Яна 10 фоизга. Пенсия, нафақа ва бюджет ходимлари маошлари сентябрдан яна ошади
Пенсия, нафақа ва бюджет соҳасида маошлар 1 сентябрдан яна 10 фоизга оширилиши режалаштирилмоқда. Бу ҳақда Kun.uz'га Прогнозлаштириш ва макроиқтисодий тадқиқотлар институти директори Умид Обидхўжаев маълум қилган.
Обидхўжаевга кўра, жаҳон бозорида олтин ва мис нархининг прогнозга нисбатан юқори бўлиши (қўшимча 4,5 трлн сўм) ҳамда божхона тушумларининг ошиши (қўшимча 3 трлн сўм) ҳисобига, давлат бюджети параметрларида кўзда тутилганига нисбатан, иш ҳақи, пенсия ва нафақаларни қўшимча яна бир маротаба оширишга қарор қилинган.
Sunʼiy intellekt 2050 yildagi suvsizlikdan azob chekayotgan O‘zbekiston suratini chizib berdi. Qo‘rqinchli manzara…
Bundan ham xavotirlisi agar qishloq xo‘jaligi va maishiy hayotimizda suvni shunday uvol qilishda davom etsak, bu ayni haqiqatga aylanishi muqarrar.
#Uzbekistan2050
Аssalomu alaykum!
Sizni Navro'z yangilanish va yasharish bayrami bilan chin dildan qutlayman.
Sizga sogʼlik-omonlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, ilmiy ishlaringiz va o'qishlaringizda omadlar tilayman.
Navro'zi olamning hayotbaxsh nur-ziyosi qalbingizni poklab, nurafshon aylasin.
@InfoAKT
Noto'g'ri tarqatilgan xabarlar uchun INFO AKT kanali ma'muriyati uzr so'raydi. va maktab ta'lim kanalining rasmu bayonotiga ko'ra eksternat imtihonlariga arizalar qabul qilinishi to'g'risidagi xabarlarning noto'g'ri talqini sababli tarqalgan ma'lumotni moderatorlar tomonidan kanalga joylangan.
/channel/uzedu/20528
Мактаб даврига саёҳат!
➖ Кимда 2 та ручка бор?
➖ Дарс бўлмайди секин битта-битта чиқиб кетинглар!
➖ Устоз ручка бериб туринг!
➖ Ҳамма ремонтга пул олиб келсин.
➖ Шанба куни ота-оналар мажлиси.
➖ Қўнғироқ фақат ўқитувчилар учун.
➖ Соат нечи бўлди?
➖ Комиссия келябди.
➖ Дарс тугашига нечи минут қолди?
➖ Қизларни сочини тортамизми дўстим?
➖ Эсталик тўлдирдингми?
Шуни билдимки Алгебра устоз ҳеч қачон касал бўлмас экан ва ҳар бир мактабда оиласи ҳақида гапириб берадиган битта ўқитувчи бўлар экан!😁
Қаранг йиллар ўтиб кетибди орадан...
@InfoAKT
https://kun.uz/51441071
Пуч сертификатлар, сотиладиган эсдалик нишони ва педагогларнинг ҳавога совурилаётган пуллари. Муаммонинг илдизи қаерда?
@InfoAKT
⚡️Ўзбекистондаги мактабларда бир синфдаги ўқувчилар сони 20-24 кишигача қисқартирилади.
❗️Ўзбекистонда синфдаги ўқувчилар сонига чеклов белгиланиши режалаштирилмоқда:
• 1-4-синфлар - 20 ўқувчи
• 5-9-синфлар - 24 ўқувчи
• 10-11-синфлар - 20 нафардан ошмаслиги керак.
@InfoAKT
Косонсой туман тиббиёт бирлашмасида ишлаётган энг яхши шифокор сизнингча ким?!
Сўровнома 25 апрел соат 20:00га қадар давом этади.
Ғолибга вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғининг махсус совғаси ва ташаккурномаси тақдим этилади.
ОВОЗ БЕРИШ
#Хушхабар
⚡️5 млн сўмлик вазир устамасини олиши мумкин бўлган педагоглар рўйхати тасдиқланди
Айни дамда вазир жамғармаси 2-босқичидан муваффақиятли ўтган педагоглар сони 1697 нафарни ташкил этган. Энди, ана шу рўйхатдаги педагог ходимлар 9 ой мобайнида 5 млн сўмдан ортиқ бўлган қўшимча маблағни ҳар ой оладилар.
2-босқичдан муваффақиятли ўтиб олган педагогларни чин дилдан табриклаймиз. Сизлар учун хурсандмиз.
👉Xalq ta'limi Info
23-mart, payshanba.
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toshkent vaqti)
#hadis #ramazon
Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:
«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uchun bayʼat qilmoqchi boʻldi. U ota-onasini yigʻlagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot:
“Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yigʻlatgan boʻlsang, xuddi shunday qilib kuldirgin”, dedilar».
📖 Sharh: Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topish, ularni xursand qilishni vaqti kelganda hatto hijratdan ham ustun qoʻygan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning haqqini qanday ulugʻlaganlariga bir nazar soling. Oʻzlariga hijrat uchun bayʼat qilgani kelgan muxlis kishiga “Ota-onangning huzuriga borib, ularni kuldir”, demoqdalar.
Baʼzi holatlarda yoshlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga surish holatlariga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, ishni toʻgʻri yoʻlga burishlari kerak ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
Ayol tug‘ildi:
O‘g‘il emas, qiz — dedilar xomush,
Nega xomush… Otasi o‘g‘il kutganmush.
Ayol ulg‘aydi:
Uyda o‘tir, o‘qishing shartmas,
Uydagi yumushni eplay olgin, bas.
Ayol sevdi:
Unutma, sevishga haqqing yo‘q aslo!
Ayolda yurak yo‘q, qalbi yo‘q go‘yo…
Ayol turmush qurdi:
Kelinsan, gapirma, endi bo‘l soqov,
Soching supurgi bo‘lsin, qo‘llaring kosov.
Ayol farzand ko‘rdi:
Mana senga farzand nomli baxt,
Endi o‘zingni unutgin… Unga yarat taxt.
Ayol qaynona bo‘ldi:
Aralashmang, yuring jim...
Arazlab ketmasin sevgan xotinim.
Ayol o‘ldi:
Dedilar, nega tashlab ketdingiz,
Nega ortda qolganni ko‘zin yoshlab ketdingiz.
Ayolning haqqi yo‘q:
O‘qishga, sevishga, o‘zin deyishga,
Hatto ajal yetganda, bir kun o‘lishga.
Ayollarni qadrlaylik. Har kun har on...
@InfoAKT
⚡️❗️ Энди Ўзбекистонда мактаб ўқувчилари олдиндан битирув имтиҳонларини топширишлари ва мактаб дарсларига бормасликлари мумкин.
Ўрта мактаб ўқувчилари муддатидан олдин имтиҳон топширишлари ва сертификат олишлари мумкин. Хоҳлаганлар 1 мартдан 1 майгача ЭПИС орқали ташқи имтиҳонларга ариза топширишлари мумкин. Ушбу постни синфдошлар ва мактаб ўқувчиларининг ота-оналарига юборинг, улар хабардор бўлсин.
@InfoAKT
🔍 Noutbuk va kompyuterdagi veb-kamerani o'chirib qo'yish
🔍 Ish stolidagi "Компьютер" ustiga sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing va "Свойства" menyu bandini bosing.
✈️ O‘ng tarafdagi “Диспетчер устройств” tugmasini bosing, qurilmalar orasidan kamerani toping va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan “Отключить устройство” bandini tanlang.
@InfoAKT
❓Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?
✅ Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:
🏛Universitet — 36 ta;
🏛Institut — 48 ta;
🏛Akademiya — 5 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 24 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.
✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
🔸Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
🔹Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
🔸Badiiy akademiya - 1 ta;
🔹Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
🔸Adliya vazirligi - 1 ta;
🔹Bosh prokuratura - 1 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔸Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
🔹Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
🔸Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.
❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.
@InfoAKT
❗️ Telegram'da API o‘zgarishİ
- 18.02.2023 dan boshlab foydalanuvchilar avtorizasiya kodlarini faqat rasmiy «Telegram» orqali olishlari mumkin. Norasmiy ilovadan telefon qo‘ng‘irog‘i yoki SMS-xabar orqali kod kelishi imkonsiz bo‘ladi.
☝️ Ya’ni, endilikda siz «Plus», «Telegraph», «Vidogram», «Aka» ka’bi norasmiy ilovalarda yangi telegram akkaunt ochaman desangiz, sizga SMS kod kelmaydi. Norasmiy ilovalar orqali akkauntga kirish jarayonida kod faqatgina Telegram orqali jo'natiladi. Shunday ekan, avval rasmiy «Telegram» ilovasini o‘rnatib, unda yangi akkaunt ochib, keyin norasmiy ilovalar orqali akkauntga kirishingiz mumkin bo‘ladi.
🏌️ Keyinchalik tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun yaqinlaringizga ushbu ma’lumotni yuborib qo‘ying!
@InfoAKT
#kayfiyat
— Ustoz, qilmagan ishim uchun meni jazolaysizmi?
— Yo‘q, albatta!
— Uyga vazifamni qilmagandimda... 😅
@InfoAKT
10-синфлар учун «Ўзбек тили» дарслигида мусиқий асбоблар номи хато ёзилгани аниқланди.
Фарзандингиз доирани най, дуторни доира деб келса, ҳайрон қолманг. Чунки унинг китобида ростан шундай ёзилган.
П.С: Фарзандингиз "доира"ни "най" деб сиз билан талашса ундан жахлингиз чиқмасин 🤦♂️😂
@InfoAKT
/channel/namssb_murojaat
Namangan viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining fuqaro murojaatlari bilan ishlash guruhi.
Siz ushbu guruhga tibbiyot sohasi bo'yicha shikoyat va takliflaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
Axborot kanalimiz
http://t.me/namssbaxborotxizmati