hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

Хитойда бир киши шундай  оч ва чарчаган едики, чидай олмай нок ўғирлаб еди одамлар ўғрини ушлаб, жазолаш учун император ҳузурига олиб келишди. 

Ўғри императорни кўриб, унга деди: Ҳурматли Император, мен оч эдим, чидай олмадим, ўғирлаб едим. Мени кечиришингизни илтимос қиламан. Агар мени кечирсангиз, сиз учун бебаҳо совға бор дейди
Император истеҳзоли кулди: Сенга ўхшаган одамда мендек император учун қийматли бўлган нима  бўлиши мумкин?
Ўғри кафтидаги нок уруғини  узатади ва: Агар сиз бу уруғни эксангиз, олтин мева берадиган дарахт бир кунда ўсиб чиқишини кўрасиз дейди
Император кулиб: Ундай бўлса, олтин меваларни кўрсам, кечираман деди.
Ўғри: Император ҳазратлари, мен бу уруғни эка олмайман, чунки мен ўғриман. Бу уруғни фақат умрида ўғирлик қилмаган, бошқаларга нисбатан адолатсизлик қилмаган, ёлғон гапирмаган одам эксагина олтин мева беради. Акс ҳолда уни экганни заҳарлаб, мисли қурилмаган дард билан ўлдиради. Султоним, бу уруғни фақат сиз эка оласиз
Император қовоғини чимирди, бир муддат ўйлади, сўнг қўпол овоз билан: Мен боғбон эмас, императорман, ўша уруғни бош вазирга беринг деди
Ўғри уруғни бош вазирга узатганда, бош вазир ваҳима ичида императорга юзланиб, эътироз билдирди: Экиш ва парваришлашда мен жуда нўноқман ҳазратим, сеҳрли уруғни исроф қиламан. Менимча, бу уруғни хазиначи экиши керак
Бош ғазначи дарҳол баҳона топиб: Бу вазифани бошқа бировга топширди.
У ерда бўлганларнинг барчаси бирин-кетин  баҳона топиб уруғ экиш вазифасидан қочишди.
Кейин император вужудга келаётган сукунатда бироз уйланиб қолди.  У рўпарасидаги бош вазир, ғазначи ва барча амалдорларга тикилиб
Келинг, бу ўғрига уруғнинг олтин мева беришини ва уни хурсанд қилишини биргаликда кўрсатамиз деди.
Чўнтагидан бир тилла танга олиб, ўғри ушлаб оладиган қилиб ирғитди.
Сўнгра ҳамма секин чўнтагидан олтин чиқариб ўғрига бергунича кутиб турди
Кейин кулиб: йўқол бу ердан эй Ўғри, бу сабоқ бугун ҳаммамизга етарли деди.


Siz eka olarmidingiz?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Toʻyga 100 dan ortiq odam keldi. Hammani yuzida maska! Toʻyxonani ertalabni o'zida 4 martaga yaqin dizenfeksiya qilishdi. Odamlarni to'yxonaga kirishdan oldin qo'llarini antiseptik bilan yuvdirdik. Bir martalik qogʻoz sochiqlar bilan qo'llarini arttirdik... Dadam, bobom, amaki, togʻalarim hammalari yuzlariga maska taqqan holda odamlar bilan ko'riahdilar. Bunaqa toʻyni birinchi marta ko'rayotganim uchun bu menga gʻalati tuyuldi. Bir kulgim kelsa, bir achchigʻim chiqardi. Hali opam ham sahnada maska taqib o'tirmasa boʻldi ishqilib! Mayli bu ham yaxshilikka! Hammasi xavfsizlik uchun-ku?! Shu virusni deb qancha odam o'lib ketdi axir! Odamlar bu kasallikdan ancha qo'rqib qolishgan! Yaqindayam bir tanishimning xolasi shu karanavirus sabab boʻlib bu dunyodan ketgandi... Men ham maskamni to to'y tugagunicha yechmadim.
  Opamni kelinlik libosida koʻrgim keldi. Lekin bu yerda ish koʻp! Nahorgi oshdan soʻng xotin oshi bo'lishi kerak... Narsalarni yig'ishtirib, stol-stullarni tuzab qo'yishimiz lozim. Men yigit tarafga bormayman. Chunki u yoqda toʻy faqat ayol qizlar uchun hovlida qilinyapti ekan... Erkaklarga alohida choyxonadami yoki bironta kafeda ziyofat qilinyapti ekan... Unda kuyovni o'rtoqlari, oʻzini tanish-bilishlari boʻladi! Menga nima bor?! Men shu yerda qolganim maʼqulroq...
   Ishlarimni tez-tez qildimda, soat 12 da o'tgach, kuyov navkarlar kelguncha kelaman deb uyga qaytdim. Uyda opam, sinfdosh dugonalari, kursdosh dugonalari va yana u yoq bu yoqdan orttirgan tanish qizlar - barchalari yig'ilishib o'tirishgan ekan. Opam juda ochilib ketibdi. Lekin yuzidagi makiyaji uncha yoqmadi. Oʻzi asli bo'yangan qizlarni umuman yoqtirmayman. Inshaalloh xotin olsam, uni ham bo'yantirmoqchi emasman! Yoqmaydi qandedur... Yuziga narsa chaplavolganini ko'rsam rossayam g'ashim keladi...
   Lekin opam... Boshqacha bo'lib qolibdilar. Egnida oppoq libos! Derazadan tushayotgan quyosh shulasida yalt-yalt qiladi... Qo'llarigacha yopiq... Umuman ochiq joyi yoʻq! Boshlarida oppoq harir ro'mol... Juda chiroyli, xuddi oppoq farishtaga o'xshaydi. Beixtiyor jilmaydim. Opam ham menga qarab kuldilar...
  - Qale... Yarashibdimi?
Qizlar qiqirlab kulib yuborishdi. Uyalganimdan qulog'imgacha lovullab ketdi. Yuzlarim qizarib ketganini his qildim. Zoʻrgʻa tilim kalimaga keldi.
  - Yaxshi... Bo'ladi...
Tezgina uydan chiqib ketdim. Qizarib ketganimda hijolat bo'lgandim... To'g'ri yana to'yxonaga yoʻl oldim...
  Uydaman. Hamma opam kelin boʻlib tushgan uyga ketdi. Onam o'sha yerda, xolalarim, ammamlar - deyarli barcha qarindosh urugʻ! Dadam bordilar-u yarim soat o'tmay qaytib keldilar... Mana bir kunlik toʻy o'tdi-ketdi! Opam endi bu uyga faqatgina mehmon boʻlib keladi endi...

✍Usmonaliyeva Munira
⏰16.03.2025.                   17:25

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Olgan boʻsez yolgʻon gapirmay tan oling, birinchi martaligi uchun kechiraman.
- Men olmadim. O'g'rimasman aka. Shu yoshimgacha birovni ignasini besoʻroq olgan emasman.
- Paynetchi aytdi kecha telefonizga 100 ming pul solibsiz. Oylik hali olganiz yoʻq ediku?
Jahlim chiqib ketdi. Anchadan beri telefonimga pul sololmay yurgandim. 2 oylik qarzi bor. Raqamim bloklanmasin deb tiyinni tiyiniga qo'shib pul yig'dim. Kecha 100 ming bo'lgandi...
- Tushunmadim! Bu pulni bir oydan beri yig'yapman aka! O'zimni pulim!
- Eee qo'ysangizchi! Siz olgansiz. Sizdan boshqasi ololmaydiku?!
Rosmana jahlim chiqib ketdi. Unga qarab baqirdim.
- Men olmadim! O'g'rimasman!
- Yoki tan olasiz, yo bu yerda qaytib qorangizni ko'rmay!
- Jon deb ketaman!
Narsalarimni yig'ishtirib endi ketayotsam, boshlig'im bir necha oshnalariga meni ko'rsatib ustimdan kulayotganiga ko'zim tushib qoldi. Shart bordimda tumshugʻiga bir musht tushirdim! U ham meni urdi. Oshnalari ham o'rab olib rossa do'pposlashdi. Yuz-ko'zlarim qon bilan belandi... Labimning bir cheti yorildi. U tinmay meni haqorat qilib so'kina boshladi. Onadan so'kkani uchun yana qaytib musht otdim. Lekin bu safar u chap berib qoldi. O'rtada katta janjal yuzaga keldi. Bizni mojaromizni ko'rishga qiziqqan bir nechta kishilar atrofimizni oʻrab oldi. Men jon holatda ularga qarshi turdim. Menga tuhmat qilgani va onamdan kelib so'kingani alam qilardi. Oxiri odamlar o'rtaga tushib bizni ajratib qo'ydilar. Uyga bir ahvolda qaytib keldim. Onam meni ko'rib qo'rqib kettilar. Tezda tepamga kelib to'zg'ib yotgan sochlarimni va yuzlarimni siladilar.
- Bolajonim! Kim urdi seni?!
- Havotir olmang ona... Yigitchilikda boʻlib turadi...
- Ehh Xudoyim aaa! Bu nima axir?! Yuzingga bir qara! Hamma joying momotaloq boʻp ketibdiku bolam!
Onam koʻz yosh qila boshladilar. Bu hol meni yuragimni siqdi.
- Nimaga yig'layapsiz endi? Hammasi yaxshi!
- Kim qildi buni?
- Ishdan ketdim, ona.
- Nega?
- Meni o'g'riga chiqardi. Men olmadim desam ham ishonmadi... Oxiri urushib ketdik.
- Voy o'lmasam! Hali uni urdingmi?! Ustingdan yozib bermasaydi!
- Haa urdim! Keyin u ham o'rtoqlari bilan meni do'pposladi...
- Voy sho'rim! Voy Xudoyim!
Men boshqa bir soʻz demasdan ichkariga oʻz xonamga kirib ketdim. Onam ham ortimdan kirdilar. Men endi kiyimlarimni alishtirmoqchi boʻlib turgandim.
- Qancha pul edi?
- 500 ming ekan!
- Haa... Endi nima boʻladi?
- Hech narsa boʻlmaydi. Boshqa ish topamanda.
Onam indamay tashqariga chiqib kettilar. Oʻsha kuni umuman kayfiyatsiz yurdim. Na bir ish qilgim kelardi, na kim bilandir gaplashgim... Kuni boʻyi xonamga kirib olgancha o'tirdim... Bugungi ish hech ham hayolimdan chiqmadi. Alam tuyg'usi juda yomon bo'larkan... Ichim dir-dir qaltiraydi. Tishim o'zidan oʻzi g'irchillab ketadi... Ikki qoshimning o'rtasida tuguncha paydo boʻlgan... Shu holatda oʻy surib ancha vaqt xonamdan chiqmadim. Hali dadam bu holimni bilganlari yoʻq! Agar bilsalar bormi?!... Albatta aybni o'zimga yuklab qo'yadilar. "O'zing uquvsizsan, bitta ishni eplolmading" deydilar... Hayotning turli zarbalari hali oldinda ekan. Bu vaqtdagi arzimas ko'ngilsizliklar kishiga shunchalik ozor bersa, kelgusidagi ishlar hayotimga va qalbimga qanday taʼsir qilarkin?! Ketma ket keladigan omadsizliklar ortidan menga ham baxt kulib boqarmikin?! Alloh bilguvchi! U har kimni, har narsani eshitguvchi! Duolarni ijobat qilguvchi! Mening ham umidlarimni so'ndirma Allohim... Ishlarimga rivoj ber... Oilaviy saodat ato et!
* * *
Kuzning ikkinchi oyi! Havo anchayin salqin. Odamlar palto, kurtkalarda... Qor yoʻq, yomgʻir yoʻq, shamol ham esmayapti, lekin havo harorati minus. Sovuq etlarni junjiktiradi. Ertaga bitta-yu bitta opamni toʻyi! Karantin kuchaytirilgan... 30 kishilik toʻy deyilgan edi. Lekin urugʻi koʻp oila 30 kishilik toʻy qilishi amrimahol! Hech qaysi toʻyxona ishlamaydi. Uyda toʻy qilishga esa umuman sharoitimiz yoʻq! Uyimiz anchayin taʼmirtalab... Qum shuvoq qilingan xolos. Koʻcha tarafga hatto derazalar ham qo'yilmagan. Hovli chang... Devorlar nurab yotibdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

DIL (Qismli Hikoya)

3-QISM. KATTA HAYOTGA QADAM

Hayriyat! Hammasi yaxshilik bilan tugadi. Politsiya xodimlari Jamol akani qotilini va uni sheriklarini topishdi. Jamol akaga qasddan shisha sinig'ini 2-3 marotaba suqib olgan yigit - 1997-yil, bizdan 4 ta qishloq narida turadigan yigit ekan. Ismi Samad. Jinoyati uchun tegishli jazosini oldi! 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qolgan ikkita sherigi ham 4 yildan qamoq jazosini oldilar... Lekin bu qilingan choralarning hech biri Jamol akani hayotga qaytarib berolmaydi! Uning joni uzilayotgan payti menga boqib turgan nigohlari hech hayolimdan ketmaydi. Hatto tushlarimgacha kirib chiqadi... Baʼzan cho'chib uyg'onib ketaman. Menga ham tegishli choralar qo'llanildi. Yarim kechasi karantin qoidalarini buzib ko'chaga chiqqanim va noqonuniy tartibda ochilgan tungi klubga kirganim uchun... Dadam katta miqdorda jarima to'ladilar! Bu juda og'riqli hol... Sababi bizni ahvolimiz o'zi shundoq ham tang edi. Dadam qarzlarini yarmidan qutulib endi biroz bo'lsada yengil nafas olaman, deb turganlarida meni qilgan bu nomaqbul ishim oshib tushdi. Axir men atayin qilmagandim! Bunaqa bo'liahini tush ko'ribmanmi?! Nima bo'lganda ham o'sha kundan boshlab dadam meni bekor qo'ymay qo'ydilar. Bekor turganimni ko'rdilarmi tamom, darrov ish buyurishga tushadilar. Yer chopaman, g'isht quyaman... Og'ir yuklarni ko'taraman! Hech qilmay yurib birdan bunaqa ishlarni qilish kishiga nihoyatda og'irlik qilarkan. Albatta moslashib olgunimcha tilim osilib qoldi... Lekin sekin-sekin ko'nikdim. Bilagimda kuchim bor ekan! Ancha g'isht quydim...
Hozir yozgi taʼtil... Opam hali hamon uyda... Yana kurslarga bormay qo'ydi. Sababi oʻsha - pul muammosi. Ingliz tilidan 400 ming qarzlari bor... Domlasi mayli kelavering, keyin ham bersayiz bo'ladi debdi. Sababi Munisa yangi o'quvchisi emas, 5 yillik o'quvchisi! Balki shungadir... Shuncha bergan bilimi zoye ketmasin debmi, yoki opamga ishonganidanmi, unga hozircha pul bermay qo'yavering debdi. Lekin opam ko'nmadi. Qarzga o'qimayman deb oyoq tirab turib oldi. Xullas shu-shu opam uyda, oʻzi mustaqil kitob o'qiydi, test yechadi...
Hammasi bir tekis ketayotgan joyida buvim yana eski gapni ko'tarib keldilar.
- Yana halegi aytgan yigitdan so'rab kelishyapti. Mahallamizni obro'li odami oraga tushdi... Qizlaringni bersalaring shunday yigitga beringlar, deydi. Yigitni rossa maqtadi.
Onam ham, dadam ham indashmadi. Nima ham deya olishardi?! Buvim so'zlashda davom ettilar.
- Mehnatkash, kattalarni hurmat qiladigan yigit ekan. Masjidni qurilishiga ham oʻzi ancha yordam qilibdi. Har juma ehson tarqatarkan. Yosh bo'lsa ham, tirishqoq emish...
Dadam bir-ikki tomoq qirib oldilar-da asta lekin chertib-chertib gapira boshladilar.
- Ona... Yigit yaxshi ekan, men ham ta'rifini eshitdim. Lekin hozir bilasiz qo'limiz ancha kalta. To'y qilishga qurbiyatimiz yetmaydi axir... Shunga o'ylanib turibman men.
- To'yni o'rtada qilamiz. Yigit qiz tarafdan hech narsa kerakmas debdi. Mebel, parda, gilam, kir moshina deysanmi, muzlatgich deysanmi hammasini o'zlari qilisharkan. Biz qizingni ko'rpa-to'shagini qilamiz, idish-tovog'ini olib beramiz bo'ldi...
- Bilmasam... Qani ko'ramizda.
- Munisa shu yerdami?
Onam sekin javob berdilar.
- Dugonasinikiga ketgandi, hozir kelib qoladi.
- Yaxshi. Uni kutib o'tiraman... Bir uchrashib ko'rsin, balki yoqtirib qolar, agar yoqtirmasa hech kim uni majburlamaydi... O'qishini o'quvradi.
Men kiyimlarimni alishtirish uchun xonamga kirdim. Shu payt darvoza ochildi. Opam kirib keldilar. Ichkari xonada o'tirgan buvim bilan so'rashdi. Men xonamdan sekin chiqdim. Yana o'sha xonaga kirdim... Hozir futbol boahlanishi kerak. Bugun Realni o'yini bor! Uyimizda bir dona televizor bor... U ham bo'lsa oʻsha buvimlar o'tirgan xonada edi. Televizorni yoqib ovozini past qilib qo'ydim. Ko'zlarim futbolda...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Haqiqatni qidirib (hikoya)
Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o‘tirardi. 
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz — Haqiqatmisiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Тилагим шу:
Сизга ҳам бир куни шундай қўнғироқ бўлсин!

@IkromSharif

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Shunchaki tanishingiz bilan yarim kechasi bunday noqonuniy ochilgan joyda nima qilib yuribsiz?
  - Men bunaqa joyga olib keladi deb oʻylamagandim. Odatda billyardga yoki playstationga ( playstayshin) ga borardik. Biroz vaqt oʻtkazgani.
  - Demak, bu yerga kelishingizni bilmagansiz.
  - Shunday...
  - Maktab oʻquvchisisiz, shundaymi?
  - 11-sinfga oʻtdim.
Uning berayotgan savollari meni anchagina terlatdi. Hayolimda ming xil oʻy girdikapalak boʻlib aylana boshladi. Endi dadamga nima deyman?! Bunaqa joydaligimni bilishsa, qanday ahvolga tushisharkin?! Nega ketmadim? Jamol akani ham olib ketmadim? Hali yosh edi... Afsus. Politsiyachi qoʻlidagi blaknotiga nimalarnidir yozdi. Keyin yana menga yuzlandi.
  - Voqea qanday boʻldi?
Unga koʻrgan-bilganlarimni barchasini roʻyi rost aytib berdim.
  - Hammasi mastlikdan boʻldi...
  - Ular necha kishi edi?
  - 5 ta. Avval oʻrtalariga olib urishdi, keyin Jamol aka birining boshiga shisha bilar urgach, boshqasi oʻsha shisha boʻlagi bilan koʻksiga urdi... Hamma baqirib qochib qoldi keyin...
  - Siz nima qildingiz?
  - Oʻsha zahoti yugurib keldim. Jamol akani qoʻlimda tutib turdim... Qoʻllarimda jon berdi...
  - Siz hozircha uyizga boring... Oʻzimiz olib borib qoʻyamiz. Ota onangiz bu yerdaligizdan xabardormi?
  - Yoʻq... Kech boʻlgani uchun bezovta qilmay deb aytmagandim.
  - Xmm... qani yuring biz bilan.
Politsiya mashinasida uyga borsam hamma vahima qilib yuborishini oʻyladim. Uydagilarim surishtirishsa, shunaqa joyga kelganimni bilishsa...?
  - Yoʻq aka... Ovora boʻlmanglar. Oʻzim sekin yetvolaman.
  - Iloji yoʻq uka. Siz jinoyatga guvoh boʻlgansiz. Bitta odam oʻldi! Uyizga olib borib uydagilarizni ogohlantirishimiz kerak. Keyin 1-2 kundan soʻng sizni idoraga chaqiramiz. Koʻrgan yigitlarizni yuzlari, gavdalari qanaqaligini aytasiz... Bu yerda kameralar yoʻq ekan! Sizni koʻrsatmalaringiz kerak boʻladi bizga.
Politsiyachi aka menga zimdan termulib qaradi.
  - Hozir karantin! Odamlar uyda oʻtirishi kerak... Siz yarim kechasi koʻchaga chiqib qoidalarni buzgansiz... Hali maktab oʻquvchisi boʻlganiz uchun bir safarga hayfsan olasiz... Uyizdagilarga aytaman, bundan keyin sizga qattiqroq turishadi.
Yuragim orqaga tortib ketdi. Endi nima boʻladi?! Dadam, onam qanday ahvolga tushishadi?! Ehhh... Qayerdan ham shu joyga kirdim oʻzi?!
  Politsiya mashinasida uyimga ketarkanman oʻspirinlik davrim tugab yigitlik vaqtim kelganini oz boʻlsada his qildim. Endi yosh bola emasman... Kotta hayotga qadam qoʻyyapman! Hayotning turli zarbalari, sinovlari hali oldinda... Bu kun ham men uchun bir sinov edi... Meni ulgʻaytirgan kun - aynan mana shu kun boʻldi!

2-QISM TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 12.03.2025.                  00:00

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Opamni bir yaxshi yigit soʻrab qoʻymayapti ekan. Yoshi ham uncha katta emas, oʻqimishli boʻlmasada, ilmi hikmatni biladigan, ishbilarmon tadbirkorlardan emish... Yoshligidan qiyinchilikda katta boʻlib, oʻzini mehnati bilan koʻtarilgan bola ekan... Buvimga shu yigit judayam maʼqul kelganligini gap-soʻzlaridan bilish qiyin emas edi.
- Oʻgʻlim... Qizingni bersang, shunaqa joyga ber! Yigitni hamma maqtayapti... Esli, iymonli, diyonatli!
- Endi bilmasam, ona... Munisa oʻqiyman deyapti-ku?!
- Eee, oʻqib olim boʻlarmidi?! Oʻzi men uni shu kursga borib vaqtini sarflab yurganiga azaldan qarshi edim! Undan koʻra pishiriqqa borsin, roʻzgʻor tutishni oʻrgansin. Qiz bola uchun eng kerakli bilim - ayollik bilimidir. Qolgan hammasi bekor, agar bilsang!
Dadam boshlarini egdilar... Nima deyishga, qanday qaror qabul qilishga boshlari qotdi. Axir oʻzi zoʻrgʻa kun koʻrayotgan boʻlsak?! Qarzga botib yotibmiz-ku, qanday ham toʻy qila olardik?! Dadam mahzun lekin oʻta ma'noli koʻzlari bilan buvimga qaradilar.
- Sharoitimiz...
- Sharoitingga nima boʻlibdi?! Mana men borman. Ukalaring, opa-singillaring bor... Qarindosh-urugʻ bor! Oʻrtada oʻtkizaveramiz...
- Bilmadim... Boshim qotdi. Qizim necha yildan beri tayyorlanyapti. Hayronman...
- Hech narsa qilmaydi. Olgan bilimlarini farzandlariga oʻrgatadi.
Dadam mum tishlab qoldilar. Buvim qoʻllarini fotihaga ochib, uzundan uzoq duo qildilar va "Men haliroq yana kelaman" deb kettilar. Menga uyda boʻlayotgan bu voqealar unchalik ham qiziq emas, parvoyim falak edi. Bir yil maktab qoldi. Eson-omongina bitirib olsam bas.
* * *
Jamol degan bir tanishim bor. U bilan kechalari koʻcha aylanadigan odat chiqardim. Uni mashinasi bor... Sigaret chekadi. Uyga kirsam tutun hidi menga ham oʻtirib qoladi. Onam darrov payqaydilar...
- Chekyapsanmi?!
- Yoʻgʻe... Oʻgʻlingiz unday narsalardan yiroq, onaginam.
- Sendan shunday sigaretni hidi kelib yotibdi-yu, kecha shimingni yuvayotib gugurt topvoldim!
- U menikimas, Jamol akaniki! Menda qolib ketgandirda!
- Faqat rostini ayt, bola! Chekayotgan boʻlsang, dadangni bilasanaa, uydan haydab yuborishdan ham toymaydi!
- Chekkanim yoʻq. Bunaqa naarsalarga qiziqmayman ham. Havotir olmang...
Onamning oldidan asta oʻtib, oʻz xonamga kirdim. Karovatim ustiga oʻzimni otdim... Shu onda qotib uxlab qolibman... Birdan telefonim jiringlab qoldi. Jamol aka ekan...
- Alo...
- Abdulloxon, qalesiz?
- Yaxshiman... Oʻzizchi?
- Ha... Uxlab yotovmidiz? Bezovta qilib qoʻydim shekilliga?!
- Yoʻq-yoʻq... Biroz koʻzim ketib qolibdi.
- Ha maylida... Koʻreshaylik ukam.
- Mayli. Hozir chiqaman.
Soatga qaradim. Tungi 12 yarim! Bunaqa mahal nega chaqiryaptikan meni hayronman. Yuzimni yuvish uchun hammomga kirdim. Oynakka qaradim. Anchs uxlabman shekilli yuzimda yostiqning izlari koʻrinib turibdi. Uydagilarga sezdirmasda asta qadamlar bosib darvozadan chiqdim. Uyimizdan 10-15 qadam narida Jamol aka oʻzining Lasetti rusumli mashinasida sigaret tutatib oʻtirardi.
Borib mashinaga oʻtirdim... Tutun hidi dimogʻimni qichitdi. Bir-ikki qattiq-qattiq yoʻtalib oldim. Jamol aka kuldi.
- Tavba-ye, Albulloh! Tutun hidiga shunchalikmi? Siz tengilar bir kunda bitta pachkani chekib tugatadi!
Jamol aka yon choʻntagindan sigaret toʻla qutisini ochdi, bitta olib menga tutqazdi.
- Qani, bitta tortib koʻring...
- Yoʻq... Aka men chekmayman!
- Iyaa... Kichkina bolamassiz endi! Yigitsiz! Oling... Qoʻlimni qaytarmang.
Qat'iy bosh chayqadim. Chekishni umuman xohlamasdim.
- Bunaqa narsalarga meni umuman hushim yoʻq... Ham oilamizda ichib, chekaydiganlar yoʻq, buni yaxshi bilasiz.
- Bilaman! Haa... Mayli! Oʻziz bilasiz...
Jamol aka sigaretini yana qutiga qaytarib soldi. Mashinani oʻt oldirdi. Men qayoqqa ketayotganimizni bilmasdim.
- Qayoqqa ketyapmiz,.aka?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

DIL (Qismli Hikoya)

2-QISM. QARZ BALOSI

Bahor. Aprel-may oylari. Havo bir muncha salqin. Gʻir-gʻir esayotgan shabboda daraxtlar atrofida aylanib ularni asta qitiqlab uygʻotmoqda. Bolalar kun sal iligani uchun qalinroq kiyimlar kiyib koʻchaga chiqishgan. Mahalla koʻchalari 3-4 yoshli bolachalarning qiy-chuvlari bilan toʻldi. Kelinlar yana avvalgidek koʻcha supurish uchun chiqa boshladilar. Bahor kelib tabiat jonlandi. Nafaqat tabiat, balki odamlar ham jonlandi.
Qish ichi ancha ogʻir ahvolda edik. Karantin ancha yengillab qolgach, asta ishxonalar ish boshladi. Dadam aptekalarga qonuniy dori tarqatish bilan shugʻullana boshladilar. Ish uncha ogʻirmas lekin koʻp koʻchada yuriladi. Dorixonama dorixona shartnomalar tuziladi. Oyligi bir muncha yaxshi, lekin bir oilani taminlay oladigan darajada emasdi. Dadam deyarli uyda koʻrinmay qoldilar. Kechayu kunduz koʻchadalar. Ertalab chiqib ketib yarim kechasi kirib keladi. Koʻproq pul topay, qarzlarimdan qutulay deya tinim bilmay ishlay boshladilar. Opam bilan onam ham ishlashdan toʻxtashmadi. Lekin dadam opamni yana oʻqishini xohlardi. Qish ichi opamning oʻqishlari ancha pastladi. Chunki ishdan charchab kelgach, umuman kitob oʻqiyolmay qoldilar. Dadam shuni bilib ichlaridan siqilardilar. Bir kun oilaviy ovqatlanib oʻtirganimizda gapirib qoldilar.
- Qarz yomon narsekan... Insonni halovatini olib qoʻyarkan.
Onam gapga aralashdilar.
- Haa... Toʻgʻri aytasiz dadasi.
- Munis oʻqishi kerak... Dars qilmay qoʻydi!
Opam hijolatdan boshini egib oldi.
- Farzandlarim oʻqimishli boʻlishi shart! Men qancha qiynalganman oʻzimga ayon. Ogʻir mehnat kishini ezib qoʻyadi. Men devan sexda ishlaganimda qoʻlimdan ayrilib qolishimga bir bahya qolgan! Ish ogʻir edi... Yogʻoch toshirdim,ularni randalardim... Qoʻlim stanokka kirib ketgach, u ishdan ketganman.
Dadam asta chertib-chertib gapirar, biz esa indamasdan ularni tinglab oʻtirardik.
- Yaxshi ishda ishlash uchun oʻqish kerak! Aqlni ishlatgan odam uyda oʻtirgan holidayam bemalol pul topa oladi. Meni yoshligimda sharoitim boʻlmagan oʻqiy olmaganman... Biz Sirdaryoda yashardik, bu yerga koʻchib kelgan yilimiz rossa qiyinchilik boʻlgan. Yangi yer, yangi odamlar... Qayerdan pul topishni bilmaymiz, oylab kepak nonni qaynagan suvga botirib yeganlarim esimda. Shuning uchun men bollarimni qiynalib yashashini xohlamayman. Avval Munisa oʻqiydi, keyin nima qilib boʻlsa ham Abdullohni ham oʻqitaman!
Dadam gapirishdan toʻxtab opamga qaradi.
- Ertadan ishingga bormaysan. Yana kurslarga qaytasan. Avgustgacha 3 oy qoldi. Yaxshilab tayyorlanishing kerak.
- Lekin dada...
- Lekin-pekini yoʻq! Gap tamom... Shuncha yillik biliming uvol boʻlib qolmasin.
- Xoʻp...
Opam ovqatlanib boʻlgach dasturxondan asta turib oʻz xonasiga kirib ketdi. Dadam hali ham qarz toʻlar edi. Oʻsha kuni ertasi opam yana kitob daftarlarini koʻtarib oʻquv markaziga ketdi. Men esa maktabga yoʻl oldim...
* * *
Opamga har kuni sovchi kela boshladi. Baʼzilaridan 5 marta, baʼzilaridan 3 marta... Koʻcha koʻyda 98-99-yil yigitlar meni koʻrishsa, tab tortmay opam haqida soʻraydigan boʻlishdi. Bu menga umuman yoqmasdi.
- Abdulloxon! Yaxshimisiz ukajonim...
- Assalomu alaykum.
- Va alaykum assalom.
- Ha, aka... Tinchlikmi?
- Yaxshimisizlar?
- Shukr boʻladi.
- Haa... Yaxshi. Opez yaxshimi?
Gʻashim keldi. Begona yigitlar opamni gapirsa jahlim chiqadi. Lekin nima boʻlsa ham tishimni tishimga qoʻyib turdim.
- Yaxshilar... Yurishibdi oʻqib.
- Haa. Opez boshqacha-da! Mahalladagi eng yaxshi qiz... Chiroyli, odobli... Bu mahalladagi boshqa qizlar opezni tirnogʻigayam arzimedi.
- Yoʻgʻe, unaqa demang. Yaxshi qizlar koʻp. Opamni ham sinfdoshlari yaxshi qizlar hammasi.
- Haa endi aytdim qoʻydim-da... Uka... Ochigʻini aytaman. Opayizda koʻnglim bor, anchadan beri... Uylanmoqchiman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

“АНА, РИСОЛАТНИНГ ЭРИ...”

Беш йил аввал...
“Дадаси, ана, чопиққа чиқма, дейсиз, кеча Жума фермер уч юз минг сўм берди. Шу пулга иккита қўзи олиб боқмоқчиман. Кузда сотсам, пулини шифернинг пулига қўшиб қўяман. Яна қирқта жўжа ҳам очирдим. Бу ёқда сигиримиз туғади яқинда... Бу йил худо хоҳласа, томни ёпиб олармиз. Чакканинг тагида қишламаймиз энди... Худога минг шукур. Кимдан камимиз бор? Ана, Рисолатнинг эри...”
Уч йил аввал...
“Олий маълумотлиман, домулламан, деб кўкрак кериб юраверсангиз, биров бир сўм берадими? Бир миллион сўм ойлигингизга рўзғор ўтмайдию, орттириб бўларканми? Ана, Рисолатнинг эри у ёқда икки йил ишлаб, участкасини қаср қилиб олди. Эртадан кейин қайнингиз Питерга кетаяпти. “Поччамниям менга қўшиб юборинг, йўл пули мендан”, – дейди. Ҳатто жигарингиз ҳам бундай яхшилик қилолмайди. Гап шу! Кетасиз, дедимми, кетасиз! Менинг ҳам қанчадан-қанча орзу-ҳавасим бор...”
Бир йил аввал...
“Алло! Қанча жўнатдингиз? Беш юз доллар ҳам пулми? Ана, Рисолатнинг эри... Э-э-э, мен билмайман, йиғиштиринг баҳонани... Ўтган ойнинг пулими? Ҳа, тилла “тросс” олдим. Жума фермернинг хотинидан кам жойми борми?”
Олти ой аввал...
“Нима, мен далага, чопиққа чиқаманми? Мен-а? Ковушимнинг пулини берадими? Нима, қайтаяпсиз? Шундай ишни ташлаб-а? Бу ёқда нима бор? Яна юрасиз-да фермернинг ерида судралиб... Нима, “йиқилдим”, “оёғим қайрилди”? Нимага йиқиласиз? Бу ёқда қизингизнинг тўйи бўлай турипти... Шунинг учун уйга чопиб келиш шартми? Ўша ерда даволанаверинг...Ана, Рисолатнинг эри...”
Кеча...
“Ука, нималар деяяпсан? Нима бўлди поччангга? Қандай тушиб кетади? Алло, алло... Иккинчи қаватдан?! Синди? Оёқми? Кўзларингга қарасанглар бўлмайдими? Э-э-э, эркак кишиям шундай латта бўладими? Тузукмилар?! Иш жойидан товон пули беришарканми? Нимага энди... ана, Рисолатнинг эри...”

Нуриддин ЭГАМОВ.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hayot shunday tekis oʻtayotgan joyida birdan hammasi butkul oʻzgarib ketdi. Dadam juda katta qarzga kirib qoldilar! Qoʻqondagi Marmar ustunlar ishlab chiqaradigan zavod karantin sababli oʻzini qoplay olmadi. U kompaniya asosan marmar ustunlarni chet davlatlarga eksport qilish ortidan daromad qilardi. Karantin boshlangach yoʻllar berkildi. Korxona davlatdan 400 million soʻm kridit olgan va ishlar orqaga ketgach qarzga kirib qolgan. Dadam shu kompaniyada drektor oʻrin bosar lavozimida ishlardilar. Yaʼni boshliqning oʻng qoʻli edilar. Dadamga korxona tomonidan yap yangi Kobalt avtomabili berilgan edi... Bir onda hammasidan ayrildik. Dadam ham, boshqa bir qancha ishchi xodimlar ham korxonani qarzini yopish uchun 4 oy oylik olmasdan ishlashdi. Dadamga berilgan mashina ham qarzlarni yopish uchun olib qoʻyildi. Ishlar birdan orqaga ketdi. Ahvolimiz, sharoitimiz nihoyatda ogʻirlashib qoldi. Uyda hatto non uchun ham pul qolmadi. Bir haftadan oshiq uyda deyarli ovqat qilinmadi. Opam birdaniga oʻqishni tashladi. Kurslarga borishni toʻxtatdi. Bu hol tabiiyki dadamga yoqmadi.
- Nega kurslaringga bormayapsan qizim? Axir shuncha yil tayyorlanding...
- Kursga bormay uyda oʻqiyman, dada...
Opam oʻsha kundan uyda mustaqil oʻqiy boshladi. Men hali maktabda oʻqirdim. Ayam esa ishlamas edi. Dadam mana nechi oydan beri maoshsiz ishlayapti. Uyga roʻzgʻor qilish uchun koʻpchilikdan qarz olardik... Dadam yoshliklarida tokdan uzum olaman deb yiqilib, bellari singan ekan... Ikki oycha toʻshakka mixlanib yotganlar. Shuning uchun ogʻir ish umuman qilolmay qolganlar. Dadamga yengil qogʻozbozlikka oʻxshash oʻtirib qilinadigan ish kerak edi. Dadam unaqa ishni topolmadilar. Karantin tufayli juda koʻp ishxonalar berkitilgan edi. Dadam marmar ishlab chiqaradigan korxonada 4 oy oylik olmay ishlagach, ariza yozib ishdan boʻshab oldilar. Ancha vaqt ishsiz oʻtirdilar. Uyda bir tiyn pul yoʻq! Oxiri ayam va opam birgalikda ishlashga qaror qilishdi. Dadamdan bazoʻr ruxsat oldilar. Dadam ayollarni ishlashiga azaldan qarshi boʻlsalarda, lekin hozirgi vaziyat shunga majbur qilardi. Chunki dadam ishsiz, men maktab oʻquvchisiman... Ayam va opam Qoʻqondagi tikuv sexlaridan biriga ishga kirishdi. Boshida rostini aytay, rossa qiynaldik. Chunki uyda ayollar yoʻq! Erta ketib shom payti kirib kelishardi. Charchab ketganlaridan bitta ovqat qilishgayam yaramay qolishardi. Ishlamay uyda oʻtirib oʻrgangan odamlar birdaniga bunaqa ishda ishlashsa ancha ezilib qolar ekan. Ayam ham, opam ham bir ikki hafta ezilib yurdilar. Lekin keyinchalik ancha moslashishdi... Oylik ishbay qilib toʻlanar edi. Birinchi olib kelgan pullari 1 yarim million edi. Ayam 1 million olganlar, opam 500 ming soʻm! Opam umuman tikishga uquvsiz chiqdilar. Ayam oldin chevar boʻlganlari uchun tezda koʻnikib ancha tez va sifatli tika boshladilar. Oyliklari ham ancha koʻtarildi. Lekin opam... Opamni tikishga uquvsiz deb ishdan boʻshatishmoqchi boʻlishibdi. Ayam ishxonasidagi boshliq ayolga rossa yalinibdi. Axiyri opamni bichuvchiga yordamchi qilib qoʻyibdilar va oyligi ishbay emas, aniq bir miqdorda beriladigan boʻldi. Uyda shu ikki ayolning olib kelayotgan pulidan boshqa pul yoʻq edi. Dadam har kuni ish izlar, kechga yaqin boʻshashib qaytib kelardi. Aniq bilib turardim, dadam opam bilan ayamni koʻchaga chiqib ishlab yurishganini hazm qilolmay siqilardilar! Menga doim "Ayol kishini taminlash erkakning vazifasi, ayol topgan pulda baraka boʻlmaydi" deya uqtirib kelgan dadam hozir shu ayolning puliga qarab oʻtirib qoldilar. Bu albatta juda alam qiladigan holat edi. Dadam zoʻr ishlab yurgan mahal 10 millionga yaqin oylik olardilar. Hech narsadan kamimiz yoʻq, mazza qilib yashardik. Muzlatgichda deyarli hamma narsa bor edi. Dadam bir oilani bemalol taminlay olganlar. Undan tashqari opamning kurs toʻlovlari uchun ham ancha oyiga ancha pul ketardi. Meni maktab chiqimlarim... Uy, soliq, svet kabi toʻlovlar!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Opam 5 yil kursga qatnadi... Ingliz tili, ona tili adabiyot va tarixni o'qirdi. Opamni topolmay qolgan odam albatta mahallamiz boshidagi kutubxonadan topar edi. Ko'rganlar bu qiz albatta o'qishga birinchi o'rinda kiradi deb o'ylashardi. Va bunga yetarlicha asoslari bor edi. Sababi opamni qoʻlidan hech ham kitob tushmasdi. Yana ingliz tilida juda ravon gapirardi... Adabiyotni aytmay qo'ya qolay! Opam o'qimagan kitob deyarli qolmagandi desam ham bo'ladi! Katta katta romanlarni 3 kunda tugatib tashlardi. Meni esa 1-2 varoq narsa o'qisam tamom. Yuragim siqilishga tushadi... Xullas butun mahalla ko'y kutgan hodisa roʻy bermadi! Opam institutga kirolmay yiqildilar! Hamma hayron edi. Hatto o'qituvchilari ham bunaqa boʻlishini kutishmagandi. Chunki opam barcha sinov testlarini xatosiz yechardi. Hayajonlandimi yoki shoshilib qoldimi... Ishqilib o'qishga o'tolmadi. O'sha kecha uyimiz motamxonaga aylandi. Bitta xonada ayam yig'lab o'tiribdi, boshqa xonada opam! Dadam ham xomush, bir og'iz ham gapirmaydi. Katta hovliga kirsam buvim ham yig'lab o'tirgan ekan... Ehh Xudoyim! O'qishga o'tolmaslik shunaqa katta fojeami?! Men toʻgʻri, opamga achindim, lekin bu degani hayot to'xtab qoldi degani emasku?! Ertansi kuni ahvol battar yomonlashdi. Sababi imtixon javoblari chiqqanini eshitgan barcha yaqinlarimiz, qarindosh urugʻlar, ayamni va dadamni do'st-u dugonalari kuni bo'yi opam o'qishga o'tdimi yoʻqmi bilish uchun telefon qilishdi. Hatto menga ham ammalarim qo'ng'iroq qilishib "Opang nima bo'ldi?"deb soʻradilar. Ayam har bitta telefon qilgan odamga yig'lab javob berar, dadam umuman telefonni ko'tarmas, hech kimga javob bermas edi. Opam... Tarki dunyo qildilar! Xonalariga qamalib olganlaricha umuman chiqmadilar. Kuni boʻyi yigʻlardi. Telefonini o'chirib qo'yibdi. Ovqatlanishga ham chiqmadi...
3 kun deganda xona eshigi ochilib opam ko'rindi. Ko'zlari yig'layverib ishib ketibdi. Oppoq yuzi qizaribdi... Dadam opamning yoniga borib peshonasidan o'pdilar.
- Mayli qizim... Hech narsa qilmaydi! Yana o'qiysan, yana bir yil tayyorlanasan. Yanagi yili albatta o'tasan. Unaqa qilib, och o'tirma...
Opam indamadi. Avval dadamga, keyin men va ayamga qaradi.
- Biroz ko'chada aylanib kelmoqchiydim...
Dadam darrov cho'ntagidan pul chiqarib opamga uzatdi.
- Mana qizim... Bemalol aylanib kel. Ko'ngling yoziladi. Xohlasang Abdulloh ham sen bilan boradi.
Opam menga qaradi. Men birga borishim kerakligini sezib o'rnimdan turdim. Opam ikkalamiz mashinaga o'tirdik. Opam Qo'qonga borishni xohladi. Men ham mayli dedim. To shaharga yetgunimizcha ikkimiz ham gapirmay jim ketardik. Nihoyat manzilga yetdik. Ancha joylarni aylandik. Kechgacha yurdik... Opam biroz oʻziga kelgach telefonini yoqdi. Telegramiga odamlardan jamisi boʻlib 134 ta xabar kelibdi. Dugonalaridan, kursdosh qizlardan, o'qituvchilaridan...
Opam ularni ochmay anchagacha o'ylanib qoldi.
- Uyda bemalol o'qirman...
Opamga achindim. Shuncha odamga bittama bitta o'qishga o'tolmaganini aytish juda og'riqli bo'lsa kerak?!
- Raqamlarni eslab qololmasligim pand berdi. Tarixdan nuqul sana, raqamga oid savollar tushdi. Umuman ishlolmadim... 5 ta toʻg'ri javob! Shu fan tortib ketti meni!
Opam gapirardi-yu yuzlari xaftaligidan qizarib ketardi.
- Mayli opa... Endi Allohni rizqida bu ham. Bu yil rizqiz qo'shilmagan ekan... Siqilmang... Yana bir yil koʻz ochib yumgunizcha o'tib ketadi...
Shaharni ancha aylangach uyga qaytdik. Opam yana xonasiga kirib ketdi. Lekin bu safar tarki dunyo uchun emas, telefonidagi sms larga javob yozish uchun...
* * *
Sevgi bobida hassos emasman... Qizlar bilan sevishmaganman. Qizlarga yomon koʻz bilan, xuddi koʻzi qonga to'lgan yirtqichlar singari qaraydigan yigitlar hiliga kirmayman, Alhamdulillah. Lekin bu degani qizlarga umuman qiziqmayman deganim emas! Qizlarga qarayman, lekin odob chegarasidan chiqmayman... Termulib qaramaganman hech bir qizga... Bunaqa nazar istalgan qizni hijolatga soladi. Sevgan qizim ham yoʻq! Balki qachondir bo'lib qolar, lekin hozircha yoʻq...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Дўстнинг қарори

Икки бадавлат дўст бор эди. Уларнинг ўзаро меҳр-оқибатига ҳамма ҳавас қиларди. Тақдир тақозоси билан улардан бири камбағал бўлиб қолди. У шу даражада камбағаллашдики, ҳатто, сўнгги молини ҳам сотишга мажбур бўлди. Фақирлик «оловли кўйлак» деганлар. Бу бечора эса бирданига бу «кўйлак»ни кийгани учун телба бўлаёзди. Нима қилишини билмай қолди.

Ниҳоят, бой дўстига мурожаат қилишга мажбур бўлди. Унинг эшигини тақиллатди. Бой хизматкорларига: «У одамни қувиб юборинглар, даф бўлсин!» дея бақирди. Хизматчилар бечора камбағални эшикдан шундай қувдиларки, фақир довдираб, мажнун каби ақлини йўқотди, бутун дунё унга сўнгсиз азоблар берадиган зиндондай кўриниб кетди. Уйига шуурсиз, худди ўлик каби қайтди. Ўз-ўзига: «Ҳа, демак дунё шунчалик зиндон, одамлар шу қадар ваҳшийлашган экан, энг сўнгги умид ўлимдир» дея қарор қилди.

Бир қоғозга шундай васиятнома ёзди: «Оҳ, ҳаёт! Қанчалар аччиқ экансан. Уни фақат бошимга тушганда англадим. Ҳозир ҳар тарафим тақдир олови ичида ёнаяпти. Бошқа хеч кимдан умидим қолмади». Арқонни қўлига олиши билан уйнинг эшиги қаттиқ тақиллади. Эшикнинг бемаҳал тақиллаши уни ҳайратлантирди.

Бой дўсти бир қарияни чақириб унга шундай деган эди:
  -Боринг! Бу ҳамёндаги олтинни олинг. Фақир бўлиб қолган дўстимга бу отасининг пули эканлигини айтиб, қўлига беринг. Вақтида қайтаролмадим деб, кечирим сўрангу, кетинг. Асло мен хақимда гaп очманг, - деди. Қария ҳозир фақирнинг эшигини шу боис тақиллатарди. Ўлишга чоғланиб турган фақир эшикни очди. Қария камоли таъзим билан салом берди ва:
  - Болам! Анча йил аввал раҳматли бобонгдан минг олтин қарз олган эдим. Шуни бугун келтирдим, — деди...

Олтинни кўриб йигитнинг кўзлари ёшланди. Бошқадан умид йўқлигини билган йигит бу олтинларни режа билан сарфлади. Ҳеч кимга пулини олдирмади. Кундан-кунга иши ривожланди. Уй солиб, дўконлар очди. Жосус бу ҳолни бойга етказди. Бой дўсти: «Бўлди, энди дўстимнинг зиёратига борамиз», — деди.

Зиёрат қилгани келган дўстини фақир дўсти яхши қарши олмади. Қувиб солишни ҳам ўйлади. Бошида минг турли ёмон фикр кезди. Бой дўсти: «Биз сен билан содиқ дўстмиз» дейиши билан фақир дўсти чидай олмади:
  -Ёлғон! - деди ва унга аччиқ сўзларни айтишни бошлаши билан бой дўсти:
  -Билсанг, сен учун қанча изтироблар чекдим. Сенинг энг ғамли пайтингда фалон қариядан сенга пул жўнатган мен эдим. Яна фалон куни фалон соатда минг олтин юборган мен эдим, - деди.

Йигит бу сўзларни эшитиб ҳайрон бўлди:
  -Нега бундай қилдинг? - деди у бой дўстига:
  -Дўстим! Агар пулни мен берганимда, менга асир бўлар эдинг. Ҳолбуки сени жуда яхши кўраман. Сени ҳаётга қайтариш орзусида эдим. Аллоҳга ҳамдлар бўлсинки, бугун сени ҳаётда мустақил ва ўз ўрнингни топган ҳолда кўриб турибман, — деди.

Хулоса:
Бу қиссадан ҳисса шуки, кишига энг катта ёрдам уни мустақил яшашга тайёрламоқдир. Энг яхши сармоя ҳам шудир. Киши юксалиши учун унинг энг муқаддас ҳаққи - ўз эркини ўзида қолдириш энг яхши ёрдамдир. Кишилар мана шундай ёрдам туфайлигина улғаядилар.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bugun 8 mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami".
Bu bayram bilan tabriklashga o'ylanib qoldim. Kimdir bizning bayram emas deydi, kimdir bayram barchanki deydi.
Shu sabab, ayol-qizlarimizni shunchaki bugungi bahorning 8-chi kuni bilan tabriklayman!))
Tabriklash uchun aynan bayram bo'lishi shart emas-ku))
Manabu qimmat guldasta sizlarga 💐.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Қайтар дунё...

Бир бева аёл айтади: "Қайнонам билан яхшими, ёмонми беш йил яшаб, бўлак бўлиб чиқдик. Қайинукам уйланди. Кўпчилик хонадонларда бўлганидек, овсиним билан қайнонамнинг ўртасида ҳам тез-тез жанжаллар бўлиб турарди.
Бир куни уйимизга қайнонам кириб келдилар. Эрим ишда, болаларим мактаб, боғчада...Чой қўйдим, дастурхон ёздим. Қайнонамнинг нима ниятда келганларини тушунолмай, ҳадеб юзларига қарайман: нимадандир хафа кўринадилар. "Оббо, овсиним билан хафалашиб қолиб,  бизникида бирон кун қолишга келмаган бўлсалар бўлди...", дейман ичимда. Бир пайт гап бошладилар. Ўйлаганимдай бўлиб чиқди! Шу тобда менгаям алам қилиб, ўтган гапларни, менга ҳам азоб берганларини айтиб-айтиб олдим! Бу гапларни аслида бизникида қолишларини истамаётганим учун айтаётган эдим... Қайинонам гапларимни жимгина, бошларини қуйи солганча эшитдилар-да, кетишга изн сўраб, ўрнидан турдилар. Худди "қолинг" десам, қолиб кетадигандек индамадим. Дарвозадан чиқиб кетаётган қайинонамнинг орқасидан қараб қоларканман, кўзимга жуссаси кичрайиб қолгандек кўринди... Уйга кириб, дастурхонга кўзим тушди-ю, юрагим ғалати бўлиб кетди: ҳали олтмишга ҳам  тўлмаган қайинонам тиши йўқлигидан, чойга бўктириб ейиш учун нонни бўлакчаларга бўлиб, пиёла ёнига тизиб қўйган экан...

Йиллар ўтиб, ўзим қайнона бўлдим. Катта ўғлим учта фарзандли бўлганида уйини бўлак қилдик. Кенжамни ўзи хоҳлаган қизга уйлантирдик. Янги келиним аввалига: "Ойижон, ойижон" деб жонимга аро кирди. Бир нима десам, "Хўп бўлади, узр, ойижон" дерди! Келинга ялчидим, деб кўнглим яйрайди, ўғлимдан ҳам яхши кўриб кетаман!
Лекин биринчи фарзанди туғилганидан кейин, қилиқлари чиқа бошлади, феъли айниди. Йўлга соламан деб, бўларим бўлди. Икки ўртада ўғлим ҳам қийналиб кетди. Озгина асабларимга дам берай, бирон кун ётиб келай, деб катта ўғлимникига отландим...
Эшикни очган келиним, аранг ичкарига таклиф қилди. Нимага келганимни фаҳмлади шекилли, мендан олдин арз қилишга тушди: "Ҳаммаси жонимга тегди, сизларникида яшаганимда сизнинг кўнглингизни оламан деб ўлиб кетардим, бўлак бўлиб ҳам маза қилиб яшаётганим йўқ. Ўғлингиз болаларидан баттар инжиқ, фақат уларнинг кўнглига қарашим керак! Мени кўнглимга ким қарайди? Мен қачон яйраб, одамга ўхшаб яшайман? Уйимдагиларку келишга қўрқишади. Ўғлингиз ёқтирмайди бизникиларни..."
Келиним ўтиб кетган гапларни қўзғаб, тинмай шанғиллар, менинг эса тинкам қуриб, мадорим кетиб борарди. Эрталаб нонушта ҳам қилмай, иссиқда йўл юриб келганим учунми, кўзим тиниб, лоҳас бўла бошладим. Секин ўрнимдан туриб, кетишга чоғландим. Шу он келиним: "Кетасизми, мендан хафа бўлмай кетинг, ўзи асабийлашиб турувдим..." деганча қолаверди...

Уйимга кетяпману, бундан йигирма беш  йиллар аввал бўлган ўша воқеани эслаб, кўксим тўлиб, ўксиб-ўксиб йиғлайман...
Мен-ку қайнонамга дастурхон ёзиб, бир пиёла чой берибман, келиним менга ўша бир пиёла чойни ҳам раво кўрмади! Кун келиб, ўзининг келини остонасидан ҳайдамаса бўлди!
Аллоҳим, кечир... "

Дилфуза Саидраҳмон ёзиб олди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ҚАДРИНГИЗНИ БИЛИНГ!

Ота ўлимидан олдин фарзандини чақириб, қўлига бир соат тутқазди. 
– Бу соат 200 йил олдин ясалган. Бизга бобонгнинг боболаридан мерос қолган. Сен буни маҳалла бошидаги соатсозга олиб бориб, сотмоқчи эканингни айт ва унинг жавобини менга келтир, – деди.  Ўғил бориб, соатсоздан:
– Бунинг эски экан, беш доллар бераман, – деган жавобни олиб келди. 
– Энди буни антиквар-ноёб нарсалар сотиладиган дўконга олиб боргин, – деди ота. 
У ерга борган ўғил дўкондорнинг «беш минг доллар бераман» деган жавоби билан қайтди. Ота яна ўғлини юбора туриб:
– Энди буни давлат музейига олиб бориб, сотмоқчи эканингни айт, – деди.  Музейга бориб, отаси ёнига жуда ҳайратланган ҳолда қайтган ўғил:
– Музейдагилар бир мутахассисни чақиртириб, уни яхшилаб текширганларидан сўнг, шу бир парчагина темирни бир миллион доллар деб баҳолашди-я, – деди. 
Шунда ота:
– Болам, сенга ўргатмоқчи бўлганим, сенинг жойинг – қадрингни тўғри билишадиган жойда. Ўзингни нотўғри ерга қўйиб, қадрингга етмасалар, хафа бўлиб юрма. Қадрингни билган қадрингга ҳам етади. Ўзингга нолойиқ бўлган ерда ҳаргиз қолма!» – дея насиҳат қилди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Kotta hovli ancha fayzli edi. Bu uyga yaqin 2 yil boʻldi ko'chib chiqqanimizga...
Dadam uyining ahvolidan siqilib qoldilar. Surushtirmagan joylari qolmadi, bironta to'yxona topilarmikin deb hatto shahargacha borib keldilar. Lekin afsus... Hamma joy berk! Bugun to'ydan oldingi marosim... Biz tomonda bu kunni "Sabzi archiyar" deyishadi. Kattalar yigʻilishib ertangi nahorgi osh uchun sabzi archib, tug'rashadi... Qo'ylar so'yiladi. So'yilgan qo'yning bir qismidan shavla qilib mehmonlarga yediriladi. Marosim avjida uyimizga tumonat odam yigʻildi. Baʼzilari samimiy,.quvnoq kishilar... Baʼzilar esa ustimizdan kulgandek atrofga, uyimizga ko'z qirini tashlashib g'alati imo ishoralar qilishadi... Alloh taolo inshaalloh biz uchun ham tayyorlab qoʻygan ajrlarini, mukofotlarini keng rizq qilib beradi! Hali bu yoʻqchilik kunlarimiz ham ortda qoladi! Bizni mazahlab ustimizdan kulganlar, kun kelib lablarini tishlab qolishadi... Inshaalloh... Inshaalloh...
Dadam juda kech keldilar. Yuzlariga biroz rang kirib qolibdi. Onamni oldilariga borib xursand holda gapirdilar...
- Onasi... Allohni rahmi keldi bizga.
- Tinchlikmi dadasi?
- Ha... Haa... Tinchlik. Yaxshi xabarlar bor!
- Qanday?! Ichimni qizdirmay aytaqoling!
- To'yxona topdim! Ertaga nahorgi osh, xotin oshi va kuyov navkarni ham o'shetta o'tqizamiz!
Onam xursandliklaridan yig'lab yubordilar. Ko'zlaridagi yoshlari sira tinmadi...
- Allohga shukr! Allohimga ming shukr! To'yni qanday o'tqizarkanmiz deb rossa siqilib turgandim!
- Haaa... Men ham ancha yengil tortdim...
- Shukr, ming shukr... Rahmat dadasi...
Dadam mayin tabassum qilganlaricha hovli etagida o't yoqib o'tirgan o'rtoqlarini oldiga o'tib ketdilar. Atrofda kulgi, hazil huzul gaplar ko'tarildi. Ayollar ichkarida gurunglashishyapti. Soat shomga yaqinlashib qoldi... Opamdan darak yoʻq edi. Shu paytgacha qayerda yuribdi ekan! Havotir oldim. Telefon qildim. Raqami o'chirilgan!
- Ona! Onam!
Ichkaridan onam yugurib chiqdilar.
- Ha... Abdulloh! Tinchlikmi o'g'lim?
- Qiziz qayoqqa ketdi?! Tel qilsam o'chirilgan...
- O'rtog'i Yulduzxon bilan salon gaplashgani Qo'qonga ketishgandi. Kelin ko'ylak, yana bir narsalarni hal qilib pulini berib kelisharkan...
- Abedda ketgandi, 3 soatdan oshib ketti-ku?! Buncha qolib ketmasa?!
- Bilmasam... Hozir men Yulduzxonga telefon qilaman...
Onam ichkari uyga kirdilar. Biroz o'tib qaytib chiqdilar.
- Yo'lda kelishyaptikan...
- Haaa... Yaxshi.
Havotirim ancha bosildi. Ko'chaga chiqdim. Quyosh arta ufq tomon bora boshladi. Sap-sariq tusdan qizg'ish tusga kirdi. Atrofga olovrang bulutlar tarqaldi... Juda go'zal manzara! Oldin sira etibor bermagan ekanman! Kun botishida ham o'zgacha joziba bor ekan!
Kun qorayib ketdi. Uzoqdan ikki sharpa ko'rindi. Ikki qizning jismi... Opam bilan Yulduz opa kelishayotgan ekan. Opam meni ko'rib qadamini tezlatdi.
- Namuncha qop ketdilaring?! Shom bo'ladi hozir...
- Salon berk ekan. So'rab surushtirib zoʻrgʻa egasini topdik... Gaplashib kelyapmizda... Vaqt o'tib ketdi.
- Nega telefoning o'chiq?
- Zaryadi tugagan!
Yulduz opa kuldi. Meni yelkamdan asta turtib qo'ydi.
- Voy tavba Abdulloh! Opezga ukamas, akadeksiz ko'z tegmasin!
- Opa... Qiz bolani bo'sh qo'yib bo'lmaydi hozirgi zamonda.
Yulduz opa tag'in kuldi. Katta-katta doim chars etib yonib turadigan ko'zlari suzilib ketdi.
- To'g'ri! Toʻgʻri! Ko'z quloq bo'lorish kerak bizlarga...
Indamadim. Opam dugonasi bilan yetalashib darvozadan uy tomon kirib ketdilar. Men anchagacha ko'chada osmonni tomosha qilib turdim.
* * *
Ertalabdan yugur-yugur! Nahorgi oshda qarindosh akalarim bilan rossa hizmat qildik. Narzalarni u yoqdan bu yoqqa toshidik, osh tarqatdik, oahpazga yordamlashdik, dasturxonni ham o'zimiz tuzadik! Ishchilar yoʻq! Faqat oahpaz, 2 ta idish tovoq yuvuvchi ayol bor xolos. To'yimiz, Alhamdulillah, yaxshi o'tdi. Hamma xursand boʻlib, duolar qilib ketishdi. Dadam kechasi bilan hammaga telefon orqali to'yni qaysi restoranda qilishini, soat nechchiga xotin oshi, nechchiga nahor oshiligini aytib chiqqanlar...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Men xonamga borib ozgina dars qilaman...
- Biroz o'tir qizim, senda gapim bor...
Opam asta onamning yoniga cho'kkaladi. Buvim salmoqlanib o'tirganicha gap boshladilar.
- Qizim, endi kichkinamassan, yaqinda 19 ga kirasan... O'qiyman deding, sharoit qilib berdik. Dadang qiynalsa ham pul sarflab seni o'qitdi. Alloh rizqingni qo'shmabdi, o'tkan yili kirolmading... Endi qara, hayot faqat ilm olishdan iboratmas. Turmush degan narsa ham bor. Bizni oilada bilasan qizlarni vaxli uzatganmiz. Mahliyo opangni 16 yoshida erga berdik, Salimani 17 yoshida... Qolgan qarindosh opalaring ham 18 ga to'lmay erga tegishgan... Sen xolos, 19 ga qadam qo'yyapsan... Bir yigit bor. Seni tinmay so'rayapti. 6-7 marta katta-katta obroʻli odamlardan so'rattirdi... Juda yaxshi emish, esli-hushli, ham yosh ekan. Sendan atiga 2 yosh katta xolos... Bir uchrashib ko'rasanmi degandim.
Opam bir buvimga, bir dadamga qarab oldi. Lablarini tishladi.
- O'qiyman degandim...
- Menga qara... Bir uchrashib koʻr. Yoqmasa hech kim seni majburlab uzatmaydi, havotir olma. Yana o'qishingni o'qiyverasan.
Opam jim qoldi. Ko'zlarida allaqanday qayg'u aks etdi. Uni bunday uzoq jim bo'lishi, yurakni siqadigan darajaga yetdi. Hamma uni og'zini poylab gapirmay o'tirar, xonada faqatgina futbol sharhlovchisining past ovozda bir narsalar deb tinmay gapirayotgani eshitilardi xolos. Oxiri buvimni sabr kosasi to'ldi.
- Munisa... Gapirsangchi?! Nima deysan? Uchrashib ko'rasanmi? Agar rozi boʻlsang, men xabar berib qo'yamanda...
- Bilmadim buvi... O'zinglar bilasizlar.
Opam shunday deganicha asta o'rnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Buvim mamnun jilmaydilar. Ko'zlari quvonchdan chaqnab ketgandek boʻldi. Diqqatimni yana futbolga qaratdim. Buvim dadam va onamga nimalarnidir maslahatini soldilarda, quyuqdan-quyuq duolar qilib xonadan chiqib ketdilar. Dadam ham, onam ham ortlaridan kuzatgani chiqishdi...
* * *
Uchrashuv qanday o'tdi, u bola qanaqa qilib opamni ko'nglini ololdi bilmayman-u lekin 1 haftadan keyin unashtiruv bo'lishi xabarini eshitib hayron bo'ldim. Iyul oyini oxiri. Hamma oliygohlarga hujjat topshirish bilan ovora. Lekin opam negadir hujjat topshirmadi. Qiziqib sababini so'radim.
- Ha, Munisa... Hujjat topshirmayapsan?
- Endi buni keragi yoʻq...
- Nimaga?
- Pochcheng o'qitmeman dedilar...
Indamadim. Lekin biroz ichim achidi. Shuncha yillik bilim! Essiz... Pochcham bo'lmish yigit opamga "O'qiganiz bilan sizni ko'cha ko'yda ishlatib qo'ymayman. O'zim sizga hamma sharoitizni yaratib beraman" debdi. Mayli... O'qimishlilarning hammasi ham baxtli emas, baxt institutda o'qish yoki o'qimaslik bilan belgilanmaydiku... Muhimi opam xursand boʻlib yashasa bo'ldi-da.
* * *
Toʻy kuzga belgilandi. Hali 2 oy bor. Karantin biroz yengillab qoldi. Men ham uyda o'tirib zerikibman... Bir katta supermarketga sotuvchi boʻlib ishga kirdim. Ochiği savdo sotiq mengamas ekan. Ko'p chalgʻib qolyapman. Narsalarni narxini adashtirib qo'yaman. Ko'nglim boʻshlik qilib nasiyaga berib yuboraman... Ertalab chiqib ketganimcha yarim kechasi 11-12 qilib qaytaman. Juda qattiq charchay boshladim. Ertalab koʻpincha uxlab qolyapman. Baʼzan shoshilganimdan nonushta ham qilmay ketaman. Ishda koʻnglim behuzur boʻladi. Boshim aylanadi...
Boshligʻim bilan ham uncha munosabatimiz yaxshi bo'lmadi. Meni tergagani tergagan. Hech ishni eplolmaysizakan deydi. O'tish yoshidaligim uchunmi gap koʻtarolmay qolganman. Lov etib yonib ketaman! Lekin juda tez oʻzimga kelaman... U yerda uzoq ishlay olmadim. Sabablar juda koʻp... Eng asosiysi meni o'g'riga chiqarishgani boʻldi.
* * *
- Abdulloxon...
- Labbay aka!
- Kassadan pul olmaganmidiz?
- Yoʻq... Olmadim.
- 500 ming pul yo'qolganda...
- Tushunmadim, mendan ko'ryapsizmi aka?!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ФАЛСАФИЙ ЛАТИФА

Бир йигит донишманднинг олдига келиб:
– Мен Оксфорд университети магистриман, Гарвард университети фахрий докториман, дунё фалсафаси бўйича номзодлик даражасига, қолаверса, мантиқ фани бўйича докторлик даражасига эгаман. Билимларимда мабодо “оқ доғ”лар қолган бўлса, ўшаларни ҳам тўлдириш учун сиздан бирор нарса ўрганмоқчиман , – дебди.
Шунда донишманд:
– Сенга бирор нарса ўргатиш бефойда.
~ Бефойдами ёки ўргатишга илмингиз етишмайдими? – кулибди йигит.
– Майли, сенга мантиқ бўйича битта савол бераман, агар унга тўғри жавоб берсанг, сени шогирд сифатида биринчи синфга оламан, – дебди донишманд. – Эшит ўғлим, мантиқ бўйича савол: икки киши бир мўридан тушишди. Бирининг бети қора бўлди, иккинчисиники эса тоза. Қани айт-чи, қайси бири бетини ювгани боради?
Йигитнинг жаҳли чиқибди:
– Шу ҳам саволми, шу ҳам мантиқми, ахир буни оми одам ҳам билади-ку, албатта бети қора бўлганида!
– Йўқ, сен адашдинг, – дебди донишманд. – Мана, мантиқан ўйлаб қара. Иккаласи мўридан тушди ва бири бирини бетига қарадилар. Бети қора шеригини бетига қараса, у тоза, ўзини ҳам бетини тоза деб ўйлайди. Иккинчиси эса шеригини бетини қоралигини кўриб, ўзини ҳам шундай ўйлаб, бетини ювгани боради-да. Бети тозаси боради.
– Ҳа, бу томонини ўйламабман. Майли, яна бир савол беринг-чи. – дебди йигит шашти тушиб.
– Майли, эшит, яна битта мантиқий савол, – дебди донишманд. – Икки киши бир мўридан тушишди. Бирининг бети қора бўлди, иккинчисиники эса тоза. Қани айт-чи, қайси бири бетини ювгани боради?
– Вой, устимдан кулаяпсизми, ҳозир аниқлаб олдик-ку, албатта бети тозасида.
– Йўқ, яна адашдинг, – дебди донишманд.
– Мана, ўзинг мантиқан ўйлаб қара. Бети тоза инсон шеригини бетини кўриб ювингани боради. Иккинчиси эса ўзининг ҳам бетини қоралигини сезиб у ҳам ювингани боради. Иккаласи ҳам ювингани боради
–  Ҳа, мен яна бунисини ўйламабман. Яна битта савол мумкинми? – дебди йигит секингина.
–  Майли, эшит: икки киши бир мўридан тушишди. Бирининг бети қора бўлди, иккинчисиники эса тоза. Қани айт-чи, қайси бири бетини ювгани боради?
– Ахир аниқладик-ку, иккаласи ҳам боради-да! – дебди йигит асабийлашиб.
– Йўқ, яна топа олмадинг. Мантиқан ўйламаяпсан! Бети қораси шеригини бетини тозалигини кўриб, ювгани бормайди. Иккинчиси эса бундан ўзининг бетини тозалигини билиб, у ҳам бормайди. Демак, иккаласи ҳам бормайди.
–  Хўп майли, мен енгилдим. – деб таслим бўлибди профессор. – Лекин мен сизга шогирд бўлиб, ўргатаётганингизни ўзлаштира оламан. Бошқа бирор нарса сўранг.
Донишманд: – Икки киши мўридан...
– Бўлди, бўлди ахир билдик-ку, мантиқан иккаласи ҳам бормайди-да.
– Йўқ, сен мантиқан адашдинг.
–  Сенинг “Мен ҳамма нарсани биламан” деган фикринг, сени кўр қилган. Сен оддий ҳақиқатни кўрмаяпсан. Сен устозингни эшитмаяпсан. Ахир ўзинг мантиқан ўйлаб қара, қандай қилиб бир мўридан тушган икки инсоннинг бирини бети тоза, иккинчисиники эса қора бўлиши мумкин.
Ушбу саволнинг ўзиёқ мантиқсиз эди. Сен шундай мантиқсиз саволларга жавоб қидирсанг, ҳаётингда мантиқ қолмайди. Сен бошиданоқ хато йўлда эдинг. Ўрганиш учун келдингми, ўрганишга тайёр бўл. Асосийси, мақсадни кўздан қочирма. Мантиқсиз, кераксиз нарсани изидан қувма.
Тўла идишга сув қуйиб бўлмайди. Сен ўзингча тўласан, сенга билим қуйиб бўлмайди, тўкилиб кетади. Сен аввало идишингни бўшат,  билим олиш учун, ўрганиш учун тайёр бўл. Ўзингдан олдин ушбу йўлни босиб ўтган, сен бормоқчи бўлган манзилга борган инсонни эшитишни, уни сўзсиз қабул қилишни ўрган.                                                       

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aziz /channel/hikoyalar kanali o'quvchilari. Hikoyalar kanalida kichik o'zgarish. Endi hikoyalar rasmlar bilan berib boriladi. Bu sizning hikoyani tasavvur qilishingiz imkonini oshiradi.
Kuzatuvchilar soni kamayayotganligi... Statistikada kuniga yuzlab o'quvchi qo'shilib, yana shunchasi chiqib ketayotganligini kuzatamiz. Hozirda bu kanal kulgu, ko'ngilochar kanal bo'lganida obunachilar soni ko'proq bo'lar edi. Ilmiy, adabiy kanallar reklama, targ'ibotsiz o'sishi qiyin.
Yaxshi hikoyalar o'qiganimda, albatta buni sizlar bilan ulashaman. Biz bu kanaldan hech qanday foyda olmaymiz, reklama ham deyarli qo'ymaymiz! Bizni necha yillardan beri kuzatadigan o'quvchilarimiz bor. Biz ularni qadrlaymiz va ziyo, ilm ulashishdan charchamaymiz!
Yangi logotip yoqdimi?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

АҚЛЛИ КЕЛИН

Кеча кичик укамизни туғилган куни бўлди. Дастурхон чиройли тузалган, уй тўрини волидамиз яшнатиб ўтирардилар. Бирин кетин ака-укаларимиз ўз болалари билан келиб уй меҳмонларга тўлди.

Дуо қилиниб маросим бошланди. Совға олиб келганлар маросимга сабабчи укамизга ўз ҳадяларини бера бошлашди. Ҳаммамиз навбатма навбат укамизи қучоқлаб, табрикладик.
Укам табриклардан ҳоли бўлгач, бирдан унинг жуфти ҳалоли ўрнидан турди. Ҳаммамизи эътиборимиз келинда.
- Ман ҳам табрикламоқчиман. - шундай дея келин юриб, бизларни ҳайрон қолдириб укамизи олдидан ўтиб, тўрида бизни ишларимизи кузатиб ўтирган онамизи олдиларида тўхтади:
- ОЙИЖОН, АСЛИДА БУГУН СИЗНИ БАЙРАМИНГИЗ. БУГУН СИЗ ҚИЙНАЛИБ, ИККИ ҲАЁТ ОРАСИДА БЎЛИБ, МАНГА ЖУФТИ ҲАЛОЛ БЎЛГАН ЎҒЛИНГИЗНИ ДУНЁГА КЕЛТИРГАН КУНИНГИЗ ВА ШУНДАЙ ФАРЗАНД ОНАСИ БЎЛГАНИНГИЗ БИЛАН ЧИН ҚАЛБИМДАН ТАБРИКЛАЙМАН. УШБУ АРЗИМАС ҲАДЯМНИ ОЙЛИГИМДАН ЙИҒИБ ОЛДИМ. ҚАБУЛ ҚИЛИНГ.
Келинимизни қўлидаги рўмолча очилди. Кўзимизга ялт этган тилло узук кўринди. Ҳаммамиз беиҳтиёр қарсак чалиб юбордик. Келинимиз эса волидамизни маҳкам қучоқлаб ўпиб, қўлларига узукни тантанали қарсаклар остида тақиб қўйди.
Келинимизни бу қилган иши ҳаммамизга чиройли ибрат бўлган эди.
Онамиз ҳам кўзларида ёш ила дуо қилдилар ва:
- БУГУН ҲАҚИҚАТДАН ҲАМ МЕНИНГ БАЙРАМИМ. ЖУДА ХУРСАНДМАН. ФАРЗАНДИНИ ТУҒИЛГАН КУНИ - АСЛИДА ОНАЛАРНИНГ БАЙРАМИ.
РАҲМАТ СИЗГА ҚИЗИМ!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bir joyga... Keyin bilasiz!
U meni qandaydir kafega olib keldi. Kafe ostida tungi klub bor ekan. Mast-alast yigitlar, sharm-hayodan yiroq yarim-yalangʻoch qizlar bir-birlariga imo-ishoralar qilib raqs tushishyapti. Atrofni aroq va tamaki isi tutib ketgan. Menga bu yer umuman yoqmadi... Tezroq ketish haqida oʻylay boshladim.
- Aka... Uyga borishimiz kerak edi men... Yoʻqligimni bilib qolishsa, yaxshi ish boʻlmaydi.
Jamol aka beparvo qoʻl siltadi!
- Ozgina oʻtiraylik, keyin oʻzil sizni olib borib qoʻyaman...
U klub ichiga kirib ketdi. Men nima qilishimni bilmay anchagacha turgan joyimda qotib qoldim. Jamol aka menga oʻgirilib qaradi.
- Keling, ukam! Nega turibsiz?!
Men asta uning oldiga bordim. U bir guruh qizlar oʻtirgan stolga yaqinlashdi.
- Mana bu meni yangi ukaxonim boʻladilar! Ismlari Abdulloh...
Qizlar birin-ketinlikda "Tanishganimdan xursandman" deya, koʻzlarini ishva bilan suzishdi. Yuragim orqaga tortib ketganini his qildim. Jamol aka qizlar oʻtirgan stol yoniga 2 ta stul olib keldi. Oʻzi oʻtiridi. Meni ham oʻtirishga imladi. Oʻtirdim... Xuddi ignani uchida oʻtirgandek juda noqulay holatga tushdim. Jamol aka 2 ta shishani boʻshatdi. Meni ham ichkizishga rossa urindi. Men bir qultum ham ichmadim. Jamol aka gʻirt mast boʻlib qoldi... Mastlikda bir qizga shilqimlik qila boshladi... U qizni boshqa oshiqlari ham bor ekan! Jamol akani oʻrtaga olishib rossa doʻpposlashdi. Janjal kattalashib ketdi. Yigitlarning boʻralatib soʻkinishlari klub ichida aks-sadodek jaranglay boshladi. Jamol aka bir yigitni boshiga aroq shishasi bilan urdi. Shisha oʻrtasidan sinib ketdi. Yigitning boshiga muzdek aroq toʻkildi... Sal oʻtib peshonasidan qip qizil qon oqa boshladi. Yigit yerga yiqildi. Bir payt u yerdagi siniq shishani dast koʻtarib Jamol akani koʻksiga bosdi. Bir marta emas, bir necha marta qayta-qayta suqdi... Qizlar qoʻrqqanlaridan dod solib chinqirishdi. Hammalari u yoqdan bu yoqqa yugurganicha bu yerdan tezda juftakni rostlashga urinishardi. Men koʻz oldimda bir necha soniya ichida boʻlib oʻtgan bu hodisadan daxshatga tushdim. Yugurib borib Jamol akani tutib qoldi. U zoʻrgʻa nafas olar... Hansirardi. Ust-boshim qon boʻlib ketdi. Uning koʻksidan chiqayotgan qon nihoyatda koʻp edi... Uni shu ahvolga solgan yigitlar barchalari koʻzdan gʻoyib boʻlishdi. Klubda men va Jamol akadan boshqa hech kim qolmadi. Choʻntagimdan telefonimni olib avval tez yordamga, keyin esa politsiyaga qoʻngʻiroq qildim.
Afsuski, tez yordam hodimlari yetib kelgunicha Jamol aka qoʻllarimda jon berib boʻldi. Men umrimda ilk bor, oʻlim bilan yuzma-yuz keldim. Bu qalbimga daxshat soldi. Insonning jon berishi juda qiyin boʻlarkan! Jamol aka qoʻlimda jon berarkan, peshonasidan ter oqib tushar, nafas olishi tobora qiyinlashib borardis. U har nafas olib chiqargan vaqti koʻkragi tepaga koʻtarilib tushardi. Titroq qoʻllari bilan meni asta paypasladi. Aniq bilaman, u menga nimadur demoqchi edi! Lablarini kemtib ochardi...
- Abdullo...
- Jamol aka!
- Ukam...
Jamol aka shunday degan zahoti, titrab turgan qoʻllari birdan toʻxtadi. Pastga shilq etib osilib tushdi. Koʻzlari katta-katta ochiq... Osmonga qarab turibdi! Nazarimda, u "men yana yashashim kerak edi!"deb hayqirayotgandek tuyuldi. Koʻz oldimda bir jon uzildi! Bir ruh, tanasidan ajralib chiqdi! Bu holat meni hali yetilib ulgurmagan goʻdak qalbimni yaraladi. Katta hayotga qoʻygan ilk qadamim boʻldi...
Biroz oʻtib tez yordam hodimlari va politsiyachilar yetib kelishdi. Jamol aka koʻp qon yoʻqotish oqibatida halok boʻlgan edi. Unga suqulgan shisha boʻlagi yuragini ham zararlagan ekan. 2 ta politsiyachi meni tergov qilish uchun kelishdi. Ular menga qisqa savollar yomgʻirini yogʻdirdilar.
- Isim familyangiz?
- Olimov Abdulloh.
- Necha yoshsiz?
- 17.
- Bu yigit kim? Unga qanday aloqangiz bor?
- Jamol aka... Shunchaki tanishim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Aka... Men kichkina odamman! Uyda dadam bor, katta hovlida otam bilan buvim borlar. Ular hal qilishadi. Sovchi yuborib koʻring... Bir gap boʻlar.
- Haa... Toʻgʻri aytasiz. Mayli unda ukam, yana gaplashamiz.
- Mayli, sogʻ boʻling!
Ensam qotdi. Bu bola yaxshi yigit emas. Piva ichadi. Sigaret chekadi. Nechta qizlar bilan yurgan! Kelib-kelib bitta-yu bitta opamni shunaqa bolaga beramizmi?! Tushini suvga aytsin!
Kundan kunga sovchilar kelishi koʻpaydi. Buvimlar yashaydigan katta hovliga ham kunda kelib soʻrashardi. Bizni uyga ham kelishni kanda qilishmasdi. Bir boladan 3 marta keldi. Oʻqimagan, koʻchada yugur-yugur ishlar bilan shugʻullanadigan yigit ekan. Damas rusumli mashinasida yuk tashirkan. Meva cheva, qovun tarvuz... Opamga yoqmadi. Uzil kesil rad javobini bersa ham, u bola opamni qattiq yaxshi koʻrib qolgan ekan, sovchisini joʻnataverdi...
Bir kun maktabdan uyga kelsam, darvozamiz tagida oʻsha yigit turibdi. Qoʻlida bir dunyo narsalar.
- Assalomu alaykum, Abdulloxon qalesiz ukam?
- Assalomu alaykum, va alaykum assalom. Yaxshi rahmat.
- Mana buni ayamlar berib yuborishgandi...
U qoʻlidagi paketlarni menga uzatdi. Men olmadim.
- Yoʻq aka, olib keting buni! Ololmayman...
- Ukam unaqa qilmang, ayam yana kelmoqchilar erta-indin...
- Aka! Opam yoʻq dedi. Hali erga tegmoqchi emas, oʻqimoqchi...
- Xoʻp... Men ham hozir uylanaman demayapman-ku?! Toʻy 1-2 yildan keyin ham boʻlaveradi. Opezni oʻzim oʻqitaman...
Indamadim. U yana gapirishda davom etdi.
- Opezga oʻqimaganim yoqmadimi?! Yoki tayinli ishim yoʻqligimi yo kambagʻalligimmi? Yomon bolamasman. Ichmasam, chakmasam! Bironta qizni qoʻlidan yetalab yurmaganman... Nega sovchimni qaytaryapti? Aniq sababini aytsin.
- Aka! Opamni koʻngli bor. Oʻzini onggi bor. Xudoga shukr aqli bor! Sizni xohlamayapti. Kambagʻalman deganiz nimasi, biz sizdan battar ahvoldamiz hozir... Dadam opamni koʻngliga qaraydilar.
- Mayli... Birontani yaxshi koʻrmaydimi opayiz?
- Bilmayman... Ayam soʻraganida yoʻq dedilar.
Yigit ancha yengil tortdi. Asabiylashgan yuzi birdan yorishdi.
- Eee hayriyate... Unda umid qilsam boʻlarkan. Hozir Ramazon oyi ukam, ayam chin koʻngildan bervordilar... Qanday qilib berishni bilmay turgandim. Yaxshi, siz kelib qoldiz...
- Aka... Shunday ulugʻ kunlarda turibmiz... Rahmat yoʻqlaganlaring uchun. Lekin olmayman xafa boʻlmang.
Yigit shosha-pisha qoʻlidagi soʻmka, paketlarni qoʻlimga tutqazib qoʻydi. Qaytarishga qancha urinsam ham ortiga burilib mashinasiga chiqqanicha ketvordi. Nima qilishimni bilmay anchagacha turib qoldim. Keyin mayli deya qoʻl siltagancha narsalarni uyga olib kirdim. Bugun Yakshanba boʻlgani uchun hamma uyda edi. Onam qoʻlimdagi narsalarni koʻrib hayron qoldi.
- Bozorlik qilib keldingmi, oʻgʻlim? Pulni qayerdan olding?
- Yoʻgʻe... Menda pul boʻlarmidi, onam! Anavi erka qizizni oshigʻi tashlab ketdi. Olmayman, kerakmas deganimga qoʻymadi...
Onamning koʻzi hayratdan katta ochildi. Ichkarida opam dars tayyorlab oʻtirardi. Ovozimni eshitdi shekilli xonasidan chiqdi.
- Qaysi oshigʻi?! Qiziq gaplarni gapirasan...
- Nima boʻldi?
Ortimga oʻgirildim. Opam bir menga, bir qoʻlimdagi narsalarga qaradi.
- Senga 88 marta sovchi joʻnatgan yigit bervordi! Ismi esimda yoʻq...
- Nega olasan?!
- Olmoqchimasdim, majburlab tutqazib qoʻydi.
- Endi umidvor boʻlib yuradi!
- Senga nima? Qoʻyaver, xursand boʻlorsin...
Opamni sensirayman, oramizdagi yosh farqi 3 yosh... Kichikligimdan sensirab katta boʻlganim uchun hali biron marta uni sizlagan emasman. Balki erga tegib ketgach sizlashim mumkindir...
Ramazon oyi - Oylar ichida eng goʻzal oy! Eng yorqin, eng nurafshon! Duolar bu mustajob boʻladi... Shaytonlar zanjirband qilinadi... Roʻzador odamlarning yuzlaridan, koʻzlaridan, yanoqlaridan rahmat nuri porlab turadi.
Biz roʻza ichi, Alhamdulillah, qiynalmadik. Alloh rizqimizni ozmi-koʻpmi yetqazib turdi. Opamni imtixoniga 2 oy qoldi. Lekin buvim bizni uyga tez-tez keladigan odat chiqardilar. Bir kunda kamida 4-5 marta kelib ketardilar. Sababi nima ekan deb oʻylardim... Va nihoyat bilib oldim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Япон халқининг доно фикрлари

● Тентак ва аҳмоқларга йўл бер.
● Кетаётганни тўхтатма, Келаётганни хайдама.
● Ёмон одамнинг дўсти бўлгандан яхши одамнинг душмани бўлган яхши.
● Оддий одамларсиз буюк одамлар бўлмайди.
● Тепага чиқишни қаттиқ хоҳлаган одам нарвонни ўйлаб топади!
● Эр ва хотин худди кўз ва қўлдек бўлиши керак: қўл оғриганда — кўз йиғлайди, кўз ёшланганда —  қўл уни артади.
● Қуёш хақ одамни билмайди. Қуёш нохақ одамни ҳам билмайди. Қуёш кимнидир иситиш мақсадида порламайди. Ўзлигини топган инсон бамисоли қуёш каби бўлади.
● Узоқ йўл ҳам яқинидан бошланади.
● Ғамни худди йиртиқ кўйлакни уйда қолдирганинг каби қолдир!
● Севги бўлса, юздаги чандиқлар ҳам худди кулгич каби чиройли кўринади.
● Биргина яхши сўз уч ой қаҳратонни иситади.
● Шубҳаланишдан олдин етти маротаба ишон.
● Қўлингдан келганича ҳаракат қил, қолганини тақдирга ташла.
● Хаддан ортиқ тўғрилик аҳмоқлик билан ўлчанади.
● Одамлари кулган уйга бахт келади.
● Ўйлаб хал қил, хал қилгач ўйлама!
● Сўрасанг, бир неча дақиқа уяласан, билмасанг — бир умр.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hozir esa... Ahvolimiz ancha ogʻirlashgan. Chiqimlar shunaqa koʻp ediki, boʻynimizgacha qarzga botib ketdik. Allohning vadasi haqdir. U bir toʻqchilik ortidan bir yoʻqchilik beraman demaganmidi?! Va albatta bir yoʻqchilik ketidan toʻqchilikni moʻl koʻl qilib beraman... Bu Uning haq vaʼdasi! Biz 10 yildan ortiq toʻqchilikda yashadik, endi yoʻqchilik vaqti yetgandi. Inshaalloh, bu sinovli kunlardan ham oʻtib olamiz va Alloh bizga yana keng rizq ato etadi!
                   *       *      *
   Osmon musaffo, qushlarning chiriq-chiriq ovozlari tabiatga qorishib ketdi. Ertalabdan erinibgina nonushta qildim. Nonushta uchun aytarli hech narsa yoʻq... Qotgan non, choy va yongʻoq. Piyolamga quyilgan choyni ichdim-da oʻrnimdan turdim. Ayam va opam ishga shoshilishardi.
  - Boʻlaqol, Munisa... Kech qolamiz. Hozir avtobus kelib qoladi.
Maktab remonti uchun har bir oʻquvchidan 50 mingdan pul talab qilishdi. 3 kundan oshdi. Uyimdagilarga aytolmayapman. Kecha sinf rahbarimiz Odinaxon ustoz pul olib kelmaganim uchun sinfdoshlarimni oldida ancha izza qilgani esimga tushib, bugun pul soʻrashga qaror qildim.
  - Onam...
  - Ha, Abdulloh.
  - Maktab remontiga pul deyishgandi...
Onamning rangi oʻzgardi. Asabiylashdi.
  - Shu maktabing ham har yili oʻquvchilar hisobidan remont boʻlishi shartmikin?! Maktabni vazifasi remont qilishmi yo oʻqitishmi?!
  - Bilmasam endi! 3 kun boʻldi aytganiga, hamma berib boʻldida.
  - Oʻzingda yoʻqmi? Moykada ishlab turgandingku?
  - Karantin sabab ishdan boʻshatvorishdi.
  - Yo Allohimey! Hali oylik olganimiz yoʻq, oʻgʻlim...
Yuragim siqildi. Hozir maktabga borsam yana sinf rahbarimning tergashlarini eshitaman!
  - Ozgina sabr qilib turishsin. Qochib ketmas remont qilish... Oylik olsam beraman.
  - Xoʻp...
Kayfiyatsiz holda uyimdan chiqdim. Maktabga ham borgim kelmasdi. Abed uchun pul ham olmadim. Soʻragani hijolat boʻldim. Maktab darvozasidan kirarkanman koʻzim Odinaxon ustozga tushdi. Tezda boshimni pastga egib oldim. Yonidan indamay oʻtib ketdim. 3-soat tarix - Odinaxon sinf rahbarimizning darsi! Yana bir sinf bolalar, ayniqsa qizlarni oldida oʻrnimdan turgʻizib "Olimov pulni olib keldizmi?"deydi! Men esa "Yoʻq ustoz..."deb indamay turaveraman. Dars boshlandi. Ustozning qoʻlida 10-sinf Oʻzbekiston tarixi kitobi. Bugun Oʻzbekiston Paxta ishi voqealari mavzusi. Toʻgʻrisi rossayam zerikarli dars! Ustozimizning yoshi ulugʻ... Yosh oʻqituvchilardek yangicha idealar, har xil oʻyinlar qilib qiziqarli dars oʻtmaydi. Kitobni oʻqib beradi. Atamalarni doskaga yozadi va oxirida bir dunyo uyga vazifa beradi. 45 minutlik dars, 45 yildek uzoq tuyulib ketadi menga!
   - Xurmatli oʻquvchilar! Maktabimizga yaqinda tuman hokimi tashrif buyuradilar ekan. Shunga maktabdagi barcha sinfxonalar chiroyli koʻrinishda boʻlishi kerak ekan...
  "Obbooo, ana yana boshladi!" Hozir pul bermaganlarni roʻyxatini oʻqiydi.
  - Remontga deb pul yigʻilishi kerak edi. 3 kundan oshdi. Sinfda bitta ikkita itni keyingi oyoqlari bor! Shular doim orqaga tortib turadi!
Jahlim chiqdi. Bu kimni it deyapti?! Qovogʻimni solib oldim. Ustozni aytgan gapi oriyatimga tegdi.
  - Bu nima deganiz, ustoz?! Balki sharoitimiz yoʻqdir?! It deb haqorat qilish kerakmi shunga?
Ustozning ranggi gezarib ketdi. Asabiylashganida kallasini qimirlatadigan odati bor. Mana hozir ham kallasi titray boshladi.
  - Olimov! Nahot 50 ming soʻm puliz boʻlmasa?! Shunaqa nochormisiz?! Jaa maktabda karillab yurardizku?! Qadam bosishlariz olamni buzardi?
Men ham qizishdim. Shart oʻrnimdan turib oldim.
  - Pulimiz yoʻq! Ishonmasayiz uyimga boring. 50 ming tugul 5 ming soʻm ham pul topolmaysiz!
Oʻzimni holatimdan oʻzim hijolat tortdim. Hammani koʻzi menda edi. Ustozimiz ham koʻzlarini loʻq qilib qarab qoldi. Qizlarning menga achingandek boʻlib qarab turishi oriyatimga tegdi. Papkamni koʻratgancha sinfdan otilib chiqib ketdim. Yigit uchun bu haqiqiy sharmandalik edi! Lekin nima ham qilolaman?! Peshonamizga shunaqa kunlar ham yozilgan ekan...

1-QISM TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰05.03.2025.                 15:28

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Meni sevgan, yoqtirib qolgan qizlar bor... Bir emas, bir nechta! Muattar... U meni 4 yildan beri yoqtiradi. Oʻz og'zi bilan aytmagan... Lekin sinfimizdagi qizlarga aytgan ekan. Yonidan o'tib qoldim deguncha mendan ko'zini uzmaydi. Iloji boricha unga qaramaslikka harakat qilaman. Ko'zim ko'ziga tushib qolgan zahoti ularni boshqa tomonga qarataman. Chunki men uni sevmayman. Va u mendan bekorga umidvor bo'lib qolishini umuman xohlamayman. Yana Guli degan qiz ham bor. Bizdan bitta past sinfda o'qiydi. 2005-yil. Bir yilcha oldin xat yozib sinfdoshim Malikadan berib yuborgan ekan... Ichida sevaman, kuyaman degan gaplar, varoqning bir chetiga chiroyli qilib yurakcha chizilgan ichida 4 qator she'ri ham bor... Kulgim kelgandi o'shanda. Qani qizlardagi ibo, hayo?! Menga bunaqa qizlar umuman yoqmasdi. Lekin ko'ngliga ozor berib qo'ymay deya qattiq ham gapira olmasdim.
- Assalomu alaykum, Abdulloh aka...
Gulining ovozini eshitib asta o'girildim. U qo'lida katta matematik misollar toʻplamini tutib turgancha menga jilmayib qarab turardi.
- Va alaykum assalom...
- Aka... Iltimos, mana bu misolni ko'rib bering...
Guli oldimga asta yaqinlashdi. Kitobni ochib bir misolni ko'rsatdi. Qo'li bilan misolni ko'rsatardiyu, ikki ko'zi menda... Men noqulay holatga tushib qoldim. Sababi roʻparamda Muattar turardi. Guli Muattarni koʻrib yanada menga yaqinlashdi. Men ortimga tisarildim, u yaqin kelaverdi. Men koʻzimni kitobdan uzmadim. Tezroq misolni yechib, Gulidan tezroq qutulishni o'ylardim. Toʻgʻri Gulini ham, Muattarni ham yoqtirmayman, lekin meni yoqtiradigan bu ikki qizni o'rtasida o'zimni nihoyatda yomon his qilayotgandim. Tezda papkamni ochib daftar ruchkamni oldim. Yashin tezligida misolni yechib tashladim. Bunaqa tez yechim topganimga oʻzim ham hayron edim! Guli juda mamnun bo'ldi. Menga jilmayib "Rahmat..."dedi. Men ham "Arzimaydi" dedim. U ketdi. Biroz ko'nglim joyiga tushib endi ketaman deb tursam roʻparamda Muattar paydo boʻldi.
- Guli bilan nimani gaplashdiz?
Ichimda "Senga nima?!"devorgim kelardi-yu, lekin qizlarga ozor berish yigitchilikka to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun iloji boricha beparvo va tez javob berdim.
- Shunchaki, misolni javobini topishvordim.
Muattar koreys qizlariga o'xshardi. Badani oppoq, koʻzlari birozgina qisiq. Shu qisiq ko'zlarini suzgancha ensasi qotib gapirdi.
- Tavba qildim! Pinjizga kirib ketay dediyaaa... Indamaysizam!
- Yoʻgʻe. Misol bilan ovora bo'lib payqamabman.
- Aldang... Bir-birlaringga yopishib qolay dedilaring-ku?!
- Mayli Muattarxon... Sog' boʻlasiz. Uyga borishim kerak!
Tez-tez yurgancha maktabdan chiqib ketdim. Atrof juda sokin. Kun havosi yoqimli... Asta esgan shabbodalar daraxtlardagi sargʻish barglarni asta hilpiratgancha ularni yerga toʻkadi... Men kuzda tugʻilganman. Noyabr oyi! Ayamning aytishlari boʻyicha, men tugʻilgan yili, shu noyabr oyi tizza boʻyi qor yoqqan ekan! Ayamning oʻsha paytda sogʻliklari uncha yaxshi boʻlmaganligidanmi meni emiza olmagan ekanlar. Oʻlib qolishimga bir bahya qolgan ekan! Sovuqda jajji chaqaloq holimda qattiq shamollabman, istima koʻtarilib ketibdi, sudirgi berib, nafas ololmay qolgan ekanman! Balki shungadir ota-onam meni juda avaylashadi. Qishloqda yashasam ham yer chopgan bola emasman. Mol, qoʻy boqmayman. Xuddi shaharlik olifta yigitlardek yuraman. Ust boshim doim toza va yangi! Balki qizlarning meni yoqtirib qolishi shuning uchundir. Har holda bu yerdagi boshqa yigitlardan ancha koʻrinishim yaxshi, oftobga chiqmagan badanim qizlarni badanidek oppoq, yuzim tiniq, sochlarim koʻp va tim qora rangda... Koʻzimning ranggi ham qora, kipriklarim, aytishga uyalaman... Qizlarni kipirigidek uzun, qayrilgan. Opam ayamga doim "Shu oʻgʻliz qiz bola tugʻilganda bormi, maktabni bitirmay erga tegib ketardi" deb kuladilar. Yana doim meni koʻrsa, "Abdulloh, kiprigimizni almashaylik" deydi. Opamni kiprigi kalta, koʻzini ranggi ham qora emas, jigarrang! Biz uncha ahil emasmiz. Kam gaplashamiz. Sababi opam juda band. Meni u bilan, uni men bilan deyarli ishi yoʻq.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

DIL

(Qismli Hikoya)
Hikoya hayotiy voqea asosida... Qahramonlarning asl ismlari muallif tomonidan o'zgartirildi.

1-QISM. TOʻQCHILIK VA YOʻQCHILIK
ORASI BIR QADAM.

Oddiy yigitman. O'rta bo'yim, qalin qora sochlarim bor. Mahallada o'ziga yarasha xurmati bor oilaning farzandiman. Otam ( Bobom. Biz kichikligimizdan bobomni ota deb katta bo'lganmiz) taniqli buxgalter bo'lganlar. O'z vaqtida 7-8 ta qishloqning fermerlari bilan ishlaganlar. Hisob-kitob ishlariga ko'maklashganlar. Matematika va rus tilini juda zoʻr bilganlar. Hatto maktabimizdagi rus tili o'qitivchimiz ham otamchalik rus tilini mukammal bilmasligini o'z og'zi bilan tan olgan!
Maktabda unchalik ham a'lochi emasdim. Baholarim el qatori - 3... 4. Lekin qonimda bor shekilli matematikani juda yaxshi koʻrardim va bu fandan har chorak 5 bo'lardi. Do'stlarim bilan kompyuter o'yinlariga tez-tez borib turardik. Sport men uchun emas! Ogʻir ish ham qilolmayman... Chunki oʻrganmaganman! Men o'tirib pul topishni xohlardim. Otamga o'xshagan hisobchi bo'laman derdim. Sababi otam uydagi xonasida o'tirib kuni bo'yi hisob-kitob bilan shug'ullanar va shuni orqasidan ancha-muncha daromad olardilar. Men ham shu yoʻldan ketishga qaror qildim, maktab 11 yillik bo'lganidan soʻng, 10-11-sinf paytlarimizda maktab bilan baravariga kasb-hunar kollejida ham o'qirdik. U yerdagi yo'nalishim ham ayni xohishimga binoan tanlangan. "Kompyuter savodxonli". Lekin koʻp dars qoldirardim. Maktabga borishni azaldan yomon ko'rganman... Men erkinlikni yaxshi koʻrardim. Hech kim menga ho'jayinchilik qilmasa, o'z holimcha yashasam derdim...
O'smir yoshimda moykaga ishga kirdim. Yigit kishini choʻntagi hech qachon bo'sh turmasligi kerak! Kap-katta bo'lvolib, dadamdan pul so'rashga, ochig'i iymanardim. Shu sabab maktabdan keyin, hech boʻlmasa shom paytigacha ishlab ikki, uch soʻm topa boshladim. Hayotim bir me'yorda ketar, hech narsani o'ylamasdim, hech narsaga qayg'urmasdim. Kunlarim oddiy, jo'n va zerikarli edi...
- Abdulloh!
Ortimga qaradim. Nosir menga qo'lini ko'targanicha o'zini oldiga chaqirayotgan edi. Oldiga shoshilmasdan, asta bordim.
- Ha, Nosir! Nima deysan?
- Nargi mahalladagi Sanjar bor-ku?!
- Xoʻsh?
- Oʻsha Muattarni yo'lini toʻsib shilqimlik qilayotgandi...
Yuragim siqildi. Muattar parallel sinfdoshim. "B" sinfda o'qiydi. Meni 6-sinfligidan buyon yoqtiradi. Lekin men unga deyarli befarq edim. U chiroyli qiz, lekin harakteri menga mos emasdi...
- Xoʻp... Nima qilishim kerak men?
Nosir sovuq munosabat bildirganimni koʻrib ancha bo'shashib qoldi.
- Endida... Aytdim-qo'ydim!
Indamadim. Maktab stadioni bo'ylab asta uyim tomon keta boshladim. Uyda men qiladigan ish deyarli yoʻq. O'zimga xon, o'zimga bekman! Oilada yolgʻiz o'g'il bo'lganim uchun dadam ham ayam ham meni kichikligimdan erkalatib katta qilishgan. Xullas oilani erkatoyiman! Lekin yolg'iz emasman. Xuddi men kabi oilani yana bir erkasi bor - u meni opam! Opam mana 4 yildirki boshini kitobdan ko'tarmaydi. O'qiydi, dasr qiladi, lugʻat yodlaydi... Men esa kitobni ko'rsam badanimga narsa toshib ketadiganlardanman. Hech ham kitob o'qiy olmayman! Bo'sh qoldim deguncha telefonda o'yin o'ynab o'tiraman...
* * *
Maktabdaman. Bu yil 10-sinf boʻldik! Yaqin ikki yil ichida qaldirgʻochlar singari bu yerdan uchib chiqib ketamiz. Birimiz kollejga, birimiz armiyaga, yana bittamiz institutga qadam qo'yamiz. Armiyaga borishga umuman qiziqmasdim. Shahardagi temiryoʻl kollejini ham xohlamadim. Lekin o'qishim kerak! Hayotda kimdir bo'lib yetishishim shart-ku axir. Shukr-ki qo'limda hunarim bor. Dadam kichkinaligimda majburlab sartaroshga shogirtlikka bergandilar. Mana hozir Allohga shukr tuppa tuzuk sartaroshman. Barbershop ochganman. Shaharchasiga nima deyishardi, haaa... Stlistman!
Lekin erkak kishi uchun 40 hunar oz deyishadi. Ham hozirgi kun talabi - institutda o'qish kerak! Kelajak uchun ham kerak! Yana hozirgi qizlar yigitlar o'qimishli bo'lmasa qiyo ham boqmay qo'yishgan. O'qimishli bo'lish - bir tomondan oilamni mahalladagi obroʻsini yanada oshirishdir.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Аёлга пул беринг, шундай пулларки,
Эркаклар яшириб юрган пуллардан.
Аёлга пул беринг, шундай пулларки,
Чойхонани кутиб турган пуллардан.
Аёлга пул беринг, ӯзига эмас,
Рӯмол олмоқчидир қайнонасига.
Ӯғлига планшет, қизига китоб,
Носвой олмоқчидир қайнотасига.
Аёл пул сӯраса бӯлманг дарғазаб,
Бусиз ҳам қалтираб туради юрак.
Уйга меҳмон келар писта-ю бодом,
Дастурхонга банан, апельсин керак.
Аёл пул сӯраса бӯлинг Ҳотамтой,
Сизларга ёр бӯлсин хуш кайфиятлар.
Эй сиз барака боши, эй бой оталар.
Муҳтарам эркаклар, валинеъматлар.
Эркак учун пул - қӯл кири эмиш,
Тӯкилар ресторан, майхоналарда.
Эркак қӯлин ювар икки кунда бир,
Бир-биридан гӯзал чойхоналарда.
Эркак пул сарфласа кӯча кӯйларда,
Чӯнтакда шамоллар сайр этиб юрар.
Пуллари кӯчада қолган уйларда,
Сичқонлар ҳассага суяниб турар.
Эркак пул сарфлашга устаси фаранг,
Чорлар синфдошлар, бир кун жӯралар.
Бир куни касбдошлар, дӯстлар, улфатлар,
Тӯпланар курсдошлар ,мардлар, тӯралар.
Аёл-чи? Аёл бир сӯм топса тугар ӯн жойдан,
Борини оширар эплар, уч-учлар.
Эри ташлаб кетган йиртиқ пулни ҳам,
Кӯзига суртади, ямар, сукочлар.
Аёлга пул беринг, сӯраганида,
Аёлга пул беринг, бӯлмасдан бахил,
Аёлга пул берсангиз уч-тӯрт кун ӯтмай,
Сизга Худо берар, мана мен кафил.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир янги уйланган йигит тақдиридан қувониб, хотинини амакисига мақтаб қолибди. Амакиси жиянига насиҳат қилиб ўтирмай, оқшомда ўз уйига меҳмон бўлиб боришини тайинлабди.

Жияни келгач, амаки хотинига тарвуз олиб келишни буюрибди. Хотин олиб келибди. Амаки тарвузни кўриб: "Буниси яхши эмас, бошқасини олиб кел", дебди. Хотин итоат билан иккинчисини олиб келибди. Шу тарзда эрнинг хоҳишига қараб, ўн марта бошқа тарвузга қатнабди. Аммо лом-мим демабди...

Жияннинг таклифи билан эртасига амаки меҳмонга борибди. Жиян ҳам хотинига тарвуз келтиришни буюрибди. Биринчи тарвузни кўриб: "Бу яхши чиқмайди, бошқасини олиб кел", дебди. Жувон итоат билан иккинчи тарвузни олиб келибди. Жиян бундан мамнун бўлиб, амакисига "Кўрдингизми?" дегандай кулиб қарабди-да, "Бу ҳам бўлмайди, бошқасини олиб кел", дебди. Учинчи тарвузни ҳам бўлмайдига чиқариб, қайтармоқчи бўлганида жувон:
– Нима, бир арава тарвуз тушириб қўйганмисиз, ҳали унисини, ҳали бунисини олиб кел, деяверасиз. Бор-йўғи учта тарвуз бор уйда, ёқмаса, туринг-да, яхшисини ўзингиз танлаб олинг. Мен танлашни билмайман! – деб норозилигини баён қилибди.

Шунда амаки жиянига деган экан:
– Кўрдингми, жиян, сен кўпам мақтанавермагин. Менинг уйимда бир донагина тарвуз бор эди. Хотиним яхши феълли, фаросатли бўлгани учун менга эътироз билдирмай, ўша битта тарвузни ўн марта олиб келди. Лекин бирон марта итоатсизлик билан гап қайтармади, лабини ҳам бурмади.

Фаросатли аёл йўғини ҳам саришта қилади, фаросатсиз эса борини ҳам эплолмайди!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Инстаграм зарбани қизларга беряпти. 

Инстаграм шунчаки расм қўйиш жойи эмас. Бу руҳиятни бузувчи куч. Ва айнан қизларга энг катта зарбани бераяпти. Жонатан Ҳаидтнинг The Anxious Generation китобида ёзилишича, 2010-2015 йиллардаги “катта ўзгариш” – яъни телефон ва ижтимоий тармоқларнинг болаликни эгаллаши – қизларни мукаммаллик ортидан қувишга, ўзини бошқалар билан солиштиришга ва ўзига зарар етказишга мажбур қилди.

Ўзига зарар етказиш 62%га ошган. 

2016 йилга келиб, АҚШдаги ўсмир қизлар орасида ўзига зарар етказиш ҳолатлари 2010 йилга нисбатан 62%га ошган. Бу шунчаки тасодиф эмас. Ҳаидт буни Инстаграмнинг оммалашиши билан боғлайди. Айниқса, Facebook уни сотиб олгач, илова янада кенг тарқалди. Инстаграмда фақат чиройли юзлар ва мукаммал ҳаётлар кўрсатилади. Қизлар эса бундай кўрина олмагани учун ўзини «жазолай бошлайди» – оч қолади, қаеринидир кестиради, нимадир улайди, қисқаси ўзидан қониқмайди. 

Болалар ҳам бундан мустасно эмас, лекин бу ҳақида батафсил кўпроқ ёзаман. Шунчаки китобда қизлар ҳақида алоҳида боб очилгани учун шу ерга қоралаб кетишни мақул деб топдим. 

Инстаграмда вақтини кўп сарфлаётган дўстингиз бор. Сиз бундан ҳавотирдасиз ва у инсон учун қайғурасиз. Мақолани ўша инсонга юбориб қўйинг. Зарар қилмайди.

Хуршид Марозиқов

@birfoizbilim

Читать полностью…
Подписаться на канал