#Teatr_ibratxonadir
🔰Kuni kecha Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari teatr jamoalari oʻrtasida 25-27-mart kunlari o‘tkazilgan “Teatr – ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivali respublika bosqichida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonidan “Jaholat to‘g‘risidagi rivoyat” parchasini sahnaga olib chiqib, munosib ishtirok etib keldi.
🗣Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.
💬Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
Тошкентда “Театр - ибратхонадур” шиори остида театр фестивали ўтказилмоқда.
@yangidavr_rasmiy
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir
✅ Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.
✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.
📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.
➖ Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
📝 G'oliblar bilan tanishing.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.
Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.
Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.
“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.
Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali
⏺Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.
🗣Mazkur haftalik doirasida maktablarimiz jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan “Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir”, “Bebaho yoshlik”, “Eski shahar gavroshlari”, “Darsdan so‘ng” va “Pantomimo” spektakllari namoyish etilmoqda.
✅Shuningdek, tadbir qatnashchilari “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Jaholat to‘g‘risida rivoyat”, “Jaloliddin Manguberdi” singari badiiy musiqiy kompozitsiyalarini ham tomosha qilishlari mumkin.
📍Muqimiy va Yosh tomoshabinlar teatrlarida namoyish etilayotgan mazkur spektakllar va badiiy-musiqiy kompozitsiyalarini tomosha qilish bepul.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali
Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.
Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.
Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Mushoira
#Ijodiy_gurung
❗️24-mart soat 20:00 da “Duel” loyihasining 2021-yil g‘olibi Shahriyor Shavkat va Respublika bosqichi ishtirokchisi Nozima Habibullayeva bilan onlayn suhbat o‘tkaziladi.
📝 Mavzu: “Duel”ning yoshlar she’riyatiga ta’siri
Suhbatimiz barcha uchun ochiq va erkin tarzda bo‘lib o‘tadi. Ijodkorlarimizdan miriqib she’r tinglashingiz, savollaringiz bo‘lsa bemalol yo‘llashingiz mumkin.
📣 Barcha she’r ixlosmandlarini chorlab qolamiz!
👉 @duelloyihasi
#анонс
☀️ Азизлар, Ҳазрат Алишер Навоий шундай деганлар:
🤲 Йўл ямону яхшисидин ема ғам,
“Бисмиллоҳ...” дегилу қўйгил қадам.
💫 Биз ҳам ушбу теран маъноли сатрларга риоя қилиб, “Ўртада бегона йўқ...” номли янги подкастга қўл урдик.
❗️Мазкур подкастдан мақсад: Ўзбекистон халқ шоири, Ўзбекистон Қаҳрамони Эркин Воҳидов ижоди – шеърлари, ғазаллари ва ўткир публицистик мақолалари моҳиятини халқимиз, хусусан, ёшларимиз орасида кенг тарғиб қилиш орқали адабиётимиз ҳамда маънавиятимиздаги турли долзарб масалаларни муҳокама қилиб, уларга ечим излашдан иборатдир.
✅ Подкастимизнинг илк меҳмони: севимли шоиримизнинг сафдоши, маслакдоши ва энг яқин дўсти – Ўзбекистон Қаҳрамони Иброҳим Ғафуровдир.
❗️Подкастнинг тўлиқ вариантини 2024 йил 24 март куни соат 20:00да YouTubeдаги ушбу: Ortadabegonayoq" rel="nofollow">https://youtube.com/@Ortadabegonayoq...?si=S2TQfjj9A4Izw136 ҳавола орқали кўришингиз мумкин.
♻️ “Ўртада бегона йўқ...” подкастида ғойибона кўришгунча!
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 /channel/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
🌸 ШОҲИГУЛ
Оташин гул уздим, ол, бу -
Шоҳигуллар шоҳи гул.
Гул сочиқ йўлларда бўлсин
Гул юзим ҳамроҳи гул.
Шоҳигулмас эрмас бу, ўтлуғ -
Юзларинг ҳижронида
Интизор боғ кўксидан
Чиққан фиғону оҳи гул.
Ишқ элининг қатра-қатра
Қонидан унган чечак,
Севгининг ошиқ кўнгилларга
Оловли чоҳи гул.
Билгали кўнглингни, кирсам
Боғинг ичра ҳар замон,
Шоҳигулга ёлворурман,
Сирларинг огоҳи гул.
Бу жаҳон гулзорида
Ҳар бир чечакнинг ўрни бор,
Хоҳ тикандир, хоҳ печакдир,
Хоҳи япроқ, хоҳи гул.
Гул эмас, Эркин қўлингга
Тутди ўтдек қалбини,
Оташидан қўрқма, ол,
Ол, куймагайсан, Моҳигул.🌸
✍️Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов
👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 /channel/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
💫 КЕЧИР, Ё, РАБ, КЕЧИРДИМ МЕН...
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов шеъри
🎙 Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Шуҳрат Қаюмов ўқиган.
👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 /channel/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
"Mutolaa" loyihasi tomonidan Erkin Vohidov qalamiga mansub “Arslon o‘rgatuvchi” she’ri O’lmas Temur (Abdurahmonov) ijrosi etildi. Marhamat, tinglab ko'ring.
“Mutolaa” loyihasini eng faol targ’ib qilgan, izohlarda kitobxon do'stlarini belgilagan 10 nafar faol yoshlarimizga kitoblar to’plamini sovg’a qilamiz.
👉🏻Izoh yozish va targ'ibot qilish uchun:
https://youtu.be/tcI8MKRLI0w?si=WuzEyNTgLMeWQGkJ
"Mutolaa" ilovasini yuklab olish uchun :
Play Market:
👉🏻https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa
App Store:
👉🏻https://apps.apple.com/uz/app/mutolaa/id6475738561
@alisher_sadullaev
#Hashar
🤩Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tassarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham qizg‘in o‘tkazilmoqda...
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#musobaqa_gʻoliblari
O'tkazilgan musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallagan bir guruh ijod maktabi o'quvchilari taqdirlandi hamda voleybol turnirida 1-o'rinni egallagan 9-"A" sinf jamoasiga maktab direktori Nigoraxon Mannopova tomonidan "Direktor kubogi" topshirildi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#harbiy_vatanparvarlik
ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA NAVRO‘Z SHODIYONALARIDA "TEMURBEKLAR MAKTABI"NING CHIQISHLARI
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
Maktablarda “Sanʼat” fanini oʻqitish taklif etilmoqda
Mazkur fan orqali faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid koʻnikmalar oʻrgatiladi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/22097
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.
O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.
Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.
Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.
Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | 27-mart - Xalqaro teatr kuni
#27mar #uzbekiston24
✅ Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali haqida.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_hikmati
Oʻzing mangu emassan, oting mangudir,
Oting mangu boʻldimi, oʻzing mangusan.
✏️Yusuf Xos Hojib
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
❓Ўзбек адиблари нима учун "Нобель" мукофотига сазовор бўлмаган?!..
❗️ Замондошларимизни ЖАДИД дейиш мумкинми?
🎙"Ўртада бегона йўқ" подкастидан.
Тўлиқ видео:
👇👇👇
https://youtu.be/vGQobqpMHOg?si=DH_PPbZ2sSKLWAc9
👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 /channel/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
#Live
#teatr_festivali
⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Salom, doʻstlar, suhbatimiz boshlandi.
Shu havolani sheʼriyat shaydolariga ulashashib qoʻying!
/channel/duelloyihasi?livestream
#янгиподкаст
✅ Оқ, қоғозим, сенга Эркин очди пинҳон ишқини,
Сен бору мен бор, қалам бор - ўртада бегона йўқ.
Э. Воҳидов
✅ Дунёни Эркин Воҳидов феномени орқали англашга уринамиз!
✅ Илк меҳонимиз Ўзбекистон Қаҳрамони Иброҳим Ғафуров!
❗️Президентимиз кўпинча маданият ходимлари билан кўришганда нима учун "Менга Эркин Воҳидов, Абдулла Ориповлар етишмаяпти..." дейдилар?
❗️ Ўзбек адиблари нима учун "Нобель" мукофотига сазовор бўлмаган?
❗️ "Ўзбегим" қасидасида қайд этилган "Одамийлик дини" нима?
❗️ Замондошларимизни "жадид" дейишимиз мумкинми?
❗️ Шоир "... лек ширин ёлғон ёмон" деганда нимани назарда тутган?
❗️ Тамаъсиз инсон борми?
❗️Ёшлар орасида урчиган "миллий нигилизм" - "четга суриш" кайфиятининг "илдизи" қаерда?...
Шу сингари долзарб саволларга жавоб топмоқчи бўлсангиз жорий йил 24 март куни соат 20:00 да Ortadabegonayoq...?si=S2TQfjj9A4Izw136">YouTubeда томоша қилинг!
♻️ “Ўртада бегона йўқ...” подкастида ғойибона кўришгунча!
@Erkin_Vohidov
@Rustam_MIRVOKHID
#Abdulla_Oripov_83_yoshda
#bahor
#Navro'z
#bayram
#Kvartet_jamoasi
Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro'z!
🌸 НАВРЎЗ НАШИДАСИ
Юртим!
Илҳомимга сарчашма ўзинг,
Бирдек азиз менга ёзинг ҳам кузинг.
Букун баҳорингга шеър айтмоқчиман,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Яна олам бўлди яшил, серфусун,
Яна қизғалдоқлар очилди гулгун.
Бу йилги кўкламинг ўзгача бутун,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Қаттиқ қишдан чиқдинг зах тортиб, хориб,
Ердан чиққан каби бойчечак ёриб.
Бағрингдан муз кетди хамалга бориб,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Қир яшил, боғ яшил, бўстондир яшил,
Баҳорий либосда жаҳондир яшил,
Эрк яшил, истиқлол, имондир яшил,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Бошингда ҳуррият қуёшинг бордир,
Ўз Туғро, Байроғинг,
Юртбошинг бордир.
Мақсадинг. ғайратинг, бардошинг бордир,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Ёш чинорсан, ўзни тутиб оларсан,
«Илик узилди»дан ўтиб оларсан.
Юзлаб баҳорларни кутиб оларсан,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Бугун далаларга қадалган уруғ
Иншооллоҳ, ризқу баракот тўлуғ,
Эй, умид ўлкаси, эртаси улуғ — Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1992 йил
👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 www.t.me/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi maktabimizning eng samimiy va toza qalbli do'sti, ustozlik rutbasini baland tutgan Ogahiy nomidagi ijod maktabining jonkuyar fidoyisi, butun umrini ta'limga bag'ishlab, qanchadan qancha yurt koriga yaraydigan shogirdlarni yetishtirib kelayotgan filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima Matyoqubova Madina Habilullayevnaning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolariga, yaqinlariga va Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasiga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Читать полностью…#Hashar
✅Bugungi jarayon...
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
❗️ 2024-yil 14-mart holatiga ko‘ra “Turon” maktab teatri respublika tanlovida qatnashish uchun 10 031 ta jamoalar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bir jamoa 8 ta ishtirokchidan iborat bo‘lib, umumiy ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar soni 80 248 tani tashkil etmoqda.
Jamoalar soni hududlar kesimida:
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 630 ta.
✅ Xorazm viloyati: 708 ta.
✅ Navoiy viloyati: 376 ta.
✅ Andijon viloyati: 1031 ta.
✅ Farg‘ona viloyati: 939 ta.
✅ Namangan viloyati: 1188 ta.
✅ Buxoro viloyati: 737 ta.
✅ Samarqand viloyati: 629 ta.
✅ Qashqadaryo viloyati: 526 ta.
✅ Surxondaryo viloyati: 677 ta.
✅ Jizzax viloyati: 789 ta.
✅ Sirdaryo viloyati: 322 ta.
✅ Toshkent viloyati: 1095 ta.
✅ Toshkent shahri: 384 ta.
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
♾ Bizni @turonteatriuz telegram kanalida kuzatib boring!
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#sport_musobaqasi
“Vatanparvar” tashkiloti Marg‘ilon shahar o‘quv-sport texnika klubi bilan hamkorlikda tadbir davomida milliy milliy xalq o'yinlari, kamondan o'q va tir otish musobaqalari o'tkazildi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Buyugimsan_Vatanim
#Farg'onada_chellenj
"O'ZBЕGIM" QASIDASI
"Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o'zbеgim,
Sеnga tеngdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o'zbеgim."