daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Dollarni so‘mga real almashuv kursi dekabr oyiga nisbatan 0,9 foizga qadrsizlandi”, — Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi

Unga Jizzax viloyati IIB tomonidan esdalik qo‘l soati, 5 million so‘m pul va ota-onasi nomiga tashakkurnoma topshirildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Jizzax shahridagi advokatlar hayʼati advokati Jinoyat kodeksining 165- va boshqa moddalari bilan ayblanib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan o‘z himoyasidagi sudlanuvchiga nisbatan, sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatib berish evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️DXX xodimlari Sirdaryo va Namanganda soliq hamda majburiy ijro byurosi xodimlarini, Jizzaxda esa advokatni pora bilan qo‘lga oldi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Texnik xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkin” — “Mehr daftari” hisobidan elektromobillar xarid qilinayotgani haqida

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llovchi “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan elektr va gibrid avtomobillar xarid qilgani haqidagi materialiga izoh berdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Oʻzbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgan

2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi tarkibida 60 yoshdan yuqori yoshdagilar soni qariyb 3,5 mln kishini tashkil etgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Eduardo Eskobar Chilining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya BMTning koinotda qurollanishga qarshi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

BMT Xavfsizlik kengashining 15 a‘zosidan 13 nafari rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Xitoy betaraf qoldi, Rossiya veto sababini taqiq nafaqat yadro quroliga, balki oddiy qurollarga ham tegishli bo‘lishi kerakligi bilan izohladi.

AQSH Moskvani sun‘iy yo’ldoshlarga qarshi yadroviy qurol ishlab chiqarayotganlikda aybladi. Rossiya buni rad etib keladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

NASA 4G internet tarmogʻini Oyga olib chiqmoqchi — CNN

Oʻz navbatida SpaceX kompaniyasi ham 4G tarmogʻini Oyga olib chiqish borasida harakat boshlagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston transport koridori orqali 2024-yili 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirilgan

Belarus–Rossiya–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O’zbekistonda 1-yanvar holatiga 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 million 467 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 foizini tashkil etgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Farg‘onada aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyidan mast holda topildi

U 13 yildan buyon aliment to‘lamay kelgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiyalik siyosiy tanqidchi Aleksey Navalniy xotira marosimiga rahbarlik qilgan ruhoniy vazifasidan chetlashtirildi

Dmitriy Safronovga 2024-yil 15-apreldan boshlab uch yil davomida nikoh oʻqish, diniy libos kiyish va ruhoniylar xochi koʻtarish taqiqlangan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Butun respublika bo‘ylab ijodkorlar bilan "Ma’rifat ulashib" loyihasi o‘tkazilmoqda

Namangan viloyatida o‘tgan anjumanda taniqli adiblar Nabi Jaloliddin, Nurboy Jabborov va Axtamqul Karim yoshlar bilan uchrashdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov:

“1-maydan ayrim tartibga solinadigan tariflarning erkinlashtirilishi, umumiy inflyatsiyaga bir martalik ta’sir ko‘rsatishi mumkin”.

Ayni vaqtda asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan Markaziy bankda matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda milliy liboslarni targ‘ib qilgan ayollarni haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Erkak Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etilgan hamda u o‘zining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targ‘ibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani taʼkidlab o‘tgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Angren shahridagi 17-maktab “Telefonsiz maktab” loyihasida g‘olib bo‘lib, viloyat hokimligining 300 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi

Sertifikatni viloyat hokimi Zoir Mirzayevning o‘zi topshirdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Asakada Nexia-3 yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Jabrlanuvchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“O‘zgidromet” 26-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozog‘istonda qor yog‘ib, havo 8 darajagacha sovishi kutilmoqda

Sinoptiklar janubiy siklon taʼsirida 25—27-aprel kunlari yog‘ingarchilik kuzatilishini prognoz qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 25-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

➖Olmazor tumani — “Miskin”, “Achaobod”, “Xoncharbogʻ” hamda “Guruchariq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Chilonzor tumani — “Qatortol” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌦Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Kobulga tashrif buyurib, “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi

Oldinroq Turkmaniston delegatsiyasi ham “Tolibon” bilan savdo va tranzit masalalarini muhokama qilish uchun Kobulga kelgani xabar qilingan edi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tanzila Norboyeva AQSHning Yuta shtati Senati raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Muloqot davomida investitsiyaviy, tovar va xizmatlar bozori,  togʻ-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Bayden Ukrainaga yordam paketi ajratish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti kecha Senat tomonidan qabul qilingan Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik yordam ko'rsatish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi.

Ushbu mablag'ning deyarli 61 milliardi Ukrainaga berilishi ko‘zda tutilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda marmarni noqonuniy qazib olganlar davlatga 5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Ishtixon tumanida 13,1 ming kub marmar noqonuniy qazib olingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Gretsiya poytaxti Afina chang-toʻzon tufayli apelsin rangiga burkandi — CNN

Sahroi Kabirdan havoga koʻtarilgan chang-toʻzon Yunoniston janubidagi qator hududlarga kirib kelgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi

Shuningdek, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida shunday texnik vositalar oʻrnatib boriladi.

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал