mansur_jumayev | Неотсортированное

Telegram-канал mansur_jumayev - Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

452

Ушбу каналда шоир Мансур ЖУМАЕВ ижодини кузатиб бориш имконига эга бўласиз. Канал шоирнинг дўстлари, мухлислари томонидан очилди.

Подписаться на канал

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Ҳазрати севгидан мужда келтирдим!

* * *
Хорундай зотлардан ҳиммат чиқмади,
Бебаҳо билганим қиммат чиқмади.
Ҳазрати севгидан мужда келтирдим,
Ҳабибим дейдиган уммат чиқмади.

2021

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Эсингдами ака, ёз оқшомлари...

ХОКИМ БУВА - Подписаться.

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

📝 Mansur Jumayev
🎤 Nilufar Ergasheva

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

...Bugungi kun sheʼriyati ancha ijtimoiylashdi. Shu jumladan, ishq, sevgi ham ijtimoiy-hayotiy hodisaga aylandi. Odamlar uchun chinakam muhabbat faqat er-xotin orasida boʻlishi mumkin. Garchi jamiyatda ishq o‘zining qamrovini o‘zgartirgan bo‘lsa-da, she’riyatda saqlanib qoldi. Misol uchun, Mansur Jumayev shunday yozadi:

Toza hislarga to‘ldi
ko‘ngilkosa, sarvinoz;
tasvirga qarab, bo‘ldim
Musavvirga ishqiboz.


Davomi: havola

@kumush_odina

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Jarayondan suratlar.

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Mavjuda Almanova oʻqidi!

/channel/Vido_afsuni

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

* * *
Quvonasan
sen sevgan kalom
sendan boshqa kimgadir yoqsa,
yo sen sevib oʻqigan kitob
sendan boshqa kimnidir yoqsa,
sen yoqtirgan rang
sendan boshqa
kimgadir xush kelsa, qanday soz;
quvonasan
kimgadir yoqsa
sen yoqtirgan birorta libos,
sendan boshqa kimdir
sen sevgan
ohanglarga quloq tutsa jim,
quvonasan
sen sevgan yurtni
jon-jonidan sevsa kimda-kim,
boshqalar ham,
kuzmi, qish-qirov,
sevsin
sevgan xalqingni,
bor gap...
Faqat
chidolmaysan
sendan boshqa birov
koʻngil qoʻysa
sen suygan yorga.

21-may 2024-yil, Samarqand

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

БУ ЕРЛАРДА

Қўлга босиб иягин,
ўйга толган одамнинг
титроқлари гуллайди;
руҳдаги ўт,
сув,
ҳаво,
тупроқлари гуллайди;
кўксидаги меърожбахш
буроқлари гуллайди;
юлдуззор кўкка солган
ўроқлари гуллайди;
кўнгил — кўҳна дастурхон,
қуроқлари гуллайди...
жўралар,
бу ерларда
қўлга босиб иягин,
ўйга толган одамнинг
томир отиб тирсаги,
бармоқлари гуллайди.

15 май 2024 йил, Янгиер

BU YERLARDA

Qoʻlga bosib iyagin,
oʻyga tolgan odamning
titroqlari gullaydi;
ruhdagi oʻt,
suv,
havo,
tuproqlari gullaydi;
koʻksidagi meʼrojbaxsh
buroqlari gullaydi;
koʻngil — koʻhna dasturxon,
quroqlari gullaydi...
joʻralar,
bu yerlarda
qoʻlga bosib iyagin,
oʻyga tolgan odamning
tomir otib tirsagi,
barmoqlari gullaydi.

15-may 2024-yil, Yangiyer

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Sevgimizni sevgilimiz
Aytmasak ham eshitadir!

✍Mansur Jumayev
🎤Rayhona Davronova

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

#OAV #TV
#DIYOR_YANGILIKLARI

⚡️ O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA "MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDA ADABIY-BADIIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI.

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Бугун - 26 апрель - Ўзбекистон халқ шоири, устоз Муҳаммад ЮСУФ таваллуд топган кун!
Оллоҳ охиратини обод айласин!

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

✍Mansur Jumayev
@baalkim

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

AZIZAM…

@Mansur_Jumayev she’ri
🎤 Erkin Bozorov.

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

"Siz nima deysiz" Toshkent telekanali.
02.04.2024.

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

#nazm

NAVRO‘ZNOMA

Tun edi navosiz navo daydigan,
Bir sovuq, bir qora havo daydigan.
Navro‘ziy nasimlar keldilar nogoh
Ko‘ksimni ko‘klarga havolaydigan.

Izladim tun ipin uzguvchi shamni,
Kun chiqdi – kulgusi kezdi olamni,
Qo‘shiqlar to‘qidim ko‘kni, ko‘klamni,
Yerni kuylaydigan, navolaydigan.

Baxt isi yoyildi yog‘in-yomg‘irdan,
Varraklar o‘sdilar baxmal adirdan –
Dehqoni xokisor ruhimni yerdan
Ko‘kka yo‘llaydigan, ravolaydigan.

Tarnovda sumalak eridi, indi,
Indi-yu boychechak boshida sindi,
Tuproqdan tiriklik ifori undi,
Sumalak pishirdim – davolaydigan.

Kuyladim – quyoshni navolaydigan,
Cho‘ponlar dashtidan havolaydigan.
Navro‘ziy nasimlar mujda keltirdi –
Sovugan ko‘ngilni davolaydigan.

Mansur Jumayev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Matbuot voqealarni oldindan koʻra biladi!

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

БЕШИНЧИ МУСОФИР

Муҳаммадали Ғаффоровга бағишладим.

Шимол ўлкасига тун чўкди бенур,
кўнгил ўлкасида порлаб чиқди кун:
ахир, Яккабоғда уйғонган шуур
барфин ўрмонларда топмовди якун.

Уйғонди,
тўлғонди:
соғинч,
илҳом,
шеър.
Бу тун бутун шеърдир –
кўнгил тўқ эди.
Олтига уч метр вагон-контейнер
ичра ундан бўлак шоир йўқ эди.

Вужудини шимол аёзи чимдиб,
ухламай шеър ёзиб ўлтирарди Шарқ,
ногоҳ гумбурлади нимадир,
тинди,
ногоҳ совуқ тунни ўртаб ўтди барқ.

Узоқ-яқиндаги шуълалар ўчди,
темир бошпанани тарк этди зиё,
чироқсиз вагонни қаҳратон қучди
ва совий бошлади қонлар ҳам гўё.

Темир бошпанани дақиқа сайин
ишғол қилар экан совуқ аёз, қиш,
тўртта ҳамхонасин уйғотиб тайин,
шеър ўқиб бергувчи шоирга олқиш!

Совуқ контейнерни илитмади шеър,
турдилар,
юрдилар,
сакрадилар боз,
машқ ҳам қилдилар,
тепиндилар ер...
на чироқ келдию
на тинди аёз.

Совуқ санчиларкан бамисоли ўқ,
музлаб қолмасин деб қўл,
оёқ,
дил,
онг...
шу тун тўрт мусофир ухлагани йўқ,
шу тун шеър эшитиб оттирдилар тонг.

Бешинчи мусофир шеър ўқийди, шеър,
ҳар бир шеър гўё бир парча чўғ эди;
олтига уч метр вагон-контейнер
ичра ундан бўлак шоир йўқ эди.

Ниҳоят, тонгга ҳам етдилар омон,
ниҳоят, иш-ишга тарқади бари,
фақат иш жойига келмади шу тонг
қўшни вагондаги ҳамқишлоқлари.

Кеча –
ток станция портлаган маҳал,
чироқ,
иситкичлар ўчган ўша тун,
нариги контейнер аҳлини
ажал
олиб кетган экан бус-бутун...

Асли, бу гапларни не керак сўзлаб,
кечмиш ҳасратлардан озурда бўлмоқ?!
Демак, тақдир экан аёзда музлаб,
ғафлатда,
ҳасратда,
фурқатда ўлмоқ.

Ўкинмай,
ўксинмай бўларми бироқ,
бари ватандошу
бари дўст-қарин.
Худо раҳмат қилсин
эл-юртдан йироқ
жон берган жувонмарг жонларнинг барин.

Не чора бор, ахир,
ким нима ҳам дер,
бариси навқирон,
ғайир йўқ эди,
лекин бу вагонда
уйғотиб,
шеър-пер
ўқиб берадиган шоир йўқ эди.

Ҳали ҳам совуқдир шимол, дўстларим,
ҳали ҳам бир ғафлат қувар эрларни...
Аёзда чироқсиз қолдирма, Тангрим,
шоири йўқ контейнерларни!

Мансур Жумаев

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

***
Гўзал ўтди болалигимиз,
Асрадилар қордан, қировдан.
На рамазон айтиб ўтдим мен,
На ҳайитлик кутдим бировдан.

Ҳовучимиз тўла ҳолва-ю,
Гул тутдилар, тутмадик тикан.
Янги эди кўйлакларимиз,
Ҳар кунимиз бир ҳайит бўлган.

Хон эмасдик, тўра эмасдик,
Унни сувмас, сутга қорамиз.
Қийналгандир эҳтимол бизга,
Сездирмаган ота-онамиз.

Мурувватинг чексиз, биламан,
Раҳим айла, ёрлақа мани.
Ҳайитликлар сўраб қошингга,
Келдим рамазонлар айтгани.

Тинчлик бергин элларга, Тангрим,
Гўдакларнинг юзига кулгу.
Ёлғиз сенинг қудратинг чексиз,
Ёлғиз сенинг даргоҳинг кенг-ку.

Бу дунёга ҳайитлик қилиб,
Яшнатиб қўй бутун оламни.
Ёр кўксига бошимни қўйиб,
Хотиржам эркалай боламни.

Ш.Н

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Nazm kechasiga marhamat!

😊 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

• Dastur qahramoni: “Shuhrat” medali sohibi, shoir BEK ALI

• Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV

📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 29-may (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/LdKWstnmxBg4RPD26

BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!

Telegram | Instagram | Mutolaaxona/">YouTube

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

DO‘STLAR DIYDORI

   Davlatimiz rahbarining qo‘shni Tojikiston Respublikasiga tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi o‘zining amaliy natijalarini bera boshladi. Buning isboti sifatida 22-may kuni bir guruh o‘zbekistonlik ziyolilarning O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida o‘tkazilgan keng qamrovli tadbirlarda namoyon bo‘ldi. Mazkur tadbirlar “Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkilotchilari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
   Yaqindagina ochilib ishga tushirilgan muhtasham elchixonamiz binosida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faol qatnashgan olti jamoa orasidan Tojikistonda o‘zbek tilida nashr etilayotgan "Xalq ovozi" gazetasining yosh xodimlari g‘olib bo‘ldi. G‘olib jamoaning har bir aʼzosiga noutbuklar tuhfa etildi.
   — Biz bu o‘yinni "O‘zbekiston" televideniyesi orqali ko‘rib, unda qatnashishni orzu qilib kelardik, — deydi g‘olib jamoa sardori Zuhriddin Umarov. — Mana endi nafaqat qatnashish, balki g‘alaba qozonishga ham muyassar bo‘ldik.
   O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Mamlakat Ulashevaning “Munojat” deb nomlangan kitobi taqdimoti esa o‘zbek va tojik ziyolilari ishtirokida davraga yana-da ko‘rk baxsh etdi.
   — Bu kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitobning birinchi taqdimoti bu yerda o‘tkazilishi men uchun hayajonli kechdi, — deydi Munojat Yo‘lchiyeva. — Chunki keyingi yillarda yurtimizda yuksak eʼtibor qaratilayotgan Maqom sanʼati do‘stu qadrdon har ikki xalq uchun ham qadrlidir. Kitob taqdimotiga tojikistonlik Maqom ustalari, ijodkor ziyolilari kelishgani esa men uchun ham, shogirdim Mamlakatxon uchun ham quvonarli bo‘ldi.
   Ishtirokchilar uchun Munojat Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov, Mardon Mavlonov tomonidan o‘zbek va tojik tillarida kuylangan qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
   Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan elchixona muzeyi va Dushanbe shahridagi 103-sonli o‘zbek maktabi uchun kitoblar va esdalik sovg‘alarini uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid tuhfa etgan bo‘lsa, “Vatandoshlar” jamoat fondi raisi Odiljon Sattorov ham fond nomidan sovg‘alar topshirib, ezgu tilaklarini bildirdi.
   O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, bu tadbirlarning davomida Tojikistonning turli joylarida nishonlanayotgan, Tojikistonda yashab o‘zbek tilida ijod qilgan taniqli g‘azalnavis shoir, do‘stlik kuychisi O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi tantanalariga ulanib ketishida ramziy maʼno borligini bildirib o‘tdi. Zero, shoirning o‘zi yozganidek:
   Ikki tilda so‘zlaguvchi bir elim yobad kamol,
   Xizmatashro az dilu jon mekunad O‘lmas Jamol.


Mansur Jumayev

Toshkent—Dushanbe—Xatlon—Soʻgʻd—Toshkent, 22—24-may

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

NIYAT
Mansur JUMAYEV she’ri

@Mansur_Jumayev

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

* * *
Қувонасан
сен севган калом
сендан бошқа кимгадир ёқса,
ё сен севиб ўқиган китоб
сендан бошқа кимнидир ёқса,
сен ёқтирган ранг
сендан бошқа
кимгадир хуш келса, қандай соз;
қувонасан
кимгадир ёқса
сен ёқтирган бирорта либос,
сендан бошқа кимдир
сен севган
оҳангларга қулоқ тутса жим,
қувонасан
сен севган юртни
жон-жонидан севса кимда-ким,
бошқалар ҳам,
кузми, қиш-қиров,
севсин
севган халқингни,
бор гап...
Фақат
чидолмайсан
сендан бошқа биров
кўнгил қўйса
сен суйган ёрга.

21 май 2024 йил, Самарқанд

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Hanuz menda ko'zyosh diydiyo...


✍Mansur Jumayev
🎤Rayhona Davronova

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Men bu kitobning bir qismini ancha avvalroq qoralama paytida oʻqigandim. Kitobning oʻziga xos tili, undagi shirali satira va achchiq kesatiq omuxtasidan oʻzgacha roman boʻlayotganini his qilgandim.

Xurshid bilan anchayin yaqin boʻlsak-da, kitob chiqishi bilan sotib oldim. Bu ham yosh va zamondosh yozuvchini qoʻllashning bir usuli aslida. “Menga ham bitta kitob bering, sovgʻa qiling” deyishni bas qilib rostakam yaqini boʻlsangiz, asarni sotib olishni maslahat beraman. Shunda ham oʻzbek adabiyotini, ham ijodkorni qoʻllagan boʻlamiz, menimcha.

Hozirdan “Dardisar”ni oʻqishga kirishdim. Menga zamondosh yozuvchining oʻy-fikrlari, ogʻriq va iztiroblari qiziq tuyuladi. Qani, jamiyat va uning hozirgi yoki azaliy muammolari yozuvchini qanchalik bezovta qilarkan? Qaysi rakursdan qararkan? Buni bilish men uchun zamondosh va tengqur sifatida eng qiziqtirgan jihatlari boʻlib turibdi.

Oʻqish davomida sizlar bilan fikrlarimni boʻlishib boraman. Siz bu asarning chiqqanidan xabardormisiz? Oʻqishni boshladingizmi?

🕊Telegram 📱Instagram

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Dilda darding bo‘lmasa, "Dardisar"imni kavlama...

— deb turgan joyi ekan.

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Mansur Jumayev she'ri
@baalkim

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Mansur Jumayev sheʼri
Mavjuda Almanova oʻqidi.
/channel/Vido_afsuni

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Mansur Jumayev sheʼri
Mavjuda Almanova oʻqidi

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

* Шеърий лаҳза

НИЯТ


Онамни алдадим соппа-соғман деб,
Отамни алдадим: “Пулим бор доим”.
Оғамни алдадим: “Борарман, насиб...”
Мен сени нима деб алдай, Худойим?!

Ғунчани гул дедим – кулди, қувонди,
Булбул деб айтганим чумчуқми, билмам,
Бунда бахт бор дедим, эркам ишонди...
Роббим, энди мени ёлғончи қилма!

Мансур ЖУМАЕВ

Уланиш учун:
/channel/ijod_bustoni

Читать полностью…

Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

➡️ @Jadid_media

🟦🟦🟦🟦

📆 21-mart – XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matnining muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston qahramoni, tarjimon va jamoat arbobi Abdulla Oripov tavallud topgan kun.

😄Abdulla Oripov haqida hujjatli filmlar:
🔴 Abdulla Oripov haqida hujjatli film (ssenariy muallifi Abduqayum Yo‘ldoshev)
🔴 Abdulla Oripov haqida hujjatli film (ssenariy muallifi Shoyim Bo‘tayev)
😄 Abdulla Oripovning o‘zlari o‘qigan she'rlar:
🔴 “Dunyoning yarmini sayr etdi o‘g‘lon” she'ri;
🔴“O‘zi yo‘q odam” odam she'ri;
🔴“Men hayron qolaman” she'ri;
🔴 “O‘zbekiston” she'ri;
🔴 “Yarador bo‘ri" she'ri
🔴 “Hayotga qaytish” she'ri;
🔴 “Lo‘ttiboz” she'ri;
🔴 “Yillar armoni” she'ri;
🔴“Yolg‘izlik” she'ri;
🔴 “Bir qarasam” she'ri;
🔴 “Izhor” she'ri;
🔴 “Monolog” she'ri;
🔴“Vahiy” she'ri;

🚀 🔵 🎬 📷 🐤
➡️ myurls.co/jadid_media

Читать полностью…
Подписаться на канал