@iQtidorly - yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va ularni tizimli qoʻllab-quvvatlash platformasi! https://t.me/boost/iqtidorly
📣 DIQQAT, IJODKOR VOLONTYORLAR!
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika Olimpiadasi yaqinlashmoqda!
Shu nufuzli tadbirda media jamoamiz safini kengaytiryapmiz va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha volontyorlarni qabul qilamiz:
🎥 Montajyor (video tahrirlovchi)
🎥 Operator
🎨 Grafik dizayner
🙂 Jurnalist face
Bu rolikni barcha ko’rishi kerak! 🫶
🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
👍👍👍👍👍👍👍
XALQARO KAVKAZ MATEMATIKA OLIMPIADASIDA 7 ta MEDAL!
🌍 14-19-mart kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
👥Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 7 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇4 ta oltin, 🥈 1 ta kumush, 🥉 2 ta bronza — jami 7 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇 Behruz Elmurodov - Mirishkor 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇 Ozodbek Axtamov - Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇 Elbek Zohidjonov - Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Asadbek Boboqulov - “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Umarbek Ubaydullayev - Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi — kumush medal,
🥉Dildora Mahkamova - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Alisher Umurzaqov - "Lider" nodavlat ta'lim muassasasi 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
❗️ Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida jami 4 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ilm — taraqqiyot poydevori va yuksalish garovidir. Har bir muvaffaqiyat esa porloq kelajak sari tashlangan ishonchli qadamdir.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh! Qalbi nurga to'lgan obunachilarimiz! ✨
Boshimiz uzra soya solib, baraka va rahmat olib kelayotgan muborak Ramazon oyining yaqinlashib kelayotganini his qilmoqdamisiz?
🌙 Muqaddas Ramazon oyi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Kirib kelayotgan ushbu qutlug' oyda sizga qulaylik yaratish uchun, Ramazon taqvimini taqdim etishga qaror qildik!
🤗 Taqvimni o'zingiz uchun saqlab qo'yib, do'stlaringiz bilan ulashsangiz xursand bo'lar edik!
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
☀️ Salom, «iQtidorly»lar! Ushbu hafta doimiy odatlarni hayotimizga ta'siri va ularni rivojlantirish haqida ba'zi bestseller kitoblardan namunalar orqali suhbatlashamiz. Sizning odatlaringiz kelajagingizni belgilaydi. Har bir muvaffaqiyatli inson – tadbirkor bo‘ladimi yoki sportchi – mustahkam odatlar shakllantirish orqali yuqori cho‘qqilarga chiqadi. Ko‘pchilik muvaffaqiyatni birdaniga keladigan yutuq deb o‘ylaydi, lekin aslida bu kundalik kichik harakatlarning natijasidir.
📖 Keling, kitoblarga yuzlanamiz!
1️⃣ "Boy ota, kambag‘al ota" – Moliyaviy intizom odati
Robert Kiyosaki boy insonlarni boshqalardan ajratib turadigan narsa – ularning moliyaviy odatlari ekanligini ta’kidlaydi. Aksariyat odamlar pul topib uni sarflaydi, boy insonlar esa tejash, sarmoya kiritish va moliyaviy bilimlarini oshirishga har kuni vaqt ajratadi.
Har oy daromadingizning kamida 10% ini jamg‘arib borish odatini yarating.
Jeyms Klirning fikricha, har kuni atigi 1% yaxshilanish uzoq muddatda katta natijalar beradi. Katta va murakkab maqsadlar qo‘yish o‘rniga, doimiy ravishda kichik o‘zgarishlar qilish yaxshiroq.
Har kuni bitta mayda odat shakllantirishga harakat qiling – 10 daqiqa kitob o‘qish, ko‘proq suv ichish yoki 15 daqiqa erta uyg‘onish kabi.
Tomas Erikson muvaffaqiyat asosan turli shaxsiy tiplarga moslasha olish qobiliyatiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Faol tinglash, to‘g‘ri savol berish va sabr qilish odatlari yaxshi insoniy munosabatlarni shakllantiradi.
Har kuni odamlarni yaxshiroq tushunishga harakat qiling, ularning qanday fikrlashi va muloqot uslubini kuzating.
Bu kitob odamlarning qanday qilib ong ostimizga ta’sir qilishi mumkinligini ochib beradi. Eng yaxshi odatlardan biri – tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdir. Har qanday ma’lumotni tekshirish, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish muhimdir.
Har qanday ma’lumotni qabul qilishdan oldin “Bu kimga foyda keltiradi? Bu faktmi yoki shaxsiy fikr?” degan savollarni bering.
"Biz avval odatlarimizni shakllantiramiz, keyin esa odatlarimiz bizni shakllantiradi." – Jon Dryuden
📣 Matematiklar uchun yozgi mentorlik dasturi - PROMYS 2025! 🇺🇸
Agar siz universitetda matematika yo‘nalishida o‘qiyotgan bo‘lsangiz va yozni AQSHda o‘tkazib, xalqaro matematiklar davrasida ishlashni istasangiz, PROMYS 2025 siz uchun ajoyib imkoniyat!
❓ Kimlar qatnasha oladi?
Yoshlarga ilhom berib, matematik muhit yaratishga qiziquvchi, hamda Boston Universitetida 7 hafta yashab va ishlashga tayyor bo‘lgan, aynan matematikaga ixtisoslashtirilgan yoki shu sohada tajribasi bor talaba yoshlar hujjat topshirishlari mumkin.
🗓 Dastur sanalari: 2025-yil 29-iyun – 9-avgust (Counselorlar 22-iyundan boshlaydi)
📝 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-mart
⚡️ Nimalar beriladi?
🟢 $5,500 stipendiya (7 hafta uchun)
🟢 Bepul turar joy va ovqatlanish Boston Universitetida
🟢 Nufuzli xalqaro matematik dasturda qatnashish imkoniyati
✔️ Qisqa savollarga javoblar bilan ariza shakli
✔️ 2 ta tavsiyanoma
✔️ Universitet transkripti
✔️ CV (rezyume)
🆙 Hayajonli yangilik! 🆙
🧠 IGO 2025 uchun ro'yxatdan o'tish rasmiy ravishda ochildi!
Xalqaro Greenwich Olimpiadasi (IGO) nima?
IGO — Buyuk Britaniyadagi North London Grammar School tomonidan tashkil etiladigan, muammolarni hal qiluvchi va o'zgarishlar yaratishga qodir yangi avlodni ilhomlantirishni maqsad qilgan xalqaro, nufuzli va ijodiy olimpiada,
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅ 10-18 yoshdagi o'quvchilar;
✅ 3 kishidan iborat jamoalar yoki tanlangan toifalarda individual ishtirok;
IGO turli ilmiy sohalarda qiziqishlaringizga mos keladigan keng toifalarni taklif etadi:
💡Muhandislik
💡Kompyuter fanlari
💡Energiya
💡Atrof-muhit fanlari
💡Ijtimoiy fanlar
💡STEM darsini taqdim etish
💡Qisqa film
💡San'at musobaqasi
💡Fotografiya musobaqasi
💡Ijodiy yozuv
💡Robototexnika musobaqalari ... va boshqalar!
✅ iQtidorlyda muvaffaqiyatga erishgan yoshlar hikoyasi
🔥 Loyihamizning yana bir asosiy maqsadlaridan biri – oramizdagi iqtidorlilarni namoyon qilish.
Shunday bilimdonlarimizdan biri –Islombek Baxromov.
💻 Islombek iQtidorly yoshlar bilan birgalikda o'quv markazlari hamda xususiy maktablar uchun yangi "EduCoin" platformasini ishlab chiqdi
📌 Iqtidorimizning yutuqlarini sanab oʻtsak:
✔️ 2015-yilda "Eng faol KAMOLOT a'zosi" nominatsiyasi g'olibi.
✔️ 2021-yil 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan "Istiqbolli IT-loyihalar" ko‘rik-tanlovining tuman hamda viloyat bosqichida 1-oʻrin.
✔️ 2021- yil "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasida faol ishtirokchi.
✔️ 2021- yil IT-Parkda Yoshlar oyligi doirasida “Hack4Region” xakaton ishtirokchisi.
✔️ 2024-yil "iQtidorly" yoshlar oromgohi ishtirokchisi.
✔️ 2024-yil "Prezident Tech Award" tanlovining asosiy yo‘nalish hamda maxsus yo‘nalish ishtirokchisi.
🚀 Islombekning bu kabi muvaffaqiyatlari, albatta, uning ma’suliyatli va oilasining qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.
⭐️ Biz yoshlarimiz orasidan shu kabi o‘ziga xos qahramonlarimiz borligidan faxrlanamiz.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
🚀 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida oʻtkazilgan STEM Zakovat - Fizika turniri
⭐️ 5 kishidan iborat 15 jamoa umumiy 8 savol boʻyicha bellashdilar va uchta gʻolib jamoa uchun sovg’alar topshirildi.
🔥 Zakovat davomidagi jarayonlarni ushbu video orqali koʻrishingiz mumkin.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
⏰ Vaqtni Samarali Boshqarish
☀️ Salom, «iQtidorly»lar! Ushbu hafta vaqtni samarali boshqarishning muhimligi haqida suhbatlashamiz. Vaqtni to‘g‘ri boshqarish orqali o‘z hayotingizni yaxshiroq tashkil qilishingiz mumkin.
Vaqtni boshqarishning asosiy jihatlari:
✅ Ustuvorliklarni aniqlash: Kundalik vazifalaringizni ustuvorliklariga qarab belgilab oling. Bu sizga eng muhim ishlarga ko‘proq e’tibor qaratishga yordam beradi.
Vaqtni rejali boshqarish: Vaqtni rejalashtirish va rejalarga rioya qilish har kuni ko‘proq ishni bajarishga yordam beradi.
Dam olish uchun vaqt ajrating: Samarali ishlash uchun dam olish vaqti ham zarur. Dam olish vaqtini rejangizga kiritishni unutmang.
Kun iqtibosi: "Vaqtni boshqarish - hayotni boshqarishdir." - Robin Sharma
Xakaton Murabbiylik Ma'ruzasi
✅ Ozodaxon Mo'minova tezkor biznesni inkubatsiya qilish va tezlashtirish dasturi boshqaruvi rahbari.
🔥 2022-yilda Ozodaxon Nyu-York Fanlar Akademiyasi tomonidan o'tkazilgan xalqaro Xakatonda turli mamlakatlar jamoasi bilan hamkorlikda g'oya yaratish nominatsiyasida birinchi o'rinni egalladi.
🚀 27-oktabr kuni soat 20:00 da Ozodaxon Mo'minova bilan birgalikda Xakaton loyihalaringiz haqida ma'lumot olish uchun bizga qo'shiling.
📚 Yosh mutaxassisdan o'rganish va o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirish uchun ushbu imkoniyatni qoʻldan boy bermang!
📌 Zoom orqali qoʻshilish.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
🧠 Neuroscience bo'yicha BrainBee Xalqaro olimpiadasi endi O'zbekistonda bo'lib o'tadi!
Esingizda bo'lsa Miya ilmi (Neuroscience) bo'yicha haqiqiy bilimdonlar – yosh tadqiqotchilar Azizbek Muxtorov va Jamshidbek Izzatulloh bilan suhbat tashkil qilgan edik.
2️⃣-bosqich tugash arafasida
Quiz ayni qizgʻin pallada. Ishtirokchilarning har biri fizikaga boʻlgan qiziqishlari, ishtiyoqlari va bilimlari bilan tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishlamoqdalar.
Yaqin orada natijalar bilan bo'lishamiz. Qaysi jamoalar g'olib bo'lganini bilishni xohlasangiz «iQtidorly»da qoling!
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
⚡️Muloqotimiz 19:00da boshlanadi.
Ushbu havola orqali unda ishtirok etishingiz mumkin: /channel/alisher_sadullaev?livestream
Taklif va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Eng yaxshi g'oyalarni o'qib eshittiramiz yoki jonli efirga ulashimiz mumkin.
📌 Eslatib oʻtamiz! STEM zakovat turniri ertaga boʻlib oʻtadi
📆 Sana: 20-oktyabr
🕙 Vaqt: 10:00
📌 Joy: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
Bugun esa roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni, bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang.
✅ Siz ham roʻyxatdan oʻting va jamoalarga qoʻshiling.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:
1. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.
2. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).
3. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (320 BHMgacha, 3 yil muddatga).
4. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).
5. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
6. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (2150 BHMgacha).
7. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.
8. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.
9. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.
10. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.
11. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
12. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).
13. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).
14. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).
@alisher_sadullaev
🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
iQtidorly jamoasi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etamiz. Mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik sizni tark etmasin, yuzningizdan tabassum arimasin. Doim izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etib yuksak cho'qqilarga chiqishingizni tilaymiz.. 🕊
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar! ✨
Hurmat bilan,
iQtidorly jamoasi
🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
📣 XII Rossiya miqyosidagi ilmiy-innovatsion konferensiya: "O‘zingizda olimlikni kashf qiling"
Ushbu konferensiya – ilmiy izlanishlaringizni nufuzli universitetlarning ekspertlariga taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat! Eng yaxshi ishlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🗓 Sana: 2025-yil 19-21-aprel
📍 Manzil: Sankt-Peterburg, Rossiya
🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin? 12-18 yoshdagi maktab o‘quvchilari
📊 Konferensiya formati:
1-bosqich (Masofaviy) – loyihalar ekspertlar tomonidan baholanadi.
2-bosqich (Ochiq yoki onlayn) – eng yaxshi ishlar taqdimot qilinadi va ular hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi
🏆 2024-yil natijalari:
✅ 1 833 ta loyiha ro'yxatdan o'tgan.
✅ 1 200 ta ish yakuniy bosqichga o‘tgan.
✅ 675 nafar ishtirokchi konferensiyada bevosita qatnashgan
🟠 Ekspertlardan ilmiy maslahat olish
🟠 Tadqiqotlaringizni e’tirof etish va mukofotlarga sazovor bo‘lish
🟠 Boshqa iqtidorli yoshlar bilan tanishish
🟠 Sankt-Peterburg bo‘ylab ekskursiyalar va madaniy dasturlar
IT Park delegatsiyasi Ar-Riyodga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi IT-xizmatlar eksportini koʻpaytirish, xalqaro IT va BPO bozorlarida Oʻzbekiston salohiyatini oshirish, shuningdek, mamlakatimizda IT sohasida faoliyat yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni targʻib qilishdan iborat edi.
Tashrif doirasida 10 ta rezident kompaniya uchun koʻrgazma stendlari tashkil etildi, Saudiya Arabistonining yetakchi texnologiya kompaniyalari va investorlari bilan 80 dan ortiq uchrashuv oʻtkazildi.
📖 Batafsil ma’lumot: it-park.uz
—
A delegation from IT Park undertook an official visit to Riyadh. The primary objective of this visit was to expand the export of IT services, enhance Uzbekistan’s potential in international IT and BPO markets, and promote the favorable business conditions established in Uzbekistan’s IT sector.
As part of the visit, exhibition stands were arranged for ten member companies, and over 80 meetings were conducted with leading technology firms and investors in Saudi Arabia.
📖 Read more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🇺🇸 PROMYS 2025 – AQSHda yozgi matematika dasturi! 🇺🇿
📣 Matematikani yaxshi ko‘radigan O‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun ajoyib imkoniyat! PROMYS – Boston Universitetida o‘tkaziladigan 6 haftalik yozgi dastur bo‘lib, unda siz chuqur matematik tushunchalarni o‘rganish, qiyin masalalar ustida ishlash va dunyoning turli burchaklaridan kelgan matematiklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
🗓 Dastur sanalari: 2025-yil 29-iyun - 9-avgust
📝 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 3-mart (Toshkent vaqti bilan 4-mart tonggi soat 9:59)
Xalqaro o‘quvchilar (shu jumladan O‘zbekistonliklar) uchun ikki xil turdagi - to‘liq va qisman grantlar mavjud. 2025-yil 29-iyunga qadar 14 yoshga to‘lgan, hamda, hali universitet talabasi bo'lmagan, 9-sinf yoki unga tenglashtirilgan bosqichni tugatgan bo‘lishi kerak.
📌 Arizaga qiyin matematik masalalar to‘plami ham kiradi, shuning uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi.
⛓ Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: PROMYS for Students
Matematik qobiliyatingizni sinab ko‘rish, yangi bilimlar olish va dunyo bo‘ylab tengdoshlaringiz bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
Assalomu alaykum, do'stlar, biz Nukus shahridamiz.
Qoraqalpog'istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz 12:00da Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan Al-Xorazmiy maktabida bo'lib o'tadi.
Uchrashuv barcha uchun ochiq hamda ro'yxatdan o'tish shart emas.
💙 💙💙💙💙
Hackathon 2024 Pitching Day
📢 Join us for Webster University in Tashkent’s first-ever Hackathon and witness the creativity and problem-solving skills of our students as they compete in this event!
📆 Date: November 2
📍 Venue: Grand Hall
⏰ Time: 9:30 - 17:00
🚀 Sponsors joining us include Vention, Uzinfocom, Applied Labs, Ipoteka Bank, and Vivo.
🎯 This is also an opportunity to see innovative projects and network with company representatives to discover career opportunities.
📌 Hackathon Agenda
💫 Join the future makers now!
#innovativeWebster
@websteruniversitytashkent
✅ Xakaton murabbiylik ma'ruzasida navbatdagi speaker
Mohirdevning Dialix AI va AI/ML muhandisi bosh direktori Salohiddinov Muhammadali bilan xakaton mentorlik ma'ruzasiga qo'shiling.
📆 Sana: 29-oktyabr
⏰ Vaqt: 20:00
🔗 Zoom havola.
🔥 Muhammadali texnologiya hamjamiyatida ham muvaffaqiyatga erishdi, jumladan:
Open Data Challenge 2-oʻrin 2024.
Startup dam olish kunlari markaziy Osiyo 2-oʻrin 2024.
Fizika olimpiadalarida bir nechta mukofotlar.
Shaxmat bo'yicha viloyat chempioni.
Janubiy Koreyada o'qituvchilik tajribasi.
⭐️ Siz ham o'z mahoratingizni oshirishni xohlaysizmi yoki loyihalaringiz haqida fikr-mulohaza olmoqchi boʻlsangiz, bu kelajakdagi innovatorlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
🚀 Eslatma: Xakaton Murabbiylik Ma'ruzasi tez orada boshlanmoqda...
🌀 Bugun, 27-oktabr soat 20:00 da Ozodaxon Mo'minova bilan birga onlayn uchrashuvga qo'shiling va o'z loyihalaringizni qanday rivojlantirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalarni oling!
💡 Ozodaxon Mo'minova – "Swift Launch" biznes inkubatsiya va akseleratsiya dasturi boshqaruvi rahbari. Bugun, Ozodaxon "Loyihani to'g'ri taqdimot qilish" mavzusida taqdimot qiladilar.
⚡️ Soha mutaxassisdan tajriba o‘rganing va xakatonda o‘z maqsadlaringizga erishish yo‘lida ishonchingizni oshiring.
📌 Zoom orqali qoʻshilish: Zoom havolasi
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
🎯 Maqsadga yo‘naltirilgan harakat
Salom, «iQtidorly»lar!
Bu hafta maqsadga yo‘naltirilgan harakatning kuchi haqida gaplashamiz. O‘z oldingizga aniq maqsadlar qo‘yish va ularga erishish uchun harakat qilish hayotingizda katta o‘zgarishlar keltiradi.
✅ Maqsadga yo‘naltirilgan harakatning asosiy jihatlari:
➡️Aniq maqsadlar qo‘yish: Maqsadlaringizni aniq va o‘lchovli qilib belgilang. Bu sizga ularga erishish yo‘lida aniq qadamlar qo‘yishga yordam beradi.
➡️Reja tuzish: Maqsadlaringizga erishish uchun reja tuzing va unga rioya qiling. Rejalashtirish muvaffaqiyatga olib boruvchi yo‘ldir.
➡️Sabr-toqat: Maqsadlaringizga erishishda sabr-toqatli bo‘lish muhim. To‘siqlarni yengib o‘tish muvaffaqiyatning kalitidir.
🟡 Kun iqtibosi:
"Maqsad sari harakat - bu muvaffaqiyat sari eng qisqa yo‘l." - Zig Ziglar
🎉 STEM zakovat javoblarini e’lon qilishga tayyormiz
⭐️ Gʻolib jamoalar:
🥇-oʻrin: We'd win jamoasi – 700,000 soʻm pul mukofoti;
🥈-oʻrin: Tell a scope jamoasi – 500,000 soʻm pul mukofoti;
🥉-oʻrin: Xójeli QM jamoasi – 300,000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
🔈 Appelyatsiya jarayonlari qizgʻin tus olganiga qaramay, katta yoshdagilar va kichik yoshlilar o'rtasida bilimlar to‘qnashuvi bo‘lganini tan olmasdan iloj yoʻq. Ba'zi jamoalar yosh chegaralarini e'tibordan chetda qoldirgan bo'lishi mumkin, va bu holat hakamlar tomonidan adolatli va shaffof qaror bilan natijalar e’lon qilindi!
✅ Ushbu zakovatda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga tashakkur aytamiz va keyingi oʻqishlarida omad tilaymiz. Shu bilan birgalikda Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Qoroqalpogʻiston Respublikasidagi IQtidorly jamoasi ambassadori Dilmurod Yusupovga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
📚 Doim oʻqib izlanishdan charchamang. Zero, bilim olish va koʻp oʻrganish orqali siz oʻz kelajagingizni yarata olasiz.
1️⃣-bosqichga start berildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida oʻtkazilayotgan STEM Zakovat - Fizika turniri 2 bosqichda tashkillashtiriladi.
5 kishidan iborat 15 jamoa umumiy 8 savol boʻyicha bellashadilar.
Jamoalarga omad tilab qolamiz🙌
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
⭐️ iQtidorly loyihasi Qoraqalpog'istonlik fizika bilimdonlarini bellashuvga chorlaydi!
✅ Ushbu nizom orqali turnir haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
❗️Hoziroq turnir uchun havola orqali roʻyxatdan oʻting.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin
⭐️ STEM zakovat oldi sizlarga yaxshi kayfiyat ulashmoqchimiz
✅ Siz ham oʻyinimizda ishtirok eting. Zakovat boʻlishiga esa sanoqli kunlar qoldi. Sizni u yerda kutilmagan atmosfera va kuchli networking kutmoqda.
🗒️ Hoziroq siz ham roʻyxatdan oʻting va jamoamizga qoʻshiling.
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin