Sizlar kelib bag’rimiz to’ldi!🤗
Boston Maktabi
+998772015577
Hurmatli ota-onalar,
Ushbu olimpiadaga ro’yxatdan o’tib farzandingiz bilimini sinab ko’ring.
Qatnashish bepul.
20-Sentabr OFLAYN olimpiadasiga ham ro’yxatdan o’tishingizni tavsiya qilamiz.
Hurmatli ota-onalar,
Ertaga barcha sinflar uchun jismoniy tarbiya darsi bor. Farzandingizdan formalarini berib yuboring.
Har bir sinfning dars jadvali hozir ichki guruhlarga tashlab beriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Gimnastikaga qizlar uchun shunday forma olinadi. Uzumdan zakaz qilsangiz ham bo’ladi.
Читать полностью…
Hurmatli ota-onalar,
Maktabimizda birinchi o’quv yilining birinchi haftasini yakunlab oldik!
Ertaga shanba o'quvchilar uchun darslar bo'lmaydi. Dam.
Dushanba maktabda ko’rishguncha!
+998772015577
+998940019969
Hurmatli ota-onalar,
Bugun barcha sinflar uchun o’qishning ohirgi kuni. Darslar 16:15da yakunlanadi.
Yotoqxonadagilarga ham bugun ruhsat beriladi. 16:30da ketishlari mumkin.
Dushanba darslar yana o’z vaqtida davom ettiriladi. Dars jadvallari ichki telegram guruhlarga tashlab beriladi.
@boston_maktabi_admin
+998772015577
+998940019969
#Diqqat
4 va 5 sinflarimiz to’ldi. Hozir yangi 4-5 sinflar uchun qabul ketyapti. Shu sinflar ham to’lsa bu o’quv yili boshqa bola olmaymiz.
Yangi 4-5 sinflar Sentyabr oyida to’lishini tahmin qilmoqdamiz.
Yanvardan beraman deganlar bo’lsa yanvargacha joyimiz qolmaydi. Shuni inobatga olib qaror qabul qilishingizni tavsiya qilamiz.
Grant yutgan bo’lsangiz ham joyimiz qolmasa sizni ololmaymiz. Kim birinchi kelsa shu olinadi.
📞+998772015577
📞+998940019969
Hurmatli ota-onalar,
Bugun maktabimizda birinchi o’qish kunini muvaffaqiyatli o’tkazib oldik.
Sinflar uchun telegram guruhlarni ertaga ochamiz. Hammangizni ertaga qo’shamiz. Sinf rahbari bilan aloqada bo’lib turinglar.
Yotoqxonada qolgan bolalar bilan aloqa uchun quyidagi ustozlarimizga aloqaga chiqishingiz mumkin:
+998 88-782-00-83
+998 93-463-51-06
Qadrli yurtdoshlar,
Barchangizni sevimli O’zbekistonimiz mustaqilligining 35-yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Ilohim mustaqilligimiz abadiy bo’lsin! Yurtimiz yanada rivojlanib, gullab-yashnasin!
Hurmat bilan,
Boston School xususiy maktabi jamoasi!
+998772015577
@boston_maktabi
Yotoqxonada qoladiganlar diqqatiga!
Nimalarni biz beramiz va nimalarni o’zingiz olib kelasiz?
Biz beramiz:
1. Idishlar
2. Postel, bolishga nalochka.
Sizlar olib kelasizlar:
1. Bolish;
2. Yopinchiq;
3. Gigiyenik vositalar (tish pastasi/sovun vhkz)
4. Domashniy tapochka;
5. Sochiqlar.
Buni diqqat bilan o’qing.
2-3-4-5 sinflarga qabul qilinganlar oldingi maktabidan kitoblarini olib keladilar.
Xususiy maktabdan o’tadiganlar bilan alohida gaplashamiz.
Maktabga qanday o’quv qurollari olib kelish kerak:
Maktab uchun kerakli o‘quv qurollari
Ruchkalar va yozuv qurollari:
Sharli ruchka — 3–5 dona, ko‘k siyohli (barmoqlar uchun rezina tutqichli bo‘lsa, yaxshi).
Rangli ruchkalar — har biridan 1 dona (yashil va qizil — tagiga chizish uchun).
Oddiy qalamlar — 2–3 dona (HB yoki B belgili, o‘rtacha yumshoqlikdagi).
O‘chirg‘ich — 1–2 dona (yumshoq).
Qalam o‘tkirlagich — 1 dona (qalam qirindisi yig‘iladigan idishchali bo‘lsa, yaxshi).
Chizg‘ich — 1 dona (yog‘och yoki plastik, uzunligi 15–20 sm).
Penal — 1 dona (ixcham, ortiqcha bo‘limlarsiz, ryukzakka oson joylashadigan).
Daftar va muqovalar:
12 varaqli katak daftar — 5–10 dona.
12 varaqli bir chiziqli daftar — 5–10 dona.
Qalin daftar muqovalari — 10–15 dona.
Darsliklar uchun qalin muqova — 1 komplekt (1-sinf uchun).
Kitob uchun taglik — 1 dona (metall yoki mustahkam plastik).
Tasviriy san’at va texnologiya (mehnat) darslari uchun:
Rasm chizish albomi — 1–2 dona (24 yoki 36 varaqli).
Rangli qalamlar — 1 komplekt (12 xil rang).
Rangli qog‘oz va rangli karton — har biridan 1 o‘ram (A4 format).
Yelim-qalam — 1–2 dona.
Qaychi — 1 dona (xavfsizlik uchun uchlari yumaloq).
Plastilin va plastilin uchun taxtacha — 1 komplekt (steklari bilan bo‘lsa, yaxshi).
Akvarel bo‘yoq va guash — har biridan 1 o‘ram (6–12 xil rang).
Mo‘yqalamlar to‘plami — 1 to‘plam (turli qalinlikdagi).
Birinchi sinfga chiqadigan o’quvchilar bizning ERP tizimimizga kiritilganlar 2-Sentyabr Prezident sovg’alarini o’zimizdan olishadi.
ERP bazaga o’zining mikrohududidagi maktabga kiritilganlar o’sha maktabga borib Prezident sovg’alarini olishadi. Xohlasa o’sha kunni o’zida, xohlasa 3-Sentyabrdan bizda o’qishni davom ettirishadi.
Bu bo’yicha hamma qabul qilinganlarga qo’ng’iroq qilib ogohlantirdik.
Boston School xususiy maktabi bilan shartnoma tuzgan ota-onalar uchun muhim eslatmalarimiz bor.
Quyidagi postlarni diqqat bilan o’qishingizni so’rab qolamiz.
Фарзандингиз учун мукаммал таълим ва ёрқин келажак! 🌟
Андижон шаҳридаги BOSTON SCHOOL хусусий мактаби 1–5-синф ўқувчилари учун янги ўқув йилига қабулни эълон қилади!
Биз фарзандингизнинг интеллектуал ва жисмоний ривожланиши учун барча шароитларни бир жойда жамладик:
🎯 Президент мактабига пухта тайёрлов — чуқурлаштирилган математика, мантиқ ва натижага йўналтирилган дастур.
🇬🇧 Тиллар ва замонавий касблар — Инглиз ва Корейс тиллари ҳамда болалар учун IT сабоқлари.
🥋 Спорт тўгараклари — дарсдан сўнг Карате ва Гимнастика машғулотлари.
🏠 Тўлиқ шароит ва ғамхўрлик — барча қулайликларга эга шинам ётоқхона ва кунига 5 маҳал витаминларга бой иссиқ таом.
Ортиқча репетиторларга вақт кетказманг — билим, тил ўрганиш ва спорт барчаси битта мактабда!
📍 Манзил: Андижон шаҳри, Бобур Арена қаршисида
📞 Боғланиш учун:
940019969
772015577
💬Телеграм @boston_maktabi
Boston School xususiy maktabi bilan shartnoma tuzgan ota-onalar diqqatiga:
Hurmat ota-onalar,
Oldindan aytganimizdek oylik to’lovni har oyning 15-sanasigacha to’liq amalga oshiringiz lozim. Ijara, ustozlarning maoshi (avans), oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun bu juda ham zarur.
Ushbu qoidaga qat’iy rioya etishingizni so’rab qolamiz.
Hurmat bilan,
Boston School xususiy maktabi ma’muriyati.
🧮 Yakshanba kunini foydali o‘tkazing — BEPUL onlayn olimpiadada qatnashing!
📌 O‘quvchilarning dam olish kunidan unumli foydalanishi, bilimlarini sinab ko‘rishi va xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishi maqsadida khiso.uz platformasida matematika fanidan BEPUL ONLAYN OLIMPIADA o‘tkaziladi!
🗓 13-sentabr, yakshanba
⏰ 09:00 dan 23:00 gacha
🌐 khiso.uz platformasida
📚 Olimpiadada 20-sentabr kuni butun respublika bo‘ylab OFLAYN tarzda o‘tkaziladigan TeenEagle Math xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi savollari uslubidagi namunaviy topshiriqlar taqdim etiladi.
🇬🇧 TeenEagle Math savollari formati bilan tanishish va saralashga oldindan tayyorgarlik ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatidan unumli foydalaning.
🏆 BEPUL qatnashing, o‘zingizni sinab ko‘ring va yakshanba kuningizni foydali o‘tkazing!
👉 Olimpiadada qatnashish: khiso.uz
💡 Unutmang: muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi!
Hurmatli ota-onalar,
Ertaga 4-5 sinflar uchun ichki imtihon o’tkaziladi.
O’quvchilar matematika va ingliz tilidan test ishlaydi va 2ga bo’linadi.
Guruhga ajratishda test natijalari va o’qituvchining suhbat asosida aniqlagan baholari ahamiyatga ega bo’ladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Hurmatli ota-onalar,
Karate uchun oq kimano oling. Boshqa rangda, yoki boshqa sport turini formasini olib qo’ymang. Do’konchidan so’rab karate uchun deb oling. Oq bo’lishi kerak.
Bugun farzandingizni olib ketgani kelganda sinf rahbarlar bilan ko’rishib ichki guruhlarga qo’shilib olinglar.
Barcha savollaringizni berib gaplashib ketinglar.
Hurmatli ota-onalar,
Maktabga farzandingiz o’zi kelib ketishini xohlasangiz maktab rahbari nomiga kafolat xati yozib berishingiz kerak.
Xat mazmuni farzandingiz o’zi kelib-ketishiga rozilik bildirishingiz va xavfsizligini o’z zimmangizga olishingiz bo’ladi.
Maktab ochildi!
Bugundan Boston School xususiy maktabida darslar boshlandi.
Maqsadimiz o’quv yili ohirida yuqori natijalar qayd etib ota-onalar ishonchini oqlash.
Yuqori natijalar sari ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga tayyormiz.
Bizga bildirgan ishonchingizni oqlashga kuchimiz yetganicha harakat qilamiz!
Ishonch uchun rahmat!
@boston_maktabi
+998772015577
+998940019969
Hurmatli ota-onalar,
Boston School xususiy maktabida darslar ertadan boshlanadi.
Biz bilan shartnoma tuzgan o’quvchilarni ertaga 08:00da maktabimizda kutib qolamiz.
Ertaga birinchi qo’ng’iroqda ko’rishguncha!
Hurmatli ota-onalar,
2-Sentyabr birinchi qo’ng’iroq tadbirining badiiy qismi uchun she’r ayta oladigan, yoki raqsga tusha oladigan o’quvchilarni qidirmoqdamiz. Bizga qabul qilingan o’quvchilar orasidan.
Agar farzandingiz birinchi qo’ng’iroq kuni sahnada badiiy chiqish qilishini istasangiz biz bilan bog’laning.
Murojaat uchun:
📞+998937812031
🔵@N_Ravshanjonova
👨🏫 OTABEK YULDASHEV — ENGLISH TEACHER
🎓 Andijan State Pedagogical Institute bitiruvchisi, qizil diplom sohibi.
🇬🇧 English Level: C1
📚 2+ years of teaching experience
🎯 CEFR & IELTS Preparation
👨🎓 A1–C1 levels
🏆 Teaching Results:
O‘quvchilari B2 va C1 darajalariga erishgan.
📖 Darslarda Speaking, Grammar, Vocabulary, Reading va Writing ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, ingliz tilini amaliy va zamonaviy metodlar asosida o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
✨ Maqsad — o‘quvchilarga ingliz tilini nafaqat o‘rganish, balki undan erkin va ishonchli foydalanish imkoniyatini berish.
Otabek 5-sinflar uchun sinf rahbari vazifasini ham bajaradi.
Bularning hammasini olib ulgirmagan bo’lsangiz muammo emas. Hafta davomida, yoki keyingi haftaga olib bersangiz ham bo’ladi.
Karate uchun o’g’il bolalar futbolka-shortik olib kelasiz. Keyin treneringiz nimalar kerakligini o’zi tushuntiradi.
Qizlar esa gimnastika uchun maxsus forma olib kelishingiz kerak.
Bu hafta ulgirmasangiz keyingi haftada formalar bo’lishi talab etiladi.
Kitob bo’yicha!
1-sinfga chiqadigan o’quvchilarning barchasiga kitoblarni o’zimiz beramiz.
2-3-4-5 sinflarga bizga o’tayotganlar eski maktabidan kitoblarini olib kelishlari kerak.
Bu bo’yicha viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining maslahati shunday bo’ldi.
Agar bizga rus sinfdan o’zbek sinfga o’tayotgan bo’lsangiz kitoblaringizni biz olib beramiz. Boshqa hollarda esa kitoblarni eski maktabingizdan olib kelishingiz kerak.
Boshqa xususiy maktabdan bizga o’tayotganlar bilan kitob bo’yicha alohida gaplashib olishimiz kerak. Nima bo’lgan taqdirda ham hech kim kitobsiz qolib ketmasligiga harakat qilamiz.
Boston School xususiy maktabi bilan shartnoma tuzgan ota-onalar diqqatiga:
2-Sentyabr 08:00da birinchi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tadi.
O’g’il bolalar oq ko’ylak qora shim, galstukda.
Qiz bolalar oq kofta, qora yubkada kelishini so’rab qolamiz.
Yotoqxonaga joylashadiganlar ozgina ertaroq kelib turishini so’raymiz.
Savollaringiz bo’lsa izohlarga yozishingiz mumkin.
Andijon shahrida Prezident maktabiga tayyorlaydigan xususiy maktab ochilayotganini eshitdingizmi?
Haftada 3 kun kursga borib Prezident maktabiga kirish imkonsiz.
Buni ota-onalar tushunib bormoqda.
Bunga yechim sifatida biz Boston School xususiy maktabida Prezident maktabiga tayyorlaydigan maxsus sinflar ochdik.
O’quvchilar yotib qolib tayyorlanadi. Matematika va ingliz tiliga chuqurlashtirilgan tizim.
Siz endi yaxshi repetitor qidirib sarson bo’lmaysiz. Ham maktab ham repetitor bir joyda.
Hozir maktabimizda 1-5 sinflarga qabul davom etyapti.
Taklifimiz qiziq bo’lsa hoziroq biz bilan bog’laning!
Murojaat uchun:
📞+998772015577
📞+998940019969
🧑💻@boston_maktabi_admin
Xususiy maktab telegram kanali:
🔵@boston_maktabi
🔵@boston_maktabi
#Diqqat
O’g’il bolalar uchun yotoqxonamizda 5ta joy qoldi.
Murojaat uchun:
📞+998772015577
🔵@boston_maktabi_admin