"Tabiiy fanlarning birinchi qultumi seni daxriy (ateist) ga aylantiradi. Lekin stakanni oxirida Xudo seni kutib turibdi."
Nemis fizik olimi va kvant mexanikasi piyonerlaridan biri bo'lgan Werner Heisenber aytgan gapni bir Akamiz yuboribdilar.
U kishiga yaqinda olimlar tabiatdagi beshinchi kuchni topgani haqida yangilikni yuborgan edim.
https://youtu.be/A9yAFp0_QyE
Asosan yevropaga meva eksport qiladigan Tojikiston kompaniyasi uchun berilgan yechim.
Belgi (logo) kerakmi?
https://forms.gle/yPTVA4oCDHpxcNJm8
Bu kishi Qo’qonlik Umidjon Qori, ko’zlari ojiz bo’lsa ham, qalb ko’zlari ochiq.
Barchaga Ramazon Muborak.
@fikrbank
Ривожланган чемпионатларда ЛОГО нима учун ўзгаради. Бу маркетинг дегани. Улар бу ишни доим ҳам амалга оширмайдилар. 20-30 йилда бир маротаба логотипларини ўзгартирадилар. Натижада клубнинг ички ва ташқи бозордаги 2 млндан, мақомига қараб 10 млнгача бўлган мухлиси янги логотип акс этган товарларни оммавий ҳарид қилишади. Натижада клуб 20-30 йил ичида битта катта суммага эга бўлади.
Бизда эса 2та шарф ҳам сотмайди, раҳбарга ёқмаса логотип ўзгаради.
Нодирхўжа Юлдашев (с)
@fikrbank
KFC boshqa brendlarning shiorini o'ziga moslab ko'rdi. Ayrimlarini esa tashqi reklamada ham qo'lladi
KFC'ning asl shiori "Finger Lickin' Good" (barmoqlarni yalaguday yaxshi) deb nomlanadi. Ammo pandemiya sababli brend vaqtinchalikka o'z shioridan voz kechishini e'lon qilgandi.
Oradan deyarli 1 yil o'tib, KFC birdaniga eng mashxur brendlarning shiorini o'ziga moslab ko'rishga qaror qildi. Hammasi bir Twitdan boshlandi.
25-mart kuni Buyuk Britaniyaning KFC jamoasi, Twitterda "Biz o'zimizning shiorimizni ishlata olmaymiz, shuning uchun birovnikini qarzga olmoqchimiz. Qaysi brend shiorini ishlataylik? Tavsiyalaringizni qoldiring" degan twit qoldirdi. Bu haqida The Drum nashriyoti xabar berdi.
Shundan so'ng tarmoq turli mockuplarga to'lib ketdi. Ular orasida Coca Cola, Nike, McDonald's, Red Bull kabilarning slogani yozilgan maslahatlar bor edi. KFC hammasini birma-bir chop eta boshladi. Keyin esa boshqa brendlar ham hazilni tushunib, o'z sahifalarida mockup'larni ulashdi.
KFC xatto Nike va McDonald's filiallari ro'parasida ularning shiori yozilgan reklamalarni joylashtirdi. Qoyilmaqom.
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Assalomu alaykum,
Girgitton bu yetkazib berish xizmati. Siz ham viloyatingizda yoki shahringizda Girgitton xizmatini yo'lga qo'yishni istaysizmi? Sizning hamshaxarlaringiz ham bunday xizmatdan foydalanishga haqlidirlar.
Hozir ko'pchilik o'z taom yoki xizmatlarini yetkazib berishga ehtiyoj sezmoqda. Kelgusi 2-3 yilda barcha bizneslar online ko'rinishga o'tishi va hamma biznes turlari yetkazib berish xizmatiga muhtojligini inobatga olib biz sizga hamkorlikni taklif etamiz.
Buning uchun quydagi formani to'ldirishingiz kifoya.
Shunga qiziqayotgan, yoki taksi kompaniyasi bor tanishingizga yuborishni unutmang.
https://forms.gle/PwcJNasqHvdX86Tr7
@fikrbank
Negaa?!
Ochig’ini aytsam EVOS ning oxirgi rebrendingidan so’ng o’z sohasida to’laqonli “egalik qilishga” ulgurgan yashil (🟩) rangdan voz kechib, qizil (🟥) rangga o’tishini tushuna olmayapman.
Fikrimcha, Les Ailes, KFC va Oqtepa Lavash asosiy rangi bo’lgan qizilga o’tish EVOS mijozlarni ikkilantiradi holos.
Marketing/Brending tomonidan aqlli strategiya deb o’ylamayman.
IMHO.
EVOS deganda qaysi rangni ko’z oldingizga keltirasiz?
@fikrbank
#kuzatishlarim
Bizda hali brending, brend aydentikasi nima ekanligini hali ko'pchilik tushunmaydi. Kompaniyalar internetdan "uxlatilgan" shablon ikonkalar/logolardan foydalanaveraganidan odamlarda logo - o'sha sohani faoliyatni ochiq aks ettirishi kerak degan tushuncha paydo bo'lib qolgan.
Masalan, mebel kompaniyami - demak albatta divan bo'lishi shart. Kiyim kompaniyami, demak albatta kiyimni ko’rsatish kerak.
Tushuninglar, bunday shablon logolar son mingta. Brendingni maqsadi esa kompaniyani boshqalardan ajratib turish.
Odatda logotipni yasab beradiganlar internetdan uxlatilgan shablonlarni yoniga kompaniya nomini yozib qo'yib logo yasashni ham, brendingni ham narxi tushib ketgan. 50 000 so'm, 500 ming so'm
O'zbekistonda Logo uchun o'rtacha narx (1 ta vektor fayl, yoki jpeg dayl EMAS - to'liq, industiriya talablariga javob beradigan 200 va undan ortiq fayllar jamlanmasi) $500 dan kam emas. Brendbuk hisobga olinmagan holda.
Bu sohada ham bitta podkast qilishimiz kerak ekan. In shaa Allah.
@fikrbank
Uzbekistan Airways kompaniyasining bir necha yillik mijoziman. O'zim brending va aydentika sohasini ichida yurganim bois rebrending uchun ancha mablag' talab qilinishi ham bilaman. Lekin tan olaylik, Uzbekistan airways logosi, umuman brendingi bo'yicha ish qilinmagan. Oddiy kompaniya sayti va styuardessalar libosiga, hamma-hamma narsaga e'tibor qaratsangiz, dizayn tizimi har yerda sochilib yotganini ko'rasiz. Quyida biz taklif qilayotgan variant. Ze'ro boshqa davlatdagilar - "Dizaynerlar yo'qmi O'zbekistonda" deyishmasin.
Agar sizga brending kerak bo’lsa bu yerdagi formani to’ldiring.
Kuzatuvchilardan imkon qadar shu postni yaqinlari bilan bo'lishishlarini so'rab qolar edim.
@fikrbank
ISH BOR!
MFaktorda hali bunaqasi bo'lmagan! 💣
MFaktor Podcast ko'rsatuvining 2-sonida 6 ta o'z ishining ustalari bir joyga to'planadi.
Ko'rsatuvda:
— Hozirda qaysi sohalar serdaromadli?
— Qanday qilib ish topish mumkin?
— Nogiron insonlar qanday qilib ish topsin?
— Oilali va bolali ayollar uyda ishlab ham pul topishi mumkinmi?
Shu kabi savollarga javob topasiz!
Ha aytgancha, "MFaktor", "Najot Ta'lim", "Dizipro" (3d model savdosi), "Cambridge LC", Girgitton" kompaniyalari uchun qanday xodimlar kerakligi haqida ham bilib olasiz!
Ko'rsatuv vaqti:
📆 19-mart (juma) 🕐 19:30 da
YouTubeʼdagi kanalimiz orqali jonli efirda tomosha qiling:
➡️ YouTube.com/MFaktorUz
👉 @MFaktorUz
Odamlarga "radikal haydovchilar", "radikal piyodalar" deb tamg'a bosgandan, muammoni ildizini qidirsak yaxshi bo'lar edi.
Masalan ikki holat:
Piyoda belgilanmagan yerdan yo'lni kesib o'tadi. Sababi, mavjud kesib o'tish yo'lagi uzoqda, yoki noqulay. Ko'p joylarda umuman mavjud emas.
Haydovchi mashinasini belgilanmagan joyga qo'yishga majbur bo'ladi. Sababi, parkovkalar yetarli emas.
Har ikki vaziyatda ham infratuzilma yaratmagan davlat idoralarini tanqid qilish qolib, xalqni birbiriga radikal, yoki "kazyol" deb gij-gijlashdan naf ko'rmayapman.
Masalani mohiyatini avval ham aytganman - avval yechim taklif qilinib, keyin unga qarshi jarima kiritiladi.
Bundan boshqacha bo'lishi absurd.
IMHO
@fikrbank
Mahalliy madaniyat va qadriyatlarni hisobga olmasdan yuritilayotgan marketing kampaniyasi uchun jonli misol. Facebook sahifasiga qo’yilgan ushbu post tagida asosan salbiy ixohlar yozilgan.
“-iddin” qo’shimchasi “dinimiznig” degan ma’nolarni beradi. Masalan - Shamsiddin Bu dinning quyoshi demakdir.
Lavashiddin….
FeedUp chilarga samimiy maslahat - marketing ustida puxtaroq ishlanglar.
@fikrbank
Osmondagi Bolalar loyihasidan parcha.
Tez kunda loyihaning YouTubedagi kanalida premierasi bo’ladi.
@fikrbank
Bugungi kunda e’tibor berib qarasangiz, ko’pgina SMMchilar ishlarida bir hillikni ko’rasiz. Ya’ni ko’pi shablon kompozitsiyalar.
Grafik dizayn maqsadi xabarni yetkazish. Xabar ikki hil bo’ladi. Sodda va murakkab.
Shunday ekan Grafik dizayn vazifasi sodda xabarni (grafik elementlar yordamida) boyitish, murakkab xabarlarni esa (grafik elementlar yordamida) soddalashtrishdir.
Photoshopni hamma funksiyasidan foydalandim degani yaxshi grafik dizayner bo’ldim degani emas. Muammoga kreativ yechim topish grafik dizayner bo’lishdir.
@fikrbank
Qulay Ramazon Taqvimi
Telefoningizga yuqori sifatda saqlab oling.
Ibodatlaringiz qabul bo’lsin!
@girgitton
LG endi smartfon biznesini yopar ekan. Mayli, nima ham der edik, bozor bo'rilarga qolyapti.
#fakt
LG 1947-yilda Janubiy Koreyaning Busan shahrida tashkil qilingan. Bugungi kunda bu kompaniyada 73 000 ga yaqin odam ishlaydi.
@fikrbank
Bugun Nukus shahridagi Savitsky nomidagi Nukus San'at Gallereyasi (Muzeyida) bo'ldim.
Tretyakov Gallereyasida shunaqa mazza qilgan edim. Gid judayam bilimli. Muzey saviyasi Toshkentdagi muzeylardan baland.
Yuqoridagi asar 1930 yilda M. Kurzin tomonidan ishlangan bo'lib "Eski va Yangi" deb nomlanadi.
Unda sovetlar kelishidan oldingi va keyingi jamiyatdagi o'zgarish ifodalangan. E'tibor bering, rasm o'ng tomonida eski davr, chap tomonida yangicha... Sigaret rayhon o'rnini egallagan. Ayollar ochiq kiyinishni boshlashgan.
Qisqasi gallereyaga kirishni tavsiya qilaman. Siz rasmda yana nimalar ko'rdingiz?
@fikrbank
Буюк даъватчи шайх Аҳмад Дийдод роҳимаҳуллоҳ бир кишининг: “Аёл киши дунёнинг фасод бўлиши сабабчисидир!” деганини эшитиб қолди.
- Гапингингиз тўғри, деди шайх: - дунёнинг фасод бўлишига сабаб сиздек аҳмоқни тўққиз ой қорнида кўтариб юриб, қийналиб туққан аёлдир.
Айтаманки, шайх жуда оқил мезонни ўргатиб кетганлар. Кимда-ким аёллар ҳақида уларни ерга уриб бир нарса ёзмоқчи бўлса, асло унутмасинки, у жамиятга ўз онасини сифатлаяпти. Зеро, одам атрофида кўргани аёллардан келиб чиқиб ҳукм қилади. Кўз ўчиб, ақл таниб энг кўп билгани аёллардан айнан ўз онаси бўлади.
Mahmud Usmon
@fikrbank
KFC boshqa brendlarning shiorini o'ziga moslab ko'rdi. Ayrimlarini esa tashqi reklamada ham qo'lladi
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Bugun Sardorog’a sahifasida yaxshi narsa o’qib qoldim. Sardorbek - programmist.
@fikrbank
Girgitton kompaniyasi Andijon shahrida ish boshqaruvchilik vazifasiga ishga taklif qiladi.
Talab qilinadi:
- HALOLLIK
- Ishga MA’SULIYAT bilan yondashish
- Andijon shahrida istiqomatda bo’lishi.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
+998 90 320 8963 ga telefon qilishlaring mumkin.
@girgitton
[UPDATED] * Ko'pchilik ma'nosini izohlashni so'rashganiga: Logoda Humo qushini abstrak - mavhumlashgan holati. Accent, to'ldiruvchi ranglarda O'zbekistonning real - ranglari vodiy, cho'l, tog'lar shakliga keltirilgan. Yuqoridagi negativ bo'shliqda esa quyosh ifodalangan.
PS: Branding bo'yicha bizdagi bor ma'lumotlar bilan ishlangan bu bir concept xolos. O'zim "Xumo" elementidan qochish tarafdoriman. Albatta mijoz talabi, kompaniya strategiyasiga qarab brand identity o'zgaradi.
PSS: Keyin, samalyotni rasmini qo'yib - logo yaratish bu grafik dizayn talabasining ishi.
Quyida 50 ta aviakompaniyaning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyasiz logolari:
@fikrbank
https://www.webdesignerdepot.com/2009/03/50-popular-airline-logos/
Pepsi kompaniyasi (statista bergan ma’lumotga ko’ra), yiliga 2,3-3 milliard aqsh dollarini marketing uchun sarflaydi.
Pepsi ham huddi Coca-cola ga o’xshab marketing mablag’larini 70/20/10 strategiyasi bo’yicha sarflaydi.
Bunda 70% mablag’lar an’anaviy, doim ish beradigan marketing kampaniyalarga sarflanadi. 20% mablag’ esa shu an’anaviy marketing kampaniyalarni takomillashtirishga sarflanadi va qolgan 10% bu (“kreativmi? bilganingni qil”) yangi kreativ g’oyalarni sinash va eksperimentlar uchun ishlatiladi.
@fikrbank
Yuqoridagi su'ratda Sent Luisdagi Grand National Bankning mashindadan tushmasdan ish bitiradigan (drive-thru) yo'lakchasi. 1930-yil!
Bizda bunday yo'lakchalar xozircha ovqatlanish shahobchalarida ko'rdim (EVOS va KFC).
Banklarga hali bor manimcha. Plastikdan pulni naqdlash uchun drive-thru yaratgan bank yutib ketadi :-)
@fikrbank
Tomas Fridmanning “Dunyo Tekis” (The World is Flat) flat asarini o’qiganlar bilishadi. Unda Fridman “tekis” so’zini asosan globallashuv jarayonlariga taqqoslab aytgan edi.
Endi esa tekislik aydentika, brending sohasiga qaytmoqda. Quyida o’z logolarini “flat design” ga o’zgartirgan avtokompaniyalar.
Qariyb 1 yil oldin BMW ham aosiy e’tiborini elektromobillarga qaratishi munosabati bilan o’z logosini o’zgartirgan edi. Undan so’ng GM, va nihoyat mana endi Renault ham “flat design” ga o’tibdi.
@fikrbank
Hamma ko'rishini tavsiya qilaman.
Imkon qadar do’stlaringizga va boshqa guruhlarga ulashsangiz bu loyiha rivoji uchun juda muhim ekan.
https://www.youtube.com/watch?v=kG0MA_NY_sc
@fikrbank
Ertaga 19:30 da YouTubedagi osmondagi bolalar kanalida premiyerasi bo'ladi in shaa Allah.
https://youtu.be/kG0MA_NY_sc
@fikrbank
Podkastning uchinchi epizodi. Ikkinchi epizodini avvalroq chiqargan edik va uni bu havola orqali Behzodning kanalida tinglang. Yaqinda podkastning audio fayllarini telegramda yuklashni to’xtatamiz va uni Yandex, Podbean (browser), Spotify, Apple va boshqa podkast tinglash mumkin bo’lgan platformalarda topasiz.
Ulashing, izoh qoldiring, taklif bering.
@uzbekonomics