daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

So‘nggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

💵DXX Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71,2 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻydi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Taʼmirlash ishlari tufayli Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 24-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Nurota davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga Qizilqum qo‘ylari muhrlandi

Qizilqum qoʻylari (yoki Seversov qoʻylari) Oʻzbekiston Qizil kitobiga va TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan. Umumiy soni 1800-2000 atrofida.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌤Bugun faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 32-34 darajagacha bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Surxondaryoda sodir boʻlgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola va 3 nafar ayol vafot etdi

Haydovchi ogʻir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Namangandagi “Boʻzchi mozor” arxeologiya yodgorligi hududida uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, 6,9 mlrd soʻm zarar yetkazildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Oʻtkan kunlar” romani arab tilida nashr qilindi

Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasida Abdulla Qodiriy romanining ilk arab tilidagi “Oʻtkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” deb nomlangan nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilgʻili avtomobilni taqdim etdi

Avtomobil uchta motor bilan jihozlangan, ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil harbiylari Livan janubida “Hizbulloh”ning ikki aʼzosini yoʻq qildi

Isroil mudofaa kuchlari "Hizbulloh"ning Livan janubidagi havo-mudofaa boʻlinmasi binosiga zarba bergan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi oliy kengashiga aʼzo boʻldi

Ushbu aʼzolik muftiy faoliyati davomidagi toʻrtinchi yirik tashkilotga aʼzo boʻlish hisoblanadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ,agar Isroil Tehron nazoratidagi hududlarga hujum qilsa, yahudiy davlatidan “hech narsa qolmasligi”ni maʼlum qildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tug‘ilganligi haqida guvohnoma berildi

Qarshi tumanidagi “Ko‘chkak” mahallasida yashovchi Islom ota Berdimurodov 102 yoshga to‘ldi. 8 nafar farzandni tarbiyalagan ota ayni paytda 30 nafardan ortiq nabiraning sevimli bobosi hisoblanadi.

“Biz yashagan zamonlar oddiy davrlar edi. Oddiy dehqon bo‘lganman. Umrimning yarmi paxta dalasida o‘tgan. Mana, bugungi zamonga kelib hamma joylarda hujjat so‘rashyapdi”, — deydi otaxon.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Buxoroda Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari polietilen quvurlarni qimmat xarid qilgani aniqlandi

Ular davlatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-aprelda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 705,00 soʻm (-6,00)
🇪🇺 yevro 13 543,53 soʻm (+5,04)
🇷🇺 rubl 136,11 soʻm (-0,20)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda 25-aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xizmat safari bilan Buxoroga yo‘l olgan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Toshkent temir yo‘l vokzaligacha velosipedda bordi

Prezident farmoniga ko‘ra, Toshkent shahrida har oyning oxirgi chorshanbasi "Avtomobilsiz kun" hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bugun, 24-aprel poytaxtda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan "Avtomobilsiz kun" sifatida o‘tkazilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

AQSH Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam paketini tasdiqladi

Paket hajmi 95 milliard dollarni tashkil etadi, Ukraina uchun 61 mlrd dollar, Isroil uchun 26 mlrd dollarni, shuningdek, G‘azo sektoridagi tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mablag‘larni o‘z ichiga oladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov yirik miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda. U 15 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Vazir o‘rinbosari bilan birga yana bir necha kishi hibsga olingan

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Chorraha ichida sariq rangli chiziq bilan chizilgan toʻrtburchak nimani anglatishi boʻyicha tushuntish berildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tunis qirgʻoq qoʻriqchilari Oʻrta Yer dengizida 19 nafar muhojirning jasadini aniqladi

Soʻnggi toʻrt oy mobaynida Tunis sohillarida choʻkib halok boʻlgan muhojirlar soni qariyb 200 nafarga yetgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Iordaniya Gʻazoga havodan gumanitar yordam yuklari tashladi

23-apreldagi yordam dasturi AQSh, Misr va Germaniya bilan birgalikda amalga oshirilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

AQSH “Tolibon” hukumatini tan olmasligini maʼlum qildi

AQSH Davlat departamentining 22-aprel kuni eʼlon qilgan hisobotida “Tolibon” rahbariyati mamlakatda inson huquqlari buzilishiga yoʻq qoʻyib bergani uchun qattiq tanqid qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Gʻazo janubidagi Xon Yunus kasalxonasidagi ommaviy qabrdan 40 ga yaqin jasad topildi

Hozirga qadar kasalxona hududidan topilgan jasadlarning umumiy soni 310 nafarga yetgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida YPX markaziga yuboriladi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayevning tushuntirish berishicha, vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Afgʻonistonning Badaxshon viloyatidagi suv toshqinlarida 100 ga yaqin aholi xonadonlari vayron boʻldi

Ushbu hodisa oqibatida uchta kichik yengil avtomobil ichidagi jami yoʻlovchilari bilan bedarak yoʻqolgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Senati raisi Tanzila Norbayeva Buyuk Britaniya davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida Oliy ta’limda zamonaviy sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ingliz tilida o‘qitiladigan ta’lim dasturlarini kengaytirishga alohida urg‘u berilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozog‘istonda ham TikTok bloklanishi mumkin

“Ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kontentlar soni ortib boryapti. Global tendensiya davom etmoqda, ko‘plab davlatlar ba’zi ijtimoiy tarmoqlardan voz kechishga majbur bo‘lmoqda”, — deydi madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

💡 “Subsidiya” oʻzi nima va nega soʻnggi paytlarda energetika sohasi haqda gap ketsa, bu soʻz tez-tez qulogʻimizga chalinyapti?

Subsidiya tizimining adolatsizligi shundaki, kim koʻp isteʼmol qilsa, shu koʻp yordam oladi. Vaholanki, aslida teskarisi boʻlishi, kim koʻp isteʼmol qilsa, shu koʻp haq toʻlashi kerak.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Buyuk Britaniya davlat kotibi Toshkentda dunyoga mashhur o‘zbek palovidan tatib ko‘rdi

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал