ruknlar mavjud boʻlib, ulardan, ayniqsa, “Bir kuni darsda ...” rukini oʻqituvchilar va oʻquvchilar orasida ommalashgan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova