Assalomu aleykum hurmatli Ota- Onalar aziz oʻquvchilar‼️‼️
19- may kuni DTM ANDOZASIDAGI BLOCK testimiz boʻlib oʻtadi. Aynan avgustdagi imtihonda tushadigan savollarga yaqin boʻlgan savollardan tuzilgan BLOCK testimizga barcha bitiruvchilarni taklif qilamiz.
5 ta fandan boʻlib oʻtuvchi test materiallari DTM tomonidan tuzilgan va buyurtma asosida olib kelinadi.
"DONO ZIYO" oʻquv markazi (sentr) topshiruvchi oʻquvchilariga va (bogʻot) "Az-Zamaxshariy" oʻquv markazi topshiruvchi oʻquvchilariga majburiy.
Test vaqti 9:00-12:00
Test pullik 10000 soʻm
Manzil: "DONO ZIYO" oʻquv markazi Yangariq tumani markaziy shifoxonasi yonida joylashgan.
Oʻzimizning oʻquv markaz oʻquvchilaridan tashqari boshqa oʻquvchilarni ham taklif qilamiz.
Ism familiya va asosiy faningizni @Oybek995773212 shu telegramga yozib yuboring. Roʻyhatga olish 18-may 21:00 gacha davom qiladi.
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.
Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.
Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.
✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.
✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
/channel/xushnudbek/20721
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Расман: Магистратура ва докторантурага қабулидаги сертификат талаби ўзгартирилади!
➖ таълим дастурини хорижий тилда якунлаган талабалар учун сертификат талаби бекор қилинади!
➖ соҳа хусусиятидан келиб чиқиб маданият, санъат, спорт, таълим, соғлиқни сақлаш, ишлаб чиқариш, муҳандислик иши, қишлоқ хўжалиги, ветеринария, архитектура ва қурилиш, физика ва табиий фанлар, транспорт хизматлари йўналишлари бўйича сертификат талаби бир поғона – B1 даражасига туширилади;
➖ хорижий тиллар йўналишларида C1 даражада, аниқ фанлар, биология, математика, ҳуқуқ, журналистика, ахборот-коммуникация технологиялари ва иқтисодиёт йўналишларида B2 даражада сақланади.
Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
⚡️Энди контрактга кирган талаба 2-курсдан грантга ўтиши мумкин, грантга киргани эса контрактга тушиб қолиши мумкин
Олий таълимда ўзгариш: энди давлат гранти 4 йилга битта талабага берилмайди — грантлар ҳар йили юқори баҳоларга эришган талабалар орасида қайта тақсимланади
Бундан ташқари, янги тартибга кўра, муайян бир йўналишга ажратилган давлат гранти доирасида юқори балл тўплаган абитуриент, танлаган олий таълим муассасасидан қатъи назар, давлат грантига тавсия этилади. Яъни, юқори балл олган ёшлар ўқишга кирмай қолмайди.
Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
САЙЁҲЛАР МИННАТДОР
Хоразм вилояти ИИБ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимлари вилоятга ташриф буюраётган маҳаллий ҳамда чет эллик сайёҳларнинг хавфсизлигини таъминлаш, улар билан боғлиқ нохуш ҳолатларнинг барвақт олдини олиш бўйича самарали ишларни амалга оширишмоқда. Шунингдек, улар туристларнинг саёҳат давомида унутиб қолдирган буюм ва ҳужжатларини топиб, бут ҳолатда ўз эгаларига қайтариш чораларини кўришяпти.
Жумладан, Хива шаҳридаги “Ичан қалъа” давлат музей қўриқхонаси ҳудудида унутиб қолдирилган қашқадарёлик Ю. И.нинг сумкаси, андижонлик А. Д.нинг пластик картаси, франциялик Л. В.нинг “Samsung” русумли планшети, Италия фуқаролари П. М.нинг “Xiaomi” русумли планшети ҳамда Ф. Р.нинг сумкаси топилиб, ўз эгаларига торширилди. Сайёҳлар тезкорлик билан кўрсатилган амалий ёрдам учун вилоят ИИБ ХТТБ ходимларига миннатдорлик билдиришди.
Марат ХУДОЙБЕРГАНОВ,
подполковник.
Хоразм вилояти.
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.
Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.
Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Magistraturaga qabul boshlanmoqda
▶️ 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.
✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉 @OTM_XORAZM
2020 va 2021 - yillarda DTM imtihonlarida tushgan savollardan tuzilgan 30 talik variantlar to'plami
Читать полностью…2019-yil kirish imtihonlarida foydalanilgan Matematika test savollari bazasi.
DTM tomonidan chop qilingan.
© Abbos's team
ҲАЁТ ЦИКЛИ
1. 15 ёшгача – аниқ мақсад бўлмайди. Болалар хозирги кун билан яшайди ва келажак хақида бирор ишончли қарор чиқара олмайди.
2. 15-20 ёш – инсон ўз эҳтиёжларини англайди. Ўз қизиқишлари ва эплай оладиган сифатларини шакллантиради. Шу қизиқишлар асосида касб танлайди, турмуш ўртоқ топади, хаётининг мазмунини шакллантиришга қадам қўяди.
3. 20-40-45 ёш – аниқ мақсад, ҳаётдаги ўрни, касби, оила учун қадриятлар тизимини ишлаб чиқаради ва шу тизимига амал қилади. Оиласини мустахкамлай олади ва фарзандлар тарбиясига ўзи ишлаб чиққан қадриятлар ва эҳтиёжлар асосида яшай бошлайди.
4. 45-65 ёш – инсон ўз ҳаёти меҳнати, қадриятлари, ютуқларини хулосалаб бахо беради. Шу бахога қараб, ўзига янги мақсад, янги қадрият, янги қизиқиш пайдо қилиши мумкин.
5. 65-70 ёш - кўпчиликда мақсад қолмайди. Ўз маънавий кучини, вақт ресурсини дам олиш билан ўтказишади. Баъзилар ўз ҳаётини бекор кетмаганидан фахр туйғусини хосил қилишса, баъзилар ҳаётдан нолиб, кўнгли қолиб умрига баҳо беришади.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Биз билан бирга бўлинг!
https://telegram.me/joinchat/EBkeNT8wOXpAsSelKCAtIA
⭕️⭕️⭕️
Xorazm viloyati pedagoglari uchun attestatsiyada ishtirok etish bo‘yicha soatli grafik e’lon qilindi!
📍 Malaka (test) sinovlar o‘tkaziladigan joyi - Urganch tumani 36- son maktab (Urganch tumani Mevazor MFY Quvonch ko‘chasi 51 uy, mo‘ljal: Urganch tuman Hokimyati);
📆 Sana: 26-29-aprel
📊 Fan -Matematika
⚠️ Malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi - ☝️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda to'ldirilgan SO'ROVNOMA
🏪 Agarda sizning arizangiz qabul qilinganu ishtirokchilar ro'yxatida ismingiz chiqmasa @Nurmetovbot ga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin
😄Bizni kuzatishda davom eting qolgan fanlar ham tez orada e'lon qilib boriladi
😎@T_Nurmetov
Assalomu alaukum!
Repititor ustozlarimiz uchun "GEOMETRIYA 2024 " nomli Turkchadan tarjima qilingan kitobimizning elektron varianti (pdf,word) sotiladi.
@Oybek995773212
❗️DIQQAT E'LON!
📣📣YANGIARIQ TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2024-2025-O'QUV YILI UCHUN 5-SINFGA QABUL E'LON QILADI!
✅Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUN dan 20-IYUNGACHA ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
⚡️ Qabul bo'yicha qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
Murojaat uchun:
+998 97 452 88 86
+998 99 541 09 84
👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
🌐 Telegram | Facebook | You tube
⚡️Расман: Ўқишга кириш учун минимал ўтиш баллари кўтарилади
Ўқишга кириш учун минимал ўтиш балли соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл, бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланади. Амалда барча йўналишлар учун – 56,7 балл эди.
❌ Бундан ташқари, грант асосида ўқиган талабаларнинг ўқишни тугатгандан кейин 3 йил ишлаб бериш мажбурияти бекор қилинади.
Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Хоразм вилояти ИИБ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимлари маҳаллий ва чет эл фуқароларининг унутиб қолдирилган нарса ва буюмларини топишда амалий ёрдам кўрсатишди.
Хусусан, “Ичон қалъа” давлат музей қўриқхонаси ҳудудида унутиб қолдирган Қашқадарё вилоятидан келган маҳаллий сайёҳ Ю.Ининг сумкаси, Андижон вилоятидан келган маҳаллий сайёҳ А.Днинг пластик картаси, Италия давлати фуқароси Ф.Р.нинг рюкзаги, Франция давлати фуқароси Л.С.нинг Samsung русумли планшети ва Германия давлати фуқароси П.М.нинг Xiaomi русумли планшети топиб эгаларига қайтарилди. Сайёҳлар нарсалари топиб қайтарилганидан мамнунликларини айтиб, сайёҳлар ҳавфсизлигини таъминлаш учун хизмат қилаётган “Tourist Police” ҳодимларига миннатдорчиликларини билдирдилар.
#Qabul
🗣Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul jarayoni 1-20-iyun kunlari ariza.piima.uz sayti orqali online bo'lib o'tadi.
Zarur hujjatlar quyidagilar:
1.Baholar tabelining direktor tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
2. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati.
3. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota onasi(qonuniy vakil)ning pasport ma'lumotlari.
Qabul bo'yicha barcha ma'lumotlar ushbu kanallarda:
🧿@BagatPschool
🧿@druzmetov
◇ Kombinatorika ◇
▪︎n ta to'g'ri chiziq tekislikni eng ko'pi bilan nechta tekislikga (qismga) ajratishi:
■ (1+2+3+...+n)+1 yoki (n²+n+2)/2
▪︎Tekislikdagi n ta aylana o'zaro (ko'pi bilan) nechta nuqtada kesishishi:
■ n(n-1)
▪︎Tekislikda n ta aylana kesishganda, tekislikni o'zaro nechta tekislikka ajratishi:
■ n(n-1)+1
▪︎Tekislikda n ta aylana kesishganda, tekislikni ko'pi bilan nechta qismga ajratishi:
■ n(n-1)+2
▪︎To'g'ri to'rtburchak n qator va m qator kvadratchalarga bo'lingan bo'lsin. Ushbu holatdan foydalanib, chizmada ko'pi bilan nechta to'g'ri to'rtburchak borligini aniqlash:
■ (1+2+3+...+n)(1+2+3+...+m) yoki mn(m+1)(n+1)/4
▪︎n ta to'g'ri chiziq eng ko'pi bilan nechta nuqtada kesishishi:
■ n(n-1)/2
▪︎Tekislikda a va b to'g'ri chiziqlar o'zaro kesishmaydi. a to'g'ri chiziqda m ta, b to'g'ri chiziqda n ta nuqta berilgan. Berilgan nuqtalar bir-biri bilan tutashtirilganda nechta uchburchak hosil bo'lishi:
■ mn(m+n-2)/2
▪︎n qatorli kvadratchalarga ega bo'lgan kvadratga jami nechta kvadrat borligi:
■ 1²+2²+3²+...+n² yoki n(n+1)(2n+1)/6
▪︎Aylanada yotgan ixtiyoriy n ta nuqtadan nechta vatar chizish mumkinligi:
■ n(n-1)/2
⚡️5 yil staji bor oʻrta maxsus darajadagi xotin-qizlar diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.
Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.
👉 @OTM_XORAZM
👉28.04.2024 kuni tushgan milliy sertifikat savollari
Tahlagan ustozlarga rahmat!
@Matematika_AbdusattorovAzizbek
#kitob
Milliy Sertifikat va Oliygohlarga kirish imtihonlarida BMBA(DTM) tomonidan beriladigan formulalar kitobchasi✅
🔵@MatematikaMilliy_Sertifikat
#test
🔎Milliy sertifikatga tayyorgarlik koʻrayotgan ustoz va abituriyentlar uchun diagnostik testlar✅
Mualliflar: Rustam Ashurmatov, Xolmirzayev A.(manba)
🚀Kuzatib boring 👇
🔵@MatematikaMilliy_Sertifikat
❗️Эслатма: Аввал тест ишлаб, кейин қаерда ўқиш танланади – 2024 йилдан абитуриентлар қабули ўзгаради
2024-йилги қабулдан ОТМга ҳужжат топширган абитуриентлар аввал кириш имтиҳонларида қатнашиб, сўнгра тўплаган баллига қараб йўналишларни танлаши мумкин бўлади. Бу тартиб ҳақида “Энди ҳамма ўқишга кириб кетаркан-да”, деб ўйлаганлар ҳам бор. Аслида, янги тартиб қандай ишлайди? Ҳамма ўқишга кирадими ёки фақат билимлиларми?
Мазкур саволларга Kun.uz мақола тайёрлаган, мақолани тўлиқ қуйида ўқиб чиқишингиз мумкин.
Сафимизга қўшилинг!
👉 @DTM_test_savollari 👈