daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Pokiston Afgʻoniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi

Topshirilgan bazalar Pokistonning Balujiston viloyati hududida joylashgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) boshlang‘ich qiymati 30 foizigacha, 6 oyda sotilmaganda 10 foizigacha pasaytiriladi.

To‘lovlarning 15 foizini 3 oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xususan, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida ommaviy savdolarga chiqariladigan 250 ga yaqin ulushlar ro‘yxati, davlat ishtirokidagi korxonalarning qariyb mingta ko‘chmas mulk obyekti ro‘yxati, mahalliy fond bozorida aksiyalarning ommaviy taklifi o‘tkaziladigan 12 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar o‘zgarishi izoh berdi:

Elektr energiyasiga «narx ko‘tarilmasin, aholiga og‘irlik bo‘lmasin» -deb elektr energiyasi tannarxi va sotuv o‘rtasidagi ortiqcha mablag‘ byudjetdan qoplanyapti. Bu byudjet xalqni mulki, lekin undan ayrim iste’molchilar ko‘p sarflashadi, ba’zilari kam ammo ikkalasi ham subsidiyadan  foydalanishadi. Yangi tarif to‘lovi bo‘yicha kam iste’mol qilgan kam mablag‘ to‘laydi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qoraqalpog‘istonda kelin sepini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Sepning umumiy qiymati 15 mln so‘mni tashkil etgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya hukumati Estoniya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Boltiqboʻyi davlatining har qanday “dushmanlik faoliyati”ga har doim “tegishli javob” berilishini maʼlum qilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻni tark eta boshladi — Kreml

Tinchlikparvar harbiy kontingent umumiy soni 2000 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va 90 ta zirhli transport vositasidan iborat ekanligi maʼlum qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Afg‘onistonning Hilmand viloyatida mashinasi bilan suv toshqinida qolib ketgan erkak “Tolibon” milliy armiyasi vertolyoti yordamida qutqarib olindi.

“Tolibon” rasmiylari Afg‘oniston bo'ylab suv toshqinlari oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Isroil Gʻazoda 14 ming begunoh bolani oʻldirib, Gitlerdan ham oʻzib ketdi” — Turkiya prezidenti

Prezident Erdo’g’on Isroilning Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarini tarixdagi eng katta sharmandalik deb atagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda “uchastkavoy” pichoqlanishi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇬🇪 Gruziya parlamenti mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Antimonopoliya qo‘mitasi shakar narxi arzonlashganini ma’lum qildi

Qo‘mita tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan, shakar realizatsiyasi doimiy tahlil qilib borilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Venetsiyadagi nufuzli Ka Foskari universitetida “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasining “Shakl va ramz” nomli ikkinchi qismi ochildi.

“Tashrif buyuruvchilar avangard ustalarining asarlari, arxiv suratlari va multimedia obyektlari orqali madaniy boylik hamda avant-garde orientalis rivojlanish bosqichlari bilan tanishish, shuningdek, madaniy merosni saqlab qolishda Igor Savitskiyning roliga baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Termizdagi istirohat bog‘ida bolalar o‘tirgan attraksion o‘rindig‘i sinib tushdi

Oqibatda 4 nafar bola jarohatlangan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Andijondagi oila issiqxonada gulkaram yetishtirish, tayyor hosildan salat tayyorlab sotish orqali yiliga 300 million so‘mgacha daromad topmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan ko‘chmas mulklarning kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun to‘lovlarni Xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, yangi dastur doirasida, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun hamda xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun savdolarga chiqariladigan yer uchastkalarining ro‘yxatlari shakllantirildi hamda ularni savdoga chiqarish soddalashtirildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich bahosi 10 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi.

2024-yil 1-yanvargacha auksion orqali ijaraga olganiga kamida 5 yil bo‘lgan va majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarga davlat mulkini baholangan qiymatda sotib olish taklif etiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari va ko‘chmas mulk obyektlari samaradorlik jihatidan tahlil qilinib, yangi dastur ishlab chiqildi

Shavkat Mirziyoyevga 2024-yilgi xususiylashtirish dasturi va uning ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari taʼsiriga tushgani aniqlandi

U hozirda Suriyaning Idlib shahridagi jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani aytildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Turkiya prezidenti bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda — Al Jazeera

Turkiya prezidenti matbuot xizmati bayonotida prezident Erdo’g’on Falastin vakillarini “mehmon qilish”i aytilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ukrainadagi urushda kamida 50 ming rus askari halok boʻldi — The Moscow Times

Oʻlimlar haqidagi statistikaga Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi raqamlar kiritilmagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Parkentlik shoir Zohidjon Olov odamlar "Achchiqko‘l" deb atayotgan joy aslida Hojiko‘l ekani haqida yozdi.


"Parkentdagi Oqjarning etagida yastangan sirli ko‘lning nomi Achchiqko‘l emas, mutlaqo! U — Hojiko‘l. Xuddi o‘rislar Xoltoyevni Xaltayev, Hojiyevni Xadjiyev, To‘xtayevni Taxtayev deb yozganidek, Hojiko‘lni aytolmay, Ajikul degan bo‘lsa, bizning pul topib, aql topmagan savodsizlar "Achchiqko‘l" bo‘lsa kerak, deyishgan o‘zicha. Xato bu! Hojiko‘l!"

— deb yozadi shoir o‘z sahifasida.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“M39” Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 60 km qismi rekonstruksiya qilinadi

Loyiha 5 yil (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2024-2029-yillar) da amalga oshiriladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Tojikiston bilan Namangan viloyati oʻrtasidagi chegaralar ochilishi iqtisod, tadbirkorlik va fuqarolarimiz uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Pop tumanida Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Asht tumanidagi chegara-posti ochilgan. Bugungi kunda mashinalar bemalol qatnamoqda, eksport qilish mumkin”

— Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2 ming 629 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-aprelda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 694,96 soʻm (+23,12)
🇪🇺 yevro 13 508,71 soʻm (+39,81)
🇷🇺 rubl 134,66 soʻm (+0,02)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi gʻoliblari toʻgʻrisida ma’lumot berildi

Maktablarni moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash boʻyicha:

▫️Elektron doskalarni xarid qilish yoʻnalishida —
279 ta maktab gʻolib deb topilgan;

▫️Oʻquv partalarni yangilash yoʻnalishida —
234 ta maktab gʻolib deb topilgan;

▫️Kompyuterlar bilan ta’minlash yoʻnalishida —
234 ta maktab gʻolib deb topilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Angren shahrida 92,51 gektar, Bekobod tumanida 22,09 gektar, O‘rta Chirchiq tumanida 29,34, 22,03 va 52,76 gektar, Quyi Chirchiq tumanida 146,19 gektar, Yangiyo‘l tumanida 45,3 gektar, Yuqori Chirchiq tumanida 92,45 gektar, Ohangaron tumanida 85,28 gektar, Zangiota tumanida 81,69 gektar yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shuningdek, kelgusida mazkur qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilishi belgilangan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqand shahrida 13—14-may kunlari “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston biznes forumi ish boshladi.

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал