#kitobxonlik_maktabi
🎤 Najot Nur bilan suhbatga marhamat!
«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 124-sonida «Notiqlar va teleboshlovchilarni tayyorlash markazi» rahbari, xalqaro jurnalist, teleradioboshlovchi ustoz Najot Nur bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtadi.
Suhbat davomida notiqlik, notiq boʻlmoqchi boʻlganlar uchun kerakli tavsiyalar, nutqda kitobning ahamiyati va shu kabi mavzular borasida soʻz boradi.
Shuningdek, tinglovchilar va mehmonimiz oʻrtasida savol-javob ham tashkil qilinadi.
Suhbatga kirish bepul. Roʻyxatdan oʻtilmaydi. Shunday ekan, barchangizni navbatdagi ilm majlisiga taklif qilamiz. 😊
📆 16-iyul, 11:00
📍 «Hilol Nashr» nashriyoti
@hilolnashr
✨ Barchasi «Hadis va hayot» silsilasi haqida
Kechagi kun shayx Muhammad Sodiq Muhmmad Yusuf hazratlarining shoh asarlaridan boʻlgan «Hadis va hayot» silsilasiga atalgani haqida xabaringiz bor. Quyida ularni yana eslatib oʻtamiz.
«Hadis va hayot» juzlarini ketma-ketlikda oʻqish kerakmi?
«Hadis va Hayot» turkumidagi barcha elektron va audiokitoblarga 50% chegirma eʼlon qilamiz!
«Hadis va Hayot» silsilasidagi barcha juzlar va ularning nomi
«Hadis va hayot» silsilasidagi hali nashr qilinmagan juzlar va ularning nomlarini bilasizmi?
«Hadis va hayot» silsilasi rus, qoraqalpoq va tojik tillarida
«Hadis va hayot» fleshkartalarda
«Hadis va hayot» silsilasida 5408 ta hadis sharh qilingan
Islomning barcha jabhalarini oʻzida jamlagan «Hadis va hayot» toʻplami
❓ Sizga asar haqidagi qaysi maʼlumot yangilik boʻldi? Qaysi maʼlumotdan qoniqdingiz? Maʼlumotlar «Hadis va hayot» silsilasini toʻplam yoki donalab xarid qilishingizga turtki boʻldimi?
Izohda yozib qoldiring 😊
@hilolnashr
#chaqiriq
🎉 «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!
Tonggi va kechki zikrlarni kunlik vird(vazifa)ga aylantirib olish maqsadida «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha bir haftalik chaqiriq eʼlon qilamiz.
Chaqiriq davomida har kuni ertalab va kechqurun ushbu ilovadagi tonggi va kechki zikrlarni toʻliq aytish kerak boʻladi. Toʻliq aytilganini tekshirish uchun «Siz tonggi zikrlarni tugatdingiz» yoki «Siz kechki zikrlarni tugatdingiz» yozuvli skrinshot izohlarga yuboriladi.
Bundan tashqari hafta davomida ilovaning funksiyalari, ilovaga bildirilgan fikrlar hamda ilovaning targʻiboti sahifamizda eʼlon qilib boriladi.
✅ Chaqiriqda ishtirok etish uchun «Zikr va duolar» ilovasidagi tonggi va kechki zikrlarni har kuni aytib borishingiz kifoya.
📆 Chaqirigʻimiz 10-iyuldan 16-iyulgacha davom etadi.
🎁 Bir hafta davomida ilovamizdan eng koʻp foydalangan va eng koʻp yaqiniga ulashgan 10 tadan foydalanuvchiga shayx hazratlarining elektron kitoblari bir donadan hadya qilinadi.
Ilovadan qancha foydalanganingizni hisoblash uchun Action Dash (Android uchun) yoki Screen Time (iOS uchun) kabi ilovalarni oʻrnatib olishingiz kerak boʻladi.
👉 Ushbu havola orqali rasmli maʼlumotni koʻrishingiz mumkin.
📖 Ilovani yuklab olish
🟢 Ushbu chaqiriq koʻpchilikka yetib borishi uchun yaqinlaringizga ulashing.
❓ Siz chaqiriqda ishtirok etasizmi?
🟢 @hiloldasturlari
#янгилик #қуръони_карим
🎉 Катта ҳажмли тажвидли мусҳаф нашрдан чиқди!
Мусҳафни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан буюртма беришингиз мумкин.
👉 Нархи: 140 000 сўм
☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
🌐 Сайтдан буюртма беринг
📍 Манзилларимиз
🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади
*Тез орада барча дўконларимизга етказилади, иншааллоҳ.
@hilolnashr
#maʼlumot
Islomning barcha jabhalarini oʻzida jamlagan «Hadis va hayot» toʻplami
👉 To‘plam haqida batafsil
@hilolnashr
#maʼlumot
🎙 «Hadis va hayot» fleshkartalarda
✨ Bugungi kunni bejiz «Hadis va hayot» silsilasiga bagʻishlamadik. Buning bir sababi toʻplam yozib tugatilganiga bugun 22 yil toʻlgan boʻlsa, yana bir sababi toʻplamda katta ilm yotganligi, uning kitobxonga tortiq qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy foydalarga toʻla ekanidir.
Ana shu foydadan har bir inson foydalansin, manfaat olsin degan maqsadda silsila hamma sohadagi odamlarga yetib borishiga harakat qilamiz.
✅ Kitob oʻqishga qiynaladiganlar, koʻzida nuqsoni borlar, maʼlum sabablar tufayli kitob oʻqishga imkoni yoʻqlar, jumladan, avtotransport haydaydiganlar uchun «Hadis va hayot» toʻplami toʻliq audiokitob holatiga keltirilgan. Ular fleshkartalar koʻrinishida sotuvga chiqarilgan.
Ish faoliyati asosan avtotransportda kechadigan insonlar mazkur fleshkartalar orqali «Hadis va hayot» silsilasini tinglab, yuqorida aytgan ilmlarga ega boʻlishi, goʻyo shayx hazratlari bilan suhbatlashish baxtiga muyassar boʻlishlari mumkin.
Oxirgi marta «Hadis va hayot» silsilasidagi qaysi juzni mutolaa qildingiz? Izohda yozib qoldiring. 😊
@hilolnashr
#maʼlumot
❓ «Hadis va hayot» silsilasidagi hali nashr qilinmagan juzlar va ularning nomlarini bilasizmi?
Yuqorida aytib oʻtganimizdek, «Hadis va hayot» silsilasi 39 jilddan iborat. Bugungacha 35 jildi nashr qilinib, sotuvga chiqdi. Qolgan 4 ta juzi bugungacha biror marta nashr qilinmagan.
✅ Quyida ushbu juzlarni keltiramiz:
31-juz: G'azot va sariyalar
33-juz: Qiyomat, jannat va doʻzax
38-juz: Haddlar kitobi
39-juz: Amirlik va qozilik kitobi
🤩 Shu oʻrinda sizlarga, xossatan, «Hadis va hayot» muxlislariga yangiligimiz bor! Alloh taoloning fazli bilan ushbu juzlar ham nashrga tayyorlanishi boshlangan! Tez orada 33-juz bosmaxonaga chop qilish uchun topshiriladi.
Siz toʻplamning qaysi juzlarini xarid qilgansiz? Izohda yozib qoldiring. 😊
@hilolnashr
🟢🟢🟢🟢🟢
✨ «Hadis va Hayot» turkumidagi barcha elektron va audiokitoblarga 50% chegirma eʼlon qilamiz!
📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari shoh asarlaridan biri – «Hadis va Hayot» toʻplamini yozishni 1996-yil 26-iyunda boshlab, 2002-yil 10-iyulda, jami 6 yilda tugatganlar.
#ҳадис_ва_ҳаёт
Исломнинг барча жабҳаларини ўзида жамлаган «Ҳадис ва ҳаёт» тўплами
✨ Ўзида иймон, ният, илм, ихлос, намоз, рўза, ҳаж, закот, никоҳ, пайғамбарлар, саҳобалар, зикр, қиёмат ва бошқа Исломдаги рукнлар, ибодатларни ўзида жамлаган, жами 35 жуз, 33 жилддан иборат «Ҳадис ва ҳаёт» тўплами сотувда
☝️ Китобдаги ҳар бир мавзу аввало Қуръони Каримдаги оятлар, Расулуллоҳ соллаллоҳ алайҳи васалламнинг мавзуга оид ҳадислари орқали батафсил шарҳ қилинади.
👉 Нархи: 1 320 000 сўм
☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
🌐 Сайтдан буюртма беринг
📍 Манзилларимиз
@hilolnashr
#maʼlumot
Farzandni ham maʼnan, ham jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishi uchun kerakli maʼlumotlar jamlangan kitob
👉 Kitob haqida batafsil
@hilolnashr
#тез_кунда
Тез кунда «Ҳилол» журналининг навбатдаги 2 (59)-сони янги форматда сотувга чиқади, иншааллоҳ.
@hilolnashr
#sotuvda
Farzandlaringiz Qurʼonga muhabbatli boʻlishlarini istaysizmi? Bu kitob siz uchun!
«Qurʼondan 366 savol-javob» kitobi sotuvda.
Kitobning muqovasi, ichidagi yorqin rasm va ranglar, kreativ dizayn oʻquvchini, xossatan bolalarni yana ham kitobga qiziqtirishi, shu yoʻl bilan Qurʼoni Karimdagi koʻplab maʼlumotlarni oson esda saqlab qolishiga sabab boʻladi, deb oʻylaymiz.
Marhamat, «Qurʼondan 366 savol-javob» kitobini xarid qiling! 😊
👉 Narxi: 86 000 so'm
☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
🌐 Saytdan buyurtma bering
📍 Manzillarimiz
🚚 Onlayn berilgan buyurtmalar Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beriladi
@hilolnashr
#сотувда
Руҳий камолотга китоб орқали эришишни истаган китобхонлар учун ажойиб тавсия
#сотувда
4 та китобдан иборат «Ал-Камил» - араб тили дарслиги сотувда
Ушбу дарсликларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан, шунингдек, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан харид қилишингиз мумкин.
👉 «Ал камил» - Араб тили дарслиги (A1) — 51 000 сўм
👉 «Ал камил» - Араб тили дарслиги (A2) — 35 000 сўм
👉 «Ал камил» - Араб тили дарслиги (B1) — 55 000 сўм
👉 «Ал камил» - Араб тили дарслиги (B2) — 50 000 сўм
☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
📍 Манзилларимиз
@hilolnashr
«Kitob hadya qilishni trendga olib chiqaylik»
Islomda aql
✨ Aslida ilm degani ishlarni aql yordamida bajarish, demakdir. Aql esa uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qurʼon barcha ishlarda aql bilan ish yuritishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlarni qattiq tanqid qiladi.
☝️ Qurʼoni Karimda aqlga taalluqli soʻzlar 50 marta ishlatilgan. «Aql egalari» degan jumla esa 10 martadan koʻproq ishlatilgan. Shuning oʻzi ham Qurʼon aqlga katta eʼtibor berganining dalilidir.
«Iymon» kitobidan
@hilolnashr
#қуръони_карим
«Hilol Nashr» нашриётида чоп қилинган мусҳафи шарифлар
Мусҳафларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан буюртма беришингиз мумкин.
👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, катта ўлчамда) — 135 000 сўм
👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, катта ўлчамда) — 140 000 сўм
👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, ўрта ўлчамда) — 55 000 сўм
👉 Мусҳафи шариф (кўк қоғозда, ўрта ўлчамда) — 57 000 сўм
👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, ўрта ўлчамда) — 64 000 сўм
☎️ +998712175999
📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot
📍 Манзилларимиз
*Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади
@hilolnashr
#янгилик #журнал
«Ҳилол» журналининг навбатдаги 2 (59)-сони янги форматда нашр қилинди
Ушбу сонда «Тафсир» (Изнсиз бошқа уйга кирманг), «Ҳадис шарҳи» (Энг яхши икки фазилат), «Фиқҳ» (Нафл намозлари), «Асмои Ҳусно» (Ал-Холиқ), «Саҳобалар ҳаётидан» (У гўзал ҳаёт кечиради), «Хислатли ҳикматлар» (Дунё хираликларидан ҳайрон бўлма) «Насиҳат» (Эй илм эгаси!) каби мақолалар жамланган.
👉 Нархи: 8 000 сўм
📨 Буюртма учун: @Hilol_reception
☎️ +998712175999
🌐 Сайтдан буюртма беринг
📍 Манзилларимиз
* Эслатиб ўтамиз, журнал учун обуна хизмати мавжуд
👉 Обуна хизмати билан танишинг
@hilolnashr
#сотувда
«Бахтиёр оила» китоби лотин ва кирилл алифболарида сотувда
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг қаламларига мансуб «Бахтиёр оила» китобларини лотин ва кирилл алифбосида харид қилинг.
Kитобларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан ва kitoblardunyosi.uz сайтимиздан харид қилишингиз мумкин.
👉 Кирилл алифбосида — 72 000 сўм
👉 Lotin alifbosida — 72 000 сўм
☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
📍Манзилларимиз
🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади
@hilolnashr
#maʼlumot
🔥 «Hadis va hayot» silsilasida 5408 ta hadis sharh qilingan
Shoh asar haqida navbatdagi maʼlumot. Toʻplamning bugungacha nashr qilingan 35 juzida 5408 ta hadis sharh qilingan.
✅ Shayx hazratlarining «Hadis va hayot» silsilasidagi hadislarning sharh qilish uslublarini koʻrib chiqaylik:
🟤Avval hadisning arabcha matni keltiriladi;
🟤Soʻng uning oʻzbekcha tarjimasi yoziladi;
🟤Keyin mazkur hadis roviysi boʻlgan sahoba bilan qisqacha tanishtirib oʻtiladi;
🟤Shundan soʻng hadis sharh qilinadi;
🟤Sharhdan soʻng shayx hazratlari hadisdan olinadigan foydalarni yozadilar;
🟤Oxirda esa xulosalarini yozib qoldiradilar.
✨ Silsiladagi har bir hadis, tepada aytib oʻtganimizdek, 5408 ta hadis ham xuddi shu tartibda tarjima va sharh qilingan.
☝️ Eslatib oʻtamiz, hadislarning tarjimasi haqidagi mazkur maʼlumot toʻplamning bugungacha nashr qilingan juzlaridan kelib chiqib hisoblanadi.
«Hadis va hayot» silsilasining qaysi juz yoki juzlarini bir martadan koʻp mutolaa qilgansiz? Izohda yozib qoldiring 😊
@hilolnashr
#maʼlumot
«Hadis va hayot» silsilasi rus, qoraqalpoq va tojik tillarida
Shayx hazratlarining shoh asarlari boʻlmish «Hadis va hayot» silsilasi haqida navbatdagi maʼlumotga eʼtiboringizni qaratamiz.
✅ Mazkur toʻplam nafaqat oʻzbek tilida nashr qilingan, balki rus, qoraqalpoq va tojik tillariga ham tarjima qilingan va chop qilingan.
✨ Bu xayrli ish avvalo shayx hazratlarining orzulari, niyatlari edi. Hazrat doimo dinimizning ahkomlari, Qurʼon va sunnat ilmlari qardosh xalqlar, yaqin davlatlardagi musulmonlarga ham yetib borishi gʻamida yurganlar.
Oʻzlari hayot paytlarida bu ish amalga oshmagan boʻlsa ham bugunga kelib «Hadis va hayot» silsilasining bir qator juzlari yuqorida keltirilgan tillarga tarjima qilindi, qoraqalpoq, rus, tojik musulmonlariga yetib bormoqda.
🎉 Kelajakda shayx hazratlarining boshqa kitoblari, xossatan, «Hadis va hayot» silsilasi turk, ingliz, qozoq va boshqa tillarga ham tarjima qilinishi reja qilingan.
Siz toʻplamning qaysi juzini eng birinchi mutolaa qilgansiz? Izohda yozib qoldiring. 😊
@hilolnashr
#maʼlumot
✨ «Hadis va Hayot» silsilasidagi barcha juzlar va ularning nomi:
1-juz: Muqaddima
2-juz: Islom va Iymon kitobi
3-juz: Niyat, Ixlos va Ilm kitobi
4-juz: Poklik kitobi
5-juz: Namoz kitobi-1
6-juz: Namoz kitobi-2
7-juz: Namoz kitobi-3
8-juz: Zakot kitobi
9-juz: Roʻza kitobi
10-juz: Haj va hmra kitobi
11-juz: Savdo, ziroat va vaqf kitobi
12-juz: Faroiz va vasiyat kitobi
13-juz: Nikoh, taloq va idda kitobi
14-15-juzlar: Qasamlar, nazrlar va ov kitobi
16-17-juzlar: Taom, sharob va libos kitobi
18-juz: Tib va dam kitobi
19-juz: Olamlarga rahmat Paygʻambar
20-juz: Anbiyolar qissasi
21-juz: Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo
22-juz: Usmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo
23-juz: Jannat bashorat berilganlar va ahli bayt
24-juz: Peshqadamlar roziyallohu anhum
25-juz: Nubuvvat xonadoni xonimlari
26-juz: Ansorlar roziyallohu anhum
27-juz: Ahyorlar va diyorlar fazli
28-juz: Tafsir kitobi
29-juz: Tafsir, tush va masallar kitobi
30-juz: Qurʼon fazilatlari kitobi
31-juz: Jihod va gʻazotlar
32-juz: Fitnalar va Qiyomat alomatlari kitobi
33-juz: Qiyomat, jannat va doʻzax
34-juz: Yaxshilik va axloq kitobi
35-juz: Duolar, zikrlar, istigʻfor va tavba
36-juz: Zuhd va raqoiqlar kitobi
37-juz: Adab kitobi
38-juz: Haddlar kitobi
39-juz: Amirlik va qozilik kitobi
Sizga silsilaning eng yoqqan juzi qaysi? Izohda yozib qoldiring 😊
@hilolnashr
#maʼlumot
❓ «Hadis va hayot» juzlarini ketma-ketlikda oʻqish kerakmi?
Maʼlumki, «Hadis va hayot» toʻplami 39 jilddan iborat. Koʻpchilik kitobxonlar ushbu juzlarni ketma-ketlikda, yaʼni bir boshidan oʻqish kerak, deb aytishadi.
✅ Aynan shu tartibda oʻqisa ham boʻladi. Ammo shart emas. Toʻplamning har bir juzi maʼlum mavzuga bagʻishlangan. Misol uchun, roʻza haqidagi kitob 9-juz, zakot haqidagi kitob 8-juz, haj haqida 10-juz, nikoh, taloq, idda haqida 13-juz, zikr va duolar haqida 35-juz va hokazo.
Har bir kitobxon ushbu juzlarni ketma-ketlikda emas, holatiga, qiziqishiga qarab kerakli mavzu yoritilgan juzini oʻqishi mumkin.
✨ Birinchi avvalgi juzlarni oʻqishim kerak, yoʻqsa tushunmay qolaman, deb oʻylamang. Sizga silsilaning qaysi juzidagi mavzu qiziq boʻlsa, shu juzning mutolaasini boshlang.
Siz «Hadis va hayot» toʻplamidagi qaysi juzlarni oʻqigansiz? Izohda yozib qoldiring. 😊
@hilolnashr
#maʼlumot
Roppa-rosa 22 yil oldin «Hadis va hayot» toʻplami yozib tugatilgan edi
✨ Bugungi kun shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining shoh asarlari boʻlmish «Hadis va hayot» silsilasiga bagʻishlanadi.
😊 Kun davomida sahifamiz orqali ushbu goʻzal asar haqida maʼlumotlar olishingiz mumkin.
@hilolnashr
#maʼlumot
Bugun Alixontoʻra Sogʻuniy va Abdurahmon qorilar hayoti haqidagi suhbat boʻlib oʻtdi
«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 123-soniga atoqli olim, adib, maʼrifat arbobi, «Tarixi Muhammadiy», «Turkiston qaygʻusi» kabi kitoblar muallifi Alixontoʻra Sogʻuniyning kotibi Yahyoxon domla va Toshkentda yashab oʻtgan taniqli qori, ulamo Abdurahmon qorining farzandi Zohidjon qorilar tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida ikkala atoqli adib va Qurʼon hofizlari esga olindi, kotiblari va farzandlarining xotiralari tinglovchilar bilan boʻlishildi.
@hilolnashr
#янгилик
🎉 «Ҳадис ва ҳаёт» силсиласининг 3-жузи қайта нашр қилинди
✨ Шайх ҳазратларининг қаламларига мансуб «Ҳадис ва Ҳаёт» силсиласининг 3-жуз — «Ният, ихлос ва илм» китоби қайта нашр бўлиб, сотувга чиқди.
☝️ Ният, ихлос ва илм масаласи тасаввуф илмига оид мавзулардан бўлиб, уларни асосан аҳли тасаввуфлар шарҳлаб келганлар. Мазкур жузда амалларнинг қабул бўлиши учун лозиму лобуд бўлган бу уч муҳим омилга оид муҳим маълумотларни ўрганамиз.
Асарни «Hilol-Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиз орқали буюртма беришингиз мумкин. 😊
👉 Нархи: 33 000 сўм
☎️ +998712175999
📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot
🌐 Сайтдан буюртма беринг
📍 Манзилларимиз
@hilolnashr
#сотувда
«Дорул Арқам» китоби
✨ Муҳаммад Амин Йилдирим қаламларига мансуб, Ўткирбек Муҳаммад Cобир томонларидан нашрга тайёрланган «Дорул Арқам таълим маскани тарихи» (ваҳий нозил бўлиш жараёнида шахсият тарбияси) китоби нашр қилиниб, сотувга чиқди.
Маълумки, Дорул Арқам Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Маккадаги ҳаётларида муҳим касб этган маскан ҳисобланади. Мушриклар У зот алайҳиссалом Исломни олиб келганларида қаршилик қилиб, бу муборак диннинг ёйилишига тўсқинлик қилишди ва Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам Арқам розияллоҳу анҳунинг уйларида қўним топдилар, кам сонлик мусулмон бўлган, кейинчалик эса кучли шахс бўлиб етишган саҳобаларни тарбияладилар.
✅ «Дорул Арқам» китоби:
🟤 Набий алайҳиссалом мазкур тарбия йўлини қай тарзда олиб борганликлари;
🟤 бу ишда нималарга эътибор берганликлари;
🟤 нима учун маскан қилиб Дорул Арқам танлангани;
🟤 Дорул Арқамга танланган талабаларнинг — саҳобаларнинг ўзига хос хусусиятлари ва унга аъзо бўлган илк 45 талаба;
🟤 Дорул Арқам талабаларининг кейинчалик муваффақиятга эриштирган 12 асосий сабаб ва шу мавзудаги яна гўзал маълумотлар жамланган асардир.
Марҳамат, Ислом тарихида энг буюк таълим масканларидан бири ҳақидаги тарихий, илмий, ахлоқий, тарбиявий китобни харид қилинг! 😊
👉 Нархи: 51 000 сўм
☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
🌐 Сайтдан буюртма беринг
📍 Манзилларимиз
🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади
@hilolnashr
#maʼlumot
Bugun Urganchdagi doʻkonimiz ishlamaydi
Qolgan doʻkonlarimiz uchun ish kuni
📍 Manzillarimiz
@hilolnashr
Savdo molini yolg’ondan maqtash harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
@islomuz
#kitobxonlik_maktabi
Alixontoʻra Sogʻuniy va Abdurahmon qorilarni eslaymiz
«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 123-soniga atoqli olim, adib, maʼrifat arbobi, «Tarixi Muhammadiy», «Turkiston qaygʻusi» kabi kitoblar muallifi Alixontoʻra Sogʻuniyning kotibi Yahyoxon domla va Toshkentda yashab oʻtgan taniqli qori, ulamo Abdurahmon qorining farzandi Zohidjon qorilar tashrif buyurishadi.
Tadbirda ikkala atoqli olimning hayot yoʻllari, ular haqidagi yorqin xotiralar, ikkala zotning xalqimizga qoldirib ketgan meroslari, xalqimiz uchun qilgan ishlari eslanadi.
Marhamat, tarix eslanadigan suhbatga tashrif buyuring!
📆 Ertaga, 11:00
📍 «Hilol Nashr» nashriyoti
@hilolnashr