#YoshlarKuni #Tabrik
🙋 Aziz yoshlar! Barchangizni bugungi shodiyona, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan muborakbod etaman!
👥 Siz bizning bebaho xazinamiz, kuch-qudratimiz, yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi va ertamizning umidisiz!
📍 Jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilayman!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
⚡️ Hurmat bilan, Buxoro davlat universiteti yoshlar yetakchisi - Feruz Karimov
@buxdu_uz
#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar uchun shaxmat, shashka, stol tennisi, boks, yengil atletika, gimnastika sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bugun viloyat hokimi kubogi uchun"Zakovat" intelektula o'yini bo'yicha turnir o'tkaziladi. Turnirda ishtirok etmoqchi bo'lgan jamoalar 6 kishilik jamoa shakllantirishi zarur. Turnir Nodir devonbegi madrasasida bo'lib o'tadi. Jamoalarni ro'yxatga olish 17-00 da boshlanadi. Turnirda dastlabki ro'yxatdan o'tgan 20 ta jamoa ishtirok eta oladi.
Ha aytgancha turnirda yaxshigina sovg'alar o'z egasini kutmoqda!!!
#LIVE
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida katta shodiyona!
⚡️Universitet rektori Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar holidan xabar oldi
💥Bugun universitet rektori Obidjon Xamidov talabalarni "30-iyun Yoshlar kuni" bilan tabriklash hamda ularning ta'lim olish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.
✅ Talabalar bilan bo'lgan samimiy uchrashuvda talabalarning fikri, takliflari eshitildi. Takliflardan kelib chiqib tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE
#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi doirasida iqtidorli talabalar, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, akademik guruh vakillari, oltin fond a’zolari va stipendiyalar sovrindorlari, BuxDU Volleybol qizlar jamoasi, BuxDU futbol jamoasi ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu uchrashuvda talaba-yoshlar takliflari va murojaatlari tinglanmoqda.
Shuningdek, kuni kecha prezidentimizning 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar va imkoniyatlar to'g'risida ma`lumotlar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️⚡️⚡️BuxDU jamoasi "YANGI NAFAS" yugurish musobaqasida ishtirok etdi
Yoshlar, shuningdek, aholining barcha qatlamlari uchun o‘z sog‘liga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usin rivojlantirishni maqsad qilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bugun, 29-iyun kuni Buxoro shahrida tashkil qilindi.
"Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!" shiori ostida tashkil etilgan ommaviy yugurish marafoni Buxoro shahridagi “Sitora” bolalar bog‘i oldidan start oldi.
Shuningdek, ushbu yugurish musobaqasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Va nihoyat bizdayam ijodkorlarga metsenatlik qilish boshlandi!
Boshlanganda ham kontrakt boʻlib qolsa, yuragi dukillab, oʻqitisharmikin, deb koʻzlari jovdirab turadigan qizlar uchun!
Boshlanganda ham ijodkor qizlar uchun!
Xullas, sheʼr yo hikoya yozadigan, uydagilariga ogʻirligini tushirmay oʻqishni istayotgan ijodkor qizlar beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqida maʼlumotlarni 1-iyuldan 1-avgustgacha @Mehrnozbot ga yuborishlari kerak.
Mehrinoz bu haqda yozganda, katta odam boʻlsam, boshlayman degandim, boʻlmasdan ham boshlayverdim, degandi. Lekin aslida shuncha boshqa narsalar turganda, ijodkorni qoʻllash uchun metsenatlik boshlagani - katta odam boʻldi degani, men uchun.
Bu borada Mehrinozning yoʻlini bersin hammamizga! Katta odamlarimiz koʻp boʻlsin!
@FeruzaXayrullayeva
So‘ng davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.
So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi. Jumladan:
➖ “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformasini ishga tushirish;
➖ “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til o‘rganish tartibini takomillashtirish;
➖ ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
➖ o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish;
➖ Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda o‘qish uchun qanday strategiya tuzish bo‘yicha yoshlarimizni o‘rgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish;
➖ mustaqil O‘zbekiston temir yo‘llari tashkil topganining 30 yilligiga temir yo‘l sohasida xalqaro forum tashkil qilish;
➖ Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish;
➖ Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash taklif qilindi.
Prezidentimiz muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Yoz mavsumida "Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari" dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi.
Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.
Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul "vay-fay" o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Bizni kuzating
#savol: Bir odam antiqa bir kasallikka chalinibdi. Bu kasallikni kasallik ham deb bo’lmaydi. Bunga ko’ra u bir necha hafta davomida qilgan ishlarini qayta qayta takrorlamoqda edi. Yani: suv, ovqat idishlaridan foydalanib bo’lgan vaqtidayoq tashlab yuborardi va ular singan vaqtida o’zini so’kardi.
Diqqat savol: Bu odam kasbini ayting
#savol: Qadimgi Rim shoiri Vergiliy oz uyi hududida pashshaning dafn marosimini otkazadi.Unda gorkovlar, mehmonlar ishtirok etib, marhum xotirasiga uzundan-uzun xotira sozlari aytilgan.Biroz axmoqona tuyulishi mumkin,biroq Vergiliy bundan bir maqsadni kozlagan edi.
Diqqat savol: U qanday maqsadda bu ishni amalga oshirgan.
#savol: Xarald Leshning ta'kidlashicha, ushbu jumla judayam umumiy ta'rifga ega, shuning uchun neft shayxlari ham IKSdan bajonidil foydalanishadi. Biz sizlardan IKSni so'ramaymiz. Bizga ushbu jumlani yozib bering.
Читать полностью…Daryoda baliq tutish va suzish u insonning xotirasidagi eng baxtli onlar ekan. Shuning uchun ham
daryo. Daryo kengayishi uchun esa unga yangi irmoqlar, shogirdlar kerak.
#qoʻshimcha
#savol: Ushbu inson o'zining Qashqadaryoda o'tgan bolaligi haqida gapirar ekan, do'sti bilan baliq tutib, cho'milishganligini tilga oladi. O'zining ijodi yanada kengayishi uchun, uning aytishi bo'yicha, shogirdlari ko'payishi kerak ekan.
Diqqat savol: Ushbu inson kim?
#Yoshlar_kuni
⚡️Butun Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan yuqori kayfiyat va yoshlik zavqini tarannum etuvchi bayram- 30-iyun "Yoshlar kuni" Buxoro davlat universitetida ham yuqori kayfiyatda nishonlanmoqda.
Universitet bosh binosi foyesida "Zakovat" intellektual turniri oʻtkazildi. Ushbu jarayonlarda universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar faol tarzda ishtirok etdilar.
Bellashuvlarda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar diplomlar bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar uchun madaniy-musiqiy ko‘ngil ochar tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Qutlov
#BuxDU
#Yoshlar_ittifoqi
30-iyun ''O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni'' muborak bo‘lsin!
🏢 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti.
👉 @BDU_yoshlar_ittifoqi
30-iyun – Yoshlar kuni
Qadrli Yoshlar!
Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!
🔥Hurmat bilan BuxDU yoshlar yetakchisi Feruz Karimov
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_rektori
⚡️Yoshlar muammolari ijobiy hal etildi
✨Buxoro davlat universiteti rektoriga G'ijduvon tumanidan biriktirilgan yoshlar muammolari ijobiy hal etilmoqda.
💥 Bugun universitet rektori G'ijduvon tumanidan biriktirilgan Beshtuvo MFY da yashovchi O'ktamov Yoqubjon, Rustamova Feruza hamda Ashrapov Azizning holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida ushbu biriktirilgan yoshlarning qilgan murojaatlari esa o'z yechimini topdi.
❇️ Jumladan, Beshtuvo MFY da yashovchi Ashrapov Azizning bandligini ta‘minlash maqsadida unga Payvandlash invertori topshirildi.
✅ Buxoro davlat universiteti rektoriga G'ijduvon tumanidan biriktirilgan 18 nafar yosh bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda...
@buxdu_uz
Ëшлар сиёсати соҳасида амалга оширилган ишлар сарҳисоби, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш масалалари юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|X
Prezident: har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.
Bizni kuzating
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.
Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.
Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating
#e`lon #BuxDU_yangiliklari
⚡️Hurmatli talaba-yoshlar sizlarni yoshlar oyligi doirasida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o'tkazilayotgan "REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"ga taklif etamiz.
⚡️Uchrashuv sanasi: 29.06.2024 (Shanba)
⏱Uchrashuv vaqti: 14:00
🏛Uchrashuv joyi: BuxDU faollar yig`ingohi
Bizni kuzatishda davom eting
#Savol: Shaxmatda ba’zan shunday usul qo’llaniladi, ya’ni oxirgi gorizontga yetib borgan piyoda, shu vaqtgacha raqib tomonidan urib olingan xohlangan figuraga almashtirib olinadi. Bu usul shaxmatda bir nom bilan yuritiladi. Janubiy yarimshardagi bir yulduz turkumini nomi ham shunday.
Diqqat savol: O’sha yulduz turkumi qanday nomlanadi?
#Javob: In God we trust
Izoh: AQSh dollari banknotalaridagi "In God we trust" jumlasida ayni bir xudo yoki avliyo nomi keltirilmagani – ushbu valyutaga o'ziga xos universallik beradi. Natijada istalgan din vakillari ulardan bemalol foydalanishlari mumkin. Arab neft magnatlari hisobida bunday valyutalar yetarli.
Bizning bir a'zomiz sog'lom bo'lishida "U"ning hissasi juda katta deb bemalol ayta olamiz. Bir faktga ko'ra, odam terisi kuyganda, "U"ning yordami bilan kuygan joyning og'rig'i anchayin kamayadi, terining tuzalishi hamda qayta tiklanishi sezilarli darajada tezlashadi. "U"ning bizdagi eng mashhur va ommaviysi XIX asrning boshlarida tashkil topgan bo'lib, XX asrning o'rtalarida, sovun va shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniya nomini o'z nomiga qo'shib ataydigan bo'ldi.
Diqqat savol: "U"ni toping.?