O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
FALSAFA
Ayolning jamoliga hukmronlik qilishni istasangiz unga ko‘zingiz bilan qaramang, aksincha aqlingiz bilan qarang. Ana shunda dekoratsiya ortidagi narsalarni ko‘ra olasiz.
Agar unga tuyg‘u va g‘arizangiz ila boqsangiz birinchi qarashdayoq aqlingizni yo‘qotasiz. U sizga xuddi dengiz qa’ridan chiqib kelayotgan Venera kabi ko‘rinadi. Tuyg‘ular tumanligi ichidan haqiqatni ko‘rish amri muhol. Bunda hayvonot bog‘i jannatga, badbashara maymun farishtaga o‘xshab ko‘rinadi.
Ayol bu kitobdir. Uni avvalo aqlingiz bilan o‘qishingiz lozim. Uning g‘ilofiga qarashdan va mazmuni haqida bir qarorga kelishdan oldin sahifalarini varaqlab chiqishingiz kerak. Sizga yo‘l ko‘rsatadigan narsa oshiqning zavqi emas, tanqidchining zavqidir.
Shuning uchun ayol avvalo sizni aqlingizdan ayrilishingiz uchun o‘z zakovati ila oshiqqa aylantirib olmoqchi bo‘ladi. Aqlingizni yo‘qotsangiz haqiqatni ko‘rmaysiz. Ko‘rsangiz ham vaqt o‘tganidan keyin ko‘rasiz.
Haqiqatni ko‘rganlar faylasufga aylanishadi. Oqibatda ayolni unutib haqiqatga oshiq bo‘lishadi. Go‘zallik haqida, go‘zallik falsafasi haqida kitoblar yozadilar. Go‘zal ayollar haqidagi yozuvlarni unutadilar.
Hatto mana shu faylasufning ustidan kulish uchun ham ayolda hamisha sabab topiladi. Ayol har kuni qo‘ltig‘ida kitob bilan unga ro‘baro‘ bo‘laveradi...!
- Mustafo Mahmud, "Shayton hukm qiladi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Marketing
«Marketing harajatlarini kutilayotgan daromadga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Bunday harakat qilish — aravani otning oldiga qo‘yish bilan barobardir».
- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Nafsimga o‘gitlar turkumidan
Odatda, ikki gapning birida so‘kinib gapiradiganlarni men sira yoqtirmayman. Yozganida so‘kish so‘zlarini qo‘shadiganlarni-ku umuman odobsiz sanayman.
Ko‘chada tugul, buning ustiga, erkaklar bir chetda qolib, mana shu fb.da ham bemalol erkakcha so‘kinib yozadigan ayollar paydo bo‘ldi hatto! Sezgan zahotim bundaylarni yo "do‘stlik"dan o‘chiraman, yoki tagi-tugi bilan gumdon qilaman.
Har qanday g‘azabni so‘kmasdan, odob doirasida ham ifodalasa bo‘ladi. Tilimiz bunga boy.
So‘kish ilgaridan o‘zimizda ham bo‘lgan bo‘lsa-da, bu qadar ochiqlikka o‘risdan keyin chiqdi. O‘risning o‘rgansa bo‘ladigan tomonlari qolib, axloqsiz-odobsiz tomonlarini ko‘proq yuqtirdik o‘zimizga. Bittasi shu so‘kish. So‘kish bo‘lganida ham, pardasiz va boloxonador qilib so‘kish.
Hozir ko‘chalarda, bozorlarda, ulovlarda (tevarakda ayol-qizlar borligiga qaramay) bemalol og‘iz ko‘pirtirib so‘kishlar oddiy hol bo‘lib qolgan. Hatto ayol-qizlar parvo qilmay qo‘ydi. Quloqlarini so‘kish so‘zlariga shu qadar to‘ldirib tashladik, quloqdan o‘tib yuraklariga borib yerlashdi va endi o‘zini tiya olmaganlarining tiliga ham chiqib ketyapti.
Jamiyat o‘zini shunaqa iplos odatlardan baribir toza tutgani yaxshi deb o‘ylayman. Tag‘in bilmadim...
Harholda o‘zimga o‘git bo‘lsin deb yozdim buni. Urkaltak-surkaltak qilib yubormanglar yoqmagan bo‘lsa...
- Nurulloh Muhammad Raufxon
📚 @e_kutubxona
Assalomu alaykum!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
#Saboqlar
AQLNING MISOLI
«Alloh taolo insoniyatga aql berdi. Bu ulug‘ ne’matdir. Aql belgilangan doirada ishlatilsa, ko‘plab foyda keltiradi. Agar o‘z doirasidan tashqarida ishlatilsa, hech qanday naf bermaydi. Bunga bir yaxshi misolni keltirish mumkin. Aqlning misoli oltinni o‘lchaydigan tarozi kabidir. Tilla tortiladigan tarozida bir necha gramm tilla tortilsa, undan foyda olinadi. Chunki u tillani tortish uchun yasalgandir. Agar bir kishi u tarozida tillani emas, biror tog‘ni tortishga urinsa, albatta, u tarozi sinib ketadi. Shundan kelib chiqib, bir kishi «Bu tarozi bo‘lmagan narsa ekan-da», desa, hamma uni ahmoq deb aytadi. Chunki tilla tarozisi tog‘ni tortish uchun yasalgan emas-da!
Bundan maqsad shuki, tarozi o‘z o‘rnidan boshqa joyda ishlatilganligi uchun sinib ketdi».
- Ibn Xaldun
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
HOZIRJAVOBLIK SAN’ATI
Arab tilidagi "ruh" so‘zi jon, kishining ichki olami, his-tuyg‘ularni aks ettiruvchi kayfiyat, ma’naviyat kabi bir necha ma’nolarni anglatadi.
Sha’biydan:
- Ruh ham kasal bo‘ladimi? - deb so‘rasalar,
- Ha, yoqtirmagan odamlaring bilan hamsuhbat bo‘lganingda, deb javob bergan ekan.
Bir kuni do‘stlaridan biri uni ikki yoqtirmagan odamlari o‘rtasida ko‘rib:
- Ruh (jon) qalay? - desa,
- O‘zini taslim qilish arafasida, - deb javob bergan ekan.
Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
📚 @e_kutubxona
📢 📖 ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TAJRIBALI REPETITORLIK KURSI!
🎯 Testlarni aniq ishlash va yuqori ball olishni xohlaysizmi?
🎓 Grammatikani mustahkam bilib, adabiyot savollarini oson yodlashni xohlaysizmi?
🔹 Endi xatolaringizni minimallashtiring va bilimingizni mustahkamlang!
📚 Kursda siz:
✅ Grammatikani sodda va tushunarli usulda o‘rganasiz.
✅ Eng muhim qoidalarni oson eslab qolish texnikalarini bilib olasiz.
✅ Har bir mavzudan testlar yechib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
✅ Adabiyot savollariga javob berish bo‘yicha maxsus metodikalar o‘rganasiz.
✅ Testlarni ishlash tezligingizni oshiradigan fokus usullari bilan tanishasiz.
✅ Bepul demo darsda qatnashib, kurs sifati bilan tanishib olasiz!
📅 Darslar qachon?
📍 Haftada 3 kun (1,5 soatdan) Zoom yoki Telegram videochatda jonli darslar.
📍 Har haftada diagnostik test! Bilimingizni sinab ko‘rasiz va tahlil qilamiz.
📍 Faqat ayol-qizlar uchun maxsus guruh!
🎁 🎉 KURSGA HOZIR YOZILGANLAR UCHUN BONUS! 🎉
🔥 Bepul demo dars + maxsus testlar to‘plami sovg‘a!
🔥 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar uchun individual maslahatlar!
📩 Joylar soni cheklangan!
📲‼️1 bepul dars shu guruhda bo‘ladi qo'shilib oling
/channel/+Fp-hMPSJuMgyYjIy
Audiokitoblar:
🎧 Alvido, Vatan!
🎧 Andalusiya
🎧 Asrga tatigulik kun
🎧 Bag‘dodning qulashi
🎧 Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi
🎧 Don Kixot
🎧 Kichkina shahzoda
🎧 Klod Gyo
🎧 Otamdan qolgan dalalar
🎧 Ot kishnagan oqshom
🎧 Oxirzamon nishonalari
🎧 Payg‘ambarlar tarixi
🎧 Qiyomat
🎧 Qobusnoma
🎧 Savdogarlar ustozi
🎧 Tarixi Muhammadiy
🎧 Turkiston qayg‘usi
🎧 Yosh Verterning iztiroblari
🎧 Chingizxonning oq buluti
📢 📖 ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TAJRIBALI REPETITORLIK KURSI!
🎯 Testlarni aniq ishlash va yuqori ball olishni xohlaysizmi?
🎓 Grammatikani mustahkam bilib, adabiyot savollarini oson yodlashni xohlaysizmi?
🔹 Endi xatolaringizni minimallashtiring va bilimingizni mustahkamlang!
📚 Kursda siz:
✅ Grammatikani sodda va tushunarli usulda o‘rganasiz.
✅ Eng muhim qoidalarni oson eslab qolish texnikalarini bilib olasiz.
✅ Har bir mavzudan testlar yechib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
✅ Adabiyot savollariga javob berish bo‘yicha maxsus metodikalar o‘rganasiz.
✅ Testlarni ishlash tezligingizni oshiradigan fokus usullari bilan tanishasiz.
✅ Bepul demo darsda qatnashib, kurs sifati bilan tanishib olasiz!
📅 Darslar qachon?
📍 Haftada 3 kun (1,5 soatdan) Zoom yoki Telegram videochatda jonli darslar.
📍 Har haftada diagnostik test! Bilimingizni sinab ko‘rasiz va tahlil qilamiz.
📍 Faqat ayol-qizlar uchun maxsus guruh!
🎁 🎉 KURSGA HOZIR YOZILGANLAR UCHUN BONUS! 🎉
🔥 Bepul demo dars + maxsus testlar to‘plami sovg‘a!
🔥 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar uchun individual maslahatlar!
📩 Joylar soni cheklangan! Kursga yozilish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hoziroq bog‘laning!
📲 Bog‘lanish uchun: 👉 @Adhamovna_6
#Maqola
📓 NAZORAT IMPERIYASI: Sun’iy intellekt texnologiyalari va global tahdid
⚙ Maqola
Yangi reallik
#Hubb
- Savatda nima olib ketyapsan?
- Olma!
- Kimga?
- Sevgilimga.
- Nechta?
Qiz hayron:
- Sevgiliga bergan narsani sanaydilarmi hech?
...Odamning qo‘lidagi tasbeh yerga to‘kildi..
📚 @e_kutubxona
Senga bog‘lay bor umidim, Sen O‘zingsan Xoliqim,
Garchi mujrim bandadurman, Sen karamlig‘ Roziqim.
Qotdi qalbim, totdi nafsim ul gunohlar zahrini,
Afving istab qayta keldim, qaydasan deb qoziqim.
Ma’siyatlar haddan oshdi, ayladi qalbim kasal,
Rabbim afvi unga darmon bir tabibi hoziqim.
Jurmim ummondek ko‘rindi, afvinga taqqoslasam,
Afving ummon, tomchi suvdir men o‘ralgan qobiqim.
Bo‘lmasang Sen dosh berolmas banda iblis makriga,
Otam Odam bo‘ldi-ku bas, ul xatoga loyiqim.
• Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
• 2025-03-03
• Bir do‘stimning tavsiyasi bilan "qoziq" so‘ziga izoh berib o‘tishni ma’qul ko‘rdim.
Tug‘ilish, dunyoga kelish - sof tabiat, Islom tabiati bilan bo‘ladi. Bolaning beg‘ubor bo‘lishi shundan. Mana shu - qoziq. Keyin biz gunohlar bilan undan uzoqlashamiz. Borib-borib ko‘zimiz ochilganda yana shu qoziqqa qaytamiz.
- Muqim Mahmud
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
O‘zgarishlar o‘zgarish bilan bo‘ladi.
Biz, masalan, Rossiyada qora mehnatda qulay ishlash uchun rus tilini o‘rganishimiz kerak, degan ma’noda reja tuzar ekanmiz, unda biz o‘zgarayotgan emas, moslashayotgan bo‘lamiz.
O‘zgarishlar o‘zgarish bilan bo‘ladi.
Biz Rossiyada ishlashga majbur bo‘lmaslik yo‘lini, bu taqdirni o‘zgartirish yo‘lini qidirishimiz kerak. Bu esa ta’lim bo‘ladi.
Men yoshligimda farzandimni yaxshi o‘qityapsizlarmi, deb maktabimizga kelgan ota-onani kamdan-kam ko‘rganman. Oqibatda shu bo‘ldik.
Men farzandiga o‘qish kerakligini uqtirgan ota-onani kamdan-kam ko‘rganman. Oqibatda shu bo‘ldik.
Men farzandiga maktabda a’lochi bolalar bilan yur, a’lochilardan o‘rgan, a’lochilarni qadrla, deb o‘rgatgan ota-onani kamdan-kam ko‘rganman. Oqibatda shu bo‘ldik.
Bugungi naslning hozirgi holatiga avvalgi nasl aybdor. Biz esa, keyingi naslning ahvoliga javobgar bo‘lamiz.
O‘zgarishlar o‘zgarish bilan bo‘ladi.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
#Asliyat
Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tomosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, ayoliga dedi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Hamma narsa bor, sut-qatiqqa ehtiyojimiz yo‘q.
- Bizni ehtiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining ehtiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi.
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Jonli efirdagi savol-javob dasturiga telefon bo‘lyapti. Bir erkak kishi imomga savol berayapti:
— Hazrat, bemorlik sababli bachadoni olib tashlangan ayol farzand ko‘rishi mumkinmi?
Imom:
— Yo‘q. Endi u farzand ko‘rolmaydi.
— Iya, taqsir, — dedi ensasi qotib, — axir Alloh taolo xohlasa va "bo‘l" desa, tug‘ishi mumkin-ku!
— Ha, u jihatdan qaralsa, sen ham tug‘ishing mumkin, — dedi imom.
📚 @e_kutubxona
Tavallo, Qodiriy, Cho‘lponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Og‘iz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.🪶
🍄@kitobxonadan
Rad etib boʻlmas taklif yoxud Turk tilidan kafolatli natija...
✨ Sertifikat olish, magistraturaga topshirish, kitoblar mutolaasi uchun Turk tilini chuqur oʻrganishni istayotgan va reja qilgan boʻlsangiz, "Maʼrifat taʼlim"da yangi qabullar boshlandi.
📌 Nega "Maʼrifat taʼlim"?
1. Turk tilidan C1 darajali, tajribali ustoz;
2. Haftada 4 kun dars (1 kun alohida "konuşma"— soʻzlashuv mashgʻuloti);
3. Doimiy 2 ta ustoz nazorati;
4. Har bir daraja oxirida sinov imtihonlari boʻladi va guruhlar saralab shakllantiriladi;
5. Maxsus dars rejasi va interaktiv usul.
«Uyati borlar o‘lib ketgan!»
Aytishlaricha Usmoniylar xalifaligi davrida Shom yurtlari ommaviy hammomlar bilan taniqli edi. Hammomda issiq suv, sovun va boshqa xushbo‘yliklar bo‘lgani uchun ko‘plab odamlar ommaviy hammomlarda yuvinishgan.
Kunlarning birida katta bir hammomga o‘t ketdi. Ichkaridagi odamlar yarim-yalang‘och holida jonsarak bo‘lib tashqariga qochishdi. Ba’zi odamlar esa kiyimsiz holatda tashqariga chiqishdan uyalib ichkarida qolishdi va alanga ichida kuyib halok bo‘lishdi.
Keyin shaharda «Bu yong‘inda kimlar o‘ldi?», — degan savolga bir kishi: «Uyati borlar o‘ldi!», — deb javob berdi.
Shu odamning gapi tarqab masal bo‘lib qoldi. Hozir ham Shomda bu gap mashhur: «Uyati borlar o‘lib ketgan!»
(c)
📚 @e_kutubxona
OXIRGI KUN...
O‘tib borar o‘ttizinchi kun,
Eshitilar shom uchun azon.
Alvido, deyishga qo‘rqaman,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon...
Yelkanlari ufqqa sho‘ng‘igan
Manzarani eslatgan kabi
Qaylargadir savob ko‘tarib
Suzib borar umr markabi.
Men orolda qolayotgan o‘y —
O‘sha ertakdagi Robinzon...
O‘n bir oylik yolg‘izligim qo‘y,
Seni kutmoq — sharaf, Ramazon!
Bittadan yoz, ham qishu bahor
O‘tkazamiz, xo‘p, mayli, degin.
Suyukligim, lekin va’da ber -
Men sho‘rlikni sog‘inib kelgin.
Yelkanlaring xilpillat mahzun,
Ol mendanam ko‘p-ko‘p xavotir.
Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,
Yo‘qligingda ne ishlar sodir...
Sen kelasan, gullar bu maskan
Voqif bo‘lib azaliy sirdan.
O‘n bir oyda dilimni ezgan
Gunohlarim kuyadi birdan.
Unutilar ortdagi zahmat,
Peshonamda rahmat terlari.
Ko‘z yoshlardan qolarmikan-yey
Yurakning vahm, mavhum kirlari?!
Sog‘inching-la but bugun yurak —
Takror-takror vaslingga yetish
Va qo‘shimcha birgina tilak:
Bu oroldan sen bilan ketish!!!"
Ko‘nglim endi tamomiyla to‘q,
Tugab qoldi shomga ham azon -
Lug‘atimda xayr so‘zi yo‘q,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon!
Alvido, deyishga qo‘rqaman...
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Ilm ovdir, mahkam tutgin ovingni,
Yozish bilan kishanlagin "yov"ingni.
Kishanlamay, qochirvorgan besardir,
O‘ljasini asrolmagan ovsardir.
©
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
SUN’IY ONG
Suqrot keltirgan afsonaga ko‘ra, Misr ilohi Tot hukmdor Tamusga yozish san’atini o‘rgatganida, Tamus buning inson ongini zaiflashtirishidan ogohlantirgan edi.
Darhaqiqat, to yozuv paydo bo‘lganiga qadar insonlar ma’lumot va xabarlarni og‘zaki ravishda yetkazar, shuning uchun inson balog‘at va fasohat bilan, mohirona nutq ila so‘zlashga uringan. Inson juda katta hajmdagi ma’lumotlarni oson yodlab olar, uni o‘zgalarga bexato yetkazib berar edi. Buni islomning ilk davridagi badaviylar misolida ko‘rish mumkin.
Yozuvning paydo bo‘lishi va jamiyatda keng tarqalishi og‘zagi nutqning zaiflashuviga va odamlarda balog‘at va fasohat bilan so‘zlashish salohiyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ldi.
Biroq, shu bilan birga ma’lumotlarni yozib qolish, zamonlar va makonlar osha yetkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yozuv kashfiyoti inson hayotining o‘zgarishi, transformatsiyasiga sabab bo‘ldi.
Hind-Arab raqamlari Yevropaga musulmonlar orqali X–XI asrlarda kirib keldi. Biroq, yevropaliklarning ushbu yangilikni o‘zlashtirishiga taxminan 500 yil davr kerak bo‘ldi. Asosan, uning musulmonlar odati ekani, hisob-kitoblarning yangicha usulda qilingani bois aldanib qolishdan xavotir va boshqa sabablar ham shunga ta’sir ko‘rsatdi.
Aytishlaricha, Gutenberg birinchi bor bosmaxonaga asos solganida, Usmoniylar imperiyasi ushbu yangilikni, mavjud kitobat san’atiga zarar berishi va kitoblarning qadrini tushirishi bilan ahamiyatga olmagan. Biroq bosmaxonalar keyinchalik kitob san’atida kutilmagan o‘zgarishlarni olib keldi.
Shu va shunga o‘xshash har bir o‘zgarishlar insoniyat tarixida katta o‘zgarishlar va transformatsiyalarni keltirib chiqaradi.
Har bir davrda inson o‘zining biror salohiyatini yo‘qotib, o‘rniga yangi salohiyatlarni egallaydi.
O‘ylaymanki, sun’iy intellekt ham shunday o‘zgarishlarni olib keladi. Biroq, qo‘rqamanki, Tamus aytganidek, yozuv insonning nutqidagi fasohat va balog‘atga salbiy ta’sir ko‘rsatganidek, sun’iy intellekt afkor-ommani fikrlash va aql yuritish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shundoq ham tiktok va instagram rilslariga mubtalo bo‘lgan insonlar endi aqlini ham ishlatishga erinadigan bo‘lib qoladi. Zotan inson tanasida eng dangasa qobiliyat fikr yuritish qobiliyatidir.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
JOSUS
Xalifa Umar ibn Abdulaziz rohimahulloh xodimi Muzohimga xalifa bo‘lgan paytida shunday degan edi:
"Hokimlar avom xalq orasiga josuslar qo‘yishadi. Men esa seni o‘zimga josus qildim. Agar mendan meni ayblaydigan biror so‘z eshitsang yoki senga yoqmaydigan biror ishni ko‘rsang darhol ogohlantir, menga nasihat qil, meni qaytar!".
📚 @e_kutubxona
AYON
O‘ylab topmaganman baxt degan so‘zni,
Demak, baxtsizlik ham menga oidmas.
Topib bo‘larmidi bosilgan izni,
Ketgan ketib bo‘ldi, qaytmasa qaytmas.
Men tug‘ilgan paytda bor edi orzu,
Armon ham tirikdi anchadan buyon.
Eski nasihatni yig‘ishtir, do‘stim,
Umr o‘tib bo‘ldi, qolgani ayon.
Tole ham tushmagan onam mahriga,
U zotan bir sho‘rlik kasga zormidi?
Yer chorlab turganda qaro bag‘riga
Osmonga sapchishga balo bormidi?
Dunyoni ikki deb yozmishlar tugal,
Nedan bu borada endi xarxasha –
Birisi foniy, lek jilvasi go‘zal,
Biri boqiy, qaysar shunga yarasha.
Bari shodliklarga vaqt bordir hali,
Bir kuni rahmatlar cheksiz yog‘ilar.
Hozir ketdik dilga malham qo‘ygali,
Ketdik, kutib qoldi bizni qayg‘ular!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Dinda ayol-qizlarni o‘qitish kerak deganda avvalo farz bo‘lgan ilmlar nazarda tutiladi. Avlodidan millatga, ummatga xizmat qiladigan yetuk olimlar chiqishini istagan ona iymon-e’tiqod, farzu vojib, halol-harom masalalarini mukammal o‘rganishi lozim. Bo‘lganda ham o‘rganiladigan birinchi darajali ilmlar bular. Bu ilmlarni esa bugun uyda o‘tirib kitoblardan mustaqil ravishda o‘rgansa ham bo‘ladi. (Ma’lum darajada, albatta)
Kasb-xunarga doir qo‘shimcha fazilatlarni keyin o‘rgansa ham bo‘laveradi.
Yana ayollarga xos bo‘lgan zaruriy ishlar bo‘ladi. Doyalik, qizlar uchun tarbiyachi va shu kabi masalalarga taalluqli. Bular ehtiyoj darajasida o‘rganiladi.
Ilmli ayollarda diyonat ham bo‘lganida kelajak avlodni munosib tarbiyalab berishidan umid qilsa bo‘ladi. Yo‘qsa, charchoq tufayli farzandiga vaqti yetmaydigan, ko‘chada ishlab yurgani uchun qomati buzilishidan yoki zo‘rg‘a ishlab topayotgan oylik maoshini yetkaza olmaslikdan g‘am qilib farzand ko‘rmaydigan ayollar ko‘payaveradi. Qarabsizki, bolamni yaxshi tarbiya qilishim uchun o‘qishim kerak degan ayollar faqat ularning rizqini tashvish qiladigan yoki o‘z-o‘zini o‘ylashga majbur qolgan ojizalarga aylanadi.
Ayollar o‘qisin, ilmli bo‘lsin. Faqat avvalo o‘zlariga keyin farzandlariga asqotadigan ilmlarda olima bo‘lsin. Shunda ilmlari hamma uchun foydali bo‘ladi.
- Ikrom Sharif
📚 @e_kutubxona
#Tildan_saboqlar
Qoida:
Bir til chekkadan biron so‘z olishga majbur qolganida u so‘zni o‘z tilining aytilish (talaffuz) qoidasiga moslab oladi (ayrim chet so‘z mahalliy til aytilish qoidasiga uyg‘un kelsa, o‘zgarmasdan ham kirsa bo‘ladi). Butun dunyo tillari chetdan mana shu qoida asosida so‘z qabul qiladi.
Nimagadir faqat o‘zbek tili begana so‘zni ayni begana shaklda olishga majburlangan, miyalarimizga singdirilgan.
To bu buzg‘unchilikdan qutulmas va tilimizning so‘z qabul qilish mustaqil qobiliyatini tiklamas ekanmiz, o‘zbek tili tobora qaramlashib, qashshoqlashib, xunuklashib ketaveradi.
Bir nechta o‘rnak beraman:
"Velosiped" emas, VALASAPID bo‘ladi.
"Akumulyator" emas, AKIMLATIR bo‘ladi.
"Vulkanizatsiya" emas, VULQONLASH bo‘ladi.
"Globalizatsiya" emas, GLOBALLASHUV bo‘ladi.
"Telefon" emas, TILPON bo‘ladi.
"Mashina" emas, MOSHINA bo‘ladi.
"Apparat" emas, APARAT bo‘ladi.
"Avtomat" emas, APTAMAT bo‘ladi.
"Nol" emas, NO‘L bo‘ladi.
Va hokazo...
O‘zbekcha shakllarning ayrimlari agar ko‘zlaringizga g‘alati ko‘rinayotgan va quloqlaringizga g‘alati eshitilayotgan bo‘lsa, bu narsa qoidaning kamchiligi emas, balki ko‘zlaringiz va quloqlaringiz yetti yot begana so‘zga va teskari "qoida"ga allaqachon o‘rganib qolganidandir, tilingiz mustaqilligini yo‘qotganidandir.
Ora-orada shu kabi o‘rnaklar berishda davom etamiz, inshaolloh.
- Nurulloh Muhammad Raufxon
📚 @e_kutubxona
Xorijiy atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish taklif etildi
Terminologiya komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 30 ta xorijiy terminni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha taklif etilgan variantlarni ko‘rib chiqdi.
Unga koʻra:
• aysberg — muztog‘;
• aksiya — yalpi harakat;
• balansirovka — muvozanatlashtirish;
• bruschatka — yo‘lg‘isht;
• vnedorojnik — yo‘ltanlamas;
• diskussiya — bahs, munozara;
• dostavka — yetkazish;
• zona — hudud;
• instrument — ish quroli;
• intensiv — jadal;
• kamera — bo‘lma;
• karving — meva bezakchiligi.
• konstruksiya — tuzilma;
• koordinator — muvofiqlashtiruvchi;
• koridor — yo‘lak;
• kuler — suvlik;
• keshbek — hadya-qaytim;
• lider — yo‘lboshchi, yetakchi;
• marshrut — yo‘nalish;
• navigator — yo‘llagich;
• oprava — ko‘zoynak bandi;
• probeg — yurim;
• poverbank — kuchlantirgich;
• progress, progressiv — ilg‘or, rivojlanish;
• polik — to‘shama;
• svetofor — yo‘lchiroq;
• selfi — o‘zchekim;
• set (ovqatlardan) — to‘plam;
• chellenj — chorlov;
• ekspluatatsiya — foydalanish.
Qayd etilishicha, bu yakuniy versiya emas va ishchi guruh taklif etilayotgan shartlarning milliy ekvivalentlariga oid boshqa fikr va mulohazalar uchun ham ochiq.
📚 @e_kutubxona
"Ayb qidirayotgan bo'lsang barcha oynalar seniki".
- Jaloliddin Rumiy
📚 @e_kutubxona
@fazodasblog — kitoblar, hislar va biroz ijod olami.
Hikoyalarim bilan tanishing:
• Parij koʻchalarida
• Bryusseldagi tong
• «Paris vous attend»
• Salvatore
#Saboqlar
Bir kishi qoziyul quzzot Yahyo ibn Aksamni ko‘rib qolib dedi: Alloh qozini isloh qilsin, qancha ovqatlanay?
Qozi javob qildilar: - Ochlikdan yuqori, to‘qlikdan quyi.
Shundan so‘ng o‘rtalarida shunday savol-javob bo‘lib o‘tdi:
- Qanchalik kulay?
- Ovozingni ko‘tarmay, yuzing yorishguncha.
- Qanchalik yig‘lay?
- Allohdan qo‘rqib yig‘lashda hech malollanma!
- Amalimni qanchalik yashiray?
- Qo‘lingdan kelganicha.
- Qanchasini ko‘rsatay?
- Yaxshilikka qiziqqan ergashadigan va odamlarning gapirishidan saqlaydigan darajada...
📚 @e_kutubxona