“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul
Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi
“Mening nomimga yo‘llangan ushbu tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizga, yorug‘ kelajagimizga ishonch va e’tibor ifodasi sifatida qabul qilaman”, dedi prezident
Prezidentni haqoratlashda gumonlangan o‘zbekistonlik Ozarbayjonda ushlandi
43 yoshli ushbu fuqaro vatanga ekstraditsiya qilindi.
@daryo_live
🌤 Bugun harorat 35-40 daraja, tog‘li hududlarda 28-33 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”
@daryo_live
Filippinda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi
Yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan holati saqlanmoqda.
Filippin fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining xabar berishicha, yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 70 ga yaqin ichki va xalqaro parvozlar bekor qilingan.
@daryo_live
Kambodja va Tailand chegarasi bo‘ylab janglar davom etmoqda
Tasvirlarda Kambodja Qirollik armiyasining RM-70 reaktiv zalp o‘t ochish tizimi Tailanddagi nishonlarga qarata o‘t ochayotgani ko‘rinadi.
@daryo_live
Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar
“Daryo” ushbu festivalga jahon va milliy estrada yulduzlarining konsert berib ketishi uchun qancha gonorar belgilangani va boshqa qilinayotgan sarf-xarajatlarni o‘rgandi.
@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga taʼziya yo‘lladi
Bugun, 24-iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida samolyot halokatga uchrab, bortdagi barcha odam (43 kishi) qurbon bo‘ldi. Fojia munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti marhumlar oilalariga hamdardlik izhor etdi.
@daryo_live
Tailand artilleriyachilari Kambodja armiyasining chegaraoldi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
@daryo_live
Tailand armiyasi Kambodja bilan keskinlik oshib borayotgani fonida chegaraga harbiy texnikalar yubordi.
@daryo_live
Chegaradan 180 ta iPhoneʻni noqonuniy olib oʻtayotgan toʻrt kishi ushlandi
Yoʻlovchilar telefonlarni “Navoiy” chegara bojxona posti orqali tanasi va yuklari orasiga yashirgan holda oʻtmoqchi boʻlgan. Qurilmalarning umumiy bahosi 1 milliard 80 million soʻmga yetadi. Hozir tergovga qadar sirishtiruv boshlangan.
@daryo_live
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ poytaxtning 4ta tumanida elektr ta’minotiga majburiy cheklovlar kiritilishi haqidagi xabarni telegramdagi rasmiy sahifasidan o‘chirib tashladi.
@daryo_live
Tramp Ukrainaga yuboriladigan texnikalar uchun Yevropa Ittifoqi to‘lov qilishini yana bir bor tasdiqladi
“Biz yetkazib beramiz, ular esa to‘laydi. Pul Amerika mudofaa kompaniyalariga tushadi. Hammasi shunday bo‘lishi kerak edi, uch yil oldin ham”, — dedi Tramp.
🇷🇺🇺🇿 Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
“Siz shaxsan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shmoqdasiz. Biz, shubhasiz, Rossiya va O‘zbekistonning do‘st xalqlari farovonligi yo‘lida, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha birgalikda ishlashda davom etamiz”, deyiladi Rossiya prezidenti tabrigida.
Kambodja armiyasi Tailandning Phanom Dong Rak kasalxonasiga hujim qilgani aytilmoqda
Ikki davlat harbiylari o‘rtasida boshlangan chegaraoldi to‘qnashuvlar intensivlashib boryapti.
@daryo_live
Rossiyada o‘zi bilan 46 nafar yo‘lovchini olib uchayotgan samolyot g‘oyib bo‘ldi. Uni qidirish uchun Mi-8 vertolyoti jo‘natildi
Mahalliy manbalarga ko‘ra, An-24 samolyoti bilan Amur viloyatida parvoz qilayotgan vaqti aloqa uzilgan. U Xabarovskdan uchib, Blagoveshchensk orqali Tindaga yetib kelishi kerak edi.
@daryo_live
G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Handala” kemasi bilan aloqa uzilgan. Ekipajning maqsadi Isroil tomonidan anklavga o‘rnatilgan qamalni buzish edi
“Biz ekipaj bilan aloqani butunlay yo‘qotdik, kema yaqinida bir nechta dronlar bor edi. Bu esa ular ushlangan yoki hujumga uchragan bo‘lishi mumkinligini anglatadi,” deyiladi Ozodlik flotiliyasi bayonotida.
Toshkentda KHAYning Beshqayrag‘och—Beruniy qismi yana vaqtincha yopiladi
Qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli 25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha transportlar harakati cheklanadi.
@daryo_live
Fransiya Falastin davlatini tan oladi
Emanuel Makron bu haqda sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida e’lon qilmoqchi.
"Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlikka qaratilgan tarixiy ahdga sodiq qolgan holda, men Fransiyaning Falastin davlatini tan olishiga qaror qildim", degan u.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasida yuz berayotgan vaziyatni kuzatib borayotgani va ikki mamlakatni yarashtirish ustida ishlayotganini ma`lum qildi.
"Men Tailand va Kambodjani yarashtirish ustida ishlayapman", - dedi Donald Tramp
Turkiyada Ramzan Qodirovning ahvoli yomonlashgan - OAV
Bodrumda dam olayotgan Checheniston rahbarining ahvoli dengizda cho‘milish paytida yomonlashgan. Bu haqda Turkiya OAV xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov nafas ola olmay qolgan, shundan so‘ng qutqaruvchilar uni tezda suvdan chiqarib olib, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Ta’kidlanishicha, voqeadan so‘ng u kasalxonaga olib borilgan. Hozirgi vaqtda uning sog‘lig‘iga hech qanday xavf tahdid solmayapti.
@daryo_live
Oʻzbekistonliklar qaysi qonunlarni koʻproq oʻqimoqda?
Adliya vazirligi Lex.uz bazasida eng koʻp oʻqilgan qonunlar oʻntaligi eʼlob qildi. Birinchi oʻrinda Konstitutsiya, ikkinchida Jinoyat kodesi joy olgan. Maʼmuriy javobgarlik va Mehnat kodekslari ham nisbatan koʻp koʻrilgan.
@daryo_live
Andijonda naqd puldan eng ko‘p foydalanilmoqda — Markaziy bank
Viloyat aholisi kundalik to‘lovlarining 24 foizini naqd pulda amalga oshiradi. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Toshkent shahri aholisi esa naqd puldan eng kam foydalanmoqda (6 foiz).
@daryo_live
Kambodja qirollik armiyasi Tailandga yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari bilan zarba berdi
@daryo_live
Isroil harbiylari G‘azo sohilida baliq tutmoqchi bo‘lgan falastinlikni hibsga oldi
Yahudiy davlati tomonidan o‘rnatilgan blokada sabab anklav aholisi surunkali ochlik bilan yuzlashmoqda.
@daryo_live
Suriya shimolida o‘q-dori ombori portladi
Rasmiy manbalar hozircha holat yuzasidan izoh bermadi. Voqea sabablari noma’lum. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar borligi aytilmoqda.
@daryo_live
Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida katta miqdorda giyohvandlik vositalari yetishtirayotgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi.
@daryo_live
O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar berganlarga pul mukofoti beriladi
Uning miqdori quyidagicha:
🔹keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo‘yicha — huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (375 ming so‘m, 1-avgustdan — 412 ming so‘m);
🔹foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo‘yicha — huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.
@daryo_live
🇹🇲🇺🇿Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni telefon orqali tabrikladi
Turkmaniston milliy yetakchisi mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
@daryo_live
Kambodja va Tailand qurolli kuchlari o‘rtasida chegaraoldi mojaro kelib chiqdi
Tailandning Sisaket provinsiyasidagi yoqilg‘i stansiyasiga BM-21 Grad yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi bilan zarba berildi.
@daryo_live
🇺🇿✈️ 🇷🇺O‘zbekiston va Rossiya aviareyslar sonini uch baravar oshirishga kelishdi
Kelishuv doirasida har ikki mamlakat aviakompaniyalari barcha parvoz shaharlaridan samarali foydalangan holda haftasiga 1000 dan ortiq qatnovni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi, ayni vaqtda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga jami 310 dan ortiq muntazam aviaqatnov bajarilmoqda.
@daryo_live