allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Hayotda koʻraverib, amin boʻlganim, oʻziga nisbatan ishonchi yaxshi odamlar oddiyligi va kamtarligi bilan ajralib turadi. Haqiqiy oʻziga ishonchi mustahkam odamlar samimiyligi sezilib turadi. 

Aksincha, oʻziga ishonchi kam odamlar qaysidir yoʻllari bilan oʻzini “uveren” koʻrsatgisi keladi. Kimdir oʻzini koʻrsatish uchun balandroq gapiradi, kimdir unlilarni choʻzadi, kimdir dadil yuradi, kimdir zoʻr mashina bilan oʻziga boʻlgan ishonchini koʻrsatadi. Lekin, ichkaridan qarasa odatda bunaqa insonlar oʻziga boʻlgan ishonchi past, faqat shu manipulyatsiya bilan oʻziga nisbatan ishonchini koʻrsatgisi keladi. Xullas, kimdir o'zini o'ziga ishonganday mag'rur ko'rsatmoqchimi, katta ehtimol bilan unda ishonch bilan muammo bor. 

Haqiqiy oʻziga ishonadigan odamlar bilan kirishib ketish oson, hammasi oddiylik ustiga qurilgan, siz bilan aloqada turli xil oʻyinlar qilinmaydi. Ular masʼuliyatni, chegarani yaxshi bilishadi va boshqalarning ham shaxsiy hududini hurmat qilishadi. 

Oʻziga nisbatan haqiqatdan ishonchi kuchli boʻlgan odamlar bilishimcha hayotda munosabat va muomala uchun eng yoqimli odamlar boʻlishadi. Bunaqa odamlarni odatda juda qadrlayman. 

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Мен мармар ичинда малакни кўрдим
ва унга етгунча мармарни йўндим.

© Микеланжело

Читать полностью…

Allaev Uz

Fokus muammosi jiddiylashayotganligi haqida.

Bir xavotirli holatni kuzatmoqdaman. Reels orqali koʻpchilikning fokusi bilan muammo paydo boʻlmoqda. Miya biror maʼlumotga maksimum 1 daqiqa diqqat qaratishi mumkin, shu vaqt ichida dofamin olinmasa, keyingi maʼlumotga sakraydi.

Bu shu darajadagi, hatto kino koʻrishmay qoʻyishyapti chunki kino koʻrish uchun ham kamida 1.5 - 2 soat davomida miyani ishlatib maʼlum syujet liniyasini kuzatish kerak.
Instagramda bir necha soat shunchaki havodek uchib ketishi mumkin, lekin doim vaqt yetmasligidan nolishadi.

Miya yengil ozuqaga oson oʻrgangan odamdan endi murakkab matnni oʻqishni, sabr qilib diqqat bilan soatlab ishlashni talab qilish juda qiyin.

Shu uchun ham mezon boʻlishi kerak deb oʻylayman. Miyani kitob o'qib, uzunroq podcast eshitib yoki kino koʻrib chiniqtirib borish kerak.

Boʻlmasa fokus bilan muammo yildan yilga jiddiylashadi.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Partiyalar oʻrtasida TVda debat boʻlar ekan.

AQSh, Fransiya, Turkiya kabi davlatlarda prezidentlikka nomzodlar o'rtasida, parlament saylovlaridan avval siyosiy partiyalar ishtirokida o'tkaziladigan teledebatlarni kuzatishni xush ko'raman. Masalan, ayni paytda AQShda Tramp va Harrisning debati juda ko'p muhokama qilinyapti.

Yaqinda bo'lgan debatda Trampning migrantlar bo'yicha siyosatni tanqid qilish maqsadida aytgan Springfild shahrida odamlar mushuk va itlarni yeyotgani haqidagi gapi tarmoqlarda juda aylandi.

Debatlarda shunday qiziq holatlar ham kuzatilib turadi. Shu bilan birga, ularda jiddiy siyosiy bahslar, nomzodlarning bir-birlariga qarshi “qaltis” hujumlari ham uchraydi. Shuning uchun debatlar doim qiziq jarayon bo'lib kelgan.

O'zimizda ham partiyalar yetakchilari o'rtasida debatlar boshlanayotgan ekan. Birinchi teledebat 27-sentyabr kuni soat 17:00 da Zo‘r TV, Uzreport TV, RTV, Sevimli va My5 telekanallarida efirga uzatiladi. Partiyalarni oʻzini tutishini, yoʻnalishlarni kuzatish qiziqarli boʻladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bu hayotda inson oʻzini topish jarayonida bir bosqich boʻlishi mumkin.
Esimda bor, man ham bir vaqtlar Asaxiy yangi ochilganda Asaxiydan olingan televizorni nastroyka qilib berishga oʻzim oʻqigan universitetga borganman. Dekan mani tanib qolib, televizor usta boʻlib ketdingmi degan.

Bu shunchaki oʻtish bosqichi boʻlishi, shunda qolib ketmaslik muhim.

PS: Bugun man Universitetning kuzatuv kengashining faxriy aʼzosiman.

Читать полностью…

Allaev Uz

37 soni nega mashhur?

Ushbu videoda ommaviy so'rovnomalarda 37 sonining ko'p tanlanishi sabablarini o'rganamiz. Ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamlar 1 dan 100 gacha raqam tanlaganda, 37 soni ko'pincha afzal ko'riladi. Buning psixologik sabablari va raqamning qiziqarli xususiyatlarini muhokama qilamiz. Shuningdek, 37 ning xotirada saqlanishi va u bilan bog'liq statistikalar haqida ma'lumot beramiz. Ushbu video orqali 37 sonining ommaviy fikr va tanlovdagi o'rni bilan tanishasiz.

Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=0VO09LO1j9k&ab_channel=XURMO

Читать полностью…

Allaev Uz

8 соат ухлаш афсона эканлиги ҳақида

Кўпчилик кунига 8 соат ухламасам саломатлигимга зарар етиши мумкин деб ўйлайди. Лекин британиялик профессорларнинг айтишича, бу қоида афсонага айланиб қолган. Ҳар бир инсон учун идеал ухлаш вақти йўқ, чунки организмнинг эҳтиёжлари турлича бўлиши мумкин.

Кимдир 7 соат ухлаб ҳам ўзини тетик ҳис қилса, бошқа бировга 9 соат ҳам етмаслиги мумкин. Демак, 7–9 соат ухлаш умумий тавсия бўлса-да, ҳар доим ҳам бу қоидага амал қилиш шарт эмас.

Буюк Британияда ўтказилган тадқиқотлар шуни кўрсатдики, ҳафта давомида етарлича ухламасангиз ҳам, дам олиш кунлари 1,5 соатгача ортиқча ухлаш орқали чарчоқни қисман компенсация қилишингиз мумкин. Бу нафақат энергиянгизни тиклашга ёрдам беради, балки юрак хасталиклари ривожланиш хавфини ҳам камайтиради. Қисқа муддатли “қайта тикланиш” учун ортиқча ухлаш вақтинчалик танаффус сифатида фойда беради, лекин буни одатга айлантирмаслик керак.

Яна бир жиҳати, ҳар бир инсоннинг биологик соати бошқаларникидан фарқ қилади. Кимдир “эрталабки каклик” бўлса, яна кимдир “тунги бойўғли”. Мана шу табиий ритмлар ҳам ухлаш соатига таъсир қилади. Шунинг учун организмга қулоқ солиб, ўзингиз учун энг яхши ухлаш режимига эга бўлиш муҳим.

Баъзи тадқиқотчиларнинг қайд этишича, ҳафта давомида доимий равишда ухлаш режимига амал қилиш ва дам олиш кунларида ортиқча ухлаш юрак хасталиклари, диабет ва ҳатто руҳий ҳолат билан боғлиқ касалликлар хавфини камайтиради. Ухлаш ҳаёт сифатига, диққатни жамлаш қобилиятига ва иш самарадорлигига ҳам катта таъсир қилади.

Шундай экан, ухлаш вақти билан турли тажрибалар қилиш орқали ўзингизга энг тўғри мос режимни топишга ҳаракат қилсангиз бўларкан. Асосийси, тана эҳтиёжларига қулоқ солиш ва унинг имо-ишораларини тўғри тушуниш.

🧠@nurbekalimov

Читать полностью…

Allaev Uz

Shaxsiy inqiroz

Shaxsiy inqiroz video rolikda, shaxsiy inqirozlar tufayli yuzaga keladigan xiyonat holatlari tahlil qilinadi. Videoda, ichki inqirozlar, masalan, o‘zini baholash muammolari, stress yoki emotsional beqarorlikning xiyonatga qanday ta'sir qilishi ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy inqirozlarning xiyonat va ijtimoiy munosabatlarga qanday ta'sir qilishini o‘rganish bilan birga, bu holatlarning oldini olish va boshqarish uchun foydali tavsiyalar taqdim etiladi. Ushbu video, shaxsiy inqirozlar va xiyonat o‘rtasidagi murakkab aloqalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=Y7RG_QL1SvQ&ab_channel=XURMO

Читать полностью…

Allaev Uz

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash – vaqt talabi

So‘nggi yillarda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ko‘pgina mamlakatlar uchun eng muhim masalalardan biriga aylanyapti. Jahon miqyosida iqlim o‘zgarishi, havo va suvning ifloslanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi muammolar tez sur’atlar bilan ortib borayotgani achinarli. Shu sababli ham barqaror rivojlanish va sog‘lom muhit yaratish har bir davlat uchun ustuvor vazifaga aylangan.

O‘zbekistonda ham ekologik xavfsizlikni ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishga javobgarlikni kuchaytirishni muhim vazifa deb hisoblayman. Atrof-muhit va aholi salomatligiga yetkazilayotgan zararlarning oshib borayotganiga e’tibor qaratib, o‘simlik va hayvonlar dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilikni kuchaytirish kerak.

Ekopartiya ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ekologiyaga doir eskirgan javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish taklifini ilgari suryapti. Bu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolarni ekologik xavfsizlikka jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

Hammamizning sa’y-harakatlarimiz bir joyda to‘planib, ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ekologik partiyaning tashabbuslari ham bu borada juda muhim.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

"Asaxiy Books" ва "Xalq banki"дан янги ўта муҳим китоб премьераси.

Ҳарвард профессори Клейтен Кристенсон бошчилигида жамодан ажойиб китоб энди ўзбек тилида.

Қашшоқликдан қутулиш мумкин. Савол эса — “қан­дай қилиб?”

Қандай қилиб мамлакатлар фаровонликка эришиши мумкин? Фаровонликнинг асл калити нимада? Кўплар бу саволларга турли жавобларни таклиф қилса-да, дунёдаги энг таниқли университет - Ҳарвард профессори Клейтон Кристенсон бошчилигидаги тадқиқотчилар "Фаровонлик парадокси" китобида бошқалардан фарқ қиладиган, лекин далилларга асосланган амалий ечимларни тақдим этишган.

Китобда муаллифлар нафақат АҚШ ёки Европа мамлакатлари, балки Мексика, Япония, Жанубий Корея ва ҳатто Нигерия каби турли давлатлар мисолида инновациялар қандай қилиб миллионлаб инсонларнинг турмуш тарзини ўзгартирганини очиб беради. Улар реал ҳаётий мисоллар орқали кўрсатади: нима учун баъзи мамлакатлар тез ривожланади ва бу ривожланишга нима сабаб бўлади?

Китоб сизни нафақат иқтисодиёт ва инновациялар билан таништиради, балки кенгроқ саволларни қўяди: нимага аҳоли фаровонлигини оширишга қаратилган кўплаб қарорлар муваффақиятсизликка учрайди? Бу саволлар, Кристенсоннинг илмий тадқиқотлари билан бирга, глобал ривожланишнинг замонавий муаммоларини янада тушунишга ёрдам беради.

Китоб сиёсатчилар, давлат хизматчилари, иқтисодчилар, тадбиркорлар, талабалар ва умуман мамлакат тақдирига беэътибор бўлмаган барчага тавсия қилинади.


Китоб ҳақида:

Нашрга тайёрловчи: Дилбар Ҳайдарова
Таржимон: Мадина Абдуллаева
Муҳаррир: Умида Абдусаломова

Муқова: Қаттиқ
Бетлари сони: 375 бет

Нархи: 99 000 80 000 Сўм

Буюртма бериш: asaxiy.uz/u/66ed5969a3ed3

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

“10 кунда панел ўрнатмасак, токдан узишаркан” — Тадбиркорларни мажбурлаш давом этмоқда

Ўзбекистон бўйлаб тадбиркорларга қуёш панелларини ўрнатиш мажбурияти қўйилмоқда. Панел ўрнатмаганлар электр токидан узилиши борасида ҲЭТК томонидан огоҳлантирилган. Энергетика вазирлиги бундай ҳаракатларни ноқонуний дейиши билан, бу ноқонуний ҳаракатлар тўхтаб қолгани йўқ.

👉 https://kun.uz/kr/15175538

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Allaev Uz

Soliq qo'mitasi "Inbazar"da rasman faqat bir kishi ishlagan degan xabarni rad etib chiqibdi.
Soliq xabaridan:


Bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda:
▫️"IN MAG" MChJ;
▫️"GO TREND" MChJ;
▫️"KDS SALES" MChJ.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga koʻra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʻminlangan.

Soliq organlari tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida Soliq mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha jarimalar qoʻllanilgan.

Shtatida 1 nafar xodim koʻrsatilgan “INBAZAR” MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Inbazar masalasida birinchi kundan beri turli xil reaksiyalarni ko'rmoqdaman.
Tadbirkor qilgan ish xato, albatta.

Lekin, bazi reaksiyalar orasida MXX yetmayapti, Karimov davri yaxshi edi, bunaqalar Jasliqqa ketishi kerak va shunga o'xshagan biznesni yaxshiroq nazorat qilishga undovchi chaqiriqlar bo'lmoqda.

Do'stlar, bugungi biznes kechagi biznes emas. Hukumat 8 yil erinmasdan sohani reforma qilib keldi. Oldingidek, xayp bo'libdi deb tekshirib qamab tashlayversa, yakuni hammamizga muammoli bo'ladi.

Hozirgi holatda eng to'g'ri vaziyat qonun ishlashi bo'ladi. Zarar ko'rganlar ariza bersin, o'sha ariza asosida qonuniy jazosini olsin, kam ham emas, ko'p ham emas. Davlatning soliq sohasida ham, jinoyat borasida ham, umuman xohlagan sohada shakllangan qonunlari bor. Tadbirkorning vazifasi o'sha qonun doirasida ishlash. Qonun buzdimi, aynan buzgan qismi bo'yicha jazolanishi kerak. Undan ortiq emas.

Bitta tadbirkorni deb eski zamonni qo'msash aqlga to'g'ri kelmaydi. Bir nechta tadbirkorni deb butun O'zbekistondagi bizneslarni nimagadir ayblash va huquq-tartibot organlari hammasini nazorat qilishi kerak degan chaqiruvlar Yangi O'zbekistonga mos emas.

Vaziyatni hamma davlat organlari bilib bo'ldi, ularga o'z ishini qilishni qo'yib berish kerak. Agar, o'sha biznesdan kimdir jabr ko'rgan bo'lsa, qonun bo'yicha o'z himoyasiga chiqish kerak. Undan ortiq yoki kam emas.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Xato qilgan xodim qanday jazolanadi?

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Дунёда мўъжизалар кўп. Лекин қайсидир ташландиқ саҳронинг катта мегаполисга айланиш мўъжизаси ҳақида гапирмаса бўлмайди. Гап Дубай ҳақида кетиб турганини билдингиз менимча. Ташкил топганига ярим асрдан ошган Дубай аллақачон дунёнинг марказларидан бирига айланди. Бирлашган Араб Амирликларининг бунчалик ривожланишига фақат саҳрода оқиб турган нефть сабабчи бўлдими? Ёки яна нимадир Дубай, Абу-Даби каби шаҳарларни ривожланишига ҳисса қўшдими?

Саволлар кўп, жавобни эса мана бу видеодан топасиз⬇️
https://youtu.be/F1-Fv2X9geE?si=BL2kgPhFYq0DuB6Y

Читать полностью…

Allaev Uz

ЖССТ маълумотларига кўра, аҳолисининг даромади паст ва ўртача бўлган мамлакатларда ҳар 10 та дори воситасидан бири қалбакилаштирилган ёки сифатсиз бўлар экан.

Масалан, Ҳиндистон аҳоли жон бошига даромад бўйича ўртачадан паст кўрсаткичга эга (2240 доллар). Ушбу мамлакатда ишлаб чиқарилган дори воситалари ўтган йили Гамбияда 66 нафар, бизда эса 65 нафар боланинг ўлимига сабаб бўлганди. Ҳиндистон патентланмаган дори воситаларини ишлаб чиқариш бўйича ҳам дунёда биринчи ўринда туради.

Ўзбекистонга кириб келадиган дори воситаларининг аксар қисми Ҳиндистондан олиб келинишини ҳисобга олсак, келажакда «Док-1 Макс» сироплари билан содир бўлган ҳолат яна қайтарилмаслиги учун мазкур тизим давлат томонидан тўлиқ назоратга олиниши керак.

ХДП ҳам айни шундай таклифни илгари сураётган экан. Партия дори-дармонлар ва тиббий маҳсулотлар нархини тартибга солиш тўғрисидаги қонунни ишлаб чиқиш ташаббусини билдирибди.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

O‘zbekiston kontrabanda tamaki mahsulotiga qarshi kurashishda yangi bosqichga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.06.2024 y.dagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-84-sonli Farmoniga muvofiq, yangi choralar kiritilmoqda.
Jumladan, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan, unga muvofiq:
— Tamaki mahsulotlarini tranzit asosida mamlakatimiz hududi orqali olib o‘tuvchi yuk tashuvchilar bojxona organlari depozit hisoblariga aksiz solig‘i, QQS va bojxona bojlari summasiga teng summadagi mablag‘ni o‘tkazishlari lozim. Tamaki mahsuloti mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketilgani fakti tasdiqlangandan keyin pul mablag‘lari qaytariladi.

— O‘zbekiston orqali tranzit asosida olib o‘tilayotgan tamaki mahsuloti uni qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bilan markalangan bo‘lishi lozim. Yuk tashuvchi esa, yuk tashish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak.

Bu choralar “uzilgan tranzit” noqonuniy sxemasidan foydalanishning oldini olishni ta'minlaydi. Ushbu sxema Farg‘ona vodiysi hududida faol qo‘llaniladi. Balki shuning uchundir, bu yerda noqonuniy sigaret savdosining eng yuqori darajasi (25,6%) kuzatiladi. Viloyatlar kesimida holat yanada qiziqarlidir:
— Farg‘ona — 19,7%
— Ko‘qon — 25,6%
— Marg‘ilon — 27,2%
— Namangan — 49,3%
— Andijon — 19,5%

Davlat byudjeti esa, 2024-yilning birinchi 8 oyida 353,2 mlrd so‘m boy berdi.

Fikrimcha, bu – tamaki mahsuloti kontrabandasiga qarshi kurashishdagi muhim qadam. Sigaret kontrabandasi jinoiy guruhlarning pul topish tarmoqlaridan biri ekani inobatga olinsa, bu to‘dalar aholi salomatligi evazisha pul topishda davom etishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak!

Читать полностью…

Allaev Uz

Chegirmalarning so‘nggi kunlari! 🎁

💰 Faqatgina 30-senytabrgacha 10 000 000 so‘mdan yuqori miqdorda kredit olgan barcha mijozlarga foiz stavkasiga 10% gacha chegirma sovg‘a qilamiz.
Hujjatlarsiz, garovsiz va kafillarsiz.

✅ TBC UZ ilovasini yuklab oling, ariza yuboring va bir minutda javob oling.

Batafsil tbcbank.uz saytida

Reklama

Читать полностью…

Allaev Uz

👉 https://youtu.be/fXA0Yk8ZtwU

Сусамбил подкастининг навбатдаги сонида санъатшунос ва PR бўйича мутахассис Сардор Бобоев, маркетолог Мирзо Зоминий ҳамда book-блогер Жасурбек Бозорбоев билан профессор Ж.Р.Р.Толкин ижоди, Питер Жексон суратга олган “Узуклар ҳукмдори” ва “Ҳоббит” трилогиялари, Амазон Приме яратган “Қудрат узуклари” ва яна кўплаб қизиқарли нарсалар ҳақида кўп ва ҳўп суҳбат қурилди. Куз фаслида тинглашли, дўстона ва асосийси сеҳр-жодуга бой подкаст бўлган.

Читать полностью…

Allaev Uz

"Rahbar yuqoriga intilishi, keng miqyosda ko‘ra olishi, keng fikrlashi va shu bilan tor doirada mulohaza yuritadigan oddiy odamlardan ajralib turishi lozim."

©Fransiya prezidenti Sharl de Goll, Ikkinchi jahon urushi davrida

#tonggimutolaa

Читать полностью…

Allaev Uz

Rahbarga maza, hamma rahbar bo'lgisi keladi.
Lekin, man sizga tanganing ikkinchi tomonini aytib beraman.

Avvalo, rahbarlik (menejerlik) - bu kasb.

Menejer (rahbar) bo‘lish - maqom emas, mas’uliyat. Ba’zilar: "Hozir rahbar bo‘lsam, ko‘p bo‘sh vaqtim bo‘ladi, faqat topshiriqlar berib, ko‘proq sayohat qila olaman", deb o‘ylashadi. Lekin bunday emas! Rahbar aslida jamoaning xizmatkoridir. U jamoa, undagi har bir xodim o'z ishini to'g'ri qilishi uchun xizmat qiladi. Ish to'g'ri bajarilishi uchun sharoit yaratadi, muammo chiqsa yechadi, uning vazifasi xodim o'zi ishini unumdorroq qilishi, yaxshiroq ishlashi uchun sharoit va imkon yaratishdir. Shundagina biznes ko'zlagan maqsadlariga erishadi.

Menejerning ishi - bu mas’uliyat. Rahbar kompaniyada qanchalik yuqori lavozimda bo‘lsa, uning mas’uliyati shunchalik katta bo‘ladi. Kompaniyadagi eng mas’uliyatli shaxs - bu bosh direktor. Natija uchun javobgarlik uning zimmasiga tushadi.

Rahbar - bu kasb. Xuddi stomatolog kabi, juda mas’uliyatli kasb. Bemorlarni davolashni boshlash uchun ta’lim olish, ko‘p amaliyot o‘tash kerak. Bitta noto‘g‘ri harakat bilan odamni nogiron qilib qo‘yish mumkin. Tishni qanday parmalashni bilmaydigan stomatolog kreslosida o‘tirishni xohlarmidingiz? "Ish jarayonida o‘rganib olamiz", deyishsa-chi? Albatta, buni xohlamaysiz.

Xuddi shuningdek, kompaniya boshida ishlarni pala-partish qiladigan, muammolarni faqat paydo bo‘lgandan keyin hal qiladigan noprofessional menejerning bo‘lishini ham hech kim xohlamaydi. Bunday odam o‘z majburiyatlarini bilmaydi va doimo favqulodda vaziyatlar bilan yashaydi.

Shu uchun ham professional rahbar bo'lish bu katta mas'uliyatni angalatadi. Yuqori maosh, ma'lum bir darajada boshqalarga nisbatan erkinlik odatda bilim, umr, asab va energiya evaziga erishiladi.

Har bir kasbning o'z qiyinchiliklari bo'lgani kabi, rahbarlikni ham o'z qiyinchiliklari bor. Biznes egalari bo'lsa biznes ko'zlangan natijalarga erishishi uchun rahbar bo'lishni o'rganishlari yoki professional rahbarlarni tayinlashlari shart.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Қашшоқликдан қутулиш мумкин. Савол эса — “қан­дай қилиб?”

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Қўлимда бўлганида, мамлакат тақдирига дахлдорман деган ҳар бир кишига бу китобни ўқитган бўлардим.

Читать полностью…

Allaev Uz

Malakali adekvat menejment bilan johil menejment oʻrtasida bitta katta farq bor:
Adekvat menejment muammo chiqqanda sabablari bilan shugʻullanadi, murakkabliklarni oʻrganib, foydali yechim beradi. Burgaga achchiq qilib koʻrpani yoqmaydi. Malakasiz yoki johil menejment muammo yechimini doim taqiqlarda koʻradi. Nimadir muammo chiqsa, nimadir taqiqlanadi. Taqiq qanchalik zarar olib kelishi qiziq emas. Muhimi, taqiqlandi, endi muammo yoʻq.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

"Bu oxiri emas. Bu hatto oxirning boshlanishi ham emas. Lekin, ehtimol, bu boshlanishning oxiridir."

©Uinston Cherchill

@allaevuzb

#tonggimutolaa

Читать полностью…

Allaev Uz

Қаловини топсанг, қишда қор ҳам ёғади.

Юридик йўналишга лицензия олиш муаммоси ҳали ҳам ҳал бўлмаяпти, айтишларича, “Profi University”нинг юридик лицензия бўйича топширган аризасини қандайдир кичик хатолар топиб лицензия беришни рад этиш бўйича ишлар олиб борилмоқда экан.

Лекин қандай кичик хатолар бўлиши мумкинлигини ўзим ҳам билмайман. Вазирлар Маҳкамасининг 80-сонли қарорига мувофиқ лицензия беришга ваколатли орган, яъни Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги юридик йўналишга лицензия бериш учун бирор бир бошқа вазирлик, хусусан адлия вазирлигидан ҳам хулоса олиб ўтиришига ҳожат йўқ.

Аммо бизга адлия вазирлигидан экспертларни юборишди, улар ҳам келиб ҳаммаси зўр, яхши деб кетишди. Аммо эшитишимга қараганда салбий хулоса берган эмиш.

Биз университетга энг охирги лабораторияларни Хитойдан олиб келдик, мен Тошкент давлат юридик университетида таҳсил олганман, масалан, биз Германиядан олиб келган криминология лабораторияси юридик университетнинг ўзида ҳам йўқ, биз бу фақатгина шу лаборатория учун 400 000 долларга яқин маблағ сарфладик.

Энди мен Ўзбекистон Республикасида юридик лицензияга эга бўлган хусусий университетлар билан танишиб чиқишни бошладим.
Охирги юридик йўналишда лицензия олган университет Абу Райҳон Беруний университети билан танишдим.

Видео ва расмларда ўзингиз баҳо берарсиз. Мен бу университетга ҳеч қандай хусуматим йўқ, лекин университетда талабга жавоб берадиган лабораторияни мен топа олмадим. Расмлардан ҳам ўзингиз кўришингиз мумкин.

Қаловини топсанг, қишда қор ҳам ёнади деган гап бор, лекин мен ҳозирча юридик йўналишга лицензия олишнинг қаловини топа олмадим. Бизнесда қоидалар ҳамма учун тенг бўлиши керак, ўртоқлар, агар тенг бўлмаса, бизга “сизлар ҳаракат қилманглар, сизларга барибир бермаймиз, биз фақат шохи борларга берамиз” деб айтиб қўйинглар, биз ҳам умидвор бўлиб овора бўлиб юрмайлик.

P.S. Бу қор ўлгур ҳам фақат катта соққага ёнадими дейман.

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Allaev Uz

Сизга қайси касб ёқишини билишингиз керак, ва шу касб учун ҳаракат қилишингиз керак.
Бу энг муҳим этап!


Қўштирноқ подкастда Z авлод, ақлли авлод билан бўлган суҳбат.

🔗https://youtu.be/d_V8ZlhNLbY

Читать полностью…

Allaev Uz

Dunyoda iPhone foydalanuvchilari soni 1.5 milliardga yetibdi. Hozirda Apple bozorning 21.67 foiziga egalik qilmoqda. Qolgan qism asosan Android platformasi foydalanuvchilari orasida bo'lingan.

Ikki kundan keyin iPhone 16 seriyasi xalqaro sotuvi boshlanadi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Ўзбекистонликлар сўнгги моделдаги iPhone сотиб олиш учун неча кун ишлаши керак?

Ўтган ҳафта Apple компанияси iPhone 16 смартфонларини тақдим қилди. Уларнинг расмий сотуви 20 сентябрдан бошланади.

“Малика” савдо марказидаги айрим дўконлар эса iPhone учун олдиндан буюртмаларни қабул қилишни бошлаб юборди. Нархлар қуйидагича:

iPhone 16 – 1200 доллардан
iPhone 16 Pro – 1700 доллардан
iPhone 16 Pro Max – 2050 доллардан

Ўзбекистонда расмий ўртача иш ҳақи сўнгги маълумотлар бўйича 5,1 млн сўм ҳисобланади. Бу кунига 170 минг сўм дегани.

Бугунги курс бўйича 1 доллар сўмга ўртача 12 800 сўмдан айирбошланмоқда. Шундай қилиб, ўртача маош оладиган ўзбекистонлик iPhone 16 сотиб олиш учун 90 кун ишлашига тўғри келади.

iPhone 16 Pro модели учун бу 128 кун, iPhone 16 Pro Max учун эса 154 кунни ташкил қилади. Бироқ бу касбларга қараб фарқ қилади.

Масалан, банк ходимлари iPhone 16 Pro Max сотиб олиши учун 54 кун етарли бўлса, ўқитувчилар учун 225 кун керак бўлади.

Албатта, бир неча ҳафтадан сўнг нархлар анча пасаяди ва Pro Max модели 1300 доллар атрофида сотилади. Ҳисоблаш жараёни фақат олдиндан буюртма учун амал қилади.

Бошқа мамлакатларни солиштирадиган бўлсак, масалан ўртача маош олувчи америкалик iPhone 16 Pro Max сотиб олиши учун 6 кун ишлаши етарли.

Сизчи, ўз маошингизни ҳисоблаб кўрингчи? Олдиндан iPhone буюртма қилиш учун неча кун ишлашингиз керак?

Foto: Bloomberg

@bankir

Читать полностью…

Allaev Uz

Қонимда барча иллатлардан улуш сузмоқда.
Бузилган уруғ. Мен қўрқоқман! Мен жонимни ўйлаб хоинлик қиламан Ватанга! Нафсимни деб муҳаббатимга. Мен ишламай тишлайман, ўқимай институтга кираман, севгига муносиб бўлмай севаман, болани қандай тарбия қилишни билмай хотин оламан, ўлишга арзимай ўламан. Бир мен шундай бўлсам бахт эди миллатга, аммо афсус, бу иллатлар сингиб кетган аймоғимизга. У танамиздан олдин, миллатимизни кўмади қора қабрга.


©Жавлон Жовлиевнинг "Қўрқма" романидан


@allaevuzb

Читать полностью…
Подписаться на канал