“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul
O‘zbekiston pasporti dunyoda 74-o‘rinda qayd etildi
O‘zbekiston fuqarolari 63 ta davlatga vizasiz borishi mumkin. O‘zbekistonliklar 35 ta davlatga hech qanday hujjatsiz kira olsa, 28 mamlakat aeroportida viza olinadi.
2025-yilning 30-iyunidan Xitoy mamlakati ham O‘zbekiston fuqarolariga vizasiz kirish imkonini yaratdi.
@daryo_live
⚡️ O‘zbekistonning 26,2 mln gektar yerlari qishloq xo‘jaligiga tegishli—Kadastr egentligi
Mamlakatning umumiy yer maydoni 44,9 mln gektar. Shundan 221,5 ming gektari aholi punktlariga qarashli.
Qolgan yerlar quyidagicha taqsimlangan:
• O‘rmon fondi yerlari — 11 mln gektar;
• Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar — 4,2 mln gektar;
• Zaxira yerlari — 1,3 mln gektar;
• Suv fondi yerlari — 1 mln gektar;
• Sanoat, transport, aloqa va mudofaa yerlari — 798,8 ming gektar;
• Tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar — 32,3 ming gektar.
@daryo_live
Kaspiy dengizida suv sathi tarixiy minimumga tushdi
Olimlarning fikricha, bunga iqlim o‘zgarishi natijasida bug‘lanishning ortishi hamda daryolardan keladigan suv oqimining kamayishi kabi omillar sabab bo‘lgan.
@daryo_live
Toshkentda soxta dachaga eʼlon berib, odamlar pulini “shilgan” firibgar ushlandi
Eʼlon boʻyicha aloqaga chiqqan fuqaro firibgar kartasiga oldindan 1,4 mln soʻm oʻtkazib beradi. Pulni olgan “shovvoz” aloqani uzib, gʻoyib boʻlgan. Murojaatdan soʻng, ichki ishlar xodimlari firibgarni qoʻlga oldi. Aniqlanishicha, u dachada dam olish uchun oldindan pul bergan 15 nafardan ortiq odamni chuv tushirgan.
@daryo_live
Qozog‘istonda EC-145 harbiy vertolyoti yo‘qolib qoldi
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida EC-145 harbiy vertolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi. Bu haqda Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.
Idoraning ma’lum qilishicha, havo kemasi Jambil tumani Targap qishlog‘i hududida g‘oyib bo‘lgan.
@daryo_live
Ukraina Germaniyadan sakkizinchi IRIS-T havo mudofaa tizimini oladi
Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeevning ma’lum qilishicha, Berlin allaqachon Kiyevga bunday tizimlardan yettita topshirgan, sakkizinchisi esa hozir yo‘lda.
@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi 12 600 so‘mdan tushdi
🇺🇸 dollar 12 581,73 soʻm (-71,75)
🇪🇺 yevro 14 764,66 soʻm (-106,98)
🇷🇺 rubl 158,34 soʻm (-1,41)
@daryo_live
Amsterdamda Falastin tarafdorlarining navbatdagi ommaviy aksiyasi o‘tkazildi
Ular G‘azoda qon to‘kilishini to‘xtatish uchun real choralar ko‘rishga chaqirmoqda.
@daryo_live
O‘zbekistondagi turli sohalarda o‘rtacha oylik ish haqi
Eng yuqori ish haqini bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida ishlaydiganlar olgan. Eng kam ish haqini esa sog‘liqni saqlash xizmatida ishlovchilar olgan.
@daryo_live
Vladimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshlarini oshirish uchun Yevropa ittifoqidan moliyaviy yordam so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus
ko‘proq askarlarni yollashga yordam berishi kutilyapti
“Avvalroq yevropaliklar harbiy xizmatchilarimiz maoshlarini moliyalashtirishni rad etishgan, faqat qurollar uchun mablag‘ ajratishgan. Bizning harbiy xizmatchilarimizning o‘zi hammani himoya qiladigan qurol bo‘la oladi”, deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibor keltirgan Bloomberg agentligi.
Surxon qo‘riqxonasida yong‘in davom etayotgani haqidagi xabarlarga FVV munosabati
Ma’lum qilinishicha, yong‘in 24-iyul kuniga o‘tar kechasi soat 00:35 da o‘chirilgan. Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan hududning ayrim joylarida shox-shabbalar qoldiqlaridan tutun chiqishi holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holat yong‘inning qaytadan ro‘y berishiga olib kelmaydi.
@daryo_live
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi "Dunyo sadolari" festivali bo‘yicha qabul qilingan qaror va tuzilgan shartnomalarni o‘rganmoqda
«Holatni o‘rganyapmiz, natijasi bo‘yicha ma’lumot beriladi», — dedi agentlik axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov Daryo'ga bergan izohida.
@daryo_live
Amur viloyatida halokatga uchragan An-24 samolyotining so‘nggi parvoz oldidan yozib olingan videolari e'lon qilindi
Yo‘lovchilar o‘z smartfonlariga tushirgan tasvirlarda havo kemasining qoniqarsiz ahvolini ko‘rish mumkin.
@daryo_live
Fransiyaning Quddusdagi konsuli Falastin ma'muriyatiga maxsus xat yubordi. Unda Parij Falastin davlatini tan olishi haqida xabarnoma bor.
@daryo_live
Videoselektor payti ayolni quchoqlab o‘tirgan mansabdor ishdan olindi
“Xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, dedi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri matbuot kotibi.
Moskva viloyatida o‘zbekistonlik muhojir mast holda kar-soqov erkakni o‘ldirgani aytilmoqda
Shchyolkovo shahrida 49 yoshli kar-soqov erkakning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. U o‘zbekistonlik migrantlar bilan kelib chiqqan mojaro qurboniga aylangani ta'kidlanmoqda.
O’zbekistonlik migrant hozir qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan “qasddan tan jarohati yetkazib, ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
@daryo_live
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
@daryo_live
Rossiya hukumati tarkibida “demografik maxsus kuchlar” tuziladi
Mamlakatda demografik vaziyat yomonlashib borayotgani sabab bo‘ydoq erkaklarni frontga yuborish taklif etilyapti.
@daryo_live
Rosatom Turkiyadagi AES ishchilari maoshlari kechikkanida “dushman mamlakatlar”ni aybladi
“Biz hammamiz rivojlangan rus yadro loyihalarini izdan chiqarishga urinayotgan dushman mamlakatlarning shubhali usullari tuzog‘iga tushyapmiz”, deyiladi kompaniya xabarida.
Ayollar uchun motivatsiya: ish, oila va sportni uyg‘unlashtira olgan Marhabo Bakirova
Marhabo yugurish, hayking, kayaking, sapsyorfing va boshqa shu kabi sport turlari bilan havaskor tarzda shug‘ullanish orqali hayotga boshqa nigoh bilan qarashni o‘rgangan.
@daryo_live
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqining 5 yil davomida o‘zgarib borishi
2021-yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik ish haqi 2,9 mln so‘m bo‘lgan. 2025-yil birinchi yarmiga kelib bu miqdor 5,9 mln so‘mni tashkil etdi.
@daryo_live
Saratovda gaz portlab, 10 qavatli uyga jiddiy zarar yetkazdi
Uyning yuqori qavatlarida sodir bo‘lgan portlash podyezdning bir qismi qulashiga sabab bo‘ldi. Qo‘shni uydagi balkonlar ham zarar ko‘rgan.
RF Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Kamida 11 kishi qutqarib olingan. Vayronalar ostida yana qurbonlar bo‘lishi mumkin.
@daryo_live
Toshkentda rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya vafot etgan mehmonxona egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Mehmonxona ishchisi va yana ikki kishi 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Halok bo‘lgan jurnalistning qonuniy vakili foydasiga 67 mln 588 ming so‘m undirish belgilandi.
@daryo_live
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi hududlar kesimida
Oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi doimgidek Toshkent shahrida. Eng kami Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida.
@daryo_live
Biz Fransiyani terrorchi davlat deb tan olamiz – Itamar Ben-Gvir
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Parijning Falastin davlatini tan olish qaroridan norozi ekanini bildirdi.
@daryo_live
Bolalar ombudsmani Angrendagi 15 yoshli qiz holidan xabar oldi
Qizdagi o‘tkir artrit, ikki tomonlama bronxopnevmaniya, oqsil energetik yetishmovchilik, anemiya og‘ir darajasi, sepsisni davolash choralari ko‘rilmoqda. Ma’lum qilinishicha, unda qayd etilgan kasalliklar surunkali tusga ega bo‘lib, ularning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan.
Tergovni olib borayotganlarga qizning qo‘shimcha stress va ruhiy travma olishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi bildirildi.
@daryo_live
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashdi
2025-yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik ish haqi 5 million 982 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga o‘sdi.
O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi doimgidek Toshkent shahrida — 10,1 mln so‘m. O‘qituvchilar va shifokorlar oyligi eng pastligicha qolmoqda.
@daryo_live
O‘zbekistonda dam olish kuni havo sezilarli salqinlashadi
27-iyulda Toshkentda harorat 35-37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
@daryo_live
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuvlardan jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV
“Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
AQSH Davlat departamenti Ukraina uchun 150 million dollarlik shartnomani ma’qulladi
Pentagonga ko‘ra, u M109 Paladin o‘ziyurar gaubitsalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni nazarda tutadi.
@daryo_live