🗓️2024-yil 27-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti "Nazariy va amaliy tilshunoslik" kafedrasi professor-o'qituvchilari Elyor Xonnazarov, Mushtariy Xolmuradova va Durdona Mahkamovalar tomonidan "Ilmiy va ta'limiy faoliyatni rejalashtirish" mavzusida 1-2-talabalar turar joyida fakultet talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbati qiziqarli va ko'tarinki ruhda o'tdi. 207-guruh talabasi Shaymardonova Shahribonu va 108-guruh talabasi Ibragimova Sevinch suhbat davomidagi faol ishtiroklari uchun taqdirlandilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 24-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari qizlar o'rtasidagi futbol bo'yicha Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston-Avstraliya o'yinini tamosha qilish uchun fakultet tyutorlari O'.Qahhorov va S.Bekchanovlar hamda fakultetning 50 nafardan oshiq talabalari “Bunyodkor" stadioniga tashrif buyurishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz🎉
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Dilnavoz Hayitahmadova "Yosh kitobxon" respublika tanlovida faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritganligi munosabati bilan fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Dilnavozga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
E’lon
#tabriklaymiz
✨ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining ta’lim, madaniyat, adabiyot va tasviriy san’at nominatsiyasi boʻyicha 2023-yilgi mukofoti sohibi boʻldi.
Ustozimizni navbatdagi haqli e’tirof bilan qutlaymiz!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🗓️2024-yilning 21-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida “Uchinchi renessans" mavzusida axborot-murabbiylik darsi bo'lib o'tdi.
✅Axborot-murabbiylik darsini yoshlar masalalari,ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.Qurbonov hamda fakultet tyutorlari:S.Bekchanov, M.Baxtiyorov,A.Jovliyev, I.Bobomurodov, U.Toʻqsonova va fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori Sh.Xushmurodovlar olib borishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
✅2024-yil 20-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.Umurzoqova “Vaqtning uvoli” mavzusida 1-2-talabalar turar joyida fakultet talabalari bilan davra suhbati tashkil etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz🎉
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Dilnavoz Hayitahmadova "Yosh kitobxon" respublika tanlovida faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritganligi bilan muborakbod etamiz.
Dilnavozni ushbu muvaffaqiyati bilan qutlaymiz hamda kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#yosh_kitobxon
"Yosh kitobxon" teletanlovining respublika bosqichi boshlandi. Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Dilnavoz Xaytaxmatovaga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Cobaltga munosibsiz, Dilnavoz🎉🎉
#nazm_va_navo #maqom_kechasi
🎶 2024-yilning 17-fevral kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan "Alisher Navoiy va Bobur gulshaniga navolar tashrifi" deb nomlangan badiiy-ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Filologiya fanlari doktori, professor Samixon Ashirboyev tashabbusi bilan tashkil etilgan nazm va navo kechasida Navoiy hamda Bobur qalamiga mansub betakror g‘azallar asosidagi maqom qoʻshiqlari ijro etildi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🗓️2024-yil 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy merosining oʻrni va ahamiyati” mavzusida ma’rifiy-madaniy tadbir oʻtkazildi.
✅Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilavov ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
E'LON! Universitetimizda 27-fevral kuni 10:00 kuni 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "5-tashabbusning 4-tashabbusi doirasida" "Mening sevimli kitobim" shiori ostida qizlar uchun ko'rik tanlov bo'lib o'tishi haqida xabar beramiz! Barcha talaba qizlar o'z ijodlarini namoyish qilish uchun ushbu tadbirda ishtirok etishlarini so'raymiz!📖
📍Manzil: Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, A bino, WiFi xonasi.
🗓2024-yil 23-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar tarbiyasi uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Jamoldinova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Talaba-yoshlarga ilm-fan sirlarini chuqur egallash, o‘zbek tilining nufuzini dunyoga olib chiqishda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishlari kerakligi borasidagi tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori O‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi To‘rayeva Mamura O‘rol qizi o‘zining ijodiy faoliyati va erishgan yutuqlari yuzasidan tengdoshlari bilan o‘zaro fikr almashgani barchaga manzur bo‘ldi.
Tadbirda Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi orkestri ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
"Debate club" ilk soni asosli bahslarga,mushohadali jarayonlarga boy bo'ldi hamda inkor pozitsiyasida ishtirok etgan O'zbek filologiyasi fakultetining "Fortuna" jamoasi g'olib deb topildi.
/channel/TSUUL_Debate
🗓️2024-yil 21-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi qoshidagi “Hozirgi adabiy jarayonda ijodkor o‘rni” yo‘nalishidagi nazariy-metodologik seminar rejasi asosida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
✅Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odina Jamoldinova ochib berdi. O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani,professor Baxtiyor Abdushukorov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Orziqul Ergash,Aziz Said hamda shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukurlar so‘zga chiqishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 21-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi kafedra o‘qituvchisi Zarifa O‘rinova tomonidan “IMRAD talabidagi maqola yozish tartibi” mavzusida mashg‘ulot o'tkazildi. Mashg‘ulot davomida to'garak qatnashchilariga ushbu talabning afzalliklari, o'ziga xosliklari tushuntirildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#oavda_biz
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2024-yil 21-fevral kungi 37-sonida universitetimizning Oʻzbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Samixon Ashirboyevning
"Bugun ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi kerak"
2024-yilning 20-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va dabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.Qurbonov va fakultet tyutorlari O'.Qahharov,S.Bekchanov va M.Baxtiyorovlar hamda fakultetning 26 nafar talabasi,iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash “Ulug'bek" jamg'armasiga tashrif buyurishdi.Tadbirda,universitet rektori,akademik Sh.Sirojiddinov va Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri,professor N.Jabborov “Alisher Navoiy ijodiga yangi qarashlar" mavzusida ma'ruzalar qilishdi .
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti "O'zbek filologiyasi" fakulteti dekani , filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurov tashabbuslari bilan yozuvchi, iste'dodli adib To'xtamurod Rustamning muallifligidagi "Dengizni ko'rmagan odamlar" nomli kitobi "O'zbek filologiyasi" fakulteti tyutori Mirjalol Baxtiyorov tomonidan universitet Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi. 🔸Axborot-resurs markazi ustozlarga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Telegram | Web-sayt |Elektron-kutubxona | ARM Bot
Читать полностью…E’lon
🗓️2024-yil 17-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori Mirjalol Baxtiyorov 1-kurs talabalari bilan O’zbekiston davlat drama teatrida Abdulla Avloniy qalamiga mansub, “Advokatlik osonmi” spektaklini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🖐Qadrli yoshlar, “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berilmoqda!
Mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.
Loyiha doirasida madaniyat va san’at, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o’yini, “Ibrat” chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek nogironligi bo’lgan yoshlar uchun “Paralimpiya” sport o’yinlari joy olgan.
“Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etish uchun 10-fevraldan boshlab
5tashabbus.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting
🤝Barcha yoshlarni joriy yilning mart-noyabr oylarida bo’lib o’tadigan tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
📌#oavda_biz
«Народное слово» gazetasining 2024-yil 10-fevraldagi 30 (8608)-sonida universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborovning "Достойный пример для молодого поколения" sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatida yosh avlod tarbiyasi uchun madrasalar qurdirgani hamda vaqf mulki hisobidan mudarrislarni maosh, talabalarni stipendiya bilan ta’minlaganiga oid ma’lumotlar yoritilgan. Bundan tashqari, ulug‘ bobokalonimiz asarlaridagi tarbiyaga doir qarashlar tahlil etilgan.
Ushbu maqolani albatta o‘qing.
🗞 Maqolani oʻqish
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter