Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!
Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.
Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.
Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.
Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.
Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!
Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.
Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.
Aziz oʻquvchilar!
“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.
Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!
Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori
Смотрите "Erkin Vohidov haqida hujjatli film (Buyuk taqdirlar)" на YouTube
https://youtu.be/einz_UmTZ7o
O’zbekiston futbol bo’yicha U20 yoshlar o’rtasida Osiyo chempioni!
@alisher_sadullaev
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida chorak yakuni yuzasidan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida navro‘z sayli o‘tkazildi.
Читать полностью…Navoiyxonlik kunlari, Navoiy g‘azallariga bitilgan qo‘shiqlar tadbiri, mushoiralar o‘tkazish kerakligini, xiyobonni yanada ko‘kalamzorlashtirish, o‘rindiqlar sonini ko‘paytirish, bepul Wi-fi zona tashkil etish hamda QR-kodli kutubxonalar o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.
Читать полностью…#Zulfiyaxonim_izdoshlari
Erkin Vohidov ijod maktabida oʻqishning oʻzi katta mas’uliyat
Prezidentimiz tashabbusi bilan Margʻilon shahrida tashkil etilgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nilufar Ergasheva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bunday ragʻbat yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi ezgu ishlarning ifodasi boʻldi, desak yanglishmaymiz.
– Soʻzning qudratini hech narsa bilan ta’riflab bo‘lmaydi, – deydi Nilufar. – Ayniqsa, she’riy misralarda. She’riyat – bu hayrat. Erkin Vohidov ijod maktabida oʻqiyotganimning oʻzi menga katta mas’uliyat yuklaydi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti esa hayotimda muhim voqea boʻldi. Endi ularga munosib boʻlishim uchun ham yanada koʻproq harakat qilishim kerak.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Margʻilon shahridagi ʻIjodkorlar bogʻida "Navroʻz“ umumxalq bayrami koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.
Bogʻ maydoni boʻylab sayr etarkansiz, betakror bahoriy kayfiyat yuzingizdan koʻzingizga koʻchadi, milliy taomlarning totli taʼmi dimogʻingizi chogʻ etadi.
Oʻzbek xalq oʻyinlari, dorbozlik, varraklar sayli, bahoriy taomlar namoyishi, mohir oshpazlar tomonidan tashkil etilgan ”Osh tanlovi", kitoblar va hunarmandchilik koʻrgazmalari, sport musoboqalari hamda koʻngilochar konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
NAVOIY
Buyuk ibodatga chog‘langan kabi
Xalqim piri tomon kelmoqda oqib.
Bu kunlar ilohiy, bu kunlar nabiy,
Ko‘ngillarning borgohidir Navoiy.
Kiydirdi turk tiliga shon tojini,
To‘ladi el tolei, erk bojini,
Abadiyat qadar so‘z xirojini,
Nasru nazm podshohidir Navoiy.
Bir quyoshdir munavvardir nazmi ko‘k,
Bir sharafki, shariflar ichra o‘zbek,
Bir ummonki, o‘zani ezgulik, erk,
Ozodlikning mayog‘idir Navoiy.
Asrar ozod yurtni balo qazodan,
Munojoti, nazmi Arshi a’loda,
Qo‘llab turar xalqin ikki dunyoda,
Elning pushti panohidir Navoiy.
Ma’naviyat nadir?!
Nadir ilm-urfon?!
Adolat tug‘ini ko‘targan arkon,
Mulki tafakkurga piri charog‘bon,
Ma’naviyat bayrog‘idir Navoiy.
Navoiyni o‘qi, yorishar olam,
Ulus dardi, orzulari mujassam,
Navoiydan madad so‘ragil, bolam,
El bosh urar dargohidir Navoiy.
Navoiyga yetmay yetmaymiz haqqa,
Ma’rifatdan ayru aylansak xalqqa,
Xasdek otadilar bizni qirg‘oqqa,
Ko‘ngillarning chirog‘idir Navoiy.
Etsak edi ilohiyot nazmiga,
Kirsak edi ruhoniyat bazmiga,
Darmon bo‘lsak elning dardu arziga,
Xalqning baxtiga boqiydir Navoiy.
Ozod elim, omonmisan,bormisan?
Vatan uchun kelajakka yormisan?
Buyuk yo‘lda uyg‘og‘u bedormisan?
Yaratganning so‘rog‘idir Navoiy.
Sher sayladi Tangrim adabiyotga,
Mukarram ayladi insoniyatga,
Shu el qayg‘usinda abadiyatga
Ogohlik qo‘ng‘irog‘idir Navoiy.
✍️ Enaxon Siddiqova, O‘zbekiston xalq shoiri.
Alisher Navoiy rahmatullohi alayhning "Lison ut-tayr" dostoni: matn, sharh, lug'at, hikmat.
/channel/lisonut_tayr
Mahmudxo‘ja Behbudiy - 146 YOSHDA!
1875- yilning 19- yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, amir Shohmurod zamonida (1785—1800) Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom-xatiblik bilan shug‘ullanib kelgan Behbudxo‘ja vafot etadi. Yosh Mahmudxo‘ja tog‘asi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramog‘ida o‘sib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rganadi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. O‘z ustida qunt bilan ishlab, shariatning yuksak maqomlari — qozi, mufti darajasigacha ko‘tariladi. Yosh Mahmudxo‘ja dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati katta bo‘lgan.
Yangi kitob
SHE’R SAYYORASI
Shoir qanotiga o‘t ketgan qushdir,
Unga don ko‘rsatmang, bering osmonni.
To yonib bo‘lguncha yorishsin olam,
Toki kuydirmasin kuygan jahonni.
Yiliga falakdan yerga qulaydigan besh yuzdan ortiq meteoritning 99 foizi okean va sahrolarga tushadi. Yer sharidagi milliardlab yurakning ayrimlarigagina she’r mehmon bo‘ladi. Birinchi tabiat hodisasida taqdir bizni tosh yomg‘iridan asrasa, ikkinchisida ham, shubhasiz, Xudoning mehribonligi bor.
Mohiyatga qaralsa, asl she’ru shoirning tanqisligi ham xuddi yuqoridagi kabi ilohiy mo‘’jizadir. Shoirning she’rga ko‘chishdek noyob pallasini – qalbning izhor bo‘lishini mo‘’jiza desak mubolag‘a emas!
Shodmonqul Salomning nashrdan chiqqan “She’r sayyorasi” kitobida jam bo‘lgan sara she’rlari o‘qirman shunday yeru samo oralig‘idagi sirlarga chorlaydi, o‘ziga oshno etadi, deb o‘ylaymiz.
Muallif: Shodmonqul Salom
Rukn: “Adib va jamiyat”
Loyiha muallifi: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Moliyaviy manba: “Ijod” jamoat fondi
Adadi: 1000 nusxa
O‘ZBEK NAVOIYNI O‘QIMAY QO‘YSA...
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.
El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.
O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning «Barakalla» bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.
1971-2000
Erkin VOHIDOV, O‘zbekiston Qahramoni.
NAVOIY
Laylining sochlarin o‘radi dunyo,
Shiringa dugona bo‘ladi tonglar.
Mehrga yetkazgan kemalarmi yo
Yurakka urilgan visoliy bonglar.
Majnunning baxtini quchadi mahkam,
Dillardan taralgan sevgi kuylari.
Farhod otga minar mag‘rur va shahdam,
Ko‘ngildan toshadi mardlik o‘ylari.
“Mahbub ul-qulub”ni o‘qiydi zamin,
“Lison ut-tayr”dan aytadi ertak.
“Sab’ayi sayyor”ni o‘qigan sayin,
Muhabbat gullari uyg‘onsa kerak.
Kemada uchadi Mehr – Suhayli,
Sevgi-la olamni qilmoq uchun lol.
Ey dunyo, pok iymon senga kerakmi?
Mana Navoiyning “Xamsa”sidan ol!
✍️ Hilola Odilova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9 – sinf o‘quvchisi.
ALISHER NAVOIY KEMASI
Azaliy davrada charx uradi yer,
Mushtariy azaldek chaqnab turipti…
Besh asr so‘ngida buyuk Alisher
Bahri muhit aro kezib yuripti.
Tiriklikda charxdan topmagan omon,
Boshiga g‘am gardin yog‘dirgan falak —
Dahr aro tanhoyu zor-u, sargardon
Qalqib bormoqdadur beorom yurak.
Achchiq to‘lqinlarga ko‘krak uradir
Umrida halovat topolmagan jon,
Jahon ummonida kezib yuradir
Dolg‘ali ham sokin jahoniy ummon.
Ulug‘vor bastida o‘ychan bir shukuh,
Kilkidan to‘kilgan g‘azaldek boqiy,
Besh asr so‘ngida kema bo‘lgan ruh,
Besh qit’a oralab kezar Navoiy…
Hayajon ko‘nglimda, hayrat aqlimda,
Olis qirg‘oqdaman — bu nechuk timsol!!
Yarim ming yil osha o‘zga iqlimda
Bundoq uchrashuvni kim etmish xayol.
Azaliy davrida charx uradi Yer,
Mushtariy azaldan chaqnab turipti.
Mahshargacha uyg‘oq buyuk Alisher
Jahon ummonida kezib yuripti.
✍️ Erkin VOHIDOV, O‘zbekiston Qahramoni.
👉TelegramI OromgohI FacebookI O‘zbegim👈
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик
—
Поздравление выпускникам общеобразовательных школ
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Biz_haqimizda
📺Farg'ona TRK namoyish etadi
🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida
❇️O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov xotirasiga, shuningdek, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganligining 5 yilligiga bagʻishlangan “Buyuk elga endi daholar kerak” mavzusida adabiy anjuman boʻlib oʻtdi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#toʻgaraklarning_choraklik_natijalari
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida chorak yakuni bo‘yicha IT to‘garaklarining ijodiy namunalari berilmoqda...
👨💻"Tasviriy va raqamli san'at" to'garagidan grafik ijod
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bayram\_shukuhi
ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA NAVRO‘Z SHODIYONALARI
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida chorak yakuni yuzasidan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida navro‘z sayli o‘tkazildi va maktab sahnasi bayramona bezatildi.
🔰Navro‘z - xalqimizning o‘ziga xos an'ana va urf-odatlarga boy milliy bayrami. Navro‘z - bu yangilanish, yasharish ayyomi. Xalqimiz ushbu bayramni o‘ziga xos go‘zal bir tarzda qarshilaydi.
🔰Ushbu bayram tantanasini ijod maktabining MMIBDO‘ Muhammadamin Nurmatov go‘zal bayram tilaklari bilan ochib berdi. Tadbirda ijod maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar jamoasi, shuningdek, mehmonlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqan ustoz-murabbiylar barchani go‘zal ayyom bilan tabriklab, o‘quvchilarga o‘z e'tiroflarini, samimiy tilaklarini izhor etdilar.
👭O‘quvchilar o‘zlarining go‘zal kuy, qo‘shiq, raqslari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, tarjima asarlari, ayni Navro‘z bayramini madh etuvchi go‘zal she'rlari hamda ota-onalariga yozgan dil izhor maktublari bilan Navro‘z shodiyonalariga o‘zgacha mazmun, o‘zgacha shukuh, bayramona kayfiyat baxsh etishdi.
🥇Bir qator tanlovlar va viloyat olimpiadalarida nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ijod maktabi o‘quvchilarning ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅Shundan so‘ng, maktab kirish qismida turli noz- ne'matlar bilan bezatilgan, milliy taomlar tortilgan dasturxonni ko‘zdan kechirishdi.
💐Bayram tantanasi yigʻilganlarga xush kayfiyat bagʻishladi.
✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati
ALISHER NAVOIY XIYOBONI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MASKANIGA AYLANDI
Joriy yilning 9 fevral kuni Farg‘ona shahrida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyga tavalludining 582 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrulla Bozarov Navoiy haykali poyi atrofida ma’naviyat va ma’rifat maskani tashkil etish, bu yerni aholi madaniy hordiq oladigan joyga aylantirish taklifini bildirgandi. Xususan, Navoiyxonlik kunlari, Navoiy g‘azallariga bitilgan qo‘shiqlar tadbiri, mushoiralar o‘tkazish kerakligini, xiyobonni yanada ko‘kalamzorlashtirish, o‘rindiqlar sonini ko‘paytirish, bepul Wi-fi zona tashkil etish hamda QR-kodli kutubxonalar o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.
Qisqa fursat ichida Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan xiyobon viloyat hokimi tavsiyalari asosida yangicha chiroy ochib, o‘zida bir qancha imkoniyatlarni mujassam qildi. Endi u ijodkorlarning, aholining haqiqiy ma’naviyat va ma’rifat maskaniga aylandi.
Bugun yangi qiyofa kasb etgan xiyobon ijodkorlar, ziyolilar hamda yoshlarni "Nazm va navo" kechasida jamladi. Tadbirda qatnashgan Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Mas’udjon Sulaymonovlar barcha yig‘ilganlarni muazzam xiyobonning imkoniyatlari bilan tanishtirib, uning ma’naviyat va adabiyot rivojiga xizmat qilishiga, yoshlarning adabiy muloqot maydoniga aylanishiga umid bildirdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari vazifasini bajaruvchi Dilshoda Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Nilufar Ergashevalar o‘z dil izhorlarida bu yerdagi o‘tkaziladigan tadbirlar an’anaga aylanishini ta’kidladi.
Hazrat Navoiy g‘azallari bilan kuylangan qo‘shiqlar, yosh ijodkorlar tomonidan aytilgan she’rlar kechaga fayz kiritdi. Endilikda bu kabi tadbirlar tizimli o‘tkazib boriladi.
Bugun an'anaga ko'ra "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan O'quvchilar, Talaba-o'quvchilar va Talabalar ligasi Qishki mavsumining navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
➖@zakovatfargona➖
Ҳайрат ва ҳавас билан юксак мақсадлар сари
Зулфияхоним издошлари
📍https://uza.uz/posts/463505
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
2⃣0⃣-yanvar 2021-yil, chorshanba.
🎉 BAYRAMLAR:🎉
🐧 Xalqaro pingvinlar kuni.
🇺🇸 Amerika - “Martin Lyuter King kuni” bayrami.
🇦🇿 Ozarbayjon - Motam kuni.
🇷🇺 Rossiya, Dog‘iston - Respublika tashkil topgan kun (1813).
🇱🇻 Latviya - Barrikada himoyachilarini xotirlash kuni (1991).
🇷🇺 Rossiya, Qrim - Respublika kuni.
🇪🇸 Ispaniya - Tamborrada.
🇨🇻 Kabo-Verde - Milliy qahramonlar kuni.
🇲🇱 Mali - Qurolli kuchlar kuni.
📔Tarixda bugun:📔
📔 1256 - Lesterning 6-grafi Simon de Monfor birinchi ingliz parlamentini yig‘di.
📔 1752 - Luidji Vanvitelli Kazertdagi qirol saroyini qurishni boshladi.
📔 1841 - Britaniya qo‘shinlari Gongkongni okkupatsiya qildi.
📔 1892 - AQSHda birinchi basketbol oʻyini.
📔 1921 - Turkiyaning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
📔 Kun tarixiga oid eng ishonchli va tezkor ma'lumotlarni @kalendarlar kanalidan topasiz
📔 1942 - Vanzey konferensiyasi Yevropa taqdiri masalasini koʻrib chiqdi.
📔 1944 - Britaniya HHK Berlinga 2300 tonna bomba tashladi.
📔 1961 - John Kennedy AQSh Prezidenti etib saylandi.
📔 1967 - Sergeli tumani - tashkil etildi.
📔 1976 - Damurdagi qirg‘in.
📔 1990 - Bakuda qonli voqealar.
📔 1996 - “Asakabank” - davlat-aksiyadorlik tijorat banki, faoliyatini boshladi.
📔 1996 - Yosir Arofat Falastin muxtoriyati prezidenti etib saylandi.
📔 2009 - AQShning 44-prezidenti Barak Obama prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi.
📔 2018 - Turkiya Suriyaning shimolida “Zaytun butog‘i” harbiy operatsiyasini boshladi.
📗 Bugun AQSHning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiya marosimi
🎁 TAVALLUDLAR:🎁
🇮🇹 225 - Mark Antoniy Gordian Piy (244) - Rim imperatori.
🇫🇷 1775 - Andre Mare Amper (1836) - fransuz fizigi, matematik va ixtirochi.
🇹🇷 1902 - Nozim Hikmat (2019) - turk shoiri va yozuvchisi.
🇮🇹 1920 - Fellini Federiko (1993)–italiya kinorejissyori, jurnalist.
🇺🇿 1922 - Turg’un Alimatov (2008) - sozanda (dutor, tanbur, sato). O’zbekiston xalq artisti (1992).
🇺🇿 1952 - Xurshid Davron - Iste’dodli shoir va publisist, O‘zbekiston xalq shoiri.
🇷🇺 1952 - Irina Allegrova - qo‘shiqchi, Rossiya xalq artisti.
🇺🇿 1966 - Salomat Vafo - adiba.
🇷🇺 1976 - Anastasiya Volochkova - rossiyalik balerina.
📚 Kun tarixiga oid eng ishonchli va tezkor ma'lumotlarni 👉 @kalendarlar kanalidan topasiz
MAQTOVNI KIM KO‘TARAR?
Qirg‘izchadan
Muqimjon Nurboev tarjimasi.
Maqtovni yorug‘ sochgan Oy ko‘tarar,
Oqarib otgan tongni Kun ko‘tarar.
Oq-qoraga guvoh bo‘lgan ajoyib
Tilsimni xosiyatli Tun ko‘tarar.
Bandasin nono‘rligin faqatgina
Begunoh qora Ona-Er ko‘tarar!
Maqtovni qalqib yotgan ko‘l ko‘tarar ,
Suvga zor qaqrab yotgan cho‘l ko‘tarar .
Issiqda, sovuqda qilt etmagan
Oq qorli, huv viqorli tog‘ ko‘tarar!
Kimnidir maqtayversang ko‘zin suzib,
Manmansirab yoningda tomoq qirar...
Maqtovni joydan jilmas tosh ko‘tarar ,
Osh ta’min qorni ochgan och ko‘tarar .
Kelajakka salmoqlab qadam qo‘ygan
O‘z dardi, fikri bo‘lgan bosh ko‘tarar .
Toliqmay, olg‘a yurgan ,,O‘saman” ,deb
Jamiyatni aqlli jon ko‘tarar !
Qunduzbu Mamatova she’ri.
Qirgʻizistonlik shoira Qunduzbu Mamatova bilan onlayn muloqot.
Quydagi havola orqali⤵️⤵️⤵️
Join Zoom Meeting
https://us04web.zoom.us/j/73903757685?pwd=SXBXa2RTWjlIWkQ2OWhrNFVjOHdqUT09
Meeting ID: 739 0375 7685
Passcode: qardash
***
I said holding by your chin and cheeks I kiss
Licking your eyes with eyelids and brows I kiss
Smelling your rosy cheeks and lips I kiss
If you say “no, no, no,” your foot I kiss
***
Dedim zaqaning tutib saqog‘ingni o‘pay
Ko‘z qoshingga surtibon qabog‘ingni o‘pay
Guldek yuzing istabon dudog‘ingni o‘pay
Yo‘q, yo‘q, yo‘q agar desang oyog‘ingni o‘pay
Saidaxon Muhiddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8 – sinf o‘quvchisi.
👉TelegramI OromgohI FacebookI O‘zbegim👈
19-yanvar 2021-yil, seshanba.
BAYRAMLAR:
Butunjahon qor kuni
Patalogoanatomlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Robert Li tug‘ilgan kun.
🇧🇾 Belorussiya - Qutqaruvchilar kuni.
🇮🇸 Islandiya - Turmush o‘rtoqlar kuni.
🇮🇳 Hindiston - Kokbork tili kuni.
🇲🇨 Monako - Monte Karloda Xalqaro sirk festivali kuni.
🇷🇺 Rossiya - Ulyanov viloyati kuni.
TAVALLUDLAR:
- 1736 - Jeyms Uatt (1819) - ingliz ixtirochisi, universal issiqlik dvigatelini ixtiro qilgan.
- 1809 - Edgar Allan Po (1849) - amerika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi, simvolizm boshlovchisi.
- 1912 - Leonid Kantorovich (1986) - sovet matematigi, iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1975).
- 1920 - Xavyer Peres de Kuelyar - Perulik diplomat, BMTning 5-Bosh kotibi.
- 1921 - Hamidova Manzura - terapevt, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
- 1947 - Otayor (2001) - shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1993).
LAYLI TILIDAN
Dunyoyimiz bo‘m -bo‘sh, olam ishqtalab,
Qalbim hissizlikda, yosh to‘la ko‘zim.
Ruhimning yarimi sahro bag‘rida,
G‘amlarga ovlatdim o‘zimni o‘zim.
Qismatim ko‘zingning rangidak qora,
Qirqta kokilimdek ayro baxtimiz.
Cheksiz oshiqlarning pok havasidek,
Taqdiri qòshilmay qolgan baxtmi biz?!
Armonli, azobli manglayimizga,
Muhabbatga qulash baxti bitilgan.
Ishqdan yaralganmiz, foniydan kechib,
Abadiy visolga mahkum etilgan.
✍️ Sarvinoz Tursunova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10 – sinf o‘quvchisi.
ҚАНОАТ
Асл айбим –
Текис йўлда қоқинмоқдир.
Асл бахтим –
Ўзинг кўрмай соғинмоқдир.
Еру кўкдан мудом излаб
Хато қилдим.
Сени топмоқ йўли –
Доим топинмоқдир.
©Аъзам ЎКТАМ
#назмминбари | @inja_sanat