Мўйноқда БухДУ ёшларининг боғи барпо этилди
Жорий йилнинг 10-12 май кунлари БухДУ ректори Обиджон Хамидов бошчилигида университетнинг бир гуруҳ талаба-ёшлари, профессор-ўқитувчилари, ишчи ходимлари Қорақалпоғистон Республикасининг Мўйноқ туманида "Бухоро давлат университети талаба ёшларининг боғи"ни барпо этиш, шунингдек, Бухоро вилоятига бириктирилган Хўжайли туманида талабаларнинг маданий-маърифий тадбирларини ўтказиш мақсадида сафар қилишди.
Дастлаб БухДУ жамоаси Нукус шаҳридаги Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат университетининг фаолиятини яқиндан ўрганиш мақсадида илмий тур доирасида бир қатор учрашувларни ўтказди.
Музокаралар давомида келгусида амалга ошириш мумкин бўлган устувор йўналишлар белгилаб олинди. Хусусан, ҳамкорликда лойиҳалар танловида иштирок этиш, янги авлод ўқув адабиётларини яратиш, нуфузли маҳаллий ва халқаро журналларда мақолалар нашр қилиш, ёзги мактабларда талабалар иштирокини таъминлаш, талабалар учун фан олимпиадаларни ташкил қилиш келишиб олинди.
Ташрифнинг 2-кунида БухДУ ёшлари Мўйноқ туманида ўзлари учун ажратилган ҳудудда БухДУ ёшларининг боғи яратиш мақсадида дарахтлар экишди.
Бухорода фан ва таълим
Xushxabar!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnal tashkil etildi!
Jurnal Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 270564 raqami bilan ro‘yxatga olingan.
✔️“Yoshlar va ilm-fan” jurnaliga quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
↪️ Tabiiy fanlar;
↪️ Gumanitar fanlar;
↪️ Texnika fanlari;
↪️ Yoshlar va ilm.
Bizni kuzating
🌱 Atrof-muhitni asrab-avaylashda befarq boʻlmagan tashabbuskorlar diqqatiga!
✅ "EkoNur" eko volontyorlar harakati tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Tabiat uchun 10 kun" loyihasi boʻlib oʻtadi.
♻️ Loyiha ishtirokchilari:
✓10 kun davomida ekologik vazifa va topshiriqlar orqali tabiatni asrashda oʻz hissasini qoʻshish;
✓Kuchli ekotrenerlar tomonidan master klass darslarini o'tash va ekologik bilim-koʻnikmalarini oshirish;
✓Respublikamizning turli hududlaridan saralanib olingan faol yoshlar bilan oʻzaro tajriba almashish;
✓Bosh hamkorlarimiz tomonidan tasdiqlangan maxsus sertifikatga ega boʻlish imkoniyatlarini qoʻlga kiritadilar.
#Mo'ynoq
#ekoturizm
⚡️BuxDU jamoasi Mo'ynoq ekologiya muzeyi (filiali)da bo`lishdi.
Bugun, Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif davomida BuxDU jamoasi Mo'ynoq tumanidagi Mo'ynoq ekologiya muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.
Mo'ynoq tumani “Ekologiya muzeyi”ning 1980-yillarda doktor Eserkepov tomonidan to’plangan kolleksiyasi Orol dengizi va Mo’ynoq shahrining tarixini tasvirlaydi. Ushbu kolleksiyada: milliy liboslar, qadimiy zargarlik buyumlari, uy-ro’zg’or buyumlari, qayiq va baliqchilik anjom va aslahalari, hayvon va qushlarning tulumlari, hamda, tarixiy fotosuratlar o’rin olgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Mo'ynoq
#ekoturizm
⚡️BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi BuxDU jamoasi Orol dengizi tarixi muzeyida bo`lishdi.
Bugun, Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif davomida BuxDU jamoasi Mo'ynoq tumaniga yetib kelishdi. Dastlab tashrif davomida Orol dengizi tarixi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
“Orol dengizi tarixi muzeyi” binosi respublika bo’ylab turizmni rivojlantirish, hududlarga turistlarni jalb etish ishlarini jadal rivojlantirishda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 37 sonli qaroriga muvofiq tumandagi “Kemalar qabristoni” yonida qurib bitkazilgan va 2019 yilning noyabr oyida foydalanishga topshirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
📣 DIQQAT E'LON
Universitet hududida BAYRAMOVA SAPURA MAQSAD QIZIga tegishli pasport va plastik karta yo'qolgan.
👤 Topgan fuqaro @BuxDUMatbuotkotibi_bot ga xabar berishingizni so'raymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
Mahallada bayram shukuhi
🔰9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Zarafshon" MFYda #Mahalla_Party konsert dasturi va ijtimoiy himoya loyihalari bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#9mayXotiravaqadrlashkuni
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.
Bu kun haqida talaba tengdoshlarimiz fikrini o‘rganamiz!
⚡️#Chellenj davom etmoqda...
✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 9-may—Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan "Sharaf lentasi" taqish chellenji davom etmoqda.
📌Aksiya davomida yoshlar ittifoqi faol a'zolari boshchiligida nafaqat universitetda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarga balki Buxoro shahri bo'ylab harakatlanib, shahrimiź fuqarolari hamda yoshlariga "Sharaf lentalari" taqildi.
Chellenj davom etmoqda...
Bizni kuzatishda davom eting:
#9mayXotiravaqadrlashkuni
🎗SHARAF LENTALARI TAQILDI
9-May — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti a'zolari erta tongdan universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlarga sharaf lentalarini taqishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
“Zakovat Quiz” o‘yinining navbatdagi soni bo'lib o'tadi.
Bu galgi Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan "Zakovat Quiz" o'yinimizga ham barchani taklif qilamiz.
Ro'yhatdan o'tish: @Bux_user
"Zakovat Quiz" o'yini 8-may kuni (chorshanba) soat 16:20 da boshlanadi
📍Manzil: Buxoro shahar.Yoshlar markazi
Telegram | Facebook | Instagram buxoro_zakovat?_t=8gyYUi11kcK&_r=1">|TikTok
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Inson_qadri_uchun
⚜️ Xotira bor ekan – millat barhayot
🎗 Buxoro davlat universitetida "Xotira bor ekan – millat barhayot" shiori ostida "Sharaf lentasi" targ'ibot aksiyasi o'tkazilmoqda. Universitet yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot koordinatorlari ishtirokida universitet xodimlariga, professor-o'qituvchi hamda talabalariga "Sharaf lenta"lari ulashildi.
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#5000_QADAM
🏃♂️HURMATLI BUXDU PROFESSOR-O'QITUVCHILARI,
ISHCHI-XODIMLARI HAMDA QADRLI TALABALAR!🏃♂️
🔈Sizlarni 7-may seshanba kuni soat‼️ 07:00 ‼️
BuxDU asosiy bino oldi qismiga yurish marafoniga barchangizni taklif etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun "BuxDU party" koʻngilochar kechki konsert dasturi boʻlib oʻtmoqda.
Читать полностью…#live
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
❇️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan talabalar o'rtasida "Zukko kitobxon" tanlovining navbatdagi soni boʻlib oʻtmoqda.
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
IMTIYOZLI TA’LIM KREDITNI QAYSI BANKLARDAN OLSA BO‘LADI?
⚡️Ayni paytda Orient Finance Bank va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan imtiyozli ta’lim krediti ajratilmoqda:
✅ Kredit shartlari:
● Foizi:
Xotin-qizlar uchun-0%
Yigitlar uchun-14%
● Muddati-O‘qish davri+7.5 yil
● Miqdori-O‘quv yili uchun talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan shartnoma summasi
● Imtiyozli davri-O‘qish davri+6 oy
📞Murojaat uchun:
▶️Orient Finance Bank—4004;
▶️Biznesni rivojlantirish banki—1254
✅ 2-3-4 kurslar uchun kontrakt to‘lash muddati 30-maygacha etib belgilangan. Ulgurib qoling talabalar!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yangiliklari
⚡️BuxDU jamoasi – Respublika bosqichi ishtirokchisi
📌 Bugun, Buxoro shahridagi yoshlar markazi binosida viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini viloyat bosqichi o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📚"Ma'rifat ulashib" loyihasi
Bizni kuzatishda davom eting:
#Mo'ynoq
#ekoturizm
⚡️BuxDU jamoasi “Kemalar qabristoni” bilan yaqindan tanishishdi.
Bugun, Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif davomida BuxDU jamoasi Mo'ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”ga kelishdi.
Hozirda bir joyda jamlangan “Kemalar qabristoni”ni hosil qiluvchi 13 ta kema oldin Orolqumning o‘rta qismida har biri alohida-alohida holatda turgan. 2000-yillarda maxsus texnikalar yordamida Orolqumga botib qolgan kemalar tortib kelinib, bir joyga jamlangan.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Mo`ynoq
⚡️BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligida universitetining bir guruh talaba-yoshlari hamda professor-o'qituvchilari Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga "Buxoro davlat universiteti talaba yoshlarining bog`i" ni barpo etish hamda Buxoro viloyatiga biriktirilgan Xo‘jayli tumanida talabalarning madaniy-ma’rifiy tadbirlarini o'tkazish maqsadida yoʻl olishdi.
BuxDU Matbuot xizmati
Safar taassurotlarini biz bilan birga kuzating...
Bizni kuzatishda davom eting:
#9mayXotiravaqadrlashkuni
🎗YURT QAHRAMONLARI DOIMO E’ZOZ VA EHTIROMDA
⚜ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari birgalikda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mustaqilligimizni taʼminlash yoʻlida jon fido qilgan yurt oʻgʻlonlarining yaqinlari, mehnat faxriylarining holidan xabar olishdi.
🔰 Faxriylar bilan suhbat davomida oʻzlarining hayot yoʻllarini xotirlab, hozirgi tinchlikni qadriga yetish, shukronalik keltirish zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Xonadon egalari talabalarning tashrifidan mamnunligini aytib, yurtimiz tinchiligi abadiy boʻlsin, deya qoʻllarini duoga ochdi.
#live #matbuot_anjumani
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi
Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
➖ ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.
Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#BuxDU_yangiliklari
Mahallada bayram shukuhi
🔰9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Zarafshon" MFYda bayram tadbiri va ijtimoiy himoya loyihalari bo'lib o'tdi.
Universitet rahbariyati, Axborot texnologiya fakulteti jamoasi va yoshlar ittifoqi vakillari tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalladagi yoshi ulug‘ insonlar va ijtimoiy himoya ehtiyojmand xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi. Mahalla yoshlari uchun konsert dasturi tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Inson_qadri_uchun
⚜️ Xotira bor ekan – millat barhayot
☝️Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo'qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo'la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.
🎗 Buxoro davlat universitetida "Xotira bor ekan – millat barhayot" shiori ostida "Sharaf lentasi" targ'ibot aksiyasi o'tkazildi. Universitet yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot koordinatorlari ishtirokida universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilariga Sharaf lentalari ulashildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
🎧 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "BuxDU Party" konsert dasturining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.
Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.
Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
👉 @xushnudbek 👈
#BuxDU_Party
Siz aziz talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida...
⚡️Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan "BuxDU party" kechki ko'ngilochar konsert dasturida sizlarni kutib qolamiz!
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi_yangiliklari
🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
📌 Batafsil infografikada👆
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook