bdu_yoshlar_ittifoqi | Неотсортированное

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3434

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Подписаться на канал

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Marifatparvarlik_oyligi
#Koordinator_faoliyati

⚡️Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.


🖇 BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Filologiya fakulteti koordinatori tashabbusi va Filologiya fakulteti tyutorlari hamkorligida talaba-yoshlar o'rtasida ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini qishki mavsumining navbatdagi soni o'tkazildi.

✅ O'yin Buxoro davlat universitetining har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.

🎤 O'yinda Buxoro davlat universiteti Intellektual loyihalar koordinatori Navro‘z Amonov tomonidan savollar o'qib eshittirildi.


Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU #Marifatparvarlik_oyligi

🎧 Buxoro davlat universiteti Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqiy madaniy tadbir tashkil etildi.


🎤 Tadbir davomida, talantli, xushovoz talabalarimiz ijrochiligidagi ajoyib musiqiy taronalar talabalarga ajoyib kayfiyat va xursandchilik baxsh etdi.

✅ Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga ma'naviy ozuqa ulashish, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish maqsadida o'tkazilayotgan mazkur ko'ngilochar tadbir ham yoshlar uchun samarali bo'ldi, desak adashmagan bo'lamiz!


@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#koordinator_faoliyati

⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar hamda "Yoshlar daftari" va metsenatlik yoʻnalishi koordinatorlari hamkorligida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi qizlarning holidan xabar olindi va ularni qiziqishlari boʻyicha yoʻnalishlarga taklif qilindi.


💥 Talaba-qizlarga universitetimiz Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan loyihalar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU #Marifatparvarlik_oyligi

Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Ma'rifatparvarlik oyligi" doirasida talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan "KINO TIME" loyihasi davom etmoqda.

📢 Ushbu loyiha orqali talabalarimiz uchun eng sara kinofilmlar namoyish etib boriladi.

🎥Bizda navbatdagi son uchun "Ilhaq" badiiy filmi namoyish etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Zakovat_time

❇️ Bilimga chanqoq, zukko sirtqi ta'lim talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

✅Shiddatli bahs va munozaralarga boy bo'lgan o'yinda Zukkolar, Intellekt, Bilimdonlar, Filologlar, Zakovatchilar, Al Buxoriy  kabi 6 ta jamoa o`zaro kuch sinashishdi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Live #BuxDU #Marifatparvarlik_oyligi

⚡️Bugun, 7-fevral kuni Buxoro davlat universitetida "Maʼrifatparvarlik oyligi" doirasida Sirtqi ta'lim talabalari ishtirokida A.Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Kitob - manaviyat ko'zgusi" shiori ostida adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazilmoqda.

✅ Mazkur tadbirda Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti boshlig’i R.Karimov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi F.Karimov, Sirtqi boʻlimi boshligʻi Sh.G'aybullayev hamda O'zbek tilshunoslik va jurnalistika kafedrasi o’qituvchisi M.Hamroyeva tomonidan talabalar bilan Navoiy va Bobur hayotining o'xshash qirralari, ijodiy merosi va adabiyotimizda tutgan o'rni haqida ma'lumot berilmoqda. Navoiy g'azallari tahlili bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tmoqda.


@buxdu_uz

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU #Marifatparvarlik_oyligi #Zakovat

⚡️ Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritayotgan professor o'qituvchilar hamda xodimlar o'rtasida "ZAKOVAT" intellektual o'yiniga start beriladi!


🏆Intellektual o'yinda faol ishtirok etib, g'olib bo'lgan jamoalar universitet kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlanadi.

⏳ O'yin joriy yilning 7-fevral kuni soat 15:00 da universitet TTJ binosida bo'lib o'tadi.

🤝Ishtirok etmoqchi bo'lganlar 6 kishilik jamoa tuzib, quyidagi havola orqali 7-fevral soat 14:00 ga qadar to'ldirgan holda @Amonov_N telegram manziliga jo'natishlari lozim.


📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?

📌 Batafsil infografikada👆

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Savollaringiz javobsiz qolmaydi!

📅
"IBRAT Farzandlari" telegram kanalida, bugun, soat 20:00da, Ibrat Academy marafoni bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi.

🕓 Marafon haqida yanada to'liqroq ma'lumot olishni istasangiz bugungi ovozli chatni o'tkazib yubormang!

Link: /channel/ibratfarzandlari?livestream

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 ibratfarzandlari?si=wzGNKrFYrjRoYTTe">YouTube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📚 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati

👉 Sharipov Qo’ng’irotboy Avezimbetovich Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

👉 Karimov Komiljon Hamidovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

👉 Turdikulova Shaxloxon Utkurovna Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

👉 Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda “Yoshlar ovozi” prodyuserlik markazi hamkorligida o‘tkaziladigan “Bo‘zatov FEST” yoshlar ovozi tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Tanlov baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

Gʻolib bo‘lgan iste’dodli yoshlar: 1-o‘rin 50 000 000 so‘m, 2-o‘rin 30 000 000 so‘m, 3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: @YoshOvozBot

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Koordinator_faoliyati
#Shaxmat_shashka

🥳 Juda ajoyib

📌5-fevral soat 17:30 da TTJ fayasida BuxDU Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tashabbusi bilan:

💫 "SHAXMAT va SHASHKA MEVALARDA" nomli shaxmat va shashka o'yini o'tkaziladi!


🌩Oʻyin qiziqarli va noodatiy shaklda tashkil etiladi.

✍️Ro'yxatdan o'tish uchun: @nabiyevich_qurbonboyev

💐 G'olib bo'lgan uch nafar ishtirokchi diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!

Biz sizni kutib qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Бухоро давлат университетида "Шашлик дэй"

БухДУ талабалар турар жойи 7-биносида факултетлар аро баҳс шаклида ўтказилган шашлик пишириш танловида муассаса йигитлари ўзаро куч синашишди.

Ёшлар масалари ва маънавий-маърифий ишлар бўйича проректори А.Амонов, Ёшларни манавий юксалишига кўмаклашиш департаменти бошлиғи Р.Каримов, ТТЖ директори В.Нусратовлардан иборат ҳакамлар ҳайъати натижаларни қуйидагича эълон қилди:

1-ўрин — Физика-математика факултети;
2-ўрин  — Агрономия ва биотехнология факултети;
3-ўрин  — Спорт фаолияти ва педагогика факултети.

Ғолиб бўлган ҳамда фаол иштирок этган факултет жамоаларига диплом ва эсдалик совғалари топширилди.

Бухорода фан ва таълим

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

DIQQAT E'LON

📍 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida e'tiboringizga "G'AZALXON TALABA" nomli onlayn tanlovni e'lon qilamiz.


🗓 Alisher Navoiy bobomizning 583 yilligi munosabati bilan sizlarni onlayn tanlovimizga taklif etamiz.

Shartlari quyidagicha:

-G'azal so'zlarini to'g'ri talaffuz qilish;
-G'azalning ifodaliligi;
-Audioning sifatli bo'lishi talab etiladi.

📥O'z ijod namunangizni topshirish uchun  @jurnalist010803 murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu onlayn tanlovda 3 nafar talaba g'olib deb topiladi va Yoshlar ittifoqi BT tomonidan taqdirlanadi🤩

🗓Eslatma: Audiolarni qabul qilish 7-fevralgacha.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Ayni damda Buxoro davlat universiteti talabalari Samarqand shahriga sayohat va ziyorat qilishmoqda...

Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU #Marifatparvarlik_oyligi

⚡️Bugun, 7-fevral kuni Buxoro davlat universitetida "Ma'rifatparvarlik oyligi" doirasida Tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida"Turkistonda jadidchilik harakati" nomli adabiy-ma'rifiy davra suhbati o'tkazildi.

✅ Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Bekzod Bafoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Buxoro tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Farrux Temirov jadidchilik harakati, uning paydo bolishi, rivojlanishi, jadidlar ilmiy merosining ko'lami kabi bir qator masalalar xususida ishtirokchilarga ma'ruza qildilar.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti boshlig'i R.Karimov,  Yoshlar yetakchisi F.Karimov Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni yashash shart-sharoitlari bilan tanishdi.


✅ Talabalar o‘quv binolari va ijara xonadonlarida  yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirdi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#583_yillik

🇺🇿 9-fevral – buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

________
🇷🇺 9 февраля – день рождения великого мыслителя и государственного деятеля Алишера Навои

________
🇺🇸 9 February - birthday of the great thinker and statesman Alisher Navoi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Zakovat
#live

Buxoro davlat universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida "Zakovat intellektual" oʻyini boʻlib oʻtmoqda.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Live  #BuxDU #Marifatparvarlik_oyligi

⚡️BuxDUning G'ijduvon tumani Soktare MFYda joylashgan o'quv binosida sirtqi ta'lim talabalari sport o'yinlari bahslarida o'zaro kuch sinashishmoqda.

🏆Sirtqi ta'lim talabalari sportning stol tennisi doirasida o'zaro kuch sinashishmoqda.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi
#ishtirokchi_2

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti
5.1 Tar 21 guruh talabasi
Elova Shaxrinoz

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinatorlar_faoliyati

♻️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Besh tashabbus loyihalari koordinatori J.Baxtiyorova tashabbusi bilan Fizika-matematika fakulteti tyutori Sh. Oʻrinova hamkorligida  talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba-qizlar oʻrtasida "Eng yaxshi somsa" tanlovi boʻlib oʻtdi.


⚡️ Chaqqon, pazanda qizlar tomonidan turli xil masalliqlardan, turli koʻrinishdagi somsalar tayyorlandi.

Gʻolib qizlar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Kino_time


🏛Buxoro davlat universitetida talabalarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida kino namoyishi bo'lib o'tadi!

Bugu 6-fevral sanasi soat 16:00 da bosh bino faollar zalida bo'lib o'tadi.

✅ Aziz talabalar bunday imkoniyatlar faqat siz uchun. Sizdan esa bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish talab etiladi.

Siz qanday kino namoyishi etilishini xohlaysiz izohlarda qoldiring...

Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🌱Eko volontyorlar hamda atrof-muhitni asrab-avaylashda befarq boʻlmagan tashabbuskorlar diqqatiga!

✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatori tomonidan "Eco-trening"

♻️ Loyiha ishtirokchilari:
✓Kun davomida guruhlarga boʻlingan holda jamoaviy ishlash;
✓Ekotrenerlardan
master klass darslarini o'tash va ekologik koʻnikmalarini oshirish;
✓Loyiha doirasidagi "Eko-Fakt" , "Eko-Texnika", dasturlarida ishtirok etish;
" Hayvonlarga mehr ulashish" , "Daraxtlarni qadrlash" amaliy aksiyalari orqali atrof-muhitni asrashda oʻz hissasini qoʻshish;
✓Agar faol boʻlishsa Kengashimiz tomonidan tasdiqlangan
maxsus sertifikatga ega boʻlish imkoniyatlarini qoʻlga kiritadilar.

🌏Ishtirok etish mutlaqo bepul


📆Oʻtkazilish sanasi: 7-fevral

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi

🗣 BuxDU Yoshlar ittifoqi koordinatori tashabbusi bilan talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar o'rtasida "Fruit draughts - Mevali shashka" musobaqasi o'tkazildi.

🌩Oʻyin qiziqarli va noodatiy shaklda tashkil etildi.

💐 G'olib bo'lgan uch nafar ishtirokchi diplom bilan taqdirlanadi!

Biz sizni kutib qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi
#ishtirokchi_1

Buxoro davlat universiteti
Sanʼatshunoslik fakulteti talabasi
Samandarova Madina


Biz sizni kutib qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#dayjest 29.01-03.02.2024


#BUXDU_YOSHLAR_ITTIFOQI

⚡️#Hafta_yangiliklari

1. 📌 Fizika-matematika fakulteti koordinatori T.Qurbonboyev hamda Marketing va karyera markazi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o'rtasida prezident asarlari yuzasidan tanlov o'tkazildi.

2. 📌 BuxDU rektori Obidjon Xamidov Joriy o'quv yilida Prezident va nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo'lgan talaba-yoshlar, Qishki ta'tilda o'tkazilgan 10 ta fan bo‘yicha Onlayn fan olimpiada g‘oliblari hamda "TOP 10 Innovator" tanlovi g'oliblarini tantanali ravishda taqdirladi.

3.📌 Talabalar turar joyining 7- binosida sportning shaxmat turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

4. 📌 Fizika-matematika fakulteti koordinatori T.Qurbonboyev tashabbusi hamda Tyutorlar hamkorligida talaba yoshlar bilan birgalikda Birinchi Prezident asarlari yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

5. 📌 Tarix va yuridik fakulteti koordinatori tomonidan fakultetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining "Dekan kubogi" qishki mavsum turlari davom etmoqda.

6. 📌 Marketing va karyera markazi hamda Tabiiy fanlar fakulteti koordinatori B.Bafoyev tomonidan "Karyera uchun bir qadam" shiori ostida loyihalar marafoni Tabiiy fanlar fakulteti faol talabalari bilan o'tkazildi.

7. 📌 Tabiiy fanlar fakulteti koordinatori B.Bafoyev hamda tyutorlar hamkorligida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan fakultetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

8. 📌 Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.

9. 📌 Iqtidor va qobiliyatlarni  kashf etishga bag'ishlangan "TALANT SHOU" mega tanlovi qishki mavsumining 4-turi bo'lib o'tdi.

10. 📌 BuxDU yoshlari Samarqand shahrida sayohatda bo'lishdi.

11. 📌
Talabalar turar joyi 7-binosida fakultetlar aro bahs shaklida o'tkazilgan shashlik pishirish tanlovida muassasa yigitlari o'zaro kuch sinashishdi.

📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

⚡️ Barcha jurnalist va blogerlarni Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi
tomonidan "Yoshlar markazi"da tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-turga taklif etamiz. Press-tur doirasida 2023 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar, 2024 yilda belgilab olingan rejalar to‘g‘risida ham ma'lumot berib o‘tiladi.

🕒 Press-turning boshlanish vaqti: 6-fevral soat 15:00

📍Manzil: Buxoro shahar "Yoshlar markazi"

Hurmatli jurnalist va blogerlar, OAV xodimlari barchangizni ushbu press-turga taklif etamiz.

🌐Telegram |🌐Instagram
📺You tube |🌐 Facebook

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Sayohat
#Samarqand

BuxDU yoshlarining Samarqand shahridagi sayohatidan lavhalar.

@BuxDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Futbol_vaqti
#BuxDU
#Gooool

🇶🇦Qatar - 🇺🇿O'zbekiston (1:1)

Olg'a,O'zbekiston!

#TermaJamoa #Bizning_jamoa

@buxdu_uz

Читать полностью…
Подписаться на канал