Qoʻllarizni duoga ochganda, shu konditsionerni, xullas sovutgichlarni ixtiro qilgan odamni duo qilish esdan chiqib qolmasin.😢
Читать полностью…#Ezgulik
"Ezgulik" gazetasining 2024-yil 12-sonida Buxoro davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Feruz Karimovning “O'ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI” nomli maqolasi nashr etildi.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
Buxoro davlat universitetida mavjud ta'lim yo'nalishlari bilan tanishing!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Diyora Keldiyorova bilan muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
📌 Oliy ta’lim muassasalari uchun minimal o‘tish ballari
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
⚡️Buxoroliklar doimgidek yetakchi!
2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi e'lon qilindi.
1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
Barchaga omad tilab qolamiz!
📌 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?
👉 Ta’lim shaklini o‘zgartirish yuzasidan murojaatlar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgust kuniga qadar onlayn qabul qilinadi. Bunda talaba tahsil olayotgan yo‘nalish bo‘yicha OTM ichki imkoniyati va sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lganda uning arizasi qanoatlantirilishi mumkin.
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Bizni kuzating
❌ 75.6 balldan kam to’plaganlar o’qishga kirolmaydi!
😄 Joriy yilgi, yani 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
↪️ sog’liqni saqlash, xuquq, biznesva boshqaruv yonalishlari uchun - 75,6 ball;
↪️ boshqa yo’nalishlar uchun - 66.5 ball etib belgilanadi.
↪️ sog’liqni saqlash, xuquq, biznesva boshqaruv yonalishlari uchun - 94,5 ball;
↪️ boshqa yo’nalishlar uchun - 75,6 ball etib belgilanadi.
#BuxDU_rektori
⚡️ Buxoro davlat universiteti rektoriga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda
✅ Xabaringiz bor, davlat dasturiga muvofiq "Yoshlar balansi" asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rahbarlariga "og'ir" toifadagi, shuningdek, iste'dodli va iqtidorli yoshlar biriktirilgan.
📌 Universitet rektoriga ham G'ijduvon tumanining "Bobur" va "Beshtuvo" MFYlarida istiqomat qiluvchi 18 nafar shu toifadagi yoshlar biriktirilgan bo'lib, ushbu yoshlar bilan doimiy muloqotlar o'tkazilib, ularning hayotda o'z o'rnilarini topishga, bandligini ta'minlash, yechimini kutayotgan muammolarini hal etishda amaliy ko'mak berilmoqda.
💥Shu munosabat bilan bugun, 25-iyul kuni universitet rahbariyati ushbu mahallalarga borib, biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi, ularni muammolari, taklif va tashabbuslarini tingladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️❗️Ўзбекистон футбол мухлислари Фифа Президенти Жанни Ифантинога Ўзбек дўпписини кийдиришди 😄
Ярашибтими?
@BDU_yoshlar_ittifoqi
Bugun Prezidentimiz tugʻilgan kun!
Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim va ilm-fan uchun qulay muhit yaratish, innovatsiya va texnologik taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning maqsadi yurtimiz kelajagini barpo etuvchi bilimli, yaratuvchan, ijodkor, Vataniga sadoqatli, insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qoʻshadigan, global chaqiruvlarga shay avlodni tarbiyalashdan iboratdir.
Prezidentimizning inson kapitali va ilm-fanni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda yoshlarning bilim olish, malakali mutaxassis boʻlib yetishish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaydi, professor-oʻqituvchilar va olimlarimizning ilmiy va pedagogik faoliyatlari uchun katta imkoniyatlar eshigi ochildi.
Taʼlim va akademik harakatchanlikka investitsiyalar kiritilishi, oliy maʼlumotli boʻlish imkoniyatining 4 karra oshgani, talabalar, oʻqituvchi-professorlar, tadqiqotchilarning xorijiy stajirovkalarni oʻtashlari, dunyoning yetakchi oliygohlari bilan yaqindan hamkorlik, yoshlarning davlat granti asosida oʻqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, fan, texnika va iqtisodiyot rivojiga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Prezidentimizga mustahkam sogʻliq, cheksiz kuch-quvvat va yangi Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida yangi yutuqlar tilaymiz! Sizning rahbarligingiz bilan xalqimiz tinchligi va farovonligini taʼminlash yoʻlidagi ishlar oʻz samarasini beraversin!
Bizni kuzating
📺📺 #Buxoronoma
"Buxoronoma" gazetasining 2024-yil 55-sonida Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azizbek Amonovning “BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” yoxud yangi O‘zbekiston – totuvlik va do‘stlik diyori!” nomli maqolalarini o‘qishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting:
Савол:
Мен ҳозир талабаман. Хомиладорман. Яқинда фарзандли бўлишим керак. Мен ўқиш жойимдан хомиладорлик ва туғруқ таътилига қандай тартибда чиқсам бўлади?
Жавоб:
Ҳозирги холатда сизга олийгоҳ томонидан академик таътил берилади. Академик таътил тўғрисида тушунтириб ўтамиз:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 3 июндаги 344-сонли Қарорининг 1-иловаси 1-бандида олий таълим муассасалари талабаларига академик таътил қандай ҳолларда берилиши белгиланган.
Улар:
ҳарбий хизматни ўташ учун;
саломатлигини тиклаш учун;
ҳомиладорлик ва туғиш учун;
болаларни парвариш қилиш учун;
оиласининг бетоб аъзосини (отаси, онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар, турмуш ўртоғи, фарзанди) парвариш қилиш учун.
Аризага қуйидаги ҳужжатлар илова қилинади:
ҳарбий хизматни ўташ учун — тегишли туман (шаҳар) мудофаа ишлари органларининг талабани ҳарбий хизматга чақириш ҳақидаги чақирув қоғози;
саломатлигини тиклаш, ҳомиладорлик ва туғиш, шунингдек, болаларни парвариш қилиш учун — талаба доимий тиббий назоратда турган тиббиёт муассасаси хулосаси;
оиласининг бетоб аъзосини парвариш қилиш учун — оиласининг бетоб аъзоси доимий тиббий назоратда турган тиббиёт муассасаси хулосаси.
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Bizni kuzating
❗️Bu nima degani?
Agar siz abituriyent boʻlib davlat imtihonlarida qatnashgan boʻlsangiz va yuqorida koʻrsatilgan 56,7 ballni ham toʻplay olmagan boʻlsangiz, unda talabalik sizga bu yil nasib qilmadi . Keyingi yil harakat qilib koʻrarsiz.
Ammo, lekin, biroq degan joyi ham bor. Baʼzi bir yoʻnalishlarga oʻtgan yili va undan oldingi oʻquv yillarida umuman talaba yigʻilmagan, shuning uchun 40-50 ball, yaʼni minimal balldan past ball olganlarni ham oʻquv yili boshlangach chaqirishgan edi.
Bu yil ham shunday boʻladimi yoki yoʻqmi bilmayman, ammo boʻlib qolishi ham mumkin.
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
#Eslatma
📌 2024/2025 oʻquv yilidan talabalar yotoqxonasiga joylashish toʻliq onlayn boʻladi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1 avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.
#Тугади
Бўлди, бугундан бошлаб футбол тамом...
Ўзбекистон Олипмиада терма жамоаси учун хаммаси тугади.
Ўзбекистон-Миср 0-1.
Жуда мазмунсиз ўйин.
Ёшлар китоб ўқинглар, шундан фойда:)
👉 @BDU_yoshlar_ittifoqi
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
Ўзбекистонда 27 октябрь куни депутатлик сайлови бўлиб ўтади
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатларининг сайлови 2024 йил 27 октябрь куни бўлиб ўтади.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#rasman
‼️Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlandi
Jami 12 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o’tkazildi.
Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.
Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo’nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.
15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
⚡️Mandat natijalarini bilish 👇🏻
@Mandatlar_bot
@Mandatlar_bot
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yangiliklari
#Qabul_2024
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 11-kuni boʻlib oʻtdi.
@buxdu_uz
O’yin tugadi.
Yigitlarimiz oxirgi 20 daqiqada ispanlarni uyiga qamab qo’ydi, to’liqligicha ustunlik biz tomonda bo’ldi. Ammo, afsuski, gol ura olmadik.
🇺🇿O’zbekiston 1:2 🇪🇸Ispaniya
Guruhdagi ilk uchrashuvda mag’lub bo’ldik. Oldinda yana ikkita o’yinimiz bor. Jamoamizga kelgusi o’yinlarda omad tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
#dayjest #Qabul_2024
#11_kun
2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy ta‘lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 11-kuni boʻlib oʻtmoqda. Oliy ta‘lim muassasalarining “Volontyorlar guruhi” a‘zolari faollik bilan ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzating
#BuxDU_yangiliklari
#Qabul_2024
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 10-kuni boʻlib oʻtdi.
@buxdu_uz
⚡️Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish bo'yicha to'liq videoqo'llanma
Nodavlat oliy ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish huquqiga ega.
🔰 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
➖ o‘z mablag‘lari;
➖ jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
➖ yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.
Buning uchun soliq organi yoki qaysidir tashkilotga borish shart emas, uyda o'tirib ham buni bajarish mumkin)
🎓 @BDU_yoshlar_ittifoqi