O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali
2024-yil 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi.
✅Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, doktorantlari hamda to'garak a'zolari ishtirok etishdi. Seminar davomida 2-kurs tayanch-doktorant
Shohsanam Nurillayeva "Ravishdosh o’ramli murakkablashgan sodda gaplarning pragmatik xususiyatlari” mavzusida, 1-kurs tayanch-doktorant
Dilnoza Abdurasulova "Ayollar nutqining o‘rganilish tarixi” hamda 1-kurs tayanch-doktorant Qulto’rayeva Sarvinoz “Surxondaryo viloyat toponimlarining tarixiy-etimologik tadqiqi” mavzusida ma'ruza o'qishdi. Seminarda ma’ruzalar xususida kafedra professor-o'qituvchilari ma'ruzachilarga ko‘rsatmalar berishdi. Taqdqiqotchilar hamda talabalar hamkorligida tashkil etilgan mazkur ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy bo'ldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 7-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalariga " Konstitutsiya-farovonligimiz garovi" mavzusida " Ma'rifat dars"lari tashkil qilindi.
✅Bundan,tashqari Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 451-sonli buyrugʻi ham talabalarga atroflicha tushuntirildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Hurmatli hamkasblar va yurtdoshlar!
Sizlarni mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz farovonligining mustahkam huquqiy kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamizning 32 yilligi bilan samimiy qutlayman! Ushbu muhim hujjat har birimizni, xususan, ta’lim va ilm-fan sohasi vakillarini yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularga sifatli bilim va ko‘nikmalarni yetkazish orqali yurtimiz kelajagini bunyod etishga undaydi.
Konstitutsiyamizda har bir fuqaroning ta’lim olish huquqi, ilmiy va ijodiy erkinliklari qat’iy belgilab qo‘yilgani bizning kasbiy mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Bu huquq va imkoniyatlar yangi avlodning barkamolligi, ijodkorligi va intellektual rivoji uchun zamin yaratmoqda. Muhtaram Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda: "Xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bo‘lgan Asosiy Qonunimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi".
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik
🗓️2024-yilning 4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida talabalar va navoiyshunos olim,Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sovrindori Yoqubjon Is'hoqov bilan ilmiy-ijodiy muloqot bo'lib o'tdi.
✅Ushbu uchrashuvda O'zbek adabiyoti tarixi mudiri Filologiya fanlari doktori,professor Nurboy Jabborov va boshqa bir qancha professor-ustozlar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📢 DIQQAT, TANLOV!
📌 Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, 2024-yilning 12 noyabrdan 12 dekabrgacha yoshlar o‘rtasida turizm sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilish, ijodiy yondashuvni shakllantirish maqsadida Respublika tanlovini e’lon qiladi. Respublika tanlovi Oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari o‘rtasida mamlakatimiz turizm sohasini modernizatsiya qilishga hissa qo‘shadigan eng yaxshi ilmiy-innovatsion loyiha yoki taqdimot g‘oyalari/yechimlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
✔️ Tanlov g‘oliblariga faxriy yorliq va pul mukofotlari topshiriladi:
🏆 1-o‘rin – 5 mln. so‘m
🏆 2-o‘rin - 3 mln. so‘m
🏆 3-o‘rin – 2 mln. so‘m
🔗 Axborot xati bilan tanishing
⬇️ Materiallar dizayniga qo'yiladigan talablar: Loyiha materiallari faqat elektron pochta orqali qabul qilinadi va ikkita alohida biriktirilgan fayl shaklida taqdim etiladi. Taqdimotlar yozma ish va multimedia shaklida quyida ko‘rsatilgan saytlarda taqdim etiladi havola
📢 ВНИМАНИЕ, КОНКУРС!
📌 Научно-исследовательский институт развития туризма при Комитете по туризму с целью формирования у молодежи креативного подхода к решению актуальных проблем в туристической отрасли объявляет с 12 ноября по 12 декабря 2024 года Республиканский конкурс среди студентов и магистрантов вузов на лучший научно-инновационный проект или презентационные идеи\решения, способствующие модернизации туристической сферы в стране.
✔️ Победителям конкурса присуждаются почетные дипломы и денежные призы:
🏆 1 место – 5 млн. сум
🏆 2 место – 3 млн. сум
🏆 3 место – 2 млн. сум
🔗 Ознакомиться с информационным письмом
⬇️ Требования, предъявляемые к оформлению материалов: Материалы принимаются только по электронной почте в виде двух отдельно приложенных файлов - письменной работы и мультимедийной презентации с указанием секции по ссылке
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐 Rasmiy ✅ Telegram ✅ Facebook 🌐 Instagram 📹 Youtube
🗓️2024-yilning 4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida “Konstitutsiya -hayotimiz poydevori” mavzusida axborot-murabbiylik darslari bo'lib o'tdi.
Darslarni fakultet tyutorlari Oʻ.Qahhorov hamda A.Rahmatullayevlar olib borishdi.
✅Talabalarga 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilganligi haqida koʻplab ma’lumotlar berib oʻtishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi.
✅Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, doktorantlari hamda to'garak a'zolari ishtirok etishdi. Seminar davomida doktorant Shaxzoda Yusupova "Nutqiy ta’sirchanlik va suggestiya” mavzusida, doktorant Go'zal Mirzayeva "Turk tilidagi tovush o'zgarishlarining neyrolingvistik xususiyatlari” mavzusida ma'ruza o'qishdi. Seminarda eshitilgan ma’ruzalar yuzasidan kafedra professor-o'qituvchilari ko‘rsatma va maslahatlar berishdi, tadqiqotchilar o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar, bu tadqiqotchiga ilmiy ishini yozishida muhim ahamiyat kasb etadi. Taqdqiqotchilar hamda talabalar hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminar talabalarni kelgusida ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 4-dekabr sanasida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov "Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori" mavzusida ma'rifat soati o'tdi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni Respublika Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgani haqida talabalarga koʻplab ma’lumotlar berib oʻtildi.
✅Dars mobaynida talabalar bilan ochiq suhbat oʻtkazildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓2024-yilning 4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi 32 yilligi munosabati bilan “Kelajakka ishonch- Konstitutsiya himoyasida'' mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
✅Ushbu tadbirda 120 nafardan oshiq talabalar va tyutorlar ishtirok qilishdi.Ushbu tadbir O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori Muslimbek Boymirzayev boshchiligida tashkil qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 29-noyabr kuni "Toshkent yoshlarni sevadi" nomi bilan yoshlar ijodiyoti va adabiyot yoʻnalishi bo'yicha ochiq muloqotlar forumi tashkil etildi. Mehmonlar: H. Jumayev, J.Jovliyev, O. Umarov, Sh. Orif yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, "Mutolaa" ilovasi, "Yosh kitobxon" tanlovi, kitobxonlik, adabiyot to‘gʻrisida fikrlar bildirib o‘tdilar, talabalarni yanada faol kitobxon bo‘lishga ragʻbatlantirdilar.
✅O‘zbek filologiyasi fakultetining 108 va 109-guruh talabalari ham ushbu forumda I. Bobomurodov rahbarligida faol ishtirok etdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, ustozlardan kitoblar olishga muvaffaq bo'ldilar, forum judayam ko'tarinki kayfiyatda o‘tdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
"YIL TALABASI" KO'RIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI G'OLIBLARI BILAN TANISHING!
➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi
🥇Parxiddinova Diyora
🥈Axmedova Aynura
🥉 Qaxramonova Sabina
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi
🥇 Xaytaxmatova Dilnavoz
🥈 Saydullayeva Nilufar
🥉 Xazratqulova Shohsanam
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
🥇Karimova Guljahon
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi
🥇 Norqo'ziyev Dilmurod
🥈 Ibragimova Sevinch
🥉 Itolmasova Shodiya
🥉 Jabborova Xadicha
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi
🥇Saidmurodova Mohinur
🥈 Saidmurodova Sevinch
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi
🥇Keldiyorova Xumora
🥈 To'rayeva Ma'mura
🥉 Bobonazarova Sunbula
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
🥇 Eshbayeva Sevinch
🥈 Asrorova Jasmina
💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi
Universitet tyutori Boymirzayev Muslimbek Oʻzbek filologiyasi fakulteti 105- va 106- guruh talabalari ishtirokida "Magʻrur hilpirayver Vatan bayrogʻi" mavzusida maʼnaviyat darsi tashkillashtirdi. Bunda Vatanimiz bayrogʻing tasdiqlanish tarixidan tortib, bugungi zamonda dunyo xalqlari va davlatlari orasidagi nufuzi haqida, qolaversa, uni yuksaklarda hilpiratib, tanitadigan sohalar va soha vakillari haqida suhbat olib borildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berib oʻtildi.
Bizni kuzatishda davom eting
18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz 🎉
18-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent Sayitqulov Ilhom Abdusalomovichning tavallud ayyomi. Sizni fakultetimiz professor - o'qituvchilari, aziz talabalari nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Tabriklaymiz🎉🎉
10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.
Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
Bizni kuzating
Sening bitik yo'ling kurashdir yiroq
Bir bobing To'maris ko'targan chiroq
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq
Ey, mening o'zligim- g'urur, nomusim
Konstitutsiyam- oliy Qomusim
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti professor - o'qituvchilari, tyutorlar, xodimlar va aziz talabalar! Sizlarni Konstitutsiyamizning 32-yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz.
Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti matbuoti
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
8 декабрь - Конституция куни
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. Ушбу байрам бутун Ўзбекистон бўйлаб кенг нишонланади.
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
✍️ #Diktantlar tanlovi
2024-yilning 5-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunoslik kafedrasi va yetakchi tyutorlar tashabbusi bilan "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida " Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida ommaviy diktantlar tanlovi tashkil qilindi.
✅Ushbu tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan talabalar o'z tashabbuslari bilan ishtirok qilishdi.Tanlov O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Filologiya fanlari doktori,professor Z.Xolmonova va Filologiya fanlari doktori (phd) M.Shamsiyeva boshchiligidagi yetuk mutaxasis,ustozlar tomonidan olib borildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Joriy yilning 5-dekabr kuni Universitet tyutori I.Bobomurodov Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Unda talabalarga birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning oqilona olib borgan siyosati, qolaversa, yodgorlik majmuasidan joy olgan suratlari va ularning yaratilish tarixi haqida batafsil aytib oʻtildi.
Bizni kuzatishda davom eting
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.
🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.
@alisher_sadullaev
📢Diqqat e'lon!!
2024-yilning 5-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" mavzusida diktantlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovda g'olib chiqqan talabalar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o'rin uchun maxsus I darajali diplom va ota-onasiga maxsus xat, “Qo'rqma" romani va maxsus sovg'a.
2-o'rin uchun maxsus II darajali diplom va ota-onasiga maxsus xat,eng yaxshi badiiy asar.
3-o'rin uchun maxsus III darajali diplom, ota-onasiga maxsus xat,maxsus sovg'a.
📌Eslatma: har bir qatnashuvchi talaba uchun maxsus daftar beriladi va yozilgan ishlar maxsus mutaxasislar tomonidan tekshiriladi.
📍Manzil : Universitetimiz 211-xona soat 12;00 da boshlanadi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Kitob har bir inson yo‘lini yoritguvchi bir mash‘aldir.
Insonni fazl-u kamolotga erishtiruvchi vosita bu kitobdir
#tabriklaymiz 🎉
24-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent Sherqo'zi Qulbulovning tavallud ayyomi. Sizni professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamasligingizni, ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lishini tilab qolamiz!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov oʻziga biriktirilgan talabalarga "Magʻrur hilpirayver Vatan bayrogʻi" mavzusida maʼrifat soati tashkillashtirdi. Suhbat davomida istiqlol ramzlarini bilish, qadrlash va hurmat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi va ular xalqimizning faxri va g‘ururi, vatanga sadoqat va muhabbat timsoli ekanligi haqida soʻz bordi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Karate ITKF sport turi bo‘yicha 2024-yilning 14-16-noyabr kunlari Xalqaro turnir o‘tkazildi. Bu nufuzli musobaqada universitet sport murabbiyi R.Alimboyeva shogirdi O'zbek filologiyasi fakulteti 104-guruh talabasi Xolbekova Shoxista faxrli 2-o‘rinni qo'lga kiritdi. Talaba qizimizga bundan keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting
Oʻzbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan marhum yozuvchi Sobir O'nar hayoti va ijodiga bagʻishlangan anjuman.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 15-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi tomonidan “Abdulla Qodiriy ijodi va yangi o‘zbek adabiyoti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar qatnashdi.
✅Tadbirni universitetimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Sulton Normamatov ochib berdi. So‘ng kafedra professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqdi. Ular Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, asarlari tahlili, adib ijodini davrlashtirish masalasi haqida gapirib, asarlardan parchalar tahlil qilishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓2024-yilning 13-noyabr sanasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori o'ziga biriktirlgan 304 va 302-guruh talabalariga "Diniy bag'rikenglik" mavzusida Ma'rifat-murabbiylik soati tashkil qildi.
✅Bunda odamlar o'rtasida diniy farqlarni hurmat qilish, barcha diniy e'tiqotlarga teng muomala qilish haqida gapirildi.
✅Hamda, talabalarga, darslarga o'z vaqtida ishtirok etish, kech qolmaslik haqida suhbatlashib,talabalarda mavjud muammolarga yechim topildi.