chdpial | Неотсортированное

Telegram-канал chdpial - 📚CHDPU Akademik litseyi

639

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Подписаться на канал

📚CHDPU Akademik litseyi

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

CHDPU akademik litseyida bugun 21-oktabr ,,Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi'' berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan ,,Jonimga Masihdir shu ona tilimʼʼ mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Litseyimiz oʻquvchilari tomonidan oʻzbek tilini madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi. Sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Ayniqsa, 1524-guruh oʻquvchilari tomonidan sevimli yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning ,,Oʻtkan kunlarʼʼ romani asosida yaratilgan sahna koʻrinishi oʻquvchi va oʻqituvchilarning olqishiga sazovor boʻldi. Qiziqarli oʻtgan bayram tadbiri oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Tabrik

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!

Bugun o‘zbek xalqi uchun o‘zgacha kun! 21-oktabr Vatanimiz hayotidagi yuksak voqelik sifatida tarixga muxrlangan. Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan Chirchiq shahar hokimligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etadi.

O‘zbek tilining qadim tarixi yorqin kelajakka ziyo bo‘lib, mangu yashnasin!
Barcha yurtdoshlarimizga O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

🇺🇿 Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!!!

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#ogohlik

IS GAZIDAN OGOH BO’LING!

Kunlar sovumoqda: pechka yoqishdan oldin albatta dudbo’ronni tekshiring. Is gazidan ehtiyot bo’ling!

Kunlar sovushi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda:

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹isitish pechlari va ularning dudbo’ronlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;

🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudbo’ronlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

🏆 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum uchinchi o‘yinida Muhammadamin Karimjonov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:

▶️22-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
▶️23-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
▶️24-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
▶️25-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
▶️26-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)


📌Xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichi Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-noyabr kuni, Matematika Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan 10-noyabr kunlari tashkil etiladi;

📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 2-GURUH FANLARIdan 3-5-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )


⚠️Yuqoridagi olimpiada tashkil etiladigan sanalar o‘zgarishi kuzatilsa ushbu telegram kanal orqali hamda hududiy boshqarmalar orqali ma'lumot yetkaziladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Qadrli o‘qituvchi, ustoz va murabbiylar!

Barchangizni 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog‘liq, Yangi O‘zbekistonning bilimli, ma’nan yetuk va barkamol avlodini, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislarini tarbiyalashdagi zahmatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar va muvafaqqiyatlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

ZAKIROV Doniyor Utkirovich
CHDPU akademik litseyi ijrochi direktori.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

МУАЛЛИМ

Шоирга дедилар: - Сиз бахтли Инсон,
Халқингиз ардоқлар, ҳамма танийди.
Шоир жавоб қилди: - Менда бир армон:
Муаллим десалар мени қанийди!

©Абдулла Орипов

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Тарбия борасида миллий спортимиз фидойилари, хусусан, жисмоний тарбия ўқитувчиларига кўп нарса боғлиқлиги таъкидланди.

Афсуски, мактаблардаги 33 минг нафар жисмоний тарбия ўқитувчисининг касбий ва жисмоний маҳорати етарли эмас.

Мутасаддиларга бу ўқитувчилар таркибини фаол ва чемпион спортчилар орасидан танлов асосида тўлдириш, уларнинг касбий маҳорати ва малакасини Жисмоний тарбия институтида ошириб боришни йўлга қўйиш топширилди.

Мактабларда ёшларни ақлий ривожлантиришда муҳим ўрин тутадиган шахматни оммалаштириш учун алоҳида қарор лойиҳаси ишлаб чиқиладиган бўлди. Ёшларимиз ўртасида бу спорт тури янада ривожлантирилади.

Шундагина спорт бўйича яхлит тизим пайдо бўлиб, мактабларда жисмоний тарбия дарсларининг сифати ошади, маҳалларда оммавий спорт ривожланади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Ёшлар қалбида ватанпарварлик туйғусини кучайтиришда спортчи мураббийларимиз ва ҳарбийларимиз ҳам фаол бўлишлари зарурлиги таъкидланди.

Бугун замоннинг ўзи ҳар биримиздан она юрт ҳимоячиси, ватанпарвар бўлишни талаб этмоқда.

Бунда айниқса мард ва жасур сержант ва офицерлар, ҳарбий чақириққа тайёрлаш фани ўқитувчилари ўрнак бўлишлари керак.

Ҳозир мактабларда қарийб 10 минг нафар ана шундай ўқитувчилар фаолият кўрсатмоқда. Афсуски, уларнинг аксариятида ҳарбий соҳадаги замонавий билим ва кўникмалар, улар учун иш шароити талаб даражасида эмаслиги қайд этилди.

Энди мана шу ўқитувчилар Мудофаа вазири томонидан захирадаги ҳарбий хизматчилар таркиби орасидан тайинланиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Давлатимиз раҳбари ўқувчиларнинг китобхонлик маданияти доимо эътибор марказида бўлишини таъкидлади.

Ўқувчиларда китобга бўлган қизиқишни ошириш, уларга китобхонлик маданиятини сингдириш учун алоҳида танлов ўтказиб, ғолиб бўлган ёшларга автомобиль совға қилиш йўлга қўйилган.

Мутасаддиларга бу ишларни янада оммалаштириш ва керак бўлса, энг олис қишлоқдаги мактабларга ҳам етказиш топширилди.

Бунинг учун мактаблардаги маънавият хонаси ва кутубхонаси зарур техника ва оптик толали Интернет тармоғи билан таъминланади, барча мактабларнинг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси электрон порталидан фойдаланиши ташкил этилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Ёшларни миллий руҳда тарбиялашда маданият ва санъат беқиёс аҳамиятга эга.

Маданият ва санъат билан ошно бўлган ўқувчилар эзгуликнинг кучини чуқур ҳис этади, уларда ўзига ишонч пайдо бўлади.

Шу муносабат билан мусиқа ўқитувчиларининг касбий маҳорати ва кўникмасини ошириш, маданият ва санъат тизимидаги олийгоҳларда умумтаълим мактаблари учун мусиқа ўқитувчиларини тайёрлаш зарурлиги таъкидланди.

“Турон” театрининг ижобий тажрибаси асосида мактабларда “Иқтидор” ҳаваскорлар бадиий жамоаларини ташкил қилиш муҳимлиги айтилди.

Бу жамоаларга мусиқа ўқитувчилари раҳбарлик қилади. Мусиқа мактаблари эса жойларда таянч мактаби сифатида иш олиб боради.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Бу йил 14 та мактабда педагог касбига қизиққан 10-11-синф ўқувчилари учун алоҳида синфлар ташкил этилди.

Келгуси ўқув йилидан яна 60 та мактабда, жумладан, 10 та ихтисослашган мактабда бу тажриба жорий қилинади.

Келажакда ушбу синфларни тамомлаган ўқувчилар шу йўналишдаги олийгоҳларга кирса, уларга 2-курсдан мактабга бориб касбий маҳоратини ошириши учун имконият яратилади. Алоҳида қобилиятга эга талабаларга дарс ўтгани учун ойлик ҳам тўланади.

Президентимиз педагогика йўналишидаги олийгоҳларда таҳсил олаётган иқтидорли талабалар учун Абдулла Авлоний номидаги стипендияни ташкил этишни таклиф қилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Мактабгача, умумий ўрта, ўрта-махсус, олий таълим ва малака ошириш тизимида ягона узвий занжирни йўлга қўйиш учун педагогик таълим кластерлари ташкил этилади.

Кластер тажриба-синов тариқасида дастлаб Андижон ва Бухоро шаҳарларидаги педагогика коллежларида барпо этилади ва ҳудудлардаги педагогика институтлари бошқарувида бўлади.

Андижон ва Бухоро педагогика институтлари бунга бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан 25 миллиард сўмдан ажратади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

ONA TILIM, OMON BO’L!

PROFESSOR:
—Bu masala keksa, yosh,
Hammamizga daxldor.
Ona tili oldida
Har insonni burchi bor…


Ssenariy muallifi va rejissor
@erkinbozorovv

Prodyusser:
@bloggersunion

Operator:
@nurmagomedoff_kh

Ovoz rejissori:
@ElbekHamdamov

Menedjer:
Jahongir Rasulov

Hamkorlik uchun Kinematografiya agentligi “Yoshlik” studiyasiga, rejissyor Akrom Shaxnazarov, Azizbek Qurbonov, aktyor Aziz Rametov va san’atshunos, tarjimon Nigora Umarovaga minnatdorchilik bildiramiz.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#ona_tilim_faxrim

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan vazir tabrigi

Hurmatli vatandoshlar, talabalar, aziz doʻstlar!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan barchangizni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin koʻngildan qutlayman.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish borasidagi xayrli ishlar keng koʻlamda olib borilmoqda. Keyingi yillarda ona tilimiz nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan doimiy ravishda yangrab kelayotgani, dunyoda ona tilimizni oʻrganishga intilayotgan insonlar safining tobora kengayayotgani barchamizga gʻurur-iftixor baxsh etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24779

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#onatilimfaxrim
⚡️ ONA TILI – BU MILLATNING RUHIDIR.

🔸Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilgan edi.

2020-yil 10-aprel kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Qonunga asosan, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Диққат

🌐 “Сунъий интеллект технологияларини 2030 йилга қадар ривожлантириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди

📝 Қарорга кўра, Сунъий интеллект технологияларини 2030 йилга қадар ривожлантириш стратегияси тасдиқланди:

📎 сунъий интеллект асосида яратилган дастурий маҳсулотлар ва кўрсатиладиган хизматлар ҳажмини 1,5 миллиард АҚШ долларига етказиш;

📎 ЯИДХП (my.gov.uz) да сунъий интеллект асосида кўрсатилаётган хизматлар улушини 10 фоизга етказиш;

📎 сунъий интеллект йўналишида фаолият юритувчи илмий лабораториялар сонини 10 тага етказиш ҳамда юқори қувватли ҳисоблаш серверларини ишга тушириш;

📎Ҳукуматнинг сунъий интеллектга тайёрлик индексида (Government AI Readiness Index) Ўзбекистонни биринчи 50 та ўриндаги давлатлар қаторига киришига эришиш.

2025 йил 1 сентябргача лойиҳалар ва илмий-амалий тадқиқотларни зарур маълумотлар билан таъминлаш мақсадида қонунчилик ҳужжатлари талабларига мувофиқ барча ахборот хавфсизлиги чораларини кўрган ҳолда “катта маълумотлар” базаси яратилади.

🟢 2026 йил 1 майгача сунъий интеллект технологияларини жорий этиш лойиҳалари доирасида маълумотларни қайта ишлаш учун мўлжалланган ҳисоблаш қувватлари ишга туширилади.

Yoshlar kundaligi

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#MirzoUlug‘bek_630
#taqdimot

“Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” – Mirzo Ulug‘bek tarixiy siymosini teran ochib beruvchi hujjatli film

😎YouTube'da ko‘rish 👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

YOSHLAR – KELAJAK TAYANCHI

Besh muhim tashabbus, hamda yoshlarni sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o’quvchilari yozgi olimpiada g’oliblari bilan uchrashuv va O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif uyushtirildi.
Xususan, joriy yilning 8-oktabr kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Madaniyat saroyida 2024-yil Parij shahrida o’tkazilgan XXXIII yozgi olimpiada o’yinlari sovrindorlari Muzaffarbek To’raboyev, Akbar Jo’rayev hamda O’g’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoa bosh murabbiyi bahrom Mendibayevlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvga Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o’quvchilari, universitet talabalari, professor o’qituvchilar va Toshkent viloyatining yoshlari ishtirok etdi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#қутлов

Вилоятимиздаги таълим-тарбия соҳаси ходимларини Ўқитувчи ва мураббийлар куни – умумхалқ байрами билан чин қалбимдан муборакбод этаман.

Сиз фидоий устозлар, фарзандларимизга замонавий илм-фан ва касб-ҳунар ўргатиш, инсоний фазилатларни сингдириш, қадриятларимизни асраб-авайлашда билим ва маҳоратингизни аямасдан астойдил хизмат қилишингизга ишонамиз.

Яна бир бор байрамингиз муборак бўлсин!

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Muhtaram ustozlar! Qadrli bo‘lajak o‘qituvchilar!

Avvalo, siz, azizlarni, universitetimizning jonkuyar xodimlarini umumxalq bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Bu ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bu o‘lmas meros – yaxshi tarbiyadir.

Siz, azizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Hurmat bilan
G‘.I.Muxamedov


Уважаемые учителя! Дорогие будущие педагоги!

Искренне, от всей души поздравляю, всех преданных своему делу работников нашего Университета с всенародным праздником – Днем учителей и наставников.

Вы, люди высокой душевной щедрости, проявляя настоящую самоотверженность, создаете поистине бесценное богатство, немеркнущее наследие и передаете их нашему народу и подрастающему поколению. Это великое богатство – знания и науки, это самое дорогое наследие – хорошее воспитание.

Уважаемые учителя желаю всем вам здоровья, счастья, больших успехов в вашей благородной деятельности и благополучия вашим семьям!

С уважением,

Г.И.Мухамедов


Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Ayyom_shukuhi

Ustoz - qadri buyuk muallim!

O‘qituvchi va murabbiylar kuni - bayrami munosabati bilan shahrimizning "Zamin" toʻyxonasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda faol mehnat qilayotgan fidoyi o‘qituvchilar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim jonkuyarlari va mas’ullar ishtirok etdi.

Faoliyatida erishgan yuksak ijobiy natijalari uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar shahar hokimligining Tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

“Шу борада, бир фикрни барчамиз чуқур тушуниб олишимиз керак. Ватанпарварлик тарбияси – бу фақат ҳарбий ёки таълим соҳаси ходимларининг иши эмас. Бу – бутун жамиятнинг иши.

Бу ишга бутун жамоатчиликни фаол жалб этмас эканмиз, кутилган натижага эришиш қийин бўлади.

Албатта, ёшларимиз яхши шифокор, истеъдодли олим, моҳир IT билимдони, зўр тадбиркор бўлиши мумкин.

Лекин, улар чинакам ватанпарвар инсонлар бўлиб вояга етмаса, ўзингиз айтинг, халқимиз, Ватанимизнинг тақдири ва келажаги учун эртага ким масъул бўлади?

Шу боис, маҳалла, нуронийлар, хотин-қизлар, ёшлар ташкилотлари бу масалада ўз фаолият дастурига эга бўлиши зарур.

Ёшларимиз онгига барчамиз биргаликда “Мен ҳақиқий ватанпарвар бўламан” деган ғояни чуқур сингдиришимиз керак”,

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Президент юртимиздаги барча ота-оналар, устоз ва мураббийларга мурожаат қилди:

“Бизнинг дунёдаги энг азиз ва мўътабар хазинамиз – бу умримиз гули ва меваси бўлган фарзанд ва набираларимиздир.

Ҳеч шубҳасиз, барчамиз уларнинг келажакда бахтли ва саодатли инсонлар бўлиб яшашини истаймиз. Лекин бунга эришиш осон эмас.

Айниқса, бугунги таҳликали даврда эзгу мақсадларга етиш учун инсонга ҳушёрлик ва огоҳлик, қатъий ирода, юксак билим ва кенг дунёқараш, замонавий касб-ҳунарлар ҳар қачонгидан ҳам зарур.

Таълим ва тарбия – бутун жамиятнинг муқаддас ишидир! Барчамиздан доимо ҳамжиҳатлик, фаоллик ва фидойиликни талаб этадиган ҳаёт-мамот масаласидир.

Эзгулик, билим ва маърифатни қурол қилиб, жаҳолат ва ёвузлик йўлини тўсайлик!

Фарзандларимизнинг бахти, ёруғ келажаги учун, жонажон Ватанимиз истиқболи учун мустаҳкам пойдевор яратайлик!


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Президентимиз яна бир муҳим масалага эътибор қаратди:

“Сиз, ҳурматли устозлар мактаб ўқувчиларидан “Мен қандай касб эгаси бўлмоқчиман?” деган мавзуда иншолар, ёзма ишлар оласизлар. Лекин, ўқувчилар ёзган ана шу ишлар таҳлили билан кимдир шуғулланяптими?

Республика ва вилоят кесимида фарзандларимиз қайси касбларни энг кўп танлашмоқда?

Энг муҳими, болаларимиз танлаётган касбларга келажакда меҳнат бозорида талаб бўладими ўзи?”


Болаларнинг ёзма ишларини чуқур таҳлил қилиб, уларнинг орзу ва интилишларини аниқлаб, мустақил ҳаётга тўғри йўналтириш асосий вазифа бўлиши кераклиги таъкидланди.

Мутасаддиларга мактаб ўқувчилари ўртасида турли мавзуларда иншолар, ёзма ишлар танловларини ўтказишни мунтазам йўлга қўйиш ва уларнинг таҳлили бўйича янги тизим яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Сифатли таълимнинг ажралмас қисми бўлган тарбия ва одоб-ахлоқ жараёнлари замонавий ёндашув асосида йўлга қўйилади.

Шу мақсадда Қори Ниёзий номидаги Тарбия педагогикаси миллий институти янгидан ташкил этилди.

Ушбу институтнинг тарбия соҳасидаги миллий анъаналарни ўрганиш, тиклаш ва замонавий маънавий-ахлоқий тарбия тизимини жорий қилиш йўналишидаги фаолиятини янада кучайтириш зарурлиги қайд этилди.

Ёшларимизда ғоявий иммунитетни шакллантиришда катталар ҳам ижтимоий тармоқларда фаол бўлиши, болаларимизга ижобий таъсир кўрсатишлари кераклиги таъкидланди.

Мутасаддиларга ота-оналар, ўқитувчилар ва ўқувчилар учун тарбияга оид рақамли контент яратиш топширилди.

Ушбу контент “Миллий тарбия” электрон платформасига ва етакчи ижтимоий тармоқларга жойлаштирилиб, доимо янгилаб борилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Иқтидорли ёшларни селекция қилиш тизими янги босқичга олиб чиқилади. Бунинг учун халқаро даражада фан олимпиадаларига тайёрлаш маркази ташкил этилади.

Рағбатлантириладиган халқаро фан олимпиадалари сони 18 тадан 22 тага етказилади.

Бунда нуфузли халқаро олимпиадада олтин медаль олган ўқувчига – 170 миллион сўм, кумуш медалга – 102 миллион сўм, бронза медаль учун – 68 миллион сўм мукофот пули берилади.

Шу билан бирга, ана шу ўқувчиларнинг ўқитувчилари 50 миллиондан 150 миллион сўмгача мукофотланиб, уларга бир йилда 100 фоизлик устама олиш имкони яратилади.

Илк бор халқаро фан олимпиадаларида ғолиб бўлган ўқувчилар жамоаси раҳбарларини ҳам рағбатлантириш тизими йўлга қўйилади.

Халқаро фан олимпиадаларида ғолиб бўлган фарзандларимизни тантанали кутиб олиб, уларни ҳам қаҳрамонлар сифатида эъзозлаб, халқимизга танитиш зарурлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Президент мактаблари ва ихтисослашган мактаблар тажрибаси оммалаштирилади.

Ушбу йўналишда яна 1 мингта умумтаълим муассасасида Президент мактаблари ва ихтисослашган мактаблардаги баҳолаш тизимини жорий этиш бошланди.

Лекин, уларнинг 300 тасида моддий-техник база талабга мутлақо жавоб бермайди.

Туман ва шаҳар ҳокимларига ҳар ҳафтада мактаблардан хабар олиш, камчиликларни бартараф этиш, муаллимлар билан яқиндан суҳбат қуриб, мавжуд муаммоларни ҳал этиш ишларини кучайтириш топширилди.

Вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари олдига янги баҳолаш тизими татбиқ қилинаётган, лекин таъмирга муҳтож 300 та мактабни жорий таъмирлаш ва жиҳозлаш ишларини олти ой муддатда якунлаш вазифаси қўйилди.

Бундан буён ҳудудларнинг биринчи раҳбарлари фаолиятига баҳо беришда таълимнинг сифати, мактаблардаги шароит, ўқитувчиларнинг қадр-қиммати асосий мезонлардан бири бўлиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…
Подписаться на канал