daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zganing 32,5 mln so‘mini o‘zlashtirgan 17 yoshli yigit ushlandi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Turkiya harbiylari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yoʻq qildi

“Operatsiyalarimiz qatʼiyat va masʼuliyat bilan davom ettiriladi”, — deyiladi Turkiya vazirligi rasmiy xabarida.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda 5 nafar fuqaro oʻzaro janjallashdi

Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil armiyasi Gʻarbiy Sohilda reyd oʻtkazib, 20 nafar falastinlikni hibsga oldi

Gʻazo sektorining Ramallah, Hebron, Nablus, Salfit, Tulkarim va Jenin hududlarida hibsga olishlar qayd etilib, harbiylar bilan toʻqnashuvda 3 kishi halok boʻlgani xabar qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

AQSH hududlari biznesining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini bildirgan edi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Islom Karimovning jurnalist va OAVga munosabati qanday bo‘lgan?

“Tadbir boshlangach, kutilmaganda zalga Islom Abdug‘aniyevich kirib keldilar-da, kelib mening oldimga o‘tirib, barcha jurnalistlarning savollariga ochiq javob berdilar. Agar Islom aka jurnalistika va OAVning jamiyatda o‘rni yo‘q, deb hisoblaganlarida, bu tadbirga kelmagan bo‘lar edilar. Islom Abdug‘aniyevich jurnalistlar bilan qanday ishlash kerakligini juda yaxshi bilar edi”, – deydi “Yangi media” taʼlim markazi direktori Beruniy Alimov.

📹 To‘liq video

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Аvtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qashqadaryoda o‘smir qiz onasining o‘limidan so‘ng otasi unga va singlisiga shilqimliklar qilayotganini aytdi

Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Farg‘onada soy arig'iga suyuq maishiy chiqindilarni to‘kib, suvni ifloslantirgan fuqaro 1 020 000 so‘m jarimaga tortildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozog‘istonda poyezdning 8 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda Aqto‘be viloyatida yuk poyezdi halokati aks etgan videoni bo‘lishmoqda.

“Shalkar – Jem” uchastkasida 58 ta vagondan 8 tasi relsdan chiqib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Angor tumani hokimi uchun olingan Captiva-5 viloyat hokimligi tasarrufiga o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan xarid qilingan avtomobil bo‘yicha tekshiruv natijalarini e‘lon qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Bugun odamlarni obyektiv axborot ham qiziqtirmay qo‘ydi” – Beruniy Alimov

“Hozir jurnalistlar qayerda qonli voqea yuz bergan bo‘lsa, shunday hodisalarni ko‘proq jamiyatga uzatmoqdamiz. Bu holat jamiyatdagi negativ axborotga bo‘lgan ochlikni kuchaytirib yubormoqda. Inson psixologiyasida qo‘rquvga nisbatan qiziqish mavjud. Chunki bizni yoshligimizdan qo‘rqitib kelishadi. Shuning uchun insonlar har doim qo‘rqinchli axborot izlaydi”, – deydi “Yangi media” taʼlim markazi direktori Beruniy Alimov.

📹 To‘liq video

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Moskva viloyatidagi teraktda jarohatlanganlar soni 360 nafarga yetdi. Hafta boshida rasmiylar 180 dan ortiq kishi jarohatlanganini xabar qilgandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xitoy futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbari pora olgani uchun umrbodga qamaldi

Chen Syuyuan 11,23 mln dollardan ortiq pora olgan. Uning harakatlari poraxo‘rlikning o‘ta og‘ir ko‘rinishi sifatida baholanmoqda. Bundan tashqari, pora olgan ya’na uch nafar futbol amaldoriga hukm o‘qilgan

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azo sektoridagi Isroil genotsidi bo‘yicha maxsus hisobotini taqdim etdi

“Isroil uchta genotsid harakatini amalga oshirdi: jiddiy jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish, qasddan to‘liq yoki qisman jismoniy halokatga olib keladigan hayot sharoitlarini yaratish va tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish”, — dedi BMTning maxsus ma’ruzachisi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya Ukrainaning harbiy dron yigʻuv inshootlarini yoʻq qildi — TASS

“Rossiya kuchlarining tezkor-taktik samolyotlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qoʻshinlari va artilleriyasi dushman harbiy dronlarini yigʻish va saqlash inshootlarini yoʻq qildi hamda 136 ta hududda Ukrainaning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi”, — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Saida Mirziyoyeva BMT taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Anas Fayyad Karman bilan uchrashuv oʻtkazdi

Suhbat chogʻida tibbiyot sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Germaniya hukumati Afgʻonistonga 15 million yevro ajratdi

Germaniya Afgʻonistonga 2022-yilda 167 million yevro, 2021-yilda esa 145 million yevro ajratgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev AQSHlik senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi

Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Gʻazoda Isroil hujumidan halok boʻlganlar soni 32 490 nafarga yetdi — Al Jazeera

Arab nashrlari oxirgi 24 soat ichida 76 kishi halok boʻlgani va 102 kishi yaralangani haqida xabar bergan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Farg'onada 80 yoshdan oshgan otaxonga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma berildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Britaniyaning 130 dan ortiq deputati Isroilga qurol sotishni taqiqlashga chaqirdi

“Bugungi kunda Isroil harbiylari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik darajasi ancha yuqori, ammo Buyuk Britaniya hukumati bunga e’tiborsizlik qilmoqda”, — deyiladi deputatlar yo‘llagan maktubda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chish xavfi 2-aprelgacha saqlanib qoladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 600 so‘mga yetdi

🇺🇸 dollar 12 600,14 soʻm (+10,14)
🇪🇺 yevro 13 642,17 soʻm (+23,02)
🇷🇺 rubl 135,92 soʻm (-0,05)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Moskva viloyatidagi Wildberries omborida migrantlarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Xodimlarning pasportlari, migratsiya kartalari, yashash uchun ruxsatnomalari, vaqtinchalik propiskalari va harbiy guvohnomalari tekshirilgan. 21 kishi qo‘lga olingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇹🇷 Turkiyaga kirib-chiqishda xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirildiO‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 163 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu davlatga kiritilmagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda ko‘p qavatli uy hovlisida uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Undan ma’muriy qamoq davri uchun 765 ming so‘m undiriladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Crocus’ga hujum qilgan terrorchilarni o‘limga hukm qilishning iloji yo‘q, chunki bunday jazo Jinoyat kodeksining tegishli moddasida ko‘zda tutilmagan”, — dedi rossiyalik senator Andrey Klishas.

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал