daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Germaniyada Xitoy foydasiga josuslik qilgan parlament deputati yordamchisi hibsga olindi

Gumonlanuvchi yanvar oyida Yevropa parlamentidagi muzokaralar va qarorlar haqidagi maʼlumotlarni Xitoyga uzatgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Chilining yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkent viloyatining 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Shundan:

▫️turar joylar — 18 773 ta;
▫️noturar joylar — 891 ta;
▫️ko‘p qavatli uylar — 52 ta.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda 1-aprel holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 606 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ukraina dronlari Smolensk viloyatidagi ikkita neft bazasiga hujum qildi

Obyektlarda 26 ming kub metr Rossiya yonilgʻisi saqlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Quyoshda to‘rtta chaqnash sodir bo‘ldi, yaqin kunlarda Yerni magnit bo‘ronlari qoplashi mumkin.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Kipros Yorgallis Kiprning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchi bilan uchrashib, ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Argentinada namoyishchilar prezident Xavyer Miley siyosatiga qarshi mitingga chiqdi

Ular hukumatning universitet rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish qarorini bekor qilishga chaqirmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

So‘nggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

💵DXX Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71,2 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻydi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Taʼmirlash ishlari tufayli Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 24-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Nurota davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga Qizilqum qo‘ylari muhrlandi

Qizilqum qoʻylari (yoki Seversov qoʻylari) Oʻzbekiston Qizil kitobiga va TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan. Umumiy soni 1800-2000 atrofida.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌤Bugun faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 32-34 darajagacha bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Surxondaryoda sodir boʻlgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola va 3 nafar ayol vafot etdi

Haydovchi ogʻir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Rossiyaning Ukrainadagi gʻalabasi Yevropa tarixini oʻzgartiradi” — Yevrokomissiya rahbari

Ursula fon der Lyayen takroran Yevropa Ittifoqi davlatlarini Ukrainani qurol bilan taʼminlash uchun birlashishga chaqirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Afgʻonistonda hibsga olingan ayollarga nisbatan “Tolibon” vakillari tomonidan jinsiy zoʻravonlik qilingan — AQSH hisoboti

Mamlakatning shimoliy tumanlarida hibsga olingan 90 nafar ayoldan 16 tasi “Tolibon” vakillari tomonidan zoʻrlangani xabar qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 25-aprelda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 689,97 soʻm (-15,03)
🇪🇺 yevro 13 557,96 soʻm (+14,43)
🇷🇺 rubl 137,20 soʻm (+1,09)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ijtimoiy tarmoqlarda Orolbo‘yidan dinozavr izlari va dinozavr bolasining suyaklari topilgani haqida xabar tarqaldi.

Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qarashli Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot institutining geologiya laboratoriyasi mudiri Izzet Aimbetov mazkur xabarlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ustyurtda dinozavr izi topilgan.

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda — Bild

Germaniya davlat xavfsizlik xizmati xodimi maktablarda musulmon o‘quvchilar soni keskin oshganini ma’lum qildi. Berlin, Frankfurt yoki Essen kabi yirik shaharlarida musulmon o‘quvchilar ulushi 80 foizdan oshgan maktablar mavjud.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil armiyasi Livan janubidagi “Hizbulloh”ning harbiy obyektlariga zarba bermoqda, deya xabar bermoqda armiya.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇭🇺 Vengriya poytaxtida Navro‘z bayrami va O‘zbekiston elchixonasi ochilganining bir yilligi nishonlandi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Indoneziyada rasmga tushayotgan sayyoh vulqon krateriga tushib ketdi

Qutqaruv operatsiyasi deyarli 2 soat davom etgan, shifokorlar jabrlanuvchiga yordam bera olmagan. Hozirda ayolning jasadini Bali orqali Xitoyga olib ketish rejalashtirilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shoyguning o‘rinbosari sudga Mudofaa vazirligi formasida olib kelindi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovga nisbatan 23-iyunga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. U o‘ziga qarshi ayblovni rad etmoqda

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda 25-aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xizmat safari bilan Buxoroga yo‘l olgan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Toshkent temir yo‘l vokzaligacha velosipedda bordi

Prezident farmoniga ko‘ra, Toshkent shahrida har oyning oxirgi chorshanbasi "Avtomobilsiz kun" hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bugun, 24-aprel poytaxtda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan "Avtomobilsiz kun" sifatida o‘tkazilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

AQSH Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam paketini tasdiqladi

Paket hajmi 95 milliard dollarni tashkil etadi, Ukraina uchun 61 mlrd dollar, Isroil uchun 26 mlrd dollarni, shuningdek, G‘azo sektoridagi tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mablag‘larni o‘z ichiga oladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov yirik miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda. U 15 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Vazir o‘rinbosari bilan birga yana bir necha kishi hibsga olingan

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Chorraha ichida sariq rangli chiziq bilan chizilgan toʻrtburchak nimani anglatishi boʻyicha tushuntish berildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tunis qirgʻoq qoʻriqchilari Oʻrta Yer dengizida 19 nafar muhojirning jasadini aniqladi

Soʻnggi toʻrt oy mobaynida Tunis sohillarida choʻkib halok boʻlgan muhojirlar soni qariyb 200 nafarga yetgan.

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал