dr_muxtorov | Неотсортированное

Telegram-канал dr_muxtorov - Doctor Muxtorov

578

Shifokor va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali Shaxsiy fikr-mulohazalar, tahlil va qiziqishlarim bilan o‘rtoqlashib boraman!

Подписаться на канал

Doctor Muxtorov

Nega qalampir achchigʻi suv ichganda yo‘qolmaydi?

Qalampir tarkibidagi ko‘nlimizni bekuzur qiluvchi, haqiqiy achchiq taʼm beruvchi modda kapsaitsindir. U suvda erimaydi. Shuning uchun qalampir achchig‘ini suv bilan yo‘qotib bo‘lmaydi.

Ammo kapsaitsin – spirtli ichimliklar va yog'larda yaxshi eriydi. Qalampir achchigʻini tez yengishni xohlasangiz, tezda sut ichishni maslahat beraman.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

🧐 "Mozartning miyaga ta'siri"

🎧 Mozartning musiqasi atigi 5 daqiqasi diqqatni jamlashni sezilarli darajada oshiradi.

🧠 Mozartning sonatalari Altsgeymer kasalligini ham davolashda qo‘llaniladi.

🎶 Bugun biz bastakor Amadeus Mozartning eng buyuk klassik asarlaridan bahramand bo'lamiz

👍Trafikingizga achinmaysiz!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

O'zbekiston umumjamoa hisobida 14🥇 ta oltin, 15🥈 ta kumush, 21🥉 ta bronza medal bilan 5-o'rinda bormoqda.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Samarqandda Kevin Speysining maza bo‘lmay, mahalliy shifoxonaga kiribdi. Kinofestival yopilishida bu haqda aytdi:

Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida betakror naqshlarni tomosha qilayotgan vaqtimda chap qo‘lim uvishib qoldi va meni tarixiy shahardagi zamonaviy tibbiyot muassasasiga olib borishdi. Menga tezkor yordam ko‘rsatishdi va yaxshiki, jiddiy hech narsa sodir bo‘lmapti. Samarqandda bu qadar malakali tibbiyot mutaxassislar borligidan hayratga tushdim.

Inson hayoti juda nozik va qisqa, shunday ekan hamma birgalikda bir-birini qo‘llab yashashi kerak.

Akadan bu qadar siyosiy hushyor nutq kutmagandim, O‘zbekistonga tez ko‘nikyapti.

© AsanovEldar

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

2023-yil fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha Nobel mukofot Katalin Kariko va Drew Weissmanga, COVID-19 ga qarshi effektiv nukleozid asosli mRNK vaksina yaratgani uchun berildi.

Bizning olimlarimiz qachon olarkin?

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Immun tizimi "armiyasi"

Rasmda immun tizimi limfotsit hujayralari va ularning alohida guruhlari

🥷Tabiiy killerlar (natural killer cell) — virus yoki bakteriyani zararlaydi, hujayralarni yo‘q qiladi.

🥷Sitotoksik T-limfotsitlar (CD8 cytotoxic cell) — vazifasi tabiiy killerlar bilan deyarli bir xil. Shuningdek o‘sma hujayralarini parchalaydi.

👷‍♂В-limfotsit (B cell) — asosiy vazilaridan biri antitanalar hosil qilish.

👮‍♂Regulyator Т-hujayralar (regulatory T cell) — immun javob davomiyligi va kuchini nazorat qiladi,Т-helperlar va Т-killer funksiyasini tartibga soladi.

🧑‍💻Т-helperlar (CD4 helper T cell) — immun tizimi funksiyasini kuchaytiradi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

"Hayotning o'zi kishilarni tabiblik san'atini izlab topishga majbur etgan".

© Gippokrat

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustozlar!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

O'rganadigan joylarimiz ko'p ekan!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Yod preparatlari(Kaliy yodid)dan o'tkir zaharlanishi belgilari:

-reflektor qusish(qusuq massasi ko'k rangda)
-qorinda og'riq
-diareya(ba'zan qon bilan)
-shilliq qavatlarni malla rangga bo'yalishi
-kamdan-kam hollarda isitma chiqishi

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

SSV: “Tez yordam”ning 4 ta hududiy filialiga yana 100 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi

Bugungi kunda “103” xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda. Yil yakuniga qadar yana 500 dan ortiq ana shunday transport vositasini hududlarga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Yaponiyalik olimlar keksayganda olinadigan yangi bilim va ko‘nikmalar insonni demensiyadan himoya qilishini aniqladi

To‘rt yillik sinov davrida subyektlarning faqat bir foizida demensiya rivojlandi.

Manba

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Darslikni qo'lida ta'm sezadiganlar yozgan bo'lsa kerak. Shunaqa elementar xato qilish mumkinmi a

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Aytmadi demang, kasal bo'lishga haqqingiz yo'q!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Birinchi antibiotik qanday paydo bo‘lgan?

1928-yilda Aleksandr Fleming laboratoriyasidagi tartibsizlik orasida, stafilokokk o‘sayotgan Petri (zamburug‘lar, bakteriya kabilar o‘stiriladigan idish) idishi ichida mog‘orsimon zamburug‘lar guruhi paydo bo‘lganini ko‘rib qoldi. Guruh atrofidagi stafilokokk shaffof rangda edi. Bu uning hujayralari o‘lganidan darak berardi. Olim o‘ylay-o‘ylay, hujayralarni parchalaydigan penitsillin moddasini ajratib chiqardi, aynan shu modda birinchi antibiotik sifatida tarixga kirdi.

Shu tariqa olimning laboratoriyasida o‘sgan tasodifiy zamburug‘lar millionlab hayotlarning haloskoriga aylandi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

❓Kanakunjut urug‘lari zaharli modda saqlashini bilasizmi?

Kanakunjut urug‘i po‘stlog‘ida ritsin deb ataladigan o‘ta zaharli modda mavjud. Bu moddadan 0,5 mg organizmga tushsa, zaharlanish chaqiradi. Agar uning miqdori 0,3 mg/kg ga yetsa(o‘simlik urug‘idan kattalar uchun 20 dona, bolalar uchun 6 dona), o‘limga olib keladi.

Ritsin bilan zaharlanish belgilari:
▪️qusish
▪️qorinda og‘riq
▪️oshqozon-ichak traktidan qon ketishi
▪️suv-tuz balansining buzilishi

Ritsinning antidoti yo‘q. Shuning uchun tabiat qo‘yniga sayrga chiqqanda, o‘zingiz bilmagan o‘simlik qismlarini zinhor iste'mol qilmang. Ayniqsa bolalarga ehtiyot bo‘ling.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Qodiriy, Fitrat, Cho'lpon

Bugun ular otilgan kun. Bugun ularning otilganiga 85 yil bo'ldi. Bugun jadid bobolarimizni xotirlaydigan kun.

https://youtu.be/1ZCZRLwbiaY?si=144XKzZcposhrjJH

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

​​Bu ikki olimning erishgan yutuqlari ko‘lami hayratlanarli. Ular tibbiyot yo’nalishida 2023 yilgi Nobel mukofotiga sazovor bo’libdilar.

Katalin Kariko va Drew Vaysman faoliyatlari 2020-yil oxirida mRNAga asoslangan ikkita juda muvaffaqiyatli COVID-19 vaktsinalarining tasdiqlanishiga olib keldi. Bilamiz, vaksinalar son-sanoqsiz hayotlarni saqlab qoldi va yana ko‘plab og‘ir kasalliklarning oldini oldi. mRNA terapiyas texnologiyasi faqat COVID emas, boshqa kasalliklarni ham davolashga yo’l ochadi.

Doktor Karikoning hikoyasi ajoyib ekan. Vengriyada tug’ilgan va keyin AQShga immigratsiya qilgan. Dr. Kariko o'nlab yillar davomida mRNA ustida ishlagan, natijalar bo’lmagach universitet uning lavozimi olib qo’ygan, hamkasblari unga ishonishmagan, tadqiqotni moliyalashtirish bilan qiyinchiliklarga uchragan. Deyarli nafaqaga chiqishga, kasbdan ketishga majburlangan desa ham bo’ladi. Shunda ham taslim bo’lmagan ekan.

Qizig’i, Karikoning qizi 2012 yilgi London Olimpiadasida eshkak eshish bo'yicha AQSh jamoasi bilan oltin medalni qo'lga kiritgan ekan.

@uzbekonomics

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Nima uchun shamollagan paytda ko‘proq suyuqlik ichish kerak?

Virusli infeksiyada organizmda intoksikatsiya(zaharlanish) bo‘ladi. Virusning eleminatsiyasini tezlashtirish va qondagi titrini kamaytirish uchun ko‘proq suyuqlik(qaynoq suv) ichish kerak bo‘ladi. Shunday ekan qancha ko‘p suv ichsak, virus organizmdan shunchalik tez chiqib ketadi.

Kasal bo‘lgan paytda kuniga eng kamida 3 litrgacha suyuqlik ichish kerak.

Suyuqlik sifatida nimalar ichish mumkin?

📌Quruq mevalardan qilingan kompot
📌Limonli choy
📌Zanjabilli choy
📌Na’matak nastoykasi
📌Malina murabbosi qo‘shilgan choy
📌Moychechak damlamasi
📌Klyukva damlamasi

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Tarjimon shoshib qolib, o'zbekchadan o'zbekchaga tarjima qilmoqchi bo'ldi shekilli.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Intellektual o'yinlarni tanlang

Intellektual o'yinlar miyani charxlaydi, zanglab qolishiga yo'l qo'ymaydi. Faqat bir sohada emas, balki turli sohalarda olingan bilimlar va ularning doimiy sayqallanib turishi miyamizning yanada yaxshiroq ishlashiga imkon yaratadi. Bir masalaga bir nechta rakursdan qarashni o'rgatadi. Ayniqsa mantiqiy fikrlash doimgidanda yaxshiroq ko'rinishga keladi.

Sizlarga tavsiyam "Zakovat" liga o'yinlari, "Zakovat quiz", "Uzquiz" kabi intellektual o'yinlarga qatnashing va ilmiy adrenalindan bahra oling!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Ustozlar rahmat aytganda ham o'rgatishni to'xtatishmaydi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

ЭЪЛОН‼️‼️‼️‼️
Фарғона вилояти Данғара туманида истиқомат қилувчи Тиллабоева Орзухонга ёрдам керак.
Ташхис: - Жигар церрози.
Операция Ҳиндистонда ўтказилади. Операция учун 30.000 (ўттиз минг) АҚШ доллари маблағ зарур.
Операция санаси: 2023 йил 15 октябрь...

Мусулмон биродарлар, охират кунида Аллоҳни раҳматдан умидвор бўлганлар Аллоҳ йўлида эҳсонларингни дариғ тутманглар. Аллоҳ ўзини калами Қуръони Каримда эҳсон қилувчиларни, яхшилик қилувчиларни кўп мақтаган. Аллоҳ ҳузурида мақталганлар қаторида бўлишга шошилинг.
Ар-Раҳмон сураси 60-оятни унутманг "Эҳсонни мукофоти фақат эҳсондир".... Сиз қилган эҳсонни мукофотини Аллоҳдан оласиз Ин ша Аллоҳ....
Карта рақамлари:
Uzcard -- 8600 0610 5385 7818
HUMO -- 4073 4200 3619 8434
Орзухон Тиллабоева....
(‼️Маълумот текширилган. Ўғилларини номерлари +998908540375...)

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

O‘zbekistonda Koreya bilan moliyaviy hamkorlikda milliy onkologiya markazi barpo etiladi

Koreya jamg‘armasi tomonidan “Milliy onkologiya markazini barpo etish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 127,5 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan Koreya voni miqdorida imtiyozli qarz ajratiladi.

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Ularga ko'z tekkan!

Mushtum jurnalidan ajoyib karikatura.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Olimlar tomonidan plastiklarni parchalovchi bakteriya yaratildi

AQShning shimoliy Karolinalik biomuhandislari sho‘r suvda polietilenni parchalay oladigan “GMO” mikroorganizmini yaratdi.

Bu bakteriya Tinch okeanida to‘plangan katta miqdordagi axlat uyumlarini yo‘q qillish maqsadida yaratilgan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

‼️ Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegara bilmas shifokorlar” Xalqaro gumanitar tashkiloti bilan hamkorlikda aholi va aholining infeksiya yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar o‘rtasida OIV, gepatit С va zaxm (sifilis) kasalliklarini erta aniqlash, davo choralarini erta boshlash va aholining boshqa qatlamlariga tarqalishining oldini olish maqsadida “Mobil laboratoriya” xizmati yo‘lga qo‘yildi.

🟢 Ushbu “Mobil laboratoriya” tasdiqlangan rejaga muvofiq joylarga borib aholi va aholining infeksiya yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar o‘rtasida OIV, VGC va zaxm (sifilis)ga ekspress usulida MUTLAQO BEPUL ravishda tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

🔷 “Mobil laboratoriya”ga xohlagan shaxs murojaat qilib, shaxsini sir saqlagan holda (hech qanday hujjat talab etilmaydi), tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi, mabodo tibbiy tekshiruv mobaynida musbat natija aniqlangan taqdirda davolash-diagnostikaga doir tibbiy xizmatlarni olishi mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Qabul boshlanibdi. Hamshiralikka 4 yil o'qitarkan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Nima uchun antibiotiklar ichaklarda muammo keltirib chiqaradi?

Antibiotiklarning asosiy vazifasi — kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni yo‘q qilish. Ammo ayniqsa, keng turda qo‘llaniladigan antibiotiklar yomon bakteriyalar bilan birga ichaklarda yashab, unga foyda keltiradigan bakteriyalarni ham o‘ldiradi.

Natijada mikroorganizmlar muvozanati buziladi va diareya, qorinning dam bo‘lishi, meteorizm kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin

❗️Antibiotiklarning bir haftalik qabuli ichak mikroflorasi tarkibini bir yil muddatgacha o‘zgartirib yuboradi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

“Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchilardan biri zaharli sirop haqida jamoatchilikni xabardor qilgan samarqandlik shifokorlarni, mas’ullarni sudga chaqirishni so‘ramoqda

“Siropdan zaharlanganlar va vafot etganlar bilan bog‘liq holat shifoxona rahbariyati va shifokorlariga 2 oy ilgari ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, nega ular ikki oy davomida bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar berishmadi? Xabar berishgan bo‘lsa, nega vazirlik bu haqda 2022-yilning oktabr oyida mas’ul tashkilotlarga bildirmadi? Murojaat bilan chiqmadi?”, — deydi sudlanuvchi.

Manba: daryo.uz

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…
Подписаться на канал