❗️Педагог кадрлар аттестациясига ҳужжатларни қабул қилиш жараёни бўйича ЭЪЛОН !
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 декабрдаги “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-269-сон фармонининг 3-иловасига мувофиқ 2023 йил 1 январдан бошлаб Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш инспекциясининг вазифа ва функциялари тегишлилиги бўйича Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланган ҳолда тугатилаётганлиги муносабати билан 2023 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун январь-февраль ойларида белгиланган мурожаат қабул қилиш жараёнлари номаълум муддатларга қолдирилганлигини маълум қиламиз.
Янги ташкил қилинган вазирликлар томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказишга оид вазифа ва функциялар ижросига киришилганидан сўнг ҳужжатлар қабул қилиш муддатлари ҳақида Pedkadr.tdi.uz (@pka_tdi_uz) ва Таълим назорати (@uztdi) каналлари орқали хабар берилишини маълум қиламиз.
Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси
💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot
♾2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi
Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.
Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.
Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.
Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?
Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.
Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.
⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2023-yil 30-yanvar kuni matematika va biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🖥 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 8-fevral (to‘lov qilish 9-fevral) ga qadar davom etadi.
📆 Test sinovi esa 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi va o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
📚 Bunda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlaydi.
📍 Shuningdek, talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.
❕ Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
❇️ Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#milliy #sertifikat
📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
Kanalga ulanish👇
@kquvonchbek
⚡️⚡️MENING O‘QUVCHIM⚡️⚡️
👨👩👦👦Farzandingiz boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish
📚Maktabda olgan bilimlarini mustahkamlash
🔖Oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “MENING OʻQUVCHIM” kanalini tashkil etdik.
Bu kanal barcha uchun! Barcha bolalar uchun!
Biz berayotgan topshiriqlarni farzandingiz bilan birga bajaring!
Metodik yordam oling!
Bizning qiziqarli 🏆tanlov va 🥇musobaqalarimizda ishtirok eting!
Guruhga qoʻshilish
/channel/meninguquvchim
Murojaat yuborish
/channel/meninguquvchim_bot
2022-2023 ўқув йили якунлари бўйича 2023-2024 ўқув йили учун УСТАМАЛАР тайинланади!
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 30.09.2019 йилдаги 823-сон Қарори амалда
Келгуси ўқув йилидан ўқитувчи ва ходимларга устама тўланмайдими? - мазмунидаги мурожаатлар келиб тушмоқда
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARI SO'RALADI
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!
Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini mazkur manzilga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.
Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etishlari zarur.
Фармон (иловалари билан)Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Ҳукуматга бўйсунадиган мустақил вазирлик ва идоралар сони жами 26 та этиб белгиланмоқда (улар таркибига кирган барча қўмиталар, агентликлар ва инспекциялар билан бирга жами 69 та), шу жумладан:
а) вазирликлар – 21 та;
б) қўмиталар – 12 та, шундан 2 таси мустақил мақомга эга;
в) агентликлар – 25 та, шундан 3 таси мустақил мақомга эга;
г) инспекциялар – 11 та.
Шунингдек, вазирлик ва идораларнинг ўзбек ва рус тилларидаги қисқартма номлари тасдиқланиб, уларни йиғилиш ва видеоселектор баёнлари, хизмат ёзишмалари, таҳлилий материалларда кўрсатиш мумкин бўлади.
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Toshkent shahri hokimligi 57 ta maktabda darslar onlayn boshlanishini ma’lum qildi:
▪️Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-sonli maktablar;
▪️Mirobod tumanidagi 83-, 94-sonli maktablar;
▪️Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-sonli maktablar;
▪️Olmazor tumanidagi 1-, 28-sonli maktablar;
▪️Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-sonli maktablar;
▪️Uchtepa tumanidagi 199-, 251-sonli maktablar;
▪️Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati;
▪️Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-sonli maktablar;
▪️Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli maktablar;
▪️Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-sonli maktablar;
▪️Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari.
👉 @kunonline
#Тезкор #Расман
Наманган вилоятидаги 18 та умумтаълим мактабларида эртадан дарслар онлайн ўқитилади❗️
Онлайн ўқитиладиган мактаблар:
Наманган шаҳар 1, 7, 50, Мингбулоқ туман 4, 25, Поп туман 1, Норин туман 1, Чуст туман 74, Чортоқ туман 16, 49, Янгиқўрғон туман 9, 10, 15, 42, 43-мактаблар;
Чуст туман 42-сонли, Учқўрғон туман 46-сонли ва Норин туман 47-сонли махсус мактаб-интернатлари.
Намангандаги қолган барча мактабларда эртадан одатий ўқиш
@kquvonchbek
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ
⚡️Яқинларни огоҳлантиринг: эртага барча мактаб ўқувчилари ва олий таълим талабалари дарсга келиши керак
❗️ Онлайн таълим бўлмайди. Душанбадан бошлаб боғчалар, мактаблар ва олий ўқув юртлари одатдагидек фаолият юритади.
⏰Таътилга ўрганиб қолганлар, яна ухлаб қолмаслик учун будильник ўрнатинг!
@kquvonchbek
ДИҚҚАТ!
Ҳурматли педагог- устозлар!
🇫🇮Финляндия мактабларига яқиндан назар солишни хоҳлайсизми?
Бугун А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институтининг Финляндияда бўлиб турган ёш илмий ходимлари томонидан айнан мактаб таълими самарадорлиги бўйича Сиз ўқитувчилар учун махсус вебинар ташкил этилмоқда.
Вебинарда сиз уларнинг дарс ўтиш ва баҳолаш методлари, ўқувчилар билан ишлаш жараёнлари каби тажрибаларини ўрганишингиз мумкин бўлади.
Кириш: Аюбхон Раджиев - А.Авлоний номидаги миллий тадқиқот институти ректори
Шерзод Мустафоқулов - Тошкентдаги xалқаро Нордик университети ректори
Петри Лоунаскорпи - Edu-effect Finland ташкилоти рахбари
Ўтказилиш куни: Бугун, 21 январь
Бошланиш вақти: 18:00 (Тошкент вақти)
👉 Иштирок этиш ҳаволаси: https://us02web.zoom.us/j/88301578253?pwd=YUpvaytnWEIxWTQ2WDBSV1Mxc1JIdz09
Идентификатор: 883 0157 8253
Пароль: 2022
❗️Миллий -тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
‼️Эътибор беринг!
9 ҳамда 11-синф битирувчиларини ҳужжатларига қўйилган баҳоларининг сўнгги 6 йиллик баҳоларини киритиш (тез фурсатда) https://e-shahodatnoma.uz/ сайтида МАКТАБ кабинети орқали бошланади!
✅Ҳозирдан бошлаб ўқувчилар баҳоларини жамлаш ва киритиш учун тайёрлаб бориш мақсадга мувофиқ!
‼️ Маълумотларнинг тўғри киритилганлиги учун таълим ташкилотларининг биринчи раҳбарлари шахсан масъул эканлиги ҚАРОР да алоҳида кўрсатиб ўтилган!
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Ommalashtirish.uz platformasidan foydalanish yuzasidan savollaringiz bormi?
📣O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini maxsus platforma orqali ommalashtirish yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog'ida guruh ochildi.
🔗Guruhga qo'shilish uchun havola👇 /channel/ommalashtirish_maslahat
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot
🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.
📌 Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.
✅ Hozirgi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
📋 Mazkur jarayonlar ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda ushbu xizmatlarni mart oyida ishga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Президент қарори билан:
➖ Усман Шарифходжаев мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;
➖ Темуржон Комилов мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;
➖Дилшод Кенжаев мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;
➖ Узокбой Бегимкулов мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;
➖ Алишер Уббиев мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори лавозимига тайинланди.
🔹 Баходиржон Онорбоев бошқа ишга ўтиши муносабати билан мактабгача таълим вазирининг биринчи ўринбосари лавозимидан;
🔹 Нодир Муслитдинов бошқа ишга ўтиши муносабати билан мактабгача таълим вазирининг ўринбосари лавозимидан;
🔹 Иброхим Джураев бошқа ишга ўтиши муносабати билан халқ таълими вазирининг ўринбосари лавозимидан;
🔹 Вохобжон Ражапов бошқа ишга ўтиши муносабати билан халқ таълими вазирининг ўринбосари лавозимидан озод этилди.
Манба
Каналга уланиш:
➖@uzauz
Бугун Ўзбекистон Республикаси биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримов таваллуд топган кун
Ислом Каримов ҳақидаги маълумотларни бу ердан олишиниз мумкин
Ислом Каримов ҳаёт йўли ҳақидаги ажойиб телеграм каналини бу ерда тавсия қиламан!
Охиратлари обод, руҳлари шод бўлсин илоҳим!
Бугунги ибодатларингизда эслаб ҳақларига дуо қилинг!
Kanalga ulanish👇
@kquvonchbek
Таълимдаги ишларимиз нега самарасиз бўлмоқда? — экспертлар билан интервью
Kun.uz мухбири халқ таълими, унда ўқувчилар, ота-оналар ва ҳатто ўқитувчиларнинг ўзи ҳам қониқмайдиган сифатсизлик, шу сифатсизликни қандай қилиб сифатлига айлантириш мумкинлиги ҳамда янги вазир энди нима қилиши керак, деган саволлар атрофида таълим экспертлари: Баҳодир Ғаниев, Абдураҳим Носиров ҳамда Тошкентдаги “Лидер” хусусий мактаби директори Феруза Ваҳобова билан интервью ўтказди.
📹 СУҲБАТНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
Ommalashtirish.uz platformasidan foydalanish yuzasidan savollaringiz bormi?
📣O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini maxsus platforma orqali ommalashtirish yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog'ida guruh ochildi.
🔗Guruhga qo'shilish uchun havola👇 /channel/ommalashtirish_maslahat
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Men bilan birga UCELLning sovrinlar yutuqli o‘yinida ishtirok eting!
"Ishtirok etish" tugmasini bosing👇
Устоз деган улуғ касб эгаси ҳар қандай шароитда ҳам таълим беришдан чарчамаган.
Энг улуғ касб эгаси сифатида эътироф этилишининг асосий сабаби ҳам шу!
Барчангизга, соғлик-саломатлик, аъло кайфият тилайман!
@kquvonchbek
https://yuz.uz/news/vazirlik-va-idoralarning-nobyudjet-mablaglaridan-qoshimcha-boshqaruv-shtatlarni-kiritish-qatiy-taqiqlanmoqda
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Namangan viloyatida 710 ta maktabdan 692 tasida o‘qish an’anaviy tarzda, qolgan 18 tasida onlayn boshlanadi
Masofaviy oʻqitiladigan maktablar roʻyxati:
▪️Namangan shahridagi 1-, 7-, 50- maktab;
▪️Mingbuloq tumanidagi 4-, 25-maktab;
▪️Pop tumanidagi 1-maktab;
▪️Norin tumanidagi 1-maktab;
▪️Chust tumanidagi 74-maktab;
▪️Chortoq tumanidagi 16-, 49-maktab;
▪️Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 9-, 10-,15-, 42-, 43-maktab;
▪️Chust tumanidagi 42-maktab;
▪️Uchqoʻrgʻon tumanidagi 46-maktab;
▪️Norin tumanidagi 47-maxsus maktab-internati.
👉 @kunonline
23-yanvardan barcha maktablarda lll chorak boshlanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23-yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini ma’lum qiladi.
Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo’lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o’qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan murojaatlaringizni
@xtv_nazorat_bot orqali yuborishingiz mumkin.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
@kquvonchbek
Ҳурматли телетамошабинлар бугун бизни кўрсатувимиз меҳмони Электро СЭТ ходими.
- Меҳмон, Сизга декабрь ойи ичида жами 270 000 дан ортиқ савол келиб тушган, биз шу саволларни ҳамасини битта саволга жойладик.
Рухсат берсангиз шуни сўрамоқчиман.
-Майли, майли сўранг, жавоб бераман.
-СИЗЛАР ХУДОДАН ҚЎРҚАСИЗЛАРМИ?
😂😂😂😂
(Оргинал варианти янаям қизиқроқ)
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
♾Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.
✅ Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.
✅Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.
✅ Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
✅ Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.
Олий таълим ташкилотларига кириш имтиҳонларида абитуриентларнинг таълим тўғрисидаги ҳужжатларига қўйилган баҳоларини инобатга олиш тартибини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида
№696 2021 йил 21 ноябрь
Битирувчиларнинг таълим тўғрисидаги ҳужжатларига қўйилган баҳоларининг сўнгги 6 йиллик ўртача кўрсаткичи электрон платформага таълим ташкилотлари томонидан даврий равишда киритиб борилади ва маълумотларнинг тўғри киритилганлиги учун таълим ташкилотларининг биринчи раҳбарлари шахсан масъул ҳисобланади.
Каналга уланиш:
http://t.me/kquvonchbek
Гуруҳга уланиш:
http://t.me/kquvonchbekguruh
Савол, фикр, мурожаат юбориш:
http://t.me/kquvonchbekbot
Ҳурматли ҳамкасблар бугун кун давомида барча саволларингизга жавоб беришга ҳаракат қиламан!
Илтимос канал аъзолари сонини кўпайишига ўз ҳиссангизни қўшинг!
Каналга қўшилиш:
1. QR код орқали
2. @kquvonchbek ҳаволаси
3. http://t.me/kquvonchbek ҳаволаси орқали