daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston biznes forumi boshlanishi oldidan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Surxondaryoda chet elga chiqishni istagan ota 5 ming dollar aliment oldindan to‘ladi

Qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar o‘zgarmoqda. Kimga qanday yengilliklar bor?

2024-yilning may oyidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar o‘zgarishi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga va ayrim toifadagi iste’molchilarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani markazida muzey tashkil etish rejalashtirilgan

U ikki qavatli boʻlib, eng ilgʻor qurilmalar bilan jihozlanishi, interfaol usullar qoʻllanilishi moʻljallangan. Muzey oldidagi xiyobonda Beruniyning muazzam haykali oʻrnatiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Hozirgi kunda aeroportdagi uchib ketish terminali rekonstruksiya qilinmoqda. Bu uch bosqichda amalga oshirilib, roʻyxatdan oʻtkazish, bojxona va xavfsizlik imkoniyatlari kengaytiriladi. Natijada yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish quvvati soatiga 1 200 kishidan 2 400 nafarga yetadi. Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Dubay xalqaro aeroporti ob-havo yaxshilanmaguncha barcha parvozlarni toʻxtatib turishga qaror qildi

Bugun kun davomida kuchli yomg‘ir yog‘ishi va chaqmoq chaqishi oqibatida 45 dan ortiq reyslar bekor qilingandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Turkiya xavfsizlik xizmati Gretsiyaga noqonuniy oʻtishni rejalashtirgan 2 nafar terrorchini qoʻlga oldi

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi qoʻlga olinganlar Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador boʻlganligini ma'lum qilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Dubayda kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqardi

Metro, kafe va restoranlar suvga to‘ldi. Dunyodagi eng katta savdo markazi bo‘lgan Dubai Mall’da quvur yorilib, mahsulotlar suv ostida qoldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Mintaqamizga navbatdagi mojaro kerak emas” — Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri

Faysal bin Farxon Ol Saud Isroil va Eron hukumatlarini vazmin boʻlishga, keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Chorva yetkazayotgan zarar, o‘simliklar noqonuniy kesilishi, ortayotgan chang-to‘zonlar — Senat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holati yuzasidan hukumatga so‘rov yubordi

So‘rovda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganiga alohida urg‘u berilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qoʻyildi

“Foydalanilgan Eron ballistik raketasi: yaxshi holatda” deya tavsif berilgan reklamalar “al-Sooq al-Maftouh”platformasida paydo boʻlgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tadbirkorlar reytingida “A” toifadagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olish va uni 70 foizi miqdorida aylanma mablagʻ uchun kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Toʻqimachilik korxonalariga obyektlarni oʻz kuchi bilan qurishga ruxsat beriladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xitoy Isroilni Gʻazoda oʻt ochishni qatʼiy toʻxtatishga chaqirdi

Pekindagi ma'muriyat Isroildan tinchlikka erishish uchun barcha resurslarni safarbar qilishni soʻragan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Koʻrib turibsizlar, sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish oʻrinlari ham koʻpaymaydi. Bu borada yagona toʻgʻri yoʻlimiz – mavjud xom ashyoni toʻliq qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish va anʼanaviy “arzon” bozorlardan – yangi, “qimmat” bozorlarga kirib borish” — Shavkat Mirziyoyev


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston Koreya bilan diniy ta’limda hamkorlik qiladi

Shuningdek, mehnat migrantlari ko‘p joylashgan hududlardagi masjidlarga o‘zbekistonlik imom-xatiblarning uzluksiz ma’rifiy suhbatlar tashkil etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Falastinlik mahbuslar Isroil armiyasi tomonidan jinsiy zoʻravonlikka uchragan — BMT

BMT mahbuslarga jinsiy zoʻravonlik qilinishi yuzasidan Isroilga ogohlantirish yuborgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil uyushtirgan havo hujumida “Hizbulloh” qoʻmondoni halok boʻldi — Al Jazeera

Isroil harbiylari Livan janubidagi Ayn-Baal shahrini havodan bombardimon qilgani xabar qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

2022-yil 29-avgustda Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishiga poydevor qoʻyilgan edi

U yerda koʻp qavatli uylar, maktab va bogʻchalar, sport va madaniyat markazlari, xiyobonlar, texnopark va boshqa majmualar barpo etiladi. Xususan, shaharcha markazida Al-Xorazmiy universiteti quriladi. Loyihaga koʻra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari boʻladi, 4 ming talaba taʼlim oladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda yana bir “uchastkavoy” pichoqlandi

Voqea poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Afgʻonistonda soʻnggi uch oy ichida yuqumli kasalliklar tufayli 1200 dan ortiq odam vafot etdi — JSST

Soʻnggi bir necha oy davomida Afgʻonistonda yuqumli kasalliklar, jumladan, qizamiq va diareya bilan kasallanganlar soni keskin oshib ketgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Borrel: “Yevropa Ittifoqi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kirita olmaydi”

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmasini mazkur ro‘yxatga qo‘shish masalasi bir necha bor muhokama qilinganini ta’kidladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Aziz Uralov Boyovut tumani prokurori etib tayinlandi

U mazkur tayinlovga qadar Sardoba tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

⛈ Dubayda kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida mahalliy aeroportning uchish-qo'nish yo'lagi tom ma'noda dengizga aylandi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Sanoat tarmoqlari orasida eng koʻp ish oʻrinlari yaratgan ham, eng koʻp aholini band qilib turgan soha ham bu – toʻqimachilik sanoati” — prezident

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Yigʻilishda Klasterlar uyushmasi va Toʻqimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi

Sohadagi muammolarni tadbirkordan yaxshi biladigan odam yoʻqligi bois, uyushmani toʻqimachilikning har bir yoʻnalishidagi tadbirkorlardan iborat kengash boshqaradi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Bundan tashqari, mutasaddilarga:

➖ gazlama, boʻyash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotajdagi 10 million dollargacha boʻlgan loyihalar uchun chet el valyutasida olinadigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 6 foizdan yuqori qismini kompensatsiya qilish;

➖ toʻqimachilik korxonalari aylanmasi uchun berilgan kreditlarning qaytarish muddatini uzaytirib, tadbirkorlarga grafik boʻyicha oʻz vaqtida qaytarilgan summaga teng miqdorda “revolver” kredit berish;

➖ poytaxt va viloyat markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida milliy mahsulotlar doʻkonlarini tashkil qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish topshirildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Mutasaddilarga “A” reytingi bor tadbirkorlarga ham ikki yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish boʻyicha bir kunda xulosa berish tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi

Shuningdek, xorijdagi “erkin zonalar”ning omborlarini ijaraga olish, boʻyalgan mato eksport qilgan korxonalarga xorijiy valyutada kredit ajratish tizimini joriy qilish boʻyicha topshiriq berildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Muloqotda tadbirkorlar:

🔹 korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish;

🔹 qoʻshilgan qiymat soligʻini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish;

🔹 boʻyalgan mato eksportini kengaytirish;

🔹 eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish;

🔹 toʻqimachilik korxonalarining obyektlarini qurishda yengillik berish;

🔹 korxonalarning arzon moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondirish;

🔹 mamlakatda ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlarini ommalashtirish masalalarini koʻtardi.

Davlat rahbari bildirilgan fikr va takliflarni chuqur oʻrganib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil harbiylari Gʻarbiy Sohilda 25 nafar falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olishlar ,asosan, Sharqiy Quddus, Hebron, Baytlahm, Qalqilya va Jeninda amalga oshirilgan.

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал