Begzod kitob biznesiga kirib kelguncha rassomchilik bilan shug‘ullanganidan xabarim bor. Agar o‘zi chizgan bo‘lsa zo‘r chizibdi🔥
Kitob biznesida o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan kam sonli tadbirkorlardan va ancha-muncha o‘zgarishlar qilgan shu yigit. @kitobxorr
Nikohga o‘zbekcha ta'rif
Nikoh bu-ikki shaxsning jamiyat a'zolarini butun umrlik savollaridan bezigandan, qulog‘im tinchiydi deb tuzilgan o‘zaro rasmiy shartnomasi. Bu shartnoma bandlariga ko‘ra oila muammolari faqat seniki emas, qarindosh urug‘ing ham, mahalla xotin qizlar ham, umuman senga foydasi tegmaydigan o‘zini hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmagan odamlar seni hayotingga aralashib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi lozim. Yana bir muhim bandi bor unga ko‘ra birinchi farzand o‘g‘il bo‘lishi kerak. Va aksincha bo'lgan taqdirda sendan ancha yoshi kichik bo'lishiga qaramay o'g'il farzandli bo'lganlar qo'lini ko'klarga ko'tarib sizlarga ham o'g'il farzand bersin deb duo qilib otinoyilik qilishi mumkin. Shu joyiga beihtiyor voyy bllaa deyishgada haqqing yo'q😂
Hayrli tong, dushanba muborak bo'lsin😁
@kitobxorr
Kimdir boshlovchini og‘zini yorvorsin, blin gapirishga qo‘ymaydi, nega chaqirding unda😏
Читать полностью…O'zbekistonda qiz bola bo'lib tug'ilish xavfli🔥
https://youtu.be/gHYwoE62KNA?t=2372
Qish qishligini qilib yaxshigina sovuq bo‘lyapti. Atrofi klyonka bilan o‘ralgan uydan oilani vaqtincha turar joyga ko‘chirilgani yaxshi ish bo‘libdi. @kitobxorr
Читать полностью…Kecha men o‘qigan eng zo‘r xabar shu bo‘ldi. Har qanday inson mehnatiga yarasha qadr topmasa, orzulari amalga oshmasa sinadi. Bu jamoaning har bir a'zosi Irodali insonlar. To‘xtab qolmadi. Qaytmadi. Orzularidan voz kechmadi. Subyektivga chiqqanda ham dard, alam bilan gapirishgandi. Endi esa mehnatini mevasini ko‘rib ko‘zlarida yosh.
@kitobxorr
Sardobadagi 90 o‘rinli "Modulli bog‘cha"ga press-tur uyushtirildi
Bugun, 1-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i rahbariyati ishtirokida Sardoba tumani «Paxtaobod» shaharchasida joylashgan 14-davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotiga press-tur uyushtirildi. Mazkur tashkilot 90 o‘rinli "Modulli bog‘cha" sifatida 2020 yilda foydalanishga topshirilgan. Maktabgacha ta’limning bu kabi muqobil shakli qisqa vaqtda joriy etilishidan tashqari, kamroq harajat talab qilishi bilan ajralib turadi. Uning maydonini qo‘shimcha bloklar yordamida osongina kattalashtirish yoki qismlarga ajratib yangi joyga ko‘chirish mumkin.
Ma’lumot berilishicha, mazkur "modulli bog‘cha" yurtimizda ikkita ekan — biri Toshkent viloyatida 👍😎
@kitobxorr
Қизни ўзини айбловоришибди)
https://twitter.com/ShahnozaSoatova/status/1597515491333263360?t=EJtrFxo08BO0wPZMb1WH0Q&s=19
@kitobxorr
Bugun kitob do‘koniga sayohat qildim ozroq fursatga. Kitoblar qatorida juda ko‘plab tirajda anchadan beri "klient'' kutib turgan kitoblar (kitobxo‘r emas klient kutib turibdi) yig‘ilib qolgan. Nima hozir hissiyot, ishq, ketma, o‘lma degan kitoblarni savdo o‘ldimi, kitobxonlarga bu mavzu hozir ham qiziqmi yoki umuman kitob o‘qilmay qo‘yildimi (shuni ham o‘qimay qo‘yishdimi?). 2-3 oylik tanaffusimdan keyin kitob do‘koniga sayohatim oldingidek zavq bermadi. Tanlash qiyin, saralash qiyin. Lekin oylik chiqsa Kafkani olib o‘qishni rejamga kiritdim. @kitobxorr
Читать полностью… 📚 Ижтимоий тармоқ фаоли "Kitobxo‘r" масъул лавозимда иш бошлади
"Сирдарё тумани Халқ таълими бўлимида янги тайинлов амалга оширилди", — дейилади туман ХТБ хабарида. Болаларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш маркази ўқувчиларни касбга йўналтириш бўйича методисти лавозимига Мамаджанов Исмоилжон Ибрагимджон ўғли тайинланди. Тайинловга қадар у тумандаги 15-сонли мактабида психолог лавозимида ишлаб келаётган эди.
Маълумот ўрнида, Исмоилжон Мамаджанов вилоят ҳамда Республика миқёсида китобхонликни кенг жамоатчиликка тарғиб қилишга асосланган кўплаб ижтимоий тармоқдаги саҳифалар (@kitobxorr) асосчиси ҳисобланади.
Ижодий жамоамиз ижтимоий тармоқ фаоли, ёш ижодкорнинг келгуси ишларига улкан зафарлар тилайди 🤝👍
Канал👉 @SirdaryoSadosi
Sog‘lar aslida nogiron, nogironlar esa sog‘lom insonligini ko‘rsatib qo‘ygan ko‘rsatuv bo‘libdi) https://youtu.be/v0EdrsRYpTM
Читать полностью…📖 Oʻzbek kitob sferasida eng yaxshi kanallar. Agar siz ham shular qatoriga kirmoqchi boʻlsangiz, har biriga a'zo boʻling!
Frodo bilan Mordorga yo‘l olishni va Betmenga shogird tushishni istaganlar uchun – @insusambil
Sara asarlarga yozilgan intellektual taqrizlar jamlangan kanal — @salimov_blogi
Ko’p gapirmaymiz, ko’pga yetadigan qilib gapiramiz – @Ilm_nur_kutubxonasi
Zamonaviy mutolaa repertuarlari jamlangan bookblog – @panda_books
Dunyoqarashini o'stirishni xohlaydiganlar uchun ajoyib bookblog — @bookerberg
Kitob bilan stressni yengamiz — @doctorsmind
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal —@mutolaa_olami
Student lifestyle & Study skills
Books & Book reviews — @avidadeifeekkhan
Kitob dizaynlari, kino, musiqa va kechinmalar — @Atmosfera_bar
Kitob va kino olamidan "kokteyl" - @marufjonblogi
Kitoblar, tabiat, hislar olami – @nigohlarda
Filologiya, sotsiologiya va tarjima adabiyoti bo'yicha taqrizlar manzili — @bobil_kutubxonasi
Iqtisod, moliya va shaxsiy rivojlanish — @m1racle_books
Birgalikda kitobxo‘rlik qilamiz — @kitobxorr
Yana bir bob keyin uxla, Karl - @shisha_bino
Kitoblar olamiga o‘n to‘qqiz yoshli o‘smir nigohi ila boqish - @santuagaraoflibrary
Diqqat! Aql ko‘zingiz ochilib ketishi mumkin bo‘lgan hudud! — @kitob_ombori
⚜️Biz sizga faqat eng saralarini tavsiya etamiz!
Aloqa uchun: @Rubicon1
Necha yillik ma'naviy konstruktsiyamizni maydalab, bo‘laklab, yuvib, kafanlab, ko‘mib janazasini o‘qivoribdi🤣
Читать полностью…O‘n sakkiz yoshda edik, biz endigina shu olam-ni va hayotni seva boshlagandik; ammo ularga qarata o‘zimiz o‘q uzdik. Portlagan birinchi snar-yad parchasi yuragimizni tilka-pora qilib tashla-di. Biz ongli faoliyatdan, insoniy ishtiyoqlardan, taraqqiyotdan uzilib qolganmiz. Biz bu narsalar-ga ishonmaymiz. Biz urushga ishonamiz.
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q.
@kitobxor_ona
Ular podkastini ko‘rib tugatdim. Qiziq, og‘riqli mavzu tanlangan. Kattalar tomonidan tinglanmagan, tinglanmaydigan, eshitilmaydigan yoshlarni fikri. Mayli hozir xato fikrlayotgan, yoshlik qilayotgan bo‘lishi mumkin lekin twitter baqir chaqir ko‘taradigan darajada xavfli fikrga duch kelmadim men. Senga nima yoqishini aytganing uchun nega internetda sazoyi bo‘lishing, senzuraga uchrashing kerak. Biz o‘zimiz/farzandlarimiz/atrofdagilar uchun shunaqangi jirkanch cheklovlarni o‘ylab topamiz keyin uni mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaslik vaji bilan sekin asta qadriyatga aylantira boshlaymiz. Yaqinda psixologik chatda qatnashdim. 2 soatlik chatda ota-onalar bergan savolni eshitib hayron qoldim to‘g‘risi. Qizim 2-sinfda o‘qiydi qaysar, ertalab vaqtli turmaydi, tasavvur qilyapsanmi kichkina qizchani erta turmasligi va bolalarcha qaysarligi biz uchun fojea, patalogiya hisoblanadi. Nima maslahat berasiz deb shundan muammo qidiramiz. O‘g‘lim 4-sinf sho‘x, to‘polonchi, tomlarga chiqib ketadi yoki qizim bog‘cha yoshida ovqatlangisi kelmaydi nima qilsam bo‘ladi. SHo‘xmi, ertalab vaqtli uyg‘onmayaptimi, erkami demak uni milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan ishlarni amalga oshirmoqda. Shu chat va podkastdan keyin hali qilinadigan ishlar ancha ekanligini anglab yetdim to‘g‘risi. @kitobxorr
Читать полностью…Yaqinda o‘z ishini sevuvchi, mehnatkash bir opa o‘zi taklif kiritib g‘oya berdi, tayyorgarlik jarayoni hammasiga o‘zim harakat qilaman faqat tvda yoritishda yordam bersangiz bo‘ldi dedi. Taklif, tashabbus ma'qul bo‘lib tv bilan bog‘landik, kuni vaqti aytildi, bo‘ldi uka yoritamiz gap yo‘q deb va'dani berdi. Tadbirdan 2 kun oldin telefon qilasiz dedi, bog‘landik. Ertaga qiling kim borishini aytaman degan odam bugun umuman boshqa bahonalar, (balki bahonamasdur), paysalga solish hullas ertaga soat 10:00ga reja qilingan ish dabdala bo‘ldi.
Agar qo‘lingizdan kelmasa va'da berib ishontirib odamlarni rejasini barbod qilmang degan maqsadda yozildi. Ertagacha bir ilojini qilish kerak endi. @kitobxorr
Bu yilgi JCH'ning shu kungacha bo‘lib o‘tgan o'yinlarini kuzatishga, muhlislik qilishga imkonim bo‘lmadi. Yaponiya - Xorvatiya, Braziliya - J.Koreya, Fransiya - Polsha o'yinlari daxshatli darajada esda qolarli o'yin bo'lsa kerak. Qaysi jamoaga muhlislik qilyapsiz? Sizningcha qaysi jamoa finalda kuch sinashadi?
@kitobxorr
"Инсон қадри учун": Вилоят ҳокими сайёр қабул ўтказди
Telegram | Facebook | Instagram
Xushnudni yozganlari ta'sirlantirdi. Samimiy yozilgan. Meni ham yozishga undadi to‘g‘risi. Bitta videoda ota-onani qo‘lini o‘ping, chunki u seni najosatga botib yotganingda jirkanmay tozalagan degan fikrini 5-6 yil oldin ko‘rib ayamni qo‘llaridan o‘pib ko‘rishish/xayrlashishni odat qilgandim-u lekin hech yaxshi ko‘raman ona, boringizga shukr deb ayta olish qiyinchilik tug‘diradi negadir, dadamni qo‘liniku umuman o‘pmaganman shu paytgacha. Yaqinda tumandagi mahalla yoshlariga trening o‘tib berish uchun taklif qilishganida ota-onalaringni qo‘lini o‘pganmisizlar bir marta bo‘lsa ham degan savolim javobsiz qoldi (ko‘plab treninglarda javobsiz qoladi aslida). Dadalar ham yig‘laydi, dadam yig‘laganlarini ilk bor talaba bo‘lganimda ko‘rganman. O‘sha payt ish yurishmagan, moddiy jihatdan qiynalgan holatimizga to‘lov shartnoma asosida o‘qishga kirganman, dada qanday o‘qiyman degan gapimga "uyga kelaver o‘g‘lim, bunisini o‘ylama deganlar". Menga aytmasdilar ora-orada tanishlari bilan bo‘lgan suhbatda katta o‘g‘lim universitetda o‘qiydi degan gaplarini eshitib qolardim. Mana shu gaplari eng katta motivatsiya men uchun❤️
@kitobxorr
Qanaqadir muvaffaqiyat formulasini yozib aqllichalik qilmoqchi emasman. Bu kunga ko‘pchilik singari juda ko‘p yopilgan eshiklar evaziga yetib keldim. Hayrli bo‘lsin. Yaqin yaqingacha vaziyat o‘zim xohlagandek bo‘lmaganidan yozish, o‘qish ham zavq bermay qo‘ygandi. Qiziq holata seni ushlab turgan qiziqishlaringdan voz kechish nuqtasigacha yetib borasan va barchasiga qo‘l siltaysan. Hozir Nazar Eshonqulni "Kitob bandasi" va Guzal Yahinani "Zulayho ko‘zlarini ochyapti" kitoblarini sekin mutolaa qilyapman. Barchasi yaxshilikka bo‘lsin. Yaxshi kunlarimda birga bo‘lganingiz uchun rahmat. Sizlar eng zo‘risizlar⚡️😎
Hurmat bilan @kitobxorr
-5 ming kishilik to‘y haqida fikringiz qanday?
-blaa to‘ymidi u hali, a men konsert deb o‘ylabman)
@konsta x @therealmilly
Subyektivni oxiridagi trek. Daxshat aytgan. 5 kundan beri ishxonada eshitaman)
Ijod o‘lgan, ijodkorlik o‘lgan joyda qullik boshlanadi. Ejin Ionesko bir asarida barcha qahramonlariga bitta ism qo‘yadi. Ayol-u erkak, yosh-u qarining bitta ismi bor. Zotan, o‘zining mavjudligini ifoda etolmas ekan, ularga turli ismlarning ne keragi bor? Faqat qullardagina bitta ism bo‘ladi: qul! Mavjudligini ifoda etadiganlar esa bitta ismga sig‘maydilar
Kitob bandasi @kitobxorr