Kimyo aynan siz uchunmi?
KIMYO G`IRT 0 dan BEPUL kursi... .
Bu kursda sizga boshlang`ich kimyo uchun matematika va kimyoning 1-bosqichi maydalab o`rgatiladi.
(Labaratoriya mashg`ulotlarini qo`shish ham rejada mavjud)
Kurs davomiyligi 2,5-3 oy.
Darslar mutlaqo BEPUL.
Kursda qatnashish uchun quyidagi ketma ketlikni bajarishingiz kerak bo`ladi.
✅ @Kelajakmediklari_uz va @Husniddin_Ergashev , @ICC_KIMYO kanallariga a’zo boʻlasiz.
✅@Maxsus_qabul_bot ga kirib startni bosasiz.
✅ "Taklif posti" tugmasini bossangiz sizga taklif posti beriladi.
✅ Taklif postidagi havola orqali 10 ta tanishingiz start bosgandan keyin sizga yopiq kanal linki beriladi.
Kursda qatnashish uchun:
➡️ @Maxsus_qabul_bot
Javoblar varaqasini qanday boʻyash kerak ?
📹 Testga kirishdan avval barcha abituriyentlar bilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar:
1. Javoblar varaqasi sizga tegishli ekanligini tekshiring👉 00:12
2. Test topshiriqlaridagi fanlar bilan abituriyent ruxsatnomasidagi fanlar majmuasi bir xil ekanligini tekshiring👉 00:15
3. Tes topshiriqlari kitobining nuqsonsiz ekanligini tekshiring👉 00:23
4. Test topshiriqlari kitobining sifatli chop etilganligi tekshiriladi👉 00:38
5. Xullas, nimadir boʻlib qolsa, guruh nazoratchisiga xabar bering! 00:43
6. 2024-yil javoblar varaqasi (TITUL)
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent
📺 Yangilik! Colba maktabi ustozlari TVda!
Bizning 3 nafar ustozimiz 29-iyun kuni "Renessans TV" telekanalining "Teledars" ko'rsatuvida mehmon bo'ldilar. 🎉
🧪 Bu dasturda ustozlarimiz tabiat hodisalariga doir bir qancha qiziqarli tajribalar namoyish etib, kuzatuvchilarga jarayonlarni batafsil tushuntirdilar va tajribalar mohiyatini ochib berdilar.
Dastur davomida ko'plab foydali va qiziqarli ma'lumotlarni olishingiz mumkin.
Bu ajoyib tajribalar orqali ilm-fanga bo'lgan qiziqishni oshirish va yosh izlanuvchilarimizni rag'batlantirishni maqsad qilganmiz.
Dastur tez kunlarda efirga uzatiladi!
Telegram | Instagram | colbamaktabii">Youtube
#кун_эслатмаси
☪️ 1445-йилнинг сўнгги жумаси муборак бўлсин!
Салавотнинг арабча матни:
اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ، عَبْدِكَ وَرَسُولِكَ، وَصَلِّ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ، وَالْمُسْلِمِينَ وَالْمُسْلِمَاتِ
Салавотнинг маъноси:
«Аллоҳим, банданг, Расулинг Муҳаммадга салавот йўлла, мўмин-мўминаларга, муслим-муслималарга ҳам салавот йўлла».
Абу Саид Худрий розияллоҳу анҳу Набий соллаллоҳу алайҳи васалламдан ривоят қилади:
«Қайси бир мусулмон кишининг садақа (қилишга пули) бўлмаса: «Аллоҳумма солли ъалаа Муҳаммадин ъабдика ва росуулик, ва солли ъалал муъминийна ва муъминаат, вал муслимийна вал муслимаат», деб айтсин. Мана шу унинг учун закотдир».
(Ҳоким, Ибн Ҳиббон ва Байҳақий ривоятлари)
@quranuz_kanali
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
☕️ #Qiziqarli_kimyo 73-soni 📖
🫧Gazli ichimliklar qanday ixtiro qilingan?
◦ Gazlangan ichimliklarning ochilishi eng buyuk kashfiyotlar kabi tasodifiy bo’ldi. Gazli ichimliklar kashfiyotchisi ingliz olimi Jozef Pristli bo'lib, u oddiy tajribalar natijasida karbonat angidridli suvni olishga muvaffaq bo'ldi. Bu g‘oya olimga pivo zavodida bo‘lganida paydo bo‘lgan.
◦ Bir kuni, Pristli pivo zavodining ishini kuzatar ekan, uzumni achitib tayyorlanadigan ichimliklarning bijg‘ishi natijasida hosil bo‘ladigan va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqib qoladigan pufakchalar bilan qiziqib qoladi. U pufakchalar nimadan iborat bo'lishi mumkinligi haqida ko’p o’ylaydi. Keyinchalik, olim uni qiziqtirgan pufakchalarni suv bilan to'ldirilgan idishlarga yig'ishga urinib ko'radi va pivo tayyorlanadigan idishlar ustiga qo'yib, biroz vaqt kutib turadi. Olingan suyuqlikni tatib ko'rgan Pristli uning yoqimli, o'tkir ta'midan va tetiklantiruvchi xususiyatidan hayratda qoladi.
◦ Oxir-oqibat, Pristli pufakchalarda karbonat angidrid borligini aniqlaydi. Shu tarzda olim, hozir ham gazlangan ichimliklar tayyorlashda qo‘llaniladigan karbonat angidrid gazini ochadi. Biroz vaqt o'tgach, olim sulfat kislotani bo'r bilan reaksiyaga kiritish orqali karbonat angidridni ishlab chiqarishning yanada yaxshiroq usulini tasvirlab bergan maqolasini nashr etadi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
Қуёшда қолган пластик сув идишлари саратонга олиб келиши мумкин – тадқиқот
Хитойлик олимлар қуёшда туриб қолган пластик сув идишлари саратонга сабаб бўладиган моддаларни чиқариши мумкинлигини айтмоқда.
🚀 Doʻstlaringizga yuboring
👇👇👇
@kimyo_fani_maktabda
⭕️Ustozlar va abituriyentlar uchun hadiya.
‼️20ta 30talik DTM variantlar.
📎Kaliti bilan
©Akmaljon Vaxobov
@KimyoBiologiya_Kanal
🎯Bu haqida kimyo fani o‘rgatadi...
Ba'zi tuproq muhiti boshqalarga qaraganda ko'proq kislotali bo'lishi mumkin. Bu hosildorlikni kamayishiga sabab bo'ladi. Har bir o'simlikning sevimli tuproq muhiti pH darajasi mavjud. Akbar Farg‘ona viloyatida yashaydi. Uning katta Yer maydoni bor. U karam yetishtirishni rejalashtirdi va tuproq muhitini tekshirib ko'rdi. Tuproqning pH darajasi 4,5 ga teng. Karam yetishtirish uchun tuproq juda kislotali. Akbar tuproqqa asos qo'shadi hamda tuproqdagi kislotaning bir qismini neytrallaydi. Tuproqning pH darajasi 6,0 gacha ko'tariladi. Endi tuproq karam etishtirish uchun mos keladi. Karam o'simligi pH 6,0 dan 7,0 gacha bo'lgan tuproqda eng yaxshi o'sadi.
Ba'zi o‘simliklarning eng yaxshi o'sishi uchun tuproqning pH muhiti:
olma daraxti 5,0-6,8
karam 6,0-7,0
piyoz 6,0-6,5
choy 5,0-6,0
pomidor 5,5-7,0.
✅ Eritma muhitini aniqlashga oid shunaqa hayotiy va qiziqarli topshiriqlarni berib borish maqsadga muvofiq. Har qanday o‘quvchini qiziqtira oladi.
👩🏫 Sevara Xasanova
🗣 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!
🌙 Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Аллоҳ таоло жума кунида ҳеч бир мусулмоннинг гуноҳини кечирмай қўймайди». (Табароний ривоят қилган)
🌙 АЛЛОҲУММА СОЛЛИ ВА САЛЛИМ ЪАЛА МУҲАММАДИН ВА ЪАЛА ОЛИ МУҲАММАД
☝️ Салавот айтиш Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг шафоатларига ноил этади.
🕌 Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Менга жума кунида ва жума кечасида кўп салавот айтинглар, бас ким шундай қилса, мен унга қиёмат куни гувоҳ ва шафоатчи бўламан”, дедилар. (Имом Байҳақий ривояти)
🌙 Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким жума куни бомдод намозидан олдин:
أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ
«Астағфируллоҳаллазий лаа илаҳа иллаа ҳувал ҳаййул қоййум ва атубу илайҳ», деб уч марта айтса, Аллоҳ таоло унинг гуноҳларини денгиз кўпигича бўлса ҳам, кечириб юборади», дедилар.
Маъноси: Ҳай ва қаййум сифатли Зотдан бошқа илоҳ йўқ ва Унга истиғфор айтаман, Унга тавба қиламан. Ибн Сунний ривояти.
#ЖУМА
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🌐 Facebook
☕️ #Qiziqarli_kimyo 71-soni 📖
❓Qanday hollarda etil spirti zaharga qarshi modda bo’lib xizmat qilishi mumkin?
◦ Spirtli ichimliklar tarkibida juda xavfli modda, metil spirti bo'lishi mumkin. Metil spirti ta'mi va hidi bo'yicha etil spirtidan farq qilmaydi, ammo uning organizmga ta'siri ancha xavflidir. Metanolning oz miqdori ham ko'rlikka olib kelishi mumkin. 80 ml miqdori esa hatto o'limga olib keladi. Metil spirti bilan zaharlanishning tez-tez uchraydigan holatlaridan biri, soxta spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdir.
◦ Qizig'i shundaki, metil spirti bilan zaharlanganda unga qarshi vosita etil spirti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, etanol va metanol bir xil ferment (alkogol dehidrogenaza) tomonidan parchalanadi. Agar tanada etanol ham, metanol ham bo'lsa, bu ferment etanol bilan ta’sirlashadi. Organizm barcha sa'y-harakatlarini etanolni parchalashga yo'naltiradi va shu bilan metanolning parchalanishi sezilarli darajada sekinlashadi. Bu esa qonga kamroq zahar tushishiga olib keladi. Bunday zaharlanishlarda etanolni qabul qilish o’limni oldini olishga yordam beradi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
"Xo‘p podkast"ning yangi sonida Rasul Kusherbayev siyosatshunos, tahlilchi Hamid Sodiq bilan O‘zbekistonda va jahonda ro‘y berayotgan muhim masalalar, so‘z erkinligi cheklangan jamiyatlardagi rivojlanish, Kusherbayev Toshkent viloyati xokimi rolida va Falastin xamda Isroil o‘rtasidagi mojaro haqida batafsil suhbatlashdi.
➡️ Tomosha qiling
@Hamid_Sodiq
#кун_эслатмаси
🌙 Жума муборак!
Салавотнинг арабча матни:
اللَّهُمَّ أَنْزِلْهُ الْمَقْعَدَ الْمُقَرَّبَ عِنْدَكَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ
Салавотнинг маъноси:
«Аллоҳим, у зотни қиёмат куни ҳузурингдаги яқин (муқарраб) мақомга тушир».
Рувайфиъ ибн Собит Ансорий розияллоҳу анҳу Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламдан ривоят қилади:
«Ким Муҳаммадга салавот айтганидан кейин: «Аллоҳим, у зотни қиёмат куни ҳузурингдаги яқин (муқарраб) мақомга тушир», деса, (ўша одамга) шафоатим вожиб бўлади».
(Аҳмад, Табароний, Баззор ривоят қилган. Ҳадис санади ҳасан)
@quranuz_kanali
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🚀Umumiy natijalar 74
✅A+ sertifikat 9 ta
✅A sertifikat 13 ta
✅B+ sertifikat 10 ta
✅B sertifikat 21 ta
✅C+sertifikat 12 ta
✅C sertifikat 9 ta
@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 👍
☕️ #Qiziqarli_kimyo 69-soni 📖
😴Qaysi olim o’z tushidagi kashfiyoti uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan?
◦ Yigirmanchi asrning boshlariga qadar tanadagi nerv impulslari elektr to'lqini orqali uzatiladi deb hisoblanar edi. Biroq, 1903-yilda nemis olimi Otto Lyovi hamkasblari bilan suhbatda, nerv impulsining kimyoviy yo’llar bilan uzatilishi mumkinligini aytadi. O'shanda olim aytgan gaplarini isbotlay olmaganligi sababli, bu fikr uzoq vaqt unutiladi. Ammo bunday fikr olimning miyasida o'n yetti yil o'tib yana paydo bo'ladi va olim ko’plab tajribalarni o’tkazadi. 1920-yilda esa nemis olimi Otto Lyovi inson organizmida nerv impulslarining uzatilishining tabiati kimyoviy ekanligini isbotlaydi.
◦ Bir kuni kechasi Otto Lyovi uxlashga qiynalib, uzoq vaqt u yoqdan-bu yoqqa o‘giriladi. Oxir-oqibat olim uhlab qoladi. Eng ajablanarlisi shundaki, mashhur olim Otto Lyovi tushida o’zining taxminini tasdiqlovchi tajribani ko'radi. Kechayu-kunduz to‘xtamagan ilmiy izlanishlarini Lyovi shunday ta’riflagan edi: “1920-yil yakshanba kuni oldidan kechasi men uyg‘onib, bir varaq qog‘ozga bir nechta yozuvlar yozdim. Keyin yana uxlab qoldim. Ertalab soat oltilarda men kechasi juda muhim narsani yozib qo'yganimni his qildim, lekin men yozganlarimni tushuna olmadim. Kechasi soat uchlarda bu fikr xayolimga qaytdi. Bu mening o'n yetti yil oldin taklif qilgan, nerv impulslarini kimyoviy yo’l bilan uzatilishi haqidagi taxminimni haqiqiyligini aniqlashga yordam beradigan tajriba g'oyasi edi. Men darhol o'rnimdan turib, laboratoriyaga bordim va tushimda ko'rgan qurbaqa yuragida tajriba o'tkazdim“.
◦ Ushbu tajriba natijalari nerv impulslarining kimyoviy uzatilishi nazariyasi uchun asos bo'ldi. Shunday qilib, bu tush tufayli Lyovi 1936-yilda fiziologiya va tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
🐏 ҚУРБОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!
🌙 Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг саҳобалари ҳайит куни бир-бирларини:
تقبل الله منا ومنكم
"Тақоббал Аллоҳу миннаа ва минкум"
"Аллоҳ биз ва сиздан (ибодатларимизни) қабул қилсин", деб табриклашарди.
🤲 Аллоҳ таоло ибодатларингизни Ўз даргоҳида ҳусни қабул этсин. Ҳайитингиз муборак бўлсин!
Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Матбуот хизмати
#qurbon #hayit #tabrik
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
☕️ #Qiziqarli_kimyo 74-soni 📖
🩸Qanday qilib qon jinoyat sodir bo'lgan joyda porlaydi?
◦ Hozirgi vaqtda qon izlarini aniqlash uchun laboratoriya sharoitlarini talab qiluvchi turli xil usullar qo'llaniladi. Ammo tergovchilar to'g'ridan-to'g'ri jinoyat sodir bo'lgan joyda tezkor tekshiruv o'tkazishlari mumkin. Ko’plab filmlarda biz mutaxassislar devor va polga biror narsa sepib, ultrabinafsha chiroqni ko'tarishganida, qon izlarini och ko'k rangda porlaganini ko'rganmiz. Ammo bu hodisaning sababi nima?
◦ Bu hodisa xemiluminesans deb atalib, u qon izlarini topish uchun ishlatiladi. Aslida, qon emas, balki luminol degan modda porlaydi. Mutaxassislar tajriba uchun luminolning ishqoriy eritmasini tayyorlab, unga vodorod peroksid qo'shishadi. Gap shundaki, mutaxassislar ultrabinafsha chiroq tutishdan oldin devorga bu eritmani sepishadi. Ushbu eritmada luminol vodorod peroksid bilan sekin oksidlanadi. Biroq, katalizator (metallar) qo'shilgach, oksidlanish tez sodir bo'ladi. Ushbu jarayon uchun ajoyib katalizator qon gemoglobinining bir qismi bo'lgan temirdir. Luminol eritmasi qon bilan ta’sirlashganda, temir reaksiyani tezlashtiradi va buning natijasida porlash hosil bo’ladi. Yorqinlik, albatta, zaif bo'ladi, shuning uchun ultrabinafsha chiroq bilan yoritiladi. Ultrabinafsha chiroq bilan yoritilgach porlash yorqinroq bo'ladi.
◦ Shunisi e'tiborga loyiqki, bu usul tozalash vositalari bilan yuvilgan qonning eng kichik izlarini ham aniqlashga imkon beradi, chunki ularni butunlay yo'q qilishni deyarli imkoni yo’q.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
Imtihon -2023 bo'yicha
📝📝Test boshlandi.
❌ Kalkulyatordan foydalanmang !
Bot ERTAGA soat 9 :00 da Yopiladi**
( Shu vaqt oralig'ida 1 soat ishlab, javob jo'natishiz mumkin)
Fan: Kimyo.
Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 117629
✅ Do'stlariz guruhiga ham ulashing
Javoblaringizni @e_test3_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:👇(bot aytgan kanallarga obuna bo'ling, oldin obuna bo'lsangiz so'ralmaydi)117629*61d62b63c...
☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test3_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
@Xomidov_kimyo
Жуманинг суннатлари
1. Жума учун ғусл қилиш.
عَنْ حَفْصَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «عَلَى كُلِّ مُحْتَلِمٍ رَوَاحٌ إِلَى الْجُمُعَةِ، وَعَلَى كُلِّ مَنْ رَاحَ إِلَى الْجُمُعَةِ الْغُسْلُ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.
Ҳафса розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ҳар бир эҳтилом бўлувчига жумага бориш лозимдир. Ҳар бир жумага борувчига ғусл лозимдир», дедилар».
Абу Довуд ва Насоий ривоят қилишган.
Афзали – намозга яқин қолганда ғусл қилиш. Аслида ўша куннинг тонги отганида қилса ҳам бўлади.
👉 Тўлиқ ўқиш
🕋 @islomuz 📚@hadisislomuz
🤔Bilasizmi?
👉Alkimyogar Parasels natriy karbonat (Na₂CO₃) va sirka kislota (CH₃COOH)dan foydalanib, 1⃣-boʻlib gazli suv tayyorlangan edi.
Na₂CO₃+2CH₃COOH=H₂O+CO₂↑+
2CH₃COONa
👇👇👇
@kimyo_fani_maktabda
👇Bizning Telegram va You tube manzilimiz
👉Telegram🧪🌡YouTube👈
👉Kimyo faniga oid eng qiziqarli va foydali maʼlumotlarni bizning kanalimizda👈
Жамиятга бир ғояни зўр бериб сингдиришга уринаётган тоифалар бор: “дин-диёнат илм-фанга қарши!”
Бу Ислом динига қилинган энг катта туҳматдир! Аввало, Ислом дини инсонни илм-маърифатни эгаллашга чақиради, тарғиб қилади. Ислом ренессансининг асосий устунларидан бири айнан илм-фан эди.
Ғарб илми Ислом динининг – мусулмон олимларнинг илм-фанга қўшган беҳисоб ҳиссаларини эътироф этади. Айрим фанларнинг асосчиси деб мусулмон олимларини тан олади. Чунки, кўплаб мусулмон олимларнинг асарлари ўрта аср Европа университетларида ўқитилган. Ўрта асрларда мусулмон олимларининг асарларини арабчадан лотин тилига таржима қилишга ихтисослашган махсус мактаблар бўлган. Уларда таржимачилик бўйича анъаналар асрлардан-асрларга сақланиб қолган. Ўрта асрларда европалик олимларга – бўлғуси таржимонларга араб тили ўргатилган. Чунки, ўша вақтда Ислом дунёсида илм-фаннинг тили араб тили эди. Юртимиздан чиққан олимлар ҳам асарларини араб тилида ёзишган.
Мусулмонлар ўрта асрларда аниқ фанларга асос солишган. Ана шундай олимлардан бири Жобир ал-Ҳайён эди. Ғарб у Geber номи билан машҳур бўлди. У кимёнинг отаси сифатида тан олинади. Кимё ва алкимёга оид бир қатор асарлари лотин тилига таржима қилинган. Улар орасида энг машҳурлари қуйидагилардир:
"Kitab al-Kimya" (лотинчаси "Liber de Alchemia"). Ғарб университетлари алкимё ва кимёнинг асосларини шу асар асосида ўрганишган.
"Kitab al-Sab'een" (лотинчаси "Liber de Septuaginta"). Мазкур асар алкимё ва кимёнинг жараёнлари ва назарияларига бағишланган.
"Kitab al-Mizan" (лотинчаси "Liber de Ponderibus"). Ушбу асар кимёвий жараёнларда миқдор ўлчовлари, сифат ўзгаришлари ва тажрибаларнинг аниқлигига бағишланган.
"Kitab al-Rahmah" (лотинчаси "Liber Misericordiae"). Эритмалар олиш, моддаларни тозалаш ва ҳайдаш бўйича тажрибаларга бағишланган асар.
"Kitab al-Tajmi" (лотинчаси "Liber de Aggregationibus”). Мазкур рисола эритмалар таркибидаги моддаларни концентрлаш ва уларни тозалаш тажрибаларига бағишланган.
Жобир ал-Ҳайённинг бундан бошқа асар ва рисолалари ҳам таржима қилинган. Биз фақат машҳурларига тўхталиб ўтдик, холос.
Кейинги мақолаларда Ғарбда машҳур бўлган ва Ғарб ўзининг устозлари ҳисоблаган бошқа олимлар ҳақида ҳам тўхталиб ўтамиз. Бундай олимлар жуда кўп. Чунки Ислом дини одамларни илмга, маърифатга чақирар эди.
Хулоса шуки, соғлом баҳс қилмоқчи бўлганлар ёлғонни қурол қилмаслиги ва бутун бошли тамаддунларга туҳмат қилмаслиги керак. Ёлғоннинг умри жуда қисқа. Псевдоилм эса ёлғонданда паст нарсадир.
© Baxtiyor Abdug'afur
@MubashshirAhmad
Yuqorida aytilgan fayl
‼️Organik birikmalarning eng muhum formulalari va xossalari.
©Vaxobov Akmaljon
@KimyoBiologiya_Kanal
*Kamchilik va xatolar bo'lsa @Magistr571
☕️ #Qiziqarli_kimyo 72-soni 📖
💰Ahmoqlarning oltini.
◦ Tabiatda oltinga juda o'xshash bo’lgan mineral mavjud. Bu mineral pirit deb ataladi. Keyinchalik u "ahmoqlarning oltini" degan nomni ham oldi. Mineral sariq rangga ega, shuning uchun, oldinlari, piritni ko’p odamlar qimmatbaho metall, oltin bilan adashtirishar edi.
◦ Pirit insoniyatga qadim zamonlardan beri ma'lum. Biroq, "ahmoqlarning oltini" degan nom keyinchalik paydo bo'lgan. Aynan savodsiz ispanlar piritni haqiqiy oltindan ajrata olmagani uchun u "ahmoqlarning oltini" deb nomlandi. Hindlar pirit mineralini muqaddas deb bilib, uni hurmat qilishar edi. Savodsiz ispanlar esa piritni oltin deb hisoblab, pirit mahsulotlarini olish uchun hindlarni talon-taroj qilib, zo'ravonlik bilan o'ldirishga tayyor edilar. Ular oltin deb hisoblagan iloji boricha ko'proq pirit mahsulotlarini qo'lga kiritishga harakat qilishar edi. Xursand bo'lgan ispanlar yig’ib olgan soxta oltinlarini uyga olib kelishganida, aqlli do'stlari va qarindoshlari, ularni masxara qilishar edi.
◦ Pirit minerali Napoleon hukmronligi davrida qadrlana boshladi. Napoleon urushlar uchun pulga muhtoj bo'lganda, hukumat odamlarni qimmatbaho narsalarni yig'ishga chaqiradi. Haqiqiy oltinni hadya qilgan xonimlar, evaziga pirit taqinchoqlarini olishgan va bunday taqinchoqlardan ko'pchilik ayollar g'ururlanishar edi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
🕌 ЖУМА КУНИ ЎҚИЛАДИГАН 8 СУРА
📖 Аллоҳ таоло Қуръони каримда бундай марҳамат қилади: "Бас, намоз тугагандан сўнг ер юзи бўйлаб тарқалинг ва Аллоҳнинг фазлидан талаб қилинг ва Аллоҳни кўп эсланг, шоядки, ютуққа эришсангиз" (Жума сураси, 10-оят).
#Foydali
Organik sinflarga xos eng muhim formula va xossalar.
©@Magistr571
📌Barchaga foydali bo'lishi uchun ulashamiz
@KimyoBiologiya_Kanal
💯Qovunning kimyoviy tarkibi
🚀 Doʻstlaringizga yuboring
👇👇👇
@kimyo_fani_maktabda
👉Telegram🧪🌡YouTube👈
#duo #issiq
☀️ЖАЗИРАМА ИССИҚДА ЎҚИЛАДИГАН ДУО
🌙 Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: "...Албатта, ҳароратнинг шиддати жаҳаннамнинг қайнаб чиққан иссиғидандир", деганлар.
🤲 Шунинг учун жазирама иссиқ кунларда кўпроқ "Аллоҳумма, ажирний минан-наар" (Аллоҳим, мени дўзахдан сақлагин) деб дуо қилишни унутманг!
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
☕️ #Qiziqarli_kimyo 70-soni 📖
🤔Yer yuzidagi eng beqaror modda nima ekanligini bilasizmi?
◦ Yaqinda, tajribalar natijasida eng beqaror kimyoviy moddalardan biri topildi. Azidoazide azide, (C2N14) eng beqaror kimyoviy moddalardan biridir. Uning noyob xususiyatlari butun dunyo bo'ylab kimyogarlar orasida qiziqishni uyg’otadi. Ushbu birikmada ikki uglerod atomi va 14 ta azot atomi mavjud. Bunday tuzilish uni o'ta beqaror va xavfli qiladi.
◦ Bu birikma o’ta kuchli portlashlar hosil qilish imkoniyatiga ega. U har qanday ta'sirga shunchalik sezgirki, yengil teginish, hatto atrof-muhitning o'zgarishi ham bir zumda portlashga olib kelishi mumkin.
◦ Kimyogarlar buni mo'jiza deb bilishadi, chunki ular bu modda haqida hech qanday ma'lumot to'play olmaydilar.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
Шавкат Мирзиёев Ғазо секторидаги вазият ҳақида муносабат билдириб, Ўзбекистон Туркия президенти Эрдоғаннинг Фаластин бўйича ташаббусини қўллаб-қувватлашини маълум қилган.
👉 @r_kusherbayev
Azizlar Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
🚀 Doʻstlaringizga yuboring
👇👇👇
@kimyo_fani_maktabda
🌙 Қурбон ҳайити намозини ўқиш тартиби
🌐 Youtube орқали томоша қилиш
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
#namoz #Qurbon #hayit
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook